YOSHLARDA IJODKORLIK FAZILATINI SHAKLLANTIRSHDA
G'ULOMJON XOJIQULOVNING HAYOTI VA IJODINING O'RNI
E'zozxon Bakirovna Qobilova Qo'qon Davlat Pedagogika Instituti
Annotatsiya: Ushbu maqolada O'zbekistondagi hududiy xonandalik maktablari va xonandalik uslublarini o'rganishning ahamiyati va uslubi xaqida fikr yuritilgan.
Kalit so'zlar: san'at, marosim, tarbiya, idrok, musiqa, nafosat, ta'lim meros, bastakor, xofiz, ijod.
THE ROLE OF THE LIFE AND CREATION OF THE SLAVE FARM IN THE FORMATION OF CREATIVITY IN YOUNG PEOPLE
Ezozxon Bakirovna Kabilova Kokand State Pedagogical Institute
Abstract: This article discusses the significance and method of studying regional singing schools and singing styles in Uzbekistan.
Keywords: art, ceremony, education, perception, music, sophistication, education, heritage, composer, poet, creativity.
Ma'lumki XX asrgacha bastakorlik aynan maqom va maqom yo'llariga mansub janrlarni o'z ichiga olgan bo'lsa, XX asrda zamona zayli bilan bastakorlikning o'zgacha, shu davrga xos uslubi maydonga keldi. Bastakorlik an'analarida ham lokallik xususiyatlari saqlanib qoladi hamda o'ziga xos maktablar, uslub va yo'llar shakllanadi. Shunday ijod sohiblaridan biri, boy o'zbek musiqiy an'analari davomchisi, zamon faylasufi darajasiga erishgan va kelajak uchun Benazir ijro uslubi hamda bir qator hayotbaxsh musiqiy asarlar yaratgan bastakor, O'zbekiston xalq artisti, ustoz-san'atkor G'ulomjon Hojiqulovdir.
G'ulomjon Hojiqulov an'anaviy bastakorlarimizning keksa avlod vakili bo'lib, u ko'p sozanda va xonandalarning ustozidir. Mohir sozanda G'.Hojiqulov yakkaxon g'ijjak ijrochiligi maktablari orasida o'z ijro uslubini yaratgan buyuk ijodkor sifatida tan olingan. G'ulomjon Hojiqulov o'zbek milliy musiqa ijrochiligi san'atiga o'z hissasini qo'shib kelayotgan mohir sozanda va xonanda, zamonamizning hassos bastakorlaridan biridir. U Andijon g'ijjak ijrochiligi san'atining yorqin namoyandasi, an'anaviy ijrochilik maktabining ustoz-san'atkori, O'zbekiston xalq artisti, professordir.
I ibiSi^^Bl ®05 http://oac.dsmi-qf.uz
G'ulomjon Hojiqulov 1928-yili Andijon viloyatining Xo'jaobod tumani Buloqboshi qishlog'ida oddiy dehqon oilasida tavallud topdi. Oilasi dehqonchilik qilib kun kechirardi. Otasi musiqa san'atini, ayniqsa, cholg'u musiqasini xush ko'rardilar. Oilada musiqa bilan hech kim maxsus shug'ullanmagan. Lekin, ehtimol, onasining doimo qo'shiq hirgoyi qilishlari yosh G'ulomjonda bolalik chog'idan san'atga bo'lgan muhabbati, shu sohaga ishtiyoqi tug'ilishiga zamin bo'lganligi ehtimoldan xoli emas. U yoshligidan o'zida san'atga moyillik borligini namoyon etgan.
