Научная статья на тему 'O’ZBEK MILLIY XONANDALIK SAN’ATIDA BASTAKORLIK IJODINING O’RNI'

O’ZBEK MILLIY XONANDALIK SAN’ATIDA BASTAKORLIK IJODINING O’RNI Текст научной статьи по специальности «Науки о Земле и смежные экологические науки»

CC BY
479
47
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
bastakor mumtoz xofizlar / an’anaviy musiqa / milliy urf-odatlar / termachi / navokash / mug’anniy / xonanda / ashulachi / dostonchi / baxshi / xalfa / shoir / g’azalxon / talqinchi / masnaviyxon / savtxon / nasrchi. / composer / traditional music / national customs / termachi / navokash / mughanni / singer / singer / epic / bakshi / halfa / poet / gazelle khan / translator / masnavi khan / savkhan / prose writer.

Аннотация научной статьи по наукам о Земле и смежным экологическим наукам, автор научной работы — F. Nasriddinova

Mazkur maqolada o’zbek xalqining milliy qo’shiqchilik san’atida an’anaga aylanib kelgan o’zbek milliy qo’shiqlarimiz, maqomlar, yallalar va turli xildagi turkum asarlarimizni yetuk asar bo’lib sayqal topishida qadimdan xalq orasida yetishib chiqqan san’atkorlar, xonanda, sozanda xamda bastakorlarning o’rni beqiyos. Ular xalqimiz orasida xamda saroylarda ijro etilgan dastlabki asarlarni turkum shaklida jamlab, avloddan – avlodga xech qanday o’zgarishlarsiz yetkizib kelishgan. Ularni qilgan ishlari, yaratgan asarlarini xozirda ko’plab xonandalar tomonidan sevib o’rganib, ijro qilinib, xalqimizga xizmat qilib kelmoqdalar.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

PLACE OF COMPOSITION IN UZBEK NATIONAL SINGING ART

In this article, our Uzbek folk songs, which have become a tradition in the national singing art of the Uzbek people, maqom, yally and various works of our series are presented as mature works of performers who have grown up among the people since ancient times. the role of singers, musicians and composers is incomparable. They collected in the form of a series the first works performed in our people and in palaces, and passed them on from generation to generation without any changes. Their works and creations are loved and performed by many singers and serve our people.

Текст научной работы на тему «O’ZBEK MILLIY XONANDALIK SAN’ATIDA BASTAKORLIK IJODINING O’RNI»

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL VOLUME 1 ISSUE 6 UIF-2022: 8.2 | ISSN: 2181-3337

O'ZBEK MILLIY XONANDALIK SAN'ATIDA BASTAKORLIK IJODINING O'RNI

Nasriddinova Feruza Abduvohidxo'jayevna

Namangan davlat pedagogika instituti, Pedagogika fakulteti, "Musiqa ta'limi" yo'nalishi I-

bosqich magistranti https://doi.org/10.5281/zenodo.7186164

Annotatsiya. Mazkur maqolada o'zbek xalqining milliy qo'shiqchilik san'atida an'anaga aylanib kelgan o'zbek milliy qo'shiqlarimiz, maqomlar, yallalar va turli xildagi turkum asarlarimizni yetuk asar bo'lib sayqal topishida qadimdan xalq orasida yetishib chiqqan san'atkorlar, xonanda, sozanda xamda bastakorlarning o'rni beqiyos. Ular xalqimiz orasida xamda saroylarda ijro etilgan dastlabki asarlarni turkum shaklida jamlab, avloddan - avlodga xech qanday o'zgarishlarsiz yetkizib kelishgan. Ularni qilgan ishlari, yaratgan asarlarini xozirda ko'plab xonandalar tomonidan sevib o'rganib, ijro qilinib, xalqimizga xizmat qilib kelmoqdalar.

