Научная статья на тему 'DIRIJORLIK SAN’ATI TARIXI'

DIRIJORLIK SAN’ATI TARIXI Текст научной статьи по специальности «Искусствоведение»

CC BY
409
47
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Журнал
Oriental Art and Culture
Область наук
Ключевые слова
korifey / xeyronomiya / batutta / orkestr / dirijor / skripkachikonsertmeyster / dirijorlik tayoqchasi

Аннотация научной статьи по искусствоведению, автор научной работы — Mukammalxon Qurbonova

Maqolada dirijorlik san’ati tarixiy rivojlanish bosqichlari, orkestrni boshqarish uslublari, XVIII asrning 80-yillarida Berlin opera teatrining dirijori Reyxardt birinchi bo‘lib tayoqcha bilan dirijorlik qilishni boshlaganligi. Ushbu kasbning tug‘ilishi va o‘sish jarayoniga nemis kompozitori Vagnerning maktabi va Berliozning yorqin dirijorlik konsert uslublari, birinchilardan bo‘lib klassik dirijorlik maktabini asoschilari, O‘zbekistonga dirijorlik san’ati kirib kelishi haqida so‘z boradi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «DIRIJORLIK SAN’ATI TARIXI»

"Oriental Art and Culture" Scientific-Methodical Journal / ISSN 2181-063X Volume 4 Issue 1 / February 2023

DIRIJORLIK SAN'ATI TARIXI

Mukammalxon Qurbonova O'zbekiston davlat san'at va madaniyat institutining Farg'ona mintaqaviy filiali

Annotatsiya: Maqolada dirijorlik san'ati tarixiy rivojlanish bosqichlari, orkestrni boshqarish uslublari, XVIII asrning 80-yillarida Berlin opera teatrining dirijori Reyxardt birinchi bo'lib tayoqcha bilan dirijorlik qilishni boshlaganligi. Ushbu kasbning tug'ilishi va o'sish jarayoniga nemis kompozitori Vagnerning maktabi va Berliozning yorqin dirijorlik konsert uslublari, birinchilardan bo'lib klassik dirijorlik maktabini asoschilari, O'zbekistonga dirijorlik san'ati kirib kelishi haqida so'z boradi.

Kalit so'zlar: korifey, xeyronomiya, batutta, orkestr, dirijor, skripkachi-konsertmeyster, dirijorlik tayoqchasi

HISTORY OF THE ART OF CONDUCTING

Mukammalkhan Kurbanova Fergana regional branch of Uzbekistan State Institute of Arts and Culture

Abstract: In the article, the stages of the historical development of the art of conducting, methods of conducting the orchestra, the fact that in the 80s of the 18th century, the conductor of the Berlin Opera House, Reichardt, was the first to conduct with a baton. The birth and growth of this profession is related to the school of the German composer Wagner and the brilliant conducting concert styles of Berlioz, the first founders of the classical conducting school, and the introduction of the art of conducting to Uzbekistan.

Keywords: luminary, hieronomy, baton, orchestra, conductor, violinist-concertmaster, conductor's baton

Dirijorlik san'ati ildizlari eramizdan avvalgi XV - X asrlarga borib taqaladi. Dirijorlikning ilk belgilarini o'sha davr jamoasini to'planishini tashkil etishda tayoq, qo'l, kaft harakati bilan urib usullar chiqarish kabi harakatlarda kuzatish mumkin. Insonga xos bo'lgan his-hayajon ruhiy holatlarni usullar asosida harakatlanib, raqsga tushish bilan tasvirlangan. Bu harakatlarni qo'ldagi tayoq yoki yog'ochda urib boshqarganlar. Urma shovqinlik tovush chiqarish usullari yordamida guruhni tezligi boshqarilgan. Ushbu boshqaruv faoliyatini, dirijorlikning ilk ko'rinishi deb tushunish mumkin.1

1 L.I.Ukolova, "Dirijirovanie"Vlados",Moskva,2003,6b

Dirijorlik taraqqiyotining keyingi bosqichi Xindiston, qadimiy Gretsiya (Yunoniston), Rim, Misr bilan bog'liq. Qadimgi Gretsiya sahnasida asosiy ishtirokchi jamoalardan biri xor edi. Xor boshqaruvchisi korifey2 deb atalib, u dirijor vazifasini bajarardi. Korifey xor jamoasidagi eng mohir qo'shiqchi bo'lgan. U ko'p qo'shiqlarni yoddan bilgan va tovush balandligi, cho'zimi kuchini turli harakatlar bilan ko'rsatgan.

