Научная статья на тему 'DIRIJYORLIK SАN’АTI TАRIXI VА UNING RIVОJLАNISHI'

DIRIJYORLIK SАN’АTI TАRIXI VА UNING RIVОJLАNISHI Текст научной статьи по специальности «Искусствоведение»

1311
65
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
Musiqiy jаmоа / dirijyorlik / musiqiy tоvushlаr / dirijyorlik sаn‟аti / tеmp / ritmik chizgilаr / dinаmik ko„rsаtkichlаr / mеlоdik kоnturlаr / kоntsеrtmеystеr yoki xоrmеystеr / tаkt / buyuk kоmpоzitоr. / музыкальный коллектив / дирижер / музыкальные звуки / дирижирование / темп / ритмические линии / динамические показатели / мелодические контуры / концертмейстер или хормейстер / такт / великий композитор.

Аннотация научной статьи по искусствоведению, автор научной работы — Sanobar Raximovna Radjabova

Maqolada Dirijyorlik-ijоdkоrlik fаоliyati uzоq tаrixiy evоlyutsiya jаrаyoni ekanligi, dirijyorlik аsоsli rаvishdа eng оg„ir musiqiy mutаxаssislik sanalishi,u butun bir bilimlаr, qоbiliyat, shаxsiy sifаtlаr vа kаsbiy fаоliyat tuzilishidаgi kеng bоshqаruv turlаri bilаn аjrаlib turuvchi bilimlаr kоmplеksini tаlаb qilishi, dirijyor ijrоchilаrgа tеmp, ritmik chizgilаr, dinаmik ko„rsаtkichlаrni, mеlоdik kоnturlаrni ko„rsаtishi mumkinligi haqida yoritilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

ИСТОРИЯ РАЗВИТИЯ ДИРИЖЁРСКОГО ИСКУССТВА ПРОВЕДЕНИЯ И ПУТИ ЕГО РАЗВИТИЕ

В данной статье рассказывается, специфика Дирижирование это процесс длительной исторической эволюции, дирижирование это, по сути, сложнейшая музыкальная профессия, требующая в структуре профессиональной деятельности целый комплекс знаний, умений, личностных качеств и широкий спектр навыков. Темп, ритмические линии, динамические показатели, мелодические контуры.

Текст научной работы на тему «DIRIJYORLIK SАN’АTI TАRIXI VА UNING RIVОJLАNISHI»

DIRIJYORLIK SАN'АTI TАRIXI УА UNING RIVОJLАNISHI

Sanobar Raximovna Radjabova

O'zDK "Musiqa pedagogikasi" kafedrasi katta o'qituvchisi

Annotatsiya: Maqolada Dirijyorlik-ijodkorlik faoliyati uzoq tarixiy evolyutsiya jarayoni ekanligi, dirijyorlik asosli ravishda eng og'ir musiqiy mutaxassislik sanalishi,u butun bir bilimlar, qobiliyat, shaxsiy sifatlar va kasbiy faoliyat tuzilishidagi keng boshqaruv turlari bilan ajralib turuvchi bilimlar kompleksini talab qilishi, dirijyor ijrochilarga temp, ritmik chizgilar, dinamik ko'rsatkichlarni, melodik konturlarni ko'rsatishi mumkinligi haqida yoritilgan.

Kalit so'zlar: Musiqiy jamoa, dirijyorlik, musiqiy tovushlar, dirijyorlik san'ati, temp, ritmik chizgilar, dinamik ko'rsatkichlar, melodik konturlar, kontsertmeyster yoki xormeyster, takt, buyuk kompozitor.

ИСТОРИЯ РАЗВИТИЯ ДИРИЖЁРСКОГО ИСКУССТВА ПРОВЕДЕНИЯ И

ПУТИ ЕГО РАЗВИТИЕ

Аннотация: В дaннoй CTaTbe рaсскaзывaeтся, спeцификa Дирижирoвaниe - этo прoцeсс длитeльнoй истoричeскoй эвoлюции, дирижирoвaниe - этo, no сути, слoжнeйшaя музыкaльнaя прoфeссия, трeбующaя в CTpyKType прoфeссиoнaльнoй дeятeльнoсти щлый кoмплeкс знaний, yмeний, личшстных Ka4ecTB и ширoкий cneKTp нaвыкoв. TeMn, ритмичeскиe линии, динaмичeскиe пoкaзaтeли, мeлoдичeскиe кoнтyры.

