BASTAKORLIK SAN'ATIDA ZAMONAVIY TENDENSIYALAR
Ma'rufjon Abdumutalibovich Ashurov Andijon davlat universiteti
Annotatsiya: Qadimda musiqa yaratishning ijodiy jarayonini kuzatadigan bo'lsak, avvalam bor, u ushbu xalqning ijtimoiy-jamoaviy hamda diniy munosabatlari tizimi tomonidan shakllangan axloqiy mukammallikka asoslangan. Axloqiy-estetik mukammallik ta'siri ostida ushbu davrning o'ziga xos musiqiy uslubi qaror topgan. Maqolada Bastakorlik san'atida zamonaviy tendensiyalar, XX asr birinchi yarmi musiqiy shakllari, XX asr ikkinchi yarmi shakl tashkil etilishi va shakllar tipologiyasi, Bastakorlik ijodiyoti targ'ibotida dirijyorlik san'atining rivojlanish bosqichlari, Dunyo xalqlarining ma'naviy - madaniy hayotida zamonaviy tendensiyalar asosida yaratilgan musiqaning tutgan o'rni, Bastakorlik san'atiga oid janrlarning rivojlanishi (Sharq va G'arb misolida), Uslublar, yangi milliy musiqa maktablarining paydo bo'lishi va rivojlanishi keng yoritib berilgan.
Kalit so'zlar: bastakorlik san'ati, musiqa san'ati, musiqanavislik, qadimda musiqa, musiqiy shakllari, konsert, fortepiano, barokko, kanon, fuga, neobarokko tajribalari, sonata shakli, qadimgi risolalar, adabiy yodgorliklar, afsona va rivoyatlar
MODERN TENDENCIES IN CREATIVE ART
Marufjon Abdumutalibovich Ashurov Andijan State University
Abstract: If we observe the creative process of creating music in ancient times, first of all, it is based on the moral perfection formed by the system of social-communal and religious relations of this nation. Under the influence of moral and aesthetic perfection, a unique musical style of this period was established. In the article, modern trends in the art of composition, musical forms of the first half of the 20th century, the organization of forms and typology of the second half of the 20th century, the stages of development of the art of conducting in the promotion of the art of composition, created on the basis of modern trends in the spiritual and cultural life of the peoples of the world the role of music, the development of genres related to the art of composition (in the example of the East and the West), Styles, the emergence and development of new national music schools are widely covered.
Keywords: composition art, music art, music writing, ancient music, musical forms, concert, piano, baroque, canon, fugue, neo-baroque experiments, sonata form, ancient treatises, literary monuments, legends and narratives
Bastakorlik san 'ati rivojlanishining asosiy bosqichlari. Bastakorlik ijodiyoti jarayonining evolyusiyasiga oid tadqiqotlar inson ruhiyati va fiziologiyasi, ijtimoiy-jamoat munosabatlari, san'at tarixi va boshqa sohalar nuqtai nazaridan katta qiziqish uyg'otadi. Ma'lumki, musiqada mualliflik tushunchasi nisbatan yaqin o'tmishda vujudga kelib, XIV asrda G'arbiy yevropada qayd etila boshlagan. Musiqa san'ati ko'p vaqt mobaynida, asosan, og'zaki an'anadagi san'at hisoblanib, ikkinchi mingyillikning o'rtalarigacha badihago'ylik xarakterida bo'lgan. Tarixdan ma'lumki, qadimda musiqa muallifi uning ijrochisi vazifasini ham bajargan. Buni Sharq xalqlari musiqiy afsonalarining yorqin namoyandalari bo'lmish Borbad hamda Ota Qo'rqit misolida ko'rishimiz mumkin.
Musiqanavislik natijasida muayyan xalqning estetik talablarini aks ettiruvchi ifoda vositalarining tanlab olinishi, bir xalqning musiqasiga oid badiiy yutuqlar boshqa bir xalqning tilida butkul o'zgacha sifat uyg'unligiga ega bo'lgan. Kompozitorlik ijodiyotining qaror topishi jarayoni - umumbashariy sivilizatsiyaga oid ko'plab san'atkor avlodlarning faoliyati natijasidir.
Musiqada mualliflikning paydo bo'lishi ijod sohasida individuallik xususiyatining anglanishi bilan bog'liq. Musiqadagi individual-betakror qirra tinglovchining e'tiborini o'ziga tortishi tabiiy, albatta. Bu esa, tarixda buyuk musiqachilarning nomlari muxrlanib qolishiga sabab bo'lgan. Ilk nota yozuvi misollari muayyan musiqiy davrning uslubiy qirralarini ifodalovchi o'ziga xoslikni muhrlab qo'yish ehtiyoji orqali vujudga kelgan.
Qadimda musiqa yaratishning ijodiy jarayonini kuzatadigan bo'lsak, avvalam bor, u ushbu xalqning ijtimoiy-jamoaviy hamda diniy munosabatlari tizimi tomonidan shakllangan axloqiy mukammallikka asoslangan. Axloqiy-estetik mukammallik ta'siri ostida ushbu davrning o'ziga xos musiqiy uslubi qaror topgan.
Qadimgi davr allomalarining nazariy risolalariga oid tadqiqotlar musiqiy jarayonlarni yuksak darajada anglash, shu bilan birga, ushbu jarayonlarda mantiqiylik ham yuqori saviyada bo'lganidan dalolat beradi. Safiuddin al-Urmaviyning "Risolatun ash-Sharafiya", Darvishali Changiyning "Risolai musiqi", Abu Nasr Forobiyning "Kitob ul-musiqa al-kabr", "Kalom fi-l musiqi", "Kitob ul fi ixso-il-iko", Abduraxmon Jomiyning "Risolai musiqiy" singari ilmiy-nazariy meros va undagi qimmatli ma'lumotlar fikrimizga dalildir...
XX asr birinchi yarmi musiqiy shakllari. Bu davr musiqasi kompozitsion sxemalari ko'pchiligining an'anaviyligi bilan bir qatorda ularning bir qator o'ziga xosliklarini xam aytib o'tish lozim: ulardan faqat asar shakli sifatida emas, balki makro yoki mikroshakl ko'rinishida xam foydalanish mumkin. Misol uchun: Prokofevning 5 qismli fortepiano konsertida rondo bu siklni tashkil etish shaklidir. (makrosath) va «Zolushka» da «Qish parisi» saxnasida ham mavzu shakli rondodir (mikrosath).
Romantik aralash shakllarg erkin shakllar, qismlarning funksiyalarini noan'anaviy taqsimlash xosdir.
Bulardan tashqari, yangi, individual shakllar paydo bo'ladi, ammo asrning ikkinchi yarmidachalik emas.
An'anaviy, tipik shakllarni quyidagilarga bo'lish mumkin;
a) - mumtoz - davr, sodda va murakkab shakllar, rondo, variatsiyalar, sonata va turkum.
Barokko - kanon, fuga, kichik 2,3 va ko'pqismli, qadimgi sonata va qadimgi konsert; romantik - aralash, konsentrik, qarama - qarshi - tuzilgan, qo'shiq - kupletli. sahna ko'rinishidagi - balet, opera. Vokal - xorli - kantata, rekviem, messa.
Sanab o'tilganlar orasida juda keng tarqalgan variatsionlikka diqqatimizni qaratamiz.
Neobarokko tajribalari asosida bas - ostinatli variatsiyalar qayta tug'ildilar (Shostakovich, Berg, Vebern, Xindemit) va faol mavzuiy rivojlanishga ega bo'lgan erkin variatsiyalar xam (Shyonberg). Prokofevning mavzuning to'liq qaytarilishli, fakturali, tembrli va qismli (chastichno) garmonik rivojlanishga ega bo'lgan variatsiyalarigina ostinat shaklga o'sib o'tadilar va ular sahna asarlarida prostratsiya, alaxlash, g'oyaga bog'lanib qolish hissiyotini uygotadilar.
Sonata shakli yozuvning yangi texnikalaridan foydalanadi, misol uchun dodekafon seriyalilik bilan (Shyonberg). Vebernning 9 cholg'u uchun konsertida seriyalikning sonatalik bilan birlashuvida reprizada yondosh mavzu - seriyaning transpozitsiyasi yo'qdir.