Kalit so'zlar: bastakor mumtoz xofizlar, an'anaviy musiqa, milliy urf-odatlar, termachi, navokash, mug'anniy, xonanda, ashulachi, dostonchi, baxshi, xalfa, shoir, g'azalxon, talqinchi, masnaviyxon, savtxon, nasrchi.

МЕСТО КОМПОЗИЦИИ В УЗБЕКСКОМ НАЦИОНАЛЬНОМ ПЕВСТВЕННОМ

ИСКУССТВЕ

Аннотация. В данной статье наши узбекские народные песни, ставшие традицией в национальном певческом искусстве узбекского народа, макомы, яллы и различные произведения нашей серии представлены как зрелые произведения исполнителей, выросших в народе с древних времен. роль певцов, музыкантов и композиторов несравнима. Они собирали в виде серии первые произведения, исполненные в нашем народе и во дворцах, и передавали их из поколения в поколение без каких-либо изменений. Их работы и творения любимы и исполняются многими певцами и служат нашему народу.

Ключевые слова: композитор, традиционная музыка, национальные обычаи, термачи, навокаш, муганни, певец, певец, эпос, бакши, халфа, поэт, газель хан, переводчик, маснави хан, савхан, прозаик.

PLACE OF COMPOSITION IN UZBEK NATIONAL SINGING ART

Abstract. In this article, our Uzbek folk songs, which have become a tradition in the national singing art of the Uzbek people, maqom, yally and various works of our series are presented as mature works of performers who have grown up among the people since ancient times. the role of singers, musicians and composers is incomparable. They collected in the form of a series the first works performed in our people and in palaces, and passed them on from generation to generation without any changes. Their works and creations are loved and performed by many singers and serve our people.

Keywords: composer, traditional music, national customs, termachi, navokash, mughanni, singer, singer, epic, bakshi, halfa, poet, gazelle khan, translator, masnavi khan, savkhan, prose writer.

KIRISH

Xalqimizning milliy-ma'naviy merosini musiqa san'atisiz tasavvur etib bo'lmaydi. Azal -azaldan ajdodlarimiz tomonidan yaratilib, qadriyatlar sifatida shakllanib kelinayotgan milliy urf-

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL VOLUME 1 ISSUE 6 UIF-2022: 8.2 | ISSN: 2181-3337

odatlarimiz, an'anaviy tarzda avlodan avlodlarga o'tib, xalqimizning buyuk ma'naviy dunyosini namoyon etib kelmoqda. Xalq musiqa ijodiyoti, musiqa sohasidagi yozma manbalar, bastakorlik san'ati, kasbiy musiqa ijodiyoti bunga yorqin misoldir. Shuning uchun ham, bu jarayon musiqa san'atining barcha kasbiylik ahamiyatiga ega bo'lgan tarmoqlari uchun asos bo'lib, xizmat qilib kelmoqda.

TADQIQOT MATERIALLARI VA METODOLOGIYASI

Bundan tashqari, ozbek xalqining musiqa madaniyati kop asrlik tarixga ega bo'lib, ko pgina sozanda va xonandalar avlodining faoliyatida qaror topgan xalq hamda og zaki an'anadagi ustozona musiqa san'ati bu haqda guvohlik beradi. Moddiy madaniyat yodgorliklarining tasdiqlashicha, bugungi Ozbekiston hududida Orta Osiyo xalqlarining ajdodlari yaratgan qadimgi svilizatsiya o'chog'i mavjud. Tarixiy manbalarga murojat qiladigan bo'lsak, musiqa madaniyatimiz uzoq tarix bilan bog'langanligi ko'rishimiz mumkin.Bunga qadimshunoslar tomonidan topilgan ashyoviy dalillar, tosh devorlariga chizilgan musiqiy sozlar va sozandalar suratlari, miniatyura ko'rinishidagi shoxlar saroylaridagi bazmlarda sozandalar tasviri, musiqiy ijrochiligimizning sadolari asrlar osha bizga yetib kelganligidan dalolat beradi.

