Научная статья на тему 'MAQOM XONANDALIGIDA OVOZ SOZLASH'

MAQOM XONANDALIGIDA OVOZ SOZLASH Текст научной статьи по специальности «Искусствоведение»

CC BY
469
85
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Журнал
Oriental Art and Culture
Область наук
Ключевые слова
maqom / xonanda / ovoz mashqlari / ijrochilik / maqom xonandasi

Аннотация научной статьи по искусствоведению, автор научной работы — Shavkat Botirovich Matyoqubov

Maqom xonandaligi xonandalik mutaxassisligining eng murakkab yo‘nalishlaridan biri sanaladi. Bu sohani egallashning o‘ziga xos qiyinchiliklari mavjud bo‘lib, bo‘lajak maqom xonandalarini tayyorlashda ustozlardan mashaqqatli mehnat va mahorat talab etiladi. Maqom xonandalariga asarlarni ijro etishdan avval ovoz sozlashning naqadar muhimligini tushuntirish bilan birgalikda ovoz sozlashning qulay usullarini ham o‘rgatish bugungi kunda dolzarb masalalardan biridir. Ushbu maqolada maqom xonandalarining ovozini sozlash haqida keltirilgan ma’lumotlar maqom xonandaligi yo‘nalishida tahsil berib kelayotgan pedagoglar va bo‘lajak maqom xonandalari uchun foydalidir.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «MAQOM XONANDALIGIDA OVOZ SOZLASH»

MAQOM XONANDALIGIDA OVOZ SOZLASH

Shavkat Botirovich Matyoqubov shavkat7821 @mail.ru Yunus Rajabiy nomidagi O'zbek milliy musiqa san'ati instituti

Annotatsiya: Maqom xonandaligi xonandalik mutaxassisligining eng murakkab yo'nalishlaridan biri sanaladi. Bu sohani egallashning o'ziga xos qiyinchiliklari mavjud bo'lib, bo'lajak maqom xonandalarini tayyorlashda ustozlardan mashaqqatli mehnat va mahorat talab etiladi. Maqom xonandalariga asarlarni ijro etishdan avval ovoz sozlashning naqadar muhimligini tushuntirish bilan birgalikda ovoz sozlashning qulay usullarini ham o'rgatish bugungi kunda dolzarb masalalardan biridir. Ushbu maqolada maqom xonandalarining ovozini sozlash haqida keltirilgan ma'lumotlar maqom xonandaligi yo'nalishida tahsil berib kelayotgan pedagoglar va bo'lajak maqom xonandalari uchun foydalidir.

Kalit so'zlar: maqom, xonanda, ovoz mashqlari, ijrochilik, maqom xonandasi.

TUNE VOICE IN MAKOM SINGING

Shavkat Botirovich Matyokubov shavkat7821 @mail.ru Institute of Uzbek National Music Art named after Yunus Rajabi

Abstract: Makom singing is considered one of the most complex areas of the singing profession. There are specific difficulties in mastering this field, and in the preparation of future makom singers, hard work and skill are required from the Masters. Teaching makom singers convenient ways of adjusting the sound along with explaining how important it is to adjust the sound before playing the works is one of the pressing issues today. The information presented in this article about setting up makom singers voice is useful for educators and future makom singers studying in the direction of makom singing.

Keywords: makom, singer, voice exercises, performance, makom singer.

Maqom xonandaligida azaldan tovush ko'lami (diapazoni) keng ashulalar, yallalar, suvoriylar va ko'plab janrlar shinavandalarning sevib tinglaydigan asarlari bo'lgan. Ularni ijro etish uchun bo'lajak xonandalarni shogirdlikka olishda ustozlar aynan ovozining ko'lami, jarangdorligi, hissiyotlarga boyligi, yoqimliligi va bir nechta unsurlariga e'tibor berishgan. Darslar ustoz-shogird an'analarida olib borilib, shogird

I icclT^^^^H 822 http://oac.dsmi-qf.uz

ustozining uyida yashab, xizmatini qilgan, keyinchalik to'ylarga, ashula eshitadigan joylarga birga borib, yonida birorta sozni chalgan.