Juda keng tarqalgan konsentrik shakl o'zining yuqori konstruktivligi bilan arxitektonika, garmoniya, faktura, mavzudagi destruktiv o'zgarishlarga qarama -qarshi turadi.
Mazmun jihatdan konsentrik simmetriya mantiqining rivoji deb - oynali -qisqichbaqali (zerkal'no - rakoxodnaya) shaklni olish mumkin (Berg).
b) XX asr ikkinchi yarmida rivojlanishda davom etgan novatorlik shakllari orasida Prokofevning ostinatli shakllarini misol qilib olish mumkin. Ular orasida Yavan gamelani tamoyili asosydagi poliostinatli bir tovushli, bir akkordli, bir ritmli invensiyadir. Vaqtda o'ralgan (svyornutaya) (simul'tan) reprizali shaklni B.Bartok kiritdi. Va nihoyat, makrotematizm asosida qurilgan shakllar paydo bo'la boshlaydi (Ayvz. «Javobsiz qolgan savol»).
Bu shakllarning hammasidagi ichki «hodisalar», rivojlanish turlari ma'lum bir yozuv texnikasiga tegishli bo'lgan mavzuiylik turi yoki ulardagi ma'lum bir ifoda vositasining tutgan o'rni bilan aniqlanadi.
XX asr ikkinchi yarmi shakl tashkil etilishi va shakllar tipologiyasi. XX asrning ikkinchi yarmi shakl tashkil etish sohasidagi novatorlik faollik bilan tavsiflanadi. Bu jarayondagi muhim va doimiy tamoyillarni ko'rsatib o'tamiz. Birinchidan: bu -
poliparametrlik (V.Xolopova atamasi) bo'lib, bunda rivojlanish asoslari turli xil masshtablarga ega, ular mikro, makro vam o'rta (midl) sathlarda joylashgandir. Har biri o'z mavzuiyligi va unga mos bo'lgan rivojlanish usuliga egadir. Ayniqsa, makrosath muqim ahamiyat kasb etadi. Unda mavzu rolini ifodaviylik va yozuv turi o'ynaydi. Makrosath bir butunlik dramaturgiyasini tashkil etadi va bu V.Xolopovaga shaklning yangi turi bo'lgan dramaturgiya haqida so'z yuritish imkonini berdi. Shu bilan bir qatorda dramaturgiyaning asosiy turlarini aniqlash mumkin: qarama -qarshilik (konflikt, Shnitke), qarama - qarshiliksiz solishtirma (kontrast, Shedrin, B.Chaykovskiy), zamonaviy adabiyotdan olingan parallel dramaturgiya (Kanchelli), monodramaturgiya
(«Pianissimo», Shnitke, Terteryan simfoniyalari). Bu davr asarlari orasida oldingi konstruktiv tamoyillarga bog'liq bo'lgan , asarlar ham saqlanib qolgan. Misol uchun variatsiyalar shakli o'z faolligini yo'qotmaydi. Bu shakl R.Shedrin ijodida muxim o'rin egallandir. Polifonik shakllardan prelyudiyaning kichik turkumi va fuga, mustaqil pesa sifatidagi kanon saqlanib qolgan ("Kanon pamyati S.Stravinskogo" Shnitke). Bu davr ijodiyotida ochik; shakllar muxim o'rin egallaydilar. Ular orasida: a s s! ... sxemali reprizasiz oraliq (skvoznaya) shakl. Bu shaklni tavsiflash uchun ekzistensializm ruxidagi falsafiy tasavvurni asos qilish mumkin, ya'ni: oxirgi maqsadni bilmagan xolda insoniyat tomonidan bosib o'tilayotgan yo'lni misol qilib olish mumkin, Bunday mantiqqa ko'ra pesa so'ngida yakuniy ta'kiddov bo'lmasligi kerak (S.Gubaydulinaning skripka vaviolonchel' uchun "Raduysya" sonatasi); ikkita material va makromavzuning marotaba ketma-ket qaytarilishiga asoslangan alternativ shakl. Sxemasi quyidagicha a a1 1 a2 1 ... . bu yerda odatda texnikalarning qarama -qarshi xossalari qarama - qarshi qo'yiladi. Misol uchun: kolajlar aleatorikasi va dodekafoniya (Shnitke, klarnet, skripka, kontrabas va zarbli cholg'ular uchun serenadaning birinchi qismi),
Va nihoyat qisqa mavzuiy formulaning ostinatli qaytarilishga asoslangan shakl paydo bo'ladi. Bu shakl marosim, zikr taassurotini beradi. Uni mikroostinatli shakl deb atash mumkin (misol - Tishenko «Yaroslavna» baletidagi "Zatmenie" saxnasi).
Yuqorida ko'rib o'tilgan shakllarning xammasi aniq ifodalangan mavzuiylikka asoslangan ba'zi bir xollarda aniq chegaralar va intonatsion doimiylikka ega bo'lmasa xam. Ammo XX asr musiqasida material va uning rivoji orasida mutlaqo boshqacha bog'lanish vujudga keladi. Bu vaziyat mavzuning tanlovi musiqiy yozuvning yangi unsurlari bilan bog'liq bo'lib unga mos bo'lgan davomni talab qilganda sodir bo'ladi. Bu yerda tanlov va moslashtirish (sochetanie) poetik qonuni ish ko'radi. «Tenglik o'qining o'rindoshlik o'qiga proeksiyasi, ya'ni moslashuvga, tovushqatorga proeksiyasi» mavjuddir (R.Yakobson - Poeziya grammatiki i grammatikapoezii).
Xuddi shu narsa analiz vaqtida kompozitsiyaning universad me'yorlaridan emas, balki musiqaning ma'lum bir zamonaviy ifodaviyligi ko'rinishining qonuniyatlari va potensial imkoniyatlaridan kelib chiqishi kerak degan fikrga olib keladi.
U xolda dodekafon - seriyali, ritmik, linear, sonor, serial, polifonik shakl tashkil etishlar xaqida so'z yuritish kerak...
Bastakorlik ijodiyoti targ'ibotida dirijyorlik san 'atining rivojlanish bosqichlari. Odamlar birgalikda quylay boshlaganlaridan beri ularda umumiy ritm va sur'atga rioya qilish zaruriyati paydo bo'lgan. Ibtidoiy xalqlarning raqs va qo'shiqlarida ritmni qarsak chalib berib turganlar, shuningdek, do'pirlatib yoki do'mbira chertib urib turganlar.
Qadimgi Gretsiyada xor rahbarlari bo'lib, ular oyoqlarini do'pirlatib, ritm belgilab berganlar. Yana shu ham ma'lumki, Rim qo'shiq maktabida xorni boshqarib turish uchun ma'lum qo'l harakatlaridan foydalanishgan. Dirijyorlikning mazkur ikki usuli orkestr boshqaruviga asos soldi, birgalikdagi aniq ijroni yo'lga qo'yish uchun dirijyor taktni oyog'i bilan urib, tayoqcha bilan pult yoki polni taqillatib, yana shuningdek, karnay qilib o'ralgan nota daftari bilan pultni urib ko'rsatib turardi. Antik davrda "dirijyor sozandalar ijrosini yagona ritm va tempga moslashtirishni, ularni ijroga yo'naltirish uchun belgi berishi lozim"1.
Xullas, taktni oyoq bilan urib ko'rsatish uzoq vaqt davom etdi. Nemis bastakori Matteson (1731 y) kinoya bilan shunday degan edi "Ba'zilar taktni oyoq bilan urib ko'rsatish haqida ijobiy fikr bildirishlari taajjublanarli, balki ular o'z oyoqlarini boshlaridan ko'ra aqlliroq deb hisoblasalar kerak. Shu bois oyoqga bo'ysunadilar".
Dirijyorlik tayoqchasi esa u paytda turli uzunlikda yasalar edi. Ba'zan, uning uzunligi 180 smga yetardi va u "Qirollik jezli - hassasi" deb yuritilardi, hamda uni yerga urib, takt belgilanardi.
