YAKKA VA JAMOA IJROCHILIGINING O'ZARO UYG'UNLIGI HAMDA
TA'SIRI
Ahmadjon Abdurahimov
O'zbekiston davlat san'at va madaniyat institutining Farg'ona mintaqaviy filiali
Annotatsiya: O'qituvchi ansambl tarkibidagi har bir xonanda talabadan unga tegishli asarning so'zini bo'g'inlari ohanglarga mosligini ijro ettirishi, keyin boshqalarning shu jumlani birgalikda ijro etishini talab qilishi orqali yakka ijro bilan guruhli ijroning farqi amaliy tahlil etilishiga erishiladi. Guruhli ijro davrida har bitta xonandaning o'z ijrosini umumiy ijroga bo'ysundirish, shu bilan bir qatorda ijro qilish ko'nikmalari malakalari tarbiyalanadi.
Kalit so'zlar: Xonada, sozanda, ansambl, xofiz, repertuar, qochirim, milliy qadriyat, bastakor, maqom.
INDEPENDENCE AND INFLUENCE OF INDIVIDUAL AND TEAM
PERFORMANCE
Ahmadjon Abdurahimov Fergana regional branch of Uzbekistan State Institute of Arts and Culture
Abstract: The teacher analyzes the difference between individual and group performance by asking each student in the ensemble to perform the word of the work corresponding to the syllables, and then for others to perform the sentence together. During group performances, each singer develops the skills of subordinating his performance to the overall performance, as well as performance skills.
Keywords: Room, musician, ensemble, hafiz, repertoire, kachirim, national value, composer, maqom.
1927-yili Toshkent eshittirish studiyasi huzurida o'zbek ashula va cholg'u ansambli tuzildi. Ansamblga Yunus Rajabiy rahbar etib tayinlandi. Unga Shorahim Shoumarov, Risqi Rajabiy, Imomjon Ikromov singari o'n uch nafar san'atkor jalb qilindi. Turli xildagi namunali ansambllarni tashkil qilish asosan O'zbekiston radiosida keng yo'lga qo'yilgan. Ushbu ansambllar yevropa, zamonaviy kompozitorlar asarlari, milliy musiqa merosini keng targ'ib qilishda samarali ishlarni amalga oshirdilar. Ana shunday ansambllardan biri 1959-yilda Yunus Rajabiy rahbarligida tuzilgan maqomchilar ansambli bo'ldi.
Dastlab bu ansamblga xalq ichidan yetishib chiqqan yetuk sozanda va xonandalar jalb qilindi. Keyingi yillarda maqomchilar ansablining zaxmatkash musiqa rahbari,
I ibiSi^^Bl http://oac.dsmi-qf.uz
O'zbekistonda xizmat ko'rsatgan san'at arbobi Faxriddin Sodiqov (changda), xonandalardan O'zbekistonda xalq xofizlari Jo'raxon Sultonov, Ortiqxo'ja Imomxo'jayev, O'zbekiston xalq artistlari Berda Davidova, Kommuna Ismoilova, Orif Alimaxsumov, O'zbekistonda xizmat ko'rsatgan artistlar Karim Mo'minov, Siroj Aminov, Shokirjon Ergashov, solistlar Umarjon Otayev, Alijon Xasanov, Qirg'iziston xalq artisti Tolibjon Badinov, sozandalardan O'zbekiston xalq artisti Orif Qosimov (dutorda), Turg'un Alimatov (tanbur va satoda), O'zbekistonda xizmat ko'rsatgan artistlar Zokirjon Sodiqov (g'ijjakda), Mahmudjon Muhammedov (nayda), Isxoq Qodirov (nayda), Yoqubjon Davidov (tanburda), Ilhom To'rayev (g'ijjakda), sozandalar G'aybulla Sa'dullayev (qo'shnay), Dadaxo'ja Sottixo'jayev doirada xormay-tolmay mehnat qildilar.
