Научная статья на тему 'BO‘LG‘USI MUSIQA O‘QITUVCHILARINI AN’ANAVIY IJROCHILK FAOLIYATIGA TAYYORLASH TIZIMINI TAKOMILLASHTIRISH'

BO‘LG‘USI MUSIQA O‘QITUVCHILARINI AN’ANAVIY IJROCHILK FAOLIYATIGA TAYYORLASH TIZIMINI TAKOMILLASHTIRISH Текст научной статьи по специальности «Науки об образовании»

CC BY
51
13
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
An’anaviy xonandalik / talaffuz / uslub / musiqa / ijro / she’r / ovoz / Traditional singing / pronunciation / style / music / performance / poetry / voice

Аннотация научной статьи по наукам об образовании, автор научной работы — Bannaqulov, Mexroj Furqat O’g’li, Shodiqulov, Quvonchbek Nizomjon O’gli

Mazkur maqolada an’anaviy xonandalikda an’ana va meros, she’riyat va talaffuz haqida fikr-mulohazalar keltirildi. Maqolada umumta’lim maktablarining musiqa madaniyati fani o’quvchilarini o’zbek mumtoz musiqasi bilan yaqindan tanishtirib borish orqali ularni milliy madaniyatimiz va ma’naviy–musiqiy qadriyatlarimizga hurmat ruhida estetik tarbiyalash imkoniyatlari haqida so’z yuritiladi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

IMPROVING THE SYSTEM OF PREPARING FUTURE MUSIC TEACHERS FOR TRADITIONAL PERFORMANCE ACTIVITY

This article discusses traditions and heritage, poetry and pronunciation in traditional singing. The article talks about the possibilities of educating students of musical culture of secondary schools with Uzbek classical music in the spirit of respect for our national culture and spiritual-musical values.

Текст научной работы на тему «BO‘LG‘USI MUSIQA O‘QITUVCHILARINI AN’ANAVIY IJROCHILK FAOLIYATIGA TAYYORLASH TIZIMINI TAKOMILLASHTIRISH»

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

3(3), March, 2023

BO'LG'USI MUSIQA O'QITUVCHILARINI AN'ANAVIY IJROCHILK FAOLIYATIGA TAYYORLASH TIZIMINI TAKOMILLASHTIRISH

Mazkur maqolada an 'anaviy xonandalikda an'ana va meros, she'riyat va talaffuz haqida fikr-mulohazalar keltirildi. Maqolada umumta'lim maktablarining musiqa madaniyati fani o 'quvchilarini o'zbek mumtoz musiqasi bilan yaqindan tanishtirib borish orqali ularni milliy madaniyatimiz va ma'naviy-musiqiy qadriyatlarimizga hurmat ruhida estetik tarbiyalash imkoniyatlari haqida so'z yuritiladi.

Kalit so'zlar: An'anaviy xonandalik, talaffuz, uslub, musiqa, ijro, she'r, ovoz

This article discusses traditions and heritage, poetry and pronunciation in traditional singing. The article talks about the possibilities of educating students of musical culture of secondary schools with Uzbek classical music in the spirit of respect for our national culture and spiritual-musical values.

Keywords: Traditional singing, pronunciation, style, music, performance, poetry, voice

Shaxsning ma'naviy barkamol bo'lib yetishishida xalq musiqasi, uning eng mukammal va mumtozlik kasb etuvchi, xalqimizning eng muhim qadriyatlaridan bo'lmish an'anaviy va maqom musiqasining o'rni benihoya kattadir. Bugungi kunda dunyo miqiyosida globallashuv jarayonlari g'oyat keskin tus olgan sharoitda g'oyaviy estetik immunitetni rivojlantirishga yo'naltirilgan mexanizmlarning "Pop art", "Pop musiqa", "Kitch", "Starizm" kabi deviantlik holatlarini oldini olishga qaratilgan. Milliy qadriyatlarimizni yanada yuqoriroq darajada targ'ibot qilish ta'lim tizimining barcha bosqichlarida milliy xalq musiqasi, ananaviy va maqom ohanglarin yoshlqr ongiga singdirib borish, estetik tarbiyaning pedagogik imkoniyatlari, zamonaviy texnologiyalaridan samarali foydalanish zarurati yuzaga keltirmoqda. O'zbekiston

