Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor
VOLUME 2 | ISSUE 10 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7
SHARQ RENESSANSI DAVRI GUMANIZMINING GNOSEOLOGIK VA
ONTOLOGIK ASOSLARI
Abdimalik Raxmanov
Termiz davlat universiteti, falsafa fanlari nomzodi. raxmanov- 57 @mail.ru
ANNOTATSIYA
Maqolada gumanizm g'oyasi Sharq va G'arb Renessans davrlarining mushtarak xususiyati sifatida ta'riflanadi. Sharq mutafakkirlarining komil inson, ma'rifatli va adolatli jamiyat, baxt-saodat, dono va odil rahbar, tenglik haqidagi insonparvarlik ta 'limoti ijtimoiy-falsafiy tafakkur tarixida muhim o'ringa ega. Sharq mutafakkirlari falsafasida gumanizm, hurfikrlilik g'oyalarining gnoseologik asosi sifatida aqlni, ilm-ma'rifatni ulug'lovchi ratsionalizm ta'limoti ilgari surilganligi ta'kidlanadi. Ratsionalizm inson aqlining va u orqali ilm-ma'rifatning qudratini asoslovchi, ilm-ma'rifatni egallash esa baxt-saodatga erishuvning muhim omili ekanligini asoslovchi ta'limot sifatida ta'riflanadi. Shuningdek, bunday gumanistik va ratsionalistik mazmundagi g'oyalarning ontologik asosi sifatida olamning paydo bo'lishi va tuzilishi haqidagi panteistik va deistik mazmundagi naturfalsafiy qarashlar va tabiiy-ilmiy bilimlar ravnaq topganligi qayd etiladi. Gumanizm g'oyasi, insonparvarlik tamoyillari hozirgi Uchinchi Renessans davrining ijtimoiy-iqtisodiy va ma'naviy hayoti, ma'naviy madaniyatining ham xarakterli xususiyati sifatida namoyon bo 'lmoqda.
Kalit so'zlar: Renessans, Sharq, G'arb, gumanizm, insonparvarlik, hurfikrlilik, gnoseologik asos, ratsionalizm, ontologik asos, panteizm, deizm, naturfalsafa, Yangi O'zbekiston, Uchinchi Renessans.
АННОТАЦИЯ
В статье идея гуманизма описывается в качестве схожих особенностей периодов Восточного и Западного Ренессанса. Гуманистические учения мыслителей Востока - совершенный человек, просвещённое и справедливое общество, счастье, благополучие, о мудром и честном руководителе, о равенстве имеет важную роль в истории социаьно-философского мышления. В философии Восточных мыслителей в качестве гносеологической основы идеи гуманизма, свободомыслие трактуется выдвинутые учения рационализма, возвеличивающие мышления, знание и просвещение. Кроме того, в статье говорится о том, что онтологическая основа идей гуманистического и
Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor
VOLUME 2 | ISSUE 10 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7
рационалистического содержания нашли своё отражение в натурфилософских взглядах и естественно-научных знаниях в пантеистических и деистических учениях о возникновении и структуры вселенной. Гуманистические идеи и принципы проявляются и в социально-экономической и духовной жизни, и в характерных особенностях духовной культуры периода современного Третьего Ренессанса.
Ключевые слова: Ренессанс, Восток, Запад, гуманизм, свободомыслие, гносеологическая основа, рационализм, онтологическая основа, пантеизм, деизм, натурфилософия, Новый Узбекистан, Третий Ренессанс.
The article describes the idea of humanism as similar features of the periods of the Eastern and Western Renaissance. The humanistic teachings of the thinkers of the East - a perfect person, an enlightened and just society, happiness, prosperity, about a wise and honest leader, about equality has an important role in the history of socio-philosophical thinking. In the philosophy of Eastern thinkers as the epistemological basis of the idea of humanism, freethinking is interpreted by the advanced teachings of rationalism, which glorify thinking, knowledge and enlightenment. In addition, the article says that the ontological basis of the ideas of humanistic and rationalistic content is reflected in natural-philosophical views and natural science knowledge in pantheistic and deistic teachings about the origin and structure of the universe. Humanistic ideas and principles are manifested both in the socio-economic and spiritual life, and in the characteristic features of the spiritual culture of the period of the modern Third Renaissance.
