YUSUF XOS HOJIBNING BOSHQARUVGA DOIR QARASHLARI VA O'GITLARINING MAZMUN-MOHIYATI
Marjon Ziyadulla qizi Maylibayeva Xolmo'minov Zokir o'gli Mo'minmirzo [email protected] O'zbekiston davlat san'at va madaniyat instituti
Annotatsiya: Ushbu maqolada Yusuf Xos Hojibning davlatni boshqarish borasidagi qarashlari, rahbarlarni lavozimiga tayinlashda e'tibor qaratilgan jihatlar va mutafakkirning o'gitlaridan namunalar keltirilgan. Undan tashqari Yusuf Xos Hojib tomonidan yaratilgan "Qutadg'u bilig" dostonining mazmun-mohiyati va asarning bugungi kunda tutgan o'rni haqida bayon qilingan.
Kalit so'zlar: Rahbar, adolat, til, bilim, boshqaruv, aql, zakovat, illat, xulq, davlat, tarbiya.
YUSUF HOSPITAL'S VIEWS ON MANAGEMENT AND THE CONTENTS
OF HIS TEACHINGS
Marjon Ziyadulla kizi Maylibayeva Xolmuminov Zokir oglu Muminmirzo mominmirzoxolmominov@gmail .com Uzbekistan State Institute of Arts and Culture
Abstract: This article presents Yusuf Khas Hajib's views on governing the state, aspects of the appointment of leaders, and examples from the teachings of the thinker. In addition, the content of the epic "Kutadgu bilig" written by Yusuf Khas Hajib and the place of the work today are described.
Keywords: Leader, justice, language, knowledge, management, intellect, intelligence, vices, behavior, state, upbringing.
Elboshi kerakdir bahodir, abjir, Har ishga qo'l ursa u keyin arzir.
Yusuf Xos Hojib
Yusuf Xos Hojib jahonning ulug' adiblari bilan bir qatorda turadigan, jahondagi ijtimoiy-siyosiy hamda badiiy-estetik tafakkur tarixi va taraqqiyotiga munosib hissa qo'shgan ijodkordir. Adibning nodir iste'dodi natijasi bo'lgan "Qutadg'u bilig" faqat XI asrning emas, balki butun turkiy adabiyot tarixining ham eng nodir va porloq badiiy durdonasidir. U yozma adabiyotimiz tarixidagi ilk yirik asar namunasidir.
I icclT^^^^H 318 http://oac.dsmi-qf.uz
Adib bu bilan turkiy o'gitnoma - didaktik yo'nalishni nihoyatda yuqori darajaga olib chiqdi. Adib haqidagi ma'lumotlar, asosan, dostonning o'zidagina saqlangan. U o'zi tug'ilgan joyni Quz O'rdu deb ko'rsatgan. Bu manzil qadimgi Yettisuvning markazi -Bolosog'unning ko'plab nomlaridan biridir. Hozirgi Qirg'izistonning To'qmoq shahri yaqinida uning xarobalari saqlanib qolgan. Adib Bolosog'undan Qashqarga ko'chib borgan. Dostonni shu yerda tugatgan. Doston nihoyasiga yetganida adibning yoshi ellikdan yuqori ("Tegurdi manga algi ellik yashim") bo'lgan. Har holda u "(qora) quzg'un tusiteg boshim (sochlarim) qug'u (oqqush)" bo'ldi deb ta'kidlaydi. Yana bir o'rinda "O'ttiz (yosh) yiqqanlarini ellik (yosh) qaytarib oldi, agar oltmish (yosh) qo'l tegizsa, nimalar qilar ekan?" degan qayd ham borki, bular asar yozilib bo'lgan chog'larda muallifning ellikni to'ldirib, oltmishga yaqinlashib qolganini ko'rsatadi. [1:71]
"Qutadg'u bilig' Qutga, ya'ni baxt va saodatga erishtiruvchi bilim demakdir. Bu asarning maydonga kelishi nihoyatda kuchli hayotiy zarurat va ma'naviy ehtiyoj bilan bog'liq. Ijtimoiy-siyosiy maydonda arablar hukmronligining yemirilishi va mahalliy mustaqil davlatlarning qaror topishi uning ma'naviy asoslarining ham yangilanishi va mustahkamligini taqozo etar edi. U o'sha paytdagi Qoraxoniylar davlatining falsafiy-axloqiy yo'riqnomasi sifatida paydo bo'lgan. Adib asarida turkiy xalqning badiiy estetik tafakkurining kuchi va qudratini ko'rsatib bera olgan. Uni bobokalon shoirimiz Yusuf Xos Hojib bundan sal kam 1000 yil oldin 1069-yilda yozgan. Asar Tavg'achxon huzuriga keltirilgan va uni qadrlab shoirga Xos Hojib unvonini bergan. Asarning bir nusxasi 1439-yilda Hirot shahrida qayta ko'chirilgan. Bu davrda Hirot madaniyatning gullab yashnagan davri edi. Xuddi shu davrda bu yerda Atoyi, Sakkokiy, Lutfiy singari "so'z mulkining malik-ul kalomlari" ijod qilardi. Tabiiyki, badiiy asarga nisbatan nihoyatda baland talablar qo'yiladigan bu yerda "Qutadgu bilig" ning ko'chirilishi, bir tomondan, ma'naviy ehtiyoj natijasi bo'lsa, ikkinchi tomondan asar badiiy qimmatining qonuniy e'tirofi edi. [2:6]
