Научная статья на тему 'O’ZBEKISTON XALQ HOFIZI ERKIN RO’ZIMATOV HAYOTI VA IJODI'

O’ZBEKISTON XALQ HOFIZI ERKIN RO’ZIMATOV HAYOTI VA IJODI Текст научной статьи по специальности «Науки о Земле и смежные экологические науки»

CC BY
206
9
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
san’atkorhofiz / maqomdon usta / namuna / ustoz / ashula / san’at / honanda / ijro mahotari. / hafiz singer / makamdon master / model / teacher / song / art / performer

Аннотация научной статьи по наукам о Земле и смежным экологическим наукам, автор научной работы — A. Mo’Ydinov

O’zbek milliy mumtoz musiqasi uzoq o’tmishga ega. Uning shakllanish jarayoni xalq hamda mumtoz musiqa ijodiyotining o’ziga xos an’analari, ijrochilik mezonlari hamda ijodiy rivojlanish xususiyatlari bilan chambarchas bog’liqdir. Mazkur maqolada ushbu muhim jarayonni amalga oshirish yo’lida kamtarona mehnat qilib kelayotga ustoz-san’atkor, O’zbekiston xalq hofizi Erkin Ro’zimatov ijodiy faoliyati yoritiladi

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

LIFE AND CREATIVE ACTIVITY OF UZBEK HAFIZ ERKIN ROZIMATOV

Uzbek national classical music has a long past. The process of its formation is closely related to the unique traditions of folk and classical music, performance criteria and features of creative development. This article will highlight the creative activity of Erkin Rozimatov, a mentor-singer who modestly worked to implement this important process, the People's Khafiz of Uzbekistan

Текст научной работы на тему «O’ZBEKISTON XALQ HOFIZI ERKIN RO’ZIMATOV HAYOTI VA IJODI»

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL VOLUME 1 ISSUE 8 UIF-2022: 8.2 | ISSN: 2181-3337

O'ZBEKISTON XALQ HOFIZI ERKIN RO'ZIMATOV HAYOTI VA IJODI

Axrorxo'ja Mo'ydinov

Farg'ona davlat unversiteti San'atshunoslik fakulteti Musiqiy ta'lim va san'at yo'nalishi magistranti https://doi.org/10.5281/zenodo.7443594 Annotatsiya. O'zbek milliy mumtoz musiqasi uzoq o'tmishga ega. Uning shakllanish jarayoni xalq hamda mumtoz musiqa ijodiyotining o'ziga xos an'analari, ijrochilik mezonlari hamda ijodiy rivojlanish xususiyatlari bilan chambarchas bog'liqdir. Mazkur maqolada ushbu muhim jarayonni amalga oshirish yo'lida kamtarona mehnat qilib kelayotga ustoz-san'atkor, O'zbekiston xalq hofizi Erkin Ro'zimatov ijodiy faoliyati yoritiladi.

Kalit so'zlar: san'atkor- hofiz, maqomdon usta, namuna, ustoz, ashula, san'at, honanda, ijro mahotari.

ЖИЗНЬ И ТВОРЧЕСКАЯ ДЕЯТЕЛЬНОСТЬ УЗБЕКИСКОГО ХАФИЗА ЭРКИН

РУЗИМАТОВА

Аннотация. Узбекская национальная классическая музыка имеет давнее прошлое. Процесс его формирования тесно связан с уникальными традициями народной и классической музыки, исполнительскими критериями и особенностями творческого развития. В данной статье будет освещена творческая деятельность Эркина Розиматова, наставника-певца, скромно потрудившегося для реализации этого важного процесса, Народного хафиза Узбекистана.

Ключевые слова: певец-хафиз, мастер-макамдон, модель, учитель, песня, искусство, исполнитель.

LIFE AND CREATIVE ACTIVITY OF UZBEK HAFIZ ERKIN ROZIMATOV Abstract. Uzbek national classical music has a long past. The process of its formation is closely related to the unique traditions of folk and classical music, performance criteria and features of creative development. This article will highlight the creative activity of Erkin Rozimatov, a mentor-singer who modestly worked to implement this important process, the People's Khafiz of Uzbekistan.

Keywords: hafiz singer, makamdon master, model, teacher, song, art, performer.