Key words: Renaissance, East, West, humanism, freethinking, epistemological basis, rationalism, ontological basis, pantheism, deism, natural philosophy, New Uzbekistan, Third Renaissance.
Sharq Uyg'onish davri ma'naviy madaniyati, falsafasining asosiy muammosi -inson muammosi, uning axloqiy-ma'naviy kamoloti masalasi, diniy aqidaparastlikka qarama-qarshi hurfikrlilikni rivojlantirish masalasidir. Insoniyat tarixidagi Uyg'onish, ya'ni Renessans davrlarining o'z g'oyasi, taraqqiyot tamoyillari mavjuddir. Sharq va G'arb Renessans davrlari madaniyati, ilm-fani va falsafasiga bag'ishlangan adabiyotlarda ular uchun umumiy, mushtarak xususiyat - gumanizm va ma'rifatparvarlik g'oyalari, insonparvarlik tamoyillari ekanligi ta'kidlanadi. (Qarang: 3; 4, 10-47 betlar).
ABSTRACT
KIRISH
Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor
VOLUME 2 | ISSUE 10 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7
ADABIYOTLAR TAHLILI VA METODLAR
Uyg'onish davri (Renessans) tahliliga bag'ishlangan adabiyotlarda Sharq Renessansi, xususan, Markaziy Osiyoda Renessans davrlarining sabablari, mohiyati, maqsadlari, Yevropa Renessansidan farqli jihatlari maxsus yoritilmagan edi. Fan olamida bu muammoni akademik M.M.Hayrullaev maxsus tadqiq etib, uning o'zbek, rus va qator xorijiy tillarda 600dan ortiq monografiya, to'plam, risola va ilmiy maqolalari chop etilgan. Akademik M.M.Hayrullaev XX asrning 60-yillaridan boshlab ushbu mavzuni tadqiq etar ekan, o'zining "Uyg'onish davri va Sharq mutafakkiri" nomli fundamental monografiyasida Sharq va G'arb Renessansining mushtarak va farq qiluvchi tomonlari, Markaziy Osiyo Uyg'onish davrining ob'ektiv sabablari, xususan, ijtimoiy-iqtisodiy va siyosiy sharoitlar ta'siri, tabiiy-ilmiy zamini va g'oyaviy-nazariy manbalari hamda bosqichlari to'g'risidagi ilg'or g'oyalari ilgari surilgan. (Qarang: 4, 10-47 betlar). Bunday g'oyalar mustaqillik yillarida yaratilgan "O'rta Osiyoda ilk Uyg'onish davri madaniyati" kitobida (1995) yanada rivojlantirilgan va Uyg'onish davri bevosita Markaziy Osiyo xalqlarining mustaqillikka erishuvi bilan bog'liqligi ta'kidlangan (5).
NATIJALAR.
"Gumanizm g'oyasi, - deb ta'kidlaydi akademik M.M.Hayrullaev, - Uyg'onish davri ma'naviy hayoti, ma'naviy madaniyatining eng umumiy va xarakterli xususiyati bo'lib, u ijtimoiy-axloqiy yo'nalish shaklida vujudga keldi, rivojlandi va namoyon bo'ldi. Gumanistik g'oyalarni, tamoyillarni amalga oshirishning asosiy yo'li, vositasi sifatida oliy yetuk axloq, ma'rifatli va adolatli jamiyat, jamoa masalasi oldinga surildi" (4, 36-bet). Sharq mutafakkirlarining komil inson, ma'rifatli va adolatli jamiyat, baxt-saodat, dono va odil rahbar, tenglik haqidagi fikrlari o'z davri uchun hayoliy bo'lsa-da, insonning ma'naviy erkinligiga, uning imkoniyatlarini ochishga qaratilgan bu insonparvarlik ta'limoti ilg'or ijtimoiy-falsafiy tafakkur rivojlanishiga ulkan xissa bo'lib qo'shildi.