Rahbar - bu o'zini jamiyat xizmatiga yollagan kishi bo'lib, undan unutilmas nom, so'z hamda buzib bo'lmas amaliy ishlar, ya'ni bilim - qonunlar, urf-odatlar, an'analar, tartiblar, madaniy, ma'naviy-axloqiy yuksak ko'nikmalar, ezgulik va rivojlanishga undovchi mafkura, ruhiy jo'shqinlik qolmog'i kerak. Davlat va uning boshqaruviga daxldor masalalar ijodida ham katta o'rin tutgan. U "Qutadg'u bilig" dostonida davlatni boshqarish amallari, qoidalari va siyosiy-axloqiy munosabatlarni jamiyatda qaror toptirishga qaratilgan qarashlari bilan e'tiborlidir. U davlat boshqaruvi va xizmatini tashkil etish turlarini hamda shu darajalarga muvofiq sifatlarini tasniflaydi. Jumladan, "Shohlikka davogarlar onadan ajib bir iste'dod bilan tug'iladilar va ular darhol yaxshi-yomonni ajratish fitratiga ega bo'ladilar. Bundaylarga Xudo idrok, farosat va yumshoq bir ko'ngil ato etadi, qolaversa yaxshi ish yuritish o'quvi bilan ham siylaydi", - deb ko'rsatgan. Shuningdek Yusuf Xos
I îhSi^^Bl 319 http://oac.dsmi-qf.uz
Hojib o'z asarida ko'rsatgan barcha ishlarda tajribali, yomonlikni darhol sezuvchi, oqillik bobida ibratli, zakovatli, maorifatga tashna, kichiklarga tayanuvchi, adolatparvar, sadoqat kabi sifatlarning sohibi bo'lishi shartligini ta'kidladi. Buyuk alloma faqat bu bilan chegaralanib qolmaydi, balki jamiyat rivoji va taqdiri uchun mas'ul bo'lgan shaxslarning davlat boshqaruvidagi sifatlari tasnifini rivojlantirishning adolatli tamoyillarining muhimligiga qaratgan. Ayni paytda, u jamiyatda ilmiy va madaniy salohiyatni adolatli davlat asoslarini yaratuvchi omil deb bilgan. Masalan, u, ziyolilar to'g'risida shunday deydi: -"Haqiqiy ziyoli haqiqat tayanchi bo'ladi. Agarki olamda donishlar bo'lmaganda, yerda rizq-ro'z unmas edi. Ularning ziyosi xalq yo'lini yorituvchi mash'aldir. Donishlarga shirin so'z bilan baqra ber, moddiy manfaatini qoldirishga harakat qil" Zero, agar biz demokratiyani jamiyatning yuksak madaniy shakli deb qaraydigan bo'lsak, unda ajdodlarimiz yaratgan meros bevosita adolatli davlatning poydevoriga asos bo'la oladi.
Yusuf Xos Xojib insonlarning ulug'likka yetishuvida bilimdan keyingi o'ringa til, muomala va tilga ehtiyotkorlikni qo'yadi. Til barcha odamlarga birdek taqdir (obro') yoki tahqir (beobro'lik) keltirishi mumkin. Til maqsad va g'oyalarni ifodalovchi vosita ekan, undan oqilona foydalana bilish kerak. Muallifning fikricha, tilga erk berish va qo'pol so'zlik, sergaplik rahbarni tinglayotgan xalqni uning g'oyalari, jamiyatni rivojlantirish dasturlari (garchi ular ezgulikka qaratilgan bo'lsa-da) asl mohiyatidan chalkashtirib yuboradi. Bir farmonning ma'nosi muomalaning noloyiqligi tufayli xalqqa yetib kelmasa, undan keyingi farmonni fuqaro mohiyatan qabul qila olmaydi va bu hol oxir-oqibatda davlat tuzumi, rahbar va xalq, rahbar va xizmatchi orasida kelishmovchilik, adovat va ajralishni yuzaga keltirishi mumkin. Ayni shu mavzularni o'zida mujassam etgan bir necha bayt bilan tanishib chiqamiz. Yomonga qo'shilma, yomon bo'lma sen, Yomon ish qiluvchi yonin olma sen. Mudom ezgu bo'lsin siyosat, feling, Yana isnod aro sira qolma sen.
