Научная статья на тему 'SIYOSIY MADANIYAT VA QORAQALPOG‘ISTON SIYOSIY INSTITUTLARI RIVOJLANISH ISTIQBOLLARI'

SIYOSIY MADANIYAT VA QORAQALPOG‘ISTON SIYOSIY INSTITUTLARI RIVOJLANISH ISTIQBOLLARI Текст научной статьи по специальности «Политологические науки»

CC BY
663
53
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
Siyosiy madaniyat / siyosiy institutlar / ijtimoiy tashkilot / zamonaviy jamiyat / siyosiy maqsadlar / siyosiy mafkura / demokratlashtirish / modernizatsiyalash / huquqiy davlat / fuqarolik jamiyati / Political culture / political institutions / social organization / modern society / political goals / political ideology / democratization / modernization / rule of law / civil society.

Аннотация научной статьи по политологическим наукам, автор научной работы — Kojageldiyev, A.U., Uzakbayev, Y.A.

Maqolada siyosiy madaniyatning zamonaviy muammolari, demokratiyani rivojlantirish, jamiyat siyosiy hayotini modernizatsiyalashdagi o‘rni, Qoraqalpog‘istonda siyosiy madaniyatni rivojlantirish amaliyotiga doir yondashuvlar tahlil etiladi. Siyosiy madaniyatning siyosiy institutlar faoliyatidagi jamiyat taraqqiyotini ta’minlovchi jihatlariga e’tibor qaratiladi. Shuningdek, ijtimoiy-siyosiy harakatlardagi strategik maqsad va vazifalarda ifodalanishiga, inson huquqlari va erkinliklarini himoya qilish uchun me’yoriy-huquqiy asos sifatida baho beriladi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

POLITICAL CULTURE AND KARAKALPAKSTAN POLITICAL INSTITUTIONS PROSPECTS FOR DEVELOPMENT

The article analyzes the current problems of political culture, the development of democracy, its role in modernizing the political life of society, approaches to the development of political culture in Karakalpakstan. Emphasis is placed on the aspects of political culture in the activities of political institutions that ensure the development of society. It is also assessed as a regulatory framework for the protection of human rights and freedoms, as expressed in the strategic goals and objectives of socio-political movements.

Текст научной работы на тему «SIYOSIY MADANIYAT VA QORAQALPOG‘ISTON SIYOSIY INSTITUTLARI RIVOJLANISH ISTIQBOLLARI»

Scientific Journal Impact Factor

SIYOSIY MADANIYAT VA QORAQALPOG'ISTON SIYOSIY INSTITUTLARI RIVOJLANISH ISTIQBOLLARI

Kojageldiyev A.U. s.f.d. dotsent, Uzakbayev Y.A.

Berdaq nomidagi Qoraqalpoq davlat universiteti

Maqolada siyosiy madaniyatning zamonaviy muammolari, demokratiyani rivojlantirish, jamiyat siyosiy hayotini modernizatsiyalashdagi o 'rni, Qoraqalpog'istonda siyosiy madaniyatni rivojlantirish amaliyotiga doir yondashuvlar tahlil etiladi. Siyosiy madaniyatning siyosiy institutlar faoliyatidagi jamiyat taraqqiyotini ta'minlovchi jihatlariga e'tibor qaratiladi. Shuningdek, ijtimoiy-siyosiy harakatlardagi strategik maqsad va vazifalarda ifodalanishiga, inson huquqlari va erkinliklarini himoya qilish uchun me'yoriy-huquqiy asos sifatida baho beriladi.

Kalit so'zlar: Siyosiy madaniyat, siyosiy institutlar, ijtimoiy tashkilot, zamonaviy jamiyat, siyosiy maqsadlar, siyosiy mafkura, demokratlashtirish, modernizatsiyalash, huquqiy davlat, fuqarolik jamiyati.

В статье анализируются актуальные проблемы политической культуры, развития демократии, ее роль в модернизации политической жизни общества, подходы к практике развития политической культуры в Каракалпакстане. Акцент делается на аспекты политической культуры в деятельности политических институтов, обеспечивающих развитие общества. Он также оценивается как нормативно-правовая база для защиты прав и свобод человека, что выражается в стратегических целях и задачах общественно-политических движений.

Ключевые слова: политическая культура, политические институты, социальная организация, современное общество, политические цели, политическая идеология, демократизация, модернизация, верховенство закона, гражданское общество.

The article analyzes the current problems of political culture, the development of democracy, its role in modernizing the political life of society, approaches to the development of political culture in Karakalpakstan.

ANNOTATSIYA

АННОТАЦИЯ

ABSTRACT

Emphasis is placed on the aspects of political culture in the activities of political institutions that ensure the development of society. It is also assessed as a regulatory framework for the protection of human rights and freedoms, as expressed in the strategic goals and objectives of socio-political movements.

Keywords: Political culture, political institutions, social organization, modern society, political goals, political ideology, democratization, modernization, rule of law, civil society.

