Научная статья на тему 'BILIM – BAXT KELTIRAR (“QUTADG’U BILIG” ASARI ASOSIDA)'

BILIM – BAXT KELTIRAR (“QUTADG’U BILIG” ASARI ASOSIDA) Текст научной статьи по специальности «Науки о Земле и смежные экологические науки»

CC BY
4210
59
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
hojib / “Qutadg'u bilig” / Kuntugʻdi / Oytoʻldi / Oʻgdulmish / Oʻzgʻurmish. / hajib / "Kutadgu bilig" / Kuntugdi / Aytoldi / Ogdulmish / Ozgurmish.

Аннотация научной статьи по наукам о Земле и смежным экологическим наукам, автор научной работы — F. Hamroqulova

Ushbu maqolada “Qutadg'u bilig” asarining badiiy xususiyati,mumtoz adabiyotimiz namunasining jahon miqyosida oʻrganilishi hamda asarning tarbiyaviy va ta’limiy ahamiyati haqida gap ketadi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

KNOWLEDGE BRINGS HAPPINESS (BASED ON THE WORK "KUTADGU BILIG")

This article talks about the artistic nature of the work ";Kutadgu Bilig", the study of the sample of our classic literature at the world level, and the educational and educational value of the work.

Текст научной работы на тему «BILIM – BAXT KELTIRAR (“QUTADG’U BILIG” ASARI ASOSIDA)»

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL VOLUME 1 ISSUE 7 UIF-2022: 8.2 | ISSN: 2181-3337

BILIM - BAXT KELTIRAR ("QUTADG'U BILIG" ASARI ASOSIDA) Hamroqulova Farangis Abduhamid qizi

Sirdaryo tumani 32-maktab o'qituvchisi https://doi.org/10.5281/zenodo.7306605

Annotatsiya. Ushbu maqolada "Qutadg'u bilig" asarining badiiy xususiyati,mumtoz adabiyotimiz namunasining jahon miqyosida o'rganilishi hamda asarning tarbiyaviy va ta'limiy ahamiyati haqida gap ketadi.

Kalit so'zlar: hojib, "Qutadg'u bilig ", Kuntug'di, Oyto'ldi, O'gdulmish, O'zg'urmish.

ЗНАНИЕ ПРИНОСИТ СЧАСТЬЕ (ПО ПРОИЗВЕДЕНИЮ «КУТАДГУ

БИЛИГ»)

Аннотация. В данной статье говорится о художественном характере произведения «Кутадгу билиг», изучении образца нашей классической литературы на мировом уровне, воспитательной и воспитательной ценности произведения.

Ключевые слова: хаджиб, «Кутадгу билиг», Кунтугди, Айтолди, Огдулмыш, Озгурмыш.

KNOWLEDGE BRINGS HAPPINESS (BASED ON THE WORK "KUTADGU

BILIG")

Abstract. This article talks about the artistic nature of the work "Kutadgu Bilig", the study of the sample of our classic literature at the world level, and the educational and educational value of the work.

Key words: hajib, "Kutadgu bilig", Kuntugdi, Aytoldi, Ogdulmish, Ozgurmish.

KIRISH

O'zligimizni anglagan, o'z taraqqiyot yo'limizga ega bo'lgan bugungi kunimizda bunday tarixiy asarlarning ahamiyati katta. Yurtbоshimiz ta'kidlaganlaridek, "Tarix millatning haqiqiy tarbiyachisiga aylanib bormoqda. Buyuk ajdodlarimizning ishlari va jasoratlari tarixiy xotiramizni jonlantirib, yangi fuqarolik ongini shakllantirmoqda. Axloqiy tarbiya va ibrat manbaiga aylanmoqda."[1] Bugungi davlatchiligimiz siyosati, komil inson tarbiyasi va buyuk kelajak qurish yo'lidagi say-harakatlarimiz albatta ota-bobolarimizning yo'l-yo'riqlari, pandu-nasihatlari va boy madaniy merosiga asoslangan. Darhaqiqat, xalqning dahosi, kuch-qudrati, salohiyati, ma'naviy olami, birinchi navbatda, u yaratgan san'at asarlarida, ayniqsa, adabiyotida ko'proq aks etadi. Turkiy xalqlarning qadimiy madaniyati, san'at asarlari, og'zaki va yozma adbiyoti bu fazilatlarga yanada boyroqdir. Ularni o'rganish, tadqiq etish, ularda mujassamlashgan manaviy imkoniyatlardan bugungi manaviy-marifiy jarayonlarda foydalanish jamiyatimiz azolarini, ayniqsa, yoshlarni har tomonlama komil insonlar qilib tarbiyalashda ayricha ahamiyat kasb etadi.

