"Oriental Art and Culture" Scientific Methodical Journal / http://oac.dsmi-qf.uz Volume 4 Issue 4 / August 2023
O'ZBEK AN'ANAVIY XONANDALIK SAN'ATI AMALIYOTIDA JUDA KO'P OVOZ TURLARI VA UNING O'ZIGA XOS XUSUSIYATI
Ma'rufjon Abdumutalibovich Ashurov Andijon davlat universiteti
Annotatsiya: O'zbek an'anaviy xonandalik san'ati amaliyotida juda ko'p ovoz turlari uchraydi. Mutaxassis xonandalar tomonidan ular o'z xususiyat va sifatlaridan kelib chiqib nomlanib kelingan. Masalan: «Tik ovoz», «Dovudiy ovoz», «Kuchli ovoz», «Xasta ovoz», «Dardli ovoz», «Manqa ovoz», «G'alati ovoz», «Baqiroq ovoz», «Mungli ovoz», «Qo'ng'iroq ovoz», «Yoqimli ovoz» va x.k. Maqolada Xonandalikning ijro saviyasi, Ijro madaniyati, Ovoz gigienasi, Xonandaning ovoz tuzishi tavsifi, Matn va talaffuz masalalari, Aytim matnlari, Talaffuz, So'z va ohang, Ijrochilik mohiyati masalalari keng va tushunarli yoritib berilgan.
Kalit so'zlar: qadimda musiqa, bastakorlik san'ati, zamonaviy tendensiyalar, musiqiy shakllarm, tipologiya, bastakorlik ijodiyoti, dirijyorlik san'ati, ma'naviy -madaniy hayot, janr, uslublar, yangi milliy musiqa maktablari
IN THE PRACTICE OF UZBEK TRADITIONAL SINGING ART, MANY VOICE TYPES AND ITS UNIQUE CHARACTERISTICS
Marufjon Abdumutalibovich Ashurov Andijan State University
Abstract: In the practice of Uzbek traditional singing art, there are many types of voices. They have been named by professional singers based on their characteristics and qualities. For example: "Stick voice", "David's voice", "Strong voice", "Sick voice", "Painful voice", "Strange voice", "Strange voice", "Shoutier voice", "Mourning voice", " Calling voice", "Pleasant voice", etc. In the article, the performance level of singing, the culture of performance, voice hygiene, the description of the singer's voice structure, issues of text and pronunciation, texts of sayings, pronunciation, words and tone, and the essence of performance are widely and clearly explained.
Keywords: ancient music, art of composition, modern trends, musical forms, typology, creativity of composition, art of conducting, spiritual and cultural life, genre, styles, new national music schools
Xonandalarni ijro faoliyatining oxirigacha benuqson, saviyasini va imkoniyatini to'la saqlanib qolishi bir qator ijro va jismoniy holatlar bilan bog'liqdir. Xonandalarning doimiy nazoratda saqlanishi lozim bo'lgan tomonlari, bu tabiat bergan
ovozni saqlash, ya'ni asrash. Ikkinchidan, sixatlik xususiyatlariga katta ahamiyat berish, uchunchidan, talqin qonunlariga rioya qilishdan iboratdir.
Xonandaning ovoz imkoniyatlari. Odatda, musiqaning negizini tashkiletuvchi jarayon tovushdir. Tovush - bu zoxiriy ko'rinish. Unga turli vosita, harakatlar bilan erishish mumkin. Tovushlarning ma'lum balandlikka ega bo'lganliklari esa musiqiy tovush hisoblanadi. Musiqiy tovushlarni ma'noli, xis-tuyg'ular orqali mukammal tarannum etishga eng avvalo inson ovozi qodir. Xonanda ovozida tovush kuchi, balandligi, qattiqligi va barchasini uyg'unligida hosil bo'ladigan tembri mavjud. O'zbek an'anaviy xonandalik san'atida shu bilan birga ko'rinishga ega bo'lmagan, lekin his etishda anglanadigan ovoz tarovati, mungi, dardi, bezagi, xirgoyisi bor bo'lib, darxaqiqat to'laqonli ma'noga ega bo'lgan ovozni tashkil etadi. Chunonchi, mumtoz xonandalik amaliyotida aynan mana shu jihatlar ijroning extirosli xususiyatlari sifatida ijobiy baholanilib kelingan.
Ovozning barcha tarkibiy xususiyatlaridan keng foydalanib, barcha imkoniyatlari yordamida ijodiy yondoshib, tinglovchi qalbiga ta'sir eta olish, mumtoz xonandalikni kasb etgan namoyandalarga xos talqin hisoblanadi. Zero, har bir xonanda-hofiz (ijrochi), tinglovchilarning ro'hiy ozuqa olishlarida o'z ta'sirini ko'rsatadi. Inson ovozining musiqiy jihatlarini belgilovchi o'z imkoniyatlari borligi aniq. Ularning bir qatori tabiiy iste'dod bilan bog'liq bo'lsa, ayrimlari saboq, mashq va tajriba jaryonida shakllanishini e'tirof etib o'tishi lozimdir.
O'zbek an'anaviy xonandalik san'ati amaliyotida juda ko'p ovoz turlari uchraydi. Mutaxassis xonandalar tomonidan ular o'z xususiyat va sifatlaridan kelib chiqib nomlanib kelingan. Masalan: «Tik ovoz», «Dovudiy ovoz», «Kuchli ovoz», «Xasta ovoz», «Dardli ovoz», «Manqa ovoz», «G'alati ovoz», «Baqiroq ovoz», «Mungli ovoz», «Qo'ng'iroq ovoz», «Yoqimli ovoz» va x.k. Xonandaning ovozi faqat ularning eshitilishi bilan emas, balki ijro diapozoni, ovozning ohangdorligi, talafuzning to'g'riligi, hush yoqimliigi bilan ham xarakterlanadi. Ovozlarning balandligi nuqtai nazardan past va yuqori registrlarga bo'lish mumkin. Odatda, registr tushunchasi ovoz diapozonining bir qismini tashkil etadi.
