Научная статья на тему 'O‘ZBEKISTONDA XIZMAT KO‘RSATGAN ARTIST, FAXRIY PROFESSOR G‘ULOM QO‘CHQOROV IJODIGA BIR NAZAR'

O‘ZBEKISTONDA XIZMAT KO‘RSATGAN ARTIST, FAXRIY PROFESSOR G‘ULOM QO‘CHQOROV IJODIGA BIR NAZAR Текст научной статьи по специальности «Искусствоведение»

CC BY
221
25
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Журнал
Oriental Art and Culture
Область наук
Ключевые слова
G‘ulom Qo‘chqorov / o‘zbek / san’atkor / ustoz murabbiy / sozanda / bastakor / musiqiy ta’lim

Аннотация научной статьи по искусствоведению, автор научной работы — Mukammalxon Qurbonova

Maqolada O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist, faxriy professor G‘ulom Qo‘chqorovning ilmiy ijodiy faoliyati haqida so‘z yuritilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «O‘ZBEKISTONDA XIZMAT KO‘RSATGAN ARTIST, FAXRIY PROFESSOR G‘ULOM QO‘CHQOROV IJODIGA BIR NAZAR»

O'ZBEKISTONDA XIZMAT KO'RSATGAN ARTIST, FAXRIY PROFESSOR G'ULOM QO'CHQOROV IJODIGA BIR NAZAR

Mukammalxon Qurbonova https://orcid.org/0000-0002-5189-6367 qurbonova.muxtasarxon@gmail .com O'zbekiston davlat san'at va madaniyat institutining Farg'ona mintaqaviy filiali

Annotatsiya: Maqolada O'zbekistonda xizmat ko'rsatgan artist, faxriy professor G'ulom Qo'chqorovning ilmiy ijodiy faoliyati haqida so'z yuritilgan.

Kalit so'zlar: G'ulom Qo'chqorov, o'zbek, san'atkor, ustoz murabbiy, sozanda, bastakor, musiqiy ta'lim.

A GLANCE AT THE ARTIST OF UZBEKISTAN, PROFESSOR HONORARY

GHULAM KOCHKHAROV

Mukammalkhan Gurbanova https://orcid.org/0000-0002-5189-6367 khildarova.mukhtasarxon@gmail .com Fergana regional branch of Uzbekistan State Institute of Art and Culture

Abstract: The article talks about the scientific and creative activity of the honored artist, honorary professor Ghulam Kochkarov in Uzbekistan.

Keywords: Ghulam Kochkarov, Uzbek, artist, mentor, musician, composer, musical education.

XX asrning boshlarida o'zbek musiqa san'ati va madaniyati jadal ravishda taraqqiy eta boshladi. 20- yillarda musiqa ta'limi xususan o'zbek xalq cholg'ularida ijrochilik san'ati sohalarida muayyan yutuqlarga erishildi. O'zbek xalq cholg'ularini o'zlashtirishningan'anaviy uslublari - musiqa asarlarini chalish boy og'zaki an'analarga asoslangan bo'lib, ustoz murabbiy, kuyni o'z shogirdlariga og'zaki uzatish, yani cholg'uda bevosita ijro etib berish yo'li bilan yetkazish, shogird esa deyarli yodlab olishi orqali olib borilgan. Shu bois xalq sozandalari orasida ustoz-shogird an'analari yoshlarga musiqa ijrochiligini o'rgatish usullari sifatida mohir cholg'uchilarning shakllanishiga katta imkon yar atgan.

O'zbek xalq cholg'ulari ijrochilik san'atining ustalari degan nomga sazovor bo'lgan bir qator sozandalar, respublikamizning musiqiy xayotida faol ishtirok etib, yangi davr, yangi ijodiy g'oyalarni amalga oshirish uchun zamin yaratdilar. Musiqiy tariximizning an'analariga asoslangan xolda 20-30- yillarda o'zbek xalq cholg'ulari

I icclT^^^^H 269 http://oac.dsmi-qf.uz

ansambllari tarkibidagi ijrochilik va yakkanavoz sozandachilik san'ati, ayniqsa Farg'ona vodiysi, Samarqand va Toshkent shaxarlarida keng rivoj topdi.

