Научная статья на тему 'SHARQ RENNESANSINING VUJUDGA KELISHIDAGI IJTIMOIY OMILLAR'

SHARQ RENNESANSINING VUJUDGA KELISHIDAGI IJTIMOIY OMILLAR Текст научной статьи по специальности «Философия, этика, религиоведение»

CC BY
82
9
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
Sharq Rennesansi / Turkiy xalqlar / axloq / kоmil insоn / jamiyat / falsafa. / Eastern Renaissance / Turkic peoples / ethics / perfect man / society / philosophy.

Аннотация научной статьи по философии, этике, религиоведению, автор научной работы — Muhamedov, Asror

Maqolada Renessans atamasining lug‘aviy ma’nosi hamda uning ijtimoiy-falsafiy mazmun-mohiyatini yoritib o‘tmoqchimiz. Renessans – “Bu “tiklanish” degan maʼnoni anglatadigan fransuzcha soʻzdir. Renessans Yevropada XIV—XVI asrlarda boʻlib oʻtgan Uygʻonish davridir. Uygʻonish davridan oldingi oʻrta asrlarda hayotdagi koʻp narsalar rad etilgan. Uygʻonish davrida esa taʼlim jonlangan, savdo, sanʼat, musiqa, adabiyot va fan rivojlangan. Uygʻonish davri Yevropaning butun turmush tarzini oʻzgartirgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

SOCIAL FACTORS IN THE EMERGENCE OF THE EASTERN RENAISSANCE

In the article, we want to explain the dictionary meaning of the term Renaissance and its socio-philosophical content. Renaissance is a French word meaning “revival”. Renaissance is a period of renaissance in Europe in the 14th-16th centuries. In the Middle Ages before the Renaissance, many things in life were rejected. During the Renaissance, education revived, trade, art, music, literature and science developed. The Renaissance changed the whole way of life in Europe.

Текст научной работы на тему «SHARQ RENNESANSINING VUJUDGA KELISHIDAGI IJTIMOIY OMILLAR»

SHARQ RENNESANSINING VUJUDGA KELISHIDAGI IJTIMOIY

OMILLAR

d https://doi.org/10.5281/zenodo.12187291

Asror Muhamedov

Falasfa fanlari bo'yicha falsafa doktori, dotsent Ijtimoiy fanlar fakulteti dekani Alfraganus universiteti https://orcid.org/0009-0007-9499-5828

ANNOTATSIYA

Maqolada Renessans atamasining lug'aviy ma'nosi hamda uning ijtimoiy-falsafiy mazmun-mohiyatini yoritib o'tmoqchimiz. Renessans - "Bu "tiklanish" degan ma'noni anglatadigan fransuzcha so'zdir. Renessans Yevropada XIV—XVI asrlarda bo'lib o'tgan Uyg'onish davridir. Uyg'onish davridan oldingi o'rta asrlarda hayotdagi ko'p narsalar rad etilgan. Uyg'onish davrida esa ta'lim jonlangan, savdo, san 'at, musiqa, adabiyot va fan rivojlangan. Uyg 'onish davri Yevropaning butun turmush tarzini o 'zgartirgan.

Kalit so'zlar: Sharq Rennesansi, Turkiy xalqlar, axloq, komil inson, jamiyat, falsafa.

ANNOTATION

In the article, we want to explain the dictionary meaning of the term Renaissance and its socio-philosophical content. Renaissance is a French word meaning "revival". Renaissance is a period of renaissance in Europe in the 14th-16th centuries. In the Middle Ages before the Renaissance, many things in life were rejected. During the Renaissance, education revived, trade, art, music, literature and science developed. The Renaissance changed the whole way of life in Europe.

Key words: Eastern Renaissance, Turkic peoples, ethics, perfect man, society, philosophy.

"Bugungi kunda Yangi O'zbekistonda jadal ilgari surilayotgan Uchinchi Rennesans g'oyasi ko'p jihatlari bilan qadimdan davom etib kelaètgan milliy va ma'naviy qadriyatlarimizga taalluqlidir. Shuning uchun ham ana shu davrda olib borilgan Sharq renessansi davri allomalarining ilmiy-falsafiy merosini o'rganish borasidagi tadqiqotlarda asosan materializm ruhi ustuvorlik qilib, tarixiy haqiqatlar

buzib ko'rsatildi"1. Shu sabali ham, ota-bobolarimizning duny tamadduniga qo'shgan hissasini xolisona o'rganish, xalqimizning boy ma'naviy merosidan foydalanish maqsadida O'zbekistonda Uchinchi Renessans atamasi qo'llanila boshlandi. Bu borada Birinchi Prezidentimiz Islom Karimovning quyidagi fikrlari o'rinlidir: "Ajdodlarimiz tafakkuri va dahosi bilan yaratilgan eng qadimgi tosh yozuv va bitiklar, xalq og'zaki ijodi namunalaridan tortib, bugungi kunda kutubxonalarimiz xazinasida saqlanayotgan ming-minglab qo'lèzmalar, ularda mujassamlashgan tarix, adabiyot, san'at, siyosat, axloq, falsafa, tibbiyot, matematika, mineralogiya, kimyo, astronomiya, me'morchilik, dehqonchilik va boshqa sohalarga oid qimmatbaho asarlar bizning buyuk ma'naviy boyligimizdir"2. Shu o'rinda, Uchinchi Renessansga poydevor bo'lib xizmat qilgan Birinchi va Ikkinchi Uyg'onish davrlarigaham qisqacha to'xtalib o'tish joizki, zero busiz Uchinchi Renessansni ijtimoiy jihatdan tadqiqi etish jarayoni tugal bo'lmay qoladi.

