Научная статья на тему 'XONANDALIKDA NAFAS VA TALAFFUZNI O‘RNI VA AHAMIYATI'

XONANDALIKDA NAFAS VA TALAFFUZNI O‘RNI VA AHAMIYATI Текст научной статьи по специальности «Искусствоведение»

CC BY
319
28
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Журнал
Oriental Art and Culture
Область наук
Ключевые слова
Ashula / raqs / xonanda / kuy / qo‘shiq / badiiy jamoalar / nafas / talaffuz

Аннотация научной статьи по искусствоведению, автор научной работы — D.Madolimov

Ushbu maqolada yosh xonandalarga qo‘shiq kuylash uchun kerak bo‘lagan nafas va talaffuz xaqida ma’lumotlar berilgan

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «XONANDALIKDA NAFAS VA TALAFFUZNI O‘RNI VA AHAMIYATI»

XONANDALIKDA NAFAS VA TALAFFUZNI O'RNI VA AHAMIYATI

D.Madolimov

O'zbekiston davlat san'at va madaniyat institutining Farg'ona mintaqaviy filiali

Annotatsiya: Ushbu maqolada yosh xonandalarga qo'shiq kuylash uchun kerak bo'lagan nafas va talaffuz xaqida ma'lumotlar berilgan

Kalit sozlar: Ashula, raqs, xonanda, kuy, qo'shiq, badiiy jamoalar, nafas, talaffuz

THE PLACE AND IMPORTANCE OF BREATH AND PRONUNCIATION IN

SINGING

D.Madolimov

Fergana regional branch of Uzbekistan State Institute of Art and Culture

Abstract: This article provides information on breathing and pronunciation for young singers in singing.

Keywords: Chant, dance, singer, melody, song, art groups, breath, pronunciation

So'ngi yillarda O'zbekiston Respublikasida milliy madaniyatni yanada rivojlantirish, yangi O'zbekistonning yangi tarixini yaratish, moddiy va nomoddiy madaniy meros durdonalarini saqlash va targ'ib etish, xalq og'zaki ijodiyoti va havaskorlik san'atini yanada ommalashtirish, yurtimizning jahon madaniy makoniga faol integratsiyalashuvini ta'minlash, madaniyat va san'at sohasini innovatsion rivojlantirishga qaratilgan tizimli chora-tadbirlar amalga oshirildi.

Bugungi kunda xar bir xalq globollashuv jarayonlaridan chetda tura olmaydi. Adabiyot, san'at milliy teatrlar, konsert jamolari sayharakatlari, adabiyotlar tarjimasi, rasm va tasviriy san'at ko'rgazmalari, badiy faoliyatining boshqa shakillari Shuningdek "Ashula va raqs ansmbli" badiy havaskorlik jamoalari ham qaysidir ma'noda millatimiz tarixini, uning rivojini aks ettiradi.

Xalqimiz mustaqillikka erishgach, hukumatimiz rahbariyati tomonidan milliy musiqaga, badiiy havaskorlikka bo'lgan e'tibor, farzandlarimizning har tomonlama yetuk shaxs bo'lib kamol topishlari uchun ularni yuksak ma'naviyati, milliy istiqlol g'oyalariga sadoqat ruhida tarbiyalash o'ta dolzarb vazifa qilib belgilandi. San'atning turli yo'nalishlari kabi Xonandachilik san'ati ham yuqorida bildirilgan fikrlar doirasiga muofiq asrlar osha xalq orasida rivojlanib taraqqiy topmoqda.

Shu tariqa Bugungi maqolamiz orqali san'atning xonandachilik janri yo'lida ijod qilayotgan yoshlarimizga xamda havaskorona kuylovchi yoshlarimizga qo'shiq kuylashda yaniy Xonandachilik qilishda Nafas va talaffuzning ahamiyati yuzasidan ma'lumotlar berishni maqsad qildik. Avvalo xonandalikda tarbiyalash omillaridan biri bu badiy jamolar xonanadalari bilan kuylash muntazam shug'ullanib borish Xonandalikda avvalo ishtirokchilarni xonish qilishga tayorlash kerak. Xonanda sifatli kuylashi uchun avvalo nafas olish yo'llarini to'g'ri taqsimlashi kerak. Nafas olish va nafas chiqarish xonandalik talablaridagi eng muxim qirralardan biri bo'lib hisoblanadi, ovozni shakillanish jarayoni uchun poedevor vazifasini bajaradi. Shuningdek xonanda nafasi xuddi odatdagiday nafas olish va chiqarish fazalari bo'yicha tartibga solingan bo'lib odatdagi nafas olishdan ko'p jihatlari bilan farq qiladi.

