Научная статья на тему 'YUSUF XOS HOJIB FALSAFASIDA YETUK VA BARKAMOL AVLOD MUAMMOLARI'

YUSUF XOS HOJIB FALSAFASIDA YETUK VA BARKAMOL AVLOD MUAMMOLARI Текст научной статьи по специальности «Философия, этика, религиоведение»

CC BY
0
0
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
Sharq Rennesansi / Yusuf Xos Hojib / “Qutadg’u bilig” / axloq / kоmil insоn / jamiyat / falsaf / bilim / tafakkur / ijtimoiy farvonlik / huquq / adolat. / Eastern Renaissance / Yusuf Khos Hajib / “Kutadgu Bilig” / morality / perfect person / society / philosophy / knowledge / thinking / social well-being / law / justice.

Аннотация научной статьи по философии, этике, религиоведению, автор научной работы — Muhamedov, Asror

Insoniyat tarixining barcha bosqichlarida ham odamlar olamni anglashga harakat qilganlar. Borliqning mohiyatini, uni harakatlanish qonuniyatlarini o’rganishga urinib kelgan. Mifologik, diniy va ilmiy dunyoqarashning shakllanish bosqichi ma’lum bir xronologik ketma-ketlikda amalga oshmagani, ular aksariyat hollarda tarixiylik kontekstida olib qaraydigan bo’lsak, ustma-ust tushgan holda rivojlanib kelayotganiga guvoh bo’lamiz. Misol uchun, XXI asr bo’lishiga qaramasdan mifologik dunyoqarashning ayrim elementlari saqlanib qolmoqda. Shu bilan birga diniy dunyoqarash ham spiralsimon rivojlangan holda, goh kuchli, goho esa nisbatan kuchsiz shaklda olamni anglashning usuli sifatida o’zini namoyon etmoqda. Falsafiy dunyoqarashning tarkibiy qismi bo’lgan olamni anglashga bo’lgan ilmiy yondashuv borasida ham juda katta o’zgarishlar yuz berib, ayrim hollarda mifologik va diniy dunyoqarash sohiblari zamonaviy ilmiy yutuqlarni o’zlarining irrasional xulosalarini dalillashda foydalanib kelmoqda. Bu jarayonlarning barchasi Yusuf Xos Hojib ijod qilgan davrdan ming yil keyin yuz berayotganini e’tiborga olsak, allomaning ma’rifatparvarlik va bilim fenomeni haqidagi qarashlari o’z davri uchun ham naqadar dolzarb va innovasion xususiyatga ega bo’lganini tushunish mumkin bo’ladi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

THE PROBLEMS OF MATURE AND PERFECT GENERATION IN THE PHILOSOPHY OF YUSUF KHOS HAJIB

At all stages of human history, people have tried to understand the Universe. He tried to study the essence of existence, the laws of its movement. We see that the stages of the formation of mythological, religious and scientific worldviews did not take place in a specific chronological sequence, but in most cases, if we consider them in the context of historicity, they develop one on the other. . For example, despite the fact that it is the 21st century, some elements of the mythological worldview are preserved. At the same time, the religious worldview develops in a spiral, sometimes in a strong and sometimes in a relatively weak form, manifesting itself as a way of understanding the world. The scientific approach to understanding the world, which is an integral part of the philosophical worldview, has undergone great changes, and in some cases, the owners of mythological and religious worldviews use modern scientific achievements to prove their irrational conclusions. If we take into account that all these processes take place a thousand years after the creation of Yusuf Khos Hajib, then we can understand how relevant and innovative the scientist’s views on the phenomenon of enlightenment and knowledge were even for his time.

Текст научной работы на тему «YUSUF XOS HOJIB FALSAFASIDA YETUK VA BARKAMOL AVLOD MUAMMOLARI»

YUSUF XOS HOJIB FALSAFASIDA YETUK VA BARKAMOL AVLOD

MUAMMOLARI

Insoniyat tarixining barcha bosqichlarida ham odamlar olamni anglashga harakat qilganlar. Borliqning mohiyatini, uni harakatlanish qonuniyatlarini o'rganishga urinib kelgan. Mifologik, diniy va ilmiy dunyoqarashning shakllanish bosqichi ma'lum bir xronologik ketma-ketlikda amalga oshmagani, ular aksariyat hollarda tarixiylik kontekstida olib qaraydigan bo'lsak, ustma-ust tushgan holda rivojlanib kelayotganiga guvoh bo 'lamiz. Misol uchun, XXI asr bo 'lishiga qaramasdan mifologik dunyoqarashning ayrim elementlari saqlanib qolmoqda. Shu bilan birga diniy dunyoqarash ham spiralsimon rivojlangan holda, goh kuchli, goho esa nisbatan kuchsiz shaklda olamni anglashning usuli sifatida o'zini namoyon etmoqda. Falsafiy dunyoqarashning tarkibiy qismi bo 'lgan olamni anglashga bo 'lgan ilmiy yondashuv borasida ham juda katta o 'zgarishlar yuz berib, ayrim hollarda mifologik va diniy dunyoqarash sohiblari zamonaviy ilmiy yutuqlarni o'zlarining irrasional xulosalarini dalillashda foydalanib kelmoqda. Bu jarayonlarning barchasi Yusuf Xos Hojib ijod qilgan davrdan ming yil keyin yuz berayotganini e'tiborga olsak, allomaning ma'rifatparvarlik va bilim fenomeni haqidagi qarashlari o'z davri uchun ham naqadar dolzarb va innovasion xususiyatga ega bo'lganini tushunish mumkin bo 'ladi.

