Scientific Journal Impact Factor
ESTETIK FIKR TARIXIDA SAN'AT MA'NAVIYAT FENOMENI
SIFATIDA
Аllayarova Marhabo Mavlanovna
Falsafa fanlari nomzodi, Dotsent, Samarqad davlat universiteti, Samarqand,
O'zbekiston
E-mail: allayarova-1972@mail.ru ANNOTATSIYA
San 'at insoniyatning badiiy va estetik ijodining ma 'naviy va amaliy mahsuli, estetik faoliyati va ehtiyojini qondirishning o 'ziga xos usulidir. Bunda san 'atning inson ma'naviyatining mahsuli ekanligini va u noyob va betakrorligi bilan inson ruhiyatini junbushga keltiradigan va unga ruhiy qudrat bag'ishlaydigan kuch ekanligini anlash kerak bo 'ladi. Shunga kura san 'atning ushbu xususiyatini o 'rganish va tahlil qilish ilm fan oldidagi asosiy vazifalardan biridir.
Maqolada san 'atdagi his-tuyg'u va tafakkur uyg'unligi, uning estetik ong shakli va estetik faoliyatni belgilaydigan muhim jihati ekanligi ochib beriladi. Uning ma'naviyat tizimining tarkibiy qismi sifatida ma'naviyat fenomeni maqomida amal qilishining zaruriy sharti ekanligi tahlil etiladi. Ijtimoiy ong shakllari san 'atdagi his-tuyg'u va tafakkur uyg'unligi orqali o'zaro funksional aloqaga kirishadilar va jamiyat ma'naviy hayoti maqomida amal qiladilar, qadriyatlarga aylanadi. Shu ma'noda san'at faqat ma'naviyatni kamol toptirish, yuksaltirish omili emas, balki uning mavjudlik usuli, mezoni bo 'lib hisoblanadi.
San 'atning ma 'naviyat tizimi tarkibida tutgan xuddi ana shu funksional, tizim tashkil etuvchi xususiyati tadqiqotchilarning e'tiboridan chetda qoladi
Kalit so'zlar: tizim, uyg'unlik, estetik ong, рационализм, классицизм, san'at, tafakkur, axloqiylik, ma'naviylik, феномен.
ИСКУССТВА KAK ФЕНОМЕН ДУХОВНОСТИ В ИСТОРИИ ЭСТЕТИЧЕСКОЙ МЫСЛИ
Аллаярова Мархабо Мавлановна
Кандидат философских наук, доцент, Самаркандский государственный Университет, Узбекистан, г. Самарканд E-mail: allayarova-1972@mail.ru
АННОТАЦИЯ
Искусство является духовным и практическим продуктом художественного и эстетического творчества человека, уникальным
Oriental Renaissance: Innovative, R VOLUME 1 | ISSUE 10
educational, natural and social sciences О ISSN 2181-1784
Scientific Journal Impact Factor SJIF 2021: 5.423
способом удовлетворения эстетической деятельности и потребностей. В статье раскрывается гармония эмоций и мышления в искусстве, его важная форма, определяющая форму эстетического сознания и эстетической деятельности. Анализируется, что это необходимое условие для его функционирования как неотъемлемой части духовной системы как духовного явления.
Ключевые слова: cuстема, гармония, эстетическое сознание, рационализм, классицизм, искусство, мышление, нравственное, духовность, феномен.
THE ARTS AS A PHENOMENON OF SPIRITUALITY IN THE HISTORY OF AESTHETIC THOUGHT
Allayarova Marhabo Mavlanovna
Candidate of Philosophical Sciences, Associate Professor, Samarkand State University, Samarkand, Uzbekistan E-mail: allayarova-1972@mail.ru
ABSTRACT
Art is a spiritual and practical product of human artistic and aesthetic creation, a unique way of satisfying aesthetic activity and needs. The article reveals the harmony of emotion and thought in art, its important form that determines the form of aesthetic consciousness and aesthetic activity. It is analyzed that it is a necessary condition for its functioning as an integral part of the spiritual system as a spiritual phenomenon.
