Научная статья на тему 'DIRIJORLIK TAYOQCHASI TARIXI'

DIRIJORLIK TAYOQCHASI TARIXI Текст научной статьи по специальности «Искусствоведение»

CC BY
452
30
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Журнал
Oriental Art and Culture
Область наук
Ключевые слова
dirijor / tayoqcha / nota / partitura / asar / kampazitor / xor / amplituda

Аннотация научной статьи по искусствоведению, автор научной работы — M.Djumaboyeva, Mustafa Yigitog‘lu

Ushbu maqolad dirijorlik fani doirasida dirijorlik tayoqchasi tarixi haqida so‘z yuritilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «DIRIJORLIK TAYOQCHASI TARIXI»

DIRIJORLIK TAYOQCHASI TARIXI

M.Djumaboyeva Qoqon DPI Dr.Mustafa Yigitog'lu Bolu Abant izzet Baysal Universitesi

Annotatsiya: Ushbu maqolad dirijorlik fani doirasida dirijorlik tayoqchasi tarixi haqida so'z yuritilgan.

Kalit so'zlar: dirijor, tayoqcha, nota, partitura, asar, kampazitor, xor, amplituda

HISTORY OF THE CONDUCTOR'S STICK

M.Djumabayeva Kokand SPI Dr. Mustafa Yigitoglu Bolu Abant izzet Baysal University

Abstract: This article discusses the history of the conductor's baton within the scope of the science of conducting.

Keywords: conductor, baton, note, score, piece, campazitor, chorus, amplitude

Bugungi kun pedagoglari xar jihatdan bilimli, zukko va davr bilan xamnafas bo'lishi, zamon talabi ekanligi sir emas. Xar bir fan o'qituvchisi o'tiladigan yangi mavzuga chin yurakdan yondoshsagina dars samarali va natijali bo'ladi. Dirijorlik fani xam muxim fanlar qatoriga kiradi. Dirijyorlik - san'atning o'ziga xos jihatlariga ega bo'lgan maxsus turidir. Uning asosiy va fundamental farqi shundaki, dirijyor o'zi bir marta tovush chiqarmay yoki biror cholg'udan tovush hosil qilmay turib, o'z tasavvurida eshitgan asarning musiqiy obrazini xonanda - ijrochilar jamoasi orqali tinglovchiga yetkazadi, u yoki bu ijodiy maqsadga erishish uchun o'z jamoasini yo'naltiradi va boshqaradi. Xuddi shu jihat, dirijyorlik texnikasi, boshqa musiqiy -ijrochilik texnikalardan ajralib turadi. Dirijorlik faniga kirishda eng avvalo tinglovchilar uchun qiziqarli ma'lumotlarni bayon qilish maqsadga muvofiq bo'ladi. Jumladan dirijyor tayoqchsi masalasi bugungi kunda juda dolzarb bo'lib turibdi. Tayoqcha bilan dirijyorlik qilishi qulaymi yoki aksinchami? degan savol tinglovchilar tomonidan ko'p beriladi.Bu biz oylaganchalik oddiy savol emas. Agar biz dirijyorlik san'ati tarixiga murojaat qilsak, ushbu tayoqcha ikki narsa takt belgilash uchun hamda didijyor orkestr yoki xorga o'z niyatlarini yetkazish uchun mo'ljallanganligini ko'rsatishimiz mumkin. Ya'ni, bunda tayoqcha bilan musiqa sur'ati, dinamikasi,

xarakteri ko'rsatib beriladi. Tayoqcha esa, biz bilib olishga ulgurganimizdek, turli kattalikda oddiy va kichkinadan tortib, "qirol hissasi" deb ataluvchi bahaybatlarigacha bo'lgan. Hatto XIX asrgacha ham yog'och taqillatish bilan ritm belgilangan. Bu hol dirijyorlarning intiqligi bilan emas, balki dirijyorlik eshitilmasa, ijroda yakdillik bo'lmasligi bilan izohlangan. Takt chizig'ining paydo bo'lishi va notalarning taktlarga bo'linishi (XVII asrning ikkinchi yarmi) dirijyor vazifasini yengillashtirdi. Generalbas, ya'ni doimiy garmonik jo'rlik paydo bo'ldi. Dirijyor chembalo yoki royal yoniga o'tirib olib, ansambl bilan birgalikda ijro qilib, dastlabki akkordlar bilan tempni ko'rsatib, ritmni urg'ular bilan ajratib, ko'zlari, boshi, barmog'i bilan ishora qilib, hirgoyi qilib, ba'zida oyog'ini taqillatib, tovushlarni boshqara boshladi. Boshqaruvning bunday usuli, ayniqsa opera va konsertlarda keng tarqaldi.