Kalit so'zlar: Sharq Rennesansi, Yusuf Xos Hojib, "Qutadg'u bilig", axloq, komil inson, jamiyat, falsaf, bilim, tafakkur, ijtimoiy farvonlik, huquq, adolat.

At all stages of human history, people have tried to understand the Universe. He tried to study the essence of existence, the laws of its movement. We see that the stages of the formation of mythological, religious and scientific worldviews did not take place in a specific chronological sequence, but in most cases, if we consider them in the context of historicity, they develop one on the other. . For example, despite the fact that it is the 21st century, some elements of the mythological worldview are preserved. At the same time, the religious worldview develops in a

Asror Muhamedov

Falasfa fanlari bo'yicha falsafa doktori, dotsent Ijtimoiy fanlar fakulteti dekani Alfraganus universiteti https://orcid.org/0009-0007-9499-5828

ANNOTATSIYA

ANNOTATION

280

www.birunijournal .uz

spiral, sometimes in a strong and sometimes in a relatively weak form, manifesting itself as a way of understanding the world. The scientific approach to understanding the world, which is an integral part of the philosophical worldview, has undergone great changes, and in some cases, the owners of mythological and religious worldviews use modern scientific achievements to prove their irrational conclusions. If we take into account that all these processes take place a thousand years after the creation of Yusuf Khos Hajib, then we can understand how relevant and innovative the scientist's views on the phenomenon of enlightenment and knowledge were even for his time.

Key words: Eastern Renaissance, Yusuf Khos Hajib, "Kutadgu Bilig", morality, perfect person, society, philosophy, knowledge, thinking, social well-being, law, justice.

Yusuf Xos Hojibning "Qutadg'u bilig" asari nomi ham asarning tub mazmunini ko'rsatib turibdi. Asar nomining turlicha tarjimalariga qaramasdan, kelib chiqadigan ma'no umumiy bo'lib, qutli bilim, ya'ni baxt-saodatga erishtiruvchi bilim degan ma'nolarni anglatadi. Bilim baxt- saodat, tinchlik va farvonlikning kaliti ekani asarda bot-bot takrorlanadi. Zero, "Bilimning jamiyat hayotidagi roliga nafaqat pragmatik nuqtai nazardan, balki ekzistensialistik tomondan ham qarash kerak"1. Inson mavjudligi va o'zini namoyon etishining shakli sifatida bilim uni ijtimoiy identifikasiya qilish vositasidir. Shu sababli Yusuf Xos Hojib falsafiy merosidagi bilim fenomeni bilan bog'liq unikal qarashlar xalqaro tashkilotlarning e'tiboridan tushmayapti. YuNESKO tomonidan 2019 yil "Qutadg'u bilig" - "Saodatga eltuvchi bilim" yili deb e'lon qilingani ham yuqoridagi fikrlarimizning dalilidir2.

MUHOKAMA VA NATIJALAR

"Qutadg'u bilig" asarining markaziy qahramonlaridan biri Oyto'ldidir. Oyto'ldi o'ziga yarasha ramziy ma'noga ega adabiy qahramon. Uning turkiy ismidagi oy va to'ldi atamalari tagma'nosida bilim olgani sari oyday to'lishib borayotgan, mukammallikka intilayotgan shaxs degan tushunchalar yotadi. "Oyto'ldi - demak u bilim egallash riyozatlari bilan hilol - yangi oy edim, oyday to'ldim"3. Bilimning insonni mukammallashtiruvchi, barcha kamchiliklarini tuzatuvchi, hayotidagi qiyinchiliklar va mashaqqatlarga ma'no-mazmun bag'ishlovchi omil ekanini shoir

1 Бакланов И.С., Бакланова О.А., Авдеев Е.А. Знание в современных социальных процессах: прагматический и экзистенциальный аспект // Современные проблемы науки и образования. - 2014. - № 3.

URL: https://science-education.ru/ru/article/view?id=13341 (Мурожаат этилган сана: 06.08.2022).