Musiqiy ovozlarni ishlatish texnikasiga ko'ra tadqiqotchi olimlar 3 turga ajratadi. Ya'ni, «Binnigi» (dimoq), «Guligi» (tomoq) va «Ishkami» (korin) va har bir usulga alohida ilmiy-nazariy ta'rif berib o'tgan. Ma'lumki, xonandalikda aytim yo'li (usuli) ovoz, nafas va ovoz chiqarish apparatlarining bir-biriga uzviy bog'liqligida hamda tufri ishlatish natijasida yuzaga keladi.
Binnigi - ijro sun'iy usul bo'lib, ovozlarning qo'shilib ketishi va asosan dimog'da sadolantirishdir.
Guligi - O'zbekistonning barcha vohalarida keng tarqalgan bo'lib, ijro jarayonida xonandaning tomog'iga kuch berib, qiyinchilik bilan talqin etishi, so'zlarni noaniq ifoda etishi, ovozni kuchaytirishi, bezashi kabi sun'iy usullardan foydalanishidir.
Ishkami - O'rta Osiyo xalqlari orasida eng yoqimli va sifatli ijrodir. Bu toifa ijrochilar chuqur nafas, kuchli tembr, keng diapozon mobaynida yangroq,tushunarli va yengil sadoli ovozdir.
O'zbek an'anaviy xonandalik san'atidagi ovoz talqin etish texnikasi 3 usuld an tashqari katta ashulachilar va maqom ijrochilari amaliyotida ko'p uchraydigan ovozni jag' orasiga olish usuli, ya'ni sun'iy ovoz hosil qilish musiqa nazariyasi fanida «falset» ovoz deb ataladi. Ana shu suni'iy ovozni qo'llash ham mavjud. Kayd etish joizki, falset ovoz talqini o'zbek xonandalari tomonidan ko'p qo'llaniladigan uslullardan biridir.
Xonandalikdagi ovoz talqini past, o'rta va yuqori registrlarga bo'linadi. Yuqori registr - bosh miyya bilan bog'liq tovushlar tarannumi hisoblanadi. Falset ham ongli ravishda sun'iy tarannum etiladigan sohta ovozdir. Falset, imkoniyatga qarab va mahorat doirasida deyarli barcha xonandalik tarmoqlarida ishlatilib kelingan. Hattoki, soxta ovozni asl ovoz bilan uyg'unlashib ketgan ko'rinishlari ham amaliyotda uchraydi. O'zbek mumtoz xonandaligida falsetning keng qo'llanilishi, turli ko'rinishlarda foydalanishlari kuzatiladi.
Falset - odatda, falset-xonandaning tabiiy ovoz imkoniyatlaridan kelib chiqaruvchi sun'iy ovozdir. Bu usul Farb musiqa madaniyatida, vokal ashula ijrochiligida keng va ma'lum tartibda qo'llaniladi. O'zbek ustozona musiqa talqinida falset o'ziga hos shaklda ishlatiladi. yevropa ashula ijrochiligida asarning ma'lum qismida qo'llaniladigan bu usul O'zbekiston vohalari, ayniqsa Xorazm va Farg'ona-Toshkent ijro yo'llariga mansub xonandalarning talqinidan munosib o'rin olgan. Ijro jarayonida falset turli shakllarda namoyon bo'ladi.
Odatda, ko'pchilik xonandalar qisman bu usulga murojaat etib, asarning avj qismlarini falset usulidan foydalangan holda ijro etadilar.O'zbek musiqa ijrochiligida, aynan ustozona musiqa namunalari (maqomlar)ni ijro etish amaliyotida «falset» usulidan keng foydalaniladi.
Xususan, o'zbek mumtoz hofizlari ijrochilik an'analarining negizida faqat bir ashulachilik uslub turadi deyish noo'rin. Chunki, og'zaki an'anaga munosib bo'lgan musiqa merosimizning ijro jarayonlari o'ziga xos shart-sharoit, joy - maqon bilan bog'liqdir. Shu bilan birga musiqa san'atining namoyandalari bir qator janrlarning targ'ibotchisi sifatida faoliyat ko'rsatganlar.
Aksariyat hollarda, zamon va makon bilan bog'liq musiqiy san'atga hos namunalarni bastakor asarlari va bastakorlar ijodlarini, zamon ruhiyati bilan sug'orilgan asarlarni ijro etishga uringanlar. Shu bois, ustozona musiqa ijrochilari talqinida shiddat, zavq-shavq, joziba yuqori tembr, badihago'ylik va sayqal kabi jihatlar munosib tizimini topishi uchun ikki-uch ashulachilik uslubini bilish va undan o'rinli, munosib foydalanish imkoniyatiga ega bo'lishlari lozimdir.
Chunki, har bir ashulachilik uslubi o'ziga hos ijobiy va salbiy tomonlariga ega. Ularning ijobiy xususiyatlaridan foydalanish ijrochilikda o'z samarasini ko'rsatadi.
Shu bilan birga musiqiy namunalarning ichki xususiyatlari, rivojlanish jarayoni, tabiati (dinamikasi), shiddati ma'lum darajada bu xususiyatlardan foydalanishni taqozo etadi. Shu o'rinda mumtoz musiqa ijrochilik an'analarida ustoz xonandalar "guligi" bilan "ishkami" ashula uslubidan keng foydalanib kelingan.
Xonandalikning ijro saviyasi - tovushni mukammal talqini, uningmusiqiy balandligini aniqlab, amaliy voqye'lik bilan bog'lab, sirtqi va tashqi his orqali ovoz vositasida kuylash ijro saviyasi hisoblanadi. Mazkur omilni musiqashunos olim Yu.V.Kats o'zining ilmiy tadqiqotlarida "talqin mashaqqatlari" nomi bilan belgilab beradi va uni xarakterlovchi omillar 4 holat bilan bog'liq ekanligini qayd etib o'tadi. «...talqin etuvchining (ya'ni xonandaning) shaxsiy imkoniyatlari (masalan, eshitish qobiliyati, musiqiy eslash, ovozining miqdori, saboq va bilim darajasi kabi tabiiy iste'dodlari va x.k.), qabul qilish normalari...» Bu jihatlar albatta xonandaning ijro saviyasi bilan bog'liq muammolarni o'z ichiga olganligini qayd etish joizdir.