Keywords: system, harmony, aesthetic consciousness, rationalism, classicism, art, thinking, morality, spirituality
KIRISH
Bugungi kunda inson mohiyati va ma'naviyatini anglab yetish, uni turli ma'naviy tahdidlardan, mafkuraviy xurujlardan asrab qolish global muammolardan biridir. Mazkur tahdid va xurujlar asosan kishilarni, xususan yoshlarni ma'naviy olamini izdan chiqarishga qaratilgan bo'lsa, san'at asarlari inson ma'naviy borlig'ini boyituvchi muhim ma'naviy omil hisolanadi. Ayni paytda milliy va umuminsoniy qadriyatlarning yaratilishi funksiyasini bajarish bilan birga jamiyat ma'naviy taraqqiyotining muhim omilidir. Lekin san'atning ma'naviyat fenomeni sifatidagi maqomati estetik fikr taraqqiyotida yetarli darajada o'rganilmay kelinmoqda.
San'at insoniyatning badiiy va estetik ijodining ma'naviy va amaliy mahsuli, estetik faoliyati va ehtiyojini qondirishning o'ziga xos usulidir. San'aning
213
Oriental Renaissance: Innovative, R VOLUME 1 | ISSUE 10
educational, natural and social sciences 0 ISSN 2181-1784
Scientific Journal Impact Factor SJIF 2021: 5.423
ko'pfunksionallik xususyati insonni estetik ongi, his tuyg'u va tafakkur uyg'unligidagi amaliy faoliyati bilan kechadi. Bunda san'atning inson ma'naviyatining mahsuli ekanligini va u noyob va betakrorligi bilan inson ruhiyatini junbushga keltiradigan va unga ruhiy qudrat bag'ishlaydigan kuch ekanligini anglash kerak bo'ladi. Shunga ko'ra san'atning ushbu xususiyatini o'rganish va tahlil qilish ilm fan oldidagi asosiy vazifalardan biridir.
San'atdagi his-tuyg'u va tafakkur uyg'unligi uning estetik ong shakli va estetik faoliyatni belgilaydigan muhim jihat bo'lib, bu san'atning ma'naviyat tizimining tarkibiy qismi, ma'naviyat fenomeni maqomida amal qilishining zaruriy sharti hisoblanadi.
Agar estetik fikr tarixiga nazar tashlanadigan bo'lsak, uning barcha bosqichlarida badiiy-estetik qadriyatlar u yoki bu tarzda ijodiy metod (klassisizm, romantizm, realizm)larning tamoyillari asosida yaratilganligi va ular (metodlar) bir-biridan sensualistik (lot. sensus- his, sezgi) yoki ratsionalistik (lot.ratsionalis-oqilona), ya'ni his-tuyg'u va tafakkurning bilishdagi dialektik birligiga bir yoqlama yondashadigan yo'nalishlarga mansubligi bilan farqlanganini ko'rish mumkin. Lekin Pifagor va uning izdoshlari san'atning mohiyatini, sensualistik nuqtai nazardan turib izohlaydilar. Ular koinot(borliq) estetik mohiyatga ega bo'lib, uning negizini musiqaviy ohang va sonlarning o'zaro uyg'unlashuvidan tashkil topgan hissiy koinot, yaxlit badiiy asar ko'rinishida tasavvur qilinadi. [1,2]
MUHOKAMA VA NATIJALAR