2 https://uza.uz/uz/posts/turkiy-khal-larning-bobokalon-shoiri-va-mutafakkiri-03-10-2019 - Туркий халкларнинг бобокалон шоири ва мутафаккири

3 Кутадгу билиг: (Билим саодати)/Юсуф Хос Х,ожиб, Абду^амид Пардаев табдили. - Тошкент: Янги аср авлоди, 2016 й. - Б. 14.

KIRISH

281

www.birunijournal .uz

Oyto'ldiga mujassamlashtirgan. Asar syujetida Oyto'ldi tilidan bilimning qadru qimmati va azizu mukarramligi xususida, uning falsafiy mohiyati va ijtimoiy vazifalari bo'yicha qator fikrlar berib boriladi. "Asar qahramonlari jonli shaxslar -Elig - Kuntug'di - adolatli, insofli hukmdor, Oyto'ldi - donishmand, tadbirli, tajribali alloma, murakkab xarakterli shaxs, yurt, jamiyatga foydasi tegishini o'ylab poytaxtga keladi va musofirparvar Ko'salish yordamida Eligning Xos Hojibi Ersig bilan tanishib, u tufayli Kuntug'di saroyiga kirib boradi"4. Shu o'rinda bilimning pragmatik mohiyati haqida Yusuf Xos Hojibning o'ziga xos yondashuvi singdirib yuborilgan. Ma'lumki, tarixda bilimdon insonlar, ilm egalarining hukmdorlarga xizmat qilishi, ularga maslahatgo'y bo'lishi haqidagi qiziqarli qarashlar bor. Masalan, O'zbekiston matbuot va axborot agentligining № 1251 internet-OAV guvohnomasi asosida faoliyat ko'rsatadigan islamonline.uz nashrida Ashraf Ali Tahonaviyning "Haqiqiy ulamolar kim" kim deb nomlangan maqorlasidan parcha keltirsak: "Beshinchi alomat: Olim sultonlar va hokimlardan uzoq bo'lsin.

Oxirat ulamolarining beshinchi alomati zaruratsiz o'rinlarda sultonlar va hokimlardan uzoq bo'lsinlar. Ularning huzuriga hargiz bormasinlar. Balki hokimlarning o'zlari olim huzuriga kelsinlar. Ular bilan kam muloqot qilsinlar. Chunki ular bilan ko'p muloqotda bo'lish, ularga hushomad va roziliklarini topish maqsadida takalluf ko'rsatishdan holi bo'lmaydi. Sulton va hokimlar ko'pincha zolim va nojoiz ishlarga berilgan bo'ladilar. Ularni bunday ishlarini inkor qilish, zulmdan qaytarish va nojoiz ishlariga tanbeh bermoq lozim. Ularga sukut qilish dinda tanazzulga yuz tutishdir. Ularning xursandchiligi uchun maqtab, ta'rifu tavsif qilish ochiq yolg'onchilikdir. Agar olim mol-dunyo umidida ularga mayl ko'rsatsa va tama' qilsa, bu nojoiz ishdir. Har qanday holda ham ularga aralashish mufsid ishlarning kalitidir.

Payg'ambarimiz sollallohu alayhi vasallam aytadilar: "Kimning yashashi o'rmonda bo'lsa, u qattiq tabiatli bo'lib qoladi, taraqqiyotdan orqada qolib ketadi va (hamma narsadan) g'ofil bo'lib qoladi. Kim podshohning oldiga ko'p kirib-chiqaversa, u fitnaga duchor bo'ladi"

Xuzayfatul Yamoniy rahmatullohi alayh: "O'zingizni o'zingiz fitnalar o'rniga qo'yishdan saqlaning!" dedilar. Bir kishi so'radi: "Fitnalar o'rni qayer?" Ul zot: "Amirlarning darvozalaridir. Kimki ularning huzuriga boraversa, ularning noto'g'ri ishlarini ham tasdiqlaydigan, ularni yo'q sifatlar bilan maqtaydigan bo'lib qoladi", dedilar.

4 Мaдaлиевa Я. Ba бошк. "Кутадгу билиг"нинг бадиий тили.// Жадон туркологиясининг 6уюк обидaси "KyтaдFy билиг" Ba уни ypгaнишнинг долзaрб мaсaлaлaри xa^apo конференция TyraaM^ - Тошкент, 2020. - Б. 266.

282

Payg'ambar sollallohu alayhi vasallam aytadilar: "Olimlarning yomoni hokimlar huzuriga boradiganidir. Hokimlarning yaxshisi esa olimlarning huzurlariga keladiganidir"5.

