Научная статья на тему 'O’ZBEKISTONDA XALQ OG’ZAKI IJODINING AHAMIYATI'

O’ZBEKISTONDA XALQ OG’ZAKI IJODINING AHAMIYATI Текст научной статьи по специальности «Науки об образовании»

CC BY
10452
301
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Журнал
Scientific progress
Область наук
Ключевые слова
doston / o’zbek / maktab / folklor / ijrochi / baxshi / repertuar / variant / arxaik / vakil / badihago’ylik / naqorat / g’ijjak / bolomon / markaz. / epic / uzbek / school / folklore / performer / baxshi / repertoire / variant / archaic / representative / badihagoylik / naqorat / gijjak / bolomon / center.

Аннотация научной статьи по наукам об образовании, автор научной работы — Vaziraxon Maxmudjon Qizi Utanova

Ushbu maqolada, avvalo doston haqida ma’lumotlar, qadimgi davr o’zbek folklori, o’zbek xalqi dostonlari, o’zbek dostonlarining mashhur ijrochilari va dostonchilik maktablari haqida so’z borgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

THE IMPORTANCE OF FOLK ORAL CREATIVITY IN UZBEKISTAN

This article focuses on the epic, ancient Uzbek folklore, Uzbek folk epics, famous performers of Uzbek epics and schools of epic poetry.

Текст научной работы на тему «O’ZBEKISTONDA XALQ OG’ZAKI IJODINING AHAMIYATI»

O'ZBEKISTONDA XALQ OG'ZAKI IJODINING AHAMIYATI

Vaziraxon Maxmudjon qizi Utanova

ADUPI O'zbek tili va adabiyoti yo'nalishi 1-bosqich talabasi

ANNOTATSIYA

Ushbu maqolada, avvalo doston haqida ma'lumotlar, qadimgi davr o'zbek folklori, o'zbek xalqi dostonlari, o'zbek dostonlarining mashhur ijrochilari va dostonchilik maktablari haqida so'z borgan.

Kalit so'zlar: doston, o'zbek, maktab, folklor, ijrochi, baxshi, repertuar, variant, arxaik, vakil, badihago'ylik, naqorat, g'ijjak, bolomon, markaz.

THE IMPORTANCE OF FOLK ORAL CREATIVITY IN UZBEKISTAN

ABSTRACT

This article focuses on the epic, ancient Uzbek folklore, Uzbek folk epics, famous performers of Uzbek epics and schools of epic poetry.

Keywords: epic, uzbek, school, folklore, performer, baxshi, repertoire, variant, archaic, representative, badihagoylik, naqorat, gijjak, bolomon, center.

O'zbek xalq og'zaki badiiy ijodi o'zbek xalqining asrlar davomida ijodkor farzandlari tomonidan yaratilgan madaniy merosidir. Bu meros maqollar, matallar, latifalar, qo'shiqlar, ertaklar, dostonlar va boshqa janrlardagi asarlardan iborat. Xalqimiz og'zaki ijodining tarixiy ildizlari Markaziy Osiyoda yashab o'tgan turkiy xalqlarning mifik dunyoqarashiga borib taqaladi [1-6]. Mazkuz mifik qarashlar O'rxun-Enasoy toshbitiklari, "O'g'uznoma", "Kitobi dadam Qo'rqut, Koshg'ariy tuzgan "Devonu lug'atit-turk", Ahmad Yugnakiyning "Hibat ul-haqoyiq", Yusuf Xos Hojibning "Qutadg'u bilig" kabi adabiy asarlarida ham o'z ifodasini topgan.

Doston o'zbek folklorining keng tarqalgan va yirik janrlaridan biridir. Uning yaratilishi xalqimizning ma'naviy-maishiy qiyofasi,ijtimoiy-siyosiy kurashlari, axloqiy-estetik qarashlari, adolat va haqqoniyat, qahramonlik va vatanparvarlik haqidagi g'oyalar bilan chambarchas bog'liq [7-12]. "Doston" so'zi qissa, hikoya, sarguzasht, maqtov va ta'rif, shon-shuhrat, mashhurlik ma'nosida ishlatiladi. Folklorshunos olim Muhammadnodir saidovning ta'kidlashicha, doston murakkab san'at asari bo'lib, uning doston bo'lishi uchun quyidagilar bo'lishi mavjud:

a)ma'lum adabiy matn;

b)Matnga mos musiqa;

c)Kuylovchi xushovoz xonanda bo'lishi;

d) Kuylovchi musiqa asboblaridan birini -sozni chala olishni bilishi;

e)Kuylovchi shoirlik iqtidoriga va kuchli xotiraga ega bo'lishi.