KIRISH

O'zbekiston va Qoraqalpog'iston xalqlari siyosiy madaniyatining tarixiy-falsafiy va huquqiy jihatlari ancha keng o'rganilgan va bu borada ko'p sonli monografiyalar, kitoblar va broshyuralar nashr qilingan. Ammo siyosiy madaniyatning zamonaviy muammolari demokratiyani rivojlantirish, jamiyat siyosiy hayotini modernizatsiyalashdagi uning o'rni hanuzgacha tadqiqotchilar e'tiboridan chetda qolib kelmoqda.

Ilmiy adabiyotlarda siyosiy madaniyatning 50 dan ortiq ta'rifi mavjud. Ularni tahlil qilish va har bir yangi ta'rifni qayta ko'rib chiqish bizning vazifamizga kiradi. Biz olimlar tomonidan umumqabul qilingan «barcha vujudga keluvchi siyosiy institutlar, ularning ijtimoiy vazafalari, hokimiyat va shaxs, guruhlarning o'zaro hamkorlik shakllari jamiyatning mavjud siyosiy madaniyati bilan belgilanar edi» degan farazdan kelib chiqamiz. Shuning uchun siyosiy madaniyat «umumqabul qilingan hamda siyosiy tajribani tartibga solish va jamiyat barcha a'zolarning siyosiy xatti-harakatlarini boshqarish uchun xizmat qiladigan qadriyatlar, yo'l-yo'riqlar, e'tiqodlar, maqsadlar va ularni ifoda etuvchi timsollar majmuidan iboratdir. U o'zida nafaqat siyosiy ideallar, qadriyatlar, yo'l-yo'riqlarni, balki siyosiy hayotning amaldagi me'yorlarini ham birlashtiradi. Shu bilan siyosiy madaniyat va siyosiy xatti-harakat, hukumat, shaxs va jamiyatning o'zaro hamkorligi eng sodda namunalari va qoidalarini belgilaydi»1.

MUHOKAMA VA NATIJALAR

Siyosiy madaniyatni sub'ekti (agenti)ga ko'ra shaxs siyosiy madaniyati -dastlabki bosqich; guruh, institut siyosiy madaniyati - o'rta, korporativ bosqich; jamiyat, jamoa siyosiy madaniyati - ijtimoiy bosqichga bo'lish mumkin. Siyosiy madaniyatning ushbu bosqichlari doimiy o'zaro harakatda bo'lib, ular bir-birlarini to'ldira borib, jamiyatning siyosiy madaniyatini yaratadi. Shuning uchun shaxs, guruh va institutning siyosiy madaniyati ma'lum darajada jamiyat siyosiy

1Мухаев Р.Г. Политология. Учебник. -М.: «ПРИОР», 1997. -С. 260-261.

633

madaniyatining ifodasi va aksincha, jamiyat siyosiy madaniyati ma'lum darajada shaxs, guruh va institut siyosiy madaniyatining ifodasidir. Biroq, bu ular barcha narsada mos keladi degani emas, zinhor bunday emas, ba'zan bu bosqichlar bir-birini inkor etishi, hatto bir-biri bilan kurashishi mumkin. Faqat demokratik jamiyat siyosiy manfaatlarni nazardan qochirmagan holda uning ziddiyatlaridan siyosiy tizimning rivoji va demokratik qadriyatlarni mustahkamlashda foydalanishi mumkin. Siyosiy institutlar ham ijtimoiy tashkilot sifatida umumiy xususiyatlar, ham maxsus siyosiy tashkilot sifatida o'ziga xos jihatlarga ega3. Siyosiy institutlarning mazkur xususiyatlari jamlangan, umumiy ko'rinishda ularning siyosiy xatti-harakatlari, faoliyatlarida namoyon bo'ladi. Ushbu xatti-harakatlar va faoliyatlarni belgilovchi ideallar, me'yorlar, qadriyatlar va yo'l-yo'riqlar siyosiy institutlarning siyosiy madaniyatini tashkil etadi.

Zamonaviy jamiyat - siyosiylashgan jamiyatdir, chunki siyosat jamoa, shaxs va institutlar hayot faoliyatining barcha sohalariga singib ketgan. Siyosat barcha narsalarni o'z ichiga olgani bone jamiyatni birlashtiradi, uning yutuqlarini umumlashtiradi va ijtimoiy ahamiyatga maqsadlarga yo'naltiradi, kishilarning davlat ishlarini boshqarishdagi ishtirokiga imkon yaratadi4. Siyosat barcha narsalarni o'z ichiga olgani, jamoa hayot faoliyatining barcha sohalariga singib ketganligiga qaramay, faqat siyosiy institutlargina boshidan oxirigacha siyosat bilan yo'g'rilgan, siyosatlashgandir. Siyosiy madaniyat siyosiy institutlarning ushbu xususiyati bilan chambarchas bog'langan va ularni siyosiy maqsadlarga yo'naltiradi.