Ma'lumki, yer yuzida mavjud xalqlar tarixiy shakllanish jarayonida insoniyatning eng go'zal fazilatlarini o'zida mujassamlashtirgan va qator an'analarni meros sifatida avloddan -avlodga yetkazib, avaylab kelganlar. Ayniqsa, ijtimoiy xayotdagi muxim voqea, omil va tadbirlarni, hamda, kundalik turmush bilan bog'liq bo'lgan urf - odat, qadriyat, udumlar va marosimlari saqlashga katta e'tibor berganlar.

TADQIQOT NATIJALARI

Xalqimiz xayotida mavjud an'analarning avloddan - avlodga o'tishi ko'proq bir umumiy jarayon, ya'ni ijro talqini bilan xarakterlanadi. Yaratilgan xar bir san'at namunasining an'ana tizimida shakllanishi, uning umr davomatida "ijrochilik" omi li muhim axamiyat kasb etib kelgan.

Musiqa san'ati namunalarining talqinida ovoz vositasi, cholg'u talqini, raqs xarakatlari, imo - ishora kabi bir qator ijrochilik turlaridan iboratdir. Bevosita talqin jarayoni xam ijrochi namoyondalar tomonidan yakka, juft, guruhiy yoki ommaviy shakllarda amalga oshiriladi. Ovoz vositasi asosida talqin etuvchi namoyondalarni xalqimiz orasida ijro dasturlariga binoan qo'shiqchi, laparchi, termachi, navokash, navoog'oz, mutrib, mug'anniy, xonanda, ashulachi, dostonchi, baxshi, xalfa, shoir, g'azalxon, qissaxon, maddox, zokir, talqinchi, masnaviyxon, savtxon, nasrchi va xofiz kabi nomlar bilan atab kelishgan.

O'zbek xalqining o'z ildizlari bilan qadim - qadim zamonlarga borib taqaladigan musiqa me'rosi monodiyaning barcha xilma - xil janrlari xamda boy tasviriy vositalari bilan bizning kunlarimizda xam yangramoqda. U o'zida xalq ijodi xamda kuy tuzulishi jixatidan rivojlangan ashula va cholg'u asarlarni o'z ichiga olgan og'zaki an'anadagi professional musiqani birlashtiradi. Bunda, qaxramonlik xamda qaxramonona - lirik mazmundagi epik asarlar -dostonlar xam muxim o'rin egallaydi.

An'anaviy musiqamiz tarixiga nazar tashlaydigan bo'lsak, musiqa madaniyatimiz uzoq tarix bilan bog'langanligini ko'ramiz. X - XII asrlarda O'rta Osiyo musiqiy madaniyatida o'zgarishlar davri bo'lganligi manbalarda ko'rsatib o'tiladi. Lekin XV - XVII asrlarda ijod qilgan sozandalar, xofizlar va bastakorlarning nomlari va ularning ijodiy faoliyatlari xaqida juda kam ma'lumotlar saqlanib qolgan. VII - X asrlarda esa turli ma'rosim va mexnat mavzulari

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL VOLUME 1 ISSUE 6 UIF-2022: 8.2 | ISSN: 2181-3337

uzoq o'tmishdan bastakorlar ijodiyotida ustuvor o'rin egallab kelgan. Markaziy Osiyolik mashxur xonanda, sozanda va bastakor Borbad Marvaziyning ijodi xam bunga misol bo'la ola di. Zero, u o'z faoliyatini dastlab xalq orasida o'tkazib, muayyan urf - odatlar, ba'zi rivoyatlar va xatto yaxlit yil taqvimi tizimi bilan bog'liq mavzularni o'z asarlarida aks ettirgan. Eron shohi Xusrav II xam Parviz saroyida xizmat qilgan yillari esa, bastakorlik tarixidagi ilk ko'p qismli "Xusravoniy" turkumini yaratdi. Xusrav II bu turkumni yaratishi oqibatida bastakorlik ijodining yanada xam rivojlanishiga keng yo'l ochib berdi.