Bu Yevropada yuz bergan Renessans tushunchasining ta'rifi. Ammo, bu tushuncha faqat Yevropaga taalluqli emas tarixiy ma'lumotlar va olib borilgan tadqiqotlardan ma'lumki, "Osiyo markazida joylashgan Movarounnahr, Xuroson va Eronda Italiyaga qaraganda bir necha asr oldin (9—12-asrlar) ulkan madaniy ko'tarilish yuz bergan, ilm-fan, falsafa, adabiyot kuchli rivojlanib, ilg'or insonparvarlik g'oyalari jamiyat fikrini band etgan, aqliy va ijodiy faollik gurkiragan. Bu davr dunyo ilmida "Musulmon Renessansi" (A. Mets) yoki "Sharq Uyg'onishi" (N. I. Konrad) nomi bilan atalib kelinmoqda. Sharq Uyg'onish davrida Yevropa Uyg'onish davrining asosiy belgilari mujassam: jo'shqin ijodiy faoliyat, ulkan bunyodkorlik ishlarining amalga oshirilgani, aqlni hayratga soluvchi bemisl asarlarning yaratilgani shundan dalolat beradi. Sharq Uyg'onish davri ham ulug' allomalar, qomusiy bilim sohiblari, mashhur mutafakkirlarni yetishtirdi"3.

Birinchi Uyg'onish davri O'rta Osiyoda IX-XI asrlarda ro'y bergan juda katta ijtimoiy, iqtisodiy, ma'naviy, ma'rifiy, diniy, madaniy jarayon hisoblanadi. Ushbu davr to'g'risida Davlatimiz Rahbari Sh.Mirziyoyev quyidagi fikrlarni bildiradi: "Insoniyat tarixi shundan dalolat beradiki, har qaysi xalq hayotidagi ma'naviy uyg'onish jarayonlari milliy o'zlikni anglashga olib keladi hamda mamlakatning iqtisodiy, madaniy taraqqiyotini yangi bosqichga ko'taradi. Bunday noyob hodisa "Renessans" - uyg'onish, qayta tiklanish, yuksalish deb atalishi barchamizga ayon"4. Uyg'onish davriga sabab bo'lgan omillar haqida to'xtalib o'tgan holda, dastlabki

1 F. F.YraeB (2022). АЖДОДЛАРИМИЗ ТАФАККУРИ ВА БУЮК ДА^ОСИ. Academic research in educational sciences, TMA Conference 3 (3), 412-415. 1-бет.

2 Каримов, И.А. Юксак маънавият-енгилмас куч. Тошкент, Маънавият нашриети, 2008 й. 176 б.

3 https ://uz.wikipedia. org/wiki/Uy g%CA%BBonish davri

4 Мирзиёев Ш. Янги Узбекистан демократик узгаришлар, кенг имкониятлар ва амалий ишлар мамлакатига айланмовда. - Тошкент: У^итувчи МУ МЧЖ, 2021 йил. - Б. 10.

sabab sifatida mutaxassislar tomonidan dinning o'rni va ahamiyati katta ekanligini ta'kidlaydilar. VIII asrdan boshlab, islom dini mamlakatimiz hududiga kirib kelgan bo'lsa, arab tili aholi orasidagi muloqot hamda madaniy taraqqiyot vositasiga aylandi. Abbosiylar hukmronligi davrida halifalik ulkan hududni o'ziga birlashtirgan, lekin xalqlarning milliy-ozodlik harakatlari natijasiga parchalanib ketgandi. Arablar tomonidan olib borilgan ijtimoiy siyosatamda xalq madaniy hayotiga olib kirilgan yangilik va o'zgarishlar natijasida arab tili Xitoydan Misrga qadar cho'zilgan ulkan hududlarda asosiy til sifatida hurmat qozondi.

Ikkinchi omil sifatida shuni ta'kidlash mumkinki, Bag'dodda "Bayt ul -hikma" tashkil etilib, unda juda ko'plab olimu-ulamolar, fozilu-fuzalolar ilm va ijod bilan shug'ullandilar. Antik davr olimlarining kitoblari arab tiliga tarjima qilindi. Halifalik hududidagi barcha asarlar arab tili va yozuvida yozila boshlandi. Ushbu omil Arab xalqlarida madaniyat, ilm-fanning bksalishi, ma'naviy-ma'rifiy yangilanish hodisasining yuz berishiga sabab bo'ldi. O'sha davr tarixchilaridan bioi bo'lgan Abu Mansur as-Salibiy xalifalik shaharlaridan biriga shunday ta'rif bergandi: "...shon-shuhrat makoni, saltanat ka'basi va zamonasining ilg'or kishilari jamlangan, yer yuzi adiblarining yulduzlari porlagan hamda o'z davrining fozillari yig'ilgan joy"5. Ushbu ta'rifdan ko'rinib turibdiki, shaharlar faqatgina savdo-sotiq markazlari sifatida emas, ilm-fan markazi sifatidashuhrat qozongandi. "Bu davrda Markaziy Osiyodan Xorazmiy va Farg'oniy, Ismoil al-Buxoriy va Termiziy, Abu Nasr Forobiy, Abu Ali ibn Sino, Abu Rayhon Beruniy, Ismoil Jurjoniy, Marg'inoniy, Zamaxshariy, Mahmud Qoshg'ariy kabi ulkan olimlar yetishib chiqdi. Ular o'z ijodlari, asarlari bilan o'z xalqlarini dunyoga mashhur qildilar"6.

