Научная статья на тему 'O‘ZBEKISTONDAGI HUDUDIY XONANDALIK MAKTABLARI VA XONANDALIK USLUBLARINI O‘RGANISHNING AHAMIYATI'

O‘ZBEKISTONDAGI HUDUDIY XONANDALIK MAKTABLARI VA XONANDALIK USLUBLARINI O‘RGANISHNING AHAMIYATI Текст научной статьи по специальности «Искусствоведение»

CC BY
165
21
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Журнал
Oriental Art and Culture
Область наук
Ключевые слова
san’at / marosim / tarbiya / idrok / musiqa / nafosat / ta’lim meros / bastakor / xofiz / ijod

Аннотация научной статьи по искусствоведению, автор научной работы — E’zozxon Bakirovna Qobilova

Ushbu maqolada O‘zbekistondagi hududiy xonandalik maktablari va xonandalik uslublarini o‘rganishning ahamiyati va uslubi haqida fikr yuritilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «O‘ZBEKISTONDAGI HUDUDIY XONANDALIK MAKTABLARI VA XONANDALIK USLUBLARINI O‘RGANISHNING AHAMIYATI»

O'ZBEKISTONDAGI HUDUDIY XONANDALIK MAKTABLARI VA XONANDALIK USLUBLARINI O'RGANISHNING AHAMIYATI

E'zozxon Bakirovna Qobilova Qo'qon Davlat Pedagogika Instituti

Annotatsiya: Ushbu maqolada O'zbekistondagi hududiy xonandalik maktablari va xonandalik uslublarini o'rganishning ahamiyati va uslubi haqida fikr yuritilgan.

Kalit so'zlar: san'at, marosim, tarbiya, idrok, musiqa, nafosat, ta'lim meros, bastakor, xofiz, ijod.

THE IMPORTANCE OF STUDYING REGIONAL SINGING SCHOOLS AND

SINGING STYLES IN UZBEKISTAN

Ezozxon Bakirovna Kabilova Kokand State Pedagogical Institute

Abstract: This article discusses the importance and method of studying regional singing schools and singing styles in Uzbekistan.

Keywords: art, ceremony, education, perception, music, sophistication, education, heritage, composer, poet, creativity.

Insoniyat hayotining mazmuni uning ijodiyot mahsuli bilan o'lchanadi. Qaysi halqning o'tmishi uzoq, ma'naviyati boy, merosi cheksiz bo'lsa, albatta, bu xalqning istiqboli buyuk, kelajak avlodi esa barkamoldir. Chunonchi, ijod hayotni go'zallashtiruvchi, olam siru-asrorlarini ochuvchi, insoniyat tafakkurini anglatuvchi ne'matdir. U juda ko'p keng tarmoqlarga bo'linadi. Lekin, ularning hammasi bir asosiy mezonga, ya'ni tabiat va unga bo'lgan munosabatga asoslanadi. Uning zaminida esa ishq, nafosat, ishonch hamda tafakkur o'ziga xos uyg'unlikka erishib, jonli jarayonda o'z mo''jizasini kashf etadi. Musiqa ham mo'jizakor san'at bo'lib, ijodiyotning estetik jihatdan boy imkoniyatlarga ega bo'lgan sohalaridan biri, desak mubolag'a bo'lmas. Insonning go'zallik tuyg'usini taraqqiy ettirmay turib, ma'naviy barkamol inson haqida gapirib bo'lmaydi. Inson o'z atrofidagi go'zallikni badiiy ijod orqali his qila olishi bilan insondir.

Musiqa yunoncha mousihe - muzalar san'ati degan so'zdan olingan bo'lib, inson hissiy kechinmalarini tovush (ton, nag'ma)lar vositasida aks ettiruvchi san'at turidir. Musiqa mo'jizakor san'at bo'lib, ijodiyotning estetik jihatdan boy imkoniyatlarga ega sohalaridan biri. Uning mazmuni o'zgaruvchan ruhiy holatlarni ifodalovchi musiqiy-badiiy obrazlardan iborat. Musiqa insonning turli kayfiyatlari (shodlik, g'amginlik,

I ibiSi^^Bl ^ http://oac.dsmi-qf.uz

zavqlanish, qo'rquv va hokazo)ni o'zida mujassamlashtiradi. Musiqa inson ongi va hissiyotiga ta'sir ko'rsatadi. U insonning ahloqiy va estetik didini shakllantirish, hissiy tuyg'ularini rivojlantirish, ijodiy qobiliyatini rag'batlantirishda katta ahamiyatga ega.