"Ohang mazmunini oldindan ilg'ab, mag'zini chaqib, har bir musiqiy cholg'uning tovushini yaxshi tushunishga, qulog'ingni ularga xos pardalarni ajrata bilishga o'rgat"2, - Robert Shumanning bu o'g'itini har bir dirijyor doimo esda tutishi kerak.
Musiqa san'ati jadallik bilan rivojlana boshlagan davrlarga kelib, ilk bor ahamiyatga molik bo'lgan operalar paydo bo'lgan. Kompozitorlar turli ansambl hamda ovozlar uchun musiqa yoza boshladilar. Ana shunday guruhlar ijrosidagi suroatning yagona bo'lishiga erishish uchun bularni boshqarishga ehtiyoj tug'ildi. Yaratgan musiqiy asarlar murakkablashgani sari, qo'shiqchilarni va orkestrni boshqarishga bo'lgan ehtiyoj yanada kuchaya bordi. Ijroda yakdillik va sur'atga rioya qilish zaruriyati bu muhim vazifani eng mas'ul va malakali musiqachilar zimmalariga yuklashni talab etar edi. Bundaylar esa orkestrning birinchi skripkachisi yoki orkestrda
1 Elizabeth A.H.Green. The modern conductor. New Jersey, Prentice Hall, 2007. P. 144-145
2 Demaree, Robert W., Jr., and Don V Moses. The complete Conductor. Englewood. Cliffs, N.J.: Prentice hall, 2005.-P.85.
uyg'unlikni ta'minlovchi chembalo partiyasini ijro etuvchi sozandalar bo'lgan. Ba'zan bu vazifani ularning 'ar ikkalasi birgalashib bajarganlar. Ya'ni, chembalachi yakkaxonlar va xorni boshqarsa, birinchi skripkachi esa orkestrni boshqarardi. Bu tarzdagi boshqaruv ham dirijyorlik edi, biroq unda bu ish hozirgi ahamiyati va shakliga ega emasdi. Dirijyorlik san'ati rivojlanishining bu bosqichidagi o'ziga xoslik xususiyati - orkestrni uning a'zosi bo'lgan musiqachilar boshqarishidan iborat edi.
"Dirijyor" so'zi turli tillarda turlicha talaffuz qilinadi: nemislar "Dirident", italyanlar "Diridente", fransuzlar "Shef orkestre", inglizlar "Konduktor" deydilar.
Hikoya qilishlaricha, Rixard Vagnerdan keyingi davrlarning eng buyuk dirijyorlaridan sanalgan Gans Rixter (1843-1913), Vena opera teatrining bosh dirijyori paytida, repetitsiya vaqtida kontrabaschining xatosini ko'rib, unga qo'pol tarzda tanbeh bergan. Shunda musiqachi: "Siz haqsiz, men xato qildim, biroq bunga qo'pol tanbeh bermasangiz bo'lardi. Agar sizning tayoqchangiz uchida qo'ng'iroqchasi bo'lganda bormi, biz ham ba 'zida noto 'g 'ri harakat tovushlarni eshitgan bo'lardik!" Darhaqiqat, orkestr a'zolari dirijyor xatolarini "eshitib" turadilar, lekin doim emas. Dirijyor xatosini faqat uni kuzata turib, noto'g'ri harakatini ko'rib qolgan kishigina anglashi mumkin3.
Har qaysi tilda ham bu so'z rahbar, boshliq, direktor ma'nosini anglatadi. Shunday qilib, dirijyor bu - orkestr jamoasining rahbaridir. O'z vaqtida Gektor Berlioz uquvsiz pianinochi yoki xonanda ijrosiga chidash mumkin, lekin asar maromini va orkestr jarangini his qilmagan, uyg'unlikni anglamagan, musiqachilarga halal berayotgan dirijyor qancha tashvish orttirishini tasavvur qilish qiyinligini ta'kidlab o'tgan edi...
Dunyo xalqlarining ma'naviy - madaniy hayotida zamonaviy tendensiyalar asosida yaratilgan musiqaning tutgan o'rni.
G'arb mamlakatlarida bastakorlik san 'ati. Qadimda ijtimoiy hayotning diniy qonun-qoidalar bilan belgilanishi, musiqaning asosan cherkovlarda rivojlanishi bois, kompozitorlik ijodiyotining asosan diniy mavzularda aks etishi kuzatiladi. Diniy cheklovlar insonlarning yurish-turishiga bo'lgan jiddiy yondashuvlar musiqada ham yaqqol kuzatiladi. Garmoniya, ritm va melodik yo'llarning oddiyligi cherkovning talabi bilan belgilanadi.
Qadimgi risolalar, adabiy yodgorliklar, afsona va rivoyatlarda berilgan ma'lumotlarda keltirilishicha, musiqa yaratish jarayoni kuchli hissiy ta'sir bilan teng. Insoniyat va hayvonotga ijobiy ta'sir ko'rsatish hamda ilohiy dunyoga ma'qul kelish -musiqaning maqsadi hisoblangan. Go'zallik va uyg'unlik qonuni musiqaga kosmosdan kirib kelgan bo'lib, badiiy uslubga asos bo'lgan. Badiiy uslubning o'zi esa aqliy va hissiy birlikni o'zida teng hissada jam etgan.
3 Elizabeth A.H.Green. The modern conductor. New Jersey, Prentice Hall, 2007. P. 44
PfccVii^^Bl 179 ISSN 2181-063X/Impact Factor 4.047 (SJIF 2021)
Ijodiy uslubda esa, yuqorida aytilgan badihago'ylik katta ahamiyat kasb etgan. Badihago'ylik bilan ijodiy uslub o'rtasidagi uzviy bog'liqlik Markaziy Osiyoning maqom madaniyatida yaqqol ko'zga tashlanadi. Yaratib bo'lingan va hatto yozib olingan musiqaning ijrosida variantlarning paydo bo'lishiga nafaqat musiqiy yozuvning nomukammalligi, balki, birlamchi variantni o'zgartirish bo'yicha izlanishlarning mavjud bo'lishi ham sabab bo'lgan. Tugal badiiy asar bo'lgan Kompozitsiya tushunchasi mavjud bo'lmagan davrda mana shunday ijodiy holat odatiy hisoblangan.
Barcha qadimiy sivilizatsiyalar qo'lga kiritgan musiqa san'ati yutuqlari o'rta asr yevropa musiqasining rivojiga poydevor tayyorladiki, bu davrda musiqada mualliflik ijodiyoti butkul shakllandi.
Bastakorlik san'atiga oid janrlarning rivojlanishi (Sharq va G'arb). Sharqda maqom san'atining rivojlanishi. Duvozdahmaqom 12-asrga tegishli musiqiy-badiiy turkum. Bastakorlik san'atining cholg'u sohadagi rivojlanishi. Bastakorlik san'atining aytim sohadagi rivojlanishi. G'arbda polifonik shakllarning yuzaga kelishi. Garmoniya ta'limotining vujudga kelishi. Ilk operalar. Monteverdi operalari. Vagner, Glyukning opera islohoti. Cholg'u konsertlarining rivojlanishi.