Ular qisqa muddat ichida maqom qismlarini o'rganish va ulashtirishdek og'ir va murakkab vazifani uddalay oldilar. Keyinroq ansambl tarkibiga kirgan xonandalar O'zbekistonda xizmat ko'rsatgan artistlar Xadyaxon Yusupova, Isxoq Katayev, Ismoil va Isroil Vaxobovlar, O'zbekiston xalq xofizi Ochilxon Otaxonov, Raxima Yuldosheva, Maxmudali Boboyev, Tolibjon Turayev, Shukur Alimqulov, O'rinboy Otajonov, sozandalardan Abduhoshim Ismoilov, Saidazim Kudratullayev (tanburda), Erkin Yo'ldoshev (rubobda). Saidikrom Kamolov (doirada). Temur Maxmudov (changda) singari san'atkorlar maqom yo'llarini qunt bilan o'zlashtirdilar. Maqomlarni magnit lentalarga, gramplastinkalarga yozishda mashxur ustozlardan Xoji Abdulaziz Abdurasulov, Mulla To'ychi Toshmuxamedov, Levicha, M.Tolmasov, Shoraxim Shoumarov, G.Mulloqandov kabilarning aytish usullaridan barakali foydalanildi. Shashmaqomning badiiy qiymatini ochib berish va uning yo'llarini ijodiy o'zlashtirish borasida katta izlanishlar olib borildi. Hozirgi davr ansambl ijrochiligi uslublari, ustozlar an'anasi xech qachon bir joyda qotib qolgan emas. U hamma vaqt rivojlanishda yashab kelgan. Ana shunday rivojlanishga, ijro saviyasini oshib borishiga sabablardan biri yuqorida nomlari aytib o'tilgan ustozlarning yosh avlodga bo'lgan talabchanligi va g'amxo'rligi bo'ldi. 1972-yili M.Ashrafiy nomidagi Toshkent davlat konservatoriyasi qoshida ochilgan sharq musiqasi kafedrasi (hozirda ushbu kafedra ikkiga bo'linib, musiqiy sharqshunoslik va an'anaviy ijrochilik kafedralari deb nomlanadi) har tomonlama savodxon ijrochi sozanda va xonandalarni tarbiyalashda muxim omil bo'ldi desak mubolag'a bo'lmaydi. Bu dargohda ilk bor ansambl ijrochiligi mashg'ulotlarini ustoz Faxriddin Sodiqov boshlagan.
Dastlabki vaqtning o'zidayoq ustoz ansambl dasturidan joy olgan Shashmaqom yo'llari, Farg'ona - Toshkent ijro uslublariga amal qilgan holda yosh sozandalarga ta'lim berdi. Ustozning ansambl ijrochiligida taxsinga sazovor uslublari hozirgi vaqtda ham shogirdlarning ish faoliyatlarida yaqqol sezilib turadi. 1980 yillardan keyin o'zbek milliy ansambllariga qadimiy sozlarimizdan ud va qonun cholg'ularini kiritilishi yanada cholg'u ansamblining boyishiga sabab bo'ldi. Ushbu sozlarni o'rgatish va targ'ib
I icclT^^^^H 88 http://oac.dsmi-qf.uz
qilish konservatoriyaning an'anaviy ijrochilik kafedrasida keng yo'lga qo'yildi. Hozirgi kunda kuy-qo'shiqlarni yakka sozandalar, xonandalar, jumladan bir guruh xonandalar ansambl jo'rligida ijro qilishlari musiqiy bezaklarni yanada boyishida va uni tinglovchilarning qalbiga jo bo'lishida o'ziga xos yangilik hisoblanadi.
Amaliy mashg'ulot. Kurs davomida o'tilgan mavzularning barchasi bo'yicha o'quvchilar o'zlashtirgan bilimlarini bayon etadilar. Amaliy mashg'ulotda har bir o'quvchi o'z mutaxassislik sozida an'anaviy ijrochilikka xos bo'lgan ornamental bezaklar va zarblarni o'zlashtira olganliklari borasida o'rtoqlashadilir. Bunda ular o'z mutaxassislik dasturlarida bo'lgan xalq kuylari va maqom yo'llaridan unumli foydalanishlari mumkin. Bu mashg'ulotlarda asosan nodir musiqali yozuvlarni tinglash, arxiv lenta yozuvlaridan, shaxsiy fonotekalarda saqlanayotgan, sozanda va xofizlar ijro etgan gramplastinkalardan foydalanish tavsiya etiladi. Ularning ijro uslublari haqida fikr yuritib, asarlarning turli variantlardagi ijro farqlari tahlil qilinadi.
Jamoaviy ijrochilikni o'rgatishda ustozlarimizning qo'llagan shu kabi uslublari biz uchun hozirgi paytda o'rgatish va o'rganish metodlarimizning poydevoriga aylansa yaxshi natijalarga erishiladi.