Bastakorlik va ijrochilik san'ati O'rta Osiyo xalqlarida juda qadim zamonlardan mavjud bo'lib, taraqqiy etib kelgan ijod ummonidir. Uning o'zbek xalqi madaniy merosidagi o'rni beqiyos. Bugungi davrimiz kelib, milliy qadriyatlarimizning qayta tiklanish jarayoni, ya'ni madaniy merosimizni, shu jumladan ko'p asrlar davomida shakllangan badiiy merosimizni, an'analarimizni har tomonlama o'rganishni taqozo etmoqda. Xalqimizning bebaho ma'naviy mulki bo'lgan milliy kuyqo'shiqlarimiz muhim va qimmatli manbalardan biri bo'lib, ularning keng miqiyosda tadqiq etish masalasi hozirgi vaqtda alohida ahamiyat kasb etadi. Xususan, bastakorlik va ijrochilik san'atining buyuk ijodkori, tarixni har tomonlama o'rganish va bu borada chuqur izlanishlar qilib, xalqimizga yetkazish uchun keng imkoniyatlar ochildi.

Musiqa san'ati juda ko'p tarmoqlidir. Lekin, xususiyat nuqtai nazaridan u ikki asosiy yo'nalishda shakllanib, ijod etilib, rivojlanib kelgan. Birinchi yo'nalish -xalqona hayotiy mezonlar, shart-sharoitlar, voqelik bilan bog'liq. Ikkinchi yo'nalish, alohida tafakkur mevasi - bastakorlik ijodi, ya'ni muayyan shakl va uslublarga ega hamda mumtoz musiqa nomi bilan yuritiladi. Afsonaviy Borbad zamonlaridan (VI asr) buyuk, buzruk, ulug'vor (Xusravoniy) asarlar nomini olgan mumtoz musiqa namunalari, turli davrlarda rivoj topib, avloddan-avlodga o'tib, betakror an'analarni o'zida mujassam etib kelayotgan bastakorlik san'ati ekanligini e'tirof etish lozimdir. O'tmish bastakorlik ijodiyotining yorqin mahsuli sifatida Buxoro «Shashmaqom»i monumental yirik asarlar majmui ko'rinishida yuzaga kelgan. Har bir davrda ular o'z an'anasi negizida, qonuniyatlari tizimida rivoj topgan. Bastakorlik san'ati o'rta asrlardan boshlangan bo'lib, Abu Nasr al-Farobiy, Abu Ali ibn Sino, Sayfiddin Urmaviy, Zaynulobiddin Husayniy, Najmiddin Kavkabiy Buxoriy, Abdurahmon Jomiy, Alisher Navoiy, Darvesh Ali Changiy kabi o'tmish olimu-ulamolarining ijodida muhim ahamiyat kasb etgan. Ular tomonidan yaratilgan manbalarda zamon musiqiy janrlari bo'lmish naqsh, amal, alhon kabi yo'llar xususida zikr etilgan.

O'zbek xalq musiqasining she'riga asoslanib yaratilgan asarlarni ijro etuvchilar qadimda turlicha nomlangan: xonanda, hofiz, ashulachi, qo'shiqchi, yallachi, katta ashulachi, laparchi, talqinchi, maqomxon, savtxon, baxshi, shoir, zokir, mug'anniy, mutrib, yirovchi, go'yanda singari. Bu ijrochilar bir necha guruhga bo'linadilar. Maqom ijrochilariga maqomxon, hofiz, xonanda, savtxon deyilsa, doston musiqa ijrochiligida baxshi, shoir, dostonchi, yirovchi deyilgan, xalq orasida keng tarqalgan janr ijrochilari yallachi, laparchi, ashulachi, qo'shiqchi nomlari bilan atalgan.

