Научная статья на тему 'SHARQ RENESSANSINING VUJUDGA KELISHIDAGI IJTIMOIY OMILLAR'

SHARQ RENESSANSINING VUJUDGA KELISHIDAGI IJTIMOIY OMILLAR Текст научной статьи по специальности «Языкознание и литературоведение»

CC BY
228
19
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
Renessans / Uyg‘onish / Musulmon Renessansi / Birinchi Uyg‘onish.

Аннотация научной статьи по языкознанию и литературоведению, автор научной работы — Muhamedov A.A.

Ushbu tadqiqotda Renessans tushunchasi, uning ijtimoiy-falsafiy jihatlari, shuningdek, Sharqda Renessans ro‘y berishining falsafiy tomonlari tahlil qilinadi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «SHARQ RENESSANSINING VUJUDGA KELISHIDAGI IJTIMOIY OMILLAR»

Muhamedov A.A.

Alfraganus universiteti dosenti

SHARQ RENESSANSINING VUJUDGA KELISHIDAGI IJTIMOIY

OMILLAR

Annotatsiya. Ushbu tadqiqotda Renessans tushunchasi, uning ijtimoiy-falsafiy jihatlari, shuningdek, Sharqda Renessans ro'y berishining falsafiy tomonlari tahlil qilinadi.

Kalit so'zlar: Renessans, Uyg'onish, Musulmon Renessansi, Birinchi Uyg 'onish.

Muhamedov A.A. associate professor Alfraganus University

SOCIAL FACTORS IN THE RISE OF THE EASTERN RENAISSANCE

Annotation: this study analyzes the concept of the Renaissance, its socio-philosophical aspects, as well as the philosophical aspects of the Renaissance in the East.

Keywords: Renaissance, Renaissance, Muslim renaissance, first Renaissance.

Dastlab, Renessans atamasining lug'aviy ma'nosi hamda uning ijtimoiy-falsafiy mazmun-mohiyatini yoritib o'tmoqchimiz. Renessans - "Bu "tiklanish" degan ma'noni anglatadigan fransuzcha so'zdir. Renessans Yevropada XIV— XVI asrlarda bo'lib o'tgan Uyg'onish davridir. Uyg'onish davridan oldingi o'rta asrlarda hayotdagi ko'p narsalar rad etilgan. Uyg'onish davrida esa ta'lim jonlangan, savdo, san'at, musiqa, adabiyot va fan rivojlangan. Uyg'onish davri Yevropaning butun turmush tarzini o'zgartirgan"23. Bu Yevropada yuz bergan Renessans tushunchasining ta'rifi. Ammo, bu tushuncha faqat Yevropaga taalluqli emas tarixiy ma'lumotlar va olib borilgan tadqiqotlardan ma'lumki, "Osiyo markazida joylashgan Movarounnahr, Xuroson va Eronda Italiyaga qaraganda bir necha asr oldin (9—12-asrlar) ulkan madaniy ko'tarilish yuz bergan, ilm-fan, falsafa, adabiyot kuchli rivojlanib, ilg'or insonparvarlik g'oyalari jamiyat fikrini band etgan, aqliy va ijodiy faollik gurkiragan. Bu davr dunyo ilmida "Musulmon Renessansi" (A. Mets) yoki "Sharq Uyg'onishi" (N. I. Konrad) nomi bilan atalib kelinmoqda. Sharq Uyg'onish davrida Yevropa Uyg'onish davrining asosiy belgilari mujassam: jo'shqin ijodiy faoliyat, ulkan bunyodkorlik ishlarining amalga oshirilgani, aqlni hayratga soluvchi bemisl

23 https://sinaps.uz/bilasizmi/12423/

мЭкономнка h ^uyM" №2(117)-1 2024

www.iupr.ru

449

asarlarning yaratilgani shundan dalolat beradi. Sharq Uyg'onish davri ham ulug' allomalar, qomusiy bilim sohiblari, mashhur mutafakkirlarni yetishtirdi"24.