Bu ta'riflarning biri ikkinchisini to'ldiradi.Shuning uchun ham dostonlar sinkretik -omuxta janr hisoblanadi.

Xalq dostonlarining ijrochilari O'zbekistonning turli hududlarida turli nomlar bilan yuritiladi. Masalan, Surxondaryo va Qashqadaryoning ayrim joylarida baxshi, yuzboshi, Janubiy Tojikiston o'zbeklari orasida jirov, jirchi, irchi, oqin, oxun, sannoch yoki sannovchi, shoir, xalfa, kampir va hakazo.

Baxshilar - doston ijrochilari sifatida mashhur, iqtidorli, shoirtabiat odamlar. Hodi Zarifning yozishicha, baxshi so'zi mo'g'ulcha va buryatcha baxsha, bag'sha so'zlaridan olingan bo'lib, ustod, ma'rifatchi degan ma'nolarni beradi [13-19]. O'zbeklarda baxshi keng ma'noda xalq dostonlarini kuylovchi, yodda saqlovchi va nasldan-naslga yetkazuvchi san'atkordir. Xalq orasida baxshi so'zi turlicha xarakterdagi ikki vazifani bajaruvchi shaxsga nisbatan qo'llanilgan .

1 .Doston kuylovchi; 2. Folbinlik qiluvchi

Baxshilar xalq dostonlarini biror sozda, ko'p yerlarda do'mbira, ayrim joylarda qo'biz yoki dutorda kuylaydilar. Xorazm baxshilari esa dostonlarni asosan dutorda, torda ijro etadilar. Ularga g'ijjak va bolomonda sozandalar jo'r bo'ladilar. 30-yillardan boshlab Xorazm baxshilari dostonlarni asosan tor va rubobda kuylay boshladilar. Xorazmda ba'zan epik asarlarni yoki ularning parchalarini garmonda ijro etish hollari ham uchraydi. Xorazmda epik asarlarni, ulardan olingan parchalar va ayrim termalarni kuylovchi ijodkorlarning yana bir turi xalfalar deb yuritiladi. Xalfachilik asosan ayollar o'rtasida keng tarqalgan. Masalan, Bibi shoira, Xonimjon xalfa, Ojiza, Onajon Safarova, Nazira Sobirova, Anorjon Razzoqova kabi xalfachilikda nom qozonganlar. Xalfalar ko'proq "Oshiq G'arib va Shohsanam", " Oshiq Oydin ", " Asilxon", " Hurliqo va Hamro", " Qumri", " Qissai Zebo", "Tulumbiy", "Zavriyo", "Xirmon dalli" kabi dostonlarni hamda Maxtumquli she'rlarini ijro etganlar.

O'zbek dostonchiligida an'anaviy doston kuylash tartibi bor. Odatda dostonchilik kech kuzdan erta bahorgacha kechqurunlari uyushtirilgan [20-24]. Baxshi taklif qilingan mehmonxonaga barcha tinglovchilar yig'ilib, qo'r tashlab o'tirishgan. baxshi to'rda o'tirgan, doston kuylash kichik bir ziyofatdan keyin boshlangan. baxshi dastlab bir yoki bir nechta terma kuylagan, asosan, "Nima aytay?" termasi bilan tinglovchilarga murojaat qilgan. So'ng tinglovchilarning xohishi yoki baxshining tanlashiga ko'ra biror doston ijro etiladi. Odatda doston kuylash tongga ulanadi, o'zbek xalq dostonlarining ko'pchiligi bir kun kuylashga mo'ljallangan. "Alpomish"dek ulkan asarlar ikki va undan ortiq kechalar ijro etilgan.