Ilm ahli oldida turgan katta mas'uliyatlardan umr bo'yicha mashaqqat bilan to'plagan bilimlarining qadriga yetish, uni vaqtinchalik shon-shuhrat va boylik yo'lida qurbon qilmaslikdir. Hukmdorlarga izhor etilgan chiroyli so'zlar va laganbardorliklar vaqtinchadir. Hukmdorning marhamati olimning ilmiga ilm qo'shmaydi va o'rganganlarini ziyoda qilmaydi. Shu bilan birgalikda boshqa muhim masala ham e'tiborda chetda qolmaslik kerak. Yusuf Xos Hojib bilimli, ma'rifatli insonning davlat va jamiyat oldidagi mas'uliyatiga ancha kengroq qaraydi. Shu sababli bo'lsak kerak, Oyto'ldi poytaxtga, podshoh saroyiga xizmat uchun keladi. Haqiqiy olim sifatida Oyto'ldi podshoh - Kuntug'di bilan silliqqina til topishib keta olmaydi. Ular o'rtasida qarama-qarshiliklar ham bo'lib o'tadi6.

Yusuf Xos Hojib qarashlarining eng muhim jihati uning bilimga nisbatan pragmatik yondashuvidir. Ya'ni bilimli inson o'z o'rganganlarini insoniyat farovonligi yo'lida xizmat qildirishi kerak, degan fikrga qat'iy ishonadi.

Allomaning fikricha, bilim hukmdorning hoxish-istagidan muhim va yuqoridir. Garchi hokimiyatning ilohiyligi haqidagi qarashlarga monand fikrlasa-da, Yusuf Xos Hojib hukmdorning bilimdon maslhatgo'yning yo'l-yo'riqlariga muhtoj ekanini uqtirib o'tadi. Chunki bilimsizlikning o'rnini na hokimiyat, na boylik to'ldira oladi. Bilimgina insonni hayotdagi barcha qiyinchilik va muammolardan xalos etishga yordam berishi mumkin. Bilimsiz inson o'ziga va oilasiga, atrofdagilarga zarar yetkazsa, bilimsiz hukmdor butun jamiyatning kulfatidir. Shu nuqtai nazardan allomaning bilimning determinatligi haqidagi konsepsiyasi, uning hukmdorlar uchun pand-nasihat tarzida yozilgan asarida markaziy mavzulardan biriga aylangan.

Inson tomonidan egallangan bilimlarning hayotga tatbiq etilishi - moddiylashuvi saroy muhitida maslahatlar orqali namoyon bo'ladi. Bilim insonni bir pog'ona

5 https://islamonline.uz/index.php/islom/item/295-haqiqiy-ulamolar-kim - Ашраф Али Тахонавий рахимахуллохнинг "Охират уламоларининг аломатлари" китобидан Тошкент шахар "Хдзрати Алий" жоме масжиди имоми ноиби Камолиддин Равшан углининг таржимаси. Мурожаат этилган сана: 06.05.2022 й

6 Мадалиева Я. ва бошк. "Кутадгу билиг"нинг бадиий тили.// Жахон туркологиясининг буюк обидаси "Кутадгу билиг" ва уни урганишнинг долзарб масалалари халкаро конференция туплами. - Тошкент, 2020. - Б. 266.

7 Кутадгу билиг: (Билим саодати)/Юсуф Хос Х,ожиб, Абдухамид Пардаев табдили. - Тошкент: Янги аср авлоди, 2016 й. - Б. 266.

8 Кутадгу билиг: (Билим саодати)/Юсуф Хос Х,ожиб, Абдухамид Пардаев табдили. - Тошкент: Янги аср авлоди, 2016 й. - Б. 566.

Bekga maslahatgo'y bo'lsang yonma-yon, Halol yo'l ko'rsatgin yanglishgani on7.

Ziyoda maslahat bilan bilim bot, Bilim, kengash bilan zabardast har zot8.

283

www.birunijournal .uz

yuqoriga ko'tarsa, dono kishining maslahati uni yana bir pog'onaga ko'taradigan omillardandir. Shu bilan birga aloloma: "Asar g'oyasida nihoyatda noziklik bilan qarg'ish yomon, qarg'ish olishdan qochish, undan uzoq bo'lish ta'kidlanmoqda. Yana boshqa tomondan olib qaralsa, davlat amaldori, hukmdor xalq oldidagi o'z burchini bajarmasa, qilinishi kerak bo'lgan yaxshi ishlarni qilmasa halq tomonidan badduo qilinishiga ishora qilingan"9.

Yuqoridagilardan kelib chiqib, Yusuf Xos Hojib davlat va jamiyat taraqqiyoti boshqaruvida olimning o'rni yetakchi maqomda ekanini, hukmdorni adolatga, ma'rifatga va diyonatga chorlab turadigan zotlar ichida bilimli, ma'rifatli kishilar bo'lishi kerakligini uqtirgani, shu sababli asarda Oyto'ldining uzoq safardan saroyga kelib vazir, maslahatchi bo'lishini qayd etib o'tganini ko'rishimiz mumkin. Demak bilimli inson jamiyat taraqqiyotiga mas'uldir va bu yo'lda hukmdorlar bilan hammaslak bo'lishi zarur.

Yusuf Xos Hojibning bilim fenomeni haqidagi konseptual fikrlari juda keng bo'lib, ularni tizimlashtirish orqali falsafiy mazmunini ochib berish maqsadga muvofiqdir.