Korifey sahnadan turib, ijro vaqtida o'lchovning kuchli hissalarini qatsak chalish yoki oyog'i bilan polni tepib takt hissalarini belgilab turgan3. Bu davrda, musiqa asosiy o'ringa chiqadi. Raqs, harakat hukmronligi esa - qo'shiq, kuy bilan o'rin almashadi.

Qo'l harakat imo-ishorasi asta-sekin urma shovqinli boshqaruv o'rnini egallaydi. Bunday boshqaruv - "xeyronomiya" (grek. "xerg" - qo 'l, "uosos" - qonun) deb nom oldi va dirijorlik ijro san'atiga asos soldi.

Korifey turli shartli belgilardan foydalangan masalan: o'ng qo'lning birinchi barmog'i bilan gamma pog'onasini, chap qo'lda o'ng qo'l barmoqlari orasini ko'rsatib tovush balandligi, untervallari, melodik suratini aks ettira olgan. O'ng ko'lning ko'rsatkich barmog'ini chap qo'l barmoqlari ustida urishi bilan pianoni, forteda esa o'ng ko'l kafti bilan chap qo'l kaftini ezgan va x.k.

Dirijorlikning asosiy xarakat sistemasi "Xeyronomiya" qadimiy xalqlardan o'rta asrlarga o'tgan va XVI asrga qadar davom etgan4.

O'rta asrlarda dirijorlik san'ati, cherkov hayoti bilan bog'liq ravishda rivojlana boshladi. Cholg'u musiqasini rivojlanishi, murakkab polifonik asarlarning paydo bo'lishi jamoani boshqaruviga batutta5ni kirib kelishga sabab bo'ldi. Birinchi bo'lib 1564-yilda kompozitor Palestrin tomonidan qo'llanildi.6

Battuta - shovqinli dirijorlik quroli, uzun tayoq bo'lib, har bir takt yoki hissalarga polga urish orqali ritm berib turilar edi. Bu usuldagi boshqaruv orqali musiqaning nozik jihatlarini ko'rsatishni imkoni yo'q edi va ko'pgina kamchiliklar bo'lgan.

Birinchidan, o'zining noqulay kattaligi, qo'polIigidan Dirijyor jamoa boshqaruvida yengil harakat qilolmas, uning harakatlari faqatgina takt urib turish bilan band bo'lib q'olar

Ikkinchidan, har taktda yerga urib turish esa, musiqani shovqinsiz eshitishga xalaqit berar edi. Shuning uchun ham XVII va XVIII asrlarda shovqinsiz Dirijyorlik qilish uchun izlanishlar olib borilgan va general bas uslubi topilgan.

Shovqin musiqani eshitish uchun halaqit berganligi sababli, batutta orqali boshqaruvdan voz kechildi. Keyinchalik klavesinda o'tirgan ijrochi faqat notaga yozilgan bas orqali, o'lchovni, tezlikni belgilagan holda, bir xil ketma-ketlikda,

2Korifey (qad.grek. - yo'lboshchi ma'nosida), qadimiy grek tragediyalarida xorning boshqaruvchisi.

3Usulni qattiq eshitilishi uchun poyabzalning poshnasiga temir qoqilgan.

4 L.I.Ukolova, "Dirijirovanie""Vlados",Moskva,2003,7b

5 Battuta - ital.battuta, battere - so'zidan olingan bo'lib, "urmoq" ma'nosini bildiradi. XV-XVIII asrlarda takt o'tkazish uchun ishlatilgan maxsus tayoq .