Ma'lumki ota-onalar bolalarini o'smirlik davridayoq birorta kasbga yo'naltirishadi, aynan o'smirlik davrida esa o'g'il bolalarni shu davrda ovozi o'zgaradigan vaqti bo'lib, ovoz rasida (mutatsiya) davri deyiladi. Bu vaqtda bo'lajak xonandalar kichikroq ya'ni tovush ko'lami katta bo'lmagan ashulalarni o'rganib, aytib yurishadi. Bundan tashqari birorta sozni ijro etishni mashq qilishadi. Bu rasida davri uchun eng munosib yo'l, chunki, ovozni yuqori pardalarda aytib buzib qo'yish xavfi ko'proq bo'ladi. Yevropa xonandalik maktablarida esa: bo'lajak xonandalar asosan ovoz mashqlarini kuylash orqali bu davrni ovoz tarbiyasi uchun samarali yo'llarini ishlab chiqishgan. Bular talaffuzga, artikulyatsiyaga (kuylash vaqtida og'izni chiroyli ochib-yopilishi, yuzida ijro paytidagi qiyinchilikning bilinmasligi), tovush ko'lamini kengaytirish, ovozini sofligiga yo'naltirilgan mashqlar bo'lib, har bir unsur uchun alohida ko'plab mashqlar bor.

Hatto har bir ustozning o'zini shaxsiy mashqlari bo'lgan. Bu xozirgi kunda ham akademik vokal yo'nalishida qo'llanib kelinadi. Bu mashqlar ovoz sozlash (ovoz postanovkasi) jarayonida ham o'z o'rnini topgan. Ovoz sozlash yo'lida mazkur mashqlar nafaqat o'smirlarni balki katta yoshdagi xonandalarning ovozini to'g'ri ishlatishga yordam beradi. Shuning uchun ham xozirgi kunda bo'lajak estrada xonandalari akademik vokal yo'nalishida dars beradigan ustozlarda ovozini sozlaydilar. Ulardan ovozini qanday ishlatish, yuqori pardalarni ijro qilganda qanday harakat qilishni o'rganishadi. Buni salbiy va ijobiy oqibatlari bor albatta: ijobiy tomoni shundaki - xalqimizning, shinavandalarning qulog'iga yaxshi tarbiyalangan ovozdan bahra olish barobarida xonandalar ovoz ishlatish ilmini chuqur o'rgangan holda qo'shiq aytishadi. Salbiy tomoni esa Yevropa ohanglarida mashq qilish natijasida o'zining tabiiy bo'lgan, rostmana o'zbekona ohanggini yo'qotib, begona musiqalarga ergashib, oqibatda esa yangi yaratayotgan qo'shiqlarining musiqasi ham horijniki bo'lib qolmoqda. Bizga esa bu qo'shiqlar horijdan o'g'irlangandek tuyulaveradi.

Shu o'rinda savol tug'iladi, agar akademik vokal ijrochiligi uchun tuzilgan mashqlar milliy ohangimizni buzadigan bo'lsa, qadimda bizni mumtoz xonandalik yo'lida ijod qilgan ustozlarimiz ovoz sozlash uchun mashqlar ishlatishmaganmi? Yoki ular ovozlarni umuman sozlashmaganmi? Ovozlar albatta sozlangan ammo tabiiy jarayonda, ya'ni to'y-bazmga borganda ustozlar dastlab ko'lami kichikroq ashulalardan boshlab, 3-4 ashula ijro qilgandan so'ng ovozlari sozlanib, joyiga kelgan va o'z ijro dasturlarida davom etib, shinavandalarni ma'naviy ehtiyojini qondirishgan. Demak, ustozlarimiz ovoz sozlashmagan va biz ham shu an'anani davom ettirib, tabiiy ravishda ijrolarimiz bilan eshituvchilarni bahramand etaveramizmi? Yo'q ovoz sozlash, ovoz qo'yish bugungi kunda shart. Izoh: bizning maqom ijrochilik maktablarimizda ustozlar ovoz sozlash uchun mahsus mashqlar ishlab chiqishmagan, asarlarimizning o'zi daromaddan boshlanib, asta miyonxatga o'tib, keyin avjga chiqib yana qaytib boshlang'ich pardaga tushgan, shunday 4-5 ashuladan keyin ovoz o'z-o'zidan qizib sozlangan, dedik.