Siyosiy institutlar xatti-harakatlari, faoliyatlarining siyosatlashganligi ularning mohiyati, vazifasidan kelib chiqadi. Siyosiy institutlarning mohiyati ijtimoiy guruhlar, xalqga ularning o'z siyosiy- boshqaruv maqsad va vazifalarini amalga oshirish, hukumat organlari faoliyatiga ta'sir o'tkazish uchun kishilarning siyosiy faolligini tashkil etish xizmat qilishdir. «Tashkilotning vazifasi yoki mavjudlik sababi sifatida missiya uning faoliyatida doimiy tarzda, barcha kurinishlarda tashkilot hozirgi vaqtda qanday maqsadlarni ko'zlayotganidan qat'iy nazar, mavjud bo'laveradi. Siyosiy tashkilot missiyasi (vazifasi) jamiyatning siyosiy faoliyatni amalga oshirish va davlat hokimiyati hamda mahalliy o'zini o'zi boshqarish organlarini shakllantirishda ishtirok etish ehtiyojlarini amalga oshirishdir»1. Siyosiy madaniyat siyosiy institutlarning ushbu mohiyati va missiyasini uning real xatti-harakatlari, faoliyatlarida ifoda etadi.

Qoraqalpog'iston suveren davlati siyosiy madaniyati u amalga oshiradigan

3Каранг: Латфуллин Г.Р., Новичков Н.В. Политическая организация. -СПб.: Питер, 2007. -С. 38-45.

4Каранг: Теория политики. Учебное пособие. Под ред. Б.А.Исаева. -СПб.: Питер, 2008. -С. 29.

634

muayyan ijtimoiy-siyosiy harakatlardagi strategik maqsad va vazifalarda ifodalanadi. Masalan, Qoraqalpog'iston Respublikasi u inson huquqlari va davlat mustaqilligi tamoyillariga sadoqatli, demokratiya va ijtimoiy adolat g'oyalariga sodiq, o'z oldiga insonparvar demokratik huquqiy davlat qurish, fuqarolar tinchligi va milliy totuvlikni ta'minlash maqsadini qo'yadi, qoraqalpoq davlatchiligi taraqqiyotining tarixiy tajribasiga tayanadi va h.k. deb e'lon qilingan. Ushbu maqsad va vazifalarni amalga oshirish uchun Qoraqalpog'iston inson huquqlari va erkinliklarini himoya qilish uchun me'yoriy-huquqiy asos yaratildi. Hokimiyatni qonunchilik, ijroiya va sud hokimiyatiga taqsimlanishini, ko'ppartiyaviylik tizimini va nohukumat tashkilotlar faoliyatini qo'llab-quvvatlamoqda. Bularning barchasi Qoraqalpog'iston Respublikasining siyosiy madaniyati, demokratik islohotlarni davom ettirishga hozirligi, uning ijtimoiy adolat va insonparvarlik ideallariga sodiqligining namoyon bo'lishidir.

Davlat asosiy institut sifatida nafaqat siyosiy muhitdagi o'z xatti - harakati va faoliyatini shakllantiradi, u butun jamiyat siyosiy madaniyatini shakllantirish hamda qonunlar va umuminsoniy modellar me'yorlariga zid kelmaydigan siyosiy harakatlarni qo'llab-quvvatlash majburiyatini o'z zimmasiga oladi. Davlatning har bir hujjati u mo'ljallayotgan odimlar, fuqarolar bilan munosabati, boshqa davlaltlar bilan aloqalari - bu uning siyosiy madaniyati ifodasidir. Shuning uchun asosiy siyosiy institutning xatti-harakati boshqa siyosiy institutlar uchun ham, umuman jamiyat uchun ham izsiz ketmaydi.

Davlat uyushmagan tashkilot emas, uning siyosiy madaniyati va imidjini hokimiyat vakolatiga ega bo'lganlar, amaldorlar, yetakchilar shakllantiradi. Agar siyosat kishilar, ularning hukumat organlari bilan o'zaro hamkorligini boshqarish ekanidan kelib chiqadigan bo'lsak, u jamoa irodasi va ongli ravishda ijtimoiy manfaatni ifoda etuvchi obro'li, tashkilotchi bo'lishini taqozo qiladi. Bunday asos sifatida siyosiy yetakchi, ham asosiy arboblar, ham siyosiy institutlar yuzaga chiqishi mumkin5. Shuning uchun yetakchining siyosiy madaniyati, ijtimoiy-siyosiy sifatlari siyosiy institutning ijobiy qiyofasini shakllantirish uchun ulkan ahamiyatga ega. Afsuski, siyosatshunoslikda siyosiy madaniyatni uning ijtimoiy-siyosiy hayotdagi, davlat va jamiyatni boshqarishdagi o'rni va ahamiyati haqida aniq tushuncha shakllanmagan. Aftidan, davlat xizmatchilari, jamoalar rahbarlari siyosiy yetakchilarning ijtimoiy-siyosiy modeli-tasviri va siyosiy institutlar faoliyatining mezonlarini ishlab chiqish zarurga o'xshaydiki, bu ularning rivojlanish istiqbollarini belgilashga imkon yaratadi.

5 Карает: Теория политики. Учебное пособие. Под ред. Б.А.Исаева. -СПб.: Питер, 2008. -С. 99.