O'rta asr davrida O'rta va Yaqin Sharq Arab xalifaligida erkin rechitativ va parda tuzilmalariga asoslangan musulmon kasbiy musiqa janrlari ya'ni azon, tartil, tajvid kabi janrlari shakllangan. Ular boshqa musiqa turlaridan mustaqil ravishda rivojlanib, keyinchalik o'n ikki maqom tizimining shakllanishiga xam ma'lum darajada ta'sir ko'rsatgan. O'rta asrlarda musulmon Sharq xalqlari og'zaki an'anadagi kasbiy musiqasi daemon yoki parda tizimlari asosida shakllangan. Ya'ni musiqa nazariyasi yoki she'riyat, musiqa tizimlari asosida shakllanib kelgan. O'rta Osiya, Eron va arab xalqlari musiqasida muttasil davom etgan o'zaro ta'sir va aloqa jarayonlari natijasida ushbu xalqlar uchun umumiy bo'lgan vokal va cholg'u turlari vujudga kelgan. Mashxur bastakor, xonanda va sozandalar Ibroxim Mavsiliy, Isxoq Surayj, Ibn Axvas as-Sug'diy, Safiuddin al-Urmaviy va boshqalar ijod qilgan. Musiqa ilmida xam muxim yutuqlarga erishilgan. Yunon musiqa nazariyasi xamda maxalliy xalqlar musiqa an'analariga asoslangan musiqiy nafisa va ilmiy - nazariy ta'limotlar dastlab matematika fanlari doira sida, keyinchalik mustaqil fan sifatida shakllangan.

Isxoq Mavsiliy va Kindiy Sharqda ilk bor musiqa yozuvini ixtiro etishgan. Urmaviy esa ushbu yozuvni parda tizimiga moslashtirgan. Ayni shu davrda Markaziy Osiyaning qator voxalaridan Ramtin, Nakiso Changiy, Sarkash, ayollardan Ozodvor Changiy kabi Sharqda tan olingan bastakorlar yetishib chiqqan. Ota - bobolari Buxoro, Samarqand va boshqa shaxarlardan bo'lgan Ibn Surayj singari san'atkorlar xam Yaqin va O'rta Sharq mamlakatlarida tanilgan. Demak, musiqa folklori, mumtoz musiqa, bastakorlik ijodiyati an'analari zaminida arablar istilosiga qadar shakllangan edi. Tabiiyki, asosan bastakorlik san'ati taraqqiyoti bilan bog'liq bo'lgan va bularga o'xshash murakkab shaklli asarlarda davr xaroratigina emas, balki o'nlab ijodkorlar tafakkuri, dunyoqarashlari va badiiy umumlashmalari o'z aksini topgan. Shuning uchundir-ki, XVI - XVII asrlarga oid manbalar, xususan Boburning "Boburnoma", Darvishali Changiyning "Tuxfat us-surur" musiqa risolasida bastakorlar ijodiga, ular yaratgan yuzlab asarlar ta'rifiga katta o'rin ajratilgan. Shu bilan birga badiiy adabiyotda xam noma, bayoz, munozara kabi janrlar vositasida nazmiy - musiqiy tafakkur uyg'unlashishi namunalarini uchratish mumkin. Musiqa san'ati axliga xomiylik bobida Temuriylar an'anasini Nodirabegim, Muxammad Raximxon Soniy, Amir Olimxonlar taxtda o'tirgan yillari davom ettirishdi.

An'anviy qo'shiq ijrochiligining tarixida yana ko'rishimiz mumkinki, XIX asrning ikkinchi yarmi va XX asr boshlarida o'lkamizda bu muqaddas san'atning butun bir ijrochi avlodi yetishib chiqqanligining guvoxi bo'lamiz. Ota Jalol Nosirov, Ota G'iyos Abdulg'ani, Xoji Abdulaziz Abdurasulov, Domla Xalim Ibodov, Levi Boboxonov, Sodirxon xofiz Bobosharifov, Zoxidxon xofiz, Madali xofiz, Mulla To'ychi Toshmuhammedov, Matyoqub Xarratov singari zabardast xofizlar shular jumlasidandir. O'tmishda nota rivojlanmagan bo'lib, Ovrupa musiqa terminlari o'rnida xofizlarimiz ovoz maromiga qarab "Gulligi", "Binnigi", "Shikami", "Xonaqoxiy" deb atalmish nafas olish, chiqarish va ijro yo'llaridan foydalanishgan.