Ma'lumki, yurtimizda ilgari sahna tushunchasi bo'lmagan, faqat sayl, to'ylarlar hofizlar xizmat qilishgan. Davraga xonanda tushib ashulalarni aytgan. Bitta ashula uchun davraga chiqmagan, odatda kamida 5-6 ta ashula aytgan. Ovozini pastki pardalardan boshlab aytib qizdirib, dastlab avj pardalariga ehtiyotkorlik bilan chiqib, ovozi sozlangandan so'ng baralla ilhom bilan ashulalarning ijrosi bilan mashg'ul bo'lishgan. Ular ovoz sozlash uchun mahsus mashqlar qilishmagan. Yevropa akademik vokal sohasida esa musiqiy asarlar turli pardalardan (xonandani avj pardasidan boshlanadigan asarlar ham bor) boshlanishi, ularda sahna bo'lib, xonanda bir qo'shiq uchun ham sahnaga chiqishi mumkinligi sababli ovoz sozlash mashqlari o'ylab topilgan. Mashqlar asosan pastki pardalardan boshlab, har bir notani aytib, avj pardalarni kuylab, yana pastga tushadi. Bu mashq bir necha marta takrorlanib, ovoz qizib sozlanadi. Maqom xonandaligida esa yuqorida ta'kidlaganimizdek, ashulalarning o'zi ham mashq, ham ijod mahsulidir. Endi bu jabhaga zamonaviy nuqtai nazar bilan yondashadigan bo'lsak, bugungi kunda maqomlarimiz katta sahnalarda ham ijro etiladi. Bitta asar ijrosi uchun ham sahnaga chiqiladi. Sahnaga chiqqanda ovoz sozlangan bo'lishi shart, shuning uchun ham bugungi kunda ovoz sozlash mashqlarining maqom ohanglari asosida yaratilishi muhim vazifadir. Misol uchun maqomlarning hanglari yoki namudlardan (Namud - ko'rinish, birorta maqomning ma'lum musiqiy qismining boshqa maqomdagi ko'rinishi),1 maqom avjlaridan (avj -bastakorlar tomonidan yaratilagan ma'lum musiqiy ko'rinish bo'lib, maqomlarning kulminatsion qismlarida ishlatiladi)2 tuzilgan mashqlar.

Jumladan Ushshoq namudini ijrochilik nafasini kengaytirish uchun "o" harfini kuylash orqali mashq sifatida ishlatish mumkin.

1 Rajabov I.

2 Rajabov I.

'Maqomlar masalalariga doir" 'Maqomlar masalalariga doir"

T.: 1964 y. 162-bet. T.: 1964 y. 169-bet.

Ushshoq namudi (Sarahbor)

o T H— d 0- i-- -h- 5—1—h o —= r f~ o

V / J-L-t i-L ■j—h » J JJ * o JH I I n --1— 0 -- -h \ \

2-^ o mm 0 o o J ' J J d — o

Mazkur namudni turli pardalarda shogirdlarga ayttirib, kuylayotganda nafasni to'g'ri ishlatish ko'nikmasiga ega bo'lishadi.

