Научная статья на тему 'DIRIJYORLIKDA О‘NG VA CHAP QО‘LNING ALOHIDA VA UMUMIY VAZIFALARI'

DIRIJYORLIKDA О‘NG VA CHAP QО‘LNING ALOHIDA VA UMUMIY VAZIFALARI Текст научной статьи по специальности «Языкознание и литературоведение»

CC BY
642
74
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
San’at / dirijyor / orkestr / ansambl / battuta / general-bas / xeyronomiya / avtor / manual / analiz / garmoniya / general repetitsiya / janr / cholg‘ulashtirish / partirura / ritm / transpozitsiya / fermata / liga / fraza / kompozitor

Аннотация научной статьи по языкознанию и литературоведению, автор научной работы — Gulchira Xodjametova

Dirijyorning mahorati ijroni ifodalay bilishi, unga munosib harakat bilan silliq о‘tadigan va aniq auftakt bera olishi bilan bog‘liq. Cholg‘ularning alohida guruhlari yoki butun orkestrga ijro ifodasini kо‘rsatishdek muhim yana bir jihat musiqiy qurilmalar epizod, jumla, turli melodik chiziqlarning boshlanishini kо‘rsatishdir. Ijroni anglatuvchi qо‘l harakati uchun oldin bо‘ladigan auftakt kabi tabiatni juda aniq, faol, yorqin kо‘rimli bо‘lishi kerak.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «DIRIJYORLIKDA О‘NG VA CHAP QО‘LNING ALOHIDA VA UMUMIY VAZIFALARI»

DIRIJYORLIKDA O'NG VA CHAP QO'LNING ALOHIDA VA UMUMIY

VAZIFALARI

Gulchira Xodjametova O'zbekiston davlat san'at va madaniyat instituti Nukus filiali

Annotatsiya: Dirijyorning mahorati ijroni ifodalay bilishi, unga munosib harakat bilan silliq o'tadigan va aniq auftakt bera olishi bilan bog'liq. Cholg'ularning alohida guruhlari yoki butun orkestrga ijro ifodasini kо'rsatishdek muhim yana bir jihat musiqiy qurilmalar - epizod, jumla, turli melodik chiziqlarning boshlanishini ko'rsatishdir. Ijroni anglatuvchi qo'l harakati uchun oldin bo'ladigan auftakt kabi tabiatni juda aniq, faol, yorqin ko'rimli bo'lishi kerak.

Kalit so'zlar: San'at, dirijyor, orkestr, ansambl, battuta, general-bas, xeyronomiya, avtor, manual, analiz, garmoniya, general repetitsiya, janr, cholg'ulashtirish, partirura, ritm, transpozitsiya, fermata, liga, fraza, kompozitor.

SEPARATE AND GENERAL RESPONSIBILITIES OF THE RIGHT AND

LEFT HANDS IN CONDUCTION

Gulchira Khodzhametova Nukus branch of Uzbekistan State Institute of Arts and culture

Abstract: The skill of the conductor is to be able to express the performance, to give it a smooth and precise auftakt with the appropriate movement. Another important aspect, such as showing the performance of individual groups of instruments or the whole orchestra, is to show the beginning of a musical device - an episode, a sentence, a variety of melodic lines. For a hand gesture to be performed, it must have a very clear, active, vivid vision of nature, like the previous auftakt.

Keywords: Art, conductor, orchestra, ensemble, battuta, general-bass, heironomy, author, manual, analysis, harmony, general rehearsal, genre, instrumentation, parturura, rhythm, transposition, fermata, league, phrase, composer.

Ba'zan koncertlarda ikkala qo'li bilan takt belgilab, musiqaning sur'at va metrini faqat mexanik tarzda ko'rsatuvchi dirijyorlarni ko'rish mumkin. Ularning har ikkala qo'li takt berish bilan band bo'ladi. Shu bois, ularda boshqa vazifalarni bajarishga imkoniyat yo'q. Asarning badiiy jihatlarini ko'rsatishda chap qo'ldan samarali foydalanish o'rniga u bilan o'ng qo'l harakatlarini qaytarar ekan, dirijyor o'z texnikasini qashshoqlanishiga yo'l qo'yadi.