Ustoz xofizlar

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL VOLUME 1 ISSUE 6 UIF-2022: 8.2 | ISSN: 2181-3337

o'z ijrochilik maxoratlarini oshirish uchun aks - sado beruvchi maxsus gumbazli binolarda mashg'ulot o'tkazganlar, shu tariqa ovozlariga sayqal berishganlar.

Ustoz xofizlarimiz dasturlaridan xar xil marosimlarda ijro etiladigan qo'shiqlar xam o'rin olgan. Masalan: Sodirjon xofiz qo'shiqlarini sozsiz, ikki kaftini qulog'iga qo'ygan xolda, alamli "Yakka faryod" tarzida, "Xonaqoxiy" yo'lida ijro etib kelgan. O'z ashulalarini yil fasllari va xatto, kunning ma'lum paytlariga ko'ra tanlab aytgan. Bahor tonglarida - "Amin nasrulloyi", "Qiyiq", "Qora tong"ni, peshindan keyin "Gulyori Shaxnoz"ni, kechqurun "Sarparda", "Rok baland", "Dilxiroj" va boshqalarni kuylagan. Bundan tashqari, ustoz xofizlarimiz qo'shiq ijro etish bilan birga maqomlarni o'zlashtirib, betakror muallif sifatida maqomlarni yangi shu'balar bilan boyitganlar. Masalan: maqomdon ustoz Ota Jalol Nosirov "Shashmaqom"ning mushkilot qismlarini tartibga solgan, ayrim maqom shu'balarini kengaytirgan, rivojlantirgan va qo'shimcha qismlar bastalagan. Jumladan ulardan biri "Savti Jaloliy" deb ataladi. Marg'ilonlik Madali xofiz esa "Abdurahmonbegi", "Qalandar" , "Tanovor" kabi ijro yo'llarini yangi talqinlari bilan to'ldirib, san'atimiz xazinasini yangi ijrolar bilan boyitdi. Shu tariqa umrboqiy maqomlarimizga ustoz xofizlarimiz ijrosida qo'shimcha jilo berilib, yanada to'ldirilib ijro etib kelinmoqda. Bizning davrimizga kelib xam bu xayrli ishlar davom etdi. Masalan, mashxur xofiz va bastakor Fattoxxon Mamadaliyev, "Nasrulloyi" musiqa yo'llariga so'z solib, uning talqinchasini, uforisini, soqinomasini yaratdi. "Miskin"ning beshta yo'lini, "Chorgox"ning beshta yo'lini, Umrzoq polvon "Ushshoq"ning soqiynomalarini qo'shib, ushshoqlarning qadimiy ijrolarini tikladi. "Buzruk"larning sunray yo'llarini talqin qildi. Izlanishlar natijasida xalq an'anaviy ijrochiligi bir necha ijro yo'llari bilan boyidi, ulardan biri turkum sifatida "Savti Fattoxxon" nomi bilan ataldi.