"Bugungi kunda Yangi O'zbekistonda jadal ilgari surilayotgan Uchinchi Rennesans g'oyasi ko'p jihatlari bilan qadimdan davom etib kelaètgan milliy va ma'naviy qadriyatlarimizga taalluqlidir. Shuning uchun ham ana shu davrda olib borilgan Sharq renessansi davri allomalarining ilmiy-falsafiy merosini o'rganish borasidagi tadqiqotlarda asosan materializm ruhi ustuvorlik qilib, tarixiy haqiqatlar buzib ko'rsatildi"25. Shu sabali ham, ota-bobolarimizning duny tamadduniga qo'shgan hissasini xolisona o'rganish, xalqimizning boy ma'naviy merosidan foydalanish maqsadida O'zbekistonda Uchinchi Renessans atamasi qo'llanila boshlandi. Bu borada Birinchi Prezidentimiz Islom Karimovning quyidagi fikrlari o'rinlidir: "Ajdodlarimiz tafakkuri va dahosi bilan yaratilgan eng qadimgi tosh yozuv va bitiklar, xalq og'zaki ijodi namunalaridan tortib, bugungi kunda kutubxonalarimiz xazinasida saqlanayotgan ming-minglab qo'lèzmalar, ularda mujassamlashgan tarix, adabièt, san'at, siyosat, axloq, falsafa, tibbiyot, matematika, mineralogiya, kimè, astronomiya, me'morchilik, dehqonchilik va boshqa sohalarga oid qimmatbaho asarlar bizning buyuk ma'naviy boyligimizdir"26. Shu o'rinda, Uchinchi Renessansga poydevor bo'lib xizmat qilgan Birinchi va Ikkinchi Uyg'onish davrlarigaham qisqacha to'xtalib o'tish joizki, zero busiz Uchinchi Renessansni ijtimoiy jihatdan tadqiqi etish jarayoni tugal bo'lmay qoladi.

Birinchi Uyg'onish davri O'rta Osiyoda IX-XI asrlarda ro'y bergan juda katta ijtimoiy, iqtisodiy, ma'naviy, ma'rifiy, diniy, madaniy jarayon hisoblanadi. Ushbu davr to'g'risida Davlatimiz Rahbari Sh.Mirziyoyev quyidagi fikrlarni bildiradi: "Insoniyat tarixi shundan dalolat beradiki, har qaysi xalq hayotidagi ma'naviy uyg'onish jarayonlari milliy o'zlikni anglashga olib keladi hamda mamlakatning iqtisodiy, madaniy taraqqiyotini yangi bosqichga ko'taradi. Bunday noyob hodisa "Renessans" - uyg'onish, qayta tiklanish, yuksalish deb atalishi barchamizga ayon"27. Uyg'onish davriga sabab bo'lgan omillar haqida to'xtalib o'tgan holda, dastlabki sabab sifatida mutaxassislar tomonidan dinning o'rni va ahamiyati katta ekanligini ta'kidlaydilar. VIII asrdan boshlab, islom dini mamlakatimiz hududiga kirib kelgan bo'lsa, arab tili aholi orasidagi muloqot hamda madaniy taraqqiyot vositasiga aylandi. Abbosiylar hukmronligi davrida halifalik ulkan hududni o'ziga birlashtirgan, lekin xalqlarning milliy-ozodlik harakatlari natijasiga parchalanib ketgandi. Arablar tomonidan olib borilgan ijtimoiy siyosatamda xalq madaniy hayotiga olib kirilgan yangilik va o'zgarishlar natijasida arab tili Xitoydan Misrga qadar cho'zilgan ulkan hududlarda asosiy til sifatida hurmat qozondi.

24 https://uz.wikipedia.org/wiki/Uyg%CA%BBonish_davri

25 F. F.YraeB (2022). АЖДОДЛАРИМИЗ ТАФАККУРИ ВА БУЮК ДАДОСИ. Academic research in educational sciences, TMA Conference 3 (3), 412-415. 1-бет.

26 Каримов, И.А. Юксак маънавият-енгилмас куч. Тошкент, Маънавият нашриети, 2008 й. 176 б.