Birinchi Renessansga sabab bo'lgan omillardan yana biri - bu mustaqil markazlashgan davlatlarning shakllanishidir. Yusuf Xos Hojibnig "Qutadg'u bilig" asari o'sha mamlakatlarning o'ziga xos ijtimoiy konstitutsiyasi bo'lib xizmat qilgandi. Negaki, Xitoyning sharqiy hudularidan tortib to Movarounnahrga qadar cho'zilgan o'ta katta hududdagi Qoraxoniylar davlati (995-1055 yy.) ijtimoiy-iqtisodiy, ma'naviy, ma'rifiy, madaniy masalalrini tartibga soluvchi, davlat rahbarlari, amaldorlari, shaxzodalariga dasturul-amal sifatida asqotgan ushbu asar ushbu davr uchun zaruriy ehtiyoj edi. Ushbu asar qariyb ming yillar avvalgi ijtimoiy-siyosiy voqea-hodisalar to'g'risida ma'lumot beradi va asosiysi, o'sha davr taomili, qadriyatlari, urf-odatlari haqida xulosa chiqarishimizga yordam beradi. Asardan ma'lum bo'ladiki, Qoraxoniylar sulolasining ham boshqa dinatsiyalar kabi markazlashgan kuchli davlat barpo etish orzu-istagi mavjud edi. Ushbu maqsadga

5 Aögy^aeB H. A6y MaHcyp ac-Ca^HÖHH - TomKeHr: Y36eKHCTOH, 1992. - E. 50.

6 https://ziyouz.uz/ilm-va-fan/tarix/manaviyat-yulduzlari/markaziy-osiyoda-ix-xx-asr-boshida-madaniyat-rivoji-

tarihidan/

erishtirish uchun esa harakat dasturini o'zida ifodalovchi asar zamirida "Qutadg'u bilig" asar yozilgan edi.

Tadqiqotchilardan biri Q.Karimov bu haqda shunday yozadi: "...davlatni idora qilish usuli, siyosati, qonun-qoidalari, shuningdek, xalqning rasmu odatlarini, axloq pritsiplarini o'zida mujassamlashtirgan nizomnoma, qomus sifatida "Qutadg'u bilig" yuzaga keldi"7. Qoraxoniylar davridagi ijtimoiy-siyosiy muhit "Qutadg'u bilig" asarining yozilishiga muhim omil bo'lib xizmat qilgan. "Mahmud Qoshg'ariyga zamondosh Yusuf xos Hojib (XI asr) ijodi ham o'ziga xos badiiy sayqali, yuksak mahorati bilan ajralib turadi. Adib nomini yurtlararo, xalqlararo mashhur qilgan narsa, bu uning "Qutadg'u bilig" ("Baxt va saodat eltuvchi bilim") asaridir. Ushbu kitob turkiy xalqlar, elatlar hayoti haqida yozilgan asar bo'lib, unda davrning juda ko'p o'ta muhim muammolari, axloq, odob va ma'rifat masalalari katta mahorat bilan yoritilgan. Bu kitobni chinliklar "Adabul muluk", mochinlar -"Oyinul mamlakat", Sharq eli ulug'lari "Ziynatul umaro", eronliklar "Shohnomai turkiy", turonliklar - "Qutadg'u bilig", boshqalar "Pandnomai muluk" deb ataganlar"8. Ushbu iqtibosdan ko'rinib turibdiki, mazkur asar nafaqat O'rta Osiyo, balki butun Sharq xalqlari uchun ham birdek ahamiyatli va qadrli hisoblanadi. "Ushbu asar dunyoning juda ko'p tillariga tarjima qilindi, har qaysi xalq asarni turlicha nomladi. Bulardan:

Chiniylar "Adab ul muluk" deb atar, Mochinlar "Anis ul mamolik" deyar. Bu mashriq elining donishmandlari "Ziynat ul- umaro" deyishdi bari, Eronlik "Shohnoma" dedi belgilig, Turonlik nom qo'ydi: "Qutadg'u bilig"9.

