Научная статья на тему 'YOSH DIRIJORLARNI TARBIYALASHDA PEDAGOGIK TAVSIYALAR'

YOSH DIRIJORLARNI TARBIYALASHDA PEDAGOGIK TAVSIYALAR Текст научной статьи по специальности «Искусствоведение»

CC BY
118
13
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
Musiqa / san‟at / dirijor / orkestr / xor / ashula va raqs / ansambl / kompozitor / partitura / partiy. / music / art / conductor / orchestra / choir / song and dance / ensemble / composer / score / part.

Аннотация научной статьи по искусствоведению, автор научной работы — Turatov Sobirjon Turdibekovich

Hozirgi kunda dirijorlik san‟ati bilan shug„ulanayotgan yosh dirijorlarni mustahkam bilim egasi bо„lishi uchun zarur omillar keltirilgan. Dirijorlik san‟atini yuksaltirishda ular uchun qisqacha kо„rsatmalar, tavsiyalar berilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

The factors that are necessary for young conductors who are currently engaged in the art of conducting in order to acquire thorough knowledge are given. They are given brief instructions and recommendations for the development of the art of conducting.

Текст научной работы на тему «YOSH DIRIJORLARNI TARBIYALASHDA PEDAGOGIK TAVSIYALAR»

YOSH DIRIJORLARNI TARBIYALASHDA PEDAGOGIK TAVSIYALAR

Turatov Sobirjon Turdibekovich

O'zbekiston davlat san'at va madaniyat instituti "Cholg'u ijrochiligi" kafedrasi dotsenti

ANNOTATSIYA

Hozirgi kunda dirijorlik san'ati bilan shug'ulanayotgan yosh dirijorlarni mustahkam bilim egasi bo'lishi uchun zarur omillar keltirilgan. Dirijorlik san'atini yuksaltirishda ular uchun qisqacha ko'rsatmalar, tavsiyalar berilgan.

Kalit so'zlar: Musiqa, san'at, dirijor, orkestr, xor, ashula va raqs, ansambl, kompozitor, partitura, partiy.

ABSTRACT

The factors that are necessary for young conductors who are currently engaged in the art of conducting in order to acquire thorough knowledge are given. They are given brief instructions and recommendations for the development of the art of conducting.

Keywords: music, art, conductor, orchestra, choir, song and dance, ensemble, composer, score, part.

Musiqa ijrochilik san'ati ichida eng yosh va murakkab san'at deb dirijorlik san'ati mutaxassislar tomonidan ko'p marotoba e'tirof etiladi. Dirijorlik san'ati asli Yevropoda shakllanib, bir qancha dirijorlar mutaxassis sifatida namoyon bo'ldi. Ulardan IX asr oxiri XX asr boshlarida X.Rixter, G.Maler (Avstriya), A.Nikish (Vengriya), F Veyngartner, K.Muk, R.Shtraus (Germaniya), SH.Lamure, E.Kolonn (Fransiya), B.Valter, V.Furtvengler, O.Klemperer (Germaniya), A.Toskanini (Italiya), SH.Myunsh (Fransiya), G. fon Karayan (Avstriya), L.Stokovskiy, Y.Ormandi, L.Bernstayn (AQSH), G.Abendrot, K.Zanderling (Germaniya) kabilar birinchilardan bo'lib dirijor sifatida tanilib chiqqan[3]. Shuning uchun bo'lsa kerakki yevropada har xil davlatlarda dirijor so'zi o'z ma'nosiga ega. Masalan, nemislar "Dirident", italyanlar "Diridente", fransuzlar "Shef orkestre", inglizlar "Konduktor" deydilar. Har qaysi tilda ham bu so'z rahbar, boshliq, direktor ma'nosini anglatadi.[2] Dirijor rahbarlik qiladigan jamoalar xor yoki simfonik orkestr emas balki, harbiy, kamer, xalq cholg'ulari, jaz, estrada-simfonik kabi orkestrlarga, opera guruhlari, shuningdek ashula va raqs hamda vokal-cholg'u ansambllarida ham badiiy rahbar sifatida ish yuritishi mumkin. Ushbu jamoalarda u o'zining rahbarligini shug'ullanish

jarayoni va konsert ijrochiligida namoyon etadi. Shunday qilib, dirijor bu- orkestr jamoasining rahbaridir.