Yosh G'ulomjon Buloqboshi qishlog'idagi o'rta maktabda ta'lim oladi. O'qish bilan birga qishloqdagi maktab qoshida faoliyat ko'rsatayotgan musiqa to'garagiga qatnashib, musiqa cholg'ulari ijrosi bilan tanishadi. Ularning ijrosini o'rganadi. G'ulomjonning tog'alaridan biri dunyoqarashi keng, ziyoli va zukko inson edi. Ismlari Ergash Abdurahmonov bo'lib, musiqadan xabari bo'lgan va g'ijjak chalishni xush ko'rgan. Ergash aka andijonlik sozandalar orasida o'ziga xos ijrosi bilan tanilgan san'atkor bo'lib, skripka chalish bilan birga ustozlik ham qilardi. Ergash Abdurahmonov jiyani G'ulomjonning musiqaga qiziqishlarini ko'rib, doimo - «biron narsa chiqadigan bola bu», der edi.1 Shundan so'ng, tog'asi G'ulomjonning tarbiyasini o'z zimmasiga oladi va musiqa ijrochiligi san'atidan ustozlik qildi.
«1933-yili otam vafot etib, ko'proq tog'am nazoratida bo'lganman. Besh yoshli bola edim. Tog'amni Ergashboy doirachi deyishardi. Tog'am doirani shunaqa chalardilarki, tinglovchini go'yo sehrlab qo'yardilar. Tog'amdan dastlab doira chalishni o'rgandim. Keyin ular: «Senda hissiyot kuchli, yaxshisi g'ijjak chalishni o'rgan», - dedilar. Buloqboshidagi gavjum choyxonaga choy tashuvchi qilib «ishga» ham kirgizib qo'ydilar. Omadimni qarangki, choyxonachi ham musiqaga havasmand kishi ekan. Mashq qilishim uchun menga bolaxonasini bo'shatib berdi. G'ijjak chalish uchun sharoit ham, imkoniyat ham yetarli edi. Men bundan kerakligicha foydalanib, g'ijjakni chalaverdim, chalaverdim, bolaxonaning ochiq derazasidan taralayotgan kuyga esa, odam to'planib ketarkan».2 Musiqaga shaydo G'ulomjon xalq sozandalari davrasida, tog'asi rahnamoligida oz fursatda bo'lsa-da, o'zbek musiqa cholg'ularini, ayniqsa, skripka (shu davrda Ovrupo cholg'ularidan skripka o'zbek sozandalari amaliyotida keng ommalashgan cholg'ulardan biri bo'lgan) chalish sirlarini, ovozni to'g'ri va toza talqin etishni o'rgandi. Lekin, ularning ustoz-shogirdlik faoliyati 1941-yili tog'asi urushga ketishi bilan yakuniga yetadi. Shundan so'ng, G'ulomjon o'zi mustaqil mashg'ulotlar o'tkazib, tor chalish va qo'shiq aytish bilan shug'ullana boshlaydi.
Shunday qilib, 1942-yili G'ulomjon Hojiqulov shu davrdagi hukumat boshlig'i Usmon Yusupov tomonidan Yangiyo'l shahrida tashkil etilgan o'zbek teatri jamoasiga
1 G'ulomjon Hojiqulov bilan suhbatdan
2 Zamira Ro'ziyevaning usta bilan suhbati // «Guliston», 1998, №1. 28-bet
taklif etiladi. Yosh G'ulomjon Hojiqulov o'z zamonasining eng yirik taniqli san'atkorlari davrasiga kelib qo'shiladi.
Mana shu voqealardan birini G'ulomjon Hojiqulov shunday eslaydi: «Shoirlardan biri bir g'azalni mehmonlarga, suhbat ahliga o'qib beradi, she'r hammaga manzur bo'ladi. Usmon Yusupov esa, she'rni qayta o'qib, Habibiyning «Sarg'ayibdur anjiru-shaftoli mehmonlar kutib» misrasini va Sobir Abdullohning «Mushk tarqatmish Buloqboshidagi bu keng chaman, O'shdan to Andijon, Xartumu Zavroqigacha» baytini, ma'qullaydi va zavqbaxsh ekanligini aytib shoirlarni tabriklaydi. Shundan so'ng, Usmon Yusupov san'atkorlarga qarata: «Kim shu g'azalni hozirning o'zida qo'shiq qilib aytib bera oladi?» - deb so'raydi. Hamma jim. Negaki bu g'azalni birdaniga ashula qilish, yana yuksak didli san'at muxlisi bo'lmish Usmon Yusupov huzurida aytishga jasorat kerak edi. Tajribali san'atkorlar indamay turishardi. Hech kim kutmaganida 14 yoshli G'ulomjon Hojiqulov: «Men aytib ko'ray», - deb yuboradi. Yosh hofiz bunday deyishidan oldin g'azalni Jo'raxon Sultonov yangi yozgan kuyga solib hirgoyi qilib ko'rgandi.