METOD VA METODOLOGIYA

Prezidentimizning «Biz haqqoniy tariximizni tiklashimiz, xalqimizni, millatimizni ana shu tarix bilan qurollantirishimiz zarur» degan gaplari bejiz emas. Yirik adib va mashhur adabiyotshunos, Maqsud Shayxzoda shunday deb yozadi: «Badiiy madaniyatning qimmatbaho qismi bo'lgan she'r va she'riyat jamiyatimizning azolarida olijanoblik hislatlarini tarbiyalashga qaratilgan ekan, buyuk so'z san'atkorlarining merosini tadqiq qilib, uning barcha ma'naviy va umumbashariy boyliklarini egallash va dohiy ustodlarning ijodiy mahoratidan talim olish -

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL VOLUME 1 ISSUE 7 UIF-2022: 8.2 | ISSN: 2181-3337

adabiyotshunoslarning hamda barcha badiiy qalamkashlarning vazifasidir» [2] Bu vazifani amalga oshirishda qadimiy yozma manbalarimiz alohida mavqe tutadi

Yusuf Xos Hojib (asl ismi Yusuf) (taxminan 1020/21, Bolosog'un —?) — turkiy shoir, mutafakkir, davlat arbobi. "Qutadg'u bilig" dostoni muallifi. Qoraxoniylar saroyida xizmat qilgan.

1069-70-yillarda yozib tugallangan "Qutadg'u bilig" ("Saodatga boshlovchi bilim») asari qoraxoniylar davlatining mustahkam qaror topishiga xizmat qilgan nizomnomadir. Uch nusxasi (Vena, Qohira va Namangan) mavjud. Nisbatan to'lig'i Namangan nusxasi bo'lib, 1923-yili Fitrat tomonidan qo'lga kiritilgan, u O'RFAShI da saqlanadi. 6520 baytdan iborat, masnaviy (ya'ni aruzning "mutaqoribi musammani mahzuf") vaznida yozilgan.[3]

Uning hayoti va faoliyati haqida ma'lumotlar beruvchi yagona manba ham "Qutadg'u bilig" kitobidir. Ushbu kitobga ko'ra, u zamonasining barcha asosiy ilmlarini atroflicha o'rgangan, arab va fors tillarini mukammal bilgan. Mahmud Koshg'ariy kabi turkiy tilning mavqeini oshirish, uning madaniyadabiy hayotdan o'ziga munosib o'rin egallashi uchun kurashgan.

Yusuf Xos Hojibning "Qutadg'u bilig" ("Saodatga yo'llovchi bilim", 1069—70) asari islomiy turkiy adabiyotni boshlabgina bermay, uni yangi taraqqiyot bosqichiga ham ko'tardi. U nafaqat turkiy xalqlar adabiyoti an'analari, balki qardosh xalqlar, jumladan, forsiy adabiyot tajribalarini ham ijodiy o'zlashtirgan holda yaratilgan. "Shohnoma" kabi mutaqorib vaznida yozilgan va "Turkiy Shohnoma" nomi bilan shuhrat qozongan (73 bob, 6520 bayt va to'rtliklardan iborat).