MUHOKAMA.
Sharq Uyg'onish davri ilg'or ma'naviy madaniyatining umumiy yo'nalishini ifodalovchi, insonning ma'naviy kamolotini aks ettiruvchi insonparvarlik, hurfikrlilik g'oyalari har tomonlama, xususan, nazariy-gnoseologik, ilmiy jihatdan ham asoslab berildi. Insonparvarlikning falsafiy-gnoseologik asosi sifatida ratsionalizm ta'limoti maydonga keldi. Insonparvarlik g'oyalarining yuzaga chiqishi, insonning ma'naviy yetuklikka erishuvi, ma'rifatli bo'lish, axloqiy komillik aql tufayli, ilm-fanni egallash orqaligina amalga oshishi mumkin, deb hisoblandi. Axloq aqlga, xulq-odob bilimga,
Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor
VOLUME 2 | ISSUE 10 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7
kasb-hunar ilm-fanni o'rganishga, ma'rifatga asoslangandagina yuksak pog'onaga ko'tariladi. Shu tariqa, aql - haqiqat manbai, ilm-ma'rifat - taraqqiyot omili ekanligi ta'kidlandi.
Ma'naviy madaniyatda ratsionalistik yo'nalishning kuchayib borishi bilan Sharq Uyg'onish davri falsafasida aql mavzusi alohida ahamiyat kasb etadi. Mutafakkirlar aqlni ikki aspektda: har bir insonning tabiiy xislati sifatidagi aqliy quvvat hamda insoniyatga xos bo'lgan aqliy bilishning uzluksiz rivoji nuqtai nazaridan tahlil qiladilar. Insonning ajralmas xislati sifatidagi aqliy quvvat ikkiga: nazariy va amaliy aqlga ajratiladi. Insoniyat aqliy bilimining uzluksiz rivojlanib borishi nuqtai nazaridan aql butun borliqning, narsalarning mohiyatini bilish uchun chuqurlasha borib turli bosqichlar asosida faol aql darajasiga erishadi va, nihoyat, inson aqlini olam to'g'risidagi barcha bilimlar bilan boyitib mangulikka olib boradi. "Aqlning manguligi - insoniyatning manguligidir, inson aqlining natijalari va yutuqlari abadiylikka mansubdir". Bunday nazariya insoniyatni ulug'lovchi gumanizmning gnoseologik asosi bo'lgan, inson aqlining va u orqali ilm-ma'rifatning, falsafaning cheksiz qudratini isbotlovchi, ilm-ma'rifatni egallash baxt-saodatga erishuvning muhim vositasi ekanligini asoslovchi ratsionalizmdir.
Mutafakkirlar inson aqlining imkoniyatlariga, ilmlarning tasnifi va fazilatlariga bag'ishlangan qator asarlar yaratdilar va, ayniqsa, tafakkur shakllari va qonun-qoidalari haqidagi mantiq ilmi ravnaqiga salmoqli hissa qo'shdilar. Fikrlash san'ati bilan nutq madaniyatining uzviy bog'liqligiga e'tibor qaratilib ritorika yuksak rivojlanishga erishdi. Mantiq ilmi va ritorika masalalari ratsionalistik fikrlash usuli va yo'nalishining muhim talablaridan kelib chiqqan bo'lsa, ratsionalizm ta'limoti umumiy insonparvarlik yo'nalishining gnoseologik tamoyilini tashkil etar edi.