Ushbu baytga izoh beradigan bo'lsak, har qachon va har davrda yomon xulqli, yomon amalliy insonlar xalq orasida isnotda qolganlar. Bunday turdagi insonlar xalqdan o'z-o'zidan ajralib qoladi. Shu boisdan har qanday vaziyatdan qat'iy nazar yomon xulqli va amalli insonlar yonini olish, ular sabab yaxshilar bilan nizoga borish xato ekanligi g'oyasi ilgari surilgan. Nafaqat Yusuf Xos Hojib balki qator alloma va shoirlarimiz ham yomonlikning illat ekanligi, uning inson va jamiyat hayotiga salbiy ta'siri, millat kelajakning vayron bo'lishi haqida o'zlarining asarlarida yozib qoldirishgan. Bu baytda yana bir jumla borki, uni alohida izohlashni joiz topdim. "Yomonga qo'shilma"! Insonda turli vaziyatlar, holatlar sinovlar bo'ladi. Shu lahzalarda yaqinlaringiz va yaxshi insonlardan dalda va ko'mak ololmasligingiz mumkin. Va oldingizga kelgan soxta mulozamatli, buzg'unchi fikrli insonlar
I [ccñ^^BI 320 http://oac.dsmi-qf.uz
nayrangiga aldanmaslik bu jumlaning maqsadi desam mubolag'a bo'lmaydi. Inson ko'pincha shayton nayrangiga aldanadi. Ammo ba'zi insonlar borki, shaytonga dars beradilar. Va kun kelib yomonliklari yuzaga chiqsa, yuzlari xalq orasida shuvut bo'ladi. Agarda biz ham kichik ko'ngilsizlik sabab o'zimiz va do'stlarimizni yomonlar orasida qo'ysak kuni kelib o'zimizga choh qaziymiz. Ne uchun cho'zarsan qilar har ishing, Ishing cho'zma, o'tib borar tez yoshing. Bugun qilinmasa ish, keyin ish bo'lar, Ish ishga qo'shilsa, u tashvish bo'lar.
Xalqimizda "Bugungi ishni, ertaga qo'yma", "Qolgan ishga qor yog'ar" degan maqollar bor. Erinchoqlik va dangasalik har bir inson badanida bor. Shu erinchoqlik sabab ko'pincha ishimiz yurishmaydi. Boshqacharoq aytadigan bo'lsak, dangasaligimiz ishimizga boltadir. Aslida 15 daqiqada bitadigan ishimizni 2-3 kunga cho'zamiz yoki topshirilishi kerak bo'lgan kunga taqab bitiramiz. Bu ko'pincha ishimiz unumdorligining pasayishiga sabab bo'ladi. O'ylab qaralsa, qoldirilgan va oxiriga yetkazilmagan har bir ishimiz bizga tashvish, miyamizning bir chetini doimiy band qiladigan yumushga aylanadi. Keyin, ertaga degan ishimizning barchasi yig'ilib, katta mushkulotga sabab bo'ladi. Ayni shu vajdan har qanday holatda ham ishimizning vaqtida yakuniga yetkazilishi bizning xotirjamligimizga sabab bo'ladi. "Xulq go'zal bo'lsa barcha xalq sevadi Xulq to'g'ri bo'lsa, kishi to'rga chiqadi"
Xulq borasida so'z ketar ekan bevosita inson ko'z o'ngida payg'ambarimiz Muhammad (s.a.v) gavdalanadilar. Men o'qigan va men bilgan barcha shaxslardan eng alosi bo'lmish ushbu zot o'ta go'zal xulq egasi bo'lganlar. Oldilariga kelgan har qanday insonga o'zlarining muomila va xulq siyosatlari ila ta'sir ko'rsatganlar. Payg'ambarlik maqomidan oldin ham insonlarni o'z tarbiyalari, xulqlari ila hayratda qoldirganlar. Darhaqiqat, insonning tashqi qiyofasi vaqtinchalik ko'z lazzati, uning xulqi esa abadiy qalb lazzati hisoblanadi. Bir insonni chiroyi sabab yoqtirib uni e'zozlasangiz-u, uning odobi talab darajasida bo'lmasa ko'nglingiz sovib uni o'zingiz olib chiqqan martabasidan tushirib yuborasiz. Ayni shu vajdan insonning xulqi uning qurolidir.