Ключевые слова: мyзыкaльный кoллeктив, дирижeр, мyзыкaльныe звуки, дирижирoвaниe, TeMn, prnM^ecRHe линии, динaмичeскиe пoкaзaтeли, мeлoдичeскиe кoнтyры, кoнцeртмeйстeр или хoрмeйстeр, Ta^T, вeликий кoмпoзитoр.

HISTORY OF THE CONTRACTING ART AND ITS EVELOPMENT

Abstract: The article states that conducting is a process of long historical evolution, conducting is basically the most difficult musical profession, it requires a whole set of knowledge, skills, personal qualities and a wide range of management skills in the structure of professional activity. temp, rhythmic lines, dynamic indicators, melodic contours.

Keywords: Musical team, conductor, musical sounds, conducting art, tempo, rhythmic lines, dynamic indicators, melodic contours, concertmaster or choirmaster, beat, great composer.

Musiqiy jamoani birlashtirish va ijodiy ansambllikni ta'minlash kabi vazifalarni o'ziga oluvchi dirijyorlik asosli ravishda eng og'ir musiqiy mutaxassislik hisoblanadi. Chunki dirijyorlik butun bir bilimlar, qobiliyat, shaxsiy sifatlar va kasbiy faoliyat tuzilishidagi keng boshqaruv turlari bilan ajralib turuvchi bilimlar kompleksini talab qiladi.

Dirijyorlik-ijodkorlik faoliyati uzoq tarixiy evolyutsiya jarayonida shakllanib keladi. Dirijyorlik faqatgina XIX asrning ikkinchi yarmiga kelibgina musiqiy ijodkorlikning mustaqil shakli sifatida shakllanganligiga qaramay, uning tarixi uzoq davrlarga borib taqaladi. Dirijyorlikning mohiyati - musiqani biror bir harakat bilan ifoda etmoq - insoniyat tabiatining psixofizioligik xususiyatlarida negizlanadi. Musiqiy tovushlar inson mushaklarining ixtiyorsiz harakatini chaqiradi (mimika, harakat, oyoqlar harakati, tana harakati). Qadimgi musiqiy madaniyat shu kabilarga asoslanar edi.

Sivilizatsiyagacha bo'lgan davrda musiqaning janr asoslarini asosan raqslarda ko'rish mumkin. Raqs mobaynidagi qadimgi insonning tana harakatlari va ritmni qo'l ostidagi vositalar (yog'och, tosh, chig'anoqlar va xkz.) orqali ifoda etishi dirijyorlik san'atining bosh negizi bo'lib xizmat qiladi. Insoniyatga xos estetik kechinmalarga bo'lgan talab ansamblga o'xshagan jamoa shakllanishiga olib keldi va bu o'z navbatida ushbu jamoani boshqaruvchi rahbarga bo'lgan ehtiyojni keltirib chiqardi. Bu kabi ijodiy jamoani boshqarish urma-shovqinli akustik usul yordamida, ya'ni ritmni qo'l, oyoq, tayoq bilan urib, sanoqni ko'rsatish orqali amalga oshirilgan. Jamoaviy ijroni boshqarish shu kabi temp-ritm berish orqali uyg'unlashtirilgan. Shu toifa, o'sha ijodiy ansambllarni boshqargan inson dirijyorlik kasbining timsoli bo'lgan va boshqaruvchining zarbli cholg'ulardan tashqari asosiy boshqaruv usuli bo'lib uning harakatlari xizmat qilgan.

Dirijyorlikning rivojlanishining keyingi bosqichi eng qadimiy tsivilizatsiyalar davriga to'g'ri keladi (Misr, Hindiston, Yunon davlati, Rim) va uning asosiy sahnasi bo'lib qadimgi yunon teatri xizmat qiladi. Ushbu teatrlarda xor asosiy tarkibiy qismni tashkil etgan va xorning rahbari (korifey) podiumda turib, metrik aktsentlari misli koturnni urgan holda ko'rsatib, dirijyorning vazifasini bajargan. Shu davrlarda musiqada raqs emas ko'proq vokal asosiy o'ringa chiqadi va musqning ohangi va kuychanligini ko'rsatish uchun dirijyorlikning yangi hakarkatlari rivojlanadi. Musiqiy jamoalarning ijrosini boshqarishdagi bu kabi usullar tizimi «xeyronomiya» yoki «xironomiya» (yunoncha cheir - qo'l) degan nom oldi.

Xeyronomiyadan foydalangan dirijyor ijrochilarga temp, ritmik chizgilar, dinamik ko'rsatkichlarni, melodik konturlarni (kuyning tepaga va pastka bo'lgan

yo'lnalishlari) ko'rsatishi mumkin edi. Ushbu xeyronomiyadan foydalanish dirijyorning ehtiyojida bo'lgan urma-shovqinli asboblarning o'rnini egalladi va dirijyor qo'l harakatlariga o'tdi.