Bunday ratsionalistik ta'limotning, insonning aqliy bilishiga, aqliy qobiliyatlariga asoslanuvchi uslubning ontologik asosi sifatida panteistik va deistik mazmundagi "vahdat-ul-vujud" ("borliqning birligi") ta'limoti ilgari surildi. Bu ta'limotga ko'ra, butun olam yagona vujuddan iborat va undan tashqarida hech narsa yo'q. Yaratuvchi xudo ham va u yaratgan real dunyo, tabiat, inson ham yagona vujudning turli tomonlaridir. Yagona mavjud olam "vujudi vojib" (azaliy vujud) -birinchi sabab va "vujudi mumkin" - yaratilgan, kelib chiqqan vujudlar natijalaridan iboratdir. Vujudi vojib - yakkalik, vujudi mumkin - ko'plikni ifodalaydi. Azaliy vujuddan tabiatning kelib chiqishi tasodifiy va xudo irodasiga bog'liq sub'ektiv jarayon emas, balki muayyan tartib, izchillikka, sabab-oqibat bog'lanishiga asoslanuvchi zaruriy jarayondir.
Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor
VOLUME 2 | ISSUE 10 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7
Arastuning tabiatdan tashqarida bo'lgan birinchi sabab va materiyaning mustaqil rivojlanishi haqidagi deistik qarashlari ta'sirida Sharq falsafasida naturfalsafiy bilimlar va olamni deistik tushunish asosidagi naturalistik panteizm ta'limoti maydonga keldi. Uning asoschilari Al Kindiy va ayniqsa Forobiy bo'lib, ularning g'oyalarini Beruniy, Ibn Sino, Ibn Bajja, Ibn Rushd va boshqa mutafakkirlar davom ettirdilar.
Forobiy o'rta asr Sharqida antik yunon donishmandligi yutuqlarini, ayniqsa, Arastuning naturfalsafiy g'oyalarini rivojlantirib, o'z davrining tabiiy-ilmiy, falsafiy qarashlarini umumlashtirib, original falsafiy tizim yaratdi. Bu tizim o'z zamonasining barcha dolzarb muammolarini qamrab oladi. Forobiy falsafasida ilgari surilgan vujud (borliq, olam) haqidagi ta'limotga ko'ra, yagona olam bir-biri bilan sabab-oqibat munosabatlari orqali bog'langan olti bosqichdan iborat bo'lib, bu bochqichlar butun mavjudlikning asosidir. Forobiy xudoga birinchi sabab, birinchi mohiyat, deb ta'rif beradi. Tabiat, ashyo va jismlar shakllari muayyan izchillik va zaruriyat bo'yicha yuz beradigan tadrijiy jarayonlar asosida paydo bo'ladi, deb hisoblaydi. Butun mavjudotni sabab-oqibat nuqtai nazaridan 6 daraja (sabab)ga bo'ladi: xudo - birinchi sabab, ikkinchi sabab esa osmon jismlari, so'ngra faol aql, jon (an-nafs), shakl (as-sur'at), materiya yoki modda va ashyolar (al-modda). Mavjudlikning asosi bo'lgan ushbu olti ibtido ikkiga - zaruriy vujud (vujudi vojib) va imkoniy vujud (vujudi mumkin)ga bo'linadi. Vujudi vojib - bu mavjudligi hech narsaga bog'liq bo'lmagan, azaliy, abadiy va mavjudlikning birinchi sababi - tangridir. Qolgan beshta bosqichlar imkoniy tarzda mavjud bo'lib "vujudi mumkin" turiga kiradi. Birinchi sabab va bosqichlar haqidagi ta'limoti orqali Forobiy jismlar dunyosi, ya'ni tabiat, moddiylikning mazmunini ochib beradi. Uning fikricha, yer va osmon sathlari jismlik, ya'ni moddiylik xossasiga ega bo'lib, olti turga bo'linadilar: osmon jismlari, aqlli hayvon, aqlsiz hayvon, o'simliklar, minerallar hamda to'rt unsur (olov, havo, tuproq va suv). To'rt unsur moddiylikning, ya'ni boshqa hamma jismlarning asosi bo'lib, ularning turlicha qo'shilishi tufayli vujudga kelgan. To'rt unsurdan nabotot olami, hayvonot olami, inson zoti va notirik tabiat vujudga keladi. Organik olamga o'simlik ruhi, hayvoniy ruh va insoniy ruh xosdir. Jismlarga esa harakat xos bo'lib, ular o'zaro bir-birlari bilan bog'langan.