"Qutadg'u bilig" asari bo'yicha lib borilgan izlanishlar mazkur bebah xazinaning tarixiy, madaniy, adabiy, lingvistik jihatdan qqanchalar qimmatli ekanni ko'rsatib berdi. Jumladan, uning ahamiyatini o'rganish borasidagi tadqiqtlardan ma'lum bo'ladiki, asar quyidagi omillarga ko'ra nihoyatda nodir asarlar ro'yxatiga kiriadi:

" - Tilshunoslik: "Qutadg'u bilig" o'rta turk tilining muhim namunasini beradi. Tilshunos olimlar asarning til tuzilishi, lug'at tarkibi, til o'zgarishi va til

7 Юсуф Хос Х,ожиб. "Кутадгу билиг" (Саодатга йулловчи билим). Транскрипция ва хозирги узбек тилига тавсиф. Нашрга тайёрловчилар филол.фан.кан. Каримов. - Тошкент: Фан, 1971. - Б. 7.

8 Sulaymonova, Shahnoza Nodirovna (2023). IX-XI ASRLARDA MUSULMON SHARQIDA MADANIY -MA'NAVIY TARAQQIYOT. Oriental renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences, 3 (6), 10641076.

9 Yusuf Xos Hojib. Qutadg'u bilig (Saodatga boshlovchi bilim). // T - "O'zbekiston" nashriyot-matbaa ijodiy uyi 2019. 240 bet

evolyutsiyasini o'rgangan. Bu tadqiqotlar o'rta turk tilining rivojlanishi haqidagi tushunchamizga ma'lum miqdorda o'z hissasini qo'shdi.

- Axloqiy va ijtimoiy tadqiqotlar: ish axloqiy qadriyatlar, ijtimoiy tartib va boshqaruv tamoyillari kabi masalalarni ko'rib chiqilgan. Tadqiqotchilar "Qutadg'u bilig"dagi axloqiy ta'limot va ijtimoiy me'yorlarni o'rganib, Markaziy Osiyodagi mentalitetni tushunishga harakat qilganlar. Adabiy sharhlar: Asar O'rta Osiyo turkiy adabiyotining muhim qismi sanaladi. Adabiyotshunoslar asarning adabiy uslubi, she'r birliklari va adabiy motivlarini o'rganib chiqdilar. Bu mulohazalar asarning adabiy qimmatini ta'kidlaydi.

- Tarixiy mazmun: "Qutadg'u bilig" asari yozilgan davrdagi siyosiy, madaniy va ijtimoiy sharoitni o'zida aks ettiradi. Tarixchilar asar davridagi voqealar va Qoraxoniylar saltanatining tuzilishini tushunish uchun asarni tadqiq qilganlar.

- Madaniy aks ettirishlar: Asar O'rta Osiyo turk madaniyatining muhim aksidir. Madaniyatshunos olimlar "Qutadg'u bilig"dagi an'anaviy ta'limotlar, marosimlar va madaniy qadriyatlarni o'rganib, Markaziy Osiyoning boy madaniy merosini tushunishga harakat qildilar. Binobarin, "Qutadg'u bilig"ga oid tadqiqotlar shuni ko'rsatadiki, bu asar turkiy adabiyot va tilshunoslikning muhim namunasi bo'lishdan tashqariga chiqadi. Asar Markaziy Osiyo tarixi, madaniyati va mentalitetini tushunishga qaratilgan sa'yharakatlarga katta hissa qo'shadi. Qolaversa, bu tadqiqotlar Turk va Markaziy Osiyo tarixini tushunishimizga yordam beradi va bu qimmatli merosni kelajak avlodlarga yetkazish imkonini beradi."10.

Tarixdan ma'lumki, Qoraxoniylar mamlakati O'rta Osiyoning Sharqiy hududlarida bir qancha turkiy urug'larning birlashuvi va qo'shilishi natijasida yuzaga keladi. Davlat asoschisi Abdulkarim Sotiq Bug'roxon edi. Uning urug'i turkiy qavmlarga mansub bo'lgan. Bug'roxon hamda avlodlari "arslonxon" yoki "qoraxon" ba'zan esa "Tabg'achxon" deb ulug'lanishgan, ushbu so'zning lug'aviy ma'nosi "ulug'", "buyuk" degan ma'nolarni bildirib turgan. Mamlakat yuksalgan davrlarda uning hududiga bir qancha mintaqalar ham qo'shiladi. Bolosog'un shahri davlat poytaxti sifatida belgilandi.

To'g'ri, Qoraxoniylar mamlakatida katta muvaffaqiyatlar bilan birgalikda, inqirozli vaziyatlar ham yo'q emasdi. Jumladan, sulola vakili Ibrohim Tamg'ach "Bug'roxon" unvonini oldi. O'zlarini Qoraxoniylar bilan ittifoqchidek tutgan saljuqiy turklar bilan ko'p o'tmay, munosabatlar keskinlashadi. Ikki o'rtadagi ayovsiz janglarda Sulton Sanjar Samarqandni egallaydi. Mazkur hujum qoraxoniylar sulolasiga salbiy ta'sir ko'rsadi va ular Saljuqiylarga qaram bo'lib qoladi. Bu ham yetmaganidek, 1130-yillarga kelib Sharqdagi yuksak madaniyatli va kata qudratga

10 Sobirov, G'Ulomjon Xikmatjon O'G'Li. ""QUTADG'U BILIG" ASARINING TURK TILIDA O'RGANILISHI" Oriental renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences, vol. 3, no. 9, 2023, pp. 151-155.

ega mamlakat ko'chmanchi qoraxitoylar xuruji oqibatida butkul parchalanib ketadi. Rasmiy jihatdan esa 1211 - yilda Xorazmshoh Sulton Alouddin Muhammad Movarounnahrdagi boshqaruviga butunlay barham beradi.