Dirijorlik san'ati O'zbekiston hududiga XX asrning boshlarida kirib kelgan bo'lsa, bevosita unda harbiy, damli cholg'ular, simfonik orkestrlari hamda xor bilan xalq cholg'ulari orkestrlarining o'rni beqiyosdir. To'xtasin Jalilov, Dolni Zokirov, Muxtor Ashrafiy, Bahrom Inoyatov, Fazliddin Shamsutdinov, Abdug'ani Abduqayumov, Dilbar Abdurahmonova, Ergash Toshmatov, Zohid Xaqnazarov, Botir Rasulov, Farux Sodiqovlar va boshqa ustoz dirijorlar mohirlik bilan ushbu san'atni o'zlariga kasb qilib o'zlashtirib, ijrochilik maktablarini yarata olishgan. Dirijorlik maktablarini yaratishda bevosita ular asosan dirijorning vazifalariga ahamiyat berishgan. Hozirgi kunda ta'lim jarayonida ustozlarning saboqlaridan va ularning tajribasidan kelib chiqqan holda yosh dirijyorlarni tarbiyalashda ular uchun muhim bo'lgan vazifalarni tavsiya etmoqchimiz. Masalan yosh dirijorlar birinchi navbatda o'zining konsert dasturini tuza olishi, bunda asarlarning ketma-ketligini aniq tartibga solish, dirijor tanlangan asarni o'z jamoasiga mosligini, asar bo'yicha orkestr tarkibidagi ijrochilar mahoratini aniqligini, bunda solist partiyalarini mahorat egalariga to'g'ri taqsimlashi, orkestrning umumiy ijrochilik pozitsiyasini o'zida taqsimlash, musiqiy tafakkurini orkestr sozandalariga dirijorlik mahorati ila uni yetkazish, dirijor va orkestr o'rtasidagi ansamblni tashkil eta olish vazifalari nazarda tutiladi.

Ikkinchidan, repetitsiya va konsert jarayonida tartib - sozandalar o'rtasidagi intizomni mustahkamlash, ijrochilikda ansambl uyg'unligi ta'minlash. Dirijor orkestrni o'z irodasiga bo'ysundira olishi va barcha musiqachilarning musiqani yakdil his qilishini ta'minlashi, ularni birlashtirib, yuzta turli shaxsdan o'zining har bir harakatiga qarab ish tutuvchi yagona jamoa, organizm shakllantirishdan iborat. Unda repetitsiya jarayonida o'zini qo'lga ola bilish qobiliyati, bor mahoratni ishga solish, mavjud bilimlardan to'g'ri foydalanishdir. Unda ijrochining ijodiy harorati, ya'ni uning artistik temperamenti xususiyatlari va undan foydalana olish qobiliyati musiqa ijrochisiga ta'sir qilmay qolmaydi. Ijro jarayonida ana shu "ijodiy harorat chegaralari" juda aniq belgilanishi lozim. Jumladan, o'z vaqtida Sharl Myunsh: "Agar dirijor ichki hissiyot kuchiga, orkestr a'zolari va tinglovchilarni sehrlab qo'yishga qodir ohanraboga ega bo'lmasa, unda xatto 15 yillik mehnat va o'qish jarayoni ham insonning dirijor bo'lishiga yordam bera olmaydi",- deya e'tirof etgan. Shuning uchun ham dirijor ijro etilayotgan asarni juda yaxshi bilishi, nota materialini yaxshi yodlab va o'rganib olishi kerak. Biroq, kompozitorning badiiy maslagi va maqsadlarini tushunib, ochib berish uchun uning nota yozuvi zamirida yotgan tub ma'noni chuqur anglashi lozim.

Uchinchidan, turli orkestr, xor va boshqa o'zi rahbarlik qilayotgan jamoalarning cholg'ularining va inson ovoz xususiyatlarining tabiatini puxta o'zlashtirish orqali yaxshi dirijor eshitish qobiliyatini va har qanday cholg'ularga xos jilvalarni (musiqiy matn) chuqur his etish xususiyatini o'zida shakllantirishi lozim. Shu o'rinda cholg'ularning o'ziga xos xarakteri, tembri va cholg'uning eng qulay ijrochilik intonatsion pozitsiyasi, ijrochilikda texnik xususiyatlarini bilishi zarur. Agarda partiturani o'zlashtirish jarayonida dirijor cholg'ularga taqsimlangan nota matnlarini aniq emasligini bilmasa, unday hollarda ijrochi sozandalarda ijrochilik mahorati pasayadi. Shuning uchun dirijor tanlangan asarni cholg'ulashtirishda va bevosita o'z bilimlarini partiturani shakllantirishda ishtirok etishi kerak. Noqulay va o'zini oqlamagan har bir narsa ijroning badiiyligining pasayishiga olib keladi. Yaxshi dirijor bo'lib yetishish uchun ko'p narsani bilish kerak, avvalo, haqiqiy musiqachi bo'lishi kerak. Shu o'rinda taniqli dirijor Oskar Frid aytganidek, "eng nozik musiqiy tasavvurlarni ilg'ashga qodir yurak bilan tug'ilish kerak, ana shu tasavvurlarni g'oyalarga aylantirishga qodir aqlni tarbiyalash zarur, bu g'oyalarni orkestrga yetkazish uchun esa kuchli qo'lga ega bo'lish lozim".