XVII asrda esa yog'ochga bog'langan dastro'mol yoki ro'molcha yordamida dirijyorlik qilish holatlariga ham duch kelamiz. Bunday voqea Italiyada bo'lgandi va bu eshitilmas dirijyorlikka intilishning bir ifodaidir. Biroq tayoq va oyoqni do'pirlatish davom etardi va u hamon ko'pchilikning g'ashini keltirardi. Matteson so'zlarini eslaymiz: "Ayniqsa, tarixdagi fransuz operasi bunday usulni hali ham qo'llab kelayotgani uchun ko'p tanqidga uchradi" (Kompozitor va dirijyor Molli bilan bo'lgan voqea). Shu paytning o'zida tarixdagi Italyan operasida esa dirijyorlar eshitilmas tarzda, royal ortida o'tirgan holda orkestrni boshqaradilar.

XIX asrning boshida Berlindagi milliy teatrda dirijyor Bernard Analli Veber ichi buzoq yengi bilan to'ldirilgan charm karnay bilan dirijyorlik qiladi. Veber u bilan prtituraga shunday "ishlov" berardiki, yung har tomonga tuzib ketardi. Albatta, bu kabi misollar talaygina edi. Boshqaruvning bunday usullari, ya'ni royal ortida o'tirib va takt uruib dirijyorlik qilish oxir-oqibat o'zaro ziddiyatlarga olib keldi. Har ikkala usul faoliyatga mustahkam o'rnashdi va o'zining tarafdorlari hamda raqiblariga ega bo'ladi. Endi zamonaviy dirijyorlik usuli tomon bir qadam qoyish, ya'ni dirijyorlar foydalangan barcha narsalarni ixchamgina tayoqchaga almashtirish qolgandi. Albatta, bu avval boshida an'anaviy dirijyorlik usuli tarafdorlarining qizg'in noroziligiga sabab bo'ldi. XIX asrda dirijyorlik tayoqchasining paydo bo'lishi misli ko'rilmagan bir yangilik bo'ldi. Inson tabiati shunday - bir o'rganib qolgan narsalarimizdan voz kechishimiz juda qiyin. 1812-yilda venada bo'lib o'tgan musiqiy bayramda dirijyor qo'lida tayoqchaning paydo bo'lishi barchaning e'tiborini jalb qildi. 1817-yilda esa Frankfirt Mayn shahrida dirijyor Shpor ilk bor o'ng qo'lida tayoqcha bilan dirijyorlik qila boshladi. Rixard Vagner esa birinchi bor tinglovchilarga orqasi bilan turib, dirijyorlik qildi. U mahalda konsertlarga oddiy xalq emas, balki oily tabaqali janoblar va xonimlar, podsho va uning amaldorlari kelishardi. Ularga teskari turib dirijyorlik qilish mahalda katta gunoh va hurmatsizlik hisoblanardi. Rixard Vagner esa bu an'anani qat'iy turib buzdi. Gap shundaki bundan avval dirijyorllar orkestrga teskari turib, muhlislarga qaragn holatda dirijyorlik qilardilar. Shpor o'z xotiralarida o'z

konsertlaridan birida tayoqcha bilan hech bir shovqinsiz va yuzini ortiqcha tirishtirmay dirijyorlik qilganini va bu muhlislarga juda yoqqanini, biroq direksiyani tashvishga solganini so'zlab bergandi. Shundan so'ng hamma tayqocha bilan hamma joyda dirijyorlik qila boshladilar. U umuman dirijyorlikning timsoliga aylandi.