Xonandalarning bu xilda nomlanishi ko'p jihatdan o'zbek milliy musiqa san'atining janrlari va shakllari xilma-xilligi bilan bog'liq bo'lgan. Bu har bir ijrochining o'zi tanlagan shu sohada mukammal tajriba va yuksak saviyaga

I ihSi^^Bl http://oac.dsmi-qf.uz

erishganligidan dalolat beradi. Xalq orasida ular to'g'ridan-to'g'ri "Savtxon", "Yallachi", "Katta ashulachi", "Talqinchi", "Shoir", "Baxshi" kabi nomlar bilan aytilgan Bu nomlar orqali ijrochining qaysi vohada ko'rsatgan faoliyati va kasbiy darajasi ko'rsatiladi. Masalan, baxshining hech qachon maqom aytmasligi yoki katta ashulachining lapar aytmasligi ma'lum. Shoirlar ko'p asrlar davomida musiqa san'ati, uning ijodkorlari - xonanda, sozanda, cholg'u asboblari, maqomlarning inson ruhiga ko'rsatadigan ta'siri, kuchi, musiqa bilan ijro etiladigan raqs san'ati, musiqaning janglarda, shoh saroylarida, xilma-xil bazm va tomoshalarda tutgan o'rnini o'z ijodlarida ifodalab kelganlar. Xonanda shoir she'ridan ta'sirlanib ijod qilgani singari, shoir ham xonanda va sozandalar ijrosida ilhomlanib she'rlar yaratgan. Qadimdan mashhur bo'lib kelgan xonanda va sozandalar tarixiy manbalarda saqlanib qolgan.

O'zbek xalqining an'anaviy qo'shiq merosida asosan to'rtta xonandalik maktablari va uslublari mavjud bo'lib, ular quyidagicha nomlanadi:

1. Buxoro - Samarqand xonandalik uslubi.

2. Xorazm xonandalik uslubi.

3. Farg'ona - Toshkent xonandalik uslubi.

4. Surxondaryo - Qashqadaryo xonandalik uslubi.

Qadimdan O'rta Osiyoning madaniyat markazi hisoblangan Buxoro va Samarqandda o'zbek musiqa san'atining xususiyatlari deyarli boshqachadir. Bu xususiyatlar meros mavzusiga va janrlari hamda taalluqlidir. Buxoro va Samarqand mahalliy uslubi xususiyatlarining muhim farqi musiqa merosi va ijrochilikning ikki turga - og'zaki an'anadagi professional san'at va foltklorga bo'linishidadir. Musiqa foltklorining mohir namoyandalari bilan bir qatorda bu erda professional san'atkorlar

- sozanda va hofizlar katta o'rin tutib, ular maqom va boshqa professional musiqa janrlarining bilimdon ijrochilari sifatida tanilgan. Kiyaik shakldagi ma'lum turkumni tashkil etuvchi xilma-xil mazmunga ega bo'lgan raqs-o'yin qo'shiqlarining ijrochilari

- sozandalar ham keng e'tiborga ega bo'lganlar.

Bu qadimiy shaharlarda cholg'u asboblari turlarining boyligi, marosim qo'shiq kuylarining xilma-xilligi xarakterli bo'lishi bilan birga, eng yaxshi ijrochi xonanda va sozandalar ishtirokida musiqa va she'riyat kechalarining muntazam o'tkazilib turishi ham odat bo'lgan edi. Maishat, turmushning shaharcha tarzi ashulachilar, raqqos va raqqosalar hamda sozandalar ansambllarining o'ziga xos tusda keng rivojlanishiga ham imkon bergandi. Buxoro va Samarqand viloyatlaridagi o'zbek musiqa foltklori esa ko'p jihatdan tojik musiqasi bilan ma'lum darajada umumiylikka ega bo'lib, tarixiy taqdiri deyarli o'xshash bo'lgan har ikkala qardosh xalq - o'zbeklar va tojiklarning bab-baravar darajadagi musiqa merosidir. "Shashmaqom" fikrimizning yorqin misolidir.