G'ulomjon Hojiqulov ko'pchilikning daldasi va xayrixohligi bilan g'azalni ashula qilib aytdi. Tayyorgarliksiz, mashq qilmay aytilgan bu ashula ham ko'pchilikka yoqdi. Chunonchi, an'anaviy musiqa ijrochilik amaliyotida kuylarga so'z qo'yish, yangi ashulalarni yangi so'z bilan talqin etish an'anasi mavjud. G'ulomjon Hojiqulov shu an'ana asosida bu g'azalni Jo'raxon Sultonov kuyiga soladi va ijro etib beradi. Ashula tugagach, Usmon Yusupov hamrohlaridan To'lagan ismli yigitni qishloq do'koniga yuborib, bosh-oyoq kiyim olib keltiradi va shoirlar Habibiy va Sobir Abdullohga hamda yosh hofiz G'ulomjon Hojiqulovga sovg'a qiladi»3
G'ulomjon Hojiqulov shu zaylda faoliyat olib boradi va bu uch yil, ya'ni 1945 yilgacha davom etdi. Bu dargohga turli ijrochilik maktablari namoyandalari yig'ilganliklari sababli har bir ijrochi uchun katta imkoniyatlar bor edi. Ish va ijod jarayonida har bir ijrochilik maktabidan bilim olish mumkin bo'lgan. Buning uchun faqat e'tibor va uquv kifoya edi. G'ulomjon Hojiqulov musiqa san'atidagi turli yo'nalishlar ijro uslublarini farqlashga va ularning o'ziga xos jihatlarini tushunishga harakat qiladi. G'.Hojiqulov ustozlarning sabog'ini olib, 1945-yilda o'z qishlog'iga qaytadi. Avvaliga, yangi tashkil etilgan kolxoz-sovxoz teatr jamoasida, so'ng Andijonning Navoiy bog'ida tashkil etilgan ansamblda sozanda va musiqa rahbari bo'lib ishlab, jamoasiga boshchilik qilib, faoliyat ko'rsata boshlaydi. G'ulomjon akaning musiqa ilmi bilan sug'orilgan ijodiy qirralari ana shu ansamblda charxlanadi. 1949-yili Abbos Bakirov va Vahob Azimovlarni taklifiga binoan Andijondagi Y.Oxunboboyev nomidagi viloyat musiqali drama va komediya teatrining sozandalar ansambliga musiqachi bo'lib ishga qabul qilindi. 2004-yilning boshlarigacha shu
3 Urfon Otaxon. So'rida qolgan torlar // «Milliy tiklanish». 1996 y., 12 noyabr, 45 (74) son
507
jamoaning badiiy rahbari - ustozi sifatida ishlaydi. Ana shu jamoa G'ulomjon akaning xalq merosini o'rganish, o'zlashtirish va yangi asarlar yaratishida ijodiy laboratoriya bo'lib xizmat qildi. Yillar davomida u musiqa merosi bilan bog'liq faoliyat ko'rsatdi.
G'ulomjon Hojiqulovning Andijon teatridagi ish faoliyati, uning, avvalo, mohir sozanda bo'lib yetishishida, qolaversa, ijodiyotga qadam qo'yishida juda katta ahamiyat kasb etdi. G'ulomjon Hojiqulov musiqiy asarlarini aktyorlarning ovozlariga moslab berar, kezi kelganda, asar qahramonining ruhiyatiga mos keladigan qo'shiq yaratib berardi.