Ma'lumki, Shashmaqoda ikkita avj bor, bular "Turk avji" va "Zebo pari"dir. Bu musiqiy ko'rinishlar albatta yuqori pardalarda aytiladi, shunga qaramay mashq uchun kuylatilganda turli pardalardan ayttirish mumkin. Ayni maqsadimiz milliy ohangni yosh xonandalarga singdirishdir.

Xonandalarni tarbiyalash jarayonida ustozlar turli usullardan foydalanishi mumkin. Birinchi o'rinda honish qilganini eshitish, tarbiyalash va mukammallashtirib borishni nazorat qilish bilan birga ovoz sifatini rivojlantirishga e'tibor beradi. Shogirdda ovoz jarangdorligini to'g'ri tashkil etish haqidagi tasavvurni ishlab chiqadi. Ta'lim doimo musiqiy ohanglar mashq, ovoz va badiiy asarlar asosida olib boriladi. To'g'ri tanlangan musiqiy manba tovushni tarbiyalaydi.

Mashq - bu bilim olishning asosiy vositasi. Bundan tashqari Yevropa akademik xonandalik sohasida har bir ovozni turlarga ajratib, tovush ko'lami va tusiga qarab bas, bariton, tenor, alt, soprano kabi nomlanadi. Ularga atab maxsus asarlar va mashqlar yaratiladi. Bu Yevropada opera san'ati uchun zarur. Har bir obrazga o'ziga xos ovoz tanlanadi, misol uchun asosiy qahramonlar erkak bo'lsa tenor, qiz bo'lsa yuqori soprano ovozlari tanlanadi, salbiy obrazlar asosan bas, bariton, alt bo'lishi mumkin. Xonandalik ovozini aniqlash, ovoz imkoniyatlari tembr, ovoz tusi, tovush ko'lami, o'tish pardalari va boshlang'ich parda primar tonning jarangi kabi belgilar yig'inidisiga ko'ra aniqlanadi, shu sababli ovoz sozlash ishi ovoz va musiqiy imkoniyatlar bilan tanishtirishdan boshlanadi.

Tembr - ovoz rangi bo'lib u yumshoq-qo'pol, barxatli-keskin, jarangdor-hasta, shirin turlarga bo'linadi.3

Tovush ko'lamini mashqlarda aniqlash mumkin: milliy ohanglardan tuzilgan mashqlar orqali ovozni bosqichma-bosqich yuqori pardalarda va pastki pardalarda ayttirish kerak.

Ovoz ko'lamini belgilashda o'tish pardalari orqali aniqlanadi. O'tish notalari, jarangi, bosh va ko'krak rezonatorlari hajmi ovoz turini aniqlashda hal qiluvchi ahamiyatga ega. Ovoz imkoniyatlari bilan tanishishda va ovoz ko'lamini belgilashda erkin va tabiiy jarangga ega bitta yo bir nechta tovushni almashtirish mumkin. Bu jarang primar jarang, ya'ni gapirgandagi pardadir. Ovoz tembri va turi ularda yaxshi namoyon bo'ladi. Tabiiy tembrni aniqlash - pedagogning birinchi galdagi vazifasi.

Yevropa akademik vokal san'atida kuylashga o'rganishni primar tovushlardan boshlab, ularning jarang sifatini ovoz ko'lamining barcha tovushlariga o'tkazishni taklif qiladi.

Vokal va musiqy imkoniyatlar bilan tanishgandan keyin yakka tartibda ish boshlanadi.

Xonandalik registrlari.

1. Past registr: bu gapiradigan tondan ham pastroq pardalar.

2. O'rta registr: Primar tondan yuqoridagi o'rta pardalar.

3. Yuqori registr avj pardalar.

Kuylashga o'rgatishda asosiy vazifa: ovoz va eshitishning badiiy didni rivojlantirish. Tovush ustida ishlash jarayonida ovozning to'g'ri shakillanishi, nafas

3 Matyakubov Sh "An'anaviy xonandalikda o'qitish uslubiyati" T.: 2015 y. 47-bet.

I [ccñ^^BI 826 http://oac.dsmi-qf.uz

tayanchi ko'nikmalari egallashi, nafasni to'g'ri taqsimlash, pardalardan qochmasdan, ya'ni falsh kuylamaslik yo'llari o'rgatiladi, bu ovozning jarangliligi, parvozliligi, yig'iqligi (yoyilib ketmaslik) kabi sifatlarni bahsh etadi.