Dostonni kuylash juda ham qiziqarli o'ringa, avj pardalariga yetganda, yarim tunda dam olish uchun tanaffus e'lon qilinadi. Buni baxshilar " Do'mbira to'ntarmoq "

deb aytadilar. Bunda baxshi eshituvchilarga yoki do'mbirasiga murojaat tarzida bir nechta qistirma misralar to'qib, ijroni to'xtatadi [25-28].

XX asrga kelib , shaharlarda baxshilar xizmatidan foydalanish yo'qoldi. Ammo qishloqlarda bu an'analar hozirga qadar saqlanib kelmoqda. Asrimizning ulkan qurilihlarida - umumxalq hasharlarida, masalan, kattaqo'rg'on suv ombori, Katta Farg'ona kanali qurilishida, bayram-sayllarda doston va undan parchalar tinglash odat tusiga kirgan [29].

Muayyan doston varianti ko'pchilik va yakka ijod birligi jarayonida yuzaga kelgan maxsus asar ekan, unda kuylovchining ijrochilik va ijodkorlik faoliyati asrlar davomida shakllangan epik an'analar doirasida namoyon bo'ladi. Bu hol barcha baxshilar uchun umumiy tomonlarni, muayyan dostonchilik qoliplarini yuzaga keltiradi. Shu bilan birga, har bir dostonchi yoki dostonchilar guruhi o'ziga xos poetik yo'li , uslubi bilan bir-biridan farq qiladi [30]. Boshqacha qilib aytganda, umumlashgan puxta epik an'ana doirasida ma'lum baxshi yoki baxshilar guruhiga xos alohida ijodiy xususiyatlar, yo'llar, uslublar o'zgachaligi mavjud. Folklorshunoslikda buni shartli ravishda dostonchilik maktablari deb yuritiladi. hozirga qadar o'zbek folklorshunosligida quyidagi dostonchilik maktablari aniqlangan: Bulung'ur Sherobod

Qo'rg' on Janubiy Toj ikiston

Shahrisabz Xorazm Narpay Farg'ona (Namangan)

Bulung'ur dostonchilik maktabi vakillari qahramonlik dostonlarini ijro etish bilan mashhur bo'lganlar. Sodda , yuksak, o'ta an'anaviy nisbatan arxaik bo'lgan qahramonlik eposini kuylash uslubi bu dostonchilarning poetik yo'li hisoblanadi. Bu maktabning so'nggi talantli vakili Fozil Yo'ldosh o'g'li ( 1872-1955), undan "Alpomish", " Yodgor", "Yusuf va Ahmad" kabi o'nlab ajoyib dostonlar yozib olingan. Fozil Yo'ldoshning ustozi Yo'ldosh shoir bo'lgan, u esa Yo'ldosh bulbulning shogirdi bo'lgan. Bu maktab Amin baxshi, Chini shoir, Tovbuzar, Qurbonbek, Sultonmurod, Suyar baxshi, Rahimbulbul, Jo'ra, Yorlaqab kabi o'nlab dostonchilarni birlashtirgan. Mazkur maktab vakillari Chortoqdagi Ko'libuqon dostonchilik an'analariga ham ijobiy ta'sir ko'rsatgan.

Qo'rg'on dostonchilik maktabining so'nggi talantli vakillari ergash Jumanbulbul o'g'li (1868-1937) va Muhammadqul Jonmurod o'g'li Po'lkan (1874-1941) hisoblanadi. Bu baxshilardan " Alpomish", "Yakka Ahmad", " Oysuluv",

"Kuntug'mish", "Qironxon", "Go'ro'g'lining tug'ilishi" kabi dostonlar yozib olingan.

XIX asrda mavjud bo'lgan yana bir epik markaz Shahrisabz dostochilik maktabidir. Bu maktabning so'nggi namoyondasi Abdulla Nurali o'g'li (1874-1957) bo'lib, u XIX asrning yirik dostonchisi Rajab shoirning shogirdi bo'lgan. Ushbu baxshilar dostonlarni sho'x, quvnoq, ko'tarinki ruhda aytishlari, kuylarining yoqimliligi

bilan ajralib turadi. Atoqli shoir Islom Nazar o'g'li(1874-1953) Narpay dostonchilik maktabining vakilidir. U XIX asrning ulkan dostonchisi Rajab shoirning shogirdi bo'lgan. talantli xalq shoiri Nurmon Abduvoy o'g'li ham (1862-1940) shu maktabga mansubdir. ulardan " orzigul", " Sohibqiron", " Erali va Sherali" , "Kuntug'mish", "Zulfizar bilan Avazxon", "Gulixiromon" kabi o'nlab dostonlar yozib olingan. bu dostonlarda xalqchillik keng o'rin olganini sezamiz.