Tayoqchaning paydo bo'lishi dirijyorlik usulining almashinuvinigina emas, balki bundanda kattaroq ma'noni anglatadi. Endi dirijyor tayoqchani tug' sifatida olib, "taxtga chiqdi" va hukmronlik qila boshladi. Dirijyor timsolida esa endi yagona ijroga hukmronlik qiluvchi shaxs namoyon bo'ldi, jamlandi. Shu tariqa, XIX asrning 40 yillariga kelib, dirijyorlikning yangi usuli to'la-to'kis qaror topdi.

Shunday qilib, dirijyorlik tayoqchasi tezda barcha tomondan tan olindi. Endi tayoqcha juda ekrakli yordamchiga aylandi. Chunki u tufayli qo'l uzunroq, egiluvchanroq bo'ladi. Tayoqcha uzoqroqqa aniqroq ko'rinadi. U kaft va barmoqlarning hatto eng nozik harakatlarini ham aniq yetkaza oladi. Bularning barchasi faqatgina agar tayoqcha hqiqatan ham qo'lning davomi bo'lib, u bilan organik tarzda bog'langan bo'lsa, qo'lning "istagini" bildirsa va ritmga halal beruvchi ortiqcha narsa bo'lmasagina to'g'ridir. Tayoqha "jonli-uyg'oq" bo'lishi kerak. Shundagina u dirijyor va orkestrlarga foyda keltiradi. Orkestrning har bir a'zosi buni yaxshi biladi. Agar tayoqchaning uchi bilan dirijyorlik qilinsa, u kerakli va foydali asbobdir, agar dirijyorlik markazi boshqa joyda, kaftda, bilakda va boshq yerda bo'lsa, unda tayoqchadan foyda yo'q. tayoqcha undan foydalanishni bilganlarga kerak. Aks holda, u foydasiz, hattoki zararli deb sanaladi. Tayoqcha bilan ishlash yaxshimi yoki yo'qmi degan savolning mohiyati ham shunda. Biroq dirijyor faqat ko'zlari yoki qoshlari bilan boshqaradigan holler ham bo'ladi. Masalan, Artur Nikish ba'zida ko'zlari yoki qoshlari bilan dirijyorlik qilgan paytlari ham bo'lgan.

Nikolay Malkoning yozishicha, taniqli dirijyor Ernst Anserme qachondir unga dirijyorlikni boshlashdan avval tayoqchaning uchiga qarashini, shunda orkestr ham nogahon shunga tikilib qolishini aytgan. Bu yaxshi maslahat! Tayoqchadan foydalanish samarasi, uni qanday ushlash va ishlatishga bog'liq. Buning uchun tayqochani chetga qaratib emas, balki qo'l yo'nalishida ushlash kerak. Afsuski, tez-tez shunday holat uchrab turadiki, bunda tayoqcha umuman dirijyorlik qilmaydi, chunki orkestr oldida ikki dirijyor qo'l va chetga qaratilgan tayoqcha namoyon bo'ladi. Bu ikki "dirijyor" har doim ham yakdillikda harakat qilmaydi. Shu bois tayoqchani o'rtasidan emas, balki uchidan turish lozim bo'ladi tayoqcha barchaga yaxshi ko'rinib turishi kerak. Bu avvalo, qo'l harakatiga bog'liq bo'lib, tayoqchani dirijyorlik pulti to'sib qoyadigan darajada past ushlamaslik kerak. Shuningdek, qo'lni yoki ikkala qo'llarni ham bosh ustida ko'taribm tushunarsiz va "sirli" aylanma harakatlar ham qilib bo'lmaydi. Bundan tashqari, bir tomonga o'girilib, o'z gavdasi bilan tayoqchani orkestrdan to'sib qoyish ham noto'g'ri. Ayniqsa, o'sha qism ayni paytda dirijyorga ehtiyoj sezib turgan bo'lsa. Xullas, shuni unutmaslik kerakki, dirijyorlik tayoqchasi

