O'ZBEKISTONDA ANSAMBLLARNING SHAKLLANISHI VA ULARNING
TURLARI
Komiljon G'ulomovich Mirzayev komilj on_mirzayev@umail. uz O'zbekiston davlat san'at va madaniyat instituti
Annotatsiya: O'zbek milliy cholg'ulari katta texnik va badiiy imkoniyatlarga ega. Ularda turli janrdagi musiqiy asarlarni ijro etish imkoniyati mavjud. Bu jarayonda bevosita cholg'u jamoalarining ahamiyati o'zgacha. Sozandalar ansambllari shular jumlasidandir. Ushbu maqolada O'zbekistonda sozandalar ansambllarining shakllanishi, ularning turlari haqida ma'lumotlar berilgan.
Kalit so'zlar: Cholg'u jamoalari, sozandalar ansambli, cholg'u guruhlari, an'anaviy ijrochilik, ijro mahorati.
FORMATION OF ENSEMBLES AND THEIR TYPES IN UZBEKISTAN
Kamiljan Gulamovich Mirzayev komilj on_mirzayev@umail. uz Uzbekistan State Institute of Arts and Culture
Abstract: Uzbek national musical instruments have great technical and artistic capabilities. They have the ability to play different genres of music. In this process, musical ensembles are very important. Ensembles of musicians are among them. This article provides information about the formation of musical ensembles in Uzbekistan and their types.
Keywords: Musical ensembles, ensemble of musicians, instrumental skills, traditional performance, performance skills.
"Ansambl" (fransuzcha ensemble - birlik, uyg'unlik, ohangdoshlik) ma'lum musiqa asarining bir necha ijrochilar tomonidan birgalikda ijro etilishi. Ijrochilar soniga qarab ansambllar duet (2 kishi), trio yoki terset (3 kishi), kvartet (4 kishi), kvintet (5 kishi), sektet (6 kishi), septet (7 kishi), oktet (8 kishi), nonet (9 kishi) va h.k.larga bo'linadi"1. Oddiy qilib aytgan jamoa bo'lib faoliyat olib borishga aytiladi.
Ansamblga berilgan bu ta'rifda musiqa ijrochiligida mavjud barcha jamoaviy ijrolarni shakli va tarkibi ifodasini topgan. Ansambl ijrosi musiqa ijrochiligining barcha turlarida mavjud va ularning tarkibiy jihatlari bir-biriga mutanosibdir. Faqat
1 I.Akbarov. Musiqa lug'ati.-T., 1987 y. 112 - bet.
I ibiSi^^Bl ^10 http://oac.dsmi-qf.uz
ularning ijroviy jarayonidagi yo'nalishlar ularni bir-biridan farqlab turadi. An'anaviy ijrochilikning jamoaviy xonishlari ham vaqt taqozosi bilan qo'llanilib, sekin-asta an'anaga aylangan bo'lishi ehtimoldan xoli emas. Bunga asosiy sabab, asarlarning keng ko'lamliligi, katta avjlar bilan ijro etiladigan murakkablarini yaratilishi va albatta ochiq joylarda xonish jarayonlarini o'tash sabab bo'lgan bo'lishi mumkin.2
Ilk ansambl 1923-yili To'xtasin Jalilov rahbarligida, 1927-yili radio qoshida, Yunus Rajabiy rahbarliklarida tashkil etilib, faoliyat yuritib kelgan. Turli tarkiblarda tuzilgan ansambllar faoliyati XX asrning birinchi yarmidayoq keng ommalashgan va amaliyotga keng joriy etilgan. 1957-yili Yunus Rajabiy rahbarligida va O'zbekiston teleradiosi qoshida maqomchilar ansambli tashkil etilishi ulkan voqeaga aylandi. Ushbu ansambldan keyingi avlod uchun ustoz Yunus Rajabiyning ijro uslubi, qoldirgan ulkan merosi namunadir. Shu bois bo'lsa kerak har bir tashkil etilgan, ya'ni san'atkorlar jamlangan ansambl avvalo mavjud merosni o'zlashtirishga, agar bilimi, ilmi va imkoniyati bo'lsa uning yangi talqinini topishga harakat qiladi.