Dirijyorlik san'atining o'ziga xos tomonlari. San'at - bu insonga xos shunday faoliyat turiki, uning vositasida bir inson o'z boshidan kechirayotgan hissiyotlarni tashqi belgilar orqali boshqalarga yetkazadi, ular esa bu hissiyotni o'z qalblariga ko'chiradilar, dildan xis etadilar». Bu e'tirof dirijyorlik san'atiga bevosita taalluqlidir. Bunda dirijyorning emotsional ta'sir kuchi, uning boshqalarga hissiyotlarni yetkaza bilish qobiliyati muhim ahamiyat kasb etadi. Avvalo u o'z hissiyoti bilan orkestrni rom etishi, so'ng esa u bilan birga tinglovchilarni sehrlab qo'yishi darkor. Aynan emotsional ta'sir ko'rsata olish hususiyati ko'p jihatdan dirijyorning iste'dodi, uning artistlik mahorati va ishi sifatini belgilaydi. Boshqalarga o'z hissiyotini yetkaza bilish qobiliyati dirijyor ijodining mustaqilligi, qolaversa - ilhom belgisidir. Tom ma'nodagi ilhom - bu emotsional samimiylik, chuqur intellekt, san'atkorona temperament, idrok, erkinlik va intizom, o'zini boshqarish, yuksak mahorat, va nihoyat bu haqiqiy yorqin iste'dod hamda aqliy mehnat demakdir. Shu o'rinda ajoyib dirijyor A.M.Pazovskiyning «Dirijyor qaydlari» kitobidan Artur Toskanini haqidagi quyidagi mulohazalarni keltirish joiz:
"Shaxsan mening fikrimcha, Arturo Toskanini zamonamiz dirijyorlik san 'atining engyuksak cho'qqisiga erishgan insondir. Uning daholigi, ulkan iroda kuchi, romantik insonga xos individuallik va hissiyotchanligi, muallif matnini yorqin va o'ziga xos tarzda o'qiy bilishi, o'zining artistlik qobiliyatini kompozitor shaxsiyati va musiqasi bilan uyg'unlashtira olishi, bu musiqaningobrazliliginiyanada chuqurlashtirib, uning shaklini kamol toptirishdan iboratdir".
O'z vaqtida Sharl Myunsh: "Agar dirijyor ichki hissiyot kuchiga, orkestr a 'zolari va tinglovchilarni sexrlab qo'yishga qodir ohanraboga ega bo'lmasa, unda xatto 15 yillik mehnat va o'qish jarayoni ham insonning dirijyor bo'lishiga yordam bera olmaydi"4 - deya e'tirof etganda mutlaqo haq edi. Shu bois dirijyorning o'zi avvalo musiqiy asarning g'oya va mohiyatini chuqur anglashi, shundan so'nggina uni orkestrga yetkazib, musiqachilar uning maqsadlarini amalga oshirishlariga erishishi lozim. Dirijyor partituradagi unsiz nota belgilariga hayot ato etishi lozim. Bunda u musiqani to'g'ri talqin etishi zarur. O'z ishini yaxshi bilmaydigan yoki iste'dodsiz dirijyor tomoshabin oldida hattoki eng ajoyib musiqiy asarni ham barbod qilishi mumkin. Ayniqsa, asar yangi, xali ko'pchilikka notanish asar bo'lsa. Shuning uchun yangi asarni ijro etishda dirijyor juda ehtiyot bo'lishi kerak. Chunki uni avval eshitmagan tinglovchi dirijyor xatolarini bastakorniki deb o'ylashi mumkin.
Albatta, har qanday eng mahoratli, yuksak iqtidor sohibi bo'lgan dirijyor ham yomon musiqani yaxshi qilolmaydi. Biroq musiqiy asarning noyob tomonlarini ochib berish, yoki muallif g'oyasini buzib ko'rsatgan holda, bunday hususiyatlarni yashirish - faqat dirijyorga bog'liq. Shu bois Rimskiy-Korsakovning: "Dirijyorlik - qorong'u ish" degan iborasi qaysidir ma'noda shu kungacha o'z dolzarbligini yo'qotmagan. Garchi o'sha paytlardayoq Rimskiy-Korsakovga javoban, Ippolitov-Ivanov: - Bu ish faqat dirijyorlik texnikasi asoslari bilan tanish bo'lmaganlargagina "Qorong'u ekanligini " aytgan bo'lsada, bunday asoslarni nazariy jihatdan ishlab chiqish ishi to'liq yakunlangan deyish qiyin. Barcha musiqachilar kabi, dirijyor ham musiqaning elementar nazariyasini, solfedjio, garmoniya, polifoniya, musiqiy asarlar tahlilini yaxshi bilishi kerak. Shuningdek u inson ovozi haqida umumiy ma'lumotlarga ega bo'lishi, cholg'ushunoslik, musiqa tarixi, estetika va boshqa kerakli sohalardan bohabar bo'lmog'i lozim.
Dirijyor orkestr yoki xorga nisbatan rahbar, o'qituvchi, instruktor bo'lishini ham unutmasligi kerak. Bu mezonlar dirijyor hoh yosh, hoh qari, tajribali yoki o'z faoliyatini endi boshlayotgan bo'lsin - barchasiga barobar tegishlidir. Albatta, dirijyorlik tajribasini amaliy faoliyatsiz to'plab bo'lmaydi. Biroq, bu faoliyatdan oldin, ya'ni boshlovchi dirijyor orkestr yoki xor qarshisida turish huquqini qo'lga kiritguncha qilinishi lozim bo'lgan ishlar ko'p. Buning uchun endi faoliyat boshlayotgan dirijyor alohida qobiliyatga ega bo'lishi kerak, bu - o'ta muhimdir. Bundan tashqari u yaxshi musiqachi bo'lishi, ya'ni musiqiy madaniyat va bilimga ega bo'lishi lozim.
Musiqa sadolarini yaxshi ilg'ash, ritm va temp hissi, musiqiy shakl va uslubni tushunish qobiliyati, musiqiy did, meyor hissi, musiqiy xotira, temperament va tasavvur kabi ijrochi-musiqachilarga xos xususiyatlardan tashqari dirijyor yana bir qator alohida jihatlarga ham ega bo'lishi darkor. Bu avvalo qo'llarning maqsadga
4 Elizabeth A.H.Green. The modern conductor. New Jersey, Prentice Hall, 2007. P. 73.
PfccVii^^Bl 181 ISSN 2181-063X/Impact Factor 4.047 (SJIF 2021)
muvofiq va ohista harakatlari hamda shunga yarasha yuz ifodasi yordamida orkestr yoki xor a'zolariga musiqiy asarning mohiyatini yetkaza olishdir. Bunda dirijyor o'zini nazorat qila bilishi, har qanday vaziyatda tezkor va ifodali bo'lishi lozim.
Bularning bari dirijyorga musiqa asarlarini tinglovchi oldida ijro etilayotgan paytda yuzaga kelishi mumkin bo'lgan og'ir vaziyatlardan muvaffaqiyat bilan chiqib ketishi uchun kerak bo'ladi. Dirijyorda tashabbuskorlik, qat'iyatlilik, intizomlilik, tashkilotchilik iste'dodi uyg'unlashgan bo'lib, shu bilan birga jamoaga nisbatan hushmuomalalik, osoyishtalik va chuqur his eta bilish quvvati namoyon bo'lishi kerak. Orkestr yoki xor bilan yaxshi ishlash uchun dirijyor ziyrak va oqil pedagog-tarbiyachi bo'lishi lozim. Bunga qo'shimcha qilib shuni aytish mumkinki, mardlik, halollik va prinsipiallik kabi xususiyatlarsiz, haqiqiy dirijyorni tasavvur qilib bo'lmaydi.
Repetitsiyalarda dirijyor orkestrni u yoki bu musiqiy asarni ijro etishga tayyorlaydi. Bunda har bir orkestr yoki xor jamoasi o'ziga xos xususiyatlarga ega ekanligini hisobga olish zarur. Shu bois dirijyor oldida turgan vazifalar ko'p bo'ladi-yu, unga ajratilgan vaqt esa kam bo'ladi. Qisqa vaqt ichida orkestrga kerak bo'lgan hamma narsaga ulgurish lozim. Biroq, dirijyorning o'zi ham repetitsiyaga muxtoj-ku, ayniqsa agar orkestr bilan yangi musiqiy asarni birinchi bor mashq qilayotgan bo'lsa.
Agar dirijyor faqat orkestr uchun qayg'urib o'zi ustida ishlash haqida unutib qo'ysa, ya'ni o'zini nazorat qilishdan to'xtasa bu uning xatosidir. Agar dirijyor o'zi haqidagina o'ylab, orkestrni tashlab qo'ysa, undan-da noto'g'ri yo'l tutgan bo'ladi. Bordi-yu, dirijyor orkestr haqida o'ylamasa, o'zining dirijyorligi haqida unitib qo'ysa va faqat shunday bo'lishi kerakligi uchungina, majburan ishlasa yoki xotirasini sinash maqsadida yoddan dirijyorlik qilib, o'z harakatlarining "goZalligi"ga mahliyolik tuyg'usi bilan yashasa bundan yomoni bo'lmaydi.