TADQIQOT NATIJASI

"Qutadg'u bilig" — XI asr so'z san'atining nodir namunasi bo'lib, unda o'z davrining ilg'or ijtmoiy-siyosiy, ma'naviyaxloqiy masalalari badiiy talqin qilingan, turkiy xalqlar tarixi, madaniyati, ilm-fani, urf-odat va an'analari, turmush tarzi, qadriyatlari xususida batafsil ma'lumot berilgan. Yusuf Xos Hojib uni Bolosog'unda boshlab, Qashqarda yozib tugatgan va qoraxoniy hukmdor Tavg'och Bug'roxonga takdim etgan. Bug'roxon muallifni taqdirlab, unga "Xos Hojib" ("Eshik og'asi") unvonini bergan. Shundan keyin shoir "Yusuf Xos Hojib" nomi bilan mashhur bo'lgan. Lekin dostonning oxiridagi shikoyat ohanglariga qaraganda, shoir umrining oxiri bu davlatning tanazzuli davriga to'g'ri kelgan, shunga muvofiq hayoti ham og'ir kechgan. Shoirning Qashqardagi maqbarasi ziyoratgohga aylangan.

Davlat va jamiyat qurilishi masalalari, komil inson va ilm-ma'rifat targ'iboti asardagi to'rt ramziy qahramon Kuntug'di (adolat), Oyto'ldi (baxt), O'gdulmish (aql) va O'zg'urmish (qanoat) timsollari orqali ifoda qilingan.Jahon turkologiyasida asarga ilk turk didaktik dostoni sifatida yondashish mavjud (Iosif Fon Xammer, V. Radlov, A. Kononov, I. Stebleva). Martin Xartman, A.Vamberi, F.Ko'prulu, Zaki V.To'g'on, Rashid Rahmati Arat va boshqalar tomonidan nashr va tarjima qilingan. O'zbekistonda asarning to'la matni izoh va hozirgi tilga tarjimasi bilan nashr etilgan. Fitrat, Q.Karimov, G'.Abdurahmonov, B.To'xliev va boshqa olimlar tadqiq etgan.[4]

Bizning xalqimiz shunday axloqiy-didaktik, adabiy-qomusiy asari borligidan har ancha faxrlansa arziydi. "Qutadg'u bilig" - baxt va saodatga eltuvchi bilim, ta'lim degan ma'noni bildiradi. Demak, asar nomidan ham uning pand-nasihatlari, ta'lim-tarbiyaga oid, har tomonlama komil insonni tarbiyalaydigan yetuk ma'rifiy asar ekanligi yaqqol ko'rinib turibdi. "Qutadg'u bilig" - XI asr so'z san'atining nodir namunasi bo'lib, unda o'z davrining ilg'or ijtimoiy-siyosiy,

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL VOLUME 1 ISSUE 7 UIF-2022: 8.2 | ISSN: 2181-3337

ma'naviyaxloqiy masalalari badiiy talqin qilingan, turkiy xalqlar tarixi, madaniyati, ilm-fani, urf-odat va an'analari, turmush tarzi, qadriyatlari xususida batafsil ma'lumot berilgan. Asarda ilgari surilgan axloqiy xislatlarni sanab o'tish olimning ta'lim-tarbiya, axloq masalalarini qay darajada chuqur bilganligi adolat, ishonch, sadoqat, xushmuomalalik, shirin so'zlik, saxovat, mardlik, hurmat va ehtirom, tadbirkorlik, aql-zakovat, halollik, ezgulik kabi, xislatlar ulug'lanadi. "Qutadg'u bilig"da bosh masalalardan biri komil insonni tarbiyalashdir. Yusuf Xos Hojib bu asari orqali o'z tasavvurida eng komil, jamiyatning o'sha davrdagi talablariga javob bera oladigan insonni qanday ko'rgan bo'lsa, shu asosda o'z prinsiplarini bayon etadi. Mana shunday axloqiy masalalardan biri oila va farzand tarbiyasi masalasidir. Bu umuminsoniy axloqiy normaga Sharq etikasiga ahamiyat berib kelgan. Sharq xalqining ulug' an'anasini, oilaviy hayotini, turmush tarzi va tarbiya usullarini chuqur bilgan shoir mazkur muhim axloqiy muammoni o'ziga xos falsafiy talqin qiladi. Yusuf Xos Hojibning uqtirishicha, har bir kishi jamiyatga munosib bo'lib kamol topmog'i kerak.