"Katta " ansambl
Ushbu ansamblning birinchi rahbari Nikolay Nazarovich Mironov bo'lib, u ansambl asosan nota bilan ijro etiladigan jamoa hisoblanar edi (musiqiy jamoatchilik orasida "Nota ansambli" deb yuritilardi). Oradan ko'p vaqt o'tmay, davr talabi bilan ushbu ansamblga taniqli san'atkor, mohir sozanda va bastakor To'xtasin Jalilov rahbar etib tayinlanadi. Bu ansamblda o'sha davrning taniqli hofizlaridan: Mulla To'ychi Toshmuhammedov (To'ychi hofiz), Hoji Abdulaziz Abdurasulov, Domla Halim Ibodov, Rafael Tolmasov, Muhiddin Qori Yoqubov, Tamaraxonim, Lutfixonim Sarimsoqova, Jo'raxon Sultonov, Karim Zokirov, Halima Nosirova, aka-uka So'fixonovlar, Akbar Haydarov va Turg'un Karimov, sozandalardan: Abduqodir Ismoilov, Ahmadjon ota Umrzoqov, Ashirali Yusupov, Usta Olim Komilov, Po'lat Rahimov, Rizqi Rajabiy, Maqsudxo'ja Yusupov, Saidjon Kalonov, Komiljon Jabborov, Jo'rabek Saidaliyev, Abdumutal Abdullayev, Nabijon Hasanov, Muhammadjon Mirzayev, G'anijon Toshmatov, Faxriddin Sodiqov, Shobarat tanburchi, Otavali Nuriddinov, Matyusuf Xarratov kabi bir qator mashhur san'atkorlar ijodiy faoliyat ko'rsatishgan. 1937-yilda Moskvada bo'lib o'tgan birinchi o'zbek adabiyoti va san'ati kunlarida "Katta ansambl" jamoasi ham qatnashib ulkan muvaffaqiyatlarga erishdi.
1947-yilda Muqimiy nomli Davlat musiqali drama va komediya teatri tashkil etilishi munosobati bilan To'xtasin Jalilov mazkur tetrning badiiy rahbarligiga tayinlanadi va shu sababli "Katta ansambl"ga O'zbekiston xalq artisti Gavhar Rahimova rahbar etib tayinlanadi. Ansamblning musiqa rahbari etib esa xalq musiqa merosining bilimdoni, mohir sozanda, O'zbekiston xalk artisti Ayub Qodirov
! K.Bo'riyeva "Ansambl sinfi". - 2017 y. 6-bet.
311
http://oac.dsmi-qf.uz
tayinlanadi. O'sha vaqtda ansamblga respublikamizda o'z san'atlari bilan tanilgan ajoyib xonanda va sozandalar yig'ilgan edi. Muhammadjon Mirzayev, Mehri Abdullayeva, Hamro Abdullayev, Sayfiddin Yo'ldoshev, G'ofur Azimov, Ergash Yo'ldoshev, Zaynab Polvonova, Ergash Shukurullayev, Muhabbat Musayeva, Adiba Mirzayeva, To'xta Yo'ldosheva, To'xta Rismetovalar ansamblning mustahkam poydevori hisoblanar edi. 1957-yildan 1976-yilga qadar ansamblga O'zbekiston xalq artisti, bastakor Hakim Nishonov badiiy rahbarlik qildi, bosh baletmeyster bo'lib esa Isoxor Oqilov va Akbar Mo'minovlar faoliyat ko'rsatishgan. Ansambl repertuaridan o'zbek xalq qo'shiq va raqslari, xorijiy xalqlar kuy va qo'shiqlari, shuningdek, o'zbek bastakorlarining yangi asarlari mustahkam o'rin egalladi. 1976-yildan ansamblga O'zbekiston xalq artisti Dilafro'z Jabborova badiiy rahbar, O'zbekiston xalq artisti Qodir Mo'minov bosh baletmeyster va sozanda Tuyg'un Otaboyev esa musiqa rahbarlik vazifasini bajara boshladilar. Bu ansambl ham o'zining faoliyati davomida nafaqat respublikamiz, balki sobiq ittifoq davlatlari va xorijiy mamlakatlarda ijodiy safarlarda bo'lib o'zbek milliy musiqasi va raqs san'atini targ'ib qilishda o'z hissasini qo'shgan.