Tabiat va inson azaliy vujuddan sabab-oqibat bog'lanishi natijasida kelib chiqqandan so'ng mustaqil ravishda o'z qonuniyatlari asosida rivojlanishi to'g'risidagi deistik ta'limot tarzida talqin etildi. Jumladan, "Kitob an-najot" asarida Ibn Sino shunday yozadi: "Azaliy vujuddan kelib chiqqan vujudlar undan
Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor
VOLUME 2 | ISSUE 10 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7
uzoqlashgani sari mustaqil bo'la boradilar, lekin o'zlarining boshlang'ich sababining xislatlarini saqlab va keyingi vujudlar uchun sabab bo'ladilar"( 6 ).
Olamning tuzilishi haqidagi panteistik va deistik mazmundagi bu ta'limot tabiat va materiya to'g'risidagi ilg'or tabiiy-ilmiy bilimlar va naturfalsafiy qarashlar rivojlanishiga g'oyaviy asos bo'lib xizmat qildi. Umuman olganda, koinotdagi yulduzlar, sayyoralarning harakatini o'rganish, Yerning harakatda va shar shaklida ekanligi, qit'alar va dengizlarning joylashuvi, siljish va o'zgarishi Yer qa'ridagi tektonik harakatlarga bog'liqligi (Ibn Sino "ash-Shifo"), Afrika ortida yer sharining muvozanatini saqlab turuvchi quruqlik (qit'a) mavjudligi haqidagi faraz va, nihoyat, Yer hajmi va meridiani bo'yicha uzunligining aniqlanishi, shu asosda Yerning sferik tasviri - globusning yaratilishi (Beruniy) nafaqat o'z davri uchun, balki Sharq va G'arbiy Yevropa va umuman hozirgi zamon ilm-fani, falsafasi, texnikasi, ijtimoiy taraqqiyoti uchun, hozirgi davr ilmiy-texnik tafakkur usulining shakllanishi uchun ham fundamental ahamiyatga ega bo'ldi.
Shu tariqa, xudo bilan real mavjud olamni aynanlashtiruvchi panteistik ta'limot Allohga xos azaliylik, abadiylik, yaratuvchilik kabi sifatlar tabiatga, insonga ham xosdir, degan falsafiy xulosalarga olib keldi. Bu esa insonni, uning aqli, bilimi, qobiliyatini, ilm-fanni ta'riflovchi, ulug'lovchi ratsionalistik va gumanistik yo'nalishga keng yo'l ochadi. Umuman, o'rta asr Sharqida panteistik va deistik mazmundagi ta'limot Renessans davri ratsionalizmi va gumanizmining tub falsafiy-ontologik asosi, hurfikrlilik g'oyalarini ifodalash shakli bo'lib qoldi.
XULOSA.
Shunday qilib, Sharq Renessans davri falsafasining yetakchi g'oyalari panteizm, ratsionalizm va insonparvarlik edi. Panteizm va ratsionalizm zaminidan unib chiqqan insonparvarlik g'oyalari, pirovardida, insonni, butun insoniyatni baxt-saodatga erishtirish, komil inson, ideal yetuk jamoa, ijtimoiy tuzum haqidagi utopik g'oyalar bilan bog'lanib Sharq Renessansi, xususan Markaziy Osiyo Birinchi va Ikkinchi Renessans davrlari ijtimoiy-falsafiy fikri taraqqiyotining eng katta yutuqlaridan biri bo'ldi. Bu ideal g'oyalar xalqlarimizning asriy orzulari bo'lib kelgan bo'lsa, bugungi mustaqillik davrida xalqimiz hayotida o'z isbotini topib bormoqda. Insonparvar demokratik va erkin fuqarolik jamiyatini rivojlantirish, ma'naviyatni yuksaltirish va barkamol avlod tarbiyasi borasidagi erishilgan yutuqlar, "Kuch - bilim va tafakkurda" tamoyilining amalga oshirilishi buning yorqin isbotidir.