"Qutadg'u bilig" asaridagi ijtimoiy-falsafiy masalalardan biri - bilimsizlikning salbiy oqibatlari muammosidir. Yusuf Xos Hojib tangriga bilimsiz qilingan ibodat azob-uqubat ekanligini ta'kidlaydi. Bilimsizlikni tugatish dialektik xususiyatga ega bo'lib, bir tomonda o'rgatuvchi, ikkinchi tomonda o'rganuvchidir. Kechar hayvon kabi g'ofillar kuni, Tilasang uni de, tilasang buni.10

Yusuf Xos Hojibning bilimsizlikka va uning oqibatida kelib chiqadigan jaholatga munosabati ancha qat'iy tus olib, bunday insonlarni hayvonga o'xshatadi. Bilimsiz inson kasali bor bemor kabidir, bu hayotni ma'nosini anglab, yashashdan maqsadini bilishi uchun ilm o'rganishi zarur. Aks holda, bunday jaholat insonni ma'naviy va jismoniy jihatdan o'ldiradi:

Yurb, ey biligsiz, iginni ota,

Biligsiz otbin sen e bilge quta11.

Yusuf Xos Hojibning ushbu baytlari butun insoniyatga murojaatga o'xshaydi. Barchani bilim olishga chorlab, ilm orqali tubanlikdan, baxtsizlik va qayg'u-g'amdan xalos bo'lishga chaqiradi.

9 М.Арипов. "Кутадгу билиг"даги лингвомаданий бирликлар. Мадалиева Я. ва бошк. "Кутадгу билиг"нинг бадиий тили.// Жахон туркологиясининг буюк обидаси "Кутадгу билиг" ва уни урганишнинг долзарб масалалари халкаро конференция туплами. - Тошкент, 2020. - Б. 127.

10Кутадгу билиг: (Билим саодати)/Юсуф Хос Х,ожиб. Абдухамид Пардаев табдили. - Тошкент: Янги аср авлоди, 2016 й. - Б. 317.

11 Юсуф Хос Х,ожиб. Кутадгу билиг. (нашрга тайёрловчи Каюм Каримов). -Тошкент: Фан, 1971. -Б. 84.

284

Yusuf Xos Hojib epistemiologiyasining muhim tarkibiy qismi ijtimoiy munosabatlar masalalarini tashkil qiladi. Avvalambor Yusuf Xos Hojib falsafiy merosida jamiyatni tabaqalarga ajratib o'rgatish - ijtimoiy stratifikasiyaga oid qator yondashuvlarni ko'ramiz. Alloma hukmdor muloqot qiladigan toifalar xususida to'xtalib quyidagilarni sanab o'tadi:

Saidlar, dono olimlar, tabiblar, azayimxonlar, tush ta'birini qiluvchilar, yulduzchilar, shoirlar, dehqonlar, savdogarlar, chorvadorlar, hunarmandlar, kambag'allardan iborat o'n ikki ijtimoiy qatlam sanab o'tiladi.

Ma'lumki, ijtimoiy stratifikasiya konsepsiyasi XX asrga kelib ishlab chiqilgan bo'lib, bir xil ijtimoiy maqomga ega qatlam, guruh va sinflarni birlashtirish natijasida yuzga kelgan va o'zida ijtimoiy notenglikning barcha ko'rinishlarini namoyon etadi12. Ushbu konsepsiyaning ishlab chiqilishi davlat va jamiyat institutlarining samarali faoliyatiga baho berish imkoniyati paydo bo'ldi. Ma'lum bir ijtimoiy qatlamga mansub shaxs ana shunday institutlarning sharofati bilan nisbatan yuqoriroq qatlamga ko'tarilishi mumkin yoki aksincha bo'ladi. Bu fanda ijtimoiy mobillik tushunchasi deb nomlanadi. Stratifikasiya konsepsiyasining asosiy funksiyasi jamiyat harakatiga sabab bo'ladigan elementlarning mohiyatini tushunib olishga yordam berishdir. Shu boisdan Yusuf Xos Hojibning bundan ming yil avval ishlab chiqqan ijtimoiy qatlamlar haqidagi qarashlari o'z davri uchun g'oyatda pragmatik xususiyatga ega bo'lgan edi.

O'gdulmish O'zg'urmishga avom xalq bilan aralashmoqni o'rgatadi deb nomlangan 49-bobida avomga ta'rif beriladi:

Qora avom asli to'g'ri soddafe'l, Zarur qoidadan xiyla olis el.

Ularsiz bitmas ish - kenglik qilib keng, Shirin so'zlab bo'lmas ular bilan teng13.