Bannaqulov Mexroj Furqat o'g'li

O'zbekiston-finlandiya pedagogika instituti San'atshunoslik fakulteti Musiqa ta'limi kafedrasi o'qituvchisi

Shodiqulov Quvonchbek Nizomjon o'gli

O'zbekiston-finlandiya pedagogika instituti San'atshunoslik fakulteti Musiqa ta'limi kafedrasi o'quvchisi

ANNOTATSIYA

ABSTRACT

KIRISH

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

3(3), March, 2023

Respublikasi Prezidentining 2017-yil 17-noyabrdagi "O'zbek milliy maqom san'atini yanada rivojlantirish chora -tadbirlari to'g'risida"gi qarori ham mazkur faoliyatga tegishliligi bilan ahamiyatlidir.

MUHOKAMA VA NATIJALAR

An'anaviy xonandalikda xalq ashulalari namunalarini yoshlarga singdirishda milliy ijrochilikda muhim bo'lgan so'z va talaffuzning o'rni beqiyosdir. An'anaviy xonandalik san'atida idroklash lozim bo'lgan quyidagi nazariy va amaliy malakani to'la o'zlashtirishni taqozo etadi. Bular, an'ana va meros, nafas ishlatish uslubi, she'riyat va talaffuz hamda munosabat amallaridir. Bu omillar xonandalik amaliyotida charxlanib, o'zlashtiriladigan zarur holatlar ekanligini unutmaslik lozim.

Ijrochilikni shakllantirishda so'z va talaffuz mahorati asosiy muammolardan biridir. Ma'lumki, she'riyat va musiqa azal-azaldan bir-biriga yo'ldosh san'at turlari sifatida, shakllanib, rivojlanib, ardoqlanib kelingan. Ohanglar bag'rida she'rning, ya'ni so'zlarning ta'siri yanada jonli, ta'sirchan va yoqimli bo'ladi. Shunday ekan, ijrochilik bilan shug'ullanayotgan har bir yosh xonanda she'riyatdan boxabar bo'lishi zarur.

Mumtoz ashulalarning mohir ijrochisi Orifxon Hotamov: "Agar mumtoz ashulalarni kuylamoqchi bo'lsang, matnni sinchkovlik bilan o'qi, she'r, g'azal zamiridagi ma'noni, shoir maqsadini to'la tushunib ol, ana shundan keyingina ashula ustida ishlagin. Sen kuylagan ashulalar tinglovchi qalbiga qanday yetib borganini o'zing ham sezmay qolasan".

Komiljon Otaniyozov ham shogirdlariga: "Xonanda savodli, ma'lumotli bo'lishi, og'zidan chiqqan so'zning ma'nosiga tushunish uchun adabiyotni ko'p o'qishi kerak. Adabiyot bilan san'at og'a-ini, balki egizakdir. Haqiqiy xonanda shoirlar, adiblar bilan yaqin aloqada bo'lmog'i lozim"- der ekan.

Hozirgi davrda ijrochilar tomonidan ijro etilayotgan she'r va g'azallarning to'g'ri talaffuz etilishiga e'tibor oz. Bu esa azal-azaldan ongli ravishda mukammal o'rganilib, to'g'ri ijro etib kelingan an'anaviy jarayonga putur yetkazishi mumkinligini e'tirof etish joiz. Aks holda, ijro namunalarini chala holda va noaniq ijro etilish hollariga olib keladi.Odatda amaliyotda ustozlarimiz tomonidan ushbu amalga katta etibor bilan qaralgan. Hozirgi paytda bunday nuqsonlarni ko'payish sabablarini quyidagicha izohlash mumkin:

- so'z bo'g'inlarining ohanglarga, taktlarga noto'g'ri bo'linganligi;

- unli va undosh tovushlarning noto'g'ri talaffuzi;

- so'zlarning urg'usini almashtirib, noaniq she'vada ijro etish.