Hikoya qilishlaricha, Rixard Vagnerdan keyingi davrlarning eng buyuk dirijyorlaridan sanalgan Gans Rixter (1843-1913), Vena opera teatrining bosh dirijyori paytida, repetitsiya vaqtida kontrabaschining xatosini ko'rib, unga qo'pol tarzda tanbeh bergan. Shunda musiqachi: "Siz haqsiz, men xato qildim, biroq bunga qo'pol tanbeh bermasangiz bo'lardi. Agar sizning tayoqchangiz uchida qo'ng'iroqchasi bo'lganda bormi, biz ham ba 'zida noto 'g 'ri harakat tovushlarni eshitgan bo'lardik!" Darhaqiqat, orkestr a'zolari dirijyor xatolarini «eshitib» turadilar, lekin doim emas. Dirijyor xatosini faqat uni kuzata turib, noto'g'ri harakatini ko'rib qolgan kishigina anglashi mumkin.
O'z vaqtida Gektor Berlioz uquvsiz pianinochi yoki xonanda ijrosiga chidash mumkin, lekin asar maromini va orkestr jarangini his qilmagan, uyg'unlikni anglamagan, musiqachilarga halal berayotgan dirijyor qancha tashvish orttirishini tasavvur qilish qiyinligini ta'kidlab o'tgan edi. Shu bois, musiqiy va kasbiga xos qobiliyatlardan tashqari dirijyor tartibli inson bo'lib, reja bo'yicha ishlashi, repetitsiya maromi va muxitini to'g'ri tashkil eta bilishi lozim.
Ko'rinib turibdiki, dirijyorning vazifalari juda ko'p va mas'uliyatli, Xo'sh, musiqa san'ati oldida shunchalik katta mas'uliyatli bo'lgan san'atkor qanday fazilatlar egasi bo'lishi kerak? Dirijyor va orkestr o'rtasida «ko'zga ko'rinmas aloqa» vujudga kelishi uchun zarur bo'ladigan intellektual, badiiy-ijodiy, professional va insoniy fazilatlarning ko'pqirrali majmuasi nimalardan tarkib topadi?
Bu avvalo - keng ko'lamli musiqiy bilimlardir. Dirijyor ko'p musiqiy asarlar -ularning shakli, turli davrlarga xos musiqiy tilning xususiyatlarini bilishi kerak. Orkestrning har bir musiqachisi qanday muammoga duch kelishi va uni bartaraf etish yo'lini tushunish uchun orkestrning har bir musiqa cholg'usini yaxshi bilishi shart. Dirijyor orkestr partiturasini erkin o'qiy olishi, musiqa tarixi soxasida keng bilim va dunyoqarashga ega bo'lishi kerak.
Bundan tashqari, agar tartib bilan sanab o'tsak, "iste'dod" deb atashga o'rganganimiz - asosiy ifoda vositalariga kiruvchi musiqiy eshitish, xotira, temperament, tasavvur qilish qobiliyati, musiqiy shakl va ansambl hissi, urg'u sezgirligi, qo'llar va yuzning tabiiy harakatchanligi, bularning hammasi dirijyorga orkestr a'zolariga o'zining badiiy maqsadlarini yetkazishga yordam beruvchi vositalardir. Xuddi shu fazilatlar kabi, dirijyor qalbida doimo metroritm hissiyoti yashaydi. Bu hissiyot musiqaga shakl, hayot, harakat va rivojlanish beradi, Agar dirijyorda texnika iste'dodi bo'lsa, unda uning egiluvchan qo'llari va yuzining, ayniqsa ko'zlarining ma'nodor ifodasi bilan uyg'unlashsa, dirijyorning ajoyib va betakror «tili»ga aylanadi. U ana shu tilidan qanchalik unumli foydalansa, o'zining badiiy maqsadlariga shunchalik tez va aniq yetaoladi. Agar dirijyorning texnikasi yomon bo'lsa, dirijyorga musiqaning nozik qochirimlarini, o'zgarishlarini ifoda etishga xalal beribgina qolmay, unga taktni bir maromda chalishga imkon ham bermaydi.
Ba'zi dirijyorlarning qo'l harakatlari erkin va plastik bo'lsada, ijrochilar ularni baribir tushunmaydilar. Buni shunday izohlash mumkin, ular o'zlarining chiroyli qo'l harakatlari bilan ma'no ifoda eta olmaydilar. Shu bois dirijyorga qo'l harakatlarining tashqi chiroyi emas, balki ularning ma'nodorligi va ishontiruvchanligi muhim. Buning eng yaxshi isboti sifatida buyuk rus kompozitori Pyotr Chaykovskiyning ajoyib dirijyor Artur Nikish haqida quyidagi so'zlarini keltirish joiz: "Uning dirijyorligi, -deb yozadi P.I.Chaykovskiy, - Gans Fon Byulovning ta 'sirchan va o'ziga xos usuliga mutlaqo o'xshamaydi, Fon Byulov qanchalik harakatchan, notinch va ko'zga tashlanuvchi harakatlari ta 'sirchan bo'lsa, janob Nikish shunchalik xotirjam va nafis, ortiqcha harakatlardan xolidir. Shu bilan birga janob Nikish hayratlanarli darajada kuchli, hukmronlik tuyg'usiga to'liq va o'ta irodalidir. U bamisoli dirijyorlik qilayotgandek emas, balki qandaydir sirli ilhom ta'sirida harakatlanayotgandek, ohanglar og'ushida suzayotgandek tuyuladi kishiga. U diqqatni qo'p ham jalb qilavermaydi, chunki e'tiborni o'ziga tortmaslikka harakat qiladi. Vaholanki, orkestrning ulkan jamoasi, mahoratli ustaning qo'lidagi bir cholg'udek, uning
hukmida ekanini, to'liq bo'ysunayotganini sezasiz. Orkestrni boshqarayotgan bu rahbar - 30 yoshlar chamasidagi rangpar, chaqnoq ko'zli yigit sehrli kuchga egadek tuyuladi. Bu kuch ta 'sirida orkestr, goh minglab Ierixon karnaylaridek gumburlaydi, goh kaptardek mayin ovoz chiqaradi, gohida esa sehrlab qo'yuvchi sirlilik og'ushiga sizni batamom bog'lab qo'yadi. Bularning barchasi tinglovchilar o'ziga bo'ysinuvchi orkestr ustida xotirjam hukmronlik qilayotgan bu kichkinagina kapelmeysterga e'tibor ham bermaydigan tarzda amalga oshiriladi. Menimcha, bu - ideal! ".
Uslublar, yangi milliy musiqa maktablarining paydo bo'lishi va rivojlanishi. Barokko davrida - Kavaleri, Monteverdi, Ramo, Gendel, Pyorsel ijodi barchaga ma'lum bo'ldi. I.S.Bax ijodiy izlanishlari yuksaklarga ko'tarildi..
Klassitsizm davrida - Gaydn, Motsart, Betxoven ijodi jahonga tanildi. Romantizm davrining ijodkorlari - Shopen, Shuman, Shubert, List ijodi ravnaq topdi. Impressionizm davrining eng ulug', barchaga ma'qul ijodkorlari Debyussi va Ravel bo'ldi.
Ekspressionizm davrida - K.Penderetskiy, G.Maler, R.Shtraus ijod qilishdi. Arnold Shyonberg rahbarlik qilgan Yangi Vena maktabi tashkil topdi. Bular, A.Shyonberg (rahbar), A.Berg va A.Veberndir. O'z ijodini kechki romantizm davriga yaqin bo'lgan asarlarni yaratishdan boshlagan A.Shyonberg romantik idealni rad etish orqali xavf-xatar hissi, atrof-muhitga nisbatan qo'rqinch, umidsizlik va ishonchsizlik ruhi bilan yo'g'rilgan badiiy-g'oyaviy obrazni ifoda etishga kirishdi...