Ovoz sozlash mashg'ulotlarida odatda ovoz apparatini qizitish ko'nikmalarini shakllantiradigan va rivojlantiriladigan mashqlar bajariladi. Cholg'u asbobi jo'rligisiz kuylash, turli tovushlarni o'qish orqali bajarish mumkin misol uchun: "yorey", "voyey" yoki oddiy "o" orqali. So'zlar orqali bajarish ham mumkin: buninng uchun ovoz mashqini bajarayotgan bo'lajak xonandaga o'zi yaxshi biladigan bir g'azalni turli ohanglarga solib kuylatish va boshqichma-bosqich yuqoriga hamda ovozi yetganicha pastki tovushlarida ham ayttirish kerak. Bu asosan ovoz ko'lamini kengaytirish uchun yaxshi yordam beradi.

Talaffuz uchun mashqlar bajarishda esa dastlab undosh tovushlarni uch turga bo'lib olamiz:

1. Ichkaridan talaffuz etiladigan Q, G', H, X,

2. Halqumda yoki og'iz markazida talaffuz etiladigan haflar: K, G, J, Sh, R

3. Old tishlar hamda lab orqali talaffuz etiladigan tovushlar B, V, D, Z, S, L, M, P,

T, F, Ch,

Bu tovushlarga unli tovushlarni qoshish orqali eng murakkabi og'iz ichkarisidan talaffuz etiladigan haflardan boshlansa maqsadga muvofiqdir. Qog 'oz, qalam, qarg 'a kabi so'zlarni qo'pollikka yo'l qo'ymasdan yuqori va pastki pardalarda kuylash, imkoniyatiga qarab.

Ikkinchi navbatda og'iz markazidan taraladigan tovushlar uchun so'zlar topish kerak misol uchun: Kelib gulzorimga, jamoling koray ey yor va hokazo. Bu tovushlarni ham butun ovoz ko'lami orqali bosqichma-bosqich milliy ohanglar orqali aylantirish mumkin.

Uchinchi turdagi tovushlarda: bedavo, salomat, chust kabi so'zlar orqali turli mashqlar bajarilsa maqsadga muvofiq bo'ladi. Mashqlar qilishning birinchi bosqichida bu tovushlar turlariga qarab alohida ayttirish kerak. Chunki o'xshash tovushlar Q-K, G-G', Sh-Ch kabilarni bir-biri bilan chalkashtirib yubormaslik kerak. Bularning farqini aniq kuylagandan so'ng aralash so'zlar orqali talaffuz mashqlarini bajarish mumkin.

Bundan tashqari Yevropa akademik xonandaligi mashqlar jarayonida uchramaydigan va aynan bizning mumtoz xonandalik yo'nalishida mavjud bo'lgan bir mashq borki u ham bo'lsa ritmik ya'ni doira usulini ovozda qo'llash.

bum ba ko bah bum bak, bum ba ko bak bum bak

Ya'ni ufor usul bum -baka -bak -bum -bak usulida ijro etiladigan ashulalar so'zini o'rniga doira usulini kuylatish.