Pifagorchilar samoviy musiqa ohangini tinglay olgan, his etib zavqlana olgan kishigina san'atkor bo'la olishi va kishi ruhini tug'yonga sola oladigan asar yarata olishi mumkin, deb tushuntirishadi. Platon (eramizgacha 427-347 yillar) pifagorchilar kabi san'at masalasini sensualizm tamoyillari asosida tahlil qiladi [1-5]. Pifagorchilarning bundan ikki ming yil muqaddam olam tuzilishi, birligi negizini musiqaviy ohanglar ritmi tashkil etishligi haqidagi gipotetik fikrlari bugungi fan-texnika asrida yashayotgan, shu sohaning mutaxassisi uchun ilmiy asosga ega bo'lgan gipoteza tarzida tashbeh etiladi. Bu o'rinda Toshkent davlat konservatoriyasining dotsenti Irma Malmbergning musiqa san'atining sirli tabiati haqidagi quyidagi fikrlarini keltirish mumkin. "Musiqalarni tashkil etuvchi muqaddima,- deb yozadi u-, eng birinchi navbatda vaqtga tegishli bo'lgan marom/ritm/, masofa/metr/ va sur'at/temp/ singari omillarga bog'liqdir. Bularsiz musiqa o'z ma'nosini yo'qotadi va betartib shovqinlar majmuiga aylanib qoladi. Musiqada masofa kuchli, zaif tovushlarning vaqt zamirida bir maromda almashinishini bildiradi. Marom esa turli
chiziqlarga ega bo'lgan tovushlarning bir uyg'unlikda almashinishidir. Sur'at esa
214
Scientific Journal Impact Factor
ijrodagi harakat tezligini bildiradi. Endi e'tibor qiling-a, axir, bizning Koinot ham shu taxlitda harakatlanadi-ku". [2,3,6]
Platon ham pifagorchilar kabi san'at masalasini sensualizm tamoyillari asosida tahlil qiladi. Ma'lumki, Platon dunyoviy ruh, g'oya borliqning substansiya asosi ekanligi haqidagi qarashni ilgari suradi. Uningcha, zohiriy olam, borliq g'oyalar dunyosining "soya"sidirki, uning mohiyatini oliy darajaga ko'tariluvchi aql, falsafiy mushohada yuritish orqali bilib olish imkoniyatiga ega bo'lishi mumkin. "Kimda-kim faylasuf bo'lmasa,-deb yozadi u,- ilohiy zot/g'oyalar/ dunyosiga o'tish imkoniyatiga ega bo'la olmaydi" [3-7].
San'at, Platonning uqdirishicha, asosan, jonli mushohadaga tayanib, bunda u xis, idrok etiladigan narsa-hodislarga taqlid qilish va ularni tasvirlash doirasidan chetga chiqaolmaydi. Zotan, Platonning fikricha, go'zallik ko'rish va eshitish orqali his qilinadigan har qanday yoqimlilik". [4-7]. Platon umuman san'atdagi tafakkurnining rolini inkor etmaydi, balki, aksincha uning bilish funksiyasini belgilaydigan jihat deb qaraydi. Faylasuf san'at o'zining mazkur funksiyasini estetik tarbiya vositasi sifatida amal qilishligida namoyon etadi va u o'zining ana shu qarashidan kelib chiqqani holda, umumdavlat miqyosidagi estetik tarbiya tizimini ishlab chiqish zarurligi haqidagi g'oyani ilgari suradi [7-11]. Sofizm ta'limoti vakillaridan biri Gorgiy/eramizgacha tax. 483-375 yillar/ san'atda bevosita aql, tafakkur bilan ish ko'rmaydi. Falasufning bunday qarashi shu bilan izohlanadiki, u garchi rasionalist bo'lsa-da, ammo tafakkurning bilishdagi roliga skeptisizm(yunon.skeptomal-shubhalanmoq) nuqtai nazardan turib yondashadi.
XVII asr farang faylasufi Rene Dekart (1596-1650) "Metod haqida mulohazalar" (1637) nomli risolasida ratsionalizm ta'limotining tamoyillarini tizimli bayon etish barobarida san'atdagi klassitsizm (lot. classicus-namunali) ijodiy yo'nalishiga asos soladi.