XX asrning 1-choragidan boshlab jahon musiqa san'ati ham barcha san'atlar qatorida dunyo miqyosida bo'layotgan siyosiy tortishuvlar asnosida o'zgarishlarga yuz tutdi. Zamonaviy musiqa - avangard musiqa sifatida bosqichma-bosqich rivojlanish pog'onalarini boshdan kechirdi. Yangi kompozitorlik texnologiyalari, uslublari, yangi milliy musiqa maktablarining paydo bo'lishi va rivojlanishi kuzatildi. Natijada, hozirgi zamonda vujudga kelgan, endi biz biladigan yangi gibrit janrlar, yangicha shakl va uslublarda yaratilgan asarlar meros bo'lib qoldi. XXI asrda ham avangard musiqa yo'nalishida ijod qilayotgan ko'plab yangi avlod kompozitorlar bu ishlarni yuqori darajada davom ettirishmoqda.
XX asr musiqasida shakl va uslublar xilma-xilligi, uslublar plyuralizmi, musiqiy til evolyusiyasi va uning shakl hosil qilish mexanizmiga ta'siri kabi yangi tushunchalar ham paydo bo'ldi...
Dirijyor - katta bilim va tajribaga ega ijodkor, tashkilotchi va boshqaruvchi sifatida. Taniqli dirijyor Oskar Frid aytganidek, "eng nozik musiqiy tasavvurlarni ilg'ashga qodir yurak bilan tug'ilish kerak, ana shu tasavvurlarni g'oyalarga aylantirishga qodir aqlni tarbiyalash zarur, bu g'oyalarni orkestrgayetkazish uchun esa kuchli qo'lga ega bo'lish lozim". Mohir dirijyorning san'atini orkestrdan ajratib bo'lmaydi deganimizda, biz avvalo uning ijrochilar jamoasini ko'ptovushli va rang-barang yagona musiqa asbobi sifatida qabul qila olish qobiliyatini nazarda tutamiz.
Ana shu yagona musiqiy asbob - tirik, o'ziga xos tarzda fikr yurituvchi, his qiluvchi va yaratuvchi ijodkor - musiqachilar guruhidan iborat ekanligini doimo esda tutish kerak. Orkestr jamoasiga uyg'unlashib ketish, butun vujudi ila u bilan nafas olish, kuylash, ijro etishga qodir bo'lmagan musiqachi mohir dirijyor bo'la olmaydi.
"Yaxshi xotira - dirijyorning asosiy va engyaxshi fazilatlaridan biridir", - degan edi Sharl Myunsh. Bu borada Nikolay Anosov Balakirev bilan sodir bo'lgan voqyeani misol qilib keltiradi: "O'z navbatida ajoyib pianinochi ham bo'lgan Balakirevning dirijyorlik fazilatlari uning zamondoshlari bo'lgan bastakorlarning rus musiqa shinavandalari orasida ommaviylashuviga ko'p jixatdan ko'maklashdi. Balakirev tomonidan M.I.Glinkaning "Ruslan va Lyudmila" operasini Pragada sahnalashtirilganligi ham bu borada katta ahamiyat kasb etdi. Bu postanovka bilan bog'liq qiziqarli voqyeani eslab o'tmasdan iloj yo'q. Premera arafasida "Ruslan va Lyudmila" partiturasi g'oyib bo'ldi va umuman topilmadi. Biroq bu spektakl muvaffaqiyatiga zarracha putur yetkazmadi - Balakirev butun operani yoddan bilgani uchun bemalol o'tkaza oldi."
Dirijyor navo, xirgoyi va ritm hissiga ega bo'lishi lozim. Qachonlardir Vagner musiqiy jumlani mantiqan xirgoyi qilib berishni bilmagan dirijyor, to'g'ri tempo-ritmni ham topa olmasligini, musiqaning o'zi esa uning uchun qandaydir mavhum, grammatika, arifmetika va gimnastika o'rtasidagi qandaydir mujmal narsa ekanligini qayd etgandi. Bu juda to'g'ri. Musiqiy asarning navosini his qilish - musiqaning go'zalligini anglash va uning barcha nozik harakatlari plastikasini ilg'ash, asarning obrazlilik ruhiyati va uslubiga singib ketishning eng qisqa yo'lidir. Aynan navoni his qilish orqali dirijyor yengil va tabiiy tarzda jamoaviy ijod jarayoniga singib ketadi. Dirijyorning obrazli tasavvuri kuchli bo'lishi ham juda muhim, negaki bitta musiqa turli insonlarda har xil tasavvurlarni vujudga keltiradi. Kompozitor yaratgan musiqa o'zida mujassam etgan barcha narsalarni qanday qilib anglash va tasavvurda tiklash mumkin? Mana shunda dirijyorning ijodiy fantaziyasi va uning obrazli-shoirona fikrlash qobiliyati qo'l keladi. Muallifga ishongan holda uning ketidan borar ekan, ijro etilayotgan asar g'oyasiga tayanib, dirijyor o'z tasavvurida uning mohiyatini tiklaydi, uni aniq obrazlar orqali ko'ra oladi. Kompozitor uslubini yaxshi bilish, muallif g'oyasini anglab yetish, nihoyat yaxshi va nozik did, musiqachini asarga xos bo'lmagan mohiyatini tiqishtirishdan saqlaydi, musiqiy asar talqini tabiiy va haqqoniy bo'lishini ta'minlaydi.
"Ajoyib, yuksak darajada iqtidorli, xatto buyuk musiqachi - kompozitor, pianinochi, skripkachiyoki boshqa ijrochi bo'lish mumkin-u, iste'dodningilg'ash qiyin bo'lgan va faqat ayrim musiqachilarning dirijyor bo'la olishiga sabab bo'luvchi alohida fazilatlarga ega bo'lmaslik mumkin. Bunga misollar talaygina: xususan, Chaykovskiy, Taneev, Debyussi, Rimskiy-Korsakov kabi bastakorlar, Izai, Venyavskiy, Kazane kabi ijrochilar va boshqalarni sanab o'tish mumkin-ki, ularning kompozitorlik
yoki ijrochilik mahoratini dirijyorlik san 'ati bilan taqqoslab bo'lmasligini ko'rishimiz mumkin. Shu bilan birga Vagner, Berlioz, Raxmaninov, Maler kabi ajoyib kompozitorlar, Byulov, Karlo Sekki kabi pianinochilar o'zlarida alohida dirijyorlik qobiliyati bo'lgani uchun mohir dirijyor bo'la oldilar", - deb yozgan edi Nikolay Anosov.
Dirijyorning vazifasi - orkestrni o'z irodasiga bo'ysundirgan holda barcha musiqachilarning musiqani yakdil his qilishini ta'minlash, ularni birlashtirib, yuzta turli shaxsdan o'zining har bir harakatiga qarab ish tutuvchi yagona jamoa, organizm yaratishdan iborat. Bunda quvonchli ijod hayajoni, ijodkorga xos va uni san'atga ruhlantiruvchi ko'tarinkilikni asabiylikdan farqlash joiz. Zero ijodiy hayajonda doimo o'zini tuta bilish, yaxshi kayfiyat, ijodga berilib, sho'ng'ib ketish hamroh bo'lsa, asabiylik o'ziga ishonmaslik, quyushqondan chiqib ketish kabi salbiy oqibatlarga olib keladi.
O'zini qo'lga ola bilish qobiliyati, bor mahoratni ishga solish, mavjud bilimlardan to'g'ri foydalanishning birinchi shartidir. Shu bois ijrochining ijodiy xarorati, ya'ni uning artistik temperamenti xususiyatlari va undan foydalana olish qobiliyati musiqa ijrochisiga ta'sir qilmay qolmaydi. Ijro jarayonida ana shu "ijodiy harorat chegaralari" juda aniq belgilanishi lozim. Haddan ziyod yuqori harorat asabiylashuvga, badiiy pulsning noaniq bo'lishiga, juda past harorat esa ijodiy jarayonning jonsizlanib, samarasiz bo'lishiga olib keladi. Bulardan birinchisi ijrochini ijodiy jihatdan o'zini qo'lga ola bilishdan maxrum qiladi, ikkinchisi esa hissiyotlarni yo'qqa chiqaradi.