O'zbekistonning janubida yashovchi ko'pgina baxshilar Sherobod dostonchilik maktabi bilan bog'liq. XIX asrning ikkinchi yarmi XX asrning boshlarida yashagan Shernazar Beknazar o'g'li bu maktabning mashhur vakili bo'lib, bir qancha shogirdlar yetishtirgan. mardonqul Avliyoqul o'g'li, Umir Safar o'g'li, Normurod baxshi, Ahmad baxshi, Nurali Boymat o'g'li , Madrayim baxshi, kabi baxshilar bu maktabga birlashganlar. Surxondaryo, Qashqadaryo ba'zan Janubiy Tojikiston baxshilari o'zaro doimiy aloqada bo'lganlar va ularning ko'pchiligi Sherobod bilan bog'langan. bu maktab vakillari repertuarida mavjud bo'lgan "Oltin qovoq", "Malla savdogar", "Ollonazar Olchinbek" kabi dostonlar boshqa joylarda uchramaydi.

Xorazmdagi o'zbek dostonchilik san'ati boshqa maktablarga mansub baxshilar uslubidan tubdan farq qiladi. Bu yerda badihago'ylik asosiy rol o'ynamaydi, matn tom ma'noda variant bermaydi, balki musiqa yetkachilik qiladi. Ko'pchilik hollarda doston ijrochilarining qo'llarida yozma matn ham bo'ladi. Shu bilan birga yakka ijrochilik qatorida jamoa bo'lib ijro etish ham keng tarqalgan. Bunda 3-5 kishidan iborat ijrochilar guruhi tuziladi.. Dostonni ustoz torda boshlaydi, qolganlar unga g'ijjak va bolomonda jo'r bo'ladilar. Naqoratni esa hamma birgalikda ijro etadi. Xorazn baxshilarining kuylari ko'p va xilma-xil. Dostondagi har bir qo'shiq alohida kuyda ijro etiladi. Dostonchilar bularni baxshi yo'llari yoki baxshi na'malari deb yuritadilar. Xorazm dostonchiligi repertuar tizimi jihatdan ham o'ziga xos bo'lib, asosan, " Oshiq G'arib va Shohsanam", " Go'ro'g'li" turkumiga kiruvchi dostonlar kuylangan. Bu yerda "Alpomish" dostoni juda kam kuylanadi. Xorazm baxshilari kuyaydigan ishqiy-romantik dostonlarning aksariyati O'zbekistonning boshqa hududlarida kuylanmaydi.

Farg'ona ( Namangan) dostonchilik an'analarini o'rganish XX asrning 50-60-yillariga to'g'ri keladi. Bu maktabni o'rganishda dotsent Tojiboy G'oziboyev, professorlar: malik Murodov,Odiljon Nosirov, o'rta maktab adabiyot o'qituvchilari: Umarjon Sarimsoqov, Otamirza Xolmirzayevlar o'z hissalarini qo'shganlar. Namangan folklor namunalarini o'rta maktablarda o'rganish " Adabiyot

darslarida mahalliy materiallardan foydalanish" ( Folklor namunalari asosida) mavzusida 1 996-yil nomzodlik dissertatsiyasini himoya qildi.