Ijro madaniyati - san'at insoniyat ma'naviyatining ko'zgusidir. San'atkor ana shu ko'zguni yaratuvchisi, asrovchisi, davom ettiruvchisi va kelajagi hisoblanadi. Qaysiki xalq buyukdir uning san'ati va san'atkori ham buyuk va beqiyos bo'ladi. Bu xususda o'zbek musiqa san'atining qadimiy va boy, ko'p qirrali hamda zamon bilan doimo hamnafas rivojlanib kelganligini e'tirof etish lozim. Boy musiqiy merosni ijodkori hamda ijrochilari esa shunga mos, buyuklikka xos zabardast sozanda va xonandalardir. Ular tarix davomida asralib, avloddan-avlodga avaylanib sharafli «hofiz» nomini munosib ardoklab kelmokdalar.
Bunga avvalo hofiz-xonandalarning jamiyatdagi urni, kolaversa mavkei, tinglovchi-muhlislarga munosabati, muomalasi, yurish-turishi, ijrosi hamda ijro repertuarlari o'z ta'sirini kursatib kelgan.
Hofizlar azal-azaldan xalqning mu'tabar kishilari sifatida ardoqlanilgan. Ularning ko'pchilliklarini nomlariga "Xoji" iborasi ham kushib aytilgan. Buning o'z sabablari bor. Avvalo, bu ularning nomga xos amallarni bajarib kelganlaridan darak bo'lsa, ikkinchidan hofizlar bir qator ilmlardan xabardor bo'lganliklaridandir. Hofizlar elning kuz ungida barchaga ibratli kishi sifatida faoliyat olib borganlar. Chunki u darajaga yetishishning mezonlarini biz qayd etib o'tdik. Ijro jarayoning uzi ham, ularni yurishda, turishda, utirishda, kiyinishda, ijroda va tinglovchiga bo'lgan munosabatlarda risoladagidek odobli, axloqli, nozik didli, nazokatli, chiroyli, fayzli va samimiy bo'lishini taqozo etadi. Bularning barchasi xonandaning ijro madaniyatiga xos jihatlardir.
Ovoz gigienasi - Ovoz xar bir jonli mavjudotda mavjud, lekin xonandalik yoki hofizlikka xos ovoz, tabiatning in'omi hisoblanadi. Shu bois, uni ehtiyot qilinishi, muntazam tarzda parvarishlab turilishi, undan aql va idrok bilan foydalanilishi maqsadga muvofiqdir. Hofizlikdagi ovozning salomatligi va xastalanmasdan faoliyat
olib borishda, bir qator ovozni asrash yoki ovoz gigienasiga e'tibor berib unga rioya qilish lozimdir.
Avvalo, xonanda ovoz pardalarini xastalanishidan hamda qattiq urinib qolishidan doimo saqlanib nazoratda tutishi lozim. Aslida, bu qanday holatlarda yuz berishi barchaga ayondir. Ya'ni, tomog'ini kuchlantirib qattiq gapirishdan, bo'lar-bo'lmas baqirib kuylashdan, xonandaga noqulay bo'lgan pardalarda (tessiturada) majburan ko'p vaqt davomida kuylash, avj pardalarda beto'xtov va beo'xshov xonish qilishlar turli ovoz xastaligiga olib keladi. Buni oldini olish uchun xonanda, doimo ovoz sozlash mashqlarini tartib bilan olib borishi, past va yuqori ovoz tessituralarida ko'p vaqt kuylashni ma'lum ovoz qizdirib - tayyorlangan mashqlardan so'ng amalga oshirishi, doimo ustozining nazoratida bo'lishi maqsadga muvofiq bo'ladi.
Ovoz pardalarining mutanosib saqlashning birdan bir yuli mashg'ulotlar bilan ovozni dam olish mezonlariga rioya qilish hamda issiq-sovuq taom tanavvul qilish va past haroratli havo sharoitlarida vaziyatni turi tanlashdan iboratdir.
Chunki, bu amallar, xonandalikda ovoz pardalari (paylari)ni to'g'ri saqlash me'zonlarini asosiy qonun - qoidalariga kiradi. Shu bilan birga, ovoz pardalarini sovuqdan, sovuq havoda kuylashdan, sovuq xolda bo'lgan ichimlik va taom iste'mol qilishdan asrash lozim. Chunonchi, ma'lum ijrodan sung sovuqlik iste'mol qilish ovoz paylariga salbiy ta'sir etadi va xastalikka olib keladi.
Xonandalik amaliyotida ko'p uchrab turadigan yana bir nuqson, ovoz paylarini keragidan ortiq kuch bilan ishlatgandan so'ng, yoki tanaffuzsiz keragidan ortiq kuylaganda ovoz paychalarida paydo bo'ladigan xastalikdir. Bunda faqat ovoz paylarini davolovchi mutaxassis-foniator vrachga murojaat etish lozim bo'ladi.
Hofiz-xonandalikning iste'dod, saboq va amaliyot mezonlarida ijro paytida befarq bo'lmagan bir qator tabiiy jihatlar ahamiyatini qayd etib o'tish lozimdir. Bu kasbiy ijrochilikka maqom ijrochiligi an'anasidan merosdir.
Xar bir hofiz-xonandada bu jihat muqobil ijobatini topsa maqsadga muvofiq bo'lishi begumondir. Ya'ni, «Maqom ijrochiligida» - deb yozadi o'z tadqiqotlarida alloma I.Rajabov, - bir hofizning aytish uslubi va uning aytgan ashula yuli ikkinchisiga xech bir o'xshamaydi. Ma'lum maqom yulini turli hofizlar xatto variantlar darajasida ijro etishi mumkin. Chunki, ularning xar biri ashula yo'lini puxta va chiroyli ijro etishi uchun o'z ovozining imkoniyatlari doirasida unga ma'lum o'zgarishlar kiritadi.