Xalqimiz usta nomini bergan mashhur cholg'uchilar - Olim Komilov, Ahmadjon Umrzoqov, Yusufjon qiziq Shakarjonov, Abduqodir Ismoilov, Ro'zimat Isabouev, Matyusuf Xarratov, To'xtasin Jalilov, Rizqi rajabiy, Yunus rajabiy, Jo'rabek Saydaliyev, Abdumutal Abdullayev, Orif-garmon Toshmatov, xayrulla Ubaydullayev, Orif Qosimov, Muhammadjon Mirzayev, Ayub Qodirov, Komiljon Jabborov, Nabijon Xasanov, Saidjon Kalonov, Faxriddin Sodiqov, G'anijon Toshmatovlar tinglovchilar muxabbatini qozondilar.Ularning ibratli ijrochilik faoliyatlari, musiqiy ta'lim sohasidagi o'gitlari hozirgi davr o'zbek xalq cholg'ulariga ijrochilikning rivojiga zamin bo'ldi. Ustozlarning har biri boy milliy misiqa merosimizni saqlashda, zamonaviy musiqa madaniyatimizning shakllanishi va ravnaq topishida o'zlarining betakror hissalarini qo'shdilar.

Jumladan O'zbekistonda xizmat ko'rsatgan artist xalq maorifi alochisi G'ulom Qo'chqorov o'zining butun mazmunli xayotini o'zbek musiqa san'ati rivojiga kata hissa qo'shgan fidoiylardan hisoblanadi.

O'zbekiston dutorchi sozandalar sulolasiga mansub bo'lgan O'zbekistonda xizmat ko'rsatgan artist, faxriy professor, sozanda bastakor G'ulom Qo'chqorov el nazariga tushgan sanatkorlardan edi. G'ulom Qo'chqorov bir yo'la uch sozning - dutor, rubob, g'ijjakning mohir ijrochisi bo'lgan.

G'ulom Qo'chqorov 1919 yili Toshkent shahrida xunarmand kosib Qo'chqor aka oilasida tavallud topdi. Shaxarda hayot kechirish bir muncha qiyinlashib, ular Toshkent yaqinidagi Achchi qishlog'iga dexqonchilik bilan shug'ullangani ko'chib ketishadi.

Yosh G'ulomjon o'sha payitlarda qishloqda o'tkazilib turiladigan sayillarda, yig'inlarda, to'y tomoshalarda o'z tengi, hattoki o'zidan kattalar bilan kurash tushar va g'olib kelardi. Katta kurashchi bo'lish niyati xam yo'q emdi.

Ammo yuragining tubida yana nidir yotar edi. O'sha vaqtlarda qishloqdagi turli marosimlarda Muhidan Qori Yoqubov, Tamaraxonim, Yunus Rajabiy, Rizqi Rajabiy,Karim Zokirov kabi mashhur o'zbek san'atkorlarning san'ati va suhbatidan ko'p marta bahramand bo'lgan G'ulomjon yoshligidanoq san'atga mahr qo'ydi.

Qo'chqor ota o'g'Ii G'ulomjonning qiziqishi astoydil ekanini ko'rib, 1933-yili Beshyog'ochdagi musiqa bilim yurtiga yetaklab boradi. Bilim yurtida G'ulomjonga Yunus Rajabiy va Orif Qosimov dutor cholg'usini an'anaviy yo'lda o'rgatadilar. 1936 yili bilim yurti Shayxontoxur dahasiga ko'chirilib, unga "Xamza" nomi beriladi va shu yerda nota bilan o'qish yo'lga qo'yiladi Ustoz Yunus Rajabiy shogirdlariga "San'at olami katta ummon o'g'lim, shuning uchun, yoshsan, qobiliyating bor, o'qishni davom ettirasanIloji bo'lsa endi boshqa cholg'uni o'rganishga harakat qilgin"-deb maslahat berdi.G'ulom Qo'chqorov ustozi ayiganiga amal qilib, tanburda Rizqi Rajabiy, g'ijjakda Suren Gabrielyandan ta'lim oladi. Yosh mashshoq talabalik

I icclT^^^^H 270 http://oac.dsmi-qf.uz

chog'laridadanoq mahnat faoliyarini boshladi. O'spirin G'ulimjon 7-bolalar uyi huzuridagi badiy havaskorlik to'garagini boshqardi.

G'ulom Qo'chqorov urushdan keyin Toshkent davlat konservatoriyasi (hozirgi O'zbekiston davlat konservatoriyasi) ning "O'zbek xalq cholg'ulari" bo'limiga o'qishga kiradi va uni 1954-yili dirijpr, sozanda va pedagog sifatida muvaffaqiyatli tugatadi. Pionerlar saroyida u boshchilik qilgan orkestr 1959- yili o'tkazilgan jumxuriyat "Xalq cholg'u asboblari ko'rigi" ning tanlovida laureat bo'ldi. 1969 yili jumxuriyat ko'rik tanlovida esa uning orkestri 1-o'rinni oldi.