To'rtinchidan, dirijor o'z cholg'usini ya'ni qo'llarining xarakatini aniq ifodalay olishidir. Bunda dirijor qo'l xarakatlarining nuqtasi sari aniqligi, uning fizik holati, bunda yuqoridan pastga xarakatlanishdagi tezlik ya'ni yerning tortish kuchi bilan bog'liq bo'lgan xakatlarni ifodalashi, o'ng va chap qo'lning funksional vazifalarini bajarishi natijasida orkestr sozandalariga to'liq musiqiy tafakkurini yetkazib, asarni badiiy ijrosini ta'minlashdir. Orkestr sozandalari har biri o'z xarakteri, tabiati, fe'liga ega, ular musiqani turlicha tarzda tushunishlari, idrok qilishlari mumkin. Bunday hollarda dirijorning musiqiy tafakkurini qo'l xarakatlari uni namoyon qiladi. Natijada bir emas bir qancha cholg'ularni dirijorning o'zi chalmaydi, balki boshqalar qo'li bilan yakdil ijroni ta'minlaydi.

O'ng va chap qo'l vazifalari to'g'risida mashhur dirijorlar quydagicha ta'rif beradi. "O'ng qo'l takt belgilaydi,chap qo'l esa o'ziga xos xususiyatlar va o'zgarishlarga ishora qiladi. O'ng qo'l- aqlniki, chap qo'l yurakniki va o'ng qo'l doimo chap qo'l nima qilayotganini bilishi kerak" - deb yozgan edi Sharl Myunsh, Artur Nikish esa: "O'ng qo'l kesadi, chap qo'l esa- chizadi".

Beshinchidan, orkestr oldiga chiqishdan avval, dirijor partiturani birinchi notadan so'nggi notasigacha, sinchiklab o'rganib, uni yodlab olishi lozim. Dirijorlik pultida juda ko'p mashhur dirijorlar partituradan foydalanadilar. Ba'zilar esa, yoddan dirijorlik qilib, muxlislarning alohida e'tiborini tortib, olqishiga sazovor bo'ladi. O'quv jarayonida dastlabki dirijorlik kasbini o'zlashtirayotgan talabalar uchun partitura bo'lishi shart. Chunki ularda ijrochilik mahoratini to'g'ri va aniq ifodalanishini dirijor muntazam ravishda nazorat qilib turishi kerak bo'ladi. Shu

Cholg'u ijrochiligida musiqiy ta'lim uzviyligini ta'minlash Providing the integrity of music education in instrumental performance

munosabat bilan XIX asaming taniqli dirijori Gans Fon Byulov dirijorlarni ikki toifaga ajratadi. Unda birinchisi yoddan partiturasiz dirijorlik qilish bo'lsa, ikkinchisi bevosita partitura qarab dirijorlik qilishdir. Bu ikkala holatda ham dirijor orkestrni to'g'ri boshqarishiga aminmiz.

Xulosa o'rnida, dirijorlik kasbi - og'ir jismoniy mehnat hamdir. Bunda dirijordan har bir repetitsiya jarayoni va konsert chiqishlarida undan ulkan jismoniy va ruhiy kuch hamda matonat talab etadi. Shu bois dirijor, sportchi yoki balet artisti kabi mustahkam salomatlik, jismoniy quvvat, iroda kuchi, o'zini tuta bilish qobiliyati va o'z tanasini mukammal boshqara olish xususiyatiga ega bo'lishi lozim. Mashhur dirijor, ustoz Ergash Toshmatov "haqiqiy san'atkor, avval o'zi ijro etgan asarlarni boshqatdan ijro etganida undagi badiiy obrazga yangi bo'yoqlar baxsh etuvchi qirralar olib kiradi" deydi. Artur Nikish "agar siz bitta asarni bir yil davomida har kuni repetitsiya qilsangiz ham, uning har bir ijrosi katta improvizatsiya bo'lishi kerakligini unutmang" deydi. Bu ikkala mashhyor ustoz dirijorlarning fikri asosida shuni aytish lozim-ki, dirijor o'z musiqiy faoliyati davomida musiqiy adabiyotlarni chuqur o'rganib borishi kerak. Shaxsan o'ziga nima yoqishidan qat'iy nazar, dirijor har qanday millatga, uslubga, davrga mos musiqiy adabiyotni, ayniqsa zamonaviy musiqiy adabiyotni yaxshi bilishi lozim. U ushbu san'atni chuqur anglashi uchun va davomiyligini ta'minlash maqsadida hamda o'z malakasini oshirishda konsertlar, opera teatrlariga borib turishi va tanishishi, dirijorlarning ijro mahoratlarini tahlil qilishi darkordir.

Xulosa sifatida aytish mumkinki, ushbu vazifalarini o'zida mujassam eta olgan dirijor, u haqiqiy san'atkor, artist, musiqiy rejissyor, bo'lib shaklanadi. Orkestrning muntazam shakllanishida, sozandalarning mahoratini doimo oshirib borishi, ularni har xil harakterdagi asarlarni ijro qilishi, musiqiy didini shakllantirishi, eng kerakligi ansambl bo'lib ijro qilishida ularni tarbiyalashi eng muhim omil hisoblanadi.

REFERENCES

1. Azimov K. O'zbekiston dirijorlari. T. 2001.

2. Toshmatov E. Dirijorlik san'ati. T. 2008

3. Umarov SH. Dirijorlik. T. 2019

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.