Научная статья на тему 'MUSIQALI DRAMALARDA VOKAL TEXNIKASINING O’RNI'

MUSIQALI DRAMALARDA VOKAL TEXNIKASINING O’RNI Текст научной статьи по специальности «Искусствоведение»

CC BY
108
23
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Журнал
Oriental Art and Culture
Область наук
Ключевые слова
musiqali drama / vokal / diafragma / sozlanish / intonatsiya / diksiya / artikulyatsiya / qochirim / nola

Аннотация научной статьи по искусствоведению, автор научной работы — Bobur Ne’Mat О‘G‘Li Xusanov

Ushbu maqolada musiqali drama asarlarida akademik ijrochilik ya’ni vokal san’atining o’rni, milliy ohang bilan vokal texnikasining o’zaro bog’lagan holda qo’shiq, romans ariyalarni kuylash, ijro jarayonida qanday xususiyatlarga e’tibor berishlik haqida ma’lumot berilgan. Shuningdek ijrochining ovozini shakllantirish uchun zarur mashqlar, talaffuz aniqligiga e’tibor berish, qo’shiqda yashab, uni his qilish haqida fikr mulohazalar yoritib berilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «MUSIQALI DRAMALARDA VOKAL TEXNIKASINING O’RNI»

MUSIQALI DRAMALARDA VOKAL TEXNIKASINING O'RNI

Bobur Ne'mat o'g'li Xusanov O'zbekiston davlat san'at va madaniyat instituti

Anotatsiya: Ushbu maqolada musiqali drama asarlarida akademik ijrochilik ya'ni vokal san'atining o'rni, milliy ohang bilan vokal texnikasining o'zaro bog'lagan holda qo'shiq, romans ariyalarni kuylash, ijro jarayonida qanday xususiyatlarga e'tibor berishlik haqida ma'lumot berilgan. Shuningdek ijrochining ovozini shakllantirish uchun zarur mashqlar, talaffuz aniqligiga e'tibor berish, qo'shiqda yashab, uni his qilish haqida fikr mulohazalar yoritib berilgan.

Kalit so'zlar: musiqali drama, vokal, diafragma, sozlanish, intonatsiya, diksiya, artikulyatsiya, qochirim, nola

THE ROLE OF VOCAL TECHNIQUES IN MUSICAL DRAMAS

Babur Nemat oglu Khusanov State Institute of Art and Culture of Uzbekistan

Abstract: This article provides information on the role of vocal art, what features to pay attention to during the performance of songs, romances, arias, connecting the vocal technique with the national tone. There are also exercises necessary for the formation of the performer's voice, attention to the accuracy of pronunciation, ideas about living and feeling in the song.

Keywords: Musical drama, vocals, diaphragm, tuning, intonation, diction, articulation, exclamation, moaning.

O'zbek xalqi tarixi va uning musiqiy ijrochiligi o'zi kabi tarixan boy va rang-barangdir. Musiqali drama janrida vokal san'ati keng o'rin egallagan. Vokal san'ati ijrochi xonandani estetik va badiiy didini tarbiyalash, ijrochilik qobilyatini rivojlantirishga uzluksiz talabchanlik bilan ish olib borish, o'zbek kompozitorlari tomonidan yaratilgan milliy, nodir asarlar bilan tanishtirish, professional uslubda kuylash malakalarini shakllantirish eng asosiy vazifalaridir.

Musiqali dramada vokal sir-asrorlarini chuqur o'rganishi, yuqori professional uslubda kuylay olishi uchun ijrochi xonanda quyidagi malaka va ko'nikmalarni egallashi lozim:

- Ijro etayotgan qaxramoni haqida toliq tasavvurga ega bo'lishi

- Nafasni qovurg'aning pastiga, qoringa olish, shovqinsiz nafas olish va uni tejamli sarflash;

I icclT^^^^H http://oac.dsmi-qf.uz

- Barcha registrlarda yuqori holatda ovoz hosil qilib kuylash;

- Sof va toza kuylash;

- So'zlarni aniq, burro talaffuz qilish, unli tovushlarni cho'zib, ravon ovoz xosil qilish, so'zlarni orfoepiya qoidalariga muvofiq talaffuz qilib kuylash;