I ibiSi^^Bl 388 http://oac.dsmi-qf.uz/

Parallel ravishda chap qo'lni ham takt berishga ishlatgach, ijro qilinayotgan musiqaning badiiy sifatlarini ko'rsatishga imkoni qolmaydi. Aftidan, ba'zi dirijyorlar bunday ahvolning be'maniligini anglab, gohida faqat o'ng qo'llarini takt ko'rsatish uchun ishlatadilar. Biroq, bu ahvolda chap qo'l nima ish bajaradi? Avvaliga u partitura sahifalarini varaqlaydi, so'ngra noaniqlik bilan sust tarzda taktlash jarayoniga qo'shiladi, u yog'iga yana varaqlash uchun pastga tushiriladi, ba'zi hollarda chap qo'l dirijyor tanasida ojiz bir ahvolda osilib turadi va orkestrni boshqarish jarayonida umuman ishtirok etmaydi ham yoki - yana o'ng qo'lga qo'shilib takt belgilashga tushadi. Har qanday alohida vaziyatda harakatning qanday turini qo'llash kerak? Bu avvalo musiqaning xarakteri, dinamikasi, fakturasi, asarning har qanday qismidagi tempga bog'liq.

Bundan tashqari harakatning uyg'unligi, uning mutanosibligini belgilashda dirijyor faqat o'ziga qulay va erkin bo'lishini va nihoyat, harakatning yaqqol ko'zga tashlanishini hisobga olishi kerak. Shu bois dirijyorning qo'l harakatlari plastik, oddiy, ifodali, musiqaga muvofiq tushunarli va aniq bo'lishi lozim. Qo'l harakatlari vositasida dirijyor ijrochilar jamoasiga o'zining qalb kechinmasini, o'y-fikrlarini yetkazadi. Qolaversa, ijrodagi muhim bo'lgan badiiy vazifalarni yuklaydi.

O'ng qo'l ham, chap qo'l ham istalgan vazifani bajarishiga qaramay, dirijyorlik amaliyotida har ikkala qo'lga alohida talablar qo'yiladi. Shu bois ularni alohida jihatlarini ko'rib chiqamiz.

O'ng qo'l. Dirijyorlikda boshqaruv vazifasini bajaruvchi o'ng qo'l avvalo taktlash, ya'ni vazn qismlarini ko'rsatish, asarning vazn tuzilishini namoyon qilishga mo'ljallangan. Shu bilan birga u cholg'ular yoki ovozlar ijrosiga navbat beradi, aksentlar, fermatalar, sinkopalarni belgilaydi, tempni aniqlaydi, harakat harakterini, dinamikasini aks ettiradi. Bundan ko'rinib turibdiki o'ng qo'l mexanik ravishda emas, balki ijro etilayotgan musiqaning xususiyatlaridan kelib chiqqan holda ishlaydi. O'ng qo'l - yetakchi, ishonchli, tashabbuskor, «qat'iyatli» qo'ldir. Va nihoyat, hammaning diqqat markazida bo'lgan, dirijyorning ritmik ko'rsatmalarini aks ettiruvchi tayoqcha ham aynan o'ng qo'lda bo'ladi. Demak chap qo'l taktni belgilashda muhim o'rin tutmasligi o'z-o'zidan ayon bo'ladi. Zamonaviy dirijyorlik texnikasi har ikkala qo'llar harakati bilan belgilanishidek eskirgan va foydasiz odatdan allaqachon voz kechgan. Igor Markevichning qayd qilishicha, parallel ravishda takt belgilash bamisoli pianinochi bir xil balandlikdagi faqat unison ohangdoshligini chalishni bilganidek ma'nisizdir.

"Dirijyorning o'ng qo'li hunarmand (mehnatkash ma'nosida), biroq chap qo'li san'atkor. Ushbu ingliz maqoli har ikki qo'lning tub vazifalari to'g'risida ma'lumot beradi. Dirijyor o'ng qo'li bilan takt o'lchovini, ritmni, shuningdek zarur ijro sur'ati (temp), ijroni boshlash va tugatish, frazalarni to'g'ri talqin etish, artikulyatsiya (shtrix) va agogik nozikliklarni ifodalaydi."[1.B.43]