Xonandalikda nafasning quydagi turlari mavjud:

1.Yuqori ko'krak (yelka bilan bog'liq) nafasi.

2. Ko'krak qafasi nafasi.

3. Aralash, ya'ni pastki qovurg'a - diyafragma nafasi.

4. Qorin nafasi (qorin parda).

Yuqori ko'krak yelka bilan bog'liq nafasi Bu nafas jarayoni juda zarali bo'lib nafas olish jarayonida yelkalar ko'tarilib nafas olish oraganlari bilan bog'liq mushaklar zararlanadi shuning uchun bu usuldan foydalanmaslik kerak.

Ko'krak qafasi nafasi Bu usulda ko'krak qismining yuqorisiga emas o'rta qismiga olish lozim bu nafas olish juda kam xollarda ishlatilib ovozning pastki registrni quyi

Pardalari zarur bo'lganda ishlatiladi. Ko'krak qafasiga nafas olishda elkalar ko'tarilmasligi kerak.

Aralash, ya 'ni pastki qovurg'a - diafragma nafasi Bu nafas olish usuli juda qulay bo'lib og'iz burun bo'shlig' bilan baravar ishlaydi va ortiqcha shovqinli tovushlar yeshitilmaydi. Xonandalikda nafas asosan pastki qovurg'a - diyafragma olinib bunda barch mushaklarni faol ishlashiga imkoni mavjud.

Qorin nafasi (qorin parda) qorin nafasi asosan burun orqali chuqur-chuqurlikka, ya'niy qoringa olinishini va qoringa olganda ham faqat kindik tomonni bo'rtirib shishirish emas balki to'liq qoringa nafas olishnishi kerak. Hamda ikki tomon pastki qovurg'alar ham ko'tarilishni o'rganish lozim. Qoringa nafas olinganda yelkalar ko'tarilmasligiga yo'l qo'ymaslik kerak, chunkiy ko'krak qafasining yuqori qismiga nafas olish juda zarar. Qorin nafasi ovoz registrining o'rta va asosan yuqori qismlarida juda qo'l keladi.

Meyoridan ortiqcha olingan nafas, ovoz paychalarining siqilshuvi evaziga ovozni zo'riqishiga, shovqinli bo'lishiga olib kelishi mumkin. Bu xollarda ijrochining ovozida falsh, ya'ni pardalarni noo'rinligi sezila boshlaydi.Shuning uchun nafasni

to'g'ri olib uni sarflashni tejash mashqlari bilan muntazam shug'llanishi kerak bo'ladi. Nafas qanchalik mustahkam bo'lsa, ovozninga pardalar bo'ylab yurishi shinchalik yngillashadi va qiyinchilikka duchor bo'lmaydi.

Xonandachilikda yana bir jiddiy omillardan Talaffuz (diksiya) talaffuz so'z va ohang bir-birini to'ldirib yaxlit badiy obraz yaratishi hamda musiqiy va adabiy matinni o'zaro uyg'unlashtiruvchidur. Talaffuz - arab tilidan olingan bo'lib "talafaza" so'zi bo'lib "otmoq" ma'nosini anglatadi. Ya'ni har bir harf va so'z notiq yoxud xonanda og'iz bo'shlig'idan otilib chiqishu demakdir. Xonandalikda talaffuz muhim ahamiyatga ega, xonanda aniq va burro talaffuzga ega bo'lish xonanadalikni asosiy talablaridan hisoblanadi.