MUHOKAMA

"Qutadg'u bilig"da yana jumboqlarni yechish usullaridan ham foydalanilgan. Bu uslub o'quvchini asarga qiziqtiradi, uni o'qimishli qiladi. Hozirgi davrda bu muammoli ta'lim deb yuritiladi. Ammo tarbiya va ta'lim merosimizda jumboq-muammoli ta'lim o'ziga xos xususiyatga ega. Masalan, asardagi Kuntug'mish (Elig) bilan Oyto'ldi munozarasini olaylik. Bu munozarada olim quyidagi fikrni ilgari suradi: Elig Oyto'ldiga o'rin berganda o'tirmagani, "xon yonida menga o'rin yo'q", - degan edi. Yerga koptok qo'ygani va unga o'tirgani bilan Oyto'ldi -davlat koptok kabi barqaror emas, bir joyda turmaydi, degani. Elig boqqanda ko'zini yumib olgani-davlat ham ko'r kishi kabi bo'ladi, kimga ilashsa, unga qattiq yopishib oladi, degan edi. Yuzini yashirgani esa, barcha qilmishlarim - ya'ni davlat jafo, unga ishonma, degani, deb kishi davlat va baxtga quvonib ketmasligi, ulardan quvonib, ortiqcha g'ururlanib ketmay, aksincha, o'zini ehtiyot qilishi, yig'ilgan narsalarni me'yorida sarflashi, bexud bo'lib, ichkilikka berilmasligi, narsalarni sovurmasligi kerak deb ko'rsatadi. Demak, Yusuf Xos Hojibning mazkur asari insonni har tomonlama kamolga yetkazishda yirik ta'limiy-axloqiy asardir. Shuning uchun ham bu asar o'zining ilmiy, ma'rifiy, tarbiyaviy ahamiyatini shu paytgacha saqlab kelmoqda

Bu kitobni o'qir ekanman bir necha qahramonlar orasidan O'gdulmishning xislatlari va o'gitlari menda katta taassurot qoldirdi.U ko'z oldimizda bilimli va aqlli inson sifatida gavdalanadi.U boylik ramzi bo'lgan Oyto'ldining o'g'li bo'lib, otasining vafotidan so'ng vazir etib tayinlanadi.Demak, bu holni ko'rib molu dunyo o'tkinchi, aql va zakovat esa abadiy degan fikr uyg'onadi.

Bilimli insonlar har qanday zamonda e'zoz va qadr egasi bo'lganlar.Shu o'rinda xalqimizning erkatoy shoiriga aylangan Muhammad Yusufni misol qilib keltirishimiz mumkin.Muhammad Yusuf mustaqillik yillarida o'zining bir -biridan go'zal she'rlari bilan xalqimiz orasida e'zoz topdi.U o'zbek xalqi ,uning o'tmish va buguni haqida o'zbekona ohangda yoza oldi.Sodda,samimiy va ma'nodor,shu bilan birga betakror go'zal she'rlari yoshu qarining qalbidan birday joy oldi.I998-yilda Muhammad Yusuf " Xalq shoiri " unvoniga sazovor bo'ldi.

