TOVUSH KUCHI O'ZGARISH HOLATINING DIRIJYORLIKDAGI
IFODASI
Altinay Bekpolatova O'zbekiston davlat san'at va madaniyat instituti Nukus filiali
Annotatsiya: Dirijyorning mahorati ijroni ifodalay bilishi, unga munosib harakat bilan silliq o'tadigan va aniq auftakt bera olishi bilan bog'liq. Cholg'ularning alohida guruhlari yoki butun orkestrga ijro ifodasini kо'rsatishdek muhim yana bir jihat musiqiy qurilmalar - epizod, jumla, turli melodik chiziqlarning boshlanishini ko'rsatishdir. Ijroni anglatuvchi qo'l harakati uchun oldin bo'ladigan auftakt kabi tabiatni juda aniq, faol, yorqin ko'rimli bo'lishi kerak.
Kalit so'zlar: San'at, dirijyor, orkestr, ansambl, battuta, general-bas, xeyronomiya, avtor, manual, analiz, garmoniya, general repetitsiya, janr, cholg'ulashtirish, partirura, ritm, transpozitsiya, fermata, liga, fraza, kompozitor.
CHANGING THE POWER OF SOUND INTO A CONDUCTING
EXPRESSION
Altynai Bekpolatova Uzbekistan State Institute of Arts and Culture Nukus Branch
Abstract: The skill of the conductor is to be able to express the performance, to give it a smooth and precise auftakt with the appropriate movement. Another important aspect, such as showing the performance of individual groups of instruments or the whole orchestra, is to show the beginning of a musical device - an episode, a sentence, a variety of melodic lines. For a hand gesture to be performed, it must have a very clear, active, vivid vision of nature, like the previous auftakt.
Keywords: Art, conductor, orchestra, ensemble, battuta, general-bass, heironomy, author, manual, analysis, harmony, general rehearsal, genre, instrumentation, parturura, rhythm, transposition, fermata, league, phrase, composer.
Ijroni ko'rsatuvchi qo'l harakatini biz mustaqil usul sifatida ko'rib chiqamiz. U doimo o'zidan oldin bajariladigan auftakt bilan chambarchas bog'liq. Har qanday ijroni biz faqat auftakt yordamida ko'rsatishimiz mumkin. Har qanday ijrolarning, u hoh butun orkestr yoki cholg'ular guruhi ijrosi - asar boshida bo'lsin, xoh musiqaning qandaydir joyida yakkaxon cholg'u, ovoz, cholg'ular guruhi ijrosi bo'lsin -barchasining mas'uliyati juda yuqori ekanligini ortiqcha ta'kidlash lozim emasdir.
Har qanday holda ham Dirijyor ijroning birvarakayiga va o'z vaqtida bo'lishini ta'minlashi, bunda ijrolar dinamikasi, tempi va chizgilar muvofiq bo'lishi lozim.
Dirijyorning mahorati ijroni ifodalay bilishi, unga munosib harakat bilan silliq o'tadigan va aniq auftakt bera olishi bilan bog'liq. Cholg'ularning alohida guruhlari yoki butun orkestrga ijro ifodasini ko'rsatishdek muhim yana bir jihat musiqiy qurilmalar - epizod, jumla, turli melodik chiziqlarning boshlanishini ko'rsatishdir. Ijroni anglatuvchi qo'l harakati uchun oldin bo'ladigan auftakt kabi tabiatni juda aniq, faol, yorqin ko'rimli bo'lishi kerak. U boshqa qo'l harakatlaridan ajralib turishi lozim.[1.B.43]
Asarning boshi yoki uning mustaqil qismlaridagi ijroni ifodalash dirijyordan asar davomida uchraydigan qismlarga nisbatan ko'proq tayyorgarlikni talab etadi. Unda muhim jihat dirijyorning ijro onlariga ruhan tayyor bo'lishi bilan belgilanadi. qolaversa, bu o'rinda dirijyorning musiqani dastlab o'rganish paytida tempni qanday o'rnatishni aniqlab olish ham muhimdir. Bu borada dirijyor musiqiy asarni avvaldan yaxshi o'rganib, uning ijrosiga doir barcha ikir - chikirlarini o'ylab olgan bo'lishi kerak. Shunda u qo'lini ko'tarishdan oldin doimo ijroning butun xarakteri va sur'atini to'g'ri his etadi. Natijada, ijro avvalida qo'llar ko'tarilishining o'zi ko'p jihatdan asarning xususiyatlarini belgilab boradi, ya'ni uning xarakteri, sur'at va dinamikasi ifoda etiladi. Qo'l ko'tarishdan keyingi auftakt ham u vositasida tayyorlanadigan musiqaning xarakteriga bog'liq. Aytish joizki, asar yoki uning mustaqil qismining ijro ifodasi boshlanishidan har ikkala qo'l yordamida ko'rsatiladi. Buni vaziyatning muhimligi taqozo qiladi.