Mahmud Qoshg'ariyning "Devoni lug'atit turk" asari turk tilidagi ilk asar hisoblanib, u ijtimoiy muammolarga bag'ishlab yozilgan edi. Mazkur asarning turkiy tilda yozilishi o'sha davrda badiiy adabiy til sifatida "tanilmagan" turkiy tilning estetik jihatlarini va imkoniyatlarini ko'rsatib berdi. Bu esa turkiy tilning yozma til sifatida ham tan olinishida juda katta ahamiyatga ega edi. Ushbu asarda o'sha davrdagi ahliningh turmush sharoitlari, urf-odatlari, an'analari, madaniy hayoti kabi o'ziga xos jihatlari yoritilib beriladi. Bu esa turkiy xalqlarning ijtimoiy hayotiga razm soish imkonini beradi. qizig'i shundaki, "Devoni lug'atit turk"dagi ijtmioiy-falsafiy g'oyalar, qarashlar hozir ham ahamiyatga molik hisoblanadi. Misol uchun, bugungi kunda yoshlar ma'naviyatini oshirish, milliy urf-odat va an'analarimiz, til va madaniyatimizga bo'lgan hurmat-e'tiborni oshirishda ushbu adabiy-ma'naviy merosining ahamiyati nihyatda beqiyos hisoblanadi. Bundan tashqari, o'sha davrning ruhini inobatga olgan holda yzilgan mazkur asar o'z davrining ijtimoiy hayoti, muammolarini to'la ko'z bilan ko'rib, anglab olishga, o'sha davr qadriyatlar tizimini tushunish, ahlining ehtiyoj va manfaatlarini his etishga, asosiysi ularni tahlil qilishga va umumiy mushohada yuritib, xulosa chiqarishga yordam beradi.

Movounnahr, Shosh, Farg'ona, Yettisuv va Sharqiy Turkistonda istiqomat qiluvchi turkiy xalqlar ko'p asrlardan buyon foydalanib kelayotgan xalq og'zaki ijodi (folklor)dan tashqari, yozma adabiyot ham paydo bo'ldi. Xususan, bir qancha didaktik asarlar yozildi, dostnlar to'qildi. Lekin, turkiy tilda bitilgan dostonu-asarlarning juda kamlarigina bizgacha yetib keldi, xolos. Ana shunday asarlardan biri - Yusuf Xos Hojibning "Qutadg'u bilig" ("Saodatga boshlovchi bilim") asaridir. Ushbu asarda antropologik va aksiologik jarayonlar, ya'ni insonning ijtimoi y-falsafiy mohiyati, hayotdagi asosiy vazifasi, jamiyatdagi o'rni haqida ilmiy jihatdan mulohaza yuritiladi. "Qutadg'u bilig'"da mehnatkash aholi, oddiy odam markaziy o'rinda ifodalanadi. Muallif, jumladan, dehqon, chorvador, hunarmand va savdogarlarni alohida yondashuv bilan tasvirlaydi. Ayniqsa, dehqonlarni jamiyatning boshqa toifalaridan ustun qo'yadi. "Qutadg'u bilig'" asarida insonni odob-axloq, ilm-ma'rifatga chorlovchi juda ham qimmatli va ta'sirli o'gitlar keltiriladi. Yusuf Xos Hojib tomonidan rostgo'ylik, halollik, odob, sadoqat, sevgi singari hayotiy va ijtimoiy hodisalar to'g'risida hikmatli so'zlar aytiladi. Jumladan, muallif saodatning kaliti ilm va ma'rifatda deb biladi. Aynan shu boisdan ham o'z asarini "Qutadg'u bilig'" deb ataydi va ilm ma'rifatni targ'ib qilib, ilm ahlini ko'klarga ko'taradi. Xatto, davlat rahbarlariyu-amaldorlarini ham olimlardan ta'lim-tarbiya o'rganishga, ularning dono maslahat va oqilona tavsiyalari ila faliyat olib borishga chorlaydi.

Turkíy tilda ijod qilgan yana bir adabiyotshunos allomalarimizdan yana biri - bu Ahmad Yugnakiy edi. Uning birgina "Hibbat ul-haqoyiq" asarida inson mohiyati, uning shaxsiyati, ta'limi-tarbiyasiga oid bir qancha qimmatli masala va muammolar mavjud bo'lib, ular o'ziga xos, xolisona yoritilgan. Ahmad Yugnakiy ilmni inson hayotida tutgan ahamiyatini ko'rsatib berishgan urunib, kishilarni ma'rifatga, ta'lim-tarbiyaga chorlaydi. "Hibbat ul-haqoyiq" asari turkiy adabiyotning qimmatli va nodir yodgorligi hisoblanadi.11 Adib o'z asarida muallif Yusuf Xos Hojib kabi bilimni, ilimli kishilar qadrlaydi, jamiyatni ilm o'rganishga chorlaydi.