- Turlicha ovoz hujumlari bilan kuylay olish, asosan mayin hujum afzalligidan foydalanish;

- Kuylashda ovoz dinamikasini hosil qila olish, musiqa asarlari jumlalarini badiiy ijro etishda undan unumli foydalana bilish;

- Legato va stakkatoda kuylash;

- Ijrochilik kantilenasi rechitativ uslubdan foydalana bilish;

- Vokal asarlarni musiqa asbobida o'zi chalib kuylash;

- Turli uslub, turli xarakterdagi asarlarni ta'sirli qilib kuylay olish;

Aktyor - xonandaning ovoz imkoniyatlari va vokal tayyorgarligi turlicha bo'lganligini hisobga olgan holda, dasturning repertuarlar ro'yxatiga murakkabligi turlicha bo'lgan asarlar kiradi. Ijrochi ovozi doim formada bo'lishi uchun vokaliz kuylashi kerak chunki bu ovoz sayqallanishiga, texnik-ijrochilik mahoratini olishga yordam beradi. Yana bir asosiy vazifalardan biri tanlangan asarlarni xonandaning ovoz diapozoniga mos tonlikka transpozisiya qilib berish tavsiya etiladi.

Uzluksiz o'tkaziladigan musiqali spektakllar, akademik konsertlar, turli xil ko'rik-tanlovlar, "Yagonasan muqaddas Vatan", "Musiqaga chorlaydi vatan" kabi konkurslar aktyor-xonandani vokal malakalarini mustahkam egallashda yordam beradi. Musiqali drama yoki romans, operalardan ariyalarni ijro etish uslublarini o'rganish, uzluksiz tarzda ma'lum ketma-ketlikda, oddiydan murakkabga o'tishini ta'minlash zarur.

Romanslar bir ovoz uchun yozilgan, turli mavzu, xarakter va tuzulishidagi vokal kamer asari bo'lishi mumkin. Bu janr jahon va o'zbek kompozitorlari asarlarida yaxshi rivojlangandir. O'zbekiston kompozitorlari omma o'rtasida tarqalgan ashulalar ohangida romanslar yaratib, bu janrni yanada boyitdilar. Ular asosan Navoiy, Bobur, Furqat, Muqumiy g'azallariga T.Jalilov, M.Burxonov, S.Yudakov, M.Leviyev, M.Ashrafiy, T.Sodiqov va boshqa kompozitorlar tomonidan yaratilgan. Xonanda dasturida qo'llanilgan musiqiy drama va operalardan ariyalar mukammallashgan keng ko'lamda, lirik va dramatik mazmunli asarlar hisoblanadi.

Bu asarlar xonandaning vokal-texnik bilimlarini yanada chuqurroq egallashi, kosta-abdomidal, ya'ni aralash nafas ustida ishlash, yumshoq hujum mashqi, aniq intonatsiya, artikulyatsiya, legato,stakkato, harakatchanlik, kantilena, arpedjio, filirovka uslublarini o'rganish, asarning badiiy tomonlarini mukammal o'rganishda katta ahamiyatga ega bo'lib, ashula aytish mahoratini oshiradi.

Xonandalik ovozi tushunchasi insonning kuylash qobiliyati bilan bog'liq nutqdan farqli o'laroq, xonandalik ovozi tovushlari aniq balandlikka ega, uzoq davom etishi

I ícclT^^^^H 102 http://oac.dsmi-qf.uz

mumkin. Ular unlilarda namoyon bo'ladi. Xonandalik ovozidan inson bolalikda musiqiy eshitish va ovoz apparati rivojlanishi darajasiga ko'ra foydalana boshlaydi.

Maishiy (qo'yilgan) va kasbiy (professional qo'yilgan) xonandalik ovozi farqlanadi. Ovozni qo'yish deb uni professional qo'llash maqsadida moslashtirish va rivojlantirish tushuniladi. Yorqinlik, go'zallik kuchi va davomiyligi, diapason kengligi va toliqmaslik, noziklik kabi sifatlar, ko'p jihatdan ovoz apparati tabiiy xossalari bilan belgilanadi va ovozni qo'yish jarayonida rivojlanishi mumkin. Ovoz opera-konsert kuylash uchun, xalq qo'shiqlari, Estrada kuylash uchun qo'yiladi.

