Научная статья на тему 'HUQUQIY MADANIYATNI SHAKLLANTIRISHDA O‘RTA ASRLAR SHARQ MUTAFAKKIRLARI MA’NAVIY MEROSINING ROLI'

HUQUQIY MADANIYATNI SHAKLLANTIRISHDA O‘RTA ASRLAR SHARQ MUTAFAKKIRLARI MA’NAVIY MEROSINING ROLI Текст научной статьи по специальности «Прочие медицинские науки»

CC BY
1590
125
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Журнал
Scientific progress
Ключевые слова
huquqiy madaniyat / madaniy meros / axloqiy fazilatlar / ta‘lim-tarbiya / ma’naviyat / ma‘rifat / qonun. / legal culture / cultural heritage / moral qualities / education / spirituality / englightenment / law

Аннотация научной статьи по прочим медицинским наукам, автор научной работы — Nodir Jo‘rayevich Norov

Mazkur maqolada huquqiy madaniyat haqida O‘rta Asrlar sharq mutafakkirlarining fikrlari o‘rin olgan. Huquqiy madaniyatini shakllantirishning nazariy jihatlarini ilmiy oʻrganish maqsadida ajdodlarimizdan qolgan boy yozma manbalarga murojaat qilingan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

The article deals with the views of Medieval Eastern thinkers on legal culture. In this article were used the rich sources of our ancestors was written about theoretical aspects of theformaion of legal culture.

Текст научной работы на тему «HUQUQIY MADANIYATNI SHAKLLANTIRISHDA O‘RTA ASRLAR SHARQ MUTAFAKKIRLARI MA’NAVIY MEROSINING ROLI»

HUQUQIY MADANIYATNI SHAKLLANTIRISHDA O'RTA ASRLAR SHARQ MUTAFAKKIRLARI MA'NAVIY MEROSINING ROLI

Nodir Jo'rayevich Norov

Toshkent viloyati Chirchiq davlat pedagogika instituti

ANNOTATSIYA

Mazkur maqolada huquqiy madaniyat haqida O'rta Asrlar sharq mutafakkirlarining fikrlari o'rin olgan. Huquqiy madaniyatini shakllantirishning nazariy jihatlarini ilmiy o'rganish maqsadida ajdodlarimizdan qolgan boy yozma manbalarga murojaat qilingan.

Kalit so'zlar: huquqiy madaniyat, madaniy meros, axloqiy fazilatlar, ta'lim-tarbiya, ma'naviyat, ma'rifat, qonun.

ABSTRACT

The article deals with the views of Medieval Eastern thinkers on legal culture. In this article were used the rich sources of our ancestors was written about theoretical aspects of theformaion of legal culture.

Key words: legal culture, cultural heritage, moral qualities, education, spirituality, englightenment, law

Har bir yosh avlod jamiyatning siyosiy, huquqiy, axloqiy madaniyatini egallaganda, o'zidan avvalgi avlodlarning ijtimoiy-siyosiy tajribalariga tayanadi va ularni o'z ongidan o'tkazadi, yaxshilarini olib, faoliyatida tadbiq qiladi, bu bilan o'zining madaniyatini yuksaltiradi. Yoshlarda huquqiy, siyosiy axloqiy madaniyatni qaror toptirishda avvalo ularning dunyoqarashlarida, tafakkurida umuminsoniy qadriyatlar, milliy qadriyatlar bilan uyg'unlikda milliy istiqlol mafkurasi ham singishi lozim. Ana shu dunyoqarash shakllangandan so'ng uni himoya qilishga qodir huquqiy, siyosiy, axloqiy madaniyat shakllanishiga shart-sharoitlar yaratish zaruriyati tug'iladi. Bizga ma'lumki O'zbekiston Respublikasi Birinchi Prezidenti I.A.Karimov «Biz mutafakkirlarimizning qutlug' merosidan butun xalqimiz, jumladan, yoshlarimizning ham bahramand bo'lishiga, ularning ma'naviy muhitda kamol topishiga, islom dinining insonparvarlik falsafasi, buyuk g'oyalari yosh avlod yuragidan ham joy olishiga sharoit yaratmoqdamiz. Boshqacha aytganda, biz farzandlarimizni dunyoviy bilimlar bilan bir qatorda Imom Buxoriy to'plagan hadislar, Naqshbandiy ta'limoti, Termiziy o'gitlari, Yassaviy hikmatlari asosida tarbiya qilmoqdamiz», - deb ta'kidlangan edi[1].

Bugungi kunda yoshlarning huquqiy madaniyati masalasini va uning yozma tarixiy an'analarini tiklash muhim ahamiyat kasb etmoqda. Shu bois talaba-yoshlar huquqiy madaniyatini shakllantirishning nazariy jihatlarini ilmiy

o'rganish ajdodlarimizdan qolgan boy yozma manbalarga murojaat qilishni taqozo qiladi.