"Shashmaqom" olti maqomdan tashkil topgan turkum bo'lib, ular quyidagicha nomlanadi: "Buzruk maqomi", "Rost maqomi", "Navo maqomi", "Dugoh maqomi",

"Segoh maqomi", "Iroq maqomi". Maqom asli arabcha so'z bo'lib, o'rin, joy, makon, parda ma'nolarini anglatadi.

Tanburning torlari ko'rsatkich barmoqqa kiyiladigan noxun yoki tabiiy tirnoq vositasida chertib chalinadi. Bu cholg'u asbobida maqom yo'lidagi boshqa yirik cholg'u kuylari ijro etiladi, shu bilan bir qatorda hofizlarga jo'rnavozlik vazifasi bajariladi. Bundan tashqari, Buxoro musiqa amaliyotida tanbur, nay va doyra sozlaridan iborat cholg'u ansambli an'anaviy tus olgan. Maqqomlarning ashula yo'llarini ustoz hofizlar kuylashadi. Ularda kuylangan mumtoz she'riy namunalarida esa ikki tillilik an'anasi namoyon bo'lib turadi, ya'ni, maqom ashula yo'llarida aruz vazniga asoslangan o'zbek va tojik she'rlarini qo'llash mumkin.

Olti maqomning har bir o'ziga xos tovush pardalariga ega bo'lib, bu pardalar asosida bastakorlar cholg'u kuy va ashula yo'llarini yaratadilar. Olti maqomdagi har bir maqom ikki yirik bo'limdan - cholg'u va ashula yo'llaridan iboratdir. Bunday asarlarni esa ustoz-shogird maktabida tahsil ko'rgan kasbiy cholg'uchi va ashulachi hofizlargina malakali ijro eta oladilar. Kasbiy cholg'ular orasida tanbur - torli chertma sozi keng qo'llaniladi. Bu sozda noksimon, o'yma kosa va unga ulangan dasta bo'lib, tut yog'ochidan tayyorlanadi.

Tanburda torlarning soni uchtadan oltitagacha bo'lishi mumkin. Ammo hozirgi davr ijrochilik amaliyotida ko'proq 3 simli tanbur qo'llanilib, o'zbekistonlik hofizlar asosan, o'zbek tilidagi she'riyat namunalari asosida kuylaydilar. Bunda ayniqsa, Navoiy, Lutfiy, Sakkokiy, Mashrab, Bobur, Muqimiy kabi shoirlarning she'rlari keng qo'llaniladi. Domla Xalim Ibodov, Ota Jalol Nosir, Ota G'iyos Abdug'ani, Hoji Abdulaziz Abdurasulov, Levi Boboxonov kabi ustozlar maqom turkumining mahoratli ijrochilari edilar.

Farg'ona - Toshkent musiqa uslubida xotin-qizlar ijodi unumli bo'lib, ular orasida jumladan, tarafma-taraf aytishlar, turli qo'shiqlarni kuylash, to'y marosimi aytishlari bo'lgan yor-yor, kelin salom va ularni kuylash ommaviy tus olgan. Bular ichida ayniqsa, yallalar ko'proq ijro etiladi. Yalla - bu band-naqorat shakliga ega aytim bo'lib, u raqsga tushib kuylanadi. Yakkaxon yallachi djoyra jo'rligida raqsga tushib bandlarni kuylasa, naqoratni esa davrada hozir bo'lganlar qo'shilib aytadi. Yakka holdagi yallachi odatda, o'z aytishlariga dutor yoki doyra sozida jo'r bo'ladi. Yallachilar ansambli esa 2-3 ayoldan iborat bo'lib, faqat doyra jo'rligida kuylaydilar. Xotin-qizlar davrasida hozir bo'lgan yallachilarning repertuari asosan qo'shiq, lapar, yalla va to'y marosimi aytimlaridan tuzilgan bo'ladi. Hadyaxon Hamdamova, Lutfixonim Sarimsoqova, Rahimak Mazohidova va Oyimqiz To'xtaevalar yallachilik san'atining mohir ijrochilaridir.