Garchi asarning turli joylarida ijroni ifodalash asar boshi yoki uning mustaqil qismlari ijrosidagi kabi jiddiy ruhiy tayyorgarlikni talab etmasada, boshqa murakkab jihatlarga ega:
Dirijyorning har qanday ogohlantirishi ijro davomida amalga oshiriladi. Dirijyor, musiqiy fikrning o'rnatib bo'lingan yo'nalishini buzmagan holda ijrochilarning bo'lajak ijrolar haqida ogohlantirishi lozim. Asar o'rtasidagi ijrolarni ko'rsatish uchun chap qo'ldan foydalangan ma'qul. Quyidagi usul eng qulaylardan biridir: ijrodan sal avval chap qo'l harakatni to'xtatadi va faqat ijro paytida yana harakat boshlaydi. Buning uchun dirijyor bir necha taktlar davomida cholg'ular guruhi (masalan, yog'ochli, damli yoki zarbli cholg'ularni) ijroga tayyorlaydi, so'ng esa ko'zga tashlanadiganroq va faolroq harakat bilan uning amplitudasini kengaytirib, qo'l vaziyatlarini o'zgartirgan holda ijroning o'zi ifoda etiladi. Bunday hollarda, masalan bir vaqtning o'zidagi ijroda deylik, kvintet guruhi va bir goboy va fleytanning ijrosi kutilayotgan vaziyatda fleyta va goboyni nigohi bilan ogohlantirib qo'ygan bo'lishi kerak. Dirijyor skripkaga murojaat qiladi, chunki ular ko'pchilikni tashkil etadilar.
Ba'zida turli joyda joylashgan ikki guruh bir paytning o'zida ijro boshlashi kerak bo'ladi. Bunday vaziyatda o'ng qo'l bir guruhga, chap qo'l esa ikkinchisiga ishora beradi. Albatta, har ikkala guruh bundan avval nigoh yordamida ogohlantirilgan bo'ladi va bunga tayyor turadi. Ikkinchi misol: Dirijyor asosiy yo'nalishini ijro etuvchi guruhga har ikkala qo'li bilan murojaat qiladi va ikkinchi guruhga faqat uning nigohi vositasida «so'zlaydi».[2.B. 118]
«Faol» va «Sust» harakatlar degan termin dirijyorlar so'z boyligida mustahkam o'rnashib olganki, buni «kuchli» va «kuchsiz» harakatlar desak, to'g'riroq bo'lardi. Zero musiqa o'zining har qanday qismida energiyasi, «salmog'i» bo'yicha turli bo'lgan lahzalardan iborat. Shunga yarasha ularni ifoda etuvchi harakatlar ham bir-biridan farq qiladi. Ular ko'proq yoki kamroq darajada faol bo'lishi mumkin. Qo'l harakatlarining farqi dinamika, metroritmik xususiyatlar, pauzalar bilan almashinishlarga ko'ra belgilanadi (forte, piano, aksentlar, sforsando). Faol qo'l harakati har qanday boshlanishning avvalida ifoda etiladi. (Agar boshi, epizod, jumla hamda har qanday yangi narsaning paydo bo'lishi, cholg'u va cholg'ular guruhining ijroga qo'shilishi, garmoniyaning almashinuvi, sur'at, dinamikaning o'zgarishi, harakat xarakteri).