Ma'lumki, vohaviy, mahalliy va shaxsiy ijro uslublarining shakllanishiga maqom ijodiyoti va ijrochiligi asos bo'lgan. Lekin, uning talqini masalalari, albatta ijrochining imkoniyatlariga asoslangan. Shu bois, ijrochilikda mahoratni saqlash va uning doimiy tarzda rivoljlantirish mezonlari, ovoz imkoniyatlari, saviyasi, madaniyati, gigienasi va holati kabi tabiiy jarayonlar bilan doimo hamohang bo'lishi shart. Bu hofiz-xonandalarning sabot bilan bog'liq ibratli jihatlarini namoyon etuvchi omillar hisoblanadi.
Xonandaning ovoz tuzishi tavsifi.
Vokal musiqa - kuylash uchun mo'ljallangan musiqa. Vokal musiqaga yakka, ansambl hamda xor tarzida, shuningdek musiqa cholg'ulari jo'rligida yoki umuman jo'rsiz (masalan katta ashula, a kapella xorlari kabi) ijro etiladigai asarlar kiradi. Barcha turlarida xonanda ovozi yetakchi o'rin tutadi. Vokal musiqa asosan, badiiy matn (she'riyat) bilan bog'liq. Shu bilan birga so'zsiz ijro etiladigan vokaliz ham vokal musiqadir.
Hozirgi vaqtda ovoz turini bexato aniqlay oladigan yagona uslub mavjud emas. Ba'zi hollarda bas o'zi havas qilgan tenorga ovozini o'xhastishga harakat qiladi. Natijada tovushning shakllanishi yuzaki bo'lib qoladi. Tenor esa o'zini murakkablikdan xoli qilish uchun bariton deb aytadi. Pedagog o'quvchining ovoz xususiyatlarini uning ijrochilik usulidan ajrata bilish kerak.
Ovoz turini aniqlashda tembr, diapazon, registr tuzilishining xususiyatlari, markaziy tovushlar, tessiturani ushlay bilish qobiliyati, hamda fiziologik-anatomik belgilar (ovoz bog'lamlarining uzunligi va zichligi, rezonator tizimlari va boshqalar), xronaksimmetriya kabi qator alomatlar hisobga olinishi kerak. Tajribali vokal o'qituvchisi o'quvchining ovoz tembridan ko'p narsani bilib oladi. Bu shaxsiy akustik xususiyat turli tessituralarda sinchiklab tekshirilishi lozim. Tembrning eng yaxshi sifatlarini eshitish uchun bir asarni yondosh tonalliklarga ko'chirib ijro etish mumkin. Diapazon ham ovoz turini aniqlovchi belgilardan biridir. Biroq u o'quvchida doim ham to'la hajmda ifodalanmasligi mumkin. Ko'pincha u chegaralangan bo'ladi. Ba'zi hollarda uchraydigan «metso soprano» va «soprano» tonlarini o'z ichiga olgan, nihoyatda keng diapazon ham foyda bermaydi. Ovozni to'g'ri tasnif qilishda registr tuzilishini o'rganish yordamchi vositadir.
Matn va talaffuz masalalari.
Ashulachilik uslubi ijroda asarning ichki va tashqi xususiyatlarini ochib berishda xonandadan nafaqat mukammal musiqiy tovush ijro etilishi, balki badiiy, falsafiy g'oyalar bilan sug'orilishini taqozo etadi. Chunki, bu jarayon ham uziga xos qator muammolar bilan xarakterlanadi. so'z matni va uning munosib talaffuz mezonlari xonandalikda muhim o'rin egallab kelganligini e'tirof etib o'tish joizdir.
Zero, mumtoz hofizlik san'atida ijro etiladigan asarning so'z matniga katta e'tibor berib kelingan. Xar bir mumtoz musiqa janrining so'z asoslaridagi matnlar ham alohida shakl va xususiyatlariga ega bo'lgan.
Ashula ijrochiligi bizga ma'lumki, so'z va kuyning uyg'unlashgan xolda mutanosib talqin etilishiga xos, ularning xar birini alohida yondoshish bilan ifoda etilishiga asoslanadi. Tovushlar majmuasida vujudga kelgan musiqiy kuy alohida ma'nosiga ega bo'ladi. O'z o'rnida unga bog'langan so'z ham muhim bir g'oyani ifoda etadi.
Aytim matnlari - An'anaviy xonandalik san'atidaasarning so'z matni va unga bo'lgan e'tibor alohida ahamiyatga egadir. Avval ijroning mukammal talqini, aynan asar matni hamda ijrochi munosabatining darajasiga bog'liq. Mumtoz xonandalikni uch asosidan biri adabiyotning, ya'ni mumtoz she'riyatni idroklagan bo'lishi bilan izohlanadi. Hofizlikda esa, mumtoz adabiyot namunalari g'azal, masnaviy, muhammas, musaddas, she'r va xokazo badiiy janrlar o'z ijro yuli, talqin usullariga hamda qonun va qoidalariga ega. Bu adabiyotda aruz vazni qoidalari ekanligi barchaga ayondir. Zero, she'r (matn) o'lchovi bo'g'inlari jihatidan, usul (musiqiy ohang va musiqiy kuy) ruknlariga mos kelishidagi qoidalar nazarda tutilmoqda. Mumtoz musiqiy asarlarda, nafaqat she'r vazni, balki she'r mazmuni ham katta ahamiyat kasb etadi.
Mumtoz xonandalik san'atida aytimlar o'z janri doirasida so'z-matnlariga ega bo'lgan. Bular orasida maqomlarning so'zlari turli xususiyatli g'azallardan iborat bo'lgan. Oldinlari diniy va ishqiy mavzularga solib aytilib kelingan maqomlar namunalari keyinchalik mumtoz shoirlarning dunyoviy, lirik hamda ishqiy g'azallari bilan aytish rasm bo'ldi.
Eng asosiysi matnning ohang ma'nosi bilan mutanosibligidir. Chunki, xar bir maqom o'z tabiatidan kelib chikib turlicha xarakterlanadi. Ya'ni, «Buzruk» -ulug'vorlik, buyuklik maqomi. Zabardastlik va ishonchli katta mahorat ijroda xukm surishi lozim. «Rost» - rostguylik, to'g'rilik maqomi, samimiylik soflik, to'g'rilikka asoslanadi. «Dugox» - ishq muhabbat maqomi, «Segox» - xijron maqomi, «Navo» -xotirlash, eslash, kungil nidosi ohanglaridan tuzilgan maqom, «Iroq» - firoq maqomi.