1998-yili bastakor G'ulomjon Hojiqulov Zahiriddin Muhammad Bobur nomidagi Andijon davlat universitetiga ishga taklif etildi. 1990-yili universitetning faxriy professori unvonini oldi.Bastakor universitet talabalari bilan juda samarali ish olib bordi. O'tgan 5-6 yil davomida talabalarga «Buzruk» maqomining sakkizta qismini, «Miskin» va «Navro'zi Ajam» kabi Farg'ona-Toshkent maqom cholg'u yo'llariga tegishli turkumlarni o'rgatdi. Talabalarning ko'magi bilan Xurshid librettosi asosidagi «Layli va Majnun» spektaklini sahnalashtirishga muvaffaq bo'ldi.
«Vatanimiz istiqlolga erishgandan buyon nafaqat men, - so'z yuritadi G'ulomjon Hojiqulov, - balki barcha Andijonlik san'atkorlar taqdirida muhim o'zgarishlar bo'ldi. Ya'ni, biz san'at ahliga hurmat va e'tibor ortdi. Ishlashimiz va ijod qilishimiz uchun shart-sharoitlar yaratib berildi. Kelajagimiz nihoyatda yorug' bo'lib, unda yashovchi insonlar baxtli hayot kechiradilar, deb o'ylayman».
Darhaqiqat, G'ulomjon Hojiqulov o'zbek musiqasi rivojiga ulkan hissa qo'shib kelayotgan san'atkorlardan biridir. Uning ijodiy uslubi o'zida milliy musiqa an'analarining eng ilg'or jihatlarini mujassam etgan. Bu an'analarni G'ulomjon Hojiqulov o'z ustozlari - yetuk sozanda, xonanda va bastakorlardan bekamu-ko'st o'zlashtirib, zamonaviy musiqa ijodiyotida sozanda, xonanda, bastakor va ustoz-murabbiy sifatida mehnat qilib, zamonamizga hamohang musiqa durdonalarini ijod etishga erishib kelmoqda. Ustoz ayni ijodi sayqal topgan yoshda. U o'zbek an'anaviy musiqa san'atining darg'alaridan biri sifatida e'zozda, desak o'rinlidir. Zero, G'ulomjon Hojiqulov kabi o'tmish an'analarini o'z amaliyotida qo'llab, ustozlar sabog'ini olib, o'z ijrosi orqali mahoratini mustahkamlagan ustoz san'atkorlar barmoq bilan sanarlidir. Bunday ustozlarning bilimidan bahramand bo'lish, o'qib-o'rganish kelajakning zaminidir.
G'ulomjon Hojiqulov hayoti davomida 300 dan ortiq plastinka yiqqan.4 Ularni tinglab, ijro uslublarini o'rgangan.
G'ulomjon Hojiqulov g'ijjak ijrochiligida o'z uslubiga ega bo'lgan san'atkor-sozanda. Sozanda uchun g'ijjak nafaqat sahnalarda kuy ijro etiladigan cholg'u asbobi,
4 G'ulomjon aka qayerda plastinka ko'rsa, albatta sotib olgan va uyida hofizlar ijrosidagi namunalarning barchasini saqlagan. U plastinkalar uchun pulni ayamagan. Bir misol: Akbar qori Haydarov aytgan «Poyezdingni yurgizgan» ashulasi yozilgan plastinkani Buloqboshi qishlog'idan bitta katta qora qo'chqorga almashtirib olgan ekan - G'.Hojiqulov bilan suhbatdan.