"Maqom " ansambli
Ushbu ansambl 1959-yilda, O'zbekiston radiosi qoshidagi 1957-yilda tashkil etilgan xalq cholg'ulari orkestri negizida, Yunus Rajabiy rahbarligida tashkil etildi.
Yunus Rajabiy bu ansamblga xalq musiqa merosining ham nazariy, ham amaliy bilimdonlari bo'lgan o'sha paytdagi mashhur hofiz va sozandalarni jam qilgan. Qisqa davr ichida ushbu ansambl ijrosida, Alisher Navoiyning 525 yilligiga bag'ishlab Buxoro "Shashmaqomi"ning to'liq nasr qismi magnit tasmalariga tushirildi va plastinka orqali xalqimizga yetkazildi. Ushbu ansamblning ijodiy ravnaqiga xonandalardan: Ortiqxo'ja Imomxo'jayev, Karim Mo'minov, Orif Alimaxsumov, Tolibjon Badinov, Zaynab Polvonova, Siroj Aminov, Hadya Yusupova, Is 'hoq Katayev, Izro Malakov, Ilhom To'rayev, Umar Otayev, sozandalardan Faxriddin Sodiqov, Dadaxo'ja Sottixo'jayev, Turg'un Alimatov va boshqalar o'zlarining munosib hissalarini qo'shganlar.
1971-yilda Yunus Rajabiy o'zbek musiqa san'ati rivoji yo'lida qilgan katta xizmatlari uchun Davlat mukofotiga sazovor bo'lib, keyinchalik akademik ilmiy unvoni ham berildi. Yunus Rajabiyning vafotidan keyin ushbu ansamblga turli yillarda O'zbekiston xalq artisti Orif Alimaxsumov, G'anijon Toshmatov, Shavkat Mirzayev, Isroiljon Vahobovlar rahbarlik qilishgan. Bugungi kunda esa ansamblga mohir sozanda va taniqli bastakor, O'zbekiston xalq artisti Abduhoshim Ismoilov rahbarlik qilmoqda.
O 'zbekistonda xizmat ko'rsatgan "Bahor" raqs ansambli
1957-yilda O'zbekiston xalq artisti, Hamza nomidagi Respublika Davlat mukofotining sovrindori, o'zbek raqs san'atining yirik namoyondasi Mukarrama Turg'unboyeva rahbarligida O'zbekiston Davlat filarmoniyasi qoshida tashkil qilindi.
I icclT^^^^H 312 http://oac.dsmi-qf.uz
Dastlab ansambl safiga birinchi qaldirg'och sifatida Tamara Yunusova, Zulayho Rahmatullayeva, Dilbar Abdullayeva, Ra'no Nizomova, Dilora Karimova, Erkinoy Rasulxo'jayeva, Liliya Rasulova, Valentina Romanova, Nela Bashirova, Alla Rahimjonova, Samiya Ahmadiyeva singari yosh iste'dodli raqqosa qizlar qabul qilindi. Bosh baletmeyster sifatida ham faoliyat yuritgan Mukarrama Turg'unboyeva jamoaning ijodiy jarayonida ko'plab professional raqqosalarni tayyorladi. Musiqa rahbari sifatida faoliyat yuritgan Salohiddin To'xtasinovning xizmatlari esa ansambl taraqqiyotida hozirgacha poydevor vazifasini bajarib kelmoqda.
