Научная статья на тему 'DIRIJYORLIK ETISHDA QО‘LLARNING TO`G`RI HOLATI'

DIRIJYORLIK ETISHDA QО‘LLARNING TO`G`RI HOLATI Текст научной статьи по специальности «Искусствоведение»

CC BY
390
33
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Журнал
Oriental Art and Culture
Область наук
Ключевые слова
San’at / dirijyor / orkestr / ansambl / battuta / general-bas / xeyronomiya / avtor / manual / analiz / garmoniya / general repetitsiya / janr / cholg‘ulashtirish / partirura / ritm / transpozitsiya / fermata / liga / fraza / kompozitor

Аннотация научной статьи по искусствоведению, автор научной работы — Gulchira Xodjametova

Dirijyorning qо‘llariga qо‘yiladigan asosiy talab ularning tо‘la erkinligi, ya’ni tanaga bо‘ysunmasligi va mushaklarning bо‘sh qо‘yilishidir. Erkinlik dirijyorga musiqani oson ifoda etish imkonini beradi. Qо‘llarni erkin tutmaslik esa orkestrga о‘z niyatlarini tо‘liq va aniq yetkazishga xalal beradi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «DIRIJYORLIK ETISHDA QО‘LLARNING TO`G`RI HOLATI»

DIRIJYORLIK ETISHDA QO'LLARNING TO G RI HOLATI

Gulchira Xodjametova O'zbekiston davlat san'at va madaniyat instituti Nukus filiali

Annotatsiya: Dirijyorning qо'Пariga qо'yiladigan asosiy talab - ularning to'la erkinligi, ya'ni tanaga bo'ysunmasligi va mushaklarning bo'sh qo'yilishidir. Erkinlik dirijyorga musiqani oson ifoda etish imkonini beradi. Qo'llarni erkin tutmaslik esa orkestrga o'z niyatlarini to'liq va aniq yetkazishga xalal beradi.

Ka'lit so'zlar: San'at, dirijyor, orkestr, ansambl, battuta, general-bas, xeyronomiya, avtor, manual, analiz, garmoniya, general repetitsiya, janr, cholg'ulashtirish, partirura, ritm, transpozitsiya, fermata, liga, fraza, kompozitor.

CORRECT POSITION OF HANDS WHILE CONDUCTING

Gulchira Khodjametova Nukus branch of Uzbekistan State Institute of Arts and Culture

Abstract: The main requirement for the conductor's hands is complete freedom, that is, disobedience to the body and relaxation of the muscles. Freedom allows the conductor to express music easily. Not holding hands prevents the orchestra from conveying its intentions fully and clearly.

Keywords: Art, conductor, orchestra, ensemble, battuta, general-bass, heironomy, author, manual, analysis, harmony, general rehearsal, genre, instrumentation, parturura, rhythm, transposition, fermata, league, phrase, composer.

Dirijyorning qo'llariga qo'yiladigan asosiy talab - ularning to'la erkinligi, ya'ni tanaga bo'ysunmasligi va mushaklarning bo'sh qo'yilishidir. Erkinlik dirijyorga musiqani oson ifoda etish imkonini beradi. Qo'llarni erkin tutmaslik esa orkestrga o'z niyatlarini to'liq va aniq yetkazishga xalal beradi. Bunday qo'llar egiluvchan va plastik bo'lmaydi, ular musiqani ifoda etishga ojizlik qiladi. Ular hatto nigohni ham charchatib qo'yadi, eng asosiysi - erkin bo'lmagan qo'llarning harakatlari tushunarsiz bo'lib, bu orkestr ishiga yordam o'rniga, xalal beradi. Odatda bunday qo'llarning tirsaklari ikki tomonga kerilib, tepaga ko'tarilgan bo'ladi.

O'z qo'l harakatlarining samarasiz ekanini sezgan bunday dirijyor qo'llariga «yordam berish» uchun yana tanasi, boshini ishga solib, keraksiz harakatlarni ko' paytiraveradi .[1.B.78-79]

Sinxron (parallel - qo'llardagi bir xil harakat) ravishdagi harakatlar, dirijyorning texnik imkoniyatlarini chegaralanganligidan darak beradi. Sinxron harakatlar qoida

bo'yicha, orkesrning umumiy ijrosini baland nuqtalarini (tutti) va asaming avj ijrolarini ko'rsatishda qo'llaniladi. Qo'llarning vazifalarini aniq belgilab olish va uni tajribada qo'llash, avvalo, har bir dirijyorning o'z qobiliyati va asarning xarakteridan kelib chiqadi.