635

Siyosiy maqsadlar, ideallar, qadriyatlar va yo'l-yo'riqlar mafkura yoki siyosiy mafkurada o'z ifodasini topadi. Siyosat va siyosiy institutlarning mafkuralashganligi ularning tabiiy holatidir. Ijtimoiy-siyosiy g'oyalardan iborat siyosiy mafkura muayyan ijtimoiy guruh, qatlam, sinf, millat, etnik yoki boshqa jamoalarning o'zligini anglashida nazariy shakllangan ifodadir. Siyosiy mafkura ularning siyosiy manfaatlarini nazariy jihatdan himoya qilish mexanizmini ham belgilaydi, siyosiy faoliyatning intellektual va ma'naviy asosini o'zida namoyon etadi6. Siyosiy mafkuraning quyidagi bosqichlari ajratib kursatilgan: nazariy- konseptual, unda muayyan qatlam, sinf, millat yoki davlat manfaatlari va ideallaridan kelib chiqadigan o'ziga xos dunyoqarashni ochib beruvchi nazariy modelning eng muhim qoidalari shakllantiriladi; dasturiy-siyosiy, unda maqsadlar, tamoyillar va ideallar siyosiy elitaning dasturiy shiorlari va talablariga aylantiriladi hamda boshqaruv qarorlarini qabul qilish va aholi siyosiy xatti-harakatlarini maqsadga yo'naltirish asosini shakllantiradi; dolzarblashgan, unda fuqarolar tomonidan ushbu mafkura maqsad va tamoyillarini o'zlashtirganlik darajasini tavsiflanadi, bu esa ularning siyosiy hayotdagi ishtirokida aks etadi7. Bu bosqichlar, mohiyatiga ko'ra, siyosiy madaniyatning nazariy-uslubiy asosini ham tashkil etadi, uni muayyan siyosiy vazifani bajarishga yo'naltiradi. Masalan, siyosiy mafkuraning nazariy-konseptual bosqichi siyosiy harakatlar konsepsiyasini ishlab chiqa borib, unga maqsadga yo'naltirilganlik baxsh etadi, nazariy modellar, mafkuraviy yo'l-yo'riqlarni asoslab beradi. Shunday qilib, nazariy-konseptual bosqich va uning amaliy ijrosi siyosiy madaniyat ifodasi sifatida yuzaga chiqadi.

G'oya, mafkura ijtimoiy-madaniy hodisadir, chunki ular kishilar, ijtimoiy-guruhlarning manfaatlari, maqsadlari, an'analari va etnomadaniy xususiyatlari, fikrlash tarzini ifodalaydi. V.V. Ilin g'oyalar yoki mafkuralar xalq ruhida gavdalanadi, deb ta'kidlaydi8. Shuning uchun davlat, ijtimoiy jamoa, xalq yoki millat g'oya, mafkurasiz yashay olmaydi, bu o'z-o'zidan ma'lum haqiqat. Mafkura u yoki bu g'oyalar, maqsadlar, me'yorlarni mafkuraviy sifatida mustahkamlaydi, ularni u yoki bu tarzda kishilar ongiga singdirishga intiladi. Prezident Sh. Mirziyoev ta'kidlaganidek, «Oldimizga qo'ygan ulkan vazifalarni amalga oshirishda, biz uchun kuch - qudrat manbai bo'ladigan milliy g'oyani rivojlantirishimiz zarur»9. - degan edi.

6Политология. Курс лекций. -М.: «Зеркало», 1999. -С. 142.

7 Уша ер да. - С. 142

8Ильин В.В. Политология. Учебник. -М.: Книжный дом «Университет», 1999. -С. 339.

9Мирзиёев Ш.М. Оллий Мажлисга Мурожаатномаси. Х,алк; сози. 2018 - йил 28 -декабр.

636

Scientific Journal Impact Factor

Siyosiy institutlar o'z goyalari yoki mafkuralarini ishlab chiqadilar, biroq ular jamoa manfaatlariga, ijtimoiy taraqqiyotga zid kelmasligi lozim. Jamoaning har bir a'zosi, har bir siyosiy institut «mafkuraviymuhit» va «goyalarning erkin bozori»ni erkin yaratuvchisi hisoblanadi10, biroq shu bilan birga jamiyatsiz, uning manfaatlari va ehtiyojlari, ideallari va axloqiy qadriyatlarini hisobga olmay yashay olmaydi. Agar ran asosiy siyosiy institut - davlat to'grisida borayotgan bo'lsa, u, o'z mohiyatiga ko'ra, doimo kishilar, jamoalarni hokimiyat va vatan atrofida jamlash goyasi tarafdori bo'lgan.

Qoraqalpogiston Respublikasida 80 dan ortiq xalqlar, elatlar va etnik jamoalar istiqomat qiladi, biroq shu bilan birga milliy istiqlol goyasi umummilliy xususat kasb etmoqda. Ushbu mafkuraning harakatlantiruvchi kuchi O'zbekistondagi tub millat o'zbek xalqidir. Aynan u o'z atrofiga boshqa elatlar, xalqlarni birlashtirib, ularni hamkorlikka, fuqarolik jamiyatini shakllantirishda o'zaro qo'llab-quvvatlash va ishtirok etishga da'vat qilmoqda.