Alloma oddiy xalqning to'g'ri va soddafe'lligini urg'ulaydi. Qonunlarga har doim ham rioya qilavermasligini aytib, qora laqsiz hokimiyatning mavjud bo'la olmasligiga sha'ma qiladi. Oddiy odamlar bilan qarama-qarshilik keltirib chiqarmaslik, unda ko'ra shirin so'z bo'lmoqlik ma'qulligini uqtirib o'tadi.

Shu bilan birgalikda kambag'al odamlarning dardu tashvishi, erkak va ayolligidan qat'iy nazar qorin to'ydirish ekaniga e'tibor qaratadi. Tirikchilik

12 Сорокин П. А. Человек. Цивилизация. Общество. — Москва, 1992. — C. 373.

13 Кутадгу билиг: (Билим саодати)/Юсуф Хос Х,ожиб, Абду^амид Пардаев табдили. - Тошкент: Янги аср

авлоди, 2016. - Б. 418.

285

tashvishlari bilan band ekani, och nafsi sabab yer qa'rida ming azobda yotganini ta'kidlaydi.

Shuningdek Yusuf Xos Hojib ijtimoiy-falsafiy qarashlarida makiavellizm alomatlari ham uchraydi. Makivellizm siyosiy boshqaruvda qonun va qoidalarni pisand qilmasdan, axloq me'yorlarini chetlab o'tib faoliyat ko'rsatishga nisbatan ishlatiladi. Ayrim tadqiqotchilar alloma ijodi makiavellizmning aksi ekanini ta'kidlasa-da14, shoir baytlarida bu haqida boshqa ishoratlar bor. Aftidan bu holat o'z davrining ijtimoiy-siyosiy vaziyatidan, shu bilan birgalikda asarning keng jamoatchilik uchun emas, balki hukmdorlarning xos mutoaalasi uchun yozilganidan bo'lsa kerak. Shoirning ushbu bahsli baytiga murojaat qilsak:

Avom qorni to'ysa, ozodlik tilar, Siqib tutmasang, erk sari intilar15.

Ijtimoiy farvonlik siyosiy huquqlarning ham talab qilishiga olib keladi, bu esa hokimiyatni kuchsizlantirishi mumkin, degan taxminni ilgari suradi. Qayd etib o'tish kerakki, juda ko'p asrlar davomida mana shu konsepsiya hukmdorlar faoliyatida dominantlik qilib keldi. Bu esa yalpi qashshoqlik va uning uning ortidan keladigan siyosiy inqirozlarni keltirib chiqardi.

"Qutadg'u bilig" asarining 51-bobi dono olimlar bilan muloqot masalalariga bag'ishlangan. Olimlar el-yurt yo'lini yoritadigan mash'aldir, deydi alloma. Umringning so'ngi kuniga qadar olimlarning e'zolshing kerak, deb uqtiradi. Bu kabi qarashga sabab ham diniy, ham dunyoviy ilmlarning jamiyat rivojidagi ahamiyatini to'liq tushunib yetish, shu bilan birgalikda hukmron elitaning ham ilm ahliga ijobiy munosabatining shakllanib bo'lganligidandir. Shu bilan birgalikda olimlar haqiqatning qo'riqchisi, shariatning esa ustunidir, degan juda original ta'rifni ishlatadi. Bu orqali ilm ahli tomonidan bayon qilingan fikrlar aksariyat hollarda ma'lum bir qonuniyatlarga bo'ysunib aytilgan, xulosalar esa mantiqiy jihatdan asoslanganiga e'tibor qaratiladi. "U bilimni buyuk, o'quvni ulug' deb ta'riflaydi. Chunki zakovatli inson ulug' bo'ladi, bilimli kishi buyuk bo'ladi, deb ilmli kishilarni asl toifadagi kishilarga qo'shadi. Olim ezgu ishlarning barchasi ilm tufayli amalga oshirilishi mumkinligini aytadi"16.

14 С.Малабаев. Дидактико-философские мысли Юсуфа Баласагуни через призму государственного управления новейшей истории Кыргызстана.// Жадон туркологиясининг буюк обидаси "Кутадгу билиг" ва уни урганишнинг долзарб масалалари халкаро конференция туплами. - Тошкент, 2020. - Б. 159.

15 Кутадгу билиг: (Билим саодати)/Юсуф Хос Х,ожиб, Абдудамид Пардаев табдили. - Тошкент: Янги аср авлоди, 2016. - Б. 419.

16 М.Кучкарова. Юсуф Хос Х,ожиб ижодида адлокий мадният масалаларининг ёритилиши. Жадон туркологиясининг буюк обидаси "Кутадгу билиг" ва уни урганишнинг долзарб масалалари халкаро конференция туплами. - Тошкент, 2020. - Б. 173.

286

Yusuf Xos Hojibning "Qutadg'u bilig" asari pandnoma ruhida yozilgan asardir. Shuning uchun asar syujetidagi qizil chiziq hoqonga aytilgan pand so'zlari - nasihati, o'tinchi va maslahatidir. Bu esa asardagi axloqiy masalalarni ham batafsil yoritish, ma'naviy komillik yo'llarini ko'rsatish zaruriyatini vujudga keltiradi.