Musiqada berilgan biror aniq holatga ko'ra, o'ng va chap qo'l harakatlari o'z vazifalarini almashtirishi mumkin. Ya'ni, chap qo'l aniq harkatlar bilan ansambl ijrosini ushlab tursa, o'ng qo'l ifodali harakatlar bilan ijrochilarni ruhlantiradi. Masalan: dirijyorning chap tomonida o'tirgan guruhlarda aniq ritmik ijro yoki biror yangi ohangning qo'shilishi natijasida chap qo'l o'ng qo'lning vazifasini bajarishga to'g'ri keladi. Bu vaqtda o'ng qo'l o'z ijro yo'nalishini o'zgartirib, chap qo'lga yordam bergan holda, mustaqil harakatlarini davom ettiradi.

Xuddi shuningdek, kimtinib ishlaydigan dirijyor o'zi ijro etayotgan koncert yoki spektakl «yuki»ni ko'tara olmaydi.

Shu bois o'z faoliyatini endi boshlayotgan dirijyorlar bilan takt mashqlarini o'rganishni va qo'llarni «erkinlashtirish» ishidan boshlaganlari ma'qul. Bugun qo'llar - dirijyor apparatining asosiy va eng muhim qismi ekanligini unutmaslik kerak. Qo'llarning turli holatlari - harakatlari erkinlik, qulaylik, tabiiylik va muhimi ijroga to'g'ri kelish kabi talablarga javob berishi kerak.

Ma'lumki, qo'l kaft, bilak va yelkadan iborat. Dirijyorlik qilishda qo'lning eng harakatchan va ifodali qismi bo'lgan kaft (kist) eng muhim rol o'ynaydi. Kaft bilan organik ravishda bog'langan bilak va yelka yordamchi qismlar bo'lib, harakatda faqat kaftning holatlari uchun xizmat qiladi. Aksariyat hollarda qo'l qismlari o'z holatlarida shunchalik o'zaro bog'liqki, kaftning eng kichik harakati ham bilak va yelka mushaklari ishtirokini taqozo etadi. Masalan yengil staccato dan pianissimo ga o'tish. [2.B.125]

Dirijyorlik qilishda kaftni pastga qaratib tutish - uning eng qulay holatidir. Bunda kaft bo'shashgan ham qisilgan ham, ortiqcha ko'tarilgan ham bo'lmasdan hamisha oldinga yo'naltirilgan bo'lishi lozim. Barmoqlarni tabiiy ravishda biroz dumaloqroq shaklda bo'lishi buning barobarida ularning erkin holati butun kaftning yetarli darajada erkinligidan dalolat beradi. Kaftning harakatchanligi, elastikligi va

yetarli darajada erkinligi mushaklarning har qanday tez harakatga tayyor turishi bilan muvofiq bo'lmog'i kerak. Kaftning bu jihati dirijyorga qo'l harakati orqali ijroning eng nozik tomonlarini ifoda etish imkonini beradi. Aynan kaft harakatlari dirijyor qo'l harakatlariga asosiy dinamik, emotsional ko'rinish beradi.

Kaft erkinligini o'rganishning dastlabki davridanoq alohida nazorat qilib turish kerak. Shunga tayanib, avval boshidanoq, darhol tayoqcha bilan dirijyorlik qilishga o'tish maslahat berilmaydi, chunki bu kaft mushaklarining zo'riqishiga sabab bo'lishi mumkin.

Dirijyorlik qilish paytida qo'l holati o'zgarishsiz qolmaydi. Ularning joylashuv balandligi, cho'zilish darajasi doimo o'zgarib turadi. Bu ko'p sabablarga bog'liq. Jumladan, orkestr jarangdorligi dinamikasiga, u yoki bu epizod fakturasiga, muayyan cholg'u yoki guruhlarning ijroga kirishishini ko'rsatishga, asar janriga, uslubiga, masshtabiga, qolaversa, orkestr tarkibining kattaligiga, xor, yakkaxonlar soniga, shu bilan birga orkestr yamasi teatrlarda (orkestr joylashadigan chuqurlik) yoki estrada sahnasida dirijyorlik qilinishiga bog'liq bo'lishi mumkin. Bularning barchasi dirijyor qo'llari holatida aks etadi.[3.B.21]