MUHOKAMA

XX asrning 2G - 30 yillariga kelib an'anaviy qo'shiqchiligimizga ikkinchi bir avlod kirib keldiki, bu ulug' xofizlarimiz san'atimiz xazinasini o'zlarining mumtoz qo'shiqlari bilan boyitdilar. Xorazm voxasidan Matpano ota Xudoyberga nov, Ko'rji ota Avazmatov, Madraxim Yoqubov (Sheroziy), Jumaniyoz Xayitboyev, Xojixon Boltayev, Komiljon Otaniyozov, Buxoro, Samarqanddan Ota G'iyos Abdulg'ani, Mixail Tolmasov, qori Karomat, Tillaboy xofiz, Usta Shodi, Tojixon xofiz, Borux Zerkiyev, Toshkentdan Shoraxim Shoumarov, Inog'om va Ilxom xofizlar, Abdulqaxxor, Sultonxon, Yunus Rajabiy, Boboxon va Akmalxon So'fixonovlar, Xo'janddan To'raxo'ja xofiz, Abduqayum xofiz, Karimjon xofizlar, Farg'ona vodiysidan Xamroqul qori To'raqulov, Erka qori Karimov, Bolta xofiz Rajabov, Mamadbobo Sattorov, Sherqo'zi Boyqo'ziyev, Xaydarali Xikmatov, Xolqora xofiz, Berkinboy Fayziyev, Abdulla Fayzullayev, Jo'raxon Sultonov, Ma'murjon Uzoqov, Ortiqxo'ja Imomxo'jayev, Akbar Xaydarov, Boboraxim Mirzayev, Ashurali xofiz, Umrzoq polvon Saydaliyev singari xofizlar o'zlaridan oldin ijro qilib o'tgan ustozlarning qo'shiqchilik san'atini davom ettirishib, an'anaviy ijrochiligimizda xar birlariga o'xshamagan ajoyib ijro uslublarini xam yaratdilar. Shu bilan birga, o'zlari bastalagan asarlari bilan qo'shiqchiligimiz xazinasini boyitdilar.

Bu borada ayniqsa, Xoji Abdulaziz Abdurasulov, Matpono Xudoyberganov, Xojixon Boltayev, Komiljon Otaniyozov, Jo'raxon Sultonov, Yunus Rajabiy ijodlari bunga misol bo'la oladi. Sodirxon xofiz ijro etgan "Ushshoqi Sodirxon" nomli qo'shig'i bilan mashxur bo'lib ketgan. Xoji Abdulaziz bastalagan "Guluzorim" qo'shig'i, Jo'raxon Sultonov bastalagan va o'zi ijro etgan "Guluzorim qani", "Naylayin" qo'shiqlari an'anaviy me'rosimiz qatori musiqiy xazinamizdan mustaxkam o'rin oldi. Shu o'rinda aytish lozimki, qo'shiqchilik san'atimiz

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL VOLUME 1 ISSUE 6 UIF-2022: 8.2 | ISSN: 2181-3337

rivojiga Yunus Rajabiy, To'xtasin Jalilov, Imomjon Ikromov, Komiljon Jabborov, G'anijon Toshmatov, Doni Zokirov, Saidjon Kolonov, Muhammadjon Mirzayev, Muxtorjon Murtazoyev, Faxriddin Sodiqov, Abduxoshim Ismoilov singari yuzlab bastakorlar yaratgan qo'shiq va kuylar xalq mulkiga aylanib qoldi. Yana shuni ta'kidlash lozimki, an'anaviy qo'shiqchilik, yalla, lapar, o'lan ijrochiligi rivojiga ayol xofizlarimizning qo'shgan xissalari xam beqiyosdir. Ayollar ishtirokida o'tadigan yig'in va majlislarda ayol xofizalar xizmat qilishgan. Mashxur yozuvchimiz Abdulla Qodiriy "Mexrobdan chayon" romanida Qo'qon xoni Xudoyorxon saroyidagi xofizalar to'g'risida aniq ma'lumot beradi. Nusrat xofiz, Misqol xofiz, Tosh xofiz, Marg'ilonlik Zeboxon, Botirboshi xola, Tillo xofiz, Tojixon xofiz, Xon og'acha, Misoq og'acha, Ulug' o'yinchi, Rajabxon xofizlarning nomlari zikr etiladi. Keyinchalik xam bu an'analar davom ettirilib, Lutfixon aya, Adolatxon aya, Zaynab Polvonova, Berta Davidova, Kommuna Ismoilova, Raximaxon Mazoxidova, Xabibaxon Oxunova, Olmaxon Xayitova singari zabardast xofizlarimizning qo'shiqchilik bo'stonidagi xizmatlari beqiyosdir. Ularning an'analarini xozirda yetuk, iqtidorli xofizalar davom ettirmoqdalar