Namunalarda ularning xarakterlovchi asl ohanglar mujassam topganki, ijro talqinida unga erishilmasa uni maqom deyishga asos qolmaydi. Shu bois, xar bir maqom xususida xonandalarda ma'lum tushuncha bo'lishi shart. Bu esa xonanda yutug'ining yarimi desak adashmaymiz.
Mumtoz xonandalik san'ati an'analarida avvaldan Hofiz Sheroziy, Shams Tabriziy, Jaloliddin Rumiy, Fariduddin Attor, Amir Xusrav Dexlaviy, Abduraxmon Jomiy, Alisher Navoiy, Fuzuliy, Ansoriy, Bedil, Xiloliy, Sanoiy, Binoiy, kabilarning so'zlari ko'p uchrasa, keyingi davrda Alisher Navoiy, Maxtumquli, Mashrab, Xuvaydo, Muqimiy, Furqat, Amiriy, Zebiniso, Nodirabegim, Xaziniy, kabi mumtoz she'riyatimiz namoyondalarining yaratgan ash'orlari keng qo'llanilib kelinmoqda. Bularni idroklash va ular ijodining asosiy mohiyatini tushunib yetish maqom ijrochiligida juda muhim hisoblanadi. Shu bois, xonanda aruz saboqlaridan xabardor bo'lishi maqsadga muvofiqdir.
Talaffuz - xonandalik an'analaridagi omillardan biri sifatida muhim ahamiyat kasb etib kelgan. Mumtoz xonandalik san'atida so'z-matn ma'nolarini to'g'ri va anik xolda talaffuz etish va tinglovchiga yetib borishi xonandaning nutq va ohang talaffuziga bog'liqdir.
Xonandalik amaliyotida xonish talaffuzining turli xillari mavjuddir. Birinchidan: ohang talaffuzi. Bu jarayon uch umumiy ko'rinishda uchraydi.
a) tabiatan nuqsonli talaffuz. Talaffuzning tabiiy nuqsonliligining xillari ko'p va amaliyotda ham uchrab turadi. Bu xildagi talaffuzda xonandaning xarflarni, bo'g'inlarni, jumlalarni noto'g'ri o'qib talaffuz etishlariga aytiladi. Jumladan: «x» va «x», «f» va «k», «r» va «l» xarflarini almashinib ketishi amaliyotda uchrab turadigan xoldir va ularni ijroda to'g'ri talaffuziga erishish mumkin. Uning uchun muntazam maxsus tanlangan so'z bo'g'inlariga asoslangan mashqlar asosida tartibli mashg'ulotlar o'tkazish lozimdir; «s», «z» va «r» tovushlarini tulakonli talaffuz etolmaslik. Bu jarayon nutq defektologiyasiga bog'liqdir;
b) bilimsiz, ongsiz va savodsiz talaffuz. Oxirgi paytlarda xonandalarning ko'pchiliklari (xonandalik san'atini barcha yo'nalishlarida) so'z matniga, ya'ni she'rga, g'azalga e'tiborsizlik bilan munosabatda bo'lib kuylayotganliklari kuzatiladi. Bu avvalo so'z matnining yaxshi bilmaslik, she'riyat qonuniyatlaridan bexabarlik, talqin masalasida ustoz sabog'idan bexabarliklari oqibatida yuzaga keladi. Demak xonanda avvalo ashulaning zaminidagi she'r yoki g'azalni tushungan xolda yod olishi va uni to'g'ri o'qishni o'zlashtirishi lozim. O'zbek tilida unli tovushlar 6 ta (a, o, u, e, i, u), 4 ta yolashgan (ye, yo, yu, ya,) unli xarflar bor. Ularda ayrimlari yolashgan xarflarning unli tovushni qo'shib talaffuz qilishdan yuzaga keladi: ye (ye), yo(yo), ya(yaX yu (yu).
Odatga ko'ra, o'zbekona unli tovushlarni kuylaganda tembr jihatidan bir xil sof holatda talaffuz etiladi. Ijro jarayonida urg'uli va unli xarflar talaffuzi o'qigan paytda qanday bo'lsa kuylashda ham shunga rioya qilinadi. Shu bois she'riyatning nutq, talaffuz qoidalarini o'zlashtirish xonandalar uchun muhim ahamiyatga ega.
v) savodli, anits va bilimli talaffuz. Avvalo, she'riyat qonun-qoidalaridan boxabar, ohang va matn mutanosibligini idroklagan, musiqaning barcha jihatlari bo'yicha ustoz sabog'idan bahramand bo'lgan savodli ijro. Ikkinchidan, aytim me'zoni ham ikki uslubga asoslaniladi. Ya'ni, deklamatsiyali uslub va ohang bilan kuylash.
O'zbek mumtoz xonandaligida kam uchraydi, lekin onda-sonda uchraydigan uslub, so'zlashuv ohangiga yaqin deklamatsion uslubdir. Odatda, bu usul an'anaviy xonandalik ijrochiligiga xos emas. Lekin, xonandalikning boshqa yo'nalishlarida, ayniqsa opera xonandaligida ko'p uchraydi va bu uslub «rechitativli aytim» deb yuritiladi.
Ohang bilan kuylangan ovoz talqini joziba bilan sayqallaydigan turli bezaklar orqali ijro etiladi. Bular - turli ko'rinishdagi rang-barang xanglar, shaxdlar, qochirimlar, nolalar va qolaversa mukammal hofizlik xonishidir.
Uchinchilan, so'z talaffuzi sifatlari. Ularni ijroda yug'on yoki ingichka, yumshoq yoki qattiq ifoda etish mumkin. Odatda, ovozni ijro paytida turli shaklga solib ijro etiladi. Ovozni yumshoq yoki qattiq tarannum etish, yug'on yoki ingichka shaklga
solib kuylashda xonanda asar mohiyatini idroklagan xolda unga mos yo'l tanlab ijro etishi juda muhimdir.