Axloq, deydi Yusuf Xos Hojib, nafaqat bu o'tkinchi dunyo, balki haqiqiy dunyo uchun ham zarur xislatdir, deydi.

Odam uchun ikki olamda darkor, Go'zal xulq-atvoru odob beg'ubor. Hayo ikkinchidan, rostlik uchinchi, Bular bilan har zot baxtu sevinchi17. "Olim ulug'lar va kichiklar o'rtasidagi xulq-odob qoidalari haqida gapirar ekan, shu asnoda kamtarlik, salomlashish odobi, talablari, qoidalarini ham tavsiya etadi"18. Ma'lumki, jamiyatdagi yurish-turish qoidalari ming yillar davomida o'zgarib, takomillashib boradi. O'zaro ijtimoiy munosabatlar ham turli ko'rinishda shaklllanadi va rivojlanib boradi. Yagona davlat uchun ma'lum bir ma'noda yagona axloq ham zarur edi. Chunki ijtimoiy guruhlar va shaxslar o'rtasidagi muloqot hammaga birday tushunarli va tanish bo'lishini taqozo etadi. Yusuf Xos Hojib shundan kelib chiqib "Qutadg'u bilig" asarida axloqning muhim qoidalari haqida juda ko'p o'rinlarda eslatib o'tadi. Misol uchun:

Bilarsan. Salomning savobi ulug', Salom bergan avval azizu qutlug'. Meni ko'rding, salom bermading ammo, Savob kerakmasmi, bu ne muammo?19

Qayd etib o'tish kerakki, Yusuf Xos Hojib axloqiy qarashlari abstrakt-ideal xususiyatga ega bo'lib, bu allomaning asarni badiiy tilda yozgani bilan bog'liq bo'lishi mumkin. Lekin shoir ijodida inson muammosi hyech qachon ikkinchi planda qolib ketmaydi va doim ijtimoiy-axloqiy munosbatlarda insonning aqlu-zakovati va bilimiga tayanib mushohada yuritadi. Faylasuf olimlar qayd etib o'tganidek, shoir epistemiologiyasidagi axloq konsepti haqiqiy insonning baxtga erishuviga intilishi sifatida namoyon bo'ladi20.

17 Кутадгу билиг: (Билим саодати)/Юсyф Хос Х,ожиб, Абдухамид Пардаев табдили. - Тошкент: Янги аср авлоди, 2016. - Б. 175.

18 М.Kyчкарова. ЮсуФ Хос Х,ожиб ижодида ахлокий мадният масалаларининг ёритилиши. Жахон туркологиясининг 6уюк обидаси "Кутадгу билиг" ва уни yрганишнинг долзарб масалалари халкаро конференция тyплами. - Тошкент, 2020. - Б. 172.

19 Кутадгу билиг: (Билим саодати)/Юсуф Хос Х,ожиб, Абдухамид Пардаев табдили. - Тошкент: Янги аср авлоди, 2016. - Б. 483.

20 Джумабаев Ю.Д., Мамедов Ш.Ф. Этическая мысль в Средней Азии в IX-XVв.в. - Москва, 1974. С. 96-97.

287

XULOSA

Yusuf Xos Hojibning bilim haqidagi qarashlariga doir quyidagi xulosalar mavjud:

Birinchidan, alloma bilimni insoniyat taraqqiyotining katalizatori deb hisoblaydi. Bilimsiz insonning ibodati ham azob-uqubatdir, degan g'oyani ilgari suradi. Shoir bilim bilangina inson baxt topishi mumkinligini asar nomidagi "baxtga erishtiruvchi bilim" nomi bilan ta'kidlab o'tadi. Yusuf Xos Hojib ijodiy merosidagi bilimga targ'ib qilish avvalambor, hukmron elita vakillarining davlatni idora qilishdagi ma'rifatiga qaratilgan bo'lsa, ikkinchidan jamiyat a'zolarining barchasi ham ma'rifatli bo'lishi kerak degan xulosaga keladi.

Ikkinchidan, Yusuf Xos Hojib har bir ma'rifatli inson to'plagan bilimini jamiyat taraqqiyoti uchun sarflashi kerak, bu yo'lda hukmdorlar bilan yaqin aloqada bo'lish zarurligiga doir o'ziga xos qarashlarini bayon etgan. Yusuf Xos Hojib o'zining hayot yo'li misolida ham ushbu tamoyilga sodiq qolganini ko'rsatib o'tgan.

Uchinchidan, alloma ijodida ilohiy mavzularga doir qator misralar bo'lib, ularda islom dinining ahkomlaridan kelib chiqib hayot kechirishga chaqiriqlar bor. Shu bilan birgalikda shoir inson o'z hayotini yaxshilash uchun mas'ul ekani bu yo'lda bilim va axloq uning yo'ldoshidir degan g'oyaga qat'iy ishonishini ta'kidlaydi.