Folklorshunos olimlar tomonidan Namangan viloyati hududida quyidagi dostonchilik markazlari aniqlangan:

1. Ko'libuqon; 2. Sayram; 3. Ariqmo'yin

4. Elatan ; 5. Go'ravon 6. Yakka ijrochilar

Namanganda eng mashhur dostonchilik markazi -Ko'libuqon qishlog'I bilan bog'liq. Mashhur sannovchi Cho'tvoy baxshining o'g'li Mahmud buva Cho'tboyevning otasi aytib bergan ma'lumotlar asosida hikoya qilishicha , bu dostonchilik markaziga Samarqand viloyati Miyonqol qishlog'idan kelgan Begjon baxshi asos solgan. U XIX asrning 70-80- yillarida Ko'libuqonga keladi. va doston kuylashga qiziqqan yoshlarni atrofiga to'plab baxshilik sirlarini o'rgatadi. Sayram dostonchilik markazi To'raqo'rg'onga qarashli Sayram qishlog'I va uning atrofida yashab ijod etgan baxshilar nomi bilan bog'liq. Bu markazga Umurzoq baxshi asos solgan. Umurzoq baxshining Abduvohid shoir, Anor baxshi, Ibrohim Otaboyev kabi shogirdlari bo'lgan. Sayram dostonchilik markazi vakillari asosan " Alpomish ", " Yisuf va Zulayho ", " Go'ro'g'lining tug'ilishi " kabi bir necha dostonlarni kuylaganlar.

Ariqmo'yin dostonchilik markazi. Bu markazga mansub baxshilar Chust tumanidago Ariqmo'yin qishlog'ida vauning atrofida yashagan baxshilardir. Bu markazga Ariqmo'yin qishlog'ida yashagan Arslon baxshi Murodov asos solgan. Uning bir necha shogirdlari bo'lib, shulardan biri mamadrayim baxshi Boltaboev juda mashhur bo'lgan. Bu baxshilar repertuarida "Alpomish", " Qunduz va Yulduz", " Avazxon" singari dostonlar kuylangan.

Elatan dostonchilik markazi asoschisi Usmon baxshi Mamatqul o'g'li. Usmon baxshi Elatan qishlog'ida yashab ijod etgan. U XX asrning 30-40- yillarida el orasida shuhrat qozongan. Katta farg'ona kanali qurilishida doston va termalar aytib mashhur bo'lgan. Undan yozib olingan dostonlar Alisher Navoiy nomidagi Til va adabiyot institutining folklor sektorida saqlanadi.

Go'ravon dostonchilik markaziga - Namangan viloyati Uchqo'rg'on va Norin tumanida yashagan baxshilar bilan birga Andijon viloyati Baliqchi tumanida yashab ijod qilgan shoirlar ham kiradi. Bu markazning yirik vakili Husan baxshi Rajab baxshi o'g'li. Bu hududdda asosan "Alpomish" dostoni kuylangan.

Xulosa qilib aytadigan bo'lsak, o'zbek xalq dostonlarining tarixiy-madaniy ahamiyati tengsizdir. Dostonchilik san'ati xalqimizning o'ziga xos badiiy tarixidir. Unda xalqimizning orzu-umidlari, porloq kelajak haqidagi o'y-fikrlari muj assamlashgan.

REFERENCES

[1] Yagyaeva, E. B. (2021). Tourism resources as a condition for the tourism development. Middle European Scientific Bulletin, 12, 323-327.

[2] Yagyaeva, E., & Zokirov, A. (2019). THE ROLE OF A TEACHER IN TEACHING-LEARNING PROCESS. Scientific Bulletin of Namangan State University, 1(3), 276-278.

[3] Bakhtiyarovna, Y. E. (2019). Portfolio as an assessment tool for individualized instruction. Достижения науки и образования, (5 (46)).

[4] Ягъяева, Э. Б. (2018). Коммуникативная компетенция как ключевой фактор становления специалиста. Вопросы науки и образования, (5 (17)).

[5] Bakhtiyarovna, Y. E. (2019). Portfolio as an assessment tool for individualized instruction. Достижения науки и образования, (5 (46)).

[6] Bakhtiyarovna, Y. E. (2019). The main problems encountered in a second/foreign language acquisition in technical higher educational institutions. Проблемы современной науки и образования, (11-2 (144)).

[7] Bakhtiyarovna, Y. E. (2019). The main problems encountered in a second/foreign language acquisition in technical higher educational institutions. Проблемы современной науки и образования, (11-2 (144)).

[8] Bahtiyarovna, Y. E. (2018). Some methodology for keenness of teachers of English. Вопросы науки и образования, (5 (17)).