Sustroq harakat bilan esa bir akkordning bir maromda uzoqroq yangrashi, «bo'sh taktlar» belgilanadi. Ko'p hollarda musiqaning o'ziga xos xususiyatlari Dirijyorning pauza ko'rsatuvchi qo'l harakati yetarli darajada aniq va faol bo'lishini talab qiladi.
Faol harakatlar sustlaridan quvvatining ko'pligi, tarangligi bilan farq qiladi, sustroq harakatda esa Dirijyor qo'li kuchsizroq, yumshoqroq, erkin va yengil bo'ladi. Shu bois faolligi bo'yicha turlicha bo'lgan harakatlarni qo'llash nafaqat musiqa xarakterini ochib berish, balki Dirijyorlikni ifodalash va aniq bo'lishiga ham xizmat qiladi.
Aksent. Aksent lotincha accentus - biror tovush yoki akkordni qattaq urg'u berib chalish demakdir. Aksent deganda, taktning ijro etilayotgan musiqa xarakteriga qarab, aniq qo'l harakatini talab qiluvchi faqat bir xissasi yoki akkordiga urg'u berishni tushunish lozim. O'z navbatida, aksentning kuchi - asosiy ohang (nyuans) ga bog'liq. Demak, piano ohangidagi (st) - sanchiq, yengil chayqalish, f-st esa - katta kuchdagi zarba bo'ladi. Aksentni aks ettiruvchi harakat avvalgilari va keyingilaridan keskin farq qilishi kerak. Unga maksimal darajadagi aniqlik, o'tkirlik va qisqalik xosdir. Aksent bir yoki ikkala qo'l bilan ifoda etiladi. Buni ko'rsatishning eng yorqin usuli shundan iboratki, aksentga yaqinlashish paytida chap qo'l harakatdan to'xtaydi, keyin u chaqqon harakat bilan aksentni ko'rsatadi. Agar aksent ko'rsatishning avvalgi hollarida u ikki qo'l harakati bilan ko'rsatilganda har bir qo'l nozik ifodalari, o'zaro mos kelgan bo'lsa boshqa ba'zi hollarda bunday moslik bo'lmasligi ham mumkin. Chap va o'ng qo'llarning alohida harakatlari ayniqsa forte-piano (fp), (ffp) fortissimo
I icclT^^^^H 265 http://oac.dsmi-qf.uz/
piano ning ifodalarini ko'rsatishda ayniqsa asqotadi. Bunda o'ng qo'lning fortedagi zarbidan so'ng chap qo'l darhol piano (p) holatiga o'tadi, ya'ni oldinga tashlanadi va kaft bilan orkestrga ogohlantrish ifodasini beradi. Taktning kuchli va nisbatan kuchli xissalaridagi aksentlar kuchli qo'l harakati bilan dastlabki aksentlangan xissalarda ko'rsatiladi. Kuchsiz xissalardagi aksentlarni ifoda etish uchun, kuchli va nisbatan kuchli xissalar yumshoqroq harakat bilan ko'rsatiladi. Agar aksentlar takt xissalari orasiga to'g'ri kelsa, unda bir qismi aksentlangan xissani ko'rsatish kerak. Agar musiqa forteda yozilib, aksentlar ketma - ket bo'lsa, unda barcha aksentli xissalar bir xildagi aniq va o'tkir harakat bilan ifodalanadi. Sforcando - (st) aksent turining bir ko'rinishi siftida namoyon bo'lib, undan faqat aniqroq, yorqinroq va muhimroqligi bilan ajralib turadi. Aksent kabi Sporzando (st) umumiy dinamikaga bog'liq va kuchi jihatdan turlicha bo'lishi mumkin. Uni ifodalovchi harakat esa forteda pianoga nisbatan chaqqon va keskinroq bo'ladi.[3.B.78]
Afsuski, amaliyotda eng ko'p tarqalgan (>, A, st) aksentlar ular orasida bo'ladigan farqni hisobga olmagan holda ijro etiladi. Masalan, marcato - > - belgisi uncha kuchli bo'lmagan urg'uni nazarda tutadi. A belgisi tovushni sezilarli tarzda ta'kidlashni talab etadi va nihoyat st - eng kuchli aksentni ifodalaydi.