Xonish piravordida go'zal, chiroyli so'zlar, to'g'ri va aniq ohang sof va tabiatli tarannum etilishiga alohida e'tibor berilsa maqsadga muvofiq bo'ladi.
Hofiz, risolaning birinchi bobida kayd etilganidek, avvalo, esda saklovchi va chiroyli, ma'noli kiroatga ega shaxsdir. Musiqiy ohanglarni tarannum etuvchi hofiz-xonandalarda esa, bu jihatning xar ikkisini va unga ohang mujizasini kursatish kabi xislatlar mujassamdir. Bundan kelib chiqadiki, hofiz-xonandalar asarning matnini mukammal bilishi, uning ma'nolarini iloji boricha to'laroq idroklashi, pirovardida esa matnga xos ohang bilan talaffuz etishi maqsadga muvofiqdir. Bu jarayon hofiz-xonandaning ilmiy salohiyatini anglatadi.
So 'z va ohang.
Ashula ijrochiligi bizga ma'lumki, so'z va kuyning mutanosib talqiniga xos, ularning xar birini alohida yondoshish bilan ifodalanishiga asoslanadi. Tabiiyki, tovushlar majmuasida vujudga keladigan musiqiy kuy alohida o'z ma'nosiga ega bo'ladi. O'z o'rnida unga bog'langan so'z ham muhim g'oyani ifoda etadi. Aslida, azaldan kuy so'zga bog'langan. Bu jarayonda so'zning g'oyasi kuyga ham asos bo'lgan. Ashulachi esa, kuy va so'zni birligini ta'minlagan xolda xar ikki omilni yashirin mazmunini ovoz talqinida kuylash orqali ochishi lozim. Uning saviyasi va ahamiyati aynan asarning qay darajada talqin etilishiga ham bog'liqligini e'tirof etib o'tish lozim.
So'z bilan ohangning qanchalik uyg'unligi zaminida bir qator musiqiy va adabiy unsurlar borki, xonanda yoki hofiz buni bilishi bilan birga bu ilmlarni badihaviy talqin etishi ham juda muhimdir. Bu jarayon xonanda talqinining xar bir amalga oshiriladigan xarakatlari bilan bog'liqdir. Bir tovush sadosidan boshlab kuy xarakatining barcha jabhalaridagi tovush munosabati muhim va alohida ahamiyat kasb etadi. Ya'ni, tovush va so'z bo'g'inidan boshlab, so'z va jumlagacha bo'lgan ijroda musiqa tovushlarining oraliklari, intervallari va keyingi xarakatlari alohida ma'nolarga egaligini namoyish etishdir.
Tovushlarning xar bir xarakati muayyan ma'no kasb etadi. Xonanda esa unga ijodiy yondoshib asarni jonlantiradi. Demak, uslubning shakllanishi ham aynan ana shu so'z, ohang va ijro talqini zaminida dunyoga kelar ekan.
Ijrochilik mohiyati - ijrochilik mohiyatini ko'rsatishda xonanda har bir asarni ichki dunyosini tushunib, uning obraziga tayyorlangan holda kira olishi va shu obrazni ijodkor tasavvur qilgandek yarata olishi ovoz talqinida muhimdir. Shu bilan birga ovoz imkoniyatlarini, sifatini ko'rsatishda avvalo o'z ijrosini o'zi tinglashi va o'z bilimi doirasida to'g'ri idroklashi lozim. Bu jarayon musiqa san'atida muhim omillardan bo'lgan, ayniqsa, cholg'u va ashula ijrochiligida katta ahamiyatga ega bo'lgan va ijro bilan bevosita bog'liq bo'lgan qator o'ziga xos xususiyatlarni o'z ichiga oladi. Ijro asar
ruhiga, obraziga kirishi va o'z imkoniyatlarini ko'rsatishdagi zarur omillar deb hisoblanadi.
1. So'z matni jumlalarining ijrodagi yakuni;
2. Kuy tuzilmalarini tarkibiy ravonligi;
3. So'z bo'linishlari;
4. Musiqiy kuy bo'laklari frazalari;
5. Tinish jarayonlari pauzalar;
6. Nafas olish joylari uslublari;
7. Kuyda tovush chuzimlarini uzaytirish uslubiyatlari;
8. Quydagi metro-ritmik tuzilmalarini aniqqaytarish;
9. Kuyda ma'lum bo'laklarning boshqa balandlikda ketma-ket qaytarish;
10. Og'zaki tekstdagi tinish belgilari;
11. Asarning kadans davralari;
12. Kuyda metro-ritmik tuzilmalarni o'zgarishlar bilan qaytaralishi.
Muallif qayd etgan sifatlarni xonanda nazarda tutib, mumkin darajada rioya qilsa, xonish omilidagi ijro har tomonlama bu jarayonning mohiyati nuktai nazaridan mukammal ifodasini topadi.
Ijrochilikda muhim bo'lgan sifatlarini alohida olganda, har biri o'ziga xos ahamiyatga egadir. Chunki, asarning umumiy g'oyasini ifoda etishda musiqa va so'zning mazmuni, ularning ohang vositasidagi talqini, kuy rivojining pag'onalari, dinamikasi. Har bir kuy va so'z jumlalarining boshlanish tugallanishlari, kuyning metro-ritmik jihatlarining uzaro uyg'unligi, xonandaning bilimi va imkoniyatlari darajasini anglatadigan tomonlaridir. Ana shu jarayondagi barcha xususiyatlar uyg'un holda asarning ichki va tashqi dunyosini ifoda etish uchun lozim bo'lgan musiqiy omillardir.
Musiqiy asarning talqini, so'zdan, matndan mustasno holda, o'zining ichki qonuniyatlariga bo'ysunishi hammaga ayon. Bu qonuniyatlar tovushkator, uslub tuzuk, turg'un tovushlar va kuyning tarkibiy shakllari bilan izohlanuvchi tomonlari orqali xarakterlanadi. Bu jarayon aslida "ijro tarkibi"ni tashkil etadi.
Xulosa.