Bilim- insoniy fazilatlarning asosi. Shu o'rinda ko'z o'ngimizda zamonlar osha bizgacha sog'-omon yetib kelgan asar gavdalanadi.Nega u hech qachon o'z qimmatini yo'qotmadi?Chunki ilmu ma'rifat doimo inson hayot yo'lini yorituvchi chiroq vazifasini o'taydi.Qoraxoniylar davrida yaratilgan bo'lsada bugungi kunda ham o'z qimmatini yo'qotmagan.Nega? Bu asarda umumbashariy mavzular qalamga olingan.Davlat, boylik, ilm,zohidlik kabi timsollar qiyofasida

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL VOLUME 1 ISSUE 7 UIF-2022: 8.2 | ISSN: 2181-3337

Yusuf Xos Hojib har bir davlat va zamon uchun dolzarb mavzularni qalamga oldi va ularni negizini ilm deb bildi. Shu o'rinda o'quv , idrok ,bilim haqida alohida to'xtash joiz. O'quv, idrok qorong'u tundagi mash'alga o'xshaydi. Bilim esa mash'aladan taralayotgan nurga o'xshaydi.

O'quv qut beradi, bilim- sharaf-shon, Shu ikkovi tufayli ulug'dir inson. Bilimli kishi ikki dunyo saodatining egasi.Aqlu idrok egasi bo'lgan kishilar hayotda turli sinovlar va qiyinchiliklar oldida o'zlarini mardona tutadilar.Bilim olish va uni insonlar orasida yoyish muqaddas dinimizda ham e'zozlanadi.Zero payg'ambarimiz Muhammad s.a.v ham o'z hadislarida "Ilmni Xitoyda bo'lsa ham o'rganing",-deganlar.Mirzo Ulug'bek esa o'z madrasasining peshtoqiga "Ilm olmoq har bir muslim va muslima uchun farzdir," degan hadisi sharifini yozdirgan edi.Demak, ilmli insonlar azaldan ardoqlangan. Zero, "Qissai Rabg'uziy"da keltirilishicha, Alloh taolo 40 ta obiddan ko'ra 1 ta olimni afzal bilgan, chunki obid kishi ko'r-ko'rona ibodat qiladi,olim esa o'z ilmu ziyosini yon atrofdagi kishilarga ulashadi. XULOSA

Yuqoridagi keltirilgan fikrlardan kelib chiqib shunday xulosaga kelish mumkin, Yusuf Xos Hojibning "Qutadg'u bilig" asari didaktik ruhdagi badiiy asar, ushbu asarda inson hayotidagi qiyin damlarda qo'l keluvchi asosiy kuch bilim va hunar deb ko'rsatiladi. Ko'rsatilgan masalalar orasida aynan bilim insonni baxt-saodatga eltishi ta'kidlanadi.Men o'z fikrimni quyidagi hikmatli so'z bilan yakunlamoqchiman"Bilimdon o'z bilimi tufayli balo-ofatlardan omon qoladi."

Turkiy adabiyot xazinasidagi bitmas-tuganmas javohirlardan biri Yusuf Xos Hojibning "Qutadg'u bilig" asaridir.Bu asar bilan men dars davomida tanishgan bo'lsamda,unga mehrim tushib,to'liq o'qib chiqdim va baxt-saodat qasrini ochuvchi kalit bilim ekanligini yana bir bor tushunib yetdim.

REFERENCES

1. И.А.Каримов. Узбекистан XXI аср бусагасида: хавфсизликка тахдид, баркарорлик шартлраи, тараккиёт кафолатлари. - Тошкент: Узбекистан, 1997. - Б. 140

2. Максуд Шайхзода. Устоднинг санъатхонасида. Биринчи макола. Максуд Шайхзода. Асарлар. Олти томлик. Туртинчи том. газал мулкининг султони. -Тошкент: Адабиёт ва санъат нашриёти, 1972, -216-б.

3. Fitrat. Qutadg'u bilig. «Tanlangan asarlar». (nashrga tayyorlagan. H.Boltaboev). 2-jild. -T.: Ma'naviyat, 2000.

4. Кононов А. Слово о Юсуфе из Болосогуна и его поеми «Кутадгу билиг». Журн."Совецкая тюркология". 1970. № 4

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.