Ma'lumki, X-XV asrlarda Yaqin va O'rta Sharq, Markaziy Osiyo va Eron mintaqalarida Arab xalifaligining siyosiy ahamiyati zaiflashuvi jarayonida birin-ketin Buvayxiylar, Somoniylar, G'aznaviylar, Saljuqiylar, keyinroq, Temuriylarning mustaqil va qudratli davlatlari vujudga keldi. Bag'dod, Qohira va Damashq bilan bir qatorda Buxoro, Samarqand, Hirot, Isfaxon, Sheroz shaharlari fiqh va madaniyat markazlariga aylandi. Bu davrda xalqlarning o'z davlatchilik tarixiga qiziqishi, o'z milliy davlatchilik an'analarini tiklashga intilishi kuchaydi.

Masalan, Bolasog'unlik Yusuf Xos Hojib, Mahmud Qoshg'ariy, Ahmad Yugnakiy, Ahmad Yassaviy, Yusuf Xorazmiy kabi shoir, mutafakkirlar turkiy tilda ijod qilib, ularda o'z xalqlarining milliy davlatchilik an'analarini, fiqh an'analarini, axloqiy, ma'naviy merosini tiklashga intildilar. XIV asrning ikkinchi yarmida mo'g'ullar istilosiga qarshi ozodlik harakati natijasida buyuk sohibqiron Amir Temur davlatining vujudga kelishi bilan Markaziy Osiyoda ilm-fan, madaniyat, adabiyot, me'morchilik va qurilishda katta yuksalish yuz berdi. Amir Temur va Temuriylar davri huquqiy madaniyati fiqhning ahamiyatga molik yutuqlarini yaratdi. XV asrda milliy davlatchilik, adolat, hukmdor va fuqaro huquqiy munosabatlarining badiiy talqini Alisher Navoiy ijodida o'z kamoliga yetdi. Sharq mamlakatlarida vujudga kelgan ijtimoiy-huquqiy tafakkurda davlatchilik g'oyalarining keng tarqalishiga zamin yaratdi. Fuqaro huquqiy tafakkurida eng ezgu orzu-umidlar, tenglik, birodarlik, adolatli podshoh ideali, baxt-saodatga eltuvchi mukammal davlat to'g'risidagi ta'limotlar o'zining nafaqat falsafiy, balki huquqiy ifodasini ham topdi. Bu davrdagi huquqiy hurfikrlilik asosida davlat va jamiyatga yangicha qarash shakllandi, davlat, jamiyat va har bir fuqaroning huquq va burchlari yangicha talqin etila boshlandi. Ayniqsa, davlatning eng yaxshi tuzumlari, davlat qurilishining eng yaxshi shakllarini izlashda O'rta asrlardagi podshohning ilohiy irodasi haqidagi umumiy gaplar o'rniga tenglik va adolatga asoslangan barkamol davlat tuzumi ideali mutafakkirlarga ilhom berar edi. Shu munosabat bilan huquqiy, ma 'naviy-axloqiy va siyosiy falsafaga e'tibor kuchaydi. Xuddi shu ehtiyojlardan kelib chiqib, sharq mutafakkirlari Aflotun va Arastu asarlarini - «Davlat», «Qonunlar», kabi asarlarni tarjima qilish va sharhlashga kirishdilar. Ibn Sinoning fikriga ko'ra —kishilar o'rtasidagi o'zaro hamkorlikni to'g'ri yo'lga qo'yish uchun ham qonunlarga ehtiyoj sezilar ekan, ularni qabul qilishi lozimll[2] .

Qonunlarni xalqqa yetkazish va ijro etish uchun esa, avvalo, xalq bu qonunlarga ishonish kerak. Ibn Sinoning eng yirik asarlaridan biri «Ash-Shifo» inson va jamiyatni ma'naviy poklash, ijtimoiy-huquqiy illatlarni qanday davolash muammolariga bag'ishlangan. Sharq Uyg'onish davri mutafakkirlarining insonlar ahil yashaydigan jamiyat qurish, ijtimoiy illatlarni yo'qotishga intilishlar ularning gumanistik ruhidan -insonga mehr- muhabbatidan, insonlarning baxt-saodatga erishish muammolarini hal