Odatda, har bir musiqiy asar ma'lum tovushkator tizimida harakat qiladi. Harakatlarning qay darajada ifoda topishi asarning bastakori, qolaversa, ijrochi talqinida jonlanadi. Ijro jonlanishi tovushlarning tuzuk tarkibidagi o'zaro bog'lanishiga asoslanadi. Lekin, bu bog'lanishda har bir kuy bo'laklari, jumlalari alohida va asar doirasida jumlalarning bir butunlikda tarkib topishi, tovushqatorning asosiy va yondosh tovushlarning mutanosib tarkib topishi juda muhim. Bu ma'noda xalq va mumtoz ijodiyot janrlari o'z shakliy tarkiblariga egadirlar.
Xalq musiqa ijrochiligida, ayniqsa badihago'ylik, erkin talqinga asoslangan ijro turlarida, asar tarkibi qisman bo'lsada o'zgarishga uchraydi. Lekin, tarkibiy qismning
asosiy tizimini shakllantiruvchi turg'un tovushlar harakatdagi turg'un tovushlar, ularning rivojlanish jarayoni va tugallanish jabhalari asoslangan holda gavdalanadi. Bu albatta ijro tarkibining negizini tashkil etadi.
Hofiz-xonanda uchun ijro jarayonida so'z va ohangni idroklagan holda talqin etishi muhim. Unda so'z shaklini buzilmasligi va ohangga mos tushishi asosiy omil sifatida gavdalanadi. Aslida bu jarayon hofiz - xonanda uchun ijro mohiyatining asosi bo'ladi.
Foydalanilgan adabiyotlar
1. Marufjon, R. (2022). A Matter of Rhythm in Oriental Classical Music. Pioneer: Journal of Advanced Research and Scientific Progress, 1(6), 80-84.
2. Маъруфжон Мамиржон Угли Расулов, & С.М.Бегматов (2022). МАКРМЛАРДА УСУЛЛАР УРНИ ВА АДАМИЯТИ (ФАРГОНА ТОШКЕНТ МАВДМ ЙУЛЛАРИ УСУЛЛАРИ МИСОЛИДА). Oriental Art and Culture, 3 (2), 810-821.
3. Marufjon, R., & Begmatov, S. M. (2023). Music by Uzbek Mumtaz Shashmaqom. CENTRAL ASIAN JOURNAL OF ARTS AND DESIGN, 4(1), 33-36.
4. Акбаров И. Мусикд лугати. Тшкент. 1997 й.
5. Абдуллаев Р. Узбек мумтоз мусикдси Тошкент: 2008 й.
6. Виноградов В.С. Классические традиции Иранской музыки.
7. Гафурбеков Т. Фолклорные истоки узбекского профессионального творчества. Тошкент: "Укитувчи",1984 й.
8. Джами Абдурахман. Трактат о музыке. /Пер. С перс. А.Н.Болдырева. коммент. В.М.Беляева. Тошкент. 1960 й.
9. Жабборов А. Узбекистон бастакорлари ва мусикдшунослари. Тошкент: "Янги аср авлоди", 2004 й.
10. Ибн Сино Абу Али. Жавомиъ ил мул-мусикдй. ^охдра , 1956 г.
11. Маъруфжон Мамиржон Угли Расулов (2023). ШАШМА^ОМ УСУЛЛАРИ ДАВИДА. Oriental Art and Culture, 4 (2), 729-735.
12. Abdumutalibovich, A. M. (2020). Methods of working with studies in piano lessons at the University. Asian Journal of Multidimensional Research (AJMR), 9(7), 49-55. Retrieved from https: //www.indianj ournals.com/ij or.aspx?target=ij or: aj mr&volume=9&issue=7&arti cle=007 Article DOI: 10.5958/2278-4853.2020.00229.3
13. Abdumutalibovich, A. M. (2020). The art of musical culture in medieval period in central asia (V-XV centuries). Asian Journal of Multidimensional Research (AJMR), 9(8), 48-51. Retrieved from https: //www.indianj ournals.com/ij or.aspx?target=ij or: aj mr&volume=9&issue=8&arti cle=007 Article DOI: 10.5958/2278-4853.2020.00242.6
14. Abdumutalibovich, A. M. (2021). Working on the Artistic Characteristics of Performance in the Teaching of Instruments and Ensemble for Students of Higher Education Music. International Journal on Integrated Education, 4(11), 38-41. Retrieved from https://journals.researchparks.org/index.php/IJIE/article/view/2362 Article DOI: https://doi.org/10.31149/ijie.v4i11.2362
15. Abdumutalibovich, M. A. (2021). To Raise Awareness of Students of Higher Education in the Field of Uzbek Folk Music from the Culture of the Ancient East to the Present Day. International Journal on Orange Technologies, 3(12), 91-97. https://doi.org/10.31149/ijot.v3i12.2484
16. Abdumutalibovich, M. A. (2022). Analysis of the stages of historical development of Uzbek folklore. Gospodarka i Innowacje., 23, 232-241. Retrieved from http: //www. go spodarkainnowacj e. pl/index.php/poland/article/view/370
17. Abdumutalibovich, M. A. (2022). HISTORY OF MUSICAL SCIENTISTS OF UZBEKISTAN. Gospodarka i Innowacje., 23, 242-248. Retrieved from http: //www. go spodarkainnowacj e. pl/index.php/poland/article/view/3 71
18. Abdumutalibovich, M. A. (2022). HISTORY OF MUSICAL SCIENTISTS OF UZBEKISTAN. Gospodarka i Innowacje., 23, 242-248. Retrieved from http: //www. go spodarkainnowacj e. pl/index.php/poland/article/view/3 71
19. Abdumutalibovich, M. A. (2022). Musical life in the samanid period in the IX-X centuries and Uzbek music in the XI-XV centuries. Gospodarka i Innowacje., 22, 527-537. Retrieved from http: //www. go spodarkainnowacj e. pl/index.php/poland/article/view/274
20. Abdumutalibovich, M. A. (2022). The Relevance of Traditional Singing and its Place in Higher Education. International Journal on Integrated Education, 5(2), 212216. Retrieved from https: //j ournals.researchparks. org/index.php/IJIE/article/view/2755
21. Abdumutalibovich, M. A. . (2022). METHODOLOGICAL POSSIBILITIES OF ACQUAINTANCE WITH A PROFESSIONAL GENRE OF FOLK ORAL ART IN LESSONS OF MUSICAL CULTURE. Horizon: Journal of Humanity and Artificial Intelligence, 1(1), 27-32. Retrieved from http: //univerpubl .com/index.php/horizon/article/view/3 7
22. Abdumutalibovich, M. A. . (2022). METHODOLOGICAL POSSIBILITIES OF ACQUAINTANCE WITH A PROFESSIONAL GENRE OF FOLK ORAL ART IN LESSONS OF MUSICAL CULTURE. Horizon: Journal of Humanity and Artificial Intelligence, 1(1), 27-32. Retrieved from http: //univerpubl .com/index.php/horizon/article/view/3 7