6 L.I.Ukolova, "Dirijirovanie""Vlados",Moskva,2003,7b

I icclT^^^^H 290 http://oac.dsmi-qf.uz

garmonik akkordlar bilan hissalarni aniqlashtirgan. Klavesin yoki organ-ijrochisi partitura bilan faqat o'z partiyasini emas, balki, ansamblni boshqargan, general-bas, orkestr boshqaruvida hukmronlik qildi. Bunday boshqaruvda asosan ansamblni nazorat qilinib, badiiy talqinni ochib berishni imkoni bo'lmagan.

XVIII asrning ikkinchi yarmiga kelib general-bas boshqarish tizimidan voz kechilib skripkachi-akkomponiator ansamblni rahbariga aylandi (K.Dittersdorf, J.Gaygn, F.Xabenek shu tarzdsa dirijorlik qilgan) Bunday usul XIX asrgacha davom etgan.7

Skripkachi cholg'uchilarga asarning badiiy tomonini tushuntirishga harakat qilagan. Uning "dirijorligi" cholg'uchilarni talabini ko'proq qondirdi. Shu yo'sinda ma'no va mazmunga ega ijro texnikasi harakatlari paydo bo'ldi.

XVIII asrda, kompozitorlar o'z asarlariga, shuningdek, boshqa kompozitor asarlariga ham dirijorlik qilish ommalasha boshladi va ijodkorlar orasida "dirijor-kompozitor" atamasi paydo bo'ldi. Yildan yilga cholg'ularda ijro imkoniyati rivojlanib va orkestr tarkibi kengayib bordi. Musiqada faqat takt urish bilan chegaralanmay, ifoda vositalarini, harakatlar orqali tushuntirish yo'llari izlandi. Dirijorning orkestr bilan uzviy aloqasi talab etildi. Izlanishlar natijasi - dirijorlarning orkestrga qarab (tomoshabinlarga aksincha), yuzma-yuz turib muloqot qilishiga olib keldi. Birinchi bo'lib orkestr bilan R.Vagner, G.Berlioz va F.Mendelsonlar to'liq ijodiy muloqotni boshlab berishdi. Dirijorlik ijro san'atida katta burilish yuz berdi. Bu burilish orkestr va dirijor aloqasida katta imkoniyatlar yaratdi. Asarda xarakter, shtrix, jumla yo'nalishini qo'l harakatlari orqali tasvirlash juda qulay bo'ldi v a mukammal rishta hamda muloqotga erishildi. Izlanishlar natijasida, hozirgi dirijorlik holatiga asos solindi.

Tarixni yaxshi bilish, bajarilayotgan, rejalashtirilayotgan ishlarimizga to'g'ri yo'nalish ko'rsatadi.

Xulosa qilib, dirijorlik san'ati rivojini ma'lum bosqichlarga bo'lamiz:

1. Usulni (qo'l, oyoq, tayoq bilan) urib shovqinli boshqarish;

2. Xeyronomiya - kuyda balandlik va cho'zim yo'nalishni (qo'l, barmoq, bosh bilan) boshqarish;

3. Battuta bilan boshqaruv;

4. Cholg'uda chalib boshqarish (general bas va kapelmeyster);

5. Orkestrga yuzlangan mustaqil boshqaruv.

Oxirgi boshqaruv turi - dirijorlik ijrochiligi tarqqiyotining cho'qqisidir.

XVIII asrning 80-yillarida Berlin opera teatrining dirijori Reyxardt birinchi bo'lib tayoqcha bilan dirijorlik qilishni boshladi. Uning bu xarakati jamoatchilik tomonidan

https://www.belcanto.ru/dirizh.html

tazlik bilan inkor etildi, lekin shunga qaramay Reyxardt tajribasi Anselma Veber tomonidan davom ettirildi8.

XIX asrda dirijorlik san'atidagi bu shakl o'zini amaliy va nazariy tomondan o'zini oqladi va tez rivojlandi.