etishga urinishlari bu mutafakkirlarning barcha uchun bir xil amal qiluvchi adolatli qonunlar haqidagi kambag'al - dehqonlarning orzu-armonlarini aks ettirdi. Allomaning boshqa asarlari ham rus va o'zbek tillariga tarjima qilingan[3] «Kitob al ahl al-madinat al-fozila» (Fozil shahar odamlarining qarashlari haqida risola) asarida Farobiyning ijtimoiy-siyosiy g'oyalari, davlat tuzilish va komil inson xususida qarashlari batafsil bayon qilingan. Uning fikricha, insonning bu olamga kelishi va yashashidan maqsad -baxt-saodatga erishishdan iboratdir. Fozil jamoa o'zining huquqiy mukammalligi, yashash qonuniyatlari bo'yicha koinotga qiyos qilinadi: koinotaro turli hodisalar va narsalar o'rtasida uyg'unlik, hamjihatlik va hamkorlik Sababi Avval (Xudo) faoliyatining natijasi ekan, xuddi shuningdek, jamiyatda ham turli toifalar o'rtasidagi hamjihatlik va mutanosiblikka Birinchi imom - hukmdor faoliyati, namunali ishlari tufayli erishiladi. Mukammal jamiyatda har bir tabaqa, yaxlit sotsial organizmning ajralmas qismi sifatida, o'zining muayyan funksiyalariga ega bo'lib, shu vazifalarni bajarish bo'yicha ixtisoslashgandir. Bularning ichida eng mukammal shaxs, davlatni idora qiluvchi Birinchi rahbar hisoblanadi. U jamiyatdagi boshqa toifalarning mavjudligi va yashashlarining sababchisi, ularning to'g'ri tashkil etilishi, o'zaro uyg'unligi va tartibga solinishining ham sababchisidir[4], deydi Farobiy.

Farobiy yoshlarni tarbiyalash muammosi haqida gapirar ekan, ularni nazorat qilish va saqlash muammosini ham ko'taradi. Ushbu vazifalar nafaqat pedagogikada, balki huquqni muhofaza qilish faoliyatida ham zarur. Yoshlar bilan ishlash murakkab, lekin ular nazorat qilinmas ekan, yomon fe'l-atvor shaharni tanazzulga olib keladi. Hukmdor odamlarning va jamiyatning ruhiy holatini shu darajada o'rganmog'i lozimki, «unga nafsning qanday holatida odamlar fazilatli ishlarni qila olishi, shahar ahlining kamchiliklari va illatlarini qanday bartaraf etilishi, qanday san'at yo'llari bilan shahar ahli qalblarida yaxshi fazilatlarni shakllantirish mumkin ekanligi hamda bu fazilatlarni qanday vositalar yordami bilan saqlab qolish mumkinligi ayon bo'lishi kerak»[5]. Axloqiy fazilatlar va illatlar (huquqbuzarlik) odamlarning kundalik turmushida ko'p takrorlangan xatti-harakatlari natijasida shakllanadi. Yaxshi harakatlar oqibatida fazilatlar paydo bo'ladi, yomon ishlar - turli axloqiy illatlarni keltirib chiqaradi: «Odam bolasi onadan fazilat yoki razolat sohibi bo'lib tug'ilmaydi, xuddi shuningdek, odam to'quvchi va yozuvchi (kotib) bo'lib olamga kelmaydi. Lekin odam tug'ma ravishda (tabiatan) fazilat yoki razolat bilan bog'liq holatiga moyil bo'lishi mumkin. Mana shu holatdan kelib chiqqan holda odam fazilatli yoki illatli harakatlarga moyil bo'ladi. Lekin uning qaysi yo'nalishda borishi tarbiyaga bog'liqdir» [6].

Demak, potensial jihatdan har bir odamda fazilat yoki razolatga moyillik mavjud. Ammo tarbiya natijasida undagi fazilatli sifatlarni rivojlantirish, kamol toptirish mumkin, yoki, aksincha, uning tabiatidagi salbiy sifatlar (razolat) bir tomonlama ustunlik qilishi mumkin. Shu boisdan hamma odamlar bir xil darajada komilikka erisha olmaydi: fazilatga moyil odamlar tarbiya natijasida tobora kamol topadi, razolatga

moyil kishilarning esa kamol topishi va ma'naviy yuksalishi ancha sust bo'ladi. Yusuf Xos Hojibning mashhur asari «Qutadg'u bilig» («Bilimlar bulog'i», «Baxt-saodat keltiruvchi bilim») uning barcha asarlari orasida muhim ahamiyat kasb etdi. Bu asar o'sha zamon turkiy tilida (uyg'ur tilida) juda mohirlik bilan yozilgan bo'lib, nafaqat falsafiy, balki noyob huquqiy yozma manba hamdir. Asar mazmunida davlatni idora qilish, huquqiy ongli jamoa qurish vositalari qanday bo'lishi kerak, mansab sohiblarining jamiyat (davlat) manfaatlariga munosabati qay tartibda bo'lishi kerak, degan muammolarga alohida e'tibor berilgan[7].