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL VOLUME 1 ISSUE 8 UIF-2022: 8.2 | ISSN: 2181-3337

KIRISH

Birinchi prezidentimiz I.A.Karimov ta'kidlaganidek, "Barchamizga ayonki, kuy-qo'shiqqa, san'atga muhabbat, musiqa madaniyati xalqimizda bolalikdan boshlab, oila sharoitida shakllanadi. Uyida dutor, doyra yoki boshqa cholg'u asbobi bo'lmagan, musiqaning xayotbaxsh ta'sirini o'z xayotida sezmasdan yashaydigan odamni bizning yurtimizda topish qiyin, desak, mubolag'a bo'lmaydi. Eng muhimi, bugungi kunda musiqa san'ati navqiron avlodlarimizning yuksak ma'naviyat ruhida kamol topishida boshqa san'at turlariga qaraganda ko'proq va kuchliroq ta'sir ko'rsatmoqda. ...san'atkorlar orasida sog'lom ijodiy muhit tashkil qilish, o'sib kelayotgan yosh avlodning ma'naviy olami va ma'daniy saviyasini yuksaltirish, yoshlarimizning milliy va jahon musiqa madaniyatining mumtoz asarlari bilan birga, ularning kayfiyati va intilishlariga mos keladigan zamonaviy estrada san'ati namunalaridan keng baxramand bo'lishi uchun zarur shart-sharoitlar yaratish, musiqiy ta'limni yanada rivojlantirish masalalari o'ta muhim ahamiyat kasb etadi"

Darhaqiqat, musiqa inson qalbiga kuchli ta'sir etuvchi vositadir. Shu bois ham nafaqat o'tmishda yashab o'tgan ajdodlarimiz, balki bugungidavr, bugungi zamon musiqachilari va bastakorlari o'zbek xalqining milliy merosi bo'lgan O'n ikki maqom, Shashmaqom, Xorazm maqomlari, Farg'ona-Toshkent maqom yo'llarini boyitib, unga sayqal berib, uning tarkibiga yangi ijod namunalarini kiritib biz avlodlarga bus-butunligicha yetkazib berdilar.

Xususan, hassos xonanda, sozanda va bastakor, O'zbekiston xalq xofizi Erkin Ro'zimatov ham bu boradagi salmoqli ishlarni amalga oshirayotgan san'atkorlardan biridir. Ustoz Farg'ona-Toshkent maqom yo'llaridan "Segoh" ashulasiga nazira tariqasida butun bir turkum yaratib, xalqimiz va shinavandalari hukmiga xavola qildi.

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL VOLUME 1 ISSUE 8 UIF-2022: 8.2 | ISSN: 2181-3337

Shu bilan birgalikda, Mulla To'ychi xofiz ijodiga mansub "Ushshoq" ashulasiga ham nazira bog'lab, turkum shakliga keltirdilarki, mazkur turkum ham xalqimiz ko'nglidan o'rin egallashga ulgurdi. Ustoz san'atkor tomonidan yaratilgan ushbu turkumlar yana boshqa bir qator ashulalari, hayoti va ijodi haqida yoritishga jazm etdik.

Erkin Ro'zimatov Orzimatovich, 1961-yil 3-sentyabrda Farg'ona viloyati Quva tumanidagi Sultonobod qishlog'ida ishchi oilasida tug'ilgan. 1968-yili Quva tumanidagi 15-o'rta maktabga o'qishga bordi. Bolalik chog'idayoq san'atga ishtiyoqi baland bo'lib, maktab to'garaklariga, tuman musiqa maktab to'garaklariga va o'quvchilar saroyiga qatnashib, ustozlari MuxtorjonTeshaboev, Tursunoy Dehqonovalardan ashula aytish, rubob, doyra va g'ijjak chalish sirlarini o'rgana boshlaydi. Marhum otasi Orzimat otaning san'atga ixlosi baland bo'lganligi sababli oiladagi barcha farzandlarda musiqa tushunchasi bor edi. Jumladan, akasi Ozodbek Ro'zimatov juda yaxshi ashulachi bo'lib, Erkin Ro'zimatov ham akasi yonida doyra, g'ijjak chalib akasiga hamnafaslik qiladi. 1976 - yili Tavakkal Qodirov nomidagi Farg'ona san'at bilim yurtiga o'qishga kirib, g'ijjak sozi mutaxassisligi bo'yicha Ortig'ali Tursunovdan tahsil oladi, shu bilan bir qatorda Rahmiddin Qipchoqovdan doira chalish sirlarini o'rganadi va orkestrda doira chaladi. U yerda Hakima Mahsumovalardan ham ta'lim oladi. 1980-yili bilim yurtini tugallab, Quva tumanidagi mashxur «Anor» ansamblida sozanda va honanda sifatida o'z ish faoliyatini boshlaydi. 1981- yili Toshkent Davlat konservatoriyasi «An'anaviy honandalik» kafedrasiga o'qishga kirdi. U konservatoriyada besh yillik o'quv jarayonida ustozlari O'zbekiston xalq artistlari Orif Alimahsumov, Saodat Qobulova, O'zbekiston xalq hofizlari Fattohxon Mamadaliev, MahmudjonTojiboev va Rahmatjon Qurbonovlardan Shashmaqom, Xorazm maqomlari hamda,Toshkent-Farg'ona maqom ashula yo'llarini o'rgandi. Talabalik davrida Olimjon Xoldor so'zi bilan "Kel yor sog'inibman", Normat Nazrullaev so'zi bilan "Diyorim bor diyorim", "Boqiy bahorim bor mening" , Muqumiy g'azali bilan "Na bo'ldi", Chustiy so'zi bilan "Sayyora bo'lma deydi" kabi bir qator asarlarini yaratgan. Bu asarlar radio va televideniyaning oltin fondiga yozilgan. 1987-yili II Respublika maqom ijrochilari tanlovining sovrindori bo'lgan.