Ansambl (fransuzcha-birgalikda) - ashula yoki cholg'u musiqasini bir necha ijrochi tomonidan birgalikda ijro etilishidir. Ansambl tarkibida 2-5 va undan ortiq ijrochilar bo'lishi mumkin. An'anaviy ijrochilik ansambllari asosan 1920-yillardan tuzila boshlab (O'zbekiston radiosida), unda xalq musiqa san'atining yirik namoyandalari Berkinboy Fayziyev, Abduqodir naychi, Mulla To'ychi Toshmuxamedov, Tuxtasin Jalilov, Nurmatxon, Xayit Oxun, Davlat Oxun, Zokir Eshon, Axmadjon Umurzoqov, Rustam Mextar, Ashurali Yusupov va boshqalar birgalikda ijodiy faoliyatlarini boshlaganlar. O'zbekiston radiosining milliy cholg'u ansamblida sozlar har xil bo'lib, kuylarni ijro etishda sadolanishning yoqimli yangrashiga katta ahamiyat berildi. Professional xalq musiqasidagi ijrochilik an'analariga amal qilgan holda ish olib borildi.
Foydalanilgan adabiyotlar
1. Talaboev, A., Akbarov, T., & Haydarov, A. The European Journal of Arts, Issue 1/2020.
2. Talaboev, A. (2021). O'ZBEK XALQ MUSIQA IJROCHILIGI SAN'ATIDA MAQOM JANRINI TIKLASH VA RIVOJLANTIRISH OMILLARI. Oriental Art and Culture, 2(4), 325-333.
3. Nabijonovich, T. A. (2022). RAJABIYLAR SULOLASIGA BIR NAZAR. Oriental Art and Culture, 3(1), 633-642.
4. Talaboyev, A. N. (2021). MAQOM SAN'ATI. MAQOM SAN'ATINI O'RGANISHDA VA UNI YOSH IJROCHILARGA O'RGATISHDA ETIBOR
QARATILISHI LOZIM BO'LGAN JIHATLAR. Oriental Art and Culture, 2(4), 149155.
5. Talaboyev, A. N. (2021). Methods of Effective use of Teacher-Discipleship Traditions in Learning the Art of Makom. International Journal of Culture and Modernity, 11, 389-393.
6. Yunusov, G. X., Juraev, I., & Ahmedov, R. The European Journal of Arts, Issue 1/2020.
7. Ahmedov, R. (2021). SAN'ATGA BAXSHIDA UMR. Oriental Art and Culture, 2(4), 50-56.
8. Ahmedov, R. (2021). Murodjon Ahmedov-Fergana Valleys Singer. International Journal of Culture and Modernity, 11, 412-418.
9. Yunusov, G. Y., Parpiev, A., & Ernazarov, Z. An International Multidisciplinary Research Journal. An International Multidisciplinary Research Journal.
10. Yunusov, G., Juraev, I., & Ahmedov, R. (2020). A look at the regional seasonal folklore and their origin. The role and importance of folklore in the development of dance art. European Journal of Arts, (1), 121-124.
11. Shermatova, X. (2021). MAKTABLARDA O 'QITILAJAK MUSIQA TA'LIMIGA BIR NAZAR: MUSIQA TA'LIMINING SHAKLI VA USULLARI. Oriental Art and Culture, 2(4), 156-163.
12. Tursunov, B. (2021). «DOIRA» CHOLG'USINING PAYDO BO'LISHI. Oriental Art and Culture, 2(4), 83-87.
13. Ismailova, M. (2021). SHOGIRDLARI QALBIDAN CHUQUR JOY OLGAN USTOZ YULDASHEV AHMADJON MIRZAEVICH. Oriental Art and Culture, 2(4), 27-33.
14. MaMaroB, (2021). CAHLAT MYTAXACCHC.ftAPHHH TAHEP^Am^A ^HPH^EP^HK. Oriental Art and Culture, 2(4), 353-360.
15. Mamatov, J. (2022). Parameters of the Connection between Art and Culture. Pindus Journal of Culture, Literature, and ELT, 2(3), 69-76.
16. Madaminov, S. (2021). MUSIQA VOSITASIDA O'QUVCHILARNI MILLIY RUHDA TARBIYALASHGA DOIR TARBIYAVIY ISHLARNI TASHKIL ETISH MASALALARI. Oriental Art and Culture, 2(4), 361-369.
17. Madaminov, S. (2021). The Importance of Music Education in Out-of-School Education. International Journal of Culture and Modernity, 11, 371-377.
18. Yuldashyev, A., & Boboyev, V. (2022). CHOLG'UCHI-SOZANDA TALABALARNI O 'ZBEK XALQ KUYLARI VA BASTAKOR-KOMPOZITORLAR IJODIDAN NAMUNALAR IJRO QILISHLARIDA IJODIY YONDOSHUVCHANLIKKA O 'RGATISH. Oriental Art and Culture, 3(1), 219-225.
