H
c
T
o p
H H
H
3 T H
o
A
o
r
H H
M.K. Asrorova
FARG'ONA-TOSHKENT DUTOR IJROCHILIGI MAXMUDJON
YUNUSOV TALQINIDA
Mazkur maqola O'zbek milliy musiqasi va san 'atining rivojiga beqiyos hissa qo 'shgan, shuning bilan birgalikda Toshkent dutor ijrochiligida o 'zining betakror ijrosi bilan o 'chmas iz qoldirib ketgan benazir sozanda O'zbekistonda xizmat ko'rsatkan artist Maxmudjon Yunosovning ijodiga bag'ishlanadi. Mumtoz kuy va ashulalarini dutor cholg 'usida ijro etiah, shuningdek Toshkent dutor ijrochilik maktabiga asos solgan ustozlar hamda ularning ijrolari haqida yoritiladi.
Musiqa inson his-tuyg'ularin uyg'otuvchi, go 'zallikka va madaniyat sari chorlovchi ilohiy bir kuchdir. Mu-siqani tinglar ekanmiz shirin hayollarga cho'mamiz, orzularga berilamiz, ba'zan yuzimizda tabassum, ba'zan esa nelarnidir xotirlab ko'zimizga yosh olamiz. Musiqa go'yoki yuragimiz va unsiz qalbimizning mungli nolalarini so'zlab beruvchi bir tildir. Yana bir tashbeh keltiradigan bo'lsak, musiqa insonning ichki dunyosini ochib beruvchi kalitdir. Ha! Haqiqatdan ham musiqa ichki dunyoyimizni go'zal bo'lishida va madaniyatimizni shakillantirishda alohida o'rin kasb etadi. SHu bois ham yurtimizda O'zbek mumtoz cholg'ulari ijro amaliyotida keng qo'llanilib
© M.K. Asrorova, 2022. Imiy rahbar: O'zbekistonda xizmat ko'rsatgan artist, M. Ziyayeva.
kelinmoqda. Shu o'rinda alohida to'xtalib o'tishjoizki, dutor cholg'usi bir necha asrlar mobaynida yanada takomil-lashtirilib bizgacha yetib keldi.
Dutor - chertib chalinadigan torli musiqiy asboblar sirasiga mansub bo'lib, Markaziy Osiyo davlatlarining deyarli barcha o'lkalarida, shuningdek, ko'pgina xorijiy Sharq mamlakatlarida tarqalgan. Dutor chalish san'atini puxta egallagan sozandalar ijrochiligi hamda kasbiy va havaskorlik ijodi namunalari avlodlardan-avlodga o'taverib sayqallashgan va O'zbekistonda azaldan o'tiroq holda yashagan aholi orasida uni qiyomiga etkazib ijro etish an'anaga aylana borgan. Dutorda va dutor jo'rligida ijro etilgan qo'shiq, ashula va cholg'u kuylarining ohanglari zamirida sharq mumtoz adabiyotining namoyondalari Lutfiy, Navoiy, Atoiy, Bobur, shuningdek Zebunniso, Uvaysiy, Nodira, Mahzuna va boshqalarning ijodidan rang olgan lirik-falsafiy mazmun yotadi. Dutor ohanglarining rang-barangligi va boyligi xalqning turmush tarzi, madaniyati qirralarini o'zida aks ettirgan bo'lib, SHarq xalqlari musiqiy tafakkurining nafis jilolarini o'zida mujassamlashtirgan. Dutor o'zbek xalqining musiqiy madaniyati bilan tarixan chambarchas bog'liq san'at ramzidir. Dutor xususidagi dastlabki ma'lumotlarni biz Mav-lono Zaynulobidin al-Husayniyning Alisher Navoiyga bag'ishlangan "Musiqiy ilm va amaliyot qonuni" risolasida uchratamiz. XV asrning ikkinchi yarmida bitilgan bu risolada o'sha zamonda kvarta intervali oralig'ida so-zlanuvchi, o'n bir pardaga ega bo'lgan dutor tavsiflanadi. Dutor va dutor cholg'uchilari to'g'risida ma'lumot lar beruvchi yana bir manba Al-Husayniy risolasidan ikki yuz yil keyin "Risolai musiqiy" asari bo'lib, uning muallifi mashhur hofiz, bastakor va changchi-sozanda Darvish Ali bin Mirzo Ali bin Xo'ja-Mahmud Marvariddir.