O'qitish jarayoni avvalida talabalar dastlab rioya qilishi mumkin bo'lgan o'rtacha qo'l holatini belgilash tavsiya etiladi. Tabiiylik, qulaylik maqsadida qo'lning erkinligini ta'minlash va orkestrga ko'rinarli bo'lishi uchun qo'llarni ko'krakdan sal pastroq holatda tutgan ma'qul. Agar qo'l undan yuqoriroq bo'lsa - yelka mushaklari zo'riqadi, aksincha pastroq bo'lganida esa orkestrga ko'rinmaydi. O'rganuvchilar avval butun dirijyorlik apparatini to'g'ri «o'rnatish»ni bilishlari lozim. Shundan keyingina dirijyorlik texnikasini egallashga o'tish mumkin. dirijyorlik apparatini «o'rnatish» qo'l, yelka, bo'yin, bosh mushaklarini bo'shashtirish, erkin tutishdan boshlanadi. dirijyorlikni o'rgatuvchi pedagogning vazifasi avvalo har bir talaba uchun tana, bosh, qo'l va oyoqlarning eng qulay va tabiiy holatini topishdan iborat. Bu bilan talabani qaddi qomatini to'g'ri tutish, asosiy dirijyorlik holatini aniqlashga o'rgatish kerak. Shuni unutmaslik kerakki, qaddi qomatni to'g'ri tutish nafaqat estetik nuqtai nazardan muhim, balki amaliyot uchun ham zarur. Ma'lumki harakatlarni o'zlashtirish qobiliyati hammada turlicha kechadi. Ba'zilarda osongina uddalansa, boshqalarda jiddiy qunt va sabotni talab qiladi.

Dirijyorning o'ng qo'li hunarmand (mehnatkash ma'nosida), biroq chap qo'li san'atkor. Ushbu ingliz maqoli har ikki qo'lning tub vazifalari to'g'risida ma'lumot beradi. Dirijyor o'ng qo'li bilan takt o'lchovini, ritmni, shuningdek zarur ijro sur'ati (temp), ijroni boshlash va tugatish, frazalarni to'g'ri talqin etish, artikulyatsiya (shtrix) va agogik nozikliklarni ifodalaydi.

Bunday holat ham kuzatilishi mumkin, agar dirijyor chapaqay bo'lsa. Istisno tariqasida dirijyorning chapaqay bo'lishiga ba'zan yo'l qo'yilishi mumkin. Bu holat

orkestr ijrochilariga ma'lum bo'lsa, orkestr bunday dirijyorlarga moslashishi oson kechadi.

Odatda, chap qo'l o'ng qo'l yordamida quyidagi vazifalarni bajaradi: u dinamik tuslar (nyuanslar)ni aniqlashtiradi va musiqachilar tegishli jarayonga tayyor bo'lishi uchun bo'rttiribroq ko'rsatadi.

Bundan tashqari, bu qo'l dirijyorning butun gavda harakatlari bilan birga tegishli Andante lirik yoki ulug'vor, yoki Allegro raqsona yoki chaqqonroq ijro etilishi zarurligini ifodalab beradi. [4.B.252]

Dirijyorning besunaqay, notabiiy, yoki qo'pol harakatlari ijrochilarda zo'riqish va noqulaylik xislarini to'g'dirishi mumkin. Muayyan estetik normalarni ham mudom yodda tutish darkorki, dirijyorni butun ijrochilar guruhi avvalo ko'rish orqali qabul qiladilar.

Ba'zan koncert larda ikkala qo'li bilan takt belgilab, musiqaning sur'at va metrini faqat mexanik tarzda ko'rsatuvchi dirijyorlarni ko'rish mumkin. Ularning har ikkala qo'li takt berish bilan band bo'ladi. Shu bois, ularda boshqa vazifalarni bajarishga imkoniyat yo'q. Asarning badiiy jihatlarini ko'rsatishda chap qo'ldan samarali foydalanish o'rniga u bilan o'ng qo'l harakatlarini qaytarar ekan, dirijyor o'z texnikasini qashshoqlanishiga yo'l qo'yadi.