Yallachilikning yana bir ko'rinishi ham bor. U Namanganda "Satang" yallachilar turkumi shaklida bo'lgan, ya'ni ikki qism va undan ortiq bo'lgan. Ular katta yallalarni

doyra jo'rligida raqsga tushib aytganlar. Xolisxon Qirg'izboyeva va Saltanatxon Aliyevalar Namanganda taniqli satang yallachilardandir.

Farg'ona -Toshkent musiqa uslubida xalq ashulalari ham muhim o'rin tutadi. Bu ashulalar terma, lapar, qo'shiq singari aytishlarga nisbatan ovoz doirasining kengligi hamda kuychan, so'lim ohanglari bilan ajralib turadi. Xalq ashulalari barmoq vaznida bo'lgan xalq she'rlari yoki aruz vaznidagi mumtoz she'riyat asosida aytiladi. Ashulalar ijod etilishiga ko'ra ikki xil bo'lishi mumkin:

1. Xalq og'zaki musiqa ijodida yuzaga kelgan ashulalar.

2. Kasbiy musiqaga oid ustoz bastakorlar tomonidan ijod etilgan ashulalar.

"Tanovar", "Ey nozanin", Oydek to'libdur", Farg'ona", "Ul parivash" singari

xalq ashulalari nafaqat hofizu ashulachilar, balki ziyolilar, hunarmandlar, kosiblar va boshqa kasb egalari tomonidan ham ijro etib kelinadi. Shuningdek, bu turdagi ashulaplar xotin-qizlar tomonidan ham ichkarida kuylangan. Jumladan, "Chaman ichra", "Tanovar"ning "Qora sochim" kabi ashula yo'llari dutor jo'rligida xotin-qizlar tomonidan ijro etilib kelinmoqda. Ayni vaqtda "Nigorim", "Tandir", "Nisor", "Belboqcha", "Fig'on", "Chaman yalla" singari ashulalarni asosan kasbiy musiqachilar bo'lgan hofiz-ashulachilar kuylashadi. Bunda tanbur, dutor jo'rovozligi ko'p qo'llaniladi. Ashulalar an'anaga ko'ra turli yig'in va majlislarda, to'y marosimlari va boshqa xalq tantanalarida ijro etilgan. Choyxonalarda esa ashulachilarning ijodiy musobaqalari ham o'tkazib turilgan.

Toshkent va Farg'ona vodiysi bo'ylab keng tarqalgan hamda musiqa amaliyotida joriy etilgan maqom yo'llariga nisbatan "Farg'ona - Toshkent maqom yo'llari" iborasi qo'llaniladi. Bu maqomlar Buxoro shashmaqomi va Xorazm maqomlaridan farqli o'laroq bir turkumni tashkil etmay, alohida-alohida cholg'u kuy va ashula yo'llaridan tashkil topadi. Xususan, "Nasrullo I-IV", "Munojot I-IV", "Ajam va taronalar", "Segoh I-III", "Cho'lu Iroq", "Mitskin kabi cholg'u kuylari, "Chorgoh I-V", "Bayot I-V", "Bayoti Sheroziy I- V", "Ko'cha bog'i I-II", "Gulyor Shaxnoz I-V", "Segoh", "Dugoh husayniy I-VI", "Toshkent Irog'i" va yana shularga o'xshash boshqa ashula yo'llari Toshket-Farg'ona maqom yo'llariga mansubdir. An'anaviy ijroga ko'ra bu turdagi maqomlarning cholg'u kuylari ikki xil soz - dutor, tanbur, g'ijjakda yoki tanbur, dutor, nay, g'ijjak, doyra cholg'ularidan iborat ansambl shaklida chalingan. Ashula yo'llari esa hofizlar tomonidan tanbur yoki cholg'ular ansambli jo'rligida aytiladi. Ushbu maqom ashula yo'llari Navoiy, Sakkokiy, Lutfiy, Bobur, Mashrab, Muqimiy va boshqa mumtoz shoirlarning she'rlari asosida kuylanadi.