I 508 http://oac.dsmi-qf.uz
balki uning uchun ijodiy vazifani ham bajaruvchi asbob hisoblanadi. Musiqiy faoliyatini, ya'ni xonish qilganda jo'r bo'lish hamda musiqa bastalashni G'ulomjon aka g'ijjak orqali amalga oshirardi. G'ulomjon Hojiqulovning xonandalik sohasidagi yetuk san'atkor hofizlar bilan hamnafas bo'lganligi haqida ustozning o'zlari so'zlab: «Meni bu yo'lga chorlagan hofizlar Jo'raxon Sultonov va Ma'murjon Uzoqovlardir. Ularning san'atidan bahramand bo'lib, o'zim ham xonish qila boshladim»5, - deb ta'kidlaydilar. G'ulomjon Hojiqulov quvvai hofizasi kuchli bo'lganligi uchun 1500 taga yaqin maqom kuyini eslab, adashmay chala oladigan san'atkor. Lekin, u umri davomida biror bir musiqa bilim yurtida tahsil olmagan. Shu damlarni eslab: «O'qis h menga nasib etmadi. Ma'lumki, yetuk san'at ijod bilan hamnafas bo'lmog'i lozim. Chunki, ijod san'atning asosi hisoblanadi. G'ulomjon Hojiqulov o'zbek milliy cholg'u va ashula ijrochiligini mukammal egallash bilan bir qatorda, zamonaviy kuy-qo'shiqlarni yaratishda ham samarali ijod qilgan atoqli bastakorlardandir. Uning musiqa ijodiyotiga kirib kelishi ham o'ziga xosdir.
G'ulomjon Hojiqulov musiqali drama teatrida faoliyat ko'rsatib, sahnaga qo'yilgan spektakllarning deyarli barchasiga musiqa tanlab, tayyorlardi. Shu bilan bir vaqtda yangi spektaklga musiqa yozishga to'g'ri kelardi. G'ulomjon akaning teatrda olib borgan faoliyatini to'rt yo'nalishda tasniflash to'g'ri bo'ladi. Birinchidan, sozandalik va xonandalik; ikkinchidan, musiqali dramalarni qayta tiklash; uchinchidan, ustoz-murabbiylik va ta'lim-tarbiya va nihoyat, to'rtinchidan, bastakorlik faoliyati. Ustoz-san'atkor G'ulomjon Hojiqulovning mehnati, san'atimiz rivojidagi qo'shgan hissasi hukumatimiz tomonidan munosib taqdirlangan. 1970-yili «O'zbekistonda xizmat ko'rsatgan artist», 1988-yili esa «O'zbekiston xalq artisti» faxriy unvonlari, 1999-yili «El-yurt hurmati» ordeni, 2001-yili O'zbekiston Respublikasi «Mustaqilligining 10 yilligi» medallari bilan taqdirlandi.
Foydalanilgan adabiyotlar
1. Sh.Mirziyoyev. Buyuk kelajagimizni mard va olijanob xalqimiz bilan birga quramiz. 2017 yil.
2. Sh.Mirziyoyev. Tanqidiy tahlil, qat'iy tartib-intizom va shaxsiy javobgarlik -har bir rahbar faoliyatining kundalik qoidasi bo'lishi kerak. O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2016-yil yakunlari va 2017-yil istiqbollariga bag'ishlangan majlisdagi O'zbekiston Respublikasi Prezidentining nutqi. Xalq so'zi gazetasi. 2017 yil 16 yanvar, № 11.
3. Orif Alimaxsumov / S.Begmatov. - Toshkent: Meriyus, 2017, 128 b.
4. An'anaviy qo'shichilik va maom asoslari. Fan dasturi. Tuzuvchilir: Q.Mamirov, M.Mamirov, -T.: 2001-yil.
5 G'.Hojiqulov bilan suhbatdan.
LMÜ^H
5. Axmedov F. Ommaviy bayramlar rejissurasi.-T.: Aloqachi, 2008-yil.
6. Fayzullayev E. Bo'lajak musia o'ituvchilari badiiy didini shakllantirishda o'zbek mumtoz musiasi imkoniyatlaridan foydalanish.-T.: 2008-yil.
7. Ismoilova M.E. "Alla mavzusiga bag'ishlangan dars". Pedagogik ta'lim jurnali, -T.: 2-son 2004-y.
8. Nosirov R. Xalq qo'shilari kompazitsiyasi.-T.: Fan, 2006-y.
9. Qudratov I. Talabalarni xalq qo'shilari vositasida estetik tarbiyalash (monografiya)-T.: Fan, 2009-y.
10. Yuldoshev S. Xalq urf-odatlari va an'analari.-T.:-Ijod dunyosi, 2003-y
11. Fitrat A. «O'zbek klassik musiqasi va uning tarixi» 1.1993