O'rta asrlarda dirijyorlik san'ati boshqa professional ijodiy madaniyat sohalari kabi cherkov homiyligi ostida rivojlandi. Musiqa har doim ibodatning muhim va ajralmas qismi bo'lib xizmat qilgan. O'rta asrlar ruhoniyligining ierarxik tizimi dirijyorlik sohasida ham xuddi shunday aniq belgilangan joylashish tizimini yaratdi. Misol uchun, katta xurmatga ega bo'lgan bosh dirijyor (primitserius)ga uning darajasini ko'rsatib turuvchi salmoqli hassa taqdim etilardi. Ushbu hassa keyinchalikda dirijyorlik tayoqchasiga aylanadi.

Dirijyorlikning keyingi rivojlanish davri ancha og'ir kechadi. Unga qarshilar juda ko'p edi, chunki dirijyorlik qilish paytidagi hassa bilan pultga urish natijasida kelib chiqadigan «shovqin» musiqani tinglanishiga halaqit berar edi. Muammoni hal qilish jarayonida musiqachilar hassaning o'rniga ishlatilishi mumkin bo'lgan «tinchroq» ko'pgina narsalarni ishlatib ko'rishadi. Bu kabi yechimlardan biri «xarta» deb nomlangan bo'lib, bir nechta nota qog'ozlarni o'rab olingan shakli edi.

O'rta asrlar davrida xeyronomiya yangi rivojlanish davriga ega bo'ldi. Sababi, bu vaqtga kelib shakllangan girgorian xorining erkin rivojlanuvchi metrikasi, so'zga butunlay bo'ysundirilgan musiqasiga juda ham mos kelardi. shovqinli boshqaruvdan shovqinsiz boshqaruvga o'tish dirijyorlik san'atining rivojlanishida juda ham muhim bosqich bo'ldi. XVII asrda Italiyada dirijyorlikning asosiy nazariyalari, eng muhimi taktlash sxemasi yuzaga kela boshlaydi. Ularning yuzaga kelishiga notalashtirish tizimining ishlab chiqilishi kuda katta ta'sir ko'rsatadi. Musiqaning vaqt tushunchasidagi eng muhim kashfiyot - takt yaratildi. Takt tuzilishi dirijyorlarni uning ichidagi barcha hissalarni yetarlicha aniq ko'rsatish va shu bilan birga ularni butunlikka aylantirishga bo'lgan intilishlarnini kuchaytirdi. Menzurali notalashtirishning paydo bo'lishi taktdagi hissalarni aniqroq ko'rsatishga, ularning metrik tuzilmasini ko'rish orqali aniqlikka erishishga bo'lgan talabni oshirdi. Taktlashtitrish sxemasining yaratilishi xeyromaniya bilan bog'liq. Aynan xeyromaniyada shovqinsiz, qo'l harakatlarining tepa, past, o'ng, chapga harakatlanishi bilan metrni ko'rsatish keltirilgan edi.

Dirijyorlik san'atidagi yangi davr esa asosiy bas degan atama bilan bog'liq. Bu dirijyorlik amaliyotini tubdan o'zgartirdi. Bu degani ansamblni boshqaruv endi klavesinchi rahbarligida, asosiy basni ijro etish orqali amalga oshiriladigan bo'ldi. Metrik aktsentlarni dinamik ajratishlar orqali tempni garmonik tovushlarning o'zgarishi bilan berish klavesinchining vazifasiga aylandi. Ko'pgina dirijyorlar, ular orasida buyuk Iogann Sebastian Bax ham bor, klavesinda ijro etish bilan bir

vaqtda nigohi, bosh harakati va vaqti vaqti bilan qo'l harakatlari bilan ansamblni boshqarganlar. Shu kabi dirijyorlikning Iogann Sebastian Baxning noma'lum zamondoshiga tegishli bo'lgan tavsifni keltiramiz: «Baxning qanday qilib bir vaqtning o'zida o'ttiz nafar, yoki hatto qirq nafar ijrochilarni boshqarishi, bir tomonga taktni bosh irg'ash orqali ko'rsatib, boshqa tomonga oyoq tepinishi orqali ko'rsatib, uchinchi tomonni esa ko'rsatkich barmoq bilan boshqarishini tassavvur qilish qiyin. U musiqa ovozlarining eng markazida o'tirar ekan, nimadir xato ketganida ularni to'xtatib, kamchiliklarni to'g'rilab, davom ettirar edi».