O'zbekiston xalq artistlari va Davlat mukofoti sovrindorlari: Baxtiyor Aliyev va Qahramon Dadayev, O'zbekistonda xizmat ko'rsatgan artistlar: Rabbim Hamdamov, Baxtiyor Yo'ldoshev, O'zbekiston xalq artistlari: Xayrulla Lutfullayev, Tal'at Sayfiddinov, Ahmadjon Shukurov, Ma'mura Ergasheva, Ziyoda Madrahimova, Muhammadjon Shokirov, Muzaffar Muhamedovlar shular jumlasidandir. Qisqa vaqt ichida "Bahor" ansamblining dovrug'i butun olamga yoyildi. Ansambl 1965-yilda birinchi marta Afrika qit'asining shimoliy qismida joylashgan mamlakatlarda ijodiy chiqishlari bilan o'zbek san'atini namoyish etib, olqishlarga sazovor bo'ldi. Ansambl ijodiy faoliyati davomida Liviya, Sudan, Jazoir, Misr, Marokash kabi 100 dan ortiq davlatlarda ijodiy konsertlarni muvaffaqiyatli namoyish qilgan.
Keyinchalik ansamblga O'zbekiston xalq artisti Qunduz Mirkarimova rahbar etib tayinlandi. U davrda O'zbekistonda xizmat ko'rsatgan artistlar: Komiljon Mirzayev, Ma'murjon Mirdadayev, raqqosalar: Gulnora Musayeva, Olima Yoqubova, Yelena To'xtayeva, Ra'no Yoqubjonovalar samarali faoliyat olib borishgan.
"Lazgi " ashula va raqs ansambli
1957-yilda O'zbekiston, Turkmaniston va Qoraqalpog'iston xalq artisti, bastakor, milliy qo'shiqchilik san'atining yirik namoyondasi, ustoz san'atkor Komiljon Otaniyozov rahbarligida O'zbek Davlat filarmoniyasi qoshida tashkil qilindi. Komiljon Otaniyozov ansamblni tashkil qilishda xalq orasidan iste'dodli yoshlarni izlab topish, ularni jamoaga jalb qilish ishlarini muvaffaqiyat bilan amalga oshirdi. Katta mehnat, izchil harakat, ijodiy izlanishlar evaziga ansambl uchun rang-barang repertuar yaratildi. Ansamblga O'zbekiston xalq artisti Komuna Ismoilova, O'zbekistonda xizmat ko'rsatgan artistlar Quvondiq Iskandarov, Bekjon Otajonov singari xalq dilidan munosib joy olgan san'atkorlar hamda xalqqa endi tanila boshlagan bir qator yosh ijodkorlar birlashtirildi. Respublikamiz bo'ylab qilingan ijodiy safarlar, turli konsertlar ansambl jamoasining ijrochilik mahorati uchun pillapoya vazifasini bajardi.
Tez orada ansambl o'zining to'laqonli jamoasiga ega bo'ldi. Ansamblga Olmaxon Hayitova, Sharif Sultonov, Ibodulla Abdullayev, Ortiq Otajonov, Gulchehra Ismoilova kabi istiqbolli yosh kuchlar kirib keldilar. "Lazgi" ashula va raqs ansamblining bosib o'tgan oydin yo'li, ijodiy muvaffaqiyatlari bevosita Komiljon Otaniyozovning nomi bilan bog'liqdir. 1968-yilda Xorazm ashula va raqs ansambliga "Lazgi" nomi berildi.
I [ccñ^^BI 313 http://oac.dsmi-qf.uz
Komiljon Otaniyozovdan keyin ansamblning badiiy rahbari etib, O'zbekiston xalq artisti Gavhar Rahimova tayinlanadi. Gavhar Rahimova yangi ansamblning badiiy shakli, ijrochilik uslubi haqida qayg'urib, ustoz san'atkorlar bilan juda ko'p maslahatlashadi. O'sha yillari Gavhar Rahimova tashabbusi bilan san'atning qo'shiq va raqs turlari bo'yicha tanlov e'lon qilindi. Bu tanlov ansamblga ko'pgina yosh xonanda va sozandalarni ishga olish imkonini berdi. Tanlov g'oliblaridan Nurjahon Sattarova, Ravila Ahmadiyeva, Oydin Egamberdiyeva, Gulsara Yoqubova, g'ijjakchi Sobirjon Yo'ldoshev, Otaxon Matyoqubov, surnaychi va bulomonchi Qodir usta Bobojonov, klarnetchi Nazirjon Ollobergenov, bayanchi Rim Galimov, laparchi va raqqosa Dilbarxon Shoumarovalar ansamblning haqiqiy a'zolari bo'lib qoldi. Keyinchalik ansamblga iste'dodli xonanda, O'zbekistonda xizmat ko'rsatgan artist Rahmatjon Qurbonov rahbarlik qildi. Hozirda "Lazgi" ashula va raqs ansambliga O'zbekiston xalq artisti Og'abek Sobirov rahbarlik qilib kelmoqda.