"Dunyo davlat bilan seni avramasin, hamma ishda ham to'g'rilik ista" Inson ekanmiz har kun, har lahzada nimagadir ehtiyojimiz tug'ilishi tabiiy. Ammo ehtiyojlarimiz chegarasi bo'lishi kerak. Dunyoning ko'zni quvontiradigan lazzatlari chegarasiz. Nafsimiz ehtiyojimizdan ko'proq lazzatni istaydi. Qo'yib bersangiz dunyoning hukmdoriga aylangisi keladi, oyoqlari ostiga hamma narsani ko'rishni xohlaydi. Ayni shu nafs, dunyoning davlatiga berilish sizni yo'ldan ozdirishi, o'z diningiz, qonunlaringiz man etgan egrilikka qo'l urishingizga sabab bo'lishi mumkin. O'zingizning asosiy qurolingiz halollik, to'g'rilik bo'lmas ekan, va
I icclT^^^^H 321 http://oac.dsmi-qf.uz
bunga qat'iy amal qilmas ekansiz yo'ldan ozishingiz mumkin. Buning esa salbiy oqibatlari yetarlicha bo'ladi.
"Kimda zakovat bo'lsa, o'sha asl odam bo'ladi
Kimda bilim bo'lsa u martabaga erishadi" [3:80]
Insonning zakovatli bo'lishi uni ko'p jihatdan himoya qila oladi. Uning martabasini, o'tirgan davrasidagi o'rnini pog'onalardan ko'tara oladi. Insonning insoniyligini ko'rsatishda zakovatning o'rni beqiyos. Sababi favqulotda vaziyatlarda inson o'zini tutishi, yo'l va yechim topishida zakovatning o'rni ancha muhim. Bilim masalasiga to'xtaladigan bo'lsak, ko'pchilik jamoadan sizni ilm ajratishi, ulug'lashi, e'zoz va ehtiromga sababchi qilishi shubhasiz. Zeroki, ilmingiz sizning qurolingizdir. Ilmli inson kam gapirishi bilan ajralib tursa, zakovatli inson o'rinli gapirishi bilan ajraladi.
Xulosa o'rnida aytadigan bo'lsam, Yusuf Xos Hojib hayotini va uning asarlarini o'rganishga xalqimiz va millatimiz ayniqsa, yosh o'sib kelayotgan kelajagimiz egalari uchun ehtiyoj bor. Negaki, insonning tug'ilib, o'zini anglab, munosib hayot kechirishi va hatto munosib yakuni uchun ham yetarlicha ma'lumotlar, o'gitlar jamlanmasi bo'lishi kerak. Doimiy ehtiyoj nega bo'ladi degan savol tug'ilishi tabiiy. Biz insonmiz ba'zida g'azab bizdan ustun keladi ba'zida nafs. Nafsimiz doimiy tarbiyaga muhtoj. Uni doimiy ravishda chegarada ushlab turish kerak. Hoy-u havaslarga berilmaslik uchun, faqat bu dunyoning odami bo'lib qolmaslik uchun, ozgina ishimiz yurishib odamlarni tabaqaga ajratmasligimiz uchun, yetim va nochorlarga jirkanish ko'zi bilan qaramaslik uchun doimiy tarbiyaga muhtojmiz. Katta yoshlilar tarbiyaga muhtoj emasman deb o'ylashadi. Ular shu fikri bilan ham o'zlarining nafs quli ekanligini ko'rsatishadi. Bilingki, yashar ekansiz, hayot ekanmiz biz tarbiyalanib boramiz. Bu tarbiya bizni saodat sari yetaklaydi. Saoatga esa tarbiyasizlik bilan erishib bo'lmaydi. Shu boisdan biz bu bilimlarga muhtojmiz. Ha muhtojmiz! Ehtiyojimiz o'ylaganimiz va tasavvur etganimzdan ancha katta. Men o'ylaymanki, Yusuf Xos Hojib asarlari insonning amallariga bevosita ta'sir o'tkazadi va bu amallar buyuk kelajakning, jamiyat taraqqiyotining yaxshi tomonga siljishiga debocha bo'ladi. Uning hayotini nafaqat o'rganish, asarlarini tahlil qilish va balki targ'ib qilishimiz ham kerak. Ana shundagina ko'zlagan maqsadimizga tomon qadam bosgan hisoblanamiz.
Foydalanilgan adabiyotlar
1. N.Rahmonov, X.Hamroqulova. 11-sinf Adabiyot 1-qism. "O'zbekiston milliy ensiklopediyasi" Davlat ilmiy nashriyoti. Toshkent-2018. - 198 b.
2. Yusuf Xos Hojib (Boqijon To'xliyev tarjimasi). "Qutadg'u bilig" Cho'lpon nomidagi nashriyot-matbaa uyi. Toshkent-2007. - 199 b
322
http://oac.dsmi-qf.uz
3. O.Salimov, Q.Quronboyev. "Boshqaruv hikmati". G'afur G'ulom nomidagi nashriyot-manbaa uyi, "Ta'lim" nashriyoti. Toshkent-2018. - 170 b
323
http://oac.dsmi-qf.uz