eshitilmas, lekin ko'zag ab ko'rinuvchi ishoralar berish uchun qo'llaniladigan yaroqdir. Zotan, orkestr ijrochilari o'z partiyalari bilan mashg'ul bo'lib, ular tayoqchani pauza paytida ko'radilar, yoki ijro davomida o'z qiri bilan ilg'aydilar, yohud his qiladilar. Shu bois ham dirijyor tayoqchasi musiqachilarning diqqat markazida bo'lishini va ularga ishonchli mayoq bo'lib xizmat qilishni ta'minlashi zarur. Tayoqchaning o'lchamlari orkestrning va joining katta-kiochikligiga qarab belgilanadi va ko'pincha, u dirijyorning o'ziga havola bo'lib, har kim o'ziga qulay bo'lgan va o'rganib qolgan tayoqchasi bilan ishlagani ma'qul.Manual texnika lotincha «manos» - «qo'l» so'zidan olingan. Bu - dirijorga o'z maqsadlarini; sur'at, ritm, metr, xarakter, dinamika haqidagi «muhim axborotni» yetkazish; muayyan cholg'u yoki guruhlarning ijrosini ko'rsatish, asarni o'z talqinida ifodalash vositasi bo'lgan harakatlar yig'indisidir. Manual texnika dirijorga uning «cholg'usi» bo'lmish orkestrni boshqarish, undan o'ziga kerakli musiqa chiqarish vositasi bo'lib xizmat qiladi. Bunda manual texnika bemaqsad bo'lmay, balki ijro etilayotgan musiqani ruhlanib yangrashidek bosh maqsadga bo'ysunishi kerak. U tinglovchilarga, hattoki dirijor boshqarayotgan orkestrga ham sezilmasligi kerak. Shu bilan birga «yomon qo'l», ya'ni «dirijorlik texnikasi asosi»ga. ega bo'lmagan va ayni paytda yuksak ijrochilik qobiliyatiga ega bo'lgan dirijorlar ham yo'q emas, Misol tariqasida S.I. Savshinskiyning «Pianinochi va uning faoliyati» deb nomlangan asaridagi (L. 1961, 7-bet) so'zlarni keltirish mumkin: «Buyuk dirijor Otto Klemperer ilk bor Leningradda konsen berganda Motsart, Betxoven, Brams asartarini ijro etib, muxlislar qalbmi lanaga soiganda uning texnikasi umuman yo'q ekan, deguvchilar topildi, Ular, ayniqsa, orkestr a 'zolari va yosh dirijorlar orasida ko 'p edi. Vaholanki, orkestr o'shanda dirijor niyatini to'liq amalga oshiruvchi, ilhom bilan bajaruvchi yagona cholg 'u kabi ishlagan edi. Axir ko 'zga yaqqol tashtanib turmagan texnikani egallashning ozi san 'atdagi buyuk texnika emasmi?!» Shunday qilib, dirijorlik texnikasi tufayli, dirijor ijrochilar bilan muloqot o'rnatadi va uni ushlab turadi. musiqa xarakterini uning g'oyasi va kayfiyatini plastik tarzda namoyon etadi. U o'zidagi ruhiyatni orkestrga yuqtirgan holda uning jarangdorligini ta'minlab. asarning shaklini yaratadi.

Ma'nodor manual texnika, aniq obrazli qo'l harakati ijroning badiiy bo'lishiga xizmat qiladi. Qo'l harakatlari tilini yaxshi egallagan dirijor asarni ayni damda qanday istasa, shunday ijro ettirishi mumkin, garclii bu holat repetitsiyadagidan ko'ra farqliroq bo'lsa ham. Sunday ijro tinglovchida katta taassurot qoldiradi.

O'ng va chap qo'l harakatlari va dirijyorlik tayoqchasi

Qo'l harakatlarini tezligi har xil takt sxemalarini ikkinchi darajali vazifalarni yechishda qo'l kelsa-da, ammo bir xillik darajasiga tushib qoladi, bu esa ma'lumki, ijodkorlikka ziddir. Havoda muallaq holda taktlarni musiqasiz bajarishga o'rgangan dirijyor o'zining artistlik qobiliyatini so'ndiradi, chunki u musiqa asarlarini ijro etish chog'ida ohangga mos turli xil original usullarda qo'l siltash harakatlarini ilgarigi odat

bo'lib qolgan bir xillik, sxema harakatlari bilan chalkashtibi yuboradi. U faqat miyadan boshqarishni talab qilmaydigan ayrim oddiy harakatlarnigina bajarish mumkin.