Chunki ijro etilayotgan asarning tinglovchi-tomoshabinlarga yetkazib berish ovoz vositasida faqat talaffuz orqali amalga oshiriladi. Qolaversa xonish qilinayotgan asarni mazmun - mohiyatini anglab ijro etish xonandalik san'aninig asosiy talablaridan biridur. Talaffuz (diksiya) ning aniq yoxud noaniq bo'lishi bevosita artikulyatsiya apparatining faoliyatiga bog'liq. Ya'ni artikulyatsiya apparati faol bo'lsa talaffuz ham faol bo'ladi. Agar aksinch, artikulyatsiya apparati bo'sh bo'lsa talaffuz ham bo'sh bo'linishi muqarrar. Shuning uchun xonandalar artikulyatsiya apparatini faollashtiruvchi mashqlarni ham etibordan chetda qoldirmaslik lozim. Xonandalikda unli va undosh tovushlarni to'g'ri talaffuz qilishi shart bo'ladi.

Talaffuzni yaqshilash mashqlari: Talaffuzni istalgan matnni ovoz chiqarib o'qish orqali yaxshilash mumkin. Masalan, biror shoir she'rini "yopiq og'iz" uslubida: lablar tutashgan, tishlar orasini ochgan holda o'qish mumkin. Shu tariqa artikulyasiyaviy mushaklar faolroq ishlay boshlaydi.

- Xonandalik qonun - qoidalarining barcha qirralari rivojiga talaffuzning ahamiyati beqiyosdir. Qo'shiq aytishni o'rganish - ovoz aparati va talaffuz organlari vazifalarini o'zgartirib bevosita kuylashga o'tish bilan amalga oshiriladi. So'zlashish va kuylash jarayonidagi talaffuzlarning qisman bo'lsada farqi bor. Talaffuzning chiroyliligi, tuniqligi unli va undosh harflarning ovozda to'gri ifoda etilishi, kuylayotganda tovishning tiniq ifodasi, ovozning xonandalik talablariga binoan shakillanishi demardir. Qo'shiq kuylash qonun - qoidalarining barcha qirralari rivojiga nafas hamda talaffuzning ahamiyati beqiyosdir.

Mumtoz musiqamizning o'rganish, uni amaliyotga tadbiq etish xalqimiz ongida milliy g'urur iftixor hissini shakllantirish uchun asosiy omillardan bo'lib hizmat qiladi. O'zbek mumtoz musiqasi haqida maqsadli ma'lumot berishning bosh maqsadi mazkur o'quv muassasalari talabalarini o'zbekona musiqa an'analari, qadriyatlari ruhida tarbiyalashga munosib hissa qo'shishdir. Xalqimiz va uning namoyondalari tomonidan yaratilgan ashula va katta ashulalar, dostonlar, maqomlar hamda ularning ijro uslublari yuzasidan ma'lumot hosil qilish, ular haqida mustaqil fikrni shakllantirish o'zbek mumtoz musiqasining vazifalari hisoblanadi. Insonni ma'naviy

kamol toptirishda tarbiyaviy ta'sirning barcha shakl, usul va vositalaridan samarali hamda unumli foydalanish lozim bo'ladi. Ayniqsa, bu ishda kuchli, ma'naviy-tarbiyaviy imkoniyatlarga ega bo'lgan badiiy vositalardan biri musiqa san'atidan mohirona foydalanish ko'zlangan natijani beradi, jumladan, mumtoz musiqa barcha vositalar ichida o'ziga hos va o'ta muhim o'rin egallaydi.

Foydalanilgan adabiyotlar

1. O'zbekiston Respublikasi Prezidentinig 26.05.2020 yildagi PF-6000-son Farmoni

2. Miziyoyev. Sh.M. Buyuk kelajagimizni mard va oliyjanob xalqimiz bilan birga quramiz.-T.: " O'zbekiston", NMIU, 2017.-488b.

3. Yangi O'zbekistonning 2022-2026-yillarga mo'ljalllangan taraqqiyot strategiyasi davlat dasturi. 2022 yil 28-noyabr

4. R. Tursunov Ashula va raqs ansambli bilan ishlash uslubyoti T.: G'.Gulom nomli adabiyot va sanat nashryoti. 2002-y

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.