Konservatoriyalarda dirijorlik mutaxassisligi yo'nalishi yo'qligi sababli, qobiliyatli va zehnli sozandalar dirijorlik pultiga chiqishardi. Simfonik musiqani rivojlanishi tufayli, birgalikda konsertmeystrlar, o'rnini dirijorga bo'shatib bera boshladilar. Dirijor - biron bir cholg'u chalmasdan jamoani boshqarishi yo'lga qo'yildi. Bu o'zgarishlar, dirijorlik san'ati rivoji yo'lidagi eng asosiy yutuqlardan biri edi.9

Dirijorlikni bu yangi uslubini bir nechta musiqachilar amaliyotda qo'lladilar jumladan, Venada bo'lib o'tgan musiqiy festivalda I.Mozel (1812 y.) K.M.Veber (1817 y. Drezden), L.Shpor (1817 y. Frankfurt Na Mayn) hozirgi kundagi amaliyotda bo'lgan tayoqchadan foydalandilar. K.M.Veber va I.Mozel simfonik orkestr ijrosi rivojiga katta hissa qo'shish bilan birgalikda, birinchilardan bo'lib, klassik dirijorlik maktabini asoschilariga aylanishdi.

Dirijorlik kasbi, hozirgacha kam o'rganilgan soha hisoblanadi. U ijrochilik borasida mavhum san'at bo'lganligi sababli, hozirda ham, ushbu kasb borasidagi juda ko'p nazariy va amaliy bahs munozaralarga to'qnash kelamiz. Dirijorlik universal kasb bo'lib, yuqori musiqiy madaniyat, xotira, iroda, pedagogika uslubiyotlari bilan tanish, o'z fikrini boshqalarga tushuntira oladigan, orkestr tarkibidagi har bir cholg'u imkoniyati va xususiyatlari bilan yaxshi tanish, qo'shiqchilik, raqs san'atidan xabardor tashkilotchi va rahbardir.10

Dirijor o'zining badiiy fikrlashlarini cholg'uda emas, balki sozandalar ijrosi yordamida aks ettiradi. Uning vazifasi asarni yodlab, o'rganib, turli xil musiqiy qobiliyatga, bilimga, xarakterga ega bo'lgan shaxslarni, o'z tushunchasiga bo'y-sungdirish va guruh ijrosini bir oqimga yo'naltirishdir.

Yuqoridagi fikrlardan kelib chiqqan holda shuni aytishimiz mumkinki, orkestr dirijorligining ilk ko'rinishlari Yevropada rivojlandi. Ushbu kasbning tug'ilishi va o'sish jarayoniga nemis kompozitori Vagnerning maktabi va Berliozning yorqin dirijorlik konsert uslublari katta turtki bo'ldi. Natijada bir qator dirijorlar: Germaniyada- F.List, G.Rixter, F.Motl, A.Nikish, G.Maler, Angliyada - G.Vud, D.Barbirolli, Fransiyada - P.Monte, Sh.Myunsh, Italiyada - A.Toskanini, V.Ferrero kabi yorqin dirijorlar yetishib chiqdilar. Mana shu davrga taniqli nemis tadqiqotchisi G.Shyuneman aniq baho beradi. "Dirijorlik san'ati, talqin san'ati tarixiga aylandi.

8 L.I.Ukolova, "Dirijirovame''''Vlados'',Moskva,2003,9b

9 История развития дирижирования как вида музыкальногоисполнителства (Savaderova Anna Bitalevna Xalqaro ilmiy jurnal)

10 История развития дирижирования как вида музыкального исполнителства( Savaderova Anna Bitalevna Xalqaro ilmiy jurnal)

I fcOl^^^^HI ^92 http://oac.dsmi-qf.uz

Endilikda faqat ijro belgilari bilangina cheklanib qolmay, balki, musiqada jumla yo'nalishi, ijro uslublari, badiiy mazmunni tushuntirishga qo'l urildi."

Yevropa dirijorlik maktabidan o'rnak olgan holda, rus kompozitor va dirijorlari ham ushbu sohada bir qancha yutuqlarga erisha boshladilar.