TADQIQOT MATERIALLARI VA METODOLOGIYASI

Erkin Ro'zimatov 1986-1988 yillar davomida O'zbekiston teleradiokompaniyasi huzuridagi AkademikYunus Rajabiy nomli maqom ansamblida O'zbekiston xalq artisti Abduhoshim Ismoilov rahbarligida xalqimizning yetakchi san'atkorlari, buyuk hofizlari OrifxonXotamov, Ochilxon Otaxonov, Komuna Imoilova, aka-uka Isroil va Ismoil Vohobovlar, Eson Lutfullaev, Xasan Rajabiy, Matluba Dadaboeva, Temur Maxmudov, Abduraxmon Xoltojievlardek ustoz san'atkorlar bilan birga ijod qilishdek baxtga sazovor bo'ldi. Shu orada Erkin Ro'zimatov maqom ashulalarini radio va gramplastinkalarda qayta yozishda ishtirok etdi va o'zining "Zor etib", "Sendan", "Gulzor erur", kabi ijodiy yozuvlari, bir nechta gramplastinkalari chiqdi.

1989-1990 yildan Mukarama Turg'unboeva nomidagi «Bahor» ansambliga honanda sifatida taklif etildi. U yerda yallali qo'shiqlari bilan birgalikda maqom ashulalariga ham raqslar qo'yilgan. Erkin Ro'zimatov bu ansambl tarkibida respublikaning turli viloyat va tumanlarida ko'plab konsert dasturlarini namoyish etib, o'zining ko'plab ijodiy qo'shiqlari, jumladan chustiy so'zi bilan aytiladigan "Surmaga muxtoj emas" ashulasi bilan xalqimiz orasiga kirib bordi. Ushbu ashula 1990 yili yangi yil oqshomida efirga uzatilib yilning eng yaxshi qo'shiqlaridan biri deb tan olingan. Yuqorida aytib o'tilgan asarlardan tashqari Erkin Ro'zimatov yaratgan, hamda ijro etgan asarlari quyidagilar: "Aylamush", "Iltijo", "O'landan so'r", "Sizga yetib olay deb", "Kim yettiyu

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL VOLUME 1 ISSUE 8 UIF-2022: 8.2 | ISSN: 2181-3337

kim yetmadi", "Nihon o'ldi", "Ne deyin", "Sayyora bo'lma deydi", "Kim keyin kim ilgari", "Parisen", "Xojiniyoz-I,II", "Yengib o'tsa", "Bu jahon", "Topolmasman", "G'unchadek ko'nglim mening", "Chashmi giryonim ko'rub", "Oshno bo'lmay turub", "Duo qiladur", "Sallamno", "O'zbekona", "Ko'rsatur", "Eysarvqomat", "Fosho'lsun", "Tinchqo'ymas", "Malaksan", "Yayraymu", "Hayoqilasiz", "Chininsonbo'lib", "Unutdilarmu", "Istaydur", "Uyqudadur", "Bebaholardan","Birsanam", "Ranoligicha", "Azaldintoabad", "Qoshiyosinmudeyin", "Daryotoshqin", "G'arqbo'lajaksen", "O'hshaydiku", "Ranjima", "Nabilur", "Navosimisan", "Ko'zlaringniyashirma", "So'lim","Umr", "O'zimgasavol", "Buoqshom",

"Sodirxonqashqarchasi", "Naylayin", "Sajdagohimsan Vatanim", "Lahza-lahza", "Alhamdulliloh", "Azal din toabad", "Bormayman dedi", "Shamollar","Ushshoq" I, II, II, IV, V,"Segoh","Galdir" I,II,III,"Saraxbori Oromijon","Unga men bitta so'z aytaman" va hokazolar shular jumlasidan.