Birinchi Renessansda yozilgan asarlar quyidagi muammolarni o'z ichiga olardi: Avvalambor, davlat va jamiyat qurilishini takomillashtirish, ijtimoiy-ma'anviy yuksalishda ilmning ahamiyati va boshqa shu kabi ijtimoiy muammolar so'z yuritilayotgan davr uchun asosiy masala hisoblangan edi. Ta'kidlash kerakki, bunda faqatgina diniy bilimlargina emas, dunyoviy bilimlar ham, ayniqsa, tabiiy fanlar, aniq fanlar doirasidagi bilimlarga yangicha yondashish, yangicha qarash boshlangan edi.

Yuqoridagi so'zlarning tasdig'i sifatida, Mahmud Qoshg'ariyning quyidagi fikrlarini keltirib o'tamiz:

"Alg'il o'gut mendin, og'ul erdam tila, Boyda ulug' bilga bolub, bilgin ula. O'g'il mendan o'git ol, fazilat tila, el yurt orasida ulug' olim bo'l, ilmingni tarqat"12.

Qariyb ming yil oldingi ushbu misralarda hayotni tushunish, ijtimoiy, ma'naviy borliqdagi ko'zga ko'ringan muammolarga birgina yechim - ilm o'rganish ekanligi soda tilde hayotiy misollar bilan ifodalanadi. Ma'rifatli kishilarni izidan yurish, ulardagi bilimlarni olish natijasida odam bolasi yuksak hislatlarga ega bo'lishi mumkinligi yoritib berilgan.

Ahmad Yugnakiy o'zining "Hibat ul-haqoyiq" asarida shunday bayon qiladi: "Bir bilimli bilimsizning mingiga teng, Ming bilimsiz bilimliga bo'lolmas yeng. Endi o'zing sinab ko'rgil, ber e'tibor, Bilimdan foydaliroq qanday narsa bor?"13

Adib insonga baho berishda, uning ma'naviy qiymatini belgilashda, birinchi bo'lib, bilimga bo'lgan munosabatini o'rganish kerakligini ta'kidlaydi. Jumladan, minglab bilimsiz kishilar burhina ilmli insonga teng bo'lmasligini ham aytib o'tadi. U,

11 ycMOHOB K, Cogn^OB M, EypxoHOBa C. Y36eKHCTOH Tapnxn. - TomKeHT: A6gy^a Kognpnn HOMngarn xa^K; MepocH HampneTH, 2002 h. - E. 121.

12 Acpop HH3OMOB, ^apoc HKpoMOBHa MaxMygoBa, and 3e6o 3apnnoBHa AmnpoBa. "MaxMyg Komrapnn Ba yHHHr "^eBOHy nyraTHT TypK" acapHHHHr e3H^Hm Tapnxn xa^nga" Academic research in educational sciences, vol. 2, no. 5, 2021, pp. 138-149. doi:10.24411/2181-1385-2021-00863

13 https://n.ziyouz.com/books/uzbek_mumtoz_adabiyoti/Ahmad%20Yugnakiy.%20Hibatul%20haqoyiq.pdf

ayniqsa, kelajak avlodlarga yuzlanib, ]odam bolalariga jahonda bilimdan boshqa foydali meros yo'q ekanligini qat'iy ta'kidlaydi. XXI asrga kelib ham, Adib Ahmadning mazkur fikrlari o'zining qiymatini aslo yo'qotgan emas. Aksincha, undanda dolzarblashib, tobora muhimroq bo'lib bormoqda. Jahon ahlosi 8 milliardga yetdi. Bu esa shuncha inson uchun tabiiy resurslarning ehtiyoji, ekologik muammolar, oziq-ovqat tanqisligi, ichimlik suvi bilan ta'minlanganlik darajasi, salomatlik sohalarida talaygina muammolarning paydo bo'lishini anglatadi. Ana shunday murakkab bir davrdas insonning ilmga tayanmog'i lozimligini isbotlash uchun boshqa misol shart bo'lmasa kerak.

Yangi O'zbekistonda ham muhtaram Yurtboshimiz boshchiligida hukumatimiz tomonidan insonning, ayniqsa, yoshlarning o'qishi, ilm o'rganishi, kasb-korga ega b'lishi, ilmiy tadqiqot olib borishi uchun bag'oyat keng imkoniyatlar berilmoqda. Lekin ming afsuski, shunga qaramay, ko'pchilik tomonidan ilm olishga bo'lgan rag'bat, limning mohiyatini, hayotda tutgan o'rnini anglash hali qadriyat darajasiga chiqqanicha yo'q. Natijada, mintaqaviy, milli, umuminsoniy muammolarga hali-hanuzgacha yechim topilganicha yo'q. Zamonaviy insonlar orasida chinakam boylikni anglash darajasi ham to'la shakllangani yo'q.