O'zbekistonga dirijorlik san'ati XX asrning boshlarida kirib keldi. Simfonik, damli cholg'ular orkestri va xor bilan bir qatorda o'zbek xalq cholg'ulari orkestrlari ijrochiligida ham katta yutuqlarga erishila boshladi. Ilk dirijorlar orasida F.V.Leysek, N.Mironov, V.Uspenskiy va b. bo'lgan. O'zbek davlat filarmoniyasi, Navoiy nomidagi opera va balet teatri, Muqimiy nomidagi o'zbek musiqali drama teatrida simfonik orkestrlar tashkil etilgach, N.Olimov, A.Kozlovskiy, M.Ashrafiy, B.Inoyatov, M.Nasimov, T.Sodiqov, F.Shamsutdinov, A.Abduqayumov, D.Abdurahmonova, 3.Haqnazarov, G'. To'laganov, N.Xalilov, H.Shamsutdinov, B.Rasulov va boshqa dirijorlar yetishib chiqdi.

Bugungi kunda ham ijodlarini davom ettirayotgan F.Abdurahimova, E.Azimov, F.Yakubjanov, B.Rasulov, A.Abdullaeva, D.Mutalov, Sh.Umarov, K.Urinboyev kabi dirijorlar O'zbekistonda dirijorlik san'atiga ulkan hissalarini qo'shib, kompozitorlar tomonidan qayta ishlangan o'zbek xalq kuylari, kompozitorlik ijodi namunalari bilan birgalikda, jahon mumtoz musiqasi va zamonaviy musiqalarini ijro etib tomoshabinlar hukmiga havola etib kelmoqdalar.

Foydalanilgan adabiyotlar

1. A.Ivanov - Radkevich " O воспитании дирижора", "Музыка", Москва, 1973.

2. V. Savich "Проблема дирижёрского искусства". - Современная музыка, 1928.

4. K.T. Azimov "O'zbekiston dirijorlari". T.Keblerg-Osiyo, 2001 y.

5. M. Bagrinovskiy "Основы техники дирижирования". M.: Москва, 1963 6.N.A.Malko "Основы техники дирижирования". M.: Москва, 1963

7. F. Abduraximova "Orkestr sinfi". G. G'ulom. Yeo'qrlute - 2012.

8. Sh.Umarov "Dirijorlik". T., "Tamaddun" nashr. 2019 y.

9. M.Akmaljonova "O'zbek xalq cholg'ulari orkestri dirijorligi", Toshkent 2021.

10. M.Qurbonova "Дирижёры Узбекистана" Проблемы современной науки и образования, Россия, 2020 y.

11. M.Qurbonova "Dirijorlik shtrixlari" Oriental Art and Culture., O'zbekiston., Volume 3 Issue 4

12. M.Qurbonova "''Sound Power is the Expression of the State of Change in the Conductor''in" PINDUS Journal of Culture, Literature, and ELT,Ispaniya Volume 2 No.10

13. Shodiyeva, G. "The Importance of Harmony of Music and Physical Movement in Students' Comprehensive Development." CENTRAL ASIAN JOURNAL OF ARTS AND DESIGN 3.6 (2022): 1-4.

14. Tursinovich, Nosirov Dilmurodjon. "Development Methods of Teaching Disciplines Orchestric Specializations!!" European Journal of Life Safety and Stability (2660-9630) 8 (2021): 38-41.

15. Tursinovich, Nosirov Dilmurodjon. "Advanced in Improving the Effectiveness of the Music Culture Lesson Role and Importance of Pedagogical Technologies." INTERNATIONAL JOURNAL OF INCLUSIVE AND SUSTAINABLE EDUCATION 1.5 (2022): 76-78.

16. Tursunovich, Nosirov Dilmurod. "A BRIEF ANALYSIS OF THE LIFE AND CREATIVITY OF CONDUCTOR ARTURO TOSKANI." INTERNATIONAL JOURNAL OF SOCIAL SCIENCE & INTERDISCIPLINARY RESEARCH ISSN: 2277-3630 Impact factor: 7.429 11.03 (2022): 90-95.