TADQIQOT NATIJALARI

Erkin Ro'zimatov o'zbek san'atini ko'plab xorijiy davlatlarda ham namoyish etib kelmoqda. Jumladan, Koreya, Germaniya, Fransiya, Turkiya, Yaponiya, Belgiya, Gollandiya kabi davlatlar shular jumlasidandir.

2010 yili O'zbekiston davlat konservatoriyasi "An'anaviy ijrochilik" kafedrasiga ishga qabul qilindi. Shu yili Erkin Ro'zimatovning kamtarona xizmatlari uchun davlatimiz tomonidan "O'zbekistonda xizmat ko'rsatgan artist" unvoni bilan taqdirlandi.

2011- 2012 yillari Farg'ona- Toshkent maqom yo'lidagi mashxur bo'lgan Xurshid g'azali bilan aytiluvchi "Segoh" ashula yo'liga shoxobchalar (talqincha, qashqarcha, soqinoma, ufar) bastalab turkumlashtirdi. 2013 yili esa O'zbekiston davlat konservatoriyasi "An'anaviy ijrochilik" kafedrasining 4-kurs talabalariga o'rgatilib, O'zbekiston radiosining oltin fondiga yozildi va televideniya orqali namoyish etildi. 2015 yili ushbu "Segoh turkumi"ni nota nashrlari kitob holida chop ettirildi.

2013 yili qilgan xizmatlari uchun O'zbekistonning ilk prezidenti tomonidan "O'zbekiston xalq hofizi" unvoni bilan taqdirlandi.

2014- 2015 yillari xalqimiz qalbidan chuqur joy olgan Navoiy g'azali bilan aytiluvchi Mulla To'ychi Toshmuhammedovning "Toshkent ushshog'i" (qaro ko'zum) ashulasiga shoxobchalar bastalab, turkumlashtirdi. Ush buturkum Farg'ona-Toshkent maqom yo'llari kabi yaratilgan bo'lib "Ushshoq-I,II,III,IV, V" deb raqamlanadi.

2014-yil 18-dekabrda O'zbekiston davlat konservatoriyasida ushbu turkumning taqdimoti bo'lib o'tdi. Shu yili may oyida "Ushshoq turkumi" O'zbekiston radiosining oltin fondiga yozib va televideniya orqali namoyish etildi.

Ushbu turkumning ilk ijrochilari: Ahrorxo'ja Mo'ydinov, Sanjar Nurmamatov, Ahror Imomov va Kamoliddin Otaxonovlardir. Hozirda "Ushshoq turkumi"ning nota to'plamlarini nashirga tayyorlab, kitob holiga keltirish ishlari olib borilmoqda.

MUHOKAMA

Erkin Ro'zimatov hozirgi kunda ko'p yillik ijrochilik va ijodiy faoliyati bilan birga ustoz sifatida yosh talaba honandalarni tarbiyalashdek mashaqqatli ishlarni amalga oshirib kelmoqda. Ustozlar an'anasiga tayanib, amal qilib vohalarimizga xos bo'lgan "Saraxbori Oromijon", "Segoh", "Galdir" va "Ushshoq" kabi ashula namunalarini rivojlantirib, turkum shakliga keltirishga harakat qilib kelmoqda. Ustoz san'atkor 2021 yili 3-sentabrda 60 yoshni qarshi oldi va shu munosabat bilan 2021 yil 18-noyabr kuni O'zbekiston davlat konservatoriyasi konsert zalida

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL VOLUME 1 ISSUE 8 UIF-2022: 8.2 | ISSN: 2181-3337

uning 60 yillik yubileyi tantanali ko'tarinki ruhda o'tkazildi. Konsertda ko'plab elimiz ardog'idagi maqomdon ustozlar, hamda ustozning shogirtlari va yosh maqom ansambillari ishtirok etib, ustoz bastalagan asarlardan ijro etishdi. O'zbekiston xalq hofizi, sozanda va bastakor Erkin Ro'zimatov Yunus Rajabiy nomidagi O'zbek milliy musiqa sa'nati institutining «Maqom xonandaligi» kafedrasida xonandalik mutaxassisligi sinfida yosh maqomchilarga ustozlik qilib kelmoqda.