Bugungi kunda milliy-demokratik institutlar, o'z maqsad va vazifalariga ko'ra, bunyodkor, yaratuvchan va hayotsevardir. Shuning uchun milliy-demokratik institutlar o'zida ijobiy siyosiy-madaniy g'oyalar va qadriyatlarni ifoda etadi.

Madaniyat, o'z mohiyatiga ko'ra, demokratik hodisadir. Siyosatshunoslikka oid adabiyotlarda demokratiya va madaniyatga dialektik jihatdan o'zaro bog'liq hodisalar sifatida qaraladi, agar bu farazdan kelib chiqilsa, siyosat va madaniyat ham dialektik birlikda bo'lib, jamoaning siyosiy madaniyat darajasi, uning hozirgi zamon modernizatsiya da'vatlariga moslashuvchanligini aks ettiradi.

Siyosiy institutlarning demokratlashganligi nafaqat ularning demokratik tamoyillar va ideallarga sodiqligida, balki ularning o'zgaruvchan ehtiyojlar, global taraqqiyot da'vatlariga moslashuvchanligida ifodalanadi. O'zR Prezidenti Sh.Mirziyoyev «Davlatlarimiz geografik jihatdan bir - biridan uzoq masofada bo'lsa ham, mehnatsevarlik, bag'rikenglik va vatanparvarlik singari qadriyatlar halqlarimizni birlashtirib turadi»11. Shuning uchun siyosiy madaniyat faqatgina siyosiy institutlarning demokratiya ideallariga sodiqligida ifodalanib qolmaydi, balki ular o'zgarib borayotgan olam bilan moslashib borishi, modernizatsiyalanishi, uning yangi siyosiy-madaniy paradigmalarini o'zlashtirishi va qo'llashi lozim. Hozirgi kunning bunday siyosiy-madaniy paradigmalaridan biri «ochiq fuqarolik jamiyati» va «demokratik huquqiy davlat» goyasidir. Garchi ushbu g'oyaning manbalari antik

10 Каранг: Жумаев Р.З. Политическая система Республики Узбекистан: становление и развитие. - Т.: «Фан»,

11Мирзиёев Ш. Мутсакиллигимизнинг 28 - йиллигига багишланган тан - танали маросимдаги нущи. 2019 -йил.

Scientific Journal Impact Factor

davrga borib taqalsa ham, u nazariy-siyosiy konsepsiya sifatida yangi davrda ishlab chiqila boshlandi. Fan, texnika taraqqiyoti va ijod erkinligi siyosiy- madaniy hayotni modernizatsiyalashga imkon yaratdi, fuqarolik jamiyati va huquqiy davlat g'oyalari paydo bo'ldi. Xususan, u XX asrning 2-yarmidaommaviy, global ko'lamga ega bo'ldi. O'zbekistonning mustaqillikni qo'lga kiritishi fuqarolik jamiyati va huquqiy davlat g'oyasini qabul qilishga, ijtimoiy-siyosiy, iqtisodiy va ma'naviy-madaniy tizimni ularning talablari, ularning rivojlanish qonuniyatlariga qarab modernizatsiyalash imkoniyatini yaratdi. Shuning uchun Qoraqalpog'iston Respublikasi o'z taraqqiyot istiqbollarini fuqarolik jamiyati va huquqiy davlatni shakllantirish, yangi siyosiy-madaniy paradigmaga muvofiq ijtimoiy va siyosiy institutlarni modernizatsiyalash bilan bog'lamokda.

Demokratiya barcha dardlarga malham emas, u buztunchi kuchlar va qarashlarni vujudga keltirishi mumkin. Demokratiya faqat siyosiy madaniyat an'analariga tayanganda yaratuvchanlik-bunyodkorlik hodisasi, ijtimoiy- ijobiy qadriyatga aylanib, hozirgi zamon da'vatlariga mos ravishda rivojlanishiga imkon yaratadi. So'rovdan o'tganlar javoblaridan ma'lum bo'ldiki, 64% so'rovdan o'tganlar Qoraqalpog'istondagi siyosiy institutlar rivoji taraqqiyotini «ularning demokratik ideallarga sodiqligida», «ular tomonidan siyosiy-madaniy qadriyatlar qaror topganda», «ularning inson huquq va erkinliklarini himoya qilishiga salohiyatli ekanligida» ko'radilar.