17. TURSINOVICH, NOSIROV DILMURODJON. "Uzbek National Musical Instrument Performance." JournalNX 7.1 (2021): 315-318.

18. Nosirov, Dilmurod Tursunovich. "The role of music in the development of our national spirituality." ACADEMICIA: AN INTERNATIONAL MULTIDISCIPLINARY RESEARCH JOURNAL 11.1 (2021): 679-684.

19. Sabirovna, Rasulova Saida. "Analysis Of The General State Of Music Education In A Secondary School." Eurasian Journal of Learning and Academic Teaching 1.1 (2021): 112-116.

20. KHOLJURAYEVICH, MADAMINOV NASIMJON, and FOZILOV KAXRAMON MADAMINOVICH. "The Role of Folklore in the Emergence of the Art of Singing." JournalNX 7.1: 128-130.

21. Kholjurayevich, Madaminov Nasimjon, and Fozilov Kahramon Madaminovich. "The role of music culture in inculcating the idea of national independence in the minds of the younger generation." ACADEMICIA: An International Multidisciplinary Research Journal 11.5 (2021): 71-74.

22. Irgasheva, Nilufar, and Kahramon Fozilov Nasimjon Madaminov. "DEVELOPING STUDENTS'MUSICAL CULTURE AND UNDERSTANDING BY LISTENING TO MUSIC." European Journal of Research and Reflection in Educational Sciences Vol 8.7 (2020).

23.Axmedovich, Turdiev SHavkat. "Problems of student preparation for work with children's choir collective." World Bulletin of Social Sciences 3.10 (2021): 133135.

24. Akhmedovich, Turdiev Shavkat. "Features Of Pedagogical Traditions In Uzbek Folk Music." Journal of Positive School Psychology 6.9 (2022): 2263-2266.

I icclT^^^^H 294 http://oac.dsmi-qf.uz

25. Ahmedovich, Turdiyev Shavkat. "FROM THE HISTORY OF PRESERVATION AND RECORDING OF SAMPLES OF NATIONAL UZBEK MUSICAL FOLKLORE." ASIA PACIFIC JOURNAL OF MARKETING & MANAGEMENT REVIEW ISSN: 2319-2836 Impact Factor: 7.603 11.12 (2022): 5961.

26. Ahmedovich, Turdiyev Shavkat. "FUNDAMENTALS OF THE USE OF INAVATORY PROGRAMS OF MUSIC CULTURE IN TEACHING AS A SUBJECT." ASIA PACIFIC JOURNAL OF MARKETING & MANAGEMENT REVIEW ISSN: 2319-2836 Impact Factor: 7.603 11.11 (2022): 171-174.

27. Axmedovich, Turdiev Shavkat. "PROBLEMS OF INCREASING PEDAGOGICAL SKILLS OF MUSIC EDUCATION TEACHER." INTERNATIONAL JOURNAL OF SOCIAL SCIENCE & INTERDISCIPLINARY RESEARCH ISSN: 2277-3630 Impact factor: 7.429 11.03 (2022): 75-78.

28. AXMEDOVICH, TURDIEV SHAVKAT. "Use of Pedagogical Technologies in Conducting." JournalNX 7.1: 149-151.

29. Madaminovich, Fozilov Qaxramon. "Problems of Orchestra Performance in The Practice of Training Smugglers." European Journal of Life Safety and Stability (2660-9630) 8 (2021): 42-45.

30. FOZILOV, QM. "PROBLEMS OF ORCHESTRA PERFORMANCE IN THE PRACTICE OF TRAINING SMUGGLERS." ЭКОНОМИКА: 206-209.

31. Eminjanovna, Shodiyeva Gavkhar. "The role of national music in education of youth." ACADEMICIA: AN INTERNATIONAL MULTIDISCIPLINARY RESEARCH JOURNAL 11.2 (2021): 1285-1288.

32. Shodiyeva, G., and O. Sobirova. "UZBEK NATIONAL INSTRUMENTS OF THE LATE XIX AND EARLY XX CENTURIES." International Journal of Early Childhood Special Education 14.7 (2022).

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.