Научная статья на тему 'TARAQQIYOTIMIZNING ASOSIY YO’LI – UCHINCHI RENESSANS'

TARAQQIYOTIMIZNING ASOSIY YO’LI – UCHINCHI RENESSANS Текст научной статьи по специальности «Технологии материалов»

CC BY
94
15
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
adolat / daxildorlik / samaradorlik / tarbiya / ta’lim / sifat / renessans / milliy g’oya / qadriyat.

Аннотация научной статьи по технологиям материалов, автор научной работы — Temur Turdibekov

Ushbu maqolada ta’lim taraqqiyotining istiqbollari, inson hayotida ta’lim-tarbiyaning muhim ekanligi, eng oliy ne’mat bo’lgan qadriyat tushunchasini yoshlar ongiga singdirish, ularni ma’naviy, jismonan sog’lom tarbiyalashimiz taraqqiyotimizning asosiy yo’Ii bo’lgan ‘’Uchinchi renessans bo’lishi kerakligi ta’kidlab o’tilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «TARAQQIYOTIMIZNING ASOSIY YO’LI – UCHINCHI RENESSANS»

Scientific Journal Impact Factor (SJIF 2022=4.63) Passport: http://sjifactor.com/passport.php?id=22230

TARAQQIYOTIMIZNING ASOSIY YO'LI - UCHINCHI RENESSANS

Temur Turdibekov

SamDU Milliy g'oya, ma'naviyat asoslari va huquq ta'limi yo'nalishi 4-bosqich talabasi

Ushbu maqolada ta'lim taraqqiyotining istiqbollari, inson hayotida ta'lim-tarbiyaning muhim ekanligi, eng oliy ne'mat bo'lgan qadriyat tushunchasini yoshlar ongiga singdirish, ularni ma'naviy, jismonan sog'lom tarbiyalashimiz taraqqiyotimizning asosiy yo'Ii bo'lgan ''Uchinchi renessans bo'lishi kerakligi ta'kidlab o'tilgan.

Kalit so'zlar: adolat, daxildorlik, samaradorlik, tarbiya, ta'lim, sifat, renessans, milliy g'oya, qadriyat.

Mavzuning dolzarbligi: Hozirgi vaqtda mamlakatimizda yana bir muhim uyg'onish jarayoni kechmoqda. Shu munosabat bilan butun xalqimizni ulug' maqsadlar sari ruhlantirmog'imiz, yoshlarni har tomonlama bilim, ko'nikma, malakalarini ilm yo'lida oshirish, shaffoflik bilan yondoshish, ularni ta'lim-tarbiya jarayonlarini izchillik bilan olib borish. Bu uyg'onish davrida O'zbekiston hududidagi barcha yoshlarni birdek jalb qilish, ularning iqtidorini qadrlash va namoyon qilishda mas'ul shaxslar majburiyatini oshirish oldimizda turgan eng dolzarb muammolardan biri. Bugungi kunda butun xalqimizning qalbidan chuqur joy olgan umummilliy harakatga aylanib borayotgan ,,Yangi O'zbekiston'' g'oyasi zamirida ana shunday ulug' ajdodlarimiz, umuman olganda milliy tariximizda birinchi va ikkinchi uyg'onish davrlariga asos solgan alloma bobolarimizning orzu-intilishlari va armonlari ham mujassam. Muxtaram Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev aytganlaridek ''Zamonaviy bilimlarni o'zlashtirish chinakam ma'rifat va yuksak madaniyat egasi bo'lish, uzluksiz hayotiy ehtiyojga aylaish kerak''. Biz yoshlar bu yo'lni boshlab davom ettirish, ulkan yutuqlarni qo'lga kiritish oldimizda turgan eng dolzarb masalalardan ekanligini aslo unutmasligimiz kerak.

Vaziyatdagi kamchiliklar: Har bir davrni o'z yutuqlari bo'lgani kabi o'z kamchiliklari bo'ladi. Bu kamchiliklarni bartaraf etish yo'lida adolatli qaror qabul qilish, kamchiliklarni bartaraf etishda yangi yangi metodlarni ishlab chiqish ular jamiyatga mos tarzda amaliy ishga tushirish, bu yo'lda avvalo milliy qadriyatlarni inobatga olgan holda jahon hamjamiyatining yutuqlaridan oqilona foydalana olish, eng avvalo yoshlar orzu-istaklaridan kelib chiqqan holda ish olib borish eng samarali yo'l hisoblanadi. Kamchiliklarni ham berkitmasdan ularni to'g'ri qabul qilish zarur.

ANNOTATSIYA

Scientific Journal Impact Factor (SJIF 2022=4.63) Passport: http://sjifactor.com/passport.php?id=22230

Birinchidan, tarbiya sifatini yaxshilash, bunda ota-ona mas'uliyatini oshirish, ta'lim dargohlarida tarbiya jarayonlariga e'tibor berish jamiyatimizning oldida turgan eng muhim vazifasidir. Tarbiyasiz yoshlar ham oramizda ildiz otib borishi ma'naviy savodsizligi buning natijasini taraqqiyotimizga ta'siri kuchli sezilmoqda, bunga barcha daxildorlikni his qilishi muhim.

Ikkinchidan, ta'lim sohasida turli xil soxtakorlik ishlari naijasida yoshlar ilm olishdan ko'ngli sovishi, turli tazyiqlarga uchrab o'zlariga bo'lgan ishonchning so'nishi, bu ikki masala tarbiya va ta'limda qay darajada muhimligini biz his qila olishimiz zarur.Birinchi Prezidentimiz Islom Abdug'aniyevich Karimov aytganidek ,,Ta'limni tarbiyadan, tarbiyani esa ta'limdan ajratib bo'lmaydi bu sharqona qarash, sharqona hayot falsafasidir'' bu bejizga emaski bu so'zlar hozirgi kunimizda ham o'zining dolzarbligini yo'qotmagan. Bizning dunyoqarashimizda sharqoniy ilm bu bizning millatimiz taraqqiyoti hisoblanadi.