Sinkopa. Musiqaning elementar nazariyasidan ma'lumki, sinkopa - qattiq chalinadigan (aksentli) notaning odatdagi kuchli xissadan kuchsiz xissaga ko'chishi natijasida hosil bo'ladigan ritmik guruhlanishdir. Sinkopaning o'ziga xos xususiyati shundan iboratki, u xuddi odatiy ritmik tartibni buzgandek bo'ladi. Vaholanki, sinkopaning paydo bo'lishi ushbu jumlaning ritmik tuzilishini boyitadi. Taktning kuchsiz xissasiga o'tuvchi aksentlangan nota maxsus Dirijyorlik usullari, juda aniq, ko'zga tashlanadigan auftakt qo'llanilishini talab etadi. Aksent kabi, sinkopa ham sanoq xissasi (schetnaya dolya) va takt xissalari orasiga to'g'ri kelishi mumkin. Sanoq xissasiga to'g'ri keluvchi sinkopa oddiy aksent bilan deyarli bir xil bo'lib, undan oldin xali aniqroq auftakt beriladi, uni ko'rsatish uchun chaqqon tushuriladi va qattiq zarb nuqtasiga duch keladi.
Sanoq xissalar o'rtasiga to'g'ri keladigan sinkopa murakkabroq bo'ladi va xissalar orasidagi aksentga o'xshab ketadi. Sinkopaning bu turini aniq ko'rsatish zaruriyati tovush yangrashidan oldin asosiy xissaning zarb nuqtasi aniqligi bilan taqozo etiladi. Bu ayniqsa sinkopa bir necha taktlarda davom etgan hollarda muhimdir.
Yuqori darajada aniq va yorqin ifodalanmagan sinkopa, o'zining dinamik va ritmik xarakterini yo'qotadi, ya'ni sinkopa bo'lmay qoladi. [4.B.90-91]
Shunday qilib, Dirijyor har sinkopa boshini tezkor va chaqqon harakatlar bilan ko'rsatishi kerak. Bu - orkestrantlar o'zidan keyingi kuchli xissadan urg'u bilan taktning kuchsiz xissalarini aksentlashlari uchun kerak. Darvoqe, tez sur'atlardagi bu urg'u sekin sur'atlarga nisbatan ifodaliroqdir, «Sinkopani ko'rsatuvchi qo'l harakati
I ihSi^^Bl http://oac.dsmi-qf.uz/
aslida keyingi tovush uchun auftaktdir - deb yozgandi, Nikolay Malko - shu bois undan oldin doim to'xtash kerak - bunga nafaqat musiqa boshida yoki pauzadan so'ng, balki bundan oldin qanday qo'l harakati bo'lganidan qat'iy nazar, hamma joyda bajarilishi kerak». Shu bois sinkopa tovush tutilishidan, faol harakat bilan ta'kidlanadi. Misol tariqasida L.Betxovenning 4-simfoniyasining 1 qismi, P.Chaykovskiyning 2-simfoniyasining 1 qismini ko'rsatish mumkin.
Foydalanilgan adabiyotlar
1. Toshmatov E. Dirijyorlik. - T.: O'zbekiston faylasuflari milliy jamiyati nashriyoti, 2008. 252 b.
2. Azimov K. O'zbekiston dirijyorlari. T.2001y.
3. Haqnazarov Z. Dirijyorlik haqida. - T.: "Musiqa" 2012. 254 b.
4. Ilya Musin's language of Conducting Gestures" by Mima Ogrizovic-Ciric. (Under the Direction of Mark Cedel), ATHENS, GEORGIA 2009, USA 88-b.