XX asrning ikkinchi yarmiga kelib an'anaviy qo'shiqchiligimiz guldastasi navbatdagi avlod qo'liga o'tdi. Ulardan Orif xoji Alimaxsumov, Ochilxon Otaxonov, Orifxon Xotamov, Muxammadjon Karimov, Odiljon Yusupov, Fattoxxon Mamadaliyev, Tavakkal Qodirov, Murodjon Axmedov, Ro'zimat Jumaniyozov, Rasulqori Mamadaliyev, Faxriddin Umarov, Tolibjon Badinov, Quvondiq Iskandarov, Eson Lutfullayev, Otajon Xudoyshukurov, Bobomurod Xamdamov, Tojiddin Murodov, Kamoliddin Raximov, Qobiljon Yusupov singari mashxur xofizlarni misol qilib keltirishimiz mumkin.

Bundan tashqari buyuk istiqlolimiz sharofati tufayli an'anaviy qo'shiqchilik san'atimiz rivoj topayotgan davrda ulug' ustozlarimiz Jo'raxon Sultonov, Ma'murjon Uzoqov, Xoji Abdulaziz Abdurasulov, Komiljon Otaniyozov, Fattoxxon Mamadaliyev, Odiljon Yusupov, Tavakkal Qodirov, Otajon Xudoyshukurov, nomlari bilan o'tkazilayotgan respuplikalar va vohalar yosh xonandalari ko'rik tanlovlari, "Sharq taronalari" xalqaro musiqa anjumanida xofiz va xonandalarimizning erishayotgan muvaffaqiyotlari, vatanimizni madx etuvchi qo'shiqlar ko'rik tanlovlarining xar yili an'anaviy tarzda o'tkazilishi qo'shiqchilik san'atimizning rivojlanishida muxim omil bo'lib xizmat qilmoqda. Bugungi kunda ustozlar an'anasini davom ettirishib, qator yosh san'atkorlar muvaffaqiyatli ijod qilmoqdalar. Ular ustozlar maktabiga suyangan xolda o'zlariga xos ijro yo'llari va uslublari bilan qo'shiqchilik xazinasiga sezilarli xissa qo'shmoqdalar. Mana shunday ustozlar san'atini davom ettirib, ularning san'atini xozirgi yosh avlodga yetkizib kelgan, xatto xozirgi yoshlarimizga o'rgatib kelayotgan, moxir sozanda va xonanda, bastakor hamda O'zbekiston xalq artisti, professor Sultonali Mannopov xam bir qancha ishlarni amalga oshirib kelmoqda. Sultonali Mannopov o'z faoliyati davomida ustozi Tavakkal Qodirovdan o'rgangan ilmlarni, xamda asarlarni o'zidan keyin o'sib kelayotgan yosh avlodga o'rgatib kelmoqda. Sultonali Mannopovni ijodi dasturida "Ushshoq", "Bayot", "Qalandar", "Abduraxmonbegi" kabi mumtoz ashula turkumlari, "Bog'aro" "Kirib bo'stonni kezdim" kabi katta ashulalar, "Ul kun jonon", "Ul parivash" va boshqa shu singari yallalar, zamonaviy bastakorlar yaratgan A.Ismoilovning "Gulzorga qarasam", K.Soliyevning "Vatanni sevmoq iymondandur" kabi qo'shiqlari xamda o'zi bastalagan "Qalandar ishqi", "Vodiy taronasi", "O'zbekistonim", "Kelsa sanamim" va boshqa shunga o'xshash asarlari o'rin olgan. Bundan tashqari Sultonali Mannopovni o'zbek musiqasi mazuidagi ilmiy ommabop hamda badiiy risolalar mavjud. Bulardan "An'anaviy qo'shiq ijrosi", "Tavakkal Qodirov", "So'nmas