XX asrning 20-30-yillarida ustozlar mazkur tizimga nisbatan "Shashmaqom", "Olti yarim maqom"ga o'xshatib, "Chor maqom", ya'ni to'rt maqom atamasini ham qo'llaganlar va uning tarkibida "Bayot", "Dugoh Husayniy", "Chorgoh" va "Gulyor Shahnoz" nomlari bilan yuritiladigan birikmalarni tushunganlar. Farg'ona - Toshkent Chormaqomi, Shashmaqom va Xorazm maqomlaridan farqli o'laroq, qismlari bir-

I [ccñ^^BI 515 http://oac.dsmi-qf.uz

biriga vobasta qilingan turkum shaklida emas, balki umumiy nom ostida keladigan mustaqil kuy yo'llari tarzida namoyon bo'ladi. Shunga ko'ra ular "Dugoh I", "Dugoh I", "Dugoh I", yoki "Bayot I", "Bayot II", "Bayot III" kabi tartib sonlari bilan belgilanadi.

XIX asr oxirlari XX asr boshlarida Toshkent va Farg'ona maqomlarining har biri alohida maktab sifatida ko'rilib, mustaqil nomlar bilan yuritilgan. Jumladan, "Toshkent maqomlari", "Turkiston maqomlari" va "Farg'ona maqomlari" kabi tushunchalar iste'molda yurgan. Ischhoq Rajabovning "Maqomlar masalasiga doir" kitobi paydo bo'lishidan boshlab maqomotni yagona tizim shaklida ko'rsatish maqsadida "Shashmaqom" va "Xorazm maqomlari" bilan bir qatorda "Farg'ona -Toshkent maqom yo'llari" atamasi muqimlasha boshladi.

Tarixiy kitoblar, musiqiy risolalarda Farg'ona vodiysi hamda Toshkentdan chiqqan etuk xonanda va sozandalarning nomlari ko'plab tilga olinadi. Ularning san'ati mahalliy doiradan ancha keng va butun Markaziy Osiyo mintaqasida shuhrat topgan. XVIII asrning oxirlariga kelib, Qo'qon xonligi alohida davlat sifatida tarkib topishi bilan Farg'ona va Toshkent vohalari uning asosiy o'zagi sifatida yagona madaniy-ma'muriy doirani tashkil eta boshlaydi. Ana shu muhitda she'riyat, musiqa, me'morchilik va boshqa amaliy san'at turlarida o'ziga xos uslub yuzaga kelishi va takuomillashuviga zamin hozirlanadi.

Muhammad Umarxon yetuk davlat arbobi va zamonasining eng ilg'or vakillaridan bo'lib, uning Amiriy taxallusida yozgan devoni keng e'tibor topgan. Shoirning umr yo'ldoshi Nodira taxallusi bilan ijod etgan Mohlarbegim ham o'zbek she'riyatining yirik namoyandasidir. Amiriy va Nodira - Sharqning eng mumtoz shoirlari qatoridan o'rin oladi. Ularning o'zbek va tojik tillaridagi g'azallari nafaqat Farg'ona-Toshkeknt vohalari, balki Buxoro, Xorazm hofizlari orasida ham keng tarqalgan. Umarxon va Nodiralarning farzandi Madalixon ham ilmu-ma'rifatga, nafis san'atlarga ko'ngil qo'yganligi ma'lum.

XVIII asr oxiri - XIX asr boshlarida Qo'qonda Fazliy Namangoniy boshchiligida ko'plab saroy shoirlari faoliyat ko'rsatgan. Shu bilan bir qatorda musiqaga ham katta e'tibor berilgan, iqtidorli sozanda, xonanda va bastakorlar xizmatga jalb etilgan. Eng muhimi, saroy muhitida mumtoz she'riyat hamda musiqa uyg'unligida maqom yo'llarining ilmiy-amaliy asoslari ishlab chiqilgan. SHu jarayonning boshida turgan sozandalarning nomlari ham tarixda saqlanib qolgan. Agar Buxoro shashmaqomining tarixini Ota Jaloldan, Xorazm maqomlariniki Niyozjon Xo'jadan boo'lanadi desak, Farg'ona-Toshkent yo'llarining G'ulom Zafariy tuzgan shajarasi Xudoyberdi ustozdan sarhisob qilinishini e'tirof etish zarur.