O'zbek milliy mumtoz musiqasi uzoq o'tmishga ega. Uning shakllanish jarayoni xalq hamda mumtoz musiqa ijodiyotining o'ziga xos an'analari, ijrochilik mezonlari hamda ijodiy rivojlanish xususiyatlari bilan chambarchas bog'liqdir. Unda xalq musiqasining tarix davomida shakllangan eng mukammal metro-ritmik jihatlari, lad asoslari, ohang boyligi va betakror mavzularning rang-barangliklari milliy an'analar negizida qaror topgan. O'zbek mumtoz musiqasida yuzaga kelgan har bir musiqiy janr o'zining badiiy va estetik qiymatiga ega ekanligi bilan ajralib turadi. Mumtoz musiqa merosi turli janr va shakllarga boy bo'lib, har birining o'ziga xos jihatlari va xususiyatlari mavjud.

O'zbek musiqa san'ati qadimiy va rang-barang, yangicha ijodiy an'analari o'zida mujassam etgan holda rivoj topmoqda. Ularni avvalo xalq musiqasi janrlari - kuy, qo'shiq, ashula, yalla, lapar, adabiy-musiqiy doston, mumtoz musiqa merosimizning muxtasham turkumlari: Buxoro SHashmaqomi, Xorazm maqomlari, Farg'ona-Toshkent maqom yo'llari, ko'p asrli bastakorlik ijodi tashkil etadi. Bu o'lmas asarlar hamon sozandalar, xonandalar ijrolarida muntazam yangrab, takomillashib, qayta ishlanib, bizning davrimizgacha yashab keldi va xalqning bebaho mulkiga aylandi. Badiiy jihatdan barkamol bu asarlar bir-birdan kelib chiqishi, shakl qonuniyatlari, ifoda vositalari, ijodiy uslubi, ijroviy xususiyatlari bilan farqlanishi mumkin.

XULOSA

Milliy mumtoz musiqa namunalari betakror xalq bastakorlik san'atining mahsuli bo'lib, asrlar osha avlodlar ijrochilik amaliyotida rivojlangan va bizning davrimizgacha yetib kelgan bebaho meros sanaladi. Zero, ushbu merosni o'tmish an'analariga mos ravishda o'zlashtirish, avaylab asrash va yanada rivojlantirib avlodlarga yetkazish har bir san'atkorning oldiga qo'yilgan muqaddas burchdir.

Bu amal hozirgi kunda xam davom etib kelmoqda. Taqdim etilayotgan ushbu bitiruv malakaviy ishida Erkin Ro'zimatov ijodiga mansub "Segoh" va "Ushshoq" turkumlari ham yuqorida takidlanganidek ustozlar an'anasini davomi sifatida amalga oshirilgan bastakorlik amallarining bir namunasi ekanligini e'tirof etish lozim.

Aslida, xalq musiqa ijodiyotida yaratilgan har qanday asar amaliyotda charxlanishi va ijrochilar tomonidan ijodiy munosabatga muvaffaq bo'lishi juda katta ahamiyat kasb etib kelgan. Ana shu mezon musiqiy namunalarni umrboqiyligini ta'minlaydi.

Ushbu turkumlar xali o'z nomiga, o'z o'rniga ega bo'lishiga bir necha yillar bor, albatta. SHularni e'tiborga olgan holda Erkin Ro'zimatovning "Segoh" va "Ushshoq" turkumlarini amaliyotga keng joriy etish, nota namunalarini va ijro dasturi uchun SD namunalarini ta'lim muassasalariga taqdim etish maqsadga muvofiqdir. O'ylaymizki ushbu turkumlar yaqin kelajakda o'zbek maqomlarimizdan o'rin oladi.

REFERENCES

1. Karimov I.A.Yuksak ma'naviyat yengilmas kuch. Toshkent, 2008 y.

2. K. Olimboeva, M. Ahmedov. O'zbekiston xalq sozandalari. Toshkent,1959 y.

3. B. Do'stmurodov, SH. Matyoqubov. Xalq hofizlari. Toshkent, 2011y.

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL VOLUME 1 ISSUE 8 UIF-2022: 8.2 | ISSN: 2181-3337

4. E.Ro'zimatov. Segoh turkumi. Toshkent, 2015y.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.