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL VOLUME 1 ISSUE 6 UIF-2022: 8.2 | ISSN: 2181-3337

navolar" singari to'plamlari ko'plab yosh avlod uchun xizmat qilib kelmoqda. Sultonali Mannopov xozirda O'zbekiston Bastakorlar uyushmasi a'zosi, xamda Farg'ona davlat universitetida "Musiqa ta'limi" kafedrasi mudiri, professor kabi lavozimlarida faoliyat yuritib kelmoqda. Yana uni mohir dirijor, musiqashunos olim, yetuk sozanda va bastakor desak, mubolag'ada bo'lmaydi. Sultonali Mannopov o'zbek musiqa san'atini , jumladan, Farg'ona -Toshkent ijrochilik namoyondalari - Yunus Rajabiy, To'xtasin Jalilov, Muxtorjon Murtazoyev, Erka qori Karimov, Mamatbuva Sattorov, Jo'raxon Sultonov, Ma'murjon Uzoqov, Rasulqori Mamadaliyev, Tavakkal Qodirov, Fattoxxon Mamadaliyev singari ustozlar an'analariga suyangan xolda, ular ijodini ilmiy asoslab, o'ndan ortiq risolalar yaratdi. Uning "O'zbek xalq musiqa madaniyati", "O'zbek madaniyati va san'at tarixi" singari o'quv qo'llanmalari, xamda "So'nmas navolar", "Qo'shiq olami yulduzlari" , "O'zbekiston bulbuli"singari monografiyalari buning yorqin isbotidir. Shuningdek, Sultonali Mannopov ustoz san'atkor Tavakkal Qodirov ijrochilik maktabini ilmiy taxlil etib, uning xayoti xamda ijodi xaqida xam kitoblar va qator maqolalar e'lon qildi. XULOSA

Shunday qilib, o'zbek bastakorlik ijodiyotida yana ko'plab ustozlarni ishlarini misol qilib keltirishimiz mumkin. Ularning barchasi o'z zamonasida bastakorlik ijodiyotida hamda o'zbek an'anaviy musiqamizni rivojlanib, sayqal qopishida xizmatlari katta. Xozirgi yosh avlod ham ularning yo'lidan borib, ularni ijodlarini, an'analarini davom ettirib, o'zidan o'sib kelayotgan avlodga saqlab, yetkizib berishdek mas'uliyatini xis qiladi. Ular o'zbek san'atini butun dunyoga namoyish etib, milliy musiqa namunalarimizning dunyoda qanday o'ringa ega ekanligini ko'rsatib kelmoqdalar.

REFERENCES

1. Sultonali Mannopov "Navobaxsh oxanglar" - Toshkent -"IJOD - PRESS" - 2018.

2. Farg'ona davlat universiteti san'atshunoslik fakulteti "Musiqa ta'limi kafedrasi o'qituvchisi Ulug'bek Rahmonov "O'zbek musiqa adabiyoti" fanidan o'quv qo'llanma.

3. Begmatov Soibjon "Xofizlik san'ati" o'quv uslubiy qo'llanma -"Musiqa" nashriyoti -Toshkent - 2007.

4. Muhabbat Solixova "An'anaviy xonandalik ansambli" -Toshkent - 2010.

5. Bahrom Madrimov "O'zbek musiqa tarixi" - Toshkent - 2015.

6. SOIBJON BEGMATOV "BASTAKORLAR IJODI" - Toshkent - "Niso Poligraf" - 2017.

7. N. Yuldasheva, N. Raxmatova "O'Zbek musiqa adabiyoti" - Toshkent - «iqtisod -moliya» - 2016.

8. "O'zbekiston milliy ensiklopediyasi" - Davlat milliy nashriyoti - Toshkent - 2003.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.