I icOE^^^^HI 90 http://oac.dsmi-qf.uz
19. Юлдашев, С., & Азизов, С. (2022). ХАЛ^ ОЕЗАКИ ИЖОДИ СУЗ САНЪАТИ. Oriental Art and Culture, 3(1), 726-734.
20. Yuldashev, A. M., Ortiqov, N. M., & Mirzaev, H. A. (2021). Methods of teaching students to work independently in performing musical instruments. ACADEMICIA: AN INTERNATIONAL MULTIDISCIPLINARY RESEARCH JOURNAL, 11(1), 656-560.
21. Yuldashyev, A. (2021). "ORKESTR SINFI" FANIDA O 'ZBEK XALQ CHOLG 'ULARI O 'QUV ORKESTR GURUXLARI BILAN ISHLASHNING IJROCHILIK MAXORATINI OSHIRISHDAGI O 'RNI. Oriental Art and Culture, 2(4), 346-352.
22. Yuldashev, A., Azizov, S., & Boboyev, V. (2021). A LOOK AT THE GENRE OF UZBEK FOLK MUSIC. CURRENT RESEARCH JOURNAL OF PEDAGOGICS, 2(10), 226-232.
23. Yuldashev, А., & Azizov, S. (2021). MI Glinka's Place in Music History. International Journal of Culture and Modernity, 11, 228-234.
24. Yuldashev, A., & Akbarov, T. (2022). A Look at the Work of Composer Franz Schubert. Pindus Journal of Culture, Literature, and ELT, 2(3), 20-25.
25. Boboyev, V. (2022). The Multifaceted Creative Artist Chokariy-Matyusuf Kharratov. Pindus Journal of Culture, Literature, and ELT, 2(3), 77-80.
26. Davlatjon, T. (2022). ESTRADA VA BOLALAR QO'SHIQLARI IJROCHISI, BASTAKOR SH. RAMAZONOV. Oriental Art and Culture, 3(1), 331333.
27. Madalievna, I. S., & Abdurahimovna, J. R. (2021). The Analogies Used in Mukimi's Works. European Journal of Life Safety and Stability (2660-9630), 9, 95-99.
28. Abdurakhimovna, J. R. (2021, March). LEXICO-SEMANTIC PROPERTIES OF ANTHROPONYMS (On The Example Of Mukimi's Works). In E-Conference Globe (pp. 301-303).
29. Abdurakhimovna, R. J. (2021). Lexemas of meaning of clothes in mukimi's works. Asian Journal of Multidimensional Research (AJMR), 10(3), 199-202.
30. Juraeva, R. (2020, December). EMOTIONAL-EXPRESSIVES IN WORKS OF MUKUMIY. In Конференции.
31. Жамолиддинова, Д. М., & Тожибоева, Ш. Р. (2016). СЕМАНТИКО-ГРАММАТИЧЕСКИЕ СВОЙСТВА ПАРАНТЕЗ. Ученый XXI века, 68.
32. Жамолиддинова, Д. М., & Тожибоева, Ш. Р. (2016). THE SEMANTIC AND GRAMMATICAL PROPERTIES OF PARANTEZ. Учёный XXI века, (4-1 (17)), 67-68.
33. Султонова, У. С. (2017). КИРИТИШ ВА КИРИТМА ТЕРМИНИ ХУСУСИДА АЙРИМ МУЛОХДЗАЛАР. Интернаука, 8(12 Часть 3), 62.
34. Jamoliddinova, D. M. (2020). TERMINOLOGY AND PROFESSIONAL VOCABULARY. Scientific Bulletin of Namangan State University, 2(10), 294-298.
35. Jamoliddinova, D. (2020). The poetical actualization of terms in the literary works (As the sample of the works of askad mukhtar, abdullah kahhor and ulmas umarbekov). International Journal of Psychosocial Rehabilitation, 24(6), 2597-2602.
36. Джамолиддинова, Д. М. (2020). ТЕРМИН ВА СУЗНИНГ ФАЩЛИ ХУСУСИЯТЛАРИ. МЕЖДУНАРОДНЫЙ ЖУРНАЛ ИСКУССТВО СЛОВА, 3(5).
37. Jamoliddinova, D. M. (2011). Semantic-grammatical and lingvopoetic features of parentheses units in artistic speech. Tashkent: Fan, 93.