Uchinchidan, daxldorlik hissining pastligi bunday davom etar ekan ,,Yangi O'zbekistonni'' qanday barpo etamiz. Biz olib borayotgan, nazariy qilinayotgan ishlarimizni amaliy jihatdan ham barajara olishimiz kerak.

Muxtaram Prezidentimiz SH.M.Mirziyoyev aytganlaridek, ,,Haqiqiy ahvolni gapirgan inson bizga do'st'' biz barchamiz bunga munosib bo'lishimiz kerak. Kamchiliksiz narsa bo'lmaganidek har bir narsada bu kuzatiladi. Shu sababdan jamiyat taraqqiyotini davlat barqarorligini istar ekanmiz, har bir insonda daxldorlik hissini uyg'ota olishimiz, inson qadrini oshirishimiz eng muhim ishimizdir. Nimalar qilishimiz kerak bu masalalar tilga oson albatta, lekin, amaliyotga olib kirish bir qancha qiyinchiliklar kuzatilmoqda, bularni bartaraf etish uchun adolatli va oqilona ish tutmog'imiz darkor.

Birinchidan, bu muammoni hal qilish uchun avvalo bilim kerak. Yangi O'zbekiston g'oyasini Milliy g'oyaga aylantira olish, bu o'rinda ota-ona, ta'lim dargohlarining o'rni beqiyos, yoshlarimizni bilim olishga ibrat, o'rnak bo'laylik. Ularni rag'batlantirishda bilim saviyasiga e'tibor beraylik, puli, obro'-e'tibori, ota-onasining mansabiga qarab emas, albatta, shu ishlarni amalga oshira olsak, yoshlarimizni ishontiribgina qolmay taraqqiyot istiqbollarini ular bilan qura olamiz.

Ikkinchidan, o'z mansabiga sovuqqonlik bilan yondashgan insonlar hech qachon jamiyat manfaatlarini inobatga olmaydi. Chuqur anglagan holda bunday shaxslarga qayta ish ko'rsatib namuna ko'rsatmaguncha, ular ustidan nazoratni kuchaytirish kerak. Shundagina biz o'ylagan taraqqiyot eshiklari biz uchun bosqichma-bosqich ochiladi.

Uchinchidan, insonlar o'zini qadrlasa, boshqa insonlarni qadriga yetadi. Qadriyatning o'zi qadrga muhtoj bo'lmoqda. Hozirgi kunimizda inson o'zi ishlagan ishidan avvalo, ko'ngli to'lishi kerak. Bu o'rinda iqtisodiy soha bizning oldimizga g'ov

Scientific Journal Impact Factor (SJIF 2022=4.63) Passport: http://sjifactor.com/passport.php?id=2223Q

bo'lib qolmoqda. Ta'lim dargohlarini olsak yoinki, boshqa sohalarni olsak, inson o'ziga ajratilgan ishga ko'ngli to'ladigan mablag' ajratilsa, ishda sifat, adolat, ma'suliyat, samaradorlik hissi ortadi. Shu sababli barcha sohalarga to'g'ri iqtisodiy mablag' ajratilsa, butun xalqni Yangi O'zbekiston-Uchinchi Renassansga yo'naltirgan bo'lamiz.

Xulosa qilib aytganda, bizning oliy maqsadimiz Yangi O'zbekistonimizni avvalo, insonparvarlik, ilm-ma'rifat asosida tiklamog'imiz, ta'lim tarbiyani uyg'un holda olib borishimiz, ma'naviy komil insonni tarbiyalamog'imiz, birinchi va ikkinchi renassans davridan xulosa chiqarmog'imiz lozim. Bu yo'lda yangi uyg'onish davrini yaratish yo'lida belni mahkam bog'lab fidokorona mehnat qilmog'imiz asosiy maqsadimiz.Biz bu uyg'onish davri zamirida ulug' bir ezgulik, ma'naviy barkamollik, buyuk bir kuch yotganligini asosiy tayanchimizga, yoshlarimizga keng imkoniyatlar yaratishimiz darkor. Bu jarayonlarni boshlab berish uning poydevorini qo'yishda barchamiz ma'sul bo'lishimiz kerak. Buning uchun avvalo, Alloh bergan to'g'ri yo'lga qadam qo'ymog'imiz, so'ngra xalqni, millatni sevish, har bir insonda samimiy insonparvarlik tuyg'usi mujassam bo'lmog'i kerak.

Foydalanilgan adabiyotlar:

1. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining "2022-2026-yillarga mo'ljallangan Yangi O'zbekistonning taraqqiyot strategiyasi to'g'risida"gi farmoni 28.01.2022-yildagi PF-60-son.

2. Sh.M.Mirziyoyev "Qonun ustuvorligi va inson manfaatlarini ta'minlash yurt taraqqiyotining va xalq farovonligining garovi" Toshkent "O'zbekiston" 2017y.

3. Sh.M.Mirziyoyev "Milliy taraqqiyot yo'limizni qat'iyat bilan davom ettirib yangi bosqichga ko'taramiz" Toshkent "O'zbekiston" 2017-yil.

4. Q.O.Mahkmov "SHarq mutafakirlarining sotsiologik ta'limoti" Namangan 2020.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.