«Qutadg'u bilig»da huquqiy ta'lim-tarbiya, ma'rifat, turli ijtimoiy tabaqalar va kishilar o'rtasidagi huquqiy munosabatlar, davlatni boshqarish xususida bahs qilinadi. «Qutadg'u bilig» asarining bir muhim xususiyati shundaki, unda ko'pgina huquqiy istilohlar, masalan, davlatchilik, davlatni idora qilish, ma'muriyat, ichki va tashqi siyosat, amal va mansab, amaldor shaxslar va boshqa qator masalalarga oid sof turkiy terminlar uchraydi. Bu istilohlar Qoraxoniylar saltanati va davri huquqiy tizimini o'rganishimiz uchun benihoya qimmatli ahamiyatga egadir. O'zbek xalqining huquqiy madaniyati tarixida xotin-qizlar huquqi alohida e'tiborga sazovor. «...O'rta Osiyo xalqlarining urug'chilik-qabilaviy hayoti sharoitida ayollar asosan yuqori martabalarni egallab, juda hurmat-izzatda bo'lganlar. Qadimiy zamonlardagi O'rta Osiyo xalqlarining adabiy yodgorliklari, xalq og'zaki ijodi etnograf M.O.Kosvenning «Matriarxat» asarida, shveytsariyalik olim I.Ya.Baxofen «Onalik huquqi» kitobida, ingliz tadqiqotchisi R.Briffolt uch tomlik «Onalar» asarida ilgari surgan ko'pgina odilona g'oyalarni tasdiqlaydiki, bu g'oyalar ibtidoiy madaniyatning (olovni o'zlashtirish, hayvonlarni qo'lga o'rgatish, o'simliklarni parvarish qilish, turar joy bunyod etish, kiyim-kechak, poyabzal, sopol idishlar va hokazolar yasash) asoschilari sifatida ayollarning jamiyatda kattagina rol o'ynaganliklari haqidadir. O'zbek huquqiy madaniyatining tarixiy ildizlari Markaziy Osiyo mintaqasida shakllangan amaliy davlatchilik an'analariga, xususan Sohibqiron Amir Temur zamonasiga borib taqaladi. U o'z «Tuzuk»larida qayd etganidek, davlatni dini islom, to'ra va tuzuk asosida mustahkamladi. Sohibqironning o'zi qonunlarga qat'iy rioya qilgan holda ahli musulmonlarni gunoh ishlardan qaytarib, yaxshi va savob ishlarga undagan. Musulmonlarga tavsif, hadis, fiqhdan dars bersinlar, deb shaharlarga fiqh olimlarini va mudarrislarni muntazam yuborib turgan. Milliy davlatchiligimizda oqil podshohlarimiz davlatni adolatli, qonun-qoidalar chegarasida boshqarganlar. Bu xususda jahongir Amir Temur yozadi: «... Saltanatim martabasini qonun-qoidalar asosida shunday saqladimki, saltanatim ishlariga aralashib, ziyon yetkazishga hech bir kimsaning qurbi yetmasdi». Bizning davrimizda o'sha qonun-qoidalar tuzuklarga birlashib, mukammallashib, qonunlarda jamlangan. Qaysi mamlakatda qabul qilingan qonun-qoidalarga hamma baravar amal qilsagina, saltanat mustahkam bo'ladi, xalq farovonligi oshadi, u haq-huquqidan to'la foydalanishga erishadi. Shu qonun kuchiga ega bo'lgan vazifalar

allaqachon amalda qo'llanila boshlandi. Bu qonun oldida barcha teng javob beradi. Agar qonun amalda tatbiq etilmasa, u xalq oldida hech qanday obro '-e'tiborga ega bo'lmaydi. Qonun hamma uchun teng bo'lsa, u ma'naviy, tarbiyaviy kuch-qudratga ega bo'ladi.

REFERENCES

1. A.Karimov. Olloh qalbimizda, yuragimizda.-T:. O'zbekiston. 2000.12-B.

2. Sagadeev A.V. Ibn-Sino(Avitsena).-M.:Misl,1984.-S.201.

3. Abu Nasr Forobiy. Fozil odamlar shahri. -T.:, A. Qodiriy nomidagi xalq merosi nashriyoti. 1993;

4. Forobiy. Fozil odamlar shahri. -T:. «Xalq merosi» nashriyoti, 1993.

5. Farabiy. O'sha asar, 174-B.

6. Фараби. Социально-этические трактати. Алма-ата, 1975, 180-С.

7. Yusuf Xos Hojib. Qutadg'u bilig. -T.:, «Fan» 1971. 24-25-B.

8. Abdullayeva S.S. Jamiyat huquqiy madaniyatini shakllantirishda sharq mutafakkirlari ma'naviy merosining roli. Ilmiy axborotnoma falsafa. 2017-yil

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.