G'ulom Qo'chqorov O'zbekiston davlat filarmoniyasi "O'zbek xalq cholg'ulari" orkestrida 1938 yildan 1971 yilgacha uzluksiz ishladi. 32 yil davimida shu orkestrda ishlab ikki mingga yaqin asarlar ijro etdi. Bepoyon mamlakatimizning ko'plab shaxarlarida uning qo'lida goh dutor, goh g'ijjak, goh rubob jarangladi. U ijro etgan "Cho'li iroq", "Munojot", "Jigarpora", "Uzgancha", "Sharob", "Suvora", "Qashqarchai ushshoq", "Qo'shchinor", "Soyaiy", "Dugoh taronasi", "Men kabi", "Chaman yalla", "Yolg'iz" kuylari sozandaga shuhrat keltirdi. Uning dutorda ijro etgan 30 dan ortiq o'zbek xalq va mumtoz kuylari O'zbekiston radiosining oltin xazinasidan munosib o'rin olgan. Ayniqsa televideniya orqali 1970-1990 yillarda muntazam berib kelgan "Tanbur va dutor taronalari" musiqali ko'rsatuvida Orif Qosimov, Turg'un Alimatov, Maqsudjon Yunusov, Zokirjon Obidov kabi mash san'atkorlar qatorida G'ulom Qo'chqorov ham muntazam qatnashib,mumtoz maqom va xalq kuylarining dutor cholg'usi orqali ommalashuviga katta hissa qo'shdi.

Har bir ustoz san'atkor murabbiy bo'lmog'i, o'zining noyob hunarini yo'shlarga o'rganmog'i lozim. Murabbiylik qilish bu - o'sha hunarning umrboqiyligidir. G'ulom Qo'chqorov sozandalik san'ati bilan birga murabbiylik sifatida ham faoliyatining yana bir qirrasini namoyon qildi. U o'zida bor bo'ldan barcha ijrochilim mahoratini yoshlarga taqdim etdi, dasak hato bo'lmas.

Ustozning bir hislati shuki uning sinfida o'qigan yoki to'garagigfa qatnashgan juda ko'p havaskorlar, yoki musiqachilarning aksariyati keyinchalik xayotlarini kata san'atga bag'ishladilar. G'ulomjon aka o'z shogirdlariga, farzandlariga nafaqat san'at sirlaridan, balki birinchi navbatda odamiylik, kamtarinlik, oqibat, mehr-muruvat kabi insoniy fazilatlardan saboq berdilar va bunda doyim o'zlari o'rnak bo'lib keldilar.

Ustoz shogirdlar ijrochili takomilida favqulotda ta'sirchan tadbirlarni amalga oshirishni ko'rar edi. Masalan u kishi O'zbekistonda birinchi bo'lib, musiqa maktabi o'quvchilari ijrosida turli kuylarni yakka ijroda va fortepiano jo'rligida plastinkaga yozib olgan.

Ustozning qo'lida tahsil olgan ko'plab yetuk san'atkorlar- mashhur kompozitor O'zbekistonda xizmat ko'rsatgan artist, xizmat ko'rsatgan sa'at arbobi, "Xamza " mukofotining laureate Sayfi Jalil; professor, bastakor To'lqin Qurbonov; Sayfuddin Xasanov; O'zbekistonda xizmat ko'rsatgan artist Telmon Xasanov; xonanda Dilorom

I [ccñ^^BI 271 http://oac.dsmi-qf.uz

Qayumova; dirijor Fazliddin Yunusov; O'zbekiston xalq artisti G'ulomjon Yoqubov; Tojikiston xalq artisti Barno Isoqova; O'zbekiston davlat konservatoriyasining profesorlari Karimjon Azimov, Rifarilla Qosimov; xonanda Nodirbek Lutfullayev va boshqa sozanda, bastakor va musiqa o'qituvchilari yetishib chiqqan.

Ustoz san'atkor, mohir va mehribon murabbiy G'ulom Qo'chqorov uzoq yillik sozandalik, bastakorliktajribasi o'laroq o'ndan ortiq o'quv-uslubiy kitoblarning muallifihamdir. Ushbu kitoblar O'bekiston, Qoraqalpog'iston, Tojikiston va boshqa yurtlarning musiqa va san'at maktablari, oliy san'at o'quv dargohlari, oqituvchi, talabalar, hamda badiy havaskorlik to'garaklariishtirokchilari qo'lida qo'llanma sifatida foydalanilmoqda.