I ihSi^^Bl ^89 http://oac.dsmi-qf.uz/

Chap qo 'l. Chap qo'l cholg'ular, ovozlar, orkestr guruhlariga, xor va yakkaxon partiyalarni ijroga yo'llovchidir. U ijroning dinamik qirralarini ifoda etadi. Bundan tashqari, asosan chap qo'l yordamida musiqiy bayon ajratiladi, jumlalar ayricha ko'rsatib o'tiladi, jarangdorlik, alohida pauzalar ifodalanadi, musiqiy shakl uyg'unlik, faktura o'zgarishi ko'rsatib boriladi. Yuqorida aytilganlar o'ng qo'l yoki har ikkala qo'l bilan bir vaqtning o'zida bajarib bo'lmaydi degani emas. Biz faqat dirijyor qo'llashi mumkin bo'lgan harakatlar va ularning xilma-xilligini ta'kidlab, ular erkinligi va muvofiqligi haqida, ayni vaziyatda esa - qo'llar mustaqilligi to'g'risidagi masalani olg'a surayapmiz. Dirijyor qo'llari bir-biriga bog'liq bo'lsada, mutlaqo erkin vaziyatni tutish lozim. Bir qo'lni ikkinchisi harakatlarini qaytarishi, bu harakatlar boy emasligini ko'rsatadi, dirijyordagi bir xillik yo'lini ifodalaydi. Bu albatta, simmetrik harakatlarni qo'llashdan voz kechish kerak degani emas, - ko'p hollarda ulardan qochishning o'zi qiyin. Masalan, orkestr qudratli va tantanavor yangragan chog'da uning xarakterini yorqin ifoda etish uchun dirijyorning qo'llari o'z-o'zidan holatga kirib, bir xil xarakatlar bilan biri ikkinchisini qo'llab-quvvatlaydi. Biroq simmetrik harakatlarni uzoq vaqt qo'llash harakatning kambag'allashuviga, dirijyorlikni bir xillikka olib keladi va ijro etilayotgan musiqaning emotsional mohiyati va unda dirijyorning ijodiy xis tuyg'usi va maqsadini ifodalashga keng imkoniyat maydonini yaratib berolmaydi.

O'ng va chap qo'l o'rtasidagi asosiy farq shundaki, taktni belgilashni o'ng qo'l bajaradi, qolgan vazifalarni esa o'ng va chap qo'l birga bajarmog'i kerak. Vazifalarni bu tarzda to'g'ri taqsimlash dirijyorga asarning barcha qirralarini to'laligicha ochib berishga imkon yaratadi. Shu bilan birga har ikkala qo'l harakati qat'iy muvofiqlashtirilgan va ularning vazifalari xilma-xil bo'lsa ham va yagona maqsad -musiqani barcha detallari bilan imkon qadar to'liqroq ijro etishga qaratilgan bo'lishi shart.[2.B.90-91]

Agar dirijyor chapaqay bo'lsa, unda chap va o'ng qo'l vazifalarni almashtirish mumkin, chunki bunday dirijyor asosiy ritmni chap qo'l bilan (uning uchun yetakch i qo'l) olib borishi, dinamika va qolgan xususiyatlarni esa o'ng qo'li bilan bemalol ko'rsatishi mumkin. Orkestr va musiqa uchun buning farqi yo'q. Shunday qilib, quyidagicha yakuniy fikrga kelish mumkinligiga amin bo'ldik: O'ng qo'l taktni boshlaydi, ya'ni musiqaning asosiy ritmi va vaznini, uning dinamikasi va xarakterini boshqarib boradi. Chap qo'l zimmasiga esa musiqa dinamikasi va xarakterini belgilash, alohida ovozlar yoki orkestr guruhlari, xor, yakkaxonlarni ijroga o'tishini ko'rsatish vazifasi yuklatiladi: Bu ayniqsa opera va musiqiy teatrga taalluqli holatdir. Chap qo'l musiqiy ijro detallarini ko'rsatadi, dirijyorning xissiy - badiiy jihatlarini ifoda etishiga xizmat qiladi. Istalgan harakatlar erkinligiga va ularni muvofiqligiga, qo'llarning mustaqilligiga qanday erishish mumkin?

390

http://oac.dsmi-qf.uz/

Bu maqsadga erishishning dastlabki bosqichi vaznga xos sxemalarni o'zlashtirishdan iborat. Ko'p holda ushbu sxemalar bilan tanishuvda ikkala qo'l ishlatiladi. Bunda talabada har ikkala qo'lni simmetrik tarzda harakatlantirish odati shakllanadi va bu keyinchalik qo'l harakatlarini erkinligiga erishishni qiyinlashtiradi. Keyinchalik voz kechish lozim bo'ladigan harakatlarga o'rganishdan nima foyda? Chap qo'l o'ng qo'lni takrorlashga yoki takt belgilashga tayyor bo'ladi, ammo o'rganuvchining vazifasi aynan shundan qochishni tushunishidadir.