XX-XXI asrlarga kelib, dutor ijrochiligi professional darajada rivojlana boshadi. Bir qator mohir ijrochilar shakllandi. Dutorni go'zal sadolantirishning turli ko'rinishlari va uslublari paydo bo'ldi. Bu bir-biridan serjilo ijro uslublari o'ziga xosligi bilan tinglovchilar dilidan joy ola boshladi. Ularning uslublariga qiziqqan yoshlar ham paydo bo'ldi, natijada ijrochilik maktablariga aylandi. Umuman olganda, dutor chalish san'atida Farg'ona-Tosh-kent uslubining asrlar davomida mukammallikka erisha boshlaganligini ko'ramiz. Farg'ona-Toshkent dutor ijroch-iligida shaxsiy uslublar muhim ahamiyat kasb etgan. O'z ijrolari bilan musiqa ijrochiligi san'atiga salmoqli hissa qo'shgan zabardast ustozlar - Faxriddin Sodiqov, Mahmud Yunusov, Orif Qosimov, Zokiijon Obidov, Komiljon Jabborov, Turg'un Alimatov kabilarning ijro yo'llari musiqa san'atimizda o'rnak uslublardir.
Zokirjon Obidov ijro uslubining asosiy negizi uning o'ng qo'l harakatida, barmoqlari va beriladigan urg'ularni turli ko'rinish va shakllarda ishlatishida, o'zbek musiqasida jozibalik "teskari zarb"larni moxirona qo'llashidadir. Ustoz ijro uslublari chap qo'l harakatlarining soddaligi va o'ng qo'l zarblarining mukammalligi bilan ham el orasida shuhrat qozongan. Uning eng taniqli asari-'Gilos' nomli kuyida ushbu uslublar yaqqol namoyon bo'lgan.
Orif Qosimov uslubi ko'proq akademik yo'lga mansubligi bilan ajralib turadi. Ijroda texnik harakatlarga ko'proq e'tibor berilgan. Uning ijro uslublarida chap qo'l tekis va ravon yurg'izilgan, o'ng qo'l zarblari esa aniq va keskin berilgan. Ustoz ijrosidagi "Cho'li Iroq", "Samoiy Dugoh", "Shafoat", "Chapondozi Bayot" kabi kuylarda bu ijro uslubining yaqqol namoyon bo'lganligini ko'ramiz.
Turg'un Alimatov an'anaviy ijrochilikda katta mahoratga ega bo'lgan sozandalardan biridir. Uning ijro uslubida keng qo'llaniladigan turli xil nola, qochirim, zarb, miyang, kashish, forshlag kabi musiqiy bezaklar asar ijrosidagi yetuklikni anglatgan. O'zbekiston xalq artisti, benazir ustoz-sozanda, professor Turg'un Alimatovning dutor ijrochiligi uslubi o'ziga xosdir. Ustozning dutor chalayotgandagi o'ng qo'li va chap qo'l harakatlari dutorn-ing sadosiga e'tibor berganda chap qo'ldagi har bir sayqal bilan o'ng qo'l haratidagi zarblarda uyg'unlik yaqqol namoyon bo'ladi. Uning dutor ijrochiligidagi o'ziga xos tomonlardan yana biri- bu tanbur va sato cholg'ulari ijrosi an'analarini dutorga moslashtirganliklaridir.
Malika Ziyayeva Yunus Rajabiy nomidagi maqomchilar ansamblida bir necha yil ijod qilib kelgan. U ansamblda O'zbekiston xalq artisti, professor Turg'un Alimatov, O'zbekiston xalq artisti Orif Qosimov kabi xalq ardog'idagi san'at darg'alari bilan yonma yon o'tirib, ijodiy faoliyat olib borgan. Malika Ziyayeva o'ziga xos ijro uslubiga ega bo'lgan sozanda. Ustozidan meros bo'lib qolgan ijro uslubini shogirdlariga o'tkazib, bu uslubni, ya'ni Fahriddin Sodiqov ijro uslubini maktab darajasiga chiqardi.