Ammo bu kabi dirijyorlik o'z nuqsonlariga ega edi. Bir vaqtning o'zida dirijyorning klavesinda ijro etishi sababli uning jamoaga ta'siri yetarli darajada chegaralangan edi. Shu sababli XVIII asrning birinchi choragida ikkilik dirijyorlik shakllana boshladi. Bunda asosiy dirijyor-klavesinchi bilan bir vaqtda ansamblni boshqarishda skripkachi- konsertmeyster yoki xormeyster ikkinchi dirijyorlikni amalga oshirgan. Ta'kidlash joizki, jamoaviy ijroni boshqarishning bu turi xozirgi vaqtda ham repetitsiyaning turlaridan biri sifatida saqlanib qolgan. Xozirgi vaqtda ikkilik dirijyorlik sahna ortidagi xor yoki sahnadagi orkestr kabi musiqiy-dramatik janrlarda, shuningdek, ijrochilar tarkibi bitta dirijyor bilan qamrab olish qiyin bo'lgan darajada ko'p bo'lgan hollarda uchrab turadi.

XVIII asrning ikkinchi yarmidan boshlab skripkachi - konsertmeyster instrumental jamoaning lideri vazifasini egallaydi. U ham o'z cholg'usini chalar, ham kamoni bilan dirijyorlik vazifasini ham bajarar edi. Skripka chalish orqali ansamblga rahbarlik qilish dirijyorlik texnikasini boyitib, sezilarli darajada ta'sir ko'rsatdi. Skripkachi-konsertmeyster musiqaning ifodali qismlarini ko'rsatar ekan, o'ziga qulay bo'lgan, skripkachining kamon texnikasiga qulay bo'lgan usullardan foydanalar edi. Shunday qilib, musiqiy jamoaning barcha vakillariga tushunarli bo'lgan shartli hatti-harakatlar tizimi vujudga keladi.

Xor ijrochiligida ikki xil ko'rinishdagi dirijyorlik amal qilar edi: yetakchisiz xor ijrosi uchun va asosan cherkovlarda ijro etiladigan asarlar xormeyster (regent) boshchiligida ijro etilar, cholg'u hamrohligidagi xor uchun asarlar ijrosida esa rahbarlik qilish orkestr dirijyoriga topshirilar edi.

Musiqa tilining kelgusida murakkablashishi, kompozitorlarning musiqiy-ifodaviy belgilardan keng foydalanishi dirijyorni o'zining asosiy vazifasi bo'lmish musiqiy asarning ijodiy mohiyatini to'kis ochib berish bilan shug'ullanish uchun bir vaqtning o'zidagi musiqiy cholg'u ijrochiligidan bo'shashga majbur qildi. Dirijyorlikning yangi yo'nalishining tadbiq qilinishida uning alohida musiqiy mutaxassislik bo'lib ajralib chiqishi muhim ahamiyat kasb etadi. XIX asrning birinchi yarmidan dirijyorlik tayoqchasi keng qo'llana boshlandi. Taktning metrik

hissalarini yanada aniqroq ko'rsatishga bo'lgan talab yanada kuchaydi. Dirijyorlik ijodiyoti o'zida shartli hatti-harakatlarni ifoda etgan o'ziga xos musiqiy-ijodiy texnikalar bilan boyitildi. Dirijyorlikning shovqinli usuli o'rniga kelgan taktlash asosidagi orkestrni boshqarishning o'ziga xos yangi ritmik usuli progressiv edi. Taktlashning joy va vaqt shakli taktdagi kuchli va kuchsiz hissalarning turli hil o'zaro bog'liqliklarini ko'rsatishga imkon berar, shu bilan musiqiy jumlalarni ijoda etishga yordam berar edi. Taktlash ijrochilarning o'zaro muloqot qilishi jarayonida shakllangan hissiy-ma'noli to'ldirishlarga ega ifodaviy harakatlar yordamida sekin-astalik bilan boyitiladi. Musiqiy ijodkorlikning rivojlanishi, ayniqsa Lyudvig van Betxoven, Berlioz, Feliks Mendelson, Richard Vagner kabi buyuk kompozitorlar asos solgan orkestr musiqasining rivojlanishi albatta, dirijyorlik texnikasining ham rivojlanishiga bo'lgan talabni anchayin oshirdi.

REFERENCES

1. Akbarov I.A «Musiqa lug'ati». G'.G'ulom nomidagi adabiyot va san'at nashriyoti. 1987.

2. Mironov N. «Muzika uzbekov». O'zbekiston davlat nashriyoti. Samarqand. 1929.

3. http://Portasound.ru/music-search/musiqa-olami

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.