Birinchi Uyg'onishga kuchli markaziy hokimiyatga ega davlatlar va ularda yashovchi aholini birlashtirgan yagona til birlamchi ahamiyatga ega bo'lgani, dinning bir mafkura sifatida aholi nogiga singib ulgurmaganligi, diniy soha bilan bog'liq ilmiy tadqiqot ishlari olib borilmasligi natijasifa dunyoviy bilimlar bilan mashg'ul bo'lgan ma'rifatparvarlarni ta'qib qilish, jazolash, surgin qilish kabi holatlari namoyon bo'lmagan bo'lishi mumkin. Kishining va jamiyatning ijtimoiy ongini shakllantirishda asosiy manba bo'lgan ma'naviy elitada ham diniy mutaasiblik ruhi o'rnashmagani, yuqori toifalarning ham davlatni boshqarish jarayonida diniy manbalarga qaram bo'lib qolmagani ushbu hodisani yuzaga keltirgan bo'lishi mumkin. Bundan xulosa qilib aytish mumkinki, Uyg'onish davri kuzatilishi uchun qulay sharoit bo'lishi bilan birgalikda, taraqqiyotga to'siq bo'luvchi omillar ham hal qilingan bo'lishi shartdir. "Arab xalifaligida vujudga kelgan ijtimoiy-siyosiy, ma'naviy o'zgarishlar, Islom dinining vujudga kelishi madaniy hayotga ham o 'z ta'sirini ko'rsatadi. Bu ta'sir katta ko'tarinkilik ruhini paydo qiladi va bu ruh arab xalifaligini, Sharqni qamrab olganligi uchun Sharq uyg'onish davri deb ataladi. Bu jarayon IX asrdan boshlanib, XV-XVI asrlargacha davom etadi"14.

"Sharq uyg'onish davrida ham komil inson tarbiyasi muammosi ma'naviy sohadagi eng asosiy masala bo'lgan. Shuning uchun ham ta'lim-tarbiya masalasiga

14 Alisher Nasrullaevich Saydullaev, and Shohrux Alisher O'G'Li Nasrullaev. "SHARQ UYG'ONISH DAVRIDA TA'LIM VA TARBIYA MASALALARI" Academic research in educational sciences, vol. TMA Conference 3, no. 3, 2022, pp. 156-159.

katta e'tibor berilgan. Zero, insoniylik g'oyasida yuksak axloqiy xislatlar ifodalanganligi uchun ham Sharq uyg'onish davri pedagogikasida ta'lim va tarbiya yo'nalishi muhim ahamiyat kasb etgan"15. Forobiy, Beruniy, ibn Sino, Yusuf xos Hojib, Ahmad Yugnakiy, Tusiy, Davoniy, Koshifiy, Kaykovus va boshqqa olimu-mutafakkirlar ijodining markazida aynan komil insn g'yasi turgan.

O'rta Osiyo mintaqasida ijtimoiy-falsafiy g'oyalar va fikrlarning taraqqiyotiga milodiy IX-X asrlarda hududni boshqargan Somoniylar dinatsiyasining o'rni va ahamiyati benihoya ulkan bo'lgan. Mazkur asrlarda ulug' bobolarimizdan Abu Nasr Forobiy, Abu Rayhon Beruniy, Abu Ali ibn Sino, Ahmad Yugnakiy, Yusuf Xos Hojib singari yetuk allomalar yetishib chiqqanlar. Ular dunyoviy ilm-ma'rifatga intilish, tabiatni, borliqni anglash, tabiiy va aniq fanlarni taraqqiy ettirish, insonning ulug'ligini ko'rsatib berish, uni komillik sari intilishi, kabi kerakli va manfaatli hamma bilimlarga qiziqqanlar hamda shular borasida tadqiqot ishlari olib borganlar. Shu boisdan ham hozirda Birinchi Uyg'onish olimlarining ma'naviy merosini ilmiy yutuqlarini puxta o'zlashtirish - yurtimizda Uchinchi Renessansning poydevori bo'lib qoladi.

XULOSA

Xulosa qilib aytganda, Birinchi Uyg'onish davri O'rta Osiyoda IX-XI asrlarda ro'y bergan juda katta ijtimoiy, iqtisodiy, ma'naviy, ma'rifiy, diniy, madaniy jarayon hisoblanadi. Kuchli markazlashgan davlatlarnnig tashkil topishi, Islom dinining yagona din va mafkura sifatida o'rnatilishi, ma'rifatparvar adiblar, olimu-ulamolarning yetishib chiqishi singari bir qancha ijtimoiy omillar ushbu Uyg'onish davrining poydevori bo'lib xizmat qildi. Ushbu paragrafga xulosa qilib shuni aytish mumkinki, IX-XI asrlarda ro'y bergan hodisalar O'rta Osiyodagi Mahmud Qoshg'ariy, Yusuf Xos Hojib va Ahmad Yugnakiy singari ulug' ma'rifatparvarlarning ijod maydoniga kirib kelishida muhim hisoblanadi. Ularning ma'naviy meroslari o'z vaqtida va o'z mamlakatlarida boshqaruv sohasida konstitutsiya rolini ham bajargan, shuningdek, xalqlarni va jamiyatni birlashtirishgan yagona mafkura uchun g'oyaviy asos sifatida xizmat qilgan. Mazkur voqelik esa mamlakatimiz hududidagi ro'y bergan Birinchi Renessans uchun ma'naviy, ijtimoiy, siyosiy omil bo'lib xizmat qildi.

15 Alisher Nasrullaevich Saydullaev, and Shohrux Alisher O'G'Li Nasrullaev. "SHARQ UYG'ONISH DAVRIDA TA'LIM VA TARBIYA MASALALARI" Academic research in educational sciences, vol. TMA Conference 3, no. 3, 2022, pp. 156-159.