Yoki mo'g'ulcha usul bum-bak-bak bak-baka-baka-bak,

talqin usul bum-bak-bak bum-bak usulli ashuMarni so'zi o'rniga doira usulini butun ovoz ko'lami bo'ylab ayttirish yosh xonandalarni ovoz imkoniyatini ochish, ritmik qobiliyatini o'stirish va talaffuzini yaxshilashga olib keladi. Hozirgi kunda, ayniqsa ko'plab yosh xonandalar maqomdagi ufarlarning ijrosida qiyinchiliklarga duch kelishadi. Ayni shu mashqlar orqali turli qiyin usullardagi asarlarning ijrosini mukammallashtirish mumkin. Yosh xonanda ixtisoslik darsida ijro etayotgan asari surishtirilib qaysi birida qiynalayotganini bilib, o'sha asarning usulini og'izda kuylanib boshidan to ohirigacha bum-baka-bum-baka kabi ijro qilinsa keyinchalik ayni g'azali bilan ijro qilinsa, tabiiyki bu muammo o'z o'zidan yechiladi.

Kuylash, ashula aytish amaliyotning bir turi sanaladi. Ovoz sozlashga o'qitish ko'p jihatdan xonandalik ovozini hosil qilish, amaliy kasbiy ko'nikmalarini takomillashtirshdan iborat bo'ladi. Kuylashga o'rgatishda ovoz apparati a'zolari kuylovchilik vazifalariga maxsus moslashtiriladi. Xonandalik ovozlari jarang ruhiyati haqidagi tasavvurlar musiqiy - mazmunli ifodalilik bilan belgilanadi va ovoz apparati ishiga ta'sir etadi.

Tovush jarangi ifodaliligi, tovush sifati ovoz - texnik ko'nikmalar, nafas va rezonatorlar ishi, talaffuz apparatini egallashga bog'liq. Biroq texnik ko'nikmalarni shakllantirish hissiy yo'nalish va badiiy ifodalilik bilan birga olib borilishi lozim.

Ovozni "boshqariladigan" qilish, uni, itoatkor asbobga aylantirish uchun ovoz hosil qilish apparatining barcha qismlari ustida tizimli, dasturli mehnat talab qilinadi. Ovozni tabiyalashda mashqlarni saralab ijodiy yondoshish va to'g'ri qo'llash muhim ahamiyat kasb etadi. Yosh xonandalar bilan tanishayotgan har bir pedagog "Qaysi mashqlardan boshlash kerak?" degan savol ustida o'ylanadi. Hamma vaqt ham birdan javob berib bo'lmaydi. Ko'pincha bu boshlovchi xonandaga qaysi mashqlarni qay ketma-ketlikda berish kerakligini belgilash uchun o'qituvchidan katta kuzatuvchanlik va vaqt talab etiladi.

Xonadalik nafasiga oid amaliy maslahatlar: Nafas olish yengil shovqinsiz (burun va sal ochilgan og'iz orqali) bo'lishi lozim. Nafas soniyasining ulushida go'yo tutib qolinadi, va shu "yashirin" nafasda kuylay boshlanadi. Nafasni juda tejab, nafas olish muttassilligini saqlashga urinish kerak (xuddi havo olishda davom etayotgandek).4 Bu tovush tayanchini sezish imkonini beradi. Yanada chuqur nafas olish uchun o'quvchiga o'zi sevgan gul atirini sekin hidlashini tasavvur qilishni aytish lozim. Bu usul ko'plab

4 Matyakubov Sh. "Ansambl ijrochiligi uslubiyati" T.: 2022 y. 78-bet.

828

ustoz san'atkorlar amaliyotidan o'rin olgan. Xonandalik nafasini asta-sekin rivojlantirish va mustahkamlash kerak.

Oldinda turgan vazifalarni o'zlashtirish uchun mashg'ulot boshlanishdagi kayfiyat, xonandaning kuylashga tayyorligi va ijodiy holatga kira olishi katta ahamiyat kasb etadi. Faol bo'lmagan, shashti past yosh xonanda yuqori natijaga erisha olmaydi.

Foydalanilgan adabiyotlar

1. Rajabov I. "Maqomlar masalalariga doir" T.: 1964 y.

2. Matyakubov Sh "An'anaviy xonandalikda o'qitish uslubiyati" T.: 2015 y.

3. Matyakubov Sh. "Ansambl ijrochiligi uslubiyati" T.: 2022 y.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.