Bugungi kunda jamiyatimiz uchun qabul qilinayotgan me'yoriy hujjatlar va qonunlar to'g'risida axborotga ega bo'lishni oshirish vazifasi dolzarb bo'lib, busiz huquqiy davlat va fuqarolarning siyosiy faolligini shakllantirib bo'lmaydi. Bir so'z bilan aytganda, huquqiy madaniyat siyosiy madaniyatning bir qismi sifatida aholi yoki institutning huquqiy bilimlari oshishiga sharoit yaratmoqda, ularga mamlakat siyosiy hayotida samarali ishtirok etishga imkon beradi. Aynan shu nuqtai nazardan qonunchilik va huquqiy madaniyatga biz siyosiy madaniyat va siyosiy institutlar taraqqiyoti shartlaridan biri sifatida qaraymiz. Bu sohadagi islohotlar asosan 2017 yildan jamiyatni isloh etishdagi, tub burilish davrning boshlanishi asnosida rivojlandi. Bunda davlat xokimiyati, boshqaruv tizimiga Prezident Sh.M. Mirziyoev tomonidan ilgari surulgan "Xalq davlat idoralariga emas, davlat idoralari xalqimizga xizmat qilish kerak" prinsipini qullash, shu asosda yangi fuqarolik jamiyatini shakllantirishga imkon yaratadigan, huquqiy asoslarning yaratilishi davlat organlarini modernizatsiyalashning boshlanishi muhim rol oynadi. Mamlakat ijtimoi - siyosiy xayotida «2017 - 2021 yillarda O'zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yunalishi bo'ycha "Harakatlar strategiyasi"ning qabul qilinishi va undagi

maqsad vazifalaming ruyobga chiqaboshlashi, jamiyat va davlat taraqiyotining tub burilishi davrini boshlab berdi». "Harakatlar stradegiyasi"ning birinchi yo'nalishi «davlat va jamiyat qurilishini takomillashtirishning ustuvor yo'nalishlari» belgilandi12:

- Davlat xokimiyati tizimida Olliy Majlisning rolini oshirish, uning mamlakat ichki va tashqi siyosatiga oid muhim vazifalarni hal etish hamda ijro xokimiyati faoliyati ustidan parlament nazoratini amalga oshirish bo'ycha vakolatlarini yanada kengaytirish;

- Qabul qilinayotgan qonunlarning amalga oshirilayotgan ijtimoiy - siyosiy, ijtimoiy - iqtisodiy va sud huquq islohotlar jarayoniga ta'sirini kuchaitirishga yo'naltirgan holda, qonun ijodkorligi sifatini tubdan oshirish.....;

- Davlat xokimiyativa boshqaruv organlari faoliyatining ochiqligini ta'minlash, jismoniy va yuridik shaxslarning huquq va erkinliklari hamda qonuniy manfaatlariga oid ahborotni taqdim qilishning zamonaviy shakllarini joriy etish.

O'shbu vazifalarni bajarish jamiyatning jahon ijtimoiy tafakurining yutuqlari va milliy madaniyat an'analari asosiga qurilishi, xalqning o'z kuchi va imkoniyatlariga bo'lgan ishonchiga tayanishi kerak. Bu yulda insonlarning tafakkurini o'zgartiradigan xalq manfaatlari va orzu istaklarini ruyobga chiqarishga yunaltirilgan siyosiy madaniyatni rivojlantirish muhim ahamiyatga ega. Qoraqalpog'iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyat va shahar hokimiyatlari, Respublika «Ma'naviyat va ma'rifat» markazi, Respublika «Mahalla» jamg'armasi va boshqa jamoat tashkilotlari oldiga huquqiy bilimlarni targ'ib qilish yuzasidan muayyan vazifalar qo'yildi. Qoraqalpog'istonda aholiga uzluksiz huquqiy bilim berish modeli yaratilgan bo'lib, u bosqichlarga bo'lingan: 1) oilada; 2) maktabgacha ta'lim muassasalarida; 3) umumiy ta'lim muassasalarida; 4) akademik litseylar va kasb-hunar kollejlarida; 5) oliy o'quv yurtlarida tashkillashtirilgan.

Huquqiy davlat fuqarolarning o'z huquq va burchlarini bilishi emas, balki ular dan foydalana olishi hamdir. Ijtimoiy-siyosiy sohada bu fuqarolarning nafaqat o'zlarining huquqiy me'yorlaridan kelib chiqqan holda hokimiyat organlari bilan ishlash mahoratigina emas, balki davlat apparati amaldorlaridan qonunlarga rioya etishni talab qila olish hamdir. Aynan shu yerda institutning huquqiy madaniyati va siyosiy madaniyati o'zaro kesishadi va ular birgalikda jamoaning ijtimoiy-siyosiy madaniyatiga aylanadi. Shuning uchun huquqiy madaniyat siyosiy tizim maqsad va vazifalaridan kelib chiqadi hamda uni mustahkamlashga xizmat qiladi va shu bilan

12Y3P npe3HgeHTHHHHr «Y36eKHcroH Pecny6^HKacHHH aHaga pHBO^aHrapnm 6ynHHa xapaKaraap cipaTernacH Tyrpncnga»™ OapMOHH. PacMHH Hamp. T - 2018 h. "Ago^aT". 4 - 8 66.

639

Scientific Journal Impact Factor

huquqiy me'yorlar mexanizmlari vositasida siyosiy institutlar rivojiga imkon yaratadi. Ta'kidlash kerakki, siyosiy institutlarning qonuniyligi, eng avvalo, huquqiy hujjat, huquqiy maqomdir, lekin u jamiyat, davlat siyosiy madaniyatining namoyon bo'lishi hamdir. Davlat doimo siyosiy institutlar xatti-harakatlariga ta'sir o'tkazishning hukmron omili bo'lib qoladi. Aksariyat huquqshunos olimlar tomonidan ko'p hollarda yo'lga qo'yiladigan ushbu holatni e'tibordan chetda qoldirish nafaqat ijtimoiy- siyosiy fanlar, balki umuman siyosat rolini susaytirishga olib keladi.