REFERENCES

1. F. F.YTaeB (2022). АЖДОДЛАРИМИЗ ТАФАККУРИ ВА БУЮК ДАХРСИ. Academic research in educational sciences, TMA Conference 3 (3), 412-415. 1-бет.

2. Каримов, И.А. Юксак маънавият-енгилмас куч. Тошкент, Маънавият нашриети, 2008 й. 176 б.

3. https://sinaps.uz/bilasizmi/12423/

4. https://uz.wikipedia.org/wiki/Uyg%CA%BBonish davri

5. Мирзиёев Ш. Янги Узбекистан демократик узгаришлар, кенг имкониятлар ва амалий ишлар мамлакатига айланмокда. - Тошкент: Укитувчи МУ МЧЖ, 2021 йил. - Б. 10.

6. Абдуллаев И. Абу Мансур ас-Салибий - Тошкент: Узбекистон, 1992. - Б. 50.

7. https://ziyouz.uz/ilm-va-fan/tarix/manaviyat-yulduzlari/markaziy-osiyoda-ix-xx-asr-boshida-madaniyat-rivoji-tarihidan/

8. Юсуф Хос Х,ожиб. "Кутадгу билиг" (Саодатга йулловчи билим). Транскрипция ва хозирги узбек тилига тавсиф. Нашрга тайёрловчилар филол.фан.кан. Каримов. - Тошкент: Фан, 1971. - Б. 7.

9. Sulaymonova, Shahnoza Nodirovna (2023). IX-XI ASRLARDA MUSULMON SHARQIDA MADANIY - MA'NAVIY TARAQQIYOT. Oriental renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences, 3 (6), 1064-1076.

10. Yusuf Xos Hojib. Qutadg'u bilig (Saodatga boshlovchi bilim). // T -"O'zbekiston" nashriyot-matbaa ijodiy uyi 2019. 240 bet

11. Sobirov, G'Ulomjon Xikmatjon O'G'Li. ""QUTADG'U BILIG" ASARINING TURK TILIDA O'RGANILISHI" Oriental renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences, vol. 3, no. 9, 2023, pp. 151-155.

12. Усмонов К, Содиков М, Бурхонова С. Узбекистон тарихи. - Тошкент: Абдулла Кодирий номидаги халк мероси нашриёти, 2002 й. - Б. 121.

13. Асрор Низомов, Чарос Икромовна Махмудова, and Зебо Зариповна Аширова. "Махмуд Кошгарий ва унинг "Девону лугатит турк" асарининг ёзилиш тарихи хакида" Academic research in educational sciences, vol. 2, no. 5, 2021, pp. 138-149. doi:10.24411/2181-1385-2021-00863

14. https://n.ziyouz.com/books/uzbek_mumtoz_adabiyoti/Ahmad%20Yugnakiy.%2 0Hibatul%20haqoyiq.pdf

15. Alisher Nasrullaevich Saydullaev, and Shohrux Alisher O'G'Li Nasrullaev. "SHARQ UYG'ONISH DAVRIDA TA'LIM VA TARBIYA MASALALARI" Academic research in educational sciences, vol. TMA Conference 3, no. 3, 2022, pp. 156-159.

16. Alisher Nasrullaevich Saydullaev, and Shohrux Alisher O'G'Li Nasrullaev. "SHARQ UYG'ONISH DAVRIDA TA'LIM VA TARBIYA MASALALARI" Academic research in educational sciences, vol. TMA Conference 3, no. 3, 2022, pp. 156-159.

17. Muhamedov A. (2023) Кутадгу билигда билимдан тугри фойдаланиш масалалари . Шарк фалсафаси. Илмий-услубий журнал. 7-сон. 39-42 b.

18. Muhamedov A. Michel Montaigne is a renaissance creative. Necmettin Erbakan University Press (NEU PRESS) Yaka Mah. Yeni Meram Cad. Kasim Halife Sok. B Blok No: 11 Meram / KONYA / TURKtYE 0332 221 0 575 - www.neupress.org

19. Muhamedov A. (2024) Sharq Renessansining vujudga kelishidagi ijtimoiy omillar. "Экономика и социум" №2(117)

20. Muhamedov A. (2023) Маънавий тараккиётнинг хрзирги боскичида юсуф Хос Х,ожиб маънавий меросига э^тиёж. Тафаккур манзиллари. Илмий-услубий журнал. 7-сон. 78-82.

21. Muhamedov A. (2022) Юсуф хос Хржибнинг ижтимоий адолат х,акидаги карашлари. // International Conference on Developments in Education. - Bursa, Turkey.

22. Muhamedov A. (2022) Учинчи Реннесанс пойдеворини яратишда Юсуф Хос Х,ожиб фалсафий меросининг урни. "Фан, таълим ва ишлаб чикариш муаммоларининг инновацион ечимлари" номли илмий конференция материаллари. - Тошкент.

23. Muhamedov A. (2009) "Ахлокий тафаккур тарихида "Кутадгу билиг" асарининг тутган урни". "Шарк фалсафаси кадриятлари ва уларнинг Узбекистон маънавий хдётида тутган урни" мавзусидаги республика илмий-амалий конференцияси, Тошкент

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.