Butun umri davomida Farg'ona va Toshkentning hofizu sozandalari bilan yaqin muloqotda yashagan taniqli shoir va dramaturg Sobir Abdulla tarixning puxta bilimdoni hisoblanadi.

I icclT^^^^H 516 http://oac.dsmi-qf.uz

Farg'ona Toshkent yo'llari hali to'la qonli iste'molda bo'lib, doimiy ijro etilib yurganda Farg'ona vodiysidan chiqqan Axmadjon Umrzoqov, Ashurali Odilov, Abduqodir Ismoilov, Usta Ro'zmatxon Isaboev, Muhiddin Hoji, Hayit Oxun, Berkinboy Fayziev, Jo'raxon Sultonovlar shuhrat qozongan. Toshkent va uning atroflarida etishgan Sultonxon tanburchi, Mulla To'ychi, Shorahim Shoumarov, Boboxon va Akmalxon So'pixonov bu maktabning eng ko'zga ko'ringan vakillari bo'lib hisoblanganlar. Keyinchalik Toshkent maqom maktabi namoyandalari sifatida aka-uka Shoakbar, Shoolim Shojalolovlar faoliyat ko'rsatdilar. So'pixonovlar va Shojalilovlarning farzandlari bugungi kunda mumtoz an'analarning davomchilari bo'lib maydonga chiqmoqdalar.

Farg'ona - Toshkent musiqa yo'llarining 1930-yillardan keyingi tarixi sozandalar va xonandalarning xotirasida va ijrolari bitilgan nota va audio yozuvlarida saqlanib kelinmoqda. Ana shu xilma-xil ma'lumot va dalillarni bir butun an'ana sifatida o'rganish Farg'ona - Toshkent yo'llarining maqomot tizimidagi o'rni va ahamiyatini tushunishga yordam beradi.

Foydalanilgan adabiyotlar

1. Sh.Mirziyoyev. Buyuk kelajagimizni mard va olijanob xalqimiz bilan birga quramiz. 2017 yil.

2. Sh.Mirziyoyev. Tanqidiy tahlil, qat'iy tartib-intizom va shaxsiy javobgarlik -har bir rahbar faoliyatining kundalik qoidasi bo'lishi kerak. O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2016-yil yakunlari va 2017-yil istiqbollariga bag'ishlangan majlisdagi O'zbekiston Respublikasi Prezidentining nutqi. Xalq so'zi gazetasi. 2017 yil 16 yanvar, № 11.

3. Orif Alimaxsumov / S.Begmatov. - Toshkent: Meriyus, 2017, 128 b.

4. An'anaviy qo'shichilik va maom asoslari. Fan dasturi. Tuzuvchilir: Q.Mamirov, M.Mamirov, -T.: 2001-yil.

5. Axmedov F. Ommaviy bayramlar rejissurasi.-T.: Aloqachi, 2008-yil.

6. Fayzullayev E. Bo'lajak musia o'ituvchilari badiiy didini shakllantirishda o'zbek mumtoz musiasi imkoniyatlaridan foydalanish.-T.: 2008-yil.

7. Ismoilova M.E. "Alla mavzusiga bag'ishlangan dars". Pedagogik ta'lim jurnali, -T.: 2-son 2004-y.

8. Nosirov R. Xalq qo'shilari kompazitsiyasi.-T.: Fan, 2006-y.

9. Qudratov I. Talabalarni xalq qo'shilari vositasida estetik tarbiyalash (monografiya)-T.: Fan, 2009-y.

10. Yuldoshev S. Xalq urf-odatlari va an'analari.-T.:-Ijod dunyosi, 2003-y

11. Fitrat A. «O'zbek klassik musiqasi va uning tarixi» 1.1993

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.