Davlatimiz rahbari Shavkat Mirziyoev qayd etganlaridek, "Ushbu zaminda dunyo sivilizatsiyasi rivojiga beqiyos hissa qo'shgan buyuk gumanist olimlar, mutafakkir va shoirlar yashab ijod qilgan" (1, 38-bet). "Ma'lumki, qadimiy
Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor
VOLUME 2 | ISSUE 10 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7
madaniyat va sivilizatsiyalar chorrahasi bo'lgan yurtimiz zaminidan o'rta asrlarda minglab olimu ulamolar, buyuk mutafakkir va shoirlar, aziz-avliyolar yetishib chiqqan. Ularning aniq fanlar va diniy ilmlar sohasida qoldirgan bebaho merosi butun insoniyatning ma'naviy mulki hisoblanadi", deb ta'kidlar ekan, bu meros yangi va yangi avlodlar uchun donishmandlik va bilim manbai, yangi kashfiyotlar uchun ajoyib material ekanligini uqtiradi. (2, 14-bet). Sharq mutafakkirlarining insonparvarlik g'oyalari bilan yo'g'rilgan ijtimoiy-falsafiy ta'limotlari olamni falsafiy anglashda, talaba yoshlar dunyoqarashining shakllanishida juda boy g'oyaviy manba hisoblanadi.
Xalqimizning asriy orzu-armonlarini ifodalagan gumanistik g'oyalar Birinchi va Ikkinchi Renessans davrlariga asos bo'lgani, ma'naviy poydevor bo'lib xizmat qilganini qayd etib, Prezidentimiz "shu tariqa uzoq o'tmishdan hozirgi davrgacha milliy tafakkurimiz negizida shakllanib kelgan, turli g'oya va amaliy harakatlarda o'z ifodasini topgan el-yurtimizning orzu-umidlari bugungi kunda Yangi O'zbekiston tushunchasida jamuljam bo'ldi", deb ta'kidlaydilar. Yangi O'zbekistonda amalga oshirilayotgan islohotlarning bosh maqsadi ham inson, uning hayoti, huquq va erkinliklari, qadr-qimmati, ehtiyoj va manfaatlariga qaratilgani bilan ahamiyatlidir. Biz barpo etayotgan Yangi O'zbekiston, Uchinchi Renessans davri mafkurasi avvalo insonparvarlik, ezgulik va bunyodkorlik mafkurasi bo'ladi. (Qarang: 1, 293-bet).
REFERENCES
1. Shavkat Mirziyoyev. Yangi O'zbekiston strategiyasi. - "O'zbekiston" nashriyoti, 2021. 464 bet.
2. O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkt Mirziyoyevning Oliy Majlisga Murojaatnomasi. 22 dekabr 2017 yil. - T.: "O'zbekiston", 2018.
3. Hayrullayev M.M. Uyg'onish davri va Sharq mutafakkiri. - T.: O'zbekiston, 1971.
4. Hayrullayev M.M. O'rta Osiyoda ilk Uyg'onish davri madaniyati. - T.: Fan, 1995.
5. Ибн Сина. Избр. философия производство. - М., 1980.
6. Raxmanov A., Safarov A. O'zbekistonning milliy tiklanishdan yuksalish sari rivojlanish bosqichlari. - Toshkent: "O'zbekiston faylasuflari milliy jamiyati" nashriyoti, 2020.- 130 bet.