Mana shunday ustozlarimiz bilan bir qatorda turgan O'zbekistonda xizmat ko'rsatgan artist sozanda Mahmudjon Yunusov ham an'anaviy dutor cholg'usini ijrosida profesionallikka erishishda va xalq orasida keng tarqalishida o'zining ulkan xizmatini qo'shdi. Uning yosh qalbidagi san'atga bo'lgan kuchli qiziqishi bolalik dav-ridanoq san'at olamiga yetaklab kirdi. Mahmudjon Yunusov akademik Yu.Rajabiyning xonodonida uy ishlariga yordamchi, ham shogird bo'lib tarbiyalandi va mahoratli sozanda bo'lib ulg'aydi. Uning uslubi o'ziga xos xususiyatga ega bo'lib, chap qo'l harakatiga asoslangan. Mahmudjon Yunusov chap qo'l bilan juda mohirona o'zbek milliy nola va qochirimlarini ishlata olgani yaqqol sezilib turadi. O'ng qo'l harakatlari esa oddiy, teskari va terma zarblardan iborat. Shuning hisobiga ijro sersayqal hamda serjilo yangragan. Uning ijro uslubining yana bir farqi shundaki ustoz sozanda o'ng qo'l bilan zarb berganda barmoqlarini dutor qopqog'iga tekkizmay hara-katlantirgan.
Mahmudjon Yunusov o'z ish faoliyatini 1927- yilda tashkil qilingan Toshkent radio eshittirish komiteti huzurida ashula-cholg'u ansamblida boshladi. Ustoz sozanda ushbu ansambl tarkibidagi bir qator xonanda va
sozandalar bilan birgalikda 1937-yil Maskvada o'tkazilgan, o'zbek san'ati dekadasida fa'ol qatnashdi. Milliy an-sambl yana ushbu yilda Maskvada o'tkazilgan butun-ittifoq radio-festivalida qatnashib birinchi o'rinni olganlar qatorida bo'ldi. 1957-yil qayta tuzilgan Yunus Rajabiy raxbarligidagi radioning o'zbek xalq cholg'ulari orkestrida ham yetakchi sozanda sifatida uzoq yillar xizmat qildi.
Bulardan tashqari ustoz Mahmudjon Yunusov Toshkent pedagogika bilim yurtida va Toshkent birinchi klinik shifoxonasida badiiy havaskorlik to'garaklariga rahbarlik qildi. Mohir sozanda Hosilxon Qodirova kabi maqom xonandalariga ham jo'rnavozlik qildi. Uning ijro repertuarlaridan "Cho'li iroq, Qashqarcha, Girya qozoq uforisi, Karimqulbegi, Tasnifi iroq, Ko'rdim yuzingni, Aylagach, Ey ko'ngil, Chaman yalla, Toza bo'ston, Farg'onacha, Dil kuyi, Miskin 1-2" kabi asarlar o'rin olgan va biz yosh avlodlarga me'ros qilib qoldirdi. Hozirgi kunda Mahmudjon Yunusovning yigirmadan ortiq ijro repertuarlari O'zbekiston MTRK Televideniya va radioe-shittirish Arxiv fondida saqlanib kelinmoqda. Aslida cholg'u elning dilidan joy olib, nazariga tushib, xalq tomoni-dan e'zozga ega bo'lishi, Mahmudjon Yunusov kabi mohir sozandalar o'z kasbining fidoyisi bo'lgan insonlar bilan bog'liqdir.
0oüdananumau aèaôuëmnap:
1. I.Toshpo'latova. "An'anaviy cholg'u ijrochiligi" (dutor) -"Musiqa" nashriyoti Toshkent 2018;
2. M. Ziyayeva "Dutor" (F.Sodiqov ijro uslubi). Toshkent 2008;
3. J.Rasultoyev "O'zbek dutor ijrochiligi" Toshkent "O'qituvchi" 1997.
M.K. ASROROVA - Yunus Rajabiy nomidagi O'zbek milliy musiqa san'ati institutining "Maqom cholg'u ijrochiligi" ta'lim yo'nalishi 2-bosqich magistranti.