Siyosiy institutlar o'z faoliyatida, avvalambor, korporativ manfaatlardan kelib chiqadi. Shuning uchun har qanday tashkilot nafaqat o'z ichki tuzilmasi va ierarxik xususiyatga eta o'zaro harakatlari, balki korporativ maqsad va vazifalarga ham ega. Siyosiy institutlar, masalan, o'z dasturlari, harakat rejalariga eta bo'lib, bu ularni boshqa siyosiy tashkilotlardan farqlaydi. Siyosiy madaniyat siyosiy institutning korporativ manfaatlari, maqsadlari va vazifalarini ifodalab, ularga o'z vazifalarini amalga oshirishga imkon yaratadi, biroq boshqa tomondan, u shular bilangina cheklanib qolmaydi. Siyosiy istitutning siyosiy madaniyati - bu jamoa umumiy madaniyatining bir qismidir, u doimo jamiyat madaniyati bilan o'zaro harakat qilishga va o'zaro bir-birini to'ldirishga intiladi. Shu bois siyosiy institutlarning korporativligi ularning mustaqil faoliyat yuritishi uchun qanchalik muhim bo'lmasin, hamisha o'z umumiy manbaiga intiladi va faqat undagina o'zining jamiyatga foydaliligi va yaroqliligini topadi.

Masalan, Bu bizga aholiga NNT va siyosiy partiyalar faoliyati, ular o'rtasidagi tafovutlarni tushuntirish imkonini bermoqda. Ular bilan birgalikda qishloq tumanlariga uchrashuvlarga borib, partiyalar faoliyati monitoringini o'tkazdik, buning natijasida kishilarning saylovlarga munosabati to'g'risida ko'plab foydali ma'lumotlar to'plngan.

Bugungi kunda O'zbekistonda nodavlat notijorat tashkilotlarining samarali faoliyat ko'rsatishlari uchun qulay shart-sharoitlar yaratilmoqda. Natijada ularning soni yildan yilga o'sish bilan birga va faoliyat ko'rsatish sohalari kengayib bormoqda, masalan 1991 yilda respublikada 100 ga yaqin NNTlar mavjud bo'lgan bo'lsa, hozirga kelib ularning soni 9 478 tani tashkil etadi (2017 yil 1 iyul holatiga 8 801 ta).

Ushbu tashkilotlarning 6 561 tasi jamoat birlashmasi, 434 tasi muassasa, 488 tasi jamoat fondi va 1 995 tasi boshqa tashkiliy-huquqiy shaklda (shundan 1423 tasi suvdan foydalanish uyushmalari) tashkil etilgan. Qoraqalpog'istonda esa 3000 dan ziyod nodavlat notijorat tashkilotlari mavjud.

Shuningdek 2018 yilning 4 mayda qabul qilingan "Mamlakatni demokratik yangilash jarayonida fuqarolik jamiyati institutlarining rolini tubdan oshirish chora tadbirlari tug'risidagi PF - 5430 - son farmoniga muvoviq mamlakatni har tomonlama jadal rivojlanishida fuqarolik jamiyati institutlarining roli va ahamiyatini tubdan oshirish ularning davlat hokimiyati va boshqaruv organlari bilan hamkorligini kuchaytirish, shuningdek 2017 - 2021 yillarda O'zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yunalishi buycha Harakatlar strategiyasida belgilab berilgan vazifalarni bosqichma - bosqich amalga oshirish maqsadida O'zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Fuqarolik jamiyatini rivojlantirish buycha maslahat Kengashi tashkil etildi"13.

O'zbekistondagi eng mashhur va yirik nodavlat notijorat tashkilotlari deb O'zbekiston Respublikasi Kasaba uyushmalari fedaratsiyasi, , O'zbekiston yoshlar ittifoqi ,«Mahalla», «Sog'lom avlod uchun» xalqaro nohukumat xayriya jamg'armasi va Respublika ma'naviyat va ma'rifat markazini hisoblash mumkin.

Hozirgi vaqtda davlatdan tashqari, siyosiy institutlar o'z korporativ maqsadlarini amalga oshirishda faollik kursatmoqda. Shuning uchun ular o'z huquqlari va erkinliklarini huquqiy va nazariy jihatdan himoya qilish uchun, davlat bilan sheriklik asosida xamkorlik qilmoqda. Ilg'or mamlakatlar siyosiy institutlari tajribasi shuni ko'rsatmoqdaki, siyosiy institutlar o'z maqsadlarini anglab, ularni himoya qilishda faollik ko'rsatmas ekan, ular hech vaqt hokimiyat organlari faoliyatiga ta'sir o'tkaza olmaydilar, balki aksincha, vaqt o'tishi bilan ularning tuzilmasiga aylanib qoladilar va shu bilan NNT sifatidagi o'z ijtimoiy mohiyatini va mustaqilligini yo'qotadilar. Istiqbolda siyosiy institutlarning korporativ maqsadlari ularningvazifalari va harakat dasturlarini shakllantirish asosida ular harakatlantiruvchi kuchiga aylanishi lozim.