"Bunday holat ham kuzatilishi mumkin, agar dirijyor chapaqay bo'lsa. Istisno tariqasida dirijyorning chapaqay bo'lishiga ba'zan yo'l qo'yilishi mumkin. Bu holat orkestr ijrochilariga ma'lum bo'lsa, orkestr bunday dirijyorlarga moslashishi oson kechadi. Odatda, chap qo'l o'ng qo'l yordamida quyidagi vazifalarni bajaradi: u dinamik tuslar (nyuanslar)ni aniqlashtiradi va musiqachilar tegishli jarayonga tayyor bo'lishi uchun bo'rttiribroq ko'rsatadi. Bundan tashqari, bu qo'l dirijyorning butun gavda harakatlari bilan birga tegishli Andante lirik yoki ulug'vor, yoki Allegro raqsona yoki chaqqonroq ijro etilishi zarurligini ifodalab beradi. " [3.B.154]

Dirijyorlik jarayonidida qo'llarning harakat turlari rang-barang bo'ladi:

A) parallel - ikkala qo'l parallel harakatlar bajaradi;

B) har-xil - bir qo'l taktlayotganda, ikkinchi qo'l tovushlarni baland yoki sekinlayootganini qo'rsatadi. Asarni xarakteri, dinamikasi, fakturasi ushbu harakterlar bilan ko'rsatiladi. Shunday bo'lsa ham qo'llar uchun ham ma'lum shartli harakatlar bor. Masalan juda ohista rr (pianissimo) chalinayotgan kuyni katta, kuchli harakatlar bilan ko'rsatish yoki qattiq tovushdagi ohangni ff (fortissimo) kichkina, irodasiz imo-ishoralar bilan ifodalash mumkin emas. Og'ir vazminli taronani (legato) harakatlar bilan ko'rsatish mumkin emas.

Umumiy qoidalardan yana biri-ijro jarayonida o'ng qo'l yetakchi vazifani bajarib, asarni ratsional (aqliy) mazmunini ko'satayotgan bo'lsa, chap qo'l uni emotsional (xissiyot) qirraalarini ifodalaydi. O'ng qo'l taktlash (bir maromda urib) bilan, ya'ni asarni mezonini (metr) hamda mezon qismlarini ko'rsatish bilan band bo'ladi. Shu bilan birga u asarni tezligini (sur'at) xarakterini, dinamikasini, asboblarning kirishini, urg'u, fermato va sinkopalarni ham ko'rsatadi. Xullas, o'ng qo'lni vazifalari asarni ma'nosi bilan aniqlanadi. Ayni shu harakatlarni chap qo'l ham bajarish mumkin. U ham cholg'ularni orkestr gruppalari, xorni kirishlarini dinamikalarni, kuylarni tuzilishini, jarangni boshlanishi va shuningdek, mazkur harakatlarni ikkita qo'l birgalikda bajarishi ham mumkin. Biroq chap qo'l bilan doim o'ng qo'l harakatlarini takrorlamoqlik dirijyor texnik lo'g'atining boy emasligini ko'rsatadi. Lekin katta tantanali asarlarni, opera sahnalarini xor, orkestr, solistlar ishtirokida ijro qilinayotganida, qo'llar beixtiyor bir xil imo-ishoralarni qilishi mumkin. Dirijyor qo'l harakatlarining turlari ko'p. Ammo ularning orasidan ijro etilayotgan asarning mazmuniga to'g'ri keladiganlarni tanlash dirijyorni aql-idrokiga,

I icclT^^^^H http://oac.dsmi-qf.uz/

taqakko'riga bog'liqdir. Bu maqsadga etish uchun dirijyor oz bo'lsa ham o'zining bosh miya tuzilishi xususida bilimlarga ega ega bo'lish kerak. [4.B.51]

Meditsina fani shuni ko'rsatadiki bosh miya har biri o'ziga yarasha to'la shakllangan yarimsharlardan iborat. Ikkilasining ishi har xil bo'lsa ham ular bir-birini nazorat qilib turishar ekan. Misol sifatida skripkachini, yoki ro'bobchini asar ijrosni keltirish mumkin. Ularni ikkita qo'llari bir vaqtning o'zida turli vazifalarni bajarishayotgani ushbu fikrning dalilidir. Shu ma'noda dirijyor ham o'z qo'l harakatlarini nazorat qilib, bir vaqtda har xil imo-ishoralar qilish mumkin. Buning uchun turli mashqlar mavjud. Ularni mukammal bajarish uchun tajriba, boy texnik lug'at va bilim kerak. Bu yo'l esa mezon (metrik) sxemalarni o'rganishdan boshlanadi.

Foydalanilgan adabiyotlar

1. Toshmatov E. Dirijyorlik. - T.: O'zbekiston faylasuflari milliy jamiyati nashriyoti, 2008. 252 b.

2. Azimov K. O'zbekiston dirijyorlari. T.2001y.

3. Haqnazarov Z. Dirijyorlik haqida. - T.: "Musiqa" 2012. 254 b.

4. Ilya Musin's language of Conducting Gestures" by Mima Ogrizovic-Ciric. (Under the Direction of Mark Cedel), ATHENS, GEORGIA 2009, USA 88-b.

392

http://oac.dsmi-qf.uz/

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.