[9] Numonjonovna, E. N., & Abdullaevich, M. H. (2017). Paralinguistic features in written speech. Проблемы педагогики, (6 (29)).

[10] Numonjohnovna, E. N., Ugli, B. B. B., & Ilmiddinovich, K. S. (2019). Problems in developing speaking skills of students of technical higher educational institutions. Проблемы современной науки и образования, (12-1 (145)).

[11] Numonjohnovna, E. N., Oybekovna, K. S., & Ugli, B. B. B. (2019). Paralinguistic features of the written language: problems of classification. Проблемы современной науки и образования, (12-2 (145)).

[12] Gulomjonovna, N. N., & Sobirjonovna, M. M. (2019). Peculiarities of using shrines in Fergana Valley for the Purpose of Tourism. International Journal on Integrated Education, 2(6), 1-4.

[13] Nazarova, N. G. (2021). Tourism terminology pragmatics. Middle European Scientific Bulletin, 12, 315-318.

[14] Gulomjonovna, N. N. Features Of Training Guide-translators. JournalNX, 152-155.

[15] Nazarova, N. G. (2020). PROBLEMS AND PROSPECTS IN THE TRAINING SYSTEM OF GUIDE TRANSLATORS IN UZBEKISTAN. Scientific Bulletin of Namangan State University, 2(11), 253-256.

[16] Gulomzhohnovna, N. N., Bakhtiyarovna, Y. E., & Sobirzhonovna, M. M. (2019). Preparing guide-translators in the sphere of tour industry. Проблемы современной науки и образования, (11-2 (144)).

[17] Gulomjonovna, N. N., Khabibullaevna, M. B., Sobirjonovna, M. M., Djakhonobodkhonovna, K. G., & Bakhtiyarovna, Y. E. (2020). Gardens created by Kokand Khanates. International Journal of Psychosocial Rehabilitation, 24(7), 80848089.

[18] Madrakhimova, M. S. (2020). WRITING AS AN AIM AND MEANS OF TEACHING IN LEARNING A FOREIGN LANGUAGE. Scientific Bulletin of Namangan State University, 2(11), 209-213.

[19] Madrakhimova, M., & Omonova, Z. (2019). Fostering vocabulary acquisition in learning a foreign language. Вопросы науки и образования, (7), 153-155.

[20] Madrakhimova, M. S. (2018). Teaching a foreign language through music. Dostizheniya nauki i obrazovaniya, 19(41), 62.

[21] Madrakhimova, M. S. (2021). Customer-oriented approach as a development strategy of a tourism enterprise. Middle European Scientific Bulletin, 12, 311-314.

[22] Madrakhimova, M., & Omonova, Z. (2019). Fostering vocabulary acquisition in learning a foreign language. Вопросы науки и образования, (7), 153-155.

[23] Sobirjonovna, M. M., & Zilola, O. (2019). Fostering vocabulary acquisition in learning a foreign language. Вопросы науки и образования, (7 (53)).

[24] Sabirjonovna, M. M. Ethics of Population Using Restaurants and Bars in the Development of Tourism (Based on Sociological Research). JournalNX, 156-159.

[25] Ergasheva, N. N. M. (2019). Raising motivation of students in a second/foreign language acquisition. Вопросы науки и образования, (5), 50.

[26] Numonjohnovna, E. N., Oybekovna, K. S., & Akramovna, T. N. (2019). Development of the communicative competence of students at the lessons of the English language in non-philological higher educational institutions. Вестник науки и образования, (19-2 (73)).

[27] Ergasheva, N. N., & Mamatov, H. A. (2017). Paralinguistic features in written speech. Проблемы педагогики, (6), 30-31.

[28] Ergasheva, N. N. (2018). THE EFFECTIVENESS OF USING REALIA IN TEACHING VOCABULARY. Интернаука, (24-3), 45-46.

[29] Собирова, Н. Н. (2021). НЕВЕРБАЛЬНАЯ КОММУНИКАЦИЯ. Проблемы современной науки и образования, (5-2 (162)), 22-25.

[30] Numonjonovna, S. N. Non-Verbal Communication.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.