23. Abdumutalibovich, M. A. . (2022). TO TEACH HIGHER EDUCATION STUDENTS THE LIFE AND WORK OF KHURSHIDAHON HASANOVA.
Horizon: Journal of Humanity and Artificial Intelligence, 1(1), 36-38. Retrieved from http: //univerpubl .com/index.php/horizon/article/view/34
24. Abdumutalibovich, M. A. . (2022). TO TEACH HIGHER EDUCATION STUDENTS THE LIFE AND WORK OF KHURSHIDAHON HASANOVA. Horizon: Journal of Humanity and Artificial Intelligence, 1(1), 36-38. Retrieved from http: //univerpubl .com/index.php/horizon/article/view/34
25. Abdumutalibovich, M. A., & Ganeshina, M. A. (2022). THE ART OF MUSIC MAIN FORMS OF ORGANIZATION OF LEARNING AND ITS ROLE IN THE EDUCATION OF YOUTH. Gospodarka i Innowacje., 23, 515-520. Retrieved from http: //www. go spo darkainnowacj e. pl/index.php/poland/articl e/view/42 8
26. Ashurov Ma'rufjon Abdumutalibovich. (2020). The study of the life and creativity of yunus rajabi and the rich heritage he left to the uzbek nation. International Journal on Integrated Education, 3(12), 40-43. Retrieved from https: //j ournals.researchparks. org/index.php/IJIE/article/view/909 Article DOI: https://doi.org/10.31149/ijie.v3i12.909
27. Ashurov Marufjon Abdumutalibovich. (2021). ACTIVITY OF FOLKLOR-ETNOGRAPHICAL GROUPS AND LEARNING THE PREFORMANCE PROGRAMMES. International Journal on Integrated Education, 3(12), 535-537. Retrieved from https://journals.researchparks.org/index.php/IJIE/article/view/1088 Article DOI: https://doi.org/10.31149/ijie.v3i12.1088
28. Ma'rufjon Ashurov Abdumutalibovich. (2022). IMPROVING THE LEVEL OF KNOWLEDGE OF STUDENTS THROUGH THE SCIENCE OF NOTATION AND COMPUTER PROGRAMS. Academicia Globe: Inderscience Research, 3(03), 92-100. https://doi.org/10.17605/OSF.IO/ZH6N9
29. Marufjon Ashurov Abdumutalibovich, & Ganiyeva Maftuna. (2022). MUSICAL CULTURE OF THE 17TH CENTURY. Pioneer : Journal of Advanced Research and Scientific Progress, 1(4), 170-174. Retrieved from https://innosci.org/jarsp/article/view/360
30. Marufjon Ashurov Abdumutalibovich. (2022). EXPLORING THE WORK OF GEORGE BIZET IN MUSIC EDUCATION CLASSES IN HIGHER EDUCATION. Academicia Globe: Inderscience Research, 3(03), 80-86. https://doi.org/10.17605/OSF.IO/S798E
31. Marufjon Ashurov Abdumutalibovich. (2022). THE ROLE OF AMIR TEMUR IN THE DEVELOPMENT OF SCIENCE AND CULTURE IN CENTRAL ASIA. Pioneer : Journal of Advanced Research and Scientific Progress, 1(4), 156-169. Retrieved from https://innosci.org/jarsp/article/view/359
32. Marufjon Ashurov Abdumutalibovich. (2022). THE ROLE OF THE SYSTEM OF AUTHORITIES AND THE HISTORICAL FORMATION OF SHASHMAQOM IN THE TEACHING OF MUSIC TO STUDENTS OF HIGHER
EDUCATION. Academicia Globe: Inderscience Research, 3(02), 121-127. https://doi.org/10.17605/OSF.IO/6J9BS
33. Marufjon Ashurov Abdumutalibovich. (2022). TO GIVE HIGHER EDUCATION STUDENTS AN UNDERSTANDING OF THE DESCRIPTION OF THE SONGS IN THE SHASHMAQOM SERIES. JournalNX - A Multidisciplinary Peer Reviewed Journal, 8(2), 187-193. https://doi.org/10.17605/OSF.IO/T4Q3K
34. Marufjon Ashurov Abdumutalibovich. (2022). To Teach Higher Education Music Students the Life and Work of Composer Boris Gienko. Procedia of Social Values and Community Ethics, 14-17. Retrieved from http : //procedia.online/index.php/value/article/view/11
35. Marufjon Ashurov Abdumutalibovich. (2022). To teach students of higher education music life and work of composer Mustafa Bafoev. Procedia of Theoretical and Applied Sciences, 1-5. Retrieved from http://procedia.online/index.php/applied/article/view/12
36. Alimjanovich, Iseev Ruslan. "Fostering the Concerto-Performance Skills of the Pianist." Pioneer: Journal of Advanced Research and Scientific Progress 1.6 (2022): 91-97.
37. Saidkhonov A. HISTORY AND DEVELOPMENT OF THE INSTRUMENTAL CONCERT GENRE //Gospodarka i Innowacje. - 2022. - T. 24. -C. 68-72.
38. Abdullo, Saidkhonov. «The Polyphonic Genre in the Work of Rodion Shchedrin.» Vital Annex: International Journal of Novel Research in Advanced Sciences 1.6 (2022): 146-149.