Dirijyorning chap qo'li nimalarga qodir?

a) o'ng qo'l bilan paralle holda bir xil sxemani o'sha tomonga qarab bajarish;

b) o'ng qo'lga nisbatansimmetrik ravishda harakat qilish;

c) umumiy bir sxemani qismlarga ajratib, simmetrik hollarda bajarib o'ng qo'l harakati galma-gallashuvi.

d) o'ng qo'lning tsiklik harakatini simmetrik hollarda bajarish, vaqti-vaqti bilan o'ng qo'l harakatiga qo'shilishi;

e) o'ng qo'l harakatsiz turganda juda murakkab harakatlarni bajarish;

f) o'ng qo'lning takt harakatini to'xtatmasdan, oddiy harakatlarni bajarish mumkin: harakatda, harakatsiz holda bo'lishi yoki istalgan tomonga to'g'ri chiziq boylab harakatlanishi qo'llarning alohida-alohida qilish qobiliyati dirijyorning shaxsiy sifatlariga bog'liq.

Har bir dirijyor o'z fiziologik imkoniyatlarigab ega bo'ladi, birov o'z harakatini ko'proq, boshqasi esa kamroq tabaqalashtirishni egallab olgan. O'quvchi avvalo taktlar qilishni bitta qo'li bilan alohida o'rgangani, keyin esa ikkala qo'li bilan bir vaqtda harakat qilishni hamma choralar bilan egallab olishi muhimdir. Shulardan kelib chiqib har bir dirijyor quyidagi usullarni o'rganib olishi zarur.

a) har biri qo'li bilan alohida takt qilishi;

b) har bir qo'l va ikkalasi bilan quloch kengligida simmetrik takt qilishi va ularning turli holatidan foydalanish;

c) turli variantlarda bitta va ikkita qo'l bilan dirijyorlik qilgan hollarda vaqti-vaqti bilan bir qo'lni takt qiluvchi boshqa qo'lga qo'shish;

d) turli tomonga bir sxema boyicha qo'llarni takt qilishda ikkalasi harakatini galma-gallashtirish: masalan o'ng qo'li bilan bir takt yoki taktning qismini bir ijrochiga qaratib, chap qo'l bilan taktning qolgan qismini yoki keyingi taktning boshqa ijrochiga qarata olish;

e) bir qo'l takt qilayotganda boshqa qo'lni harakatsiz tutib turish yoki ogohlantiruvchi ishoralar qilish, ohangni kuchaytirish yoki pasaytirishni to'g'ri chiziq boylab yuqori va pastga harakatlar bilan ko'rsatish;

f) ko'pincha o'ng qo'l bilan taktlash davomida har xil ko'rsatmalar berish va boshqa qo'l bilan turli-tuman obrazli vaziyatga ishoralar qilish.

Dirijyorning beso'naqay, notabiiy yoki qo'pol harakatlari ijrochilarda zo'riqish va noqulaylik hislarini tug'dirishi mumkin. Muayyan estetik normalarni ham mudom yodda tutish darkorki, dirijyorni butun ijrochilar guruhi, avvalo, ko'rish orqali qabul qiladilar.Dirijyorlik qilish paytida qo'l holati o'zgarishsiz qolmaydi. Ularning joylashuv balandligi, cho'zilish darajasi doimo o'zgarib turadi. Bu ko'p sabablarga bog'liq. Jumladan, orkestr jarangdorligi dinamikasiga, u yoki bu epizod fakturasiga,

muayyan cholg'u yoki guruhlarning, ijroga kirishishini ko'rsatishga, asar janriga, uslubiga, masshtabiga, qolaverasa, orkestr yamasi teatrlarda (orkestr joylashadigan chuqurlik) yoki Estrada sahnasida dirijyorlik qilinishiga bog'liq bo'lishi mumkin. Bularning barchasi dirijyor qo'llari holatida aks etadi.

"Amplituda" lotincha amplitudo so'zidan olingan bo'lib, kenglik yoki hajmni bildiradi. Musiqa tovushining kuchi tebranishning keng-qisqaligiga bog'liq. Tebranish qancha keng bo'lsa, tovush shuncha qattiq bo'ladi va aksincha.