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

3(3), March, 2023

Har uch holat ham qo'shiqqa-she'r yoki g'azalga va ularning ohang bilan mutanosib talqiniga befarq munosabat oqibatlarning natijasida kelib chiqadigan holat, desak adashmaymiz.

Mumtoz musiqa bilan o'quvchi-yoshlarni tanishib borish, namunalarni tinglash va tahlil qilish, mashhur ashulachi hofizlar, mohir cholg'uchilar ijrosidagi kuy-qo'shiqlar ta'sirida o'quvchilarda quyidagi bilim va malakalarni egallab borishlariga imkoniyat yaratiladi:

1. O'zbek mumtoz kuy va ashulalarini xalq musiqasining boshqa tur va shakllaridan farqli xususiyatlarini anglash, tushunish.

2.Mumtoz musiqa asarlarining tuzilishi, ijro etilishi, ijroda qanday musiqiy ijrochilik malakasi va talablari imkoniyatiga ega bo'lishlik.

3.Mumtoz musiqa asarlariga xos bo'lgan nola, qochirim, sito, salmoqlash kabi milliybezaklarni ishlatilishi, ijroda ularni badiiy ifodalanishi.

4.Ijroda she'riy matn hamda kuy (ohang)ning o'zaro mutanosibligini sezish, his qilish.

5.Turli murakkablik darajasidagi mumtoz asarlarni tinglash, tahlil qilish, unga o'z munosabatini bildira olish malakasiga ega bo'lish.

Umumta'lim maktablarida musiqa madaniyati darslarini olib boruvchi o'qituvchilar shuni yaxshi bilishi va o'zining kasbiy faoliyati uchun zarur malakaviy tayyorgarlikka ega bo'lishlari, ya'ni o'zlarining shu tarzda ijrochilikga tayyorlab borishlar, maktabda sinf dasturiga o'zbek xalq musiqasi bilan birga mumtozlik kasb etuvchi namunalarga ham keng o'rin berilganli o'quvchilar bilan mumtoz musiqa namunalarini o'rganish (tinglash, ayrim yengil namunalarni kuylash, tahlil qilish) bo'yicha asosiy vazifalarni quyidagicha belgilash mumkin:

1.O'quvchilarni mumtoz musiqaga qiziqishi, uni tinglash, kuylashga bo'lgan ehtiyoji va munosabatini o'rganish.

2.O'quvchilarda o'zbek mumtoz musiqasining cholg'u kuylari va ashulalarini tinglash va kuylashga bo'lgan qiziqishini paydo qilish, kuchaytirish va uni barqaror ehtiyoj darajasiga ko'tarish imkoniyatlarini qidirish.

3.Mumtoz asarlar bilan ish olib borishning samaraliusul, vosita, texnologiyalaridan unumli foydalanish.

4.O'quvchilarni musiqiy didinii, tasavvur qilish, sezish, (his qilish) layoqatlarini muntazam rivojlantirish imkonini beruvchi kreativ usullarda foydalanib ish tutish.

5.Bolalar bilim darajalari va ovoz imkoniyatlariga mos kuy-qo'shiqlar, repertuarini shakllantirish.

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

3(3), March, 2023

6.Mashg'ulotlar jarayonida ko'rgazmali va texnik vositalaridan (nota matni yozilgan plakat, musiqa yozuvi bo'lgan disk, audio, video tasvirlar.) unumli foydalanish.

An'anaviy xonandalikda qadimdan saqlanib kelayotgan «Ustoz-shogird an'analari» avloddan-avlodga, tildan - tilga, ustozlardan shogirdlarga o'tib qo'shiqlarimiz yashab kelmoqda. O'z navbatida o'zbek xalqining ashulachilik maktabi shakllanib, o'z fayzi tarovati bilan shinavandalar e'tiborini qozongan. Ashulachilik maktabi uchta ijro uslubida bo'lib ular «Binnigi» va «Gulligi» «Ishkami» uslublaridir.