Parallel ravishda chap qo'lni ham takt berishga ishlatgach, ijro qilinayotgan musiqaning badiiy sifatlarini ko'rsatishga imkoni qolmaydi. Aftidan, ba'zi dirijyorlar bunday ahvolning be'maniligini anglab, gohida faqat o'ng qo'llarini takt ko'rsatish uchun ishlatadilar. Biroq, bu ahvolda chap qo'l nima ish bajaradi? Avvaliga u partitura sahifalarini varaqlaydi, so'ngra noaniqlik bilan sust tarzda taktlash jarayoniga qo'shiladi, u yog'iga yana varaqlash uchun pastga tushiriladi, ba'zi hollarda chap qo'l dirijyor tanasida ojiz bir ahvolda osilib turadi va orkestrni boshqarish jarayonida umuman ishtirok etmaydi ham yoki - yana o'ng qo'lga qo'shilib takt belgilashga tushadi. Har qanday alohida vaziyatda harakatning qanday turini qo'llash kerak? Bu avvalo musiqaning xarakteri, dinamikasi, fakturasi, asarning har qanday qismidagi tempga bog'liq. Bundan tashqari harakatning uyg'unligi, uning mutanosibligini belgilashda dirijyor faqat o'ziga qulay va erkin bo'lishini va nihoyat, harakatning yaqqol ko'zga tashlanishini hisobga olishi kerak. Shu bois dirijyorning qo'l harakatlari plastik, oddiy, ifodali, musiqaga muvofiq tushunarli va aniq bo'lishi lozim. Qo'l harakatlari vositasida dirijyor ijrochilar jamoasiga o'zining qalb kechinmasini, o'y-fikrlarini etkazadi. Qolaversa, ijrodagi muhim bo'lgan badiiy vazifalarni yuklaydi. [5.B.254]

O'ng qo'l ham, chap qo'l ham istalgan vazifani bajarishiga qaramay, dirijyorlik amaliyotida har ikkala qo'lga alohida talablar qo'yiladi. Shu bois ularni alohida jihatlarini ko'rib chiqamiz.

Dirijyorlikda boshqaruv vazifasini bajaruvchi o'ng qo'l avvalo taktlash, ya'ni vazn qismlarini ko'rsatish, asarning vazn tuzilishini namoyon qilishga mo'ljallangan. Shu bilan birga u cholg'ular yoki ovozlar ijrosiga navbat beradi, aksentlar, fermatalar, sinkopalarni belgilaydi, tempni aniqlaydi, harakat harakterini, dinamikasini aks ettiradi. Bundan ko'rinib turibdiki o'ng qo'l mexanik ravishda emas, balki ijro etilayotgan musiqaning xususiyatlaridan kelib chiqqan holda ishlaydi. O'ng qo'l -yetakchi, ishonchli, tashabbuskor, «qat'iyatli» qo'ldir. Va nihoyat, hammaning diqqat markazida bo'lgan, dirijyorning ritmik ko'rsatmalarini aks ettiruvchi tayoqcha ham aynan o'ng qo'lda bo'ladi. Demak chap qo'l taktni belgilashda muhim o'rin tutmasligi o'z-o'zidan ayon bo'ladi. Zamonaviy dirijyorlik texnikasi har ikkala qo'llar harakati bilan belgilanishidek eskirgan va foydasiz odatdan allaqachon voz kechgan. Igor Markevichning qayd qilishicha, parallel ravishda takt belgilash bamisoli pianinochi bir xil balandlikdagi faqat unison ohangdoshligini chalishni bilganidek ma'nisizdir.

Chap qo'l cholg'ular, ovozlar, orkestr guruhlariga, xor va yakkaxon partiyalarni ijroga yo'llovchidir. U ijroning dinamik qirralarini ifoda etadi. Bundan tashqari, asosan chap qo'l yordamida musiqiy bayon ajratiladi, jumlalar ayricha ko'rsatib o'tiladi, jarangdorlik, alohida pauzalar ifodalanadi, musiqiy shakl uyg'unlik, faktura o'zgarishi ko'rsatib boriladi. Yuqorida aytilganlar o'ng qo'l yoki har ikkala qo'l bilan bir vaqtning o'zida bajarib bo'lmaydi degani emas. Biz faqat dirijyor qo'llashi mumkin bo'lgan harakatlar va ularning xilma-xilligini ta'kidlab, ular erkinligi va muvofiqligi haqida, ayni vaziyatda esa - qo'llar mustaqilligi to'g'risidagi masalani olg'a surayapmiz. Dirijyor qo'llari bir-biriga bog'liq bo'lsada, mutlaqo erkin vaziyatni tutish lozim. Bir qo'lni ikkinchisi harakatlarini qaytarishi, bu harakatlar boy emasligini ko'rsatadi, dirijyordagi bir xillik yo'lini ifodalaydi. Bu albatta, simmetrik harakatlarni qo'llashdan voz kechish kerak degani emas, - ko'p hollarda ulardan qochishning o'zi qiyin. Masalan, orkestr qudratli va tantanavor yangragan chog'da uning xarakterini yorqin ifoda etish uchun dirijyorning qo'llari o'z-o'zidan holatga kirib, bir xil xarakatlar bilan biri ikkinchisini qo'llab-quvvatlaydi. Biroq simmetrik harakatlarni uzoq vaqt qo'llash harakatning kambag'allashuviga, dirijyorlikni bir xillikka olib keladi va ijro etilayotgan musiqaning emotsional mohiyati va unda dirijyorning ijodiy xis tuyg'usi va maqsadini ifodalashga keng imkoniyat maydonini yaratib berolmaydi. [6.B.241]