Jumladan:

1. "Shodiyona" G'afur Gulom nashriyoti; 1982

2. "Dutor sadolari" G'afur Gulom nashriyoti; 1987

3. "Dutor nolasi" O'zbekiston madaniyat vazirligi, xalq ta'limi vazitligi, jumhuriyat o'quv metodik markazi, 1992

4. "Shodiyona" II nashr G'afur Gulom nashriyoti, 1990

5. "Chamanzor" O'zbekiston xalq ta'limi vazitligi, 1994

6. "Dilrabo" Toshkent o'qituvshi nashriyoti, 1997

7. "Boychechak" " O'zbekiston xalq ta'limi vazitligi, 1997

8. "Ansambl cholg'ulari" Musiqa nashriyoti, 2003

9. "Milliy cholg'ularni o'rganish" o'quv qo'llanma, A.Qodiriy nomli xalq merosi nashriyoti,2002

10. "Folklor qo'shiqchiligi" (yor-yorlar, omonyorlar, xayoryorlar, gulyorlar, allalar, yallalar, laparlar) O'zbekiston respublikasioliy va o'rta maxsus ta'lim vazirligi, o'rta maxsus kasb-xunar ta'lim markazi, 2005

Ulardagi aksariyat asarlar G'ulom Qo'chqorovning shogirdlariga o'rgatib kelgan o'zbek bastakorlarining va u'larining ijodidan bo'lib, asosan maxsus cholg'uga moslashgan.

G'ulom Qo'chqorov oilada ham ko'plarga ibrat bo'lib 66 yil Xumayra aya bilan piru badavlat, tinch-totuv turmush kechirib uch o'g'ilu, uch qizni elu yurtga xizmat qiladigan kishilar etib tarbiyalab voyaga yetkazganlar.

Foydalanilgan adabiyotlar

1. Jalolkhon, M., Talaboyev, A., Dehkonov, F., & Jurayev, I. (2022). Tom Aleksandrovich Khomyakov-Musician And Talented Conductor. Journal of Pharmaceutical Negative Results, 4736-4739.

2. Yunusov, G. Y., & Topildiyev, S. (2022). The Issue Of Namuds In Makom Songs Performing. Journal of Pharmaceutical Negative Results, 4731-4735.

I ibiSi^^Bl ^72 http://oac.dsmi-qf.uz

3. Shermatova, X. (2022). The Law on Education "National Training Program" And the Importance of Continuity and Integration in the Music Education System. INTERNATIONAL JOURNAL OF INCLUSIVE AND SUSTAINABLE EDUCATION, 1(5), 174-176.

4. Shermatova, X. (2021). MAKTABLARDA O 'QITILAJAK MUSIQA TA'LIMIGA BIR NAZAR: MUSIQA TA'LIMINING SHAKLI VA USULLARI. Oriental Art and Culture, 2(4), 156-163.

5. Ismoilova, M. (2022). The Importance of Fret in Uzbek Folk Music. Pindus Journal of Culture, Literature, and ELT, 2(5), 39-43.

6. Usarov, G., & Ismoilova, M. (2022). Symphony Orchestra and its Instruments. INTERNATIONAL JOURNAL OF INCLUSIVE AND SUSTAINABLE EDUCATION, 1(5), 140-142.

7. Tursunov, B. (2022). About the Performing Generation of National Music Art. INTERNATIONAL JOURNAL OF INCLUSIVE AND SUSTAINABLE EDUCATION, 1(5), 170-173.

8. Yunusov, G., Abdurahimov, A., & Tursunov, B. (2020). PECULIARITIES OF USING NATIONAL INSTRUMENTS IN PERFORMANING UZBEK FOLKLORE. European Journal of Research volume, 5(10), 62-66.

9. Yuldashev, A. M., Ortiqov, N. M., & Mirzaev, H. A. (2021). Methods of teaching students to work independently in performing musical instruments. ACADEMICIA: AN INTERNATIONAL MULTIDISCIPLINARY RESEARCH JOURNAL, 11(1), 656-560.

10. Yuldashyev, A. (2021). "ORKESTR SINFI" FANIDA O 'ZBEK XALQ CHOLG 'ULARI O 'QUV ORKESTR GURUXLARI BILAN ISHLASHNING IJROCHILIK MAXORATINI OSHIRISHDAGI O 'RNI. Oriental Art and Culture, 2(4), 346-352.

11. Boboyev, V. (2022, October). History of Instrument Performance and Methods of Analysis of Instrumental Works. In " ONLINE-CONFERENCES" PLATFORM (pp. 58-62).

12. MaMaroB, (2021). CAHLAT MYTAXACCHCTAPHHH TAHEPTAm^A ^HPHTOPTHK. Oriental Art and Culture, 2(4), 353-360.

13. Mamatov, J. (2022). Parameters of the Connection between Art and Culture. Pindus Journal of Culture, Literature, and ELT, 2(3), 69-76.

14. Madolimov, D. (2022). The Role and Importance of Breath and Pronunciation in Singing. INTERNATIONAL JOURNAL OF INCLUSIVE AND SUSTAINABLE EDUCATION, 1(5), 231-233.

273

http://oac.dsmi-qf.uz

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.