Dirijyorning mahorati ijroni ifodalay bilishi, unga munosib harakat bilan silliq o'tadigan va aniq auftakt bera olishi bilan bog'liq. Cholg'ularning alohida guruhlari yoki butun orkestrga ijro ifodasini ko'rsatishdek muhim yana bir jihat musiqiy qurilmalar - epizod, jumla, turli melodik chiziqlarning boshlanishini ko'rsatishdir. Ijroni anglatuvchi qo'l harakati uchun oldin bo'ladigan auftakt kabi tabiatni juda aniq, faol, yorqin ko'rimli bo'lishi kerak. U boshqa qo'l harakatlaridan ajralib turishi lozim.
Zamonaviy dirijyorlik tili - yuz ifodasi va qo'l harakati tili sifatida insonning ko'p asrlik tajribasi bilan sinalgan muloqot vositasidan foydalanib, shakllangan. Qo'l harakati va yuz ifodasi tili hammaga tushunarli, serma'no va boydir. U darhol qaytariluvchi emotsional javobga sabab bo'ladi. Qo'l harakatlari katta hissiy - obrazli ifoda kuchiga ega: ular jaxldor yoki muloyim, so'roq yoki tasdiqlovchi, iltimos qiluvchi yoki rad etuvchi, da'vatkor yoki taklif qiluvchi, kutib oluvchi yoki hayratlanuvchi, ogohlantiruvchi yoki tahdid qiluvchi bo'lishi mumkin va xokazo. Ijro etilayotgan musiqaning obrazli - emotsional mohiyatiga qarab, u yoki bu ma'noli harakat tanlanadi.
Mimika - dirijyorning obrazli firklashi naqadar yorqin va aniqligini namoyon etuvchi omildir. U - ma'nodor qo'l harakatining doimiy hamrohidir. Zero, qo'l
harakatiga hamroh bo'lgan nigoh uni ruhlantiribgina qolmay, uning ta'sirini kuchaytirib, birinchi navbatda bu harakat mo'ljallanganini ham bildiradi. Agar yuz ifodasiz bo'lsa, xatto eng aniq va nozik qo'l harakati ham kerakli badiiy ta'sirga ega bo'la olmaydi. Hattoki ba'zi hollarda mimika qo'l harakatini ortda qoldirib, asosiy ma'no kasb etadi.
"Ohang mazmunini oldindan ilg'ab, mag'zini chaqib, har bir musiqiy cholg'uning tovushini yaxshi tushunishga, qulog'ingni ularga xos pardalarni ajrata bilishga o'rgat", - Robert Shumanning bu o'g'itini har bir dirijyor doimo esda tutishi kerak. Nozik, yaxshi «sozlangan» tembral eshitish qobiliyati (tembralniy slux) dirijyor kasbida juda katta ahamiyat kasb etadi. U dirijyorni har bir ijrochining ijodiy sayi harakatini nafaqat ulardagi mahorat va iqtidordan, balki sozning muayyan imkoniyatlaridan kelib chiqib aniq va to'g'ri yo'naltira bilishga qodirlik darajasini ko'rsatadi. Shuni bilish qobiliyati o'ta muhim jihatlardan biridir.
O'z vaqtida Sharl Myunsh: "Agar dirijyor ichki hissiyot kuchiga, orkestr a 'zolari va tinglovchilarni sexrlab qo'yishga qodir ohanraboga ega bo'lmasa, unda xatto 15 yillik mehnat va o'qish jarayoni ham insonning dirijyor bo'lishiga yordam bera olmaydi", - deya e'tirof etganda mutlaqo haq edi.
Dirijyor ijro etilayotgan kompozitor asarini juda yaxshi bilishi, nota materialini yaxshi yodlab va o'rganib olishi kerak. Biroq, kompozitorning badiiy maslagi va maqsadlarini tushunib, ochib berish uchun uning nota yozuvi zamirida yotgan tub ma 'noni chuqur anglashi lozim.
Xulosa.
Asarni ko'z bilan o'rganish maqsadga muvofiq emas, uni ichki eshitish qobiliyati bilan idrok qilish, his etish va urg'u bera bilish kerak. "Partiturani ijro etishdan oldin uni ichki hissiyot bilan o'rganuvchi va orkestr repetitsiyasi boshlanguncha tinglanadigan narsani aniq biluvchi dirijyor - juda chuqur ijodiy hodisadir. Zero, bunday dirijyor musiqani ijodiy tafakkuryoki fikr sifatida namoyon etadi, u dirijyorlik texnikasini puxta o'zlashtirgan bo'ladi. Dirijyorlik texnikasi esa, mohiyati, ijrochilar jamoasiga ma 'lum tashqi belgilar orqali o'zining niyatlari va maqsadlarini yetkazish va ularda o'zinikidek hissiyotlar uyg'otishdan iborat", - deya ta'kidlaganda yanglishmagan edi B.V.Asafev. Pultda turgan dirijyorning o'zini tutishi, qo'l harakati, yuz ifodasi, ko'z nigohining ma'nodorligi, tabiiyligi yoki aksinchalik - bularning barchasi ijrochilar jamoasi tomonidan ajoyib sezgirlik va aniqlik bilan qabul qilinadi. Bularning barisi dirijyorning ijrochilarga tashqi ta'sir vositalari - uning texnikasi va tom ma'noda chegarasiz bo'lgan ifoda imkoniyatlarini tashkil qiladi.
Foydalangan adabiyotlar
1. Marufjon, R. (2022). A Matter of Rhythm in Oriental Classical Music. Pioneer: Journal of Advanced Research and Scientific Progress, 1(6), 80-84.
2. Маъруфжон Мамиржон Угли Расулов, & С.М.Бегматов (2022). МАКРМЛАРДА УСУЛЛАР УРНИ ВА АДАМИЯТИ (ФАРГОНА ТОШКЕНТ МАВДМ ЙУЛЛАРИ УСУЛЛАРИ МИСОЛИДА). Oriental Art and Culture, 3 (2), 810-821.
3. Marufjon, R., & Begmatov, S. M. (2023). Music by Uzbek Mumtaz Shashmaqom. CENTRAL ASIAN JOURNAL OF ARTS AND DESIGN, 4(1), 33-36.
4. Акбаров И. Мусикд лугати. Тшкент. 1997 й.
5. Абдуллаев Р. Узбек мумтоз мусикдси Тошкент: 2008 й.
6. Виноградов В.С. Классические традиции Иранской музыки.
7. Гафурбеков Т. Фолклорные истоки узбекского профессионального творчества. Тошкент: "Укитувчи",1984 й.
8. Джами Абдурахман. Трактат о музыке. /Пер. С перс. А.Н.Болдырева. коммент. В.М.Беляева. Тошкент. 1960 й.
9. Жабборов А. Узбекистон бастакорлари ва мусикдшунослари. Тошкент: "Янги аср авлоди", 2004 й.
10. Ибн Сино Абу Али. Жавомиъ ил мул-мусикдй. ^охдра , 1956 г.
11. Маъруфжон Мамиржон Угли Расулов (2023). ШАШМА^ОМ УСУЛЛАРИ ДАВИДА. Oriental Art and Culture, 4 (2), 729-735.