27 Мирзиёев Ш. Янги Узбекистан демократик узгаришлар, кенг имкониятлар ва амалий ишлар мамлакатига айланмокда. - Тошкент: Укитувчи МУ МЧЖ, 2021 йил. - Б. 10.

Ikkinchi omil sifatida shuni ta'kidlash mumkinki, Bag'dodda "Bayt ul -hikma" tashkil etilib, unda juda ko'plab olimu-ulamolar, fozilu-fuzalolar ilm va ijod bilan shug'ullandilar. Antik davr olimlarining kitoblari arab tiliga tarjima qilindi. Halifalik hududidagi barcha asarlar arab tili va yozuvida yozila boshlandi. Ushbu omil Arab xalqlarida madaniyat, ilm-fanning bksalishi, ma'naviy-ma'rifiy yangilanish hodisasining yuz berishiga sabab bo'ldi. O'sha davr tarixchilaridan bioi bo'lgan Abu Mansur as-Salibiy xalifalik shaharlaridan biriga shunday ta'rif bergandi: "..shon-shuhrat makoni, saltanat ka'basi va zamonasining ilg'or kishilari jamlangan, yer yuzi adiblarining yulduzlari porlagan hamda o'z davrining fozillari yig'ilgan joy"28. Ushbu ta'rifdan ko'rinib turibdiki, shaharlar faqatgina savdo-sotiq markazlari sifatida emas, ilm-fan markazi sifatidashuhrat qozongandi. "Bu davrda Markaziy Osiyodan Xorazmiy va Farg'oniy, Ismoil al -Buxoriy va Termiziy, Abu Nasr Forobiy, Abu Ali ibn Sino, Abu Rayhon Beruniy, Ismoil Jurjoniy, Marg'inoniy, Zamaxshariy, Mahmud Qoshg'ariy kabi ulkan olimlar yetishib chiqdi. Ular o'z ijodlari, asarlari bilan o'z xalqlarini dunyoga mashhur qildilar"29.

Birinchi Renessansga sabab bo'lgan omillardan yana biri - bu mustaqil markazlashgan davlatlarning shakllanishidir. Yusuf Xos Hojibnig "Qutadg'u bilig" asari o'sha mamlakatlarning o'ziga xos ijtimoiy konstitutsiyasi bo'lib xizmat qilgandi. Negaki, Xitoyning sharqiy hudularidan tortib to Movarounnahrga qadar cho'zilgan o'ta katta hududdagi Qoraxoniylar davlati (995-1055 yy.) ijtimoiy-iqtisodiy, ma'naviy, ma'rifiy, madaniy masalalrini tartibga soluvchi, davlat rahbarlari, amaldorlari, shaxzodalariga dasturul-amal sifatida asqotgan ushbu asar ushbu davr uchun zaruriy ehtiyoj edi. Ushbu asar qariyb ming yillar avvalgi ijtimoiy-siyosiy voqea-hodisalar to'g'risida ma'lumot beradi va asosiysi, o'sha davr taomili, qadriyatlari, urf-odatlari haqida xulosa chiqarishimizga yordam beradi. Asardan ma'lum bo'ladiki, Qoraxoniylar sulolasining ham boshqa dinatsiyalar kabi markazlashgan kuchli davlat barpo etish orzu-istagi mavjud edi. Ushbu maqsadga erishtirish uchun esa harakat dasturini o'zida ifodalovchi asar zamirida "Qutadg'u bilig" asaryozilgan edi.

Tadqiqotchilardan biri Q.Karimov bu haqda shunday yozadi: "...davlatni idora qilish usuli, siyosati, qonun-qoidalari, shuningdek, xalqning rasmu odatlarini, axloq pritsiplarini o'zida mujassamlashtirgan nizomnoma, qomus sifatida "Qutadg'u bilig" yuzaga keldi"30. Qoraxoniylar davridagi ijtimoiy-siyosiy muhit "Qutadg'u bilig" asarining yozilishiga muhim omil bo'lib xizmat qilgan. "Mahmud Qoshg'ariyga zamondosh Yusuf xos Hojib (XI asr) ijodi ham o'ziga

xos badiiy sayqali, yuksak mahorati bilan ajralib turadi. Adib nomini yurtlararo,

28 Абдуллаев И. Абу Мансур ас-Салибий - Тошкент: Узбекистан, 1992. - Б. 50.