XULOSA

Siyosiy institutlarning faoliyati korporativ manfaatlarga qanchalik yo'naltirilgan bo'lmasin, u insonparvarlik va xayrixohlik tamoyillarini nazardan qochira olmaydi. Barcha islohotlar, siyosiy institutlar faoliyatining boshida inson manfaatlari, hozirgi zamon modernizatsiyalash da'vatlari turadi, mohiyatiga ko'ra, siyosat xayrixoh bo'lishi lozim. Siyosiy madaniyat ushbu tamoyillarni mustahkamlash, siyosiy institutlarga siyosiy muhitda xayrixoh faoliyat olib borishga ko'maklashishi lozim. «Ijtimoiy xayrixohlik, - deb yozadi falsafa fanlari doktori, professor U.M.Abilov, - bevosita insonga, uning ob'ektiv ehtiyojlariga va muayyan

13 https://lex.uz/

Scientific Journal Impact Factor

talablariga yo'naltirilgan holda yangilanib borayotgan iqtisodiyotda vujudga kelib, nafaqat bazis siljishlari, balki ustqurma xususiyatiga ega jarayonlar, jamiyat siyosiy va axloqiy tuzilmalaridagi o'zgarishlar bilan ta'minlanadi. Siyosiy vaziyat va jamiyatning axloqiy holati ijtimoiy hayot sohasi bo'lib, unda ijtimoiy xayrixohlik mustahkamlanish yoki to'xtab qolishga qo'shimcha rag'bat, balki hukumat tuzilmalari faoliyat ko'rsatishida, ijtimoiy faollik, demokratiyani rivojlantirish, siyosiy madaniyatni mustahkamlashni amalga oshirish shakllariga ham ega bo'ladi»14. Qoraqalpog'iston Respublikasi o'z strategik maqsadi — fuqarolik jamiyati va xayrixoh huquqiy davlatni shakllantirishni belgilab olganligiga qaramasdan, siyosiy institutlar bunga turlicha, ba'zan mos kelmaydigan javob qaytarishi mumkin. Shu asnoda, ular, tabiiiyki, o'zlarining jamiyatni rivojlantirish borasidagi siyosiy modellarini ilgari suradilar va siyosiy institutlar faoliyatini o'z siyosiy maqsadlariga yo'naltirishga intiladilar. Siyosiy-madaniyatshunoslik nuqtai nazaridan ularning ikkisi ham mavjud bo'lish huquqiga ega. Aynan shu yerda jamiyatning siyosiy madaniyati o'z so'zini aytishi va raqobatlashayotgan modellardan qaysi biri jamoa istiqboli uchun maqbul ekanini asoslab berishi lozim. Siyosiy institutlar faoliyatidagi insonparvarlik va xayrixohlikni e'lon qilish emas, balki ularning jamiyat siyosiy madaniyatiga mos kelishi, ijtimoiy ongni, yo'l-yo'riqlar va qadriyatlarni modernizatsiyalashga bo'lgan salohiyati siyosiy madaniyat rivojining mezonidir.

REFERENCES

1. Mirziyoev Sh. Mutsaqilligimizning 28 - yilligiga bag'ishlangan tan - tanali marosimdagi nutqi. 2019 - yil.

2. O'zR Prezidentining «O'zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo'yicha xarakatlar strategiyasi tug'risida»gi Farmoni. Rasmiy nashr. T - 2018 y. "Adolat". 4

3. Мирзиёев Ш.М. Оллий Мажлисга Мурожаатномаси. Х,алк сози. 2018 - йил 28 -декабр.

4. Мухаев Р.Г. Политология. Учебник. -М.: «ПРИОР», 1997. -С. 260-261.

5. Латфуллин Г.Р., Новичков Н.В. Политическая организация. -СПб.: Питер,

2007. -С. 38-45.

6. Теория политики. Учебное пособие. Под ред. Б.А.Исаева. -СПб.: Питер,

2008. -С. 29.

7. Теория политики. Учебное пособие. Под ред. Б.А.Исаева. -СПб.: Питер, 2008.

8 bb.

-С. 99.

14 Абилов У.М. Независимость и оптимизм. Проблемы взаимосвязи. - T.: «Фан», 1997. - С. 134

Scientific Journal Impact Factor

8. Политология. Курс лекций. -М.: «Зеркало», 1999. -С. 142.

9. Ильин В.В. Политология. Учебник. -М.: Книжный дом «Университет», 1999.

10. Жумаев Р.З. Политическая система Республики Узбекистан: становление и развитие. - Т.: «Фан».

11. Абилов У.М. Независимость и оптимизм. Проблемы взаимосвязи. -«Фан», 1997. - С. 134

12. https://lex.uz

-С. 339.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.