12. Abdumutalibovich, A. M. (2020). Methods of working with studies in piano lessons at the University. Asian Journal of Multidimensional Research (AJMR), 9(7), 49-55. Retrieved from https: //www.indianj ournals.com/ij or.aspx?target=ij or: aj mr&volume=9&issue=7&arti cle=007 Article DOI: 10.5958/2278-4853.2020.00229.3
13. Abdumutalibovich, A. M. (2020). The art of musical culture in medieval period in central asia (V-XV centuries). Asian Journal of Multidimensional Research (AJMR), 9(8), 48-51. Retrieved from https: //www.indianj ournals.com/ij or.aspx?target=ij or: aj mr&volume=9&issue=8&arti cle=007 Article DOI: 10.5958/2278-4853.2020.00242.6
14. Abdumutalibovich, A. M. (2021). Working on the Artistic Characteristics of Performance in the Teaching of Instruments and Ensemble for Students of Higher Education Music. International Journal on Integrated Education, 4(11), 38-41. Retrieved from https://journals.researchparks.org/index.php/IJIE/article/view/2362 Article DOI: https://doi.org/10.31149/ijie.v4i11.2362
15. Abdumutalibovich, M. A. (2021). To Raise Awareness of Students of Higher Education in the Field of Uzbek Folk Music from the Culture of the Ancient East to the Present Day. International Journal on Orange Technologies, 3(12), 91-97. https://doi.org/10.31149/ijot.v3i12.2484
16. Abdumutalibovich, M. A. (2022). Analysis of the stages of historical development of Uzbek folklore. Gospodarka i Innowacje., 23, 232-241. Retrieved from http: //www. go spodarkainnowacj e. pl/index.php/poland/article/view/370
17. Abdumutalibovich, M. A. (2022). HISTORY OF MUSICAL SCIENTISTS OF UZBEKISTAN. Gospodarka i Innowacje., 23, 242-248. Retrieved from http: //www. go spodarkainnowacj e. pl/index.php/poland/article/view/3 71
18. Abdumutalibovich, M. A. (2022). HISTORY OF MUSICAL SCIENTISTS OF UZBEKISTAN. Gospodarka i Innowacje., 23, 242-248. Retrieved from http: //www. go spodarkainnowacj e. pl/index.php/poland/article/view/3 71
19. Abdumutalibovich, M. A. (2022). Musical life in the samanid period in the IX-X centuries and Uzbek music in the XI-XV centuries. Gospodarka i Innowacje., 22, 527-537. Retrieved from http: //www. go spodarkainnowacj e. pl/index.php/poland/article/view/274
20. Abdumutalibovich, M. A. (2022). The Relevance of Traditional Singing and its Place in Higher Education. International Journal on Integrated Education, 5(2), 212216. Retrieved from https: //j ournals.researchparks. org/index.php/IJIE/article/view/2755
21. Abdumutalibovich, M. A. . (2022). METHODOLOGICAL POSSIBILITIES OF ACQUAINTANCE WITH A PROFESSIONAL GENRE OF FOLK ORAL ART IN LESSONS OF MUSICAL CULTURE. Horizon: Journal of Humanity and Artificial Intelligence, 1(1), 27-32. Retrieved from http: //univerpubl .com/index.php/horizon/article/view/3 7
22. Abdumutalibovich, M. A. . (2022). METHODOLOGICAL POSSIBILITIES OF ACQUAINTANCE WITH A PROFESSIONAL GENRE OF FOLK ORAL ART IN LESSONS OF MUSICAL CULTURE. Horizon: Journal of Humanity and Artificial Intelligence, 1(1), 27-32. Retrieved from http: //univerpubl .com/index.php/horizon/article/view/3 7
23. Abdumutalibovich, M. A. . (2022). TO TEACH HIGHER EDUCATION STUDENTS THE LIFE AND WORK OF KHURSHIDAHON HASANOVA. Horizon: Journal of Humanity and Artificial Intelligence, 1(1), 36-38. Retrieved from http: //univerpubl .com/index.php/horizon/article/view/34
24. Abdumutalibovich, M. A. . (2022). TO TEACH HIGHER EDUCATION STUDENTS THE LIFE AND WORK OF KHURSHIDAHON HASANOVA. Horizon: Journal of Humanity and Artificial Intelligence, 1(1), 36-38. Retrieved from http: //univerpubl .com/index.php/horizon/article/view/34
25. Abdumutalibovich, M. A., & Ganeshina, M. A. (2022). THE ART OF MUSIC MAIN FORMS OF ORGANIZATION OF LEARNING AND ITS ROLE IN THE EDUCATION OF YOUTH. Gospodarka i Innowacje., 23, 515-520. Retrieved from http: //www. go spo darkainnowacj e. pl/index.php/poland/articl e/view/42 8
26. Ashurov Ma'rufjon Abdumutalibovich. (2020). The study of the life and creativity of yunus rajabi and the rich heritage he left to the uzbek nation. International Journal on Integrated Education, 3(12), 40-43. Retrieved from https: //j ournals.researchparks. org/index.php/IJIE/article/view/909 Article DOI: https://doi.org/10.31149/ijie.v3i12.909
27. Ashurov Marufjon Abdumutalibovich. (2021). ACTIVITY OF FOLKLOR-ETNOGRAPHICAL GROUPS AND LEARNING THE PREFORMANCE PROGRAMMES. International Journal on Integrated Education, 3(12), 535-537. Retrieved from https://journals.researchparks.org/index.php/IJIE/article/view/1088 Article DOI: https://doi.org/10.31149/ijie.v3i12.1088
28. Ma'rufjon Ashurov Abdumutalibovich. (2022). IMPROVING THE LEVEL OF KNOWLEDGE OF STUDENTS THROUGH THE SCIENCE OF NOTATION AND COMPUTER PROGRAMS. Academicia Globe: Inderscience Research, 3(03), 92-100. https://doi.org/10.17605/OSF.IO/ZH6N9
29. Marufjon Ashurov Abdumutalibovich, & Ganiyeva Maftuna. (2022). MUSICAL CULTURE OF THE 17TH CENTURY. Pioneer : Journal of Advanced Research and Scientific Progress, 1(4), 170-174. Retrieved from https://innosci.org/jarsp/article/view/360
30. Marufjon Ashurov Abdumutalibovich. (2022). EXPLORING THE WORK OF GEORGE BIZET IN MUSIC EDUCATION CLASSES IN HIGHER EDUCATION. Academicia Globe: Inderscience Research, 3(03), 80-86. https://doi.org/10.17605/OSF.IO/S798E
31. Marufjon Ashurov Abdumutalibovich. (2022). THE ROLE OF AMIR TEMUR IN THE DEVELOPMENT OF SCIENCE AND CULTURE IN CENTRAL ASIA. Pioneer : Journal of Advanced Research and Scientific Progress, 1(4), 156-169. Retrieved from https://innosci.org/jarsp/article/view/359
32. Marufjon Ashurov Abdumutalibovich. (2022). THE ROLE OF THE SYSTEM OF AUTHORITIES AND THE HISTORICAL FORMATION OF SHASHMAQOM IN THE TEACHING OF MUSIC TO STUDENTS OF HIGHER EDUCATION. Academicia Globe: Inderscience Research, 3(02), 121-127. https://doi.org/10.17605/OSF.IO/6J9BS
33. Marufjon Ashurov Abdumutalibovich. (2022). TO GIVE HIGHER EDUCATION STUDENTS AN UNDERSTANDING OF THE DESCRIPTION OF THE SONGS IN THE SHASHMAQOM SERIES. JournalNX - A Multidisciplinary Peer Reviewed Journal, 8(2), 187-193. https://doi.org/10.17605/OSF.IO/T4Q3K
34. Marufjon Ashurov Abdumutalibovich. (2022). To Teach Higher Education Music Students the Life and Work of Composer Boris Gienko. Procedia of Social Values and Community Ethics, 14-17. Retrieved from http: //procedia.online/index.php/value/article/view/11
35. Marufjon Ashurov Abdumutalibovich. (2022). To teach students of higher education music life and work of composer Mustafa Bafoev. Procedia of Theoretical and Applied Sciences, 1-5. Retrieved from http://procedia.online/index.php/applied/article/view/12
36. Alimjanovich, Iseev Ruslan. "Fostering the Concerto-Performance Skills of the Pianist." Pioneer: Journal of Advanced Research and Scientific Progress 1.6 (2022): 91-97.
37. Saidkhonov A. HISTORY AND DEVELOPMENT OF THE INSTRUMENTAL CONCERT GENRE //Gospodarka i Innowacje. - 2022. - T. 24. -C. 68-72.
38. Abdullo, Saidkhonov. «The Polyphonic Genre in the Work of Rodion Shchedrin.» Vital Annex: International Journal of Novel Research in Advanced Sciences 1.6 (2022): 146-149.