Biz bilamizki, kuylovchi aktyorning ovozini belgilovchi sifatlarlardan biri-tembr go'zalligi va tovushni uzoq tutib tura olish. Opera-konsert ovoz katta zallarda yaxshi eshitilishi, ya'ni parvozga ega bo'lishi kerak. Jaranglik, metallik ovozlar parvozli. Metallik va parvozlilik ovoz spektirida yuqori opertonlar guruhi, yuqori xonandalik formantaj mavjudligi bilan belgilanadi. Ovoz tarangi dumaloqligi va yumshoqligi spektrning past qismi obertonlari kuchlanishiga bog'liq. Yuqori va past xonandalik formatlari, shuningdek vibrato (sekundiga 5-6 martali pulsasiya) ovozning go'zalligi va quyiluvchan xarakterini belgilaydi.

Musiqali drama asarlarida aktyor-xonanda ovozining muhim sifati unung kuchidir. Musiqali dramada kuylash kuchli, katta zalni to'ldirishga qodir va orkestr jo'rligi fonida eshitiladigan ovozni talab etadi. Ovoz tabiatan registrlarga ega. Registr deb, tovushlarning tembri bo'yicha bir xillik qatori tushuniladi, u yagona fiziologik mexanizm bilan hosil qilinadi. Erkaklar ovozida diapazonning pastki qismida ko'krak va yuqori qismida falset regstr farqlanadi. Ko'krak regstri taranglar va boyligi ajralib turadi.

Musiqali drama san'atida to'g'ri nafas olishni rivojlantirish kuylash asosi sifatida kuylovchilik tovush ustida ishlash jarayoniga ko'chadi va asta-sekin, sistemali tarbiyalanadi. U bir maromda, erkin, ovoz hosil qilishda qatnashuvchan barcha sistemalarning tabiiy muvofiqlashuviga ko'maklashadigan bo'lishi kerak. Nafas olganda ko'p miqdorda havo olish yaramaydi, zero tovush berish va ovoz hosil qilish jarayonining o'zi ham qiyinlashadi. Xonanda nafas olishi va chiqarishi nafasni bir zum tutub turishi bilan ajratiladi, keyin nafas chiqarish boshlanadi. Tovushni qayta yaratishdan oldin nafasni ushlab turib-nafas olish holati pozisiyasini fiksasiyalash momenti nafas olish ustanovkasi butun kuylash davomida, butun fiksasion nafas chiqarishda saqlanish kerak, bu nafas tayanchini tashkil etadi. To'g'ri nafas chiqarishining asosiy vazifasi uni ohista, tejamkorona chiqarish ovoz to'qimalari normal ishlari uchun zarur bo'lgan to'qima osti bo'shlig'ida bosim yaratishdan iborat. Nafasni uni oxirigacha tovushga aylantirib sarflay olish xonandalik nafasini egallaganlik mahoratini belgilaydi.

Vokal amaliyotida pastki qovurg'a-diafragmatik, ya'ni aralash nafas olish eng qulay sanaladi. Nafasning bu ko'rinishda ko'krak qafasi va diafragma ishga faol

I [ccñ^^BI 103 http://oac.dsmi-qf.uz

kirishadi: nafas olish ularning bir paytdagi harakati bilan kechadi, bu to 'liq nafas olish imkonini beradi.

Kuylash - musiqa san'atining kuy va so'z organik uyg'unlashgan turi. Boshqacha qilib aytganda musiqiy nutq deyiladi. Nutq tovushlarini hosil qiladigan ovoz apparatinig qismi artikulyasiya (talaffuz) apparat, uning tarkibidagi a'zolar talaffuz a'zolari sanaladi. Bular til, og'iz bo'shlig'i, yumshoq va qattiq tanglay, pastki jag', bo'g'iz, hiqildoq. Bu a'zolarning nutq tovushlarni yaratishga qaratilgan ishi artikulyasiya deyiladi.