Umuman dirijyor o'zida qo'l harakati amplitudasi meyorini saqlash hissini tarbiyalamog'i lozim. U haddan ziyod katta, keng harakatlardan qochishi kerak. Harakat imkon qadar ifodali va tejamkor bo'lishi lozim. Katta amplitudaga berilib ketish dirijyorning harakatlari ifodali va aniq bo'lmay qolishiga olib keladi. Qolaversa, bu doimo ham ijro etilayotgan musiqa xarakteriga to'g'ri kelavermaydi. Ba'zida dirijyor orkestrdan piano (p) talab etgan holda, uning harakatlari aynan forte (f) ga mos kelayotganiga e'tibor bermayotganiga guvoh bo'lamiz. Afsuski, bunday kamchilik nafaqat faoliyatini endigina boshlayotgan, balki tajribali dirijyorlarda ham bo'ladi. Harakat amplitudasidek ifoda vositasi sifatida foydalanishni alohida vaziyati deb, uning to'satdan yoki asta-sekin temp almashinuvi paytida o'zgartirishdan iborat, odatda, "kreshchendo" paytida harakat amplitudasi kattalashish tomonga, "diminuendo" paytida esa kamayish tomonga o'zgaradi. Harakatning to'satdan qisqarishiga, uning to'satdan ko'payishi kabi chaqqon harakati bilan erishiladi. Shu o'rinda ijro etuvchi jamoaning soni ham katta ahamiyatga ega ekanligini sedan chiqarmaslik kerak; dirijyor qarshisida ko'p odam o'tirsa, u nogahon katta harakatlarga o'tib ketishi tabiiy va aksincha. O'z navbatida buning teskarisi ham bo'lishi mumkin.

Foydalanilgan adabiyotlar

1. SH.Mirziyoyev. erkin va farovon, demokratik Ozbekiston davlatini birgalikda barpo etamiz. Toshkent -"Ozbekiston" -2016.56 B.

2. SH.Mirziyoev. Buyuk kelajagimizni mard va olijanob xalqimiz bilan birga quramiz. Toshkent -"Ozbekiston" -2016.488 B.

3. SH.Mirziyoev. Qonun ustuvorligi va inson manfaatlarini ta'minlash-yurt taraqqiyooti va xalq farovonligining garovi. Toshkent -"Ozbekiston" -2016. 488 B.

4. SH. Mirziyoev. Tanqidiy tahlil, qat'iy tartib-intizom va shaxsiy javobgarlik xar bir rahbar faoliyatining kundalik qoidasi bo'lishi kerak. Toshkent -"Ozbekiston" -2017.104 B.

5. Zinoveva L.P.Vokalnie zadachi auftakta v dirijirovanii. 2007

6. Sh, Jumaboyeva M. "Forming the child's personality in the process of acquiring musical knowledge." web of Scientist: International Scientific Research Journal 3.11 (2022): 128-132.

7. Shavkatovna, Djumabaeva Muqaddas. "The Importance of the Sound of Tones in Instilling Elements of National Spirit in the Hearts of Students." JournalNX 7.02: 151-153.

8. Kobilova E.B. Classical music and youth education((Asian Journal of Research in Social Sciences and Humanities ISSN: 2249-7315 Vol. 12, Issue 09, September 2022 SJIF 2022 = 8.625 A peer reviewed journal) Formation of creativity in preschool children by means of folk instruments using advanced foreign experience(ISSN: 27760979, Volume 3, Issue 10, Oct., 2022)

9. Kobilova E.B. Priority action on the development of educational reforms in Uzbekistan International Scientific Conference Sofia. 2020y. -55-58bet

10. Kobilova E.B."Forming The Virtue of Hard work in students through the life end work of the composer YunusRajabi". "The american journal of social science end education innavations.2021y34-39bet

11. E.B. Of forming musical creativity of school children.Published by International journal of Social Sciences & Interdisciplinary Research., under Volume: 12 Issue: 02 in February-2023 https://www.gejournal.net/index.php/IJSSIR.b.20-22

12. Kobilova E.B . Educational significance of teaching the history of turkish art and culture to students. ISSN 2277-3630 (online), Published by International journal of Social Sciences & Interdisciplinary Research., under Volume: 12 Issue: 02 in February-2023 https://www.gejournal.net/index.php/IJSSIR b. 17-19

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.