To'rtinchidan, bilimsizlikning salbiy oqibatlarini qayd etib o'tib, bunday insonlarni ichi po'k suyakka o'xshatadi. Allomaning ushbu fikrlari ana shu davrida yashagan Ahmad Yugnakiy, Mahmud Koshg'ariy va Kaykovusning fikrlari bilan hamohangdir. Uchinchi Renessans poydevorini yaratishda ushbu allomalarning ijodidan samarali foydalanish kerak.

Beshinchidan, alloma jamiyatni ma'lum bir qatlamlarga bo'lib o'rganadi va siyosatni amalga oshirishda har bir guruh, sinf va qatlamning yashash sharoiti, dunyoqarashi va ehtiyojlaridan kelib chiqib muomalada bo'lishga chaqiradi.

Oltinchidan, inson baxtining kaliti axloqdadir degan g'oyani ilgari suradi. Odob-axloq, shirinso'zlik va yaxshi muomala jamiyatdagi maqomni oshirishga xizmat qiladigan xislatlardir, deb uqtiradi alloma.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO'YXATI (REFERENCES):

1. Арипов А. "Кутадгу билиг"даги лингвомаданий бирликлар. Мадалиева Я. ва бош;. "Кутадгу билиг"нинг бадиий тили.// Жахон туркологиясининг буюк обидаси "Кутадгу билиг" ва уни урганишнинг долзарб масалалари хал;аро конференция туплами. Тошкент, 2020. - Б. 127.

2. Арат Р.Р. Юсуф Хос Хожиб "Кугадгу билиг" таржимаси. II нашр, Турк тарих ;уруми, Турк тарих куруми нашрёти. Ан;ара. 1959 йил. - Б. 135.

3. Асмус В.Ф. Государство. - В кн.: Платон. Собр. соч., т. 3. М., 1994, с. 529-

288

www.birunijournal .uz

560.

4. А^мад Югнакий. "Х,ибат ул-хдкрйик;". (нашрга тайёрловчи Козок;бой Махмудов) Гафур Гулом номидаги бадиий адабиёт нашриёти. - Тошкент, 1971.

iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.

5. Бакланов И.С., Бакланова О.А., Авдеев Е.А. Знание в современных социальных процессах: прагматический и экзистенциальный аспект // Современные проблемы науки и образования. - 2014. - № 3. ;

6. Блаженный, Августин. Творения в 4-х т. - Т. 1: Об истинной религии. -СПб: Алетейя; Киев:УЦИММ-Пресс, 2000. - 742 с

7. Бертельс Е.Э. Суфизм и суфийская литература. - М., 1965.

8. Бердалиев А. О рукописных списках «Кутадгу билиг» и о первых их исследователях. Жахон туркологиясининг буюк обидаси "Кутадгу Билиг" ва уни урганишнинг долзарб масалалари халкаро конференция туплами. Тошкент, 2020 й. - Б. 114.

9. Горбова В.В. Философско-антропологические измерия коррупции. Автореф. дисс. филсоф.наук. Воронеж, 2016. - С. 11.

10. Muhamedov A. (2023) Кутадгу билигда билимдан тугри фойдаланиш масалалари . Шарк фалсафаси. Илмий-услубий журнал. 7-сон. 39-42 b.

11. Muhamedov A. Michel Montaigne is a renaissance creative. Necmettin Erbakan University Press (NEU PRESS) Yaka Mah. Yeni Meram Cad. Kasim Halife Sok. B Blok No: 11 Meram / KONYA / TURKtYE 0332 221 0 575 - www.neupress.org

12. Muhamedov A. (2024) Sharq Renessansining vujudga kelishidagi ijtimoiy omillar. "Экономика и социум" №2(117)

13. Muhamedov A. (2023) Маънавий тараккиётнинг хозирги боскичида юсуф Хос Х,ожиб маънавий меросига эхтиёж. Тафаккур манзиллари. Илмий-услубий журнал. 7-сон. 78-82.

14. Muhamedov A. (2022) Юсуф хос Хржибнинг ижтимоий адолат хакидаги карашлари. // International Conference on Developments in Education. - Bursa, Turkey.

15. Muhamedov A. (2022) Учинчи Реннесанс пойдеворини яратишда Юсуф Хос Х,ожиб фалсафий меросининг урни. "Фан, таълим ва ишлаб чикариш муаммоларининг инновацион ечимлари" номли илмий конференция материаллари. - Тошкент.

16. Muhamedov A. (2009) "Ахлокий тафаккур тарихида "Кутадгу билиг" асарининг тутган урни". "Шарк фалсафаси кадриятлари ва уларнинг Узбекистон маънавий хаётида тутган урни" мавзусидаги республика илмий-амалий конференцияси, Тошкент

Б.37.

289

www.birunijournal .uz

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.