Ba'zi hollarda aktyor xonanda artikulyasiya nutqi bilan tubdan farq qiladi. Kuylaganda unlilar dumaloq, cho'ziq, tembr va tovush balandligiga ega bo'lishi kerak. Undoshlar esa siniq va tez talaffuz qilinadi. Artikulyasiya apparati ishining muvoffiqlashganligi va intensivligi tovush talaffuzi sifati, so'zlar aniqligi-diksiyani belgilaydi.

Kuylashda to'g'ri talaffuz adabiy tilning talaffuz normalari-orfoepiya (grekcha to'g'ri nutq) ga tayanadi. Xonandalik orfoepiyasi so'zlashuvidagidan farq qiladi, kuylaganda undoshlar keng bo'g'inga ko'chiriladi, toki bo'g'in ochiq bo'lsin.

Ochiq tovush: «Oq rang» ga ega asosan ko'krak rezonatori ishlaydi. Bunda tovush keskin va silliq jaranglaydi, pozitsiyasi past, diapazonda cheklangan va bir xil jaranglaydi.

Yopiq tovush: «qora rang» ga ega, yumshoq, dumaloq jaranglaydi, bosh va ko'krak rezonatorlari ishlaydi. Pozitsiyasi yuqori, tovush nozik, parvozli, sur'ati chiroyli.

Kantilena - kuylash asosini tashkil etuvchi uzluksiz qo'yiladigan tovush. U har bir keyingi tovush oldingisining davomi bo'lib, kuylashning bu uslubi bog'lanishli yoki legato deyiladi.

Yuqori pozitsiya - tovushning baland pozitsiyasiga aytiladi. Aynan «boshni» sezish kuylashga yuqori pozitsiya parvoz etadi. Italiya san'at ustalari «ovoz jarangini boshga ko'chira oladiganlar, haqiqatdan kuylaydi» deydilar. Yuqori pozitsiyani ishlatish uchun asosiy vazifa ovozning butun diapozonda bosh rezonatorlar harakatini saqlash ekanini yodda tutish lozim. Bunga ovoz apparatida ma'lum texnik sharoitlarni yaratish ko'maklashadi:

1. Chuqur elastik nafas olish.

2. Yetarlicha ochiq bo'g'iz, talaffuz erkinligi va to'sqinlar havo - tovush oqimini ta'minlaydi, tanglay pardasini ko'tarish va erkin pastki jag' hisobiga erishiladi.

3. Yopiq butun diapazonda dumaloq tovush

4. Tovushni yumshoq atakalash

5. Undosh va unlilarni yopiq shakllantirish

Ushbu yuqoridagi barcha qoidalarni e'tiborga olib, ijrochi vokal xonanda asarni tinglovchiga tasirchan yetib borishi uchun, eng avvalo qo'shiq, romans, ariyani

I [ccñ^^BI 104 http://oac.dsmi-qf.uz

yaratilish tarixini bilishi zarur. Asarni yurakdan kuylashi uchun matndan kelib chiqib hayoliy tasavvur yordamida asarni jonlantirishi kerak. Bastakor va kompozitorlar tomonidan yartilgan ijod maxsulini xonanda o'ziniki qilib olishi ya'ni belgilangan qolibdan chiqmagan holda nola qochirimlar qo'shib kuylashi mumkin. Bu esa albatta tinglovchi etini jimirlatadi va maroq bag'ishlaydi.

Xulosa qilib aytganda vokal texnikasi o'zining boy maktabi bilan san'at turlarining yetakchi o'rinlarida turadi. Shunday ekan ushbu soxada ijod qilib faoliyat ko'rsatib kelayotgan ustozlarimiz hamda tengdoshlarimizga ulkan muvoffaqiyat tilab qolamiz.

Foydalanilgan adabiyotlar

1. Muhammedova G., Usnatov R. "Aktyorlik mahorati" "NAVRO'Z" nashriyoti

2020

2. Qahhorov N.V. "Vokal asoslari" Toshkent «Iqtisodiyot - moliya » 2008

3. Pirmatov.Sh "Vokal texnikasi asoslari" Toshkent «Musiqa» 2011

4. N.N "Xonandalik uslubiyoti asoslari" Toshkent 2008

105

http://oac.dsmi-qf.uz

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.