O'ng va chap qo'l o'rtasidagi asosiy farq shundaki, taktni belgilashni o'ng qo'l bajaradi, qolgan vazifalarni esa o'ng va chap qo'l birga bajarmog'i kerak. Vazifalarni bu tarzda to'g'ri taqsimlash dirijyorga asarning barcha qirralarini to'laligicha ochib berishga imkon yaratadi. Shu bilan birga har ikkala qo'l harakati qat'iy muvofiqlashtirilgan va ularning vazifalari xilma-xil bo'lsa ham va yagona maqsad -

musiqani barcha detallan bilan imkon qadar to'liqroq ijro etishga qaratilgan bo'lishi shart.

Agar dirijyor chapaqay bo'lsa, unda chap va o'ng qo'l vazifalarni almashtirish mumkin, chunki bunday dirijyor asosiy ritmni chap qo'l bilan (uning uchun yetakchi qo'l) olib borishi, dinamika va qolgan xususiyatlarni esa o'ng qo'li bilan bemalol ko'rsatishi mumkin. Orkestr va musiqa uchun buning farqi yo'q. Shunday qilib, quyidagicha yakuniy fikrga kelish mumkinligiga amin bo'ldik: O'ng qo'l taktni boshlaydi, ya'ni musiqaning asosiy ritmi va vaznini, uning dinamikasi va xarakterini boshqarib boradi. Chap qo'l zimmasiga esa musiqa dinamikasi va xarakterini belgilash, alohida ovozlar yoki orkestr guruhlari, xor, yakkaxonlarni ijroga o'tishini ko'rsatish vazifasi yuklatiladi: Bu ayniqsa opera va musiqiy teatrga taalluqli holatdir. Chap qo'l musiqiy ijro detallarini ko'rsatadi, dirijyorning xissiy - badiiy jihatlarini ifoda etishiga xizmat qiladi. [7.B.87-88]

Bu maqsadga erishishning dastlabki bosqichi vaznga xos sxemalarni o'zlashtirishdan iborat. Ko'p holda ushbu sxemalar bilan tanishuvda ikkala qo'l ishlatiladi. Bunda talabada har ikkala qo'lni simmetrik tarzda harakatlantirish odati shakllanadi va bu keyinchalik qo'l harakatlarini erkinligiga erishishni qiyinlashtiradi. Keyinchalik voz kechish lozim bo'ladigan harakatlarga o'rganishdan nima foyda? Chap qo'l o'ng qo'lni takrorlashga yoki takt belgilashga tayyor bo'ladi, ammo o'rganuvchining vazifasi aynan shundan qochishni tushunishidadir.

Foydalanilgan adabiyotlar

1. Azimov K. O'zbekiston dirijyorlari. T.2001y.

2. Безбородова Л. Дирижирование. M., 1990.

3. Kurt Redel «Taktschlagen oder Dirigiren» M.: 2005 у. 11-b

4. Toshmatov E. Dirijyorlik. - T.: O'zbekiston faylasuflari milliy jamiyati nashriyoti, 2008. 252 b.

5. Haqnazarov Z. Dirijyorlik haqida. - T.: "Musiqa" 2012. 254 b.

6. Shamahmudova B. Musiqa maktablarida xor dirijyorligiga o'qitish uslubiyotining ayrim masalalari.

7. Методические записки музыкальной школы им.В.Успенского. Вып.5. kitobida.T., 1996.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.