"Dutorchi qizlar" ansambli
1979-yilda O'zbekiston xalq artisti, taniqli bastakor va sozanda G'anijon Toshmatov rahbarligida O'zbekiston Teleradiokompaniyasi qoshida tashkil etildi. Ansamblning musiqa rahbari sifatida Zamira Rahmatullayeva faoliyat yuritdi. O'sha yili Respublika matbuoti orqali ansambl a'zosi bo'lishni xohlovchi iqtidorli xonanda, sozanda va raqqosalar uchun tanlov e'lon qilinib tanlov g'oliblaridan Zamira Suyunova, Ozoda Madrahimova, Ra'no Bo'ronova, Sanobar Sultonova, Sora Toshmatova, Mohira Asadova, Qursiya Esonova, Zaynab Mirzatillayeva, Marhabo Rahmatillayeva, raqqasolar: Matluba Jo'rayeva, baletmeyster Zebo Tursunova, Gulnoza Narimonova, Saida Yusupova, Dilorom Mirzayeva va boshqalar ansambl safiga qabul qilindilar. Ansambl repertuarini boyitishda bastakorlardan Manas Leviyev, Muhammadjon Mirzayev, Matniyoz Yusupov, Sayfi Jalil, Rahmatjon Tursunov, Telman Hasanov, Qahramon Komilov va Abduhoshim Ismoilovlar yaqindan yordam berdilar. Ulkan mehnat va ijodiy izlanishlar tufayli ansamblda rang-barang repertuarlar yaratildi.
1981-yili Tojikistonda o'tkazilgan "O'zbekiston adabiyoti va san'ati" kunlarida "Gulg'unchalaringda", "Atirgul", "Dutor chertilar bu tong", "Qizlar salomi" kabi asarlar bilan qatnashib, Tojikiston Madaniyat vazirligining faxriy yorliqi bilan taqdirlandi.
1983-yili Samarqand shahrida o'tkazilgan "Osiyo minbari" nomli musiqashunoslarning xalqaro simpoziumida mazkur ansambl ham qatnashish sharafiga muyassar bo'ldi. Ansamblning unutilayozgan xalq qo'shiqlarini tiklashdagi xizmatlarini beqiyos deya baholash mumkin. Bu ishda Saodat Qobulova, Kommuna Ismoilova, Berta Davidova, Malohat Dadaboyeva, Hadya Yusupova, Ishoq Katayev, Eson Lutfullayev, Izro Malakov va boshqa san'at ustalarining xizmatlari katta. Ansamblga G'anijon Toshmatovdan keyin turli yillarda O'zbekistonda xizmat
I icclT^^^^H 314 http://oac.dsmi-qf.uz
ko'rsatgan artist, sozanda va bastakor Qahramon Komilov (qisqa muddat ichida vaqtincha), xushovoz xonanda, O'zbekiston xalq artisti Zamira Suyunova, O'zbekistonda xizmat ko'rsatgan artist, sozanda va bastakor Zamira Rahmatullayevalar rahbarlik qilishdi. Hozirgi kunda "Dutorchilar" ansambliga O'zbekiston davlat konservatoriyasining dotsenti, sozanda Roza Xo'jayeva rahbarlik qilib kelmoqda.
Foydalanilgan adabiyotlar
1. Akbarov I. O'zbek xalq musiqasi. — Toshkent: 1959.
2. Jumayev J "Milliy cholg'ular tarixi va evolyutsiyasi" Toshkent 2016 y.
3. Karomatov F. O'zbek cholg'u musiqasi. — Toshkent: 1971.
4. Fitrat. O'zbek klassik musiqasi . — Toshkent: 1993.
5. O'.Toshmatov, S.Turatov "Ko'hna cholg'ular ijrochiligi" Toshkent: 2016 y.
315
http://oac.dsmi-qf.uz