29 https://ziyouz.uz/ilm-va-fan/tarix/manaviyat-yulduzlari/markaziy-osiyoda-ix-xx-asr-boshida-madaniyat-rivoji-tarihidan/

30 Юсуф Хос Х,ожиб. "Кутадгу билиг" (Саодатга йулловчи билим). Транскрипция ва хозирги узбек тилига тавсиф. Нашрга тайёрловчилар филол.фан.кан. Каримов. - Тошкент: Фан, 1971. - Б. 7.

xalqlararo mashhur qilgan narsa, bu uning "Qutadg'u bilig" ("Baxt va saodat eltuvchi bilim") asaridir. Ushbu kitob turkiy xalqlar, elatlar hayoti haqida yozilgan asar bo'lib, unda davrning juda ko'p o'ta muhim muammolari, axloq, odob va ma'rifat masalalari katta mahorat bilan yoritilgan. Bu kitobni chinliklar "Adabul muluk", mochinlar - "Oyinul mamlakat", Sharq eli ulug'lari "Ziynatul umaro", eronliklar "Shohnomai turkiy", turonliklar - "Qutadg'u bilig", boshqalar "Pandnomai muluk" deb ataganlar"31. Ushbu iqtibosdan ko'rinib turibdiki, mazkur asar nafaqat O'rta Osiyo, balki butun Sharq xalqlari uchun ham birdek ahamiyatli va qadrli hisoblanadi. "Ushbu asar dunyoning juda ko'p tillariga tarjima qilindi, har qaysi xalq asarni turlicha nomladi. Bulardan: Chiniylar "Adab ul muluk" deb atar, Mochinlar "Anis ul mamolik" deyar. Bu mashriq elining donishmandlari "Ziynat ul- umaro" deyishdi bari, Eronlik "Shohnoma" dedi belgilig, Turonlik nom qo'ydi: "Qutadg'u bilig"32.

"Qutadg'u bilig" asari bo'yicha lib borilgan izlanishlar mazkur bebah xazinaning tarixiy, madaniy, adabiy, lingvistik jihatdan qqanchalar qimmatli ekanni ko'rsatib berdi. Jumladan, uning ahamiyatini o'rganish borasidagi tadqiqtlardan ma'lum bo'ladiki, asar quyidagi omillarga ko'ra nihoyatda nodir asarlar ro'yxatiga kiriadi:

" - Tilshunoslik: "Qutadg'u bilig" o'rta turk tilining muhim namunasini beradi. Tilshunos olimlar asarning til tuzilishi, lug'at tarkibi, til o'zgarishi va til evolyutsiyasini o'rgangan. Bu tadqiqotlar o'rta turk tilining rivojlanishi haqidagi tushunchamizga ma'lum miqdorda o'z hissasini qo'shdi.

- Axloqiy va ijtimoiy tadqiqotlar: ish axloqiy qadriyatlar, ijtimoiy tartib va boshqaruv tamoyillari kabi masalalarni ko'rib chiqilgan. Tadqiqotchilar "Qutadg'u bilig"dagi axloqiy ta'limot va ijtimoiy me'yorlarni o'rganib, Markaziy Osiyodagi mentalitetni tushunishga harakat qilganlar. Adabiy sharhlar: Asar O'rta Osiyo turkiy adabiyotining muhim qismi sanaladi. Adabiyotshunoslar asarning adabiy uslubi, she'r birliklari va adabiy motivlarini o'rganib chiqdilar. Bu mulohazalar asarning adabiy qimmatini ta'kidlaydi.

- Tarixiy mazmun: "Qutadg'u bilig" asari yozilgan davrdagi siyosiy, madaniy va ijtimoiy sharoitni o'zida aks ettiradi. Tarixchilar asar davridagi voqealar va Qoraxoniylar saltanatining tuzilishini tushunish uchun asarni tadqiq qilganlar.