«Binnigi» uslubi. Bu ijro yo'li tovushni dimoqda kuylash yo'li bo'lib, akademik vokal ijrochilik maktabi namunasidir. Bu uslub qo'shiqchilikda to'g'ri yo'l hisoblanib, tovush xosil qilish apparatini urintirmay, ijrochining uzoq vaqt tovushni charchatmay kuylay olishga imkon yaratadi. Qo'shiq kuylash jarayonida og'iz katta ochilib, har bir so'zlar dona-dona, aniq qilib talaffuz etib borishga erishish lozim. Qo'shiq kuylash jarayonida nafas qorin bo'shlig'iga olinishi zarur. «Ishkami» deb nomlanadigan bu uslub to'g'ri hisoblanib, so'z bo'g'inlarini cho'zib kuylashda nafas zahirasini yaratish imkoniyatini beradi.

«Gulligi» uslubi. Mazkur kuylash uslubi qadimiy hisoblanib, kuylovchi qo'shiqni tomoqdan, tovush paylarini zo'riqtirgan holda kuylashi nazarda tutiladi. Doston aytuvchi ijrochilar ham shu uslubda kuylaydilar. Xofizlarimiz va "Katta ashula" ijrochilari o'tmishda shu uslubda kuylaganliklarini ko'rishimiz mumkin. Kuylash jarayonida tovush paylari tezda charchab qoladi va paylardagi mayda kapillyar qon-tomirchalar uzilib ketishiga olib keladi. Natijada, kuylovchida disfoniya, ya'ni tovush xastaligi vujudga keladi. Tovushni o'ta zo'riqtirish yurak va miya qon-tomirlarida shikastlanishiga va sog'liqqa zarar yetkazishiga olib keladi.

«Ishkami» uslubi. Ushbu ijro uslubi o'zining jozibadorligi, ovoz tembrining maftunkorligi, keng diyapazonga ega ekanligi bilan ajralib turadi. Buning asosiy sababi kuylash davomida nafasni qorining yuqori qismiga olinishidir. Mazkur ijro uslubi Toshkent -Farg'ona ijrochilk maktabi namoyondalori tomonidan keng qo'llaniladi. Ayniqsa katta ashula janri ijrochilari ayni shu uslubdan foydalanadilar.

Kuylash vaqtida ovozni to'g'ri ishlatish qonun-qoidalariga doimo rioya etib borilgan chog'dagina, bu ko'zlangan maqsadga erisha olamiz. Buning uchun mashg'ulotlar jarayonida eng maqbul uslub, ovozni zo'riqtirmay binnigi uslubida kuylatish yaxshi samara beradi. Ovoz membranadan ciqib burunga beriladi va ovozda quvvat ortib «Rezonans» holatiga o'tiladi. Har bir ijrochi kuylash vaqtida tovushni yuqori jag'ga yo'naltirib, dimog' orqali chiqarishni kuzatib borishimiz lozim.

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

3(3), March, 2023

XULOSA

Xulosa qilib aytganda an'anaviy xonandalik ijrochiligi bo'yicha mashg'ulotning o'z oldiga qo'ygan asosiy maqsadi - ijrochini ijro uslubiga o'tib kuylashlari, ta'lim va tarbiya jarayonining sifat va samaradoriligini oshirishiga xizmat qilishi lozim.

REFERENCES

1. Ergash Ochilov.Umrboqiy qo'shiqlar.Toshkent."Sharq" nashriyot-matbaa aksiyadorlik kompaniyasi bosh tahririyati.Toshkent-2013 yil.

2. Sokin Sh. Yetti muloqot (Ortiq Otajonov bilan kechki suhbatlar) - Toshkent: "O'zbekiston",1994.18 bet.

3. Y.Boqixonov. Xonanda ovozini yo'lga qo'yish va an'anaviy xonandalik. Uslubiy qo'llanma.Namangan.2014.

4. Qo'shiq - mening borlig'im" (R.Tursunov va M.Dadaboeva bahsi). O'zbekiston adabiyoti va san'ati" haftanomasi.2008.25 aprel.

5. Zohidov F. Komiljon Otaniyozov. -Toshkent: G'.G'ulom nomidagi Adabiyot va san ' at nashriyoti.1980.

6. Zamira Suyunova.Yosh xonandalar talqinida so'z talaffuzi muammolari.Ilmiy-amaliy konferensiya materiallari.Toshkent-2006 yil.23 bet.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.