- Madaniy aks ettirishlar: Asar O'rta Osiyo turk madaniyatining muhim aksidir. Madaniyatshunos olimlar "Qutadg'u bilig"dagi an'anaviy ta'limotlar,

31 Sulaymonova, Shahnoza Nodirovna (2023). IX-XI ASRLARDA MUSULMON SHARQIDA MADANIY -MA'NAVIY TARAQQIYOT. Oriental renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences, 3 (6), 1064-1076.

32 Yusuf Xos Hojib. Qutadg'u bilig (Saodatga boshlovchi bilim). // T - "O'zbekiston" nashriyot-matbaa ijodiy uyi 2019. 240 bet

'^KOHOMHKa h соцнумм №2(117)-1 2024

www.iupr.ru

452

marosimlar va madaniy qadriyatlarni o'rganib, Markaziy Osiyoning boy madaniy merosini tushunishga harakat qildilar. Binobarin, "Qutadg'u bilig"ga oid tadqiqotlar shuni ko'rsatadiki, bu asar turkiy adabiyot va tilshunoslikning muhim namunasi bo'lishdan tashqariga chiqadi. Asar Markaziy Osiyo tarixi, madaniyati va mentalitetini tushunishga qaratilgan sa'y-harakatlarga katta hissa qo'shadi. Qolaversa, bu tadqiqotlar Turk va Markaziy Osiyo tarixini tushunishimizga yordam beradi va bu qimmatli merosni kelajak avlodlarga yetkazish imkonini beradi."33.

Foydalanilgan adabiyotlar ro'yxati:

1. https://sinaps.uz/bilasizmi/12423/

2. https://uz.wikipedia.org/wiki/Uyg%CA%BBonish_davri

3. F. F.YTaeB (2022). A^^OA^APHMH3 TAOAKKYPH BA BYTOK ^AX,OCH. Academic research in educational sciences, TMA Conference 3 (3), 412-415. 1-6er.

4. KapuMOB, H.A. TOKcaK MatHaBuaT-eHrunMac KyH. TomKeHT, MatHaBuAT HampueTu, 2008 h. 176 6.

5. Mup3HeeB ffl. ^Hru Y36eKucToH geMOKpaTHK y3rapumnap, KeHr HMKOHH^Tnap Ba aManuft umnap MaMnaKarara afinaHMOKga. - TomKeHT: YKHTyBHH MY MTO, 2021 hhh. - B. 10.

6. A6gynnaeB H. A6y MaHcyp ac-Canu6HH - TomKeHT: Y36eKHCTOH, 1992. - B. 50.

7. https: //ziyouz.uz/ilm-va-fan/tarix/manaviyat-yulduzlari/markaziy-osiy oda-ix-xx-asr-bo shida-madaniyat-rivoj i-tarihidan/

8. TOcy$ Xoc X,o:u6. "Kyragry 6unur" (Caogarra fiynnoBHH 6hhhm). Tpaнcкpнпцнa Ba xo3upru y36eK Tunura TaBCH^. Hampra TauepnoBHunap ^unon.^aH.KaH. KapuMOB. - TomKeHT: OaH, 1971. - B. 7.

9. Sulaymonova, Shahnoza Nodirovna (2023). IX-XI ASRLARDA MUSULMON SHARQIDA MADANIY - MA'NAVIY TARAQQIYOT. Oriental renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences, 3 (6), 1064-1076.

10. Yusuf Xos Hojib. Qutadg'u bilig (Saodatga boshlovchi bilim). // T -"O'zbekiston" nashriyot-matbaa ijodiy uyi 2019. 240 bet

11. Sobirov, G'Ulomjon Xikmatjon O'G'Li. ""QUTADG'U BILIG" ASARINING TURK TILIDA O'RGANILISHT Oriental renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences, vol. 3, no. 9, 2023, pp. 151155.

33 Sobirov, G'Ulomjon Xikmatjon O'G'Li. ""QUTADG'U BILIG" ASARINING TURK TILIDA O'RGANILISHI" Oriental renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences, vol. 3, no. 9, 2023, pp. 151-155.

'^KOHOMHKa h ^HyM" №2(117)-1 2024

www.iupr.ru

453

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.