Klassitsizm Yevropa uch asrlik davrini XVI asrdan XIX asrning 30-yillarigacha o'z ichiga olgan san'atdagi yo'nalish bo'lib, bu ijodiy metodiga ratsionalizm tamoyili xosdir, agar romantizmga (fransuzcha: romantisme) qaraydigan bo'lsak, bunda uning his-tuyg'u jihatidagi ko'tarinkilik ruhining yetakchi mavqeini egallaganligini ko'ramiz.
Mazkur yo'nalishda asosiy rol o'ynovchi ironiya badiiy uslubida ijtimoiy voqelikni emotsionallikka asoslangan o'tkir satira tig'i bilan fosh qilish, shuningdek bunda ideal (mukammal) jamiyat va shaxs timsolini hissiy idrok etish tamoyiliga tayaniladi.
Scientific Journal Impact Factor
Shuni ta'kidlash kerakki, his-tuyg'u, emotsionallikning g'ayrishuuriy (ongsizlik) qatlamlarining badiiy ijod jarayonidagi rolini bo'rttirib ko'rsatish XIX asr oxiri XX asr boshlarida yuzaga kelgan estetika, falsafadagi intuituizm, irratsionalizm, ekzistensializm kabi oqimlarning boshlang'ich tamoyili hisoblanadi. Hozirgi ilmiy, o'quv adabiyotlarida san'atdagi his-tuyg'u va tafakkurning uyg'unligi uning (san'atning) ma'naviyat maqomini belgilaydigan muhim jihat ekanligi nazardan chetda qoldiriladi.
Ijtimoiy ong shakllari san'atdagi his-tuyg'u va tafakkur uyg'unligi orqali o'zaro funksional aloqaga kirishadilar va jamiyat ma'naviy hayoti maqomida amal qiladilar, qadriyatlarga aylanadi. Shu ma'noda san'at faqat ma'naviyatni kamol toptirish, yuksaltirish omili emas, balki uning mavjudlik usuli, mezoni bo'lib hisoblanadi.
San'atning ma'naviyat tizimi tarkibida tutgan xuddi ana shu funksional, tizim tashkil etuvchi xususiyati tadqiqotchilarning e'tiboridan chetda qoladi. "Ma'naviyat. Asosiy tushunchalar izohli lug'ati"da ma'naviyatning ijtimoiy ong shakllari, iqtisodiyot bilan o'zaro munosabati tahlil qilingani holda, bunda san'at yodga ham olinmaydi. [9-13].
Bizningcha, ma'naviyatning, "beqiyos kuch va insonning barcha qarashlarining mezoni" [Karimov, I. 2008. b.19] ekanligi san'atning his-tuyg'u va tafakkur uyg'unligi bilan belgilanadigan noyob ijtimoiy hodisa (fenomen)-estetik ong shakli va estetik faoliyat turi sifatidagi ma'naviyat mezoni bilan zaruran shartlangandir.
San'atning mohiyati, predmeti, maqsadi falsafiy-estetik fikr tarixida doimo dolzarb, bahsli masala bo'lib kelganki, bu uning ma'naviyat fenomeni sifatida jamiyat hayotining barcha sohalariga ta'sir ko'rsatib kelganligi bilan izohlanadi. Nemis mumtoz falsafasining namoyandalari I.Kant va G.V.Gegel mazkur masalani o'zlarining fundamental asarlarida teran falsafiy tahlil qiladilar va o'z konsepsiyalarini yaratadilar. I.Kant fikricha, san'at inson faoliyatining uyg'unlashgan sohasidirki, bunday uyg'unlikni hissiyot va aql birligiga asoslangan estetik maqsadga muvofiqlik yuzaga keltiradi [4,5,12].
Faylasuf o'zining mazkur qarashini transdental (lot. transedere-chegaradan chiqmoq), ya'ni tajribadan ilgari, unga bog'liq bo'lmagan bilish haqidagi konsepsiyadan kelib chiqqan holda ilgari suradi.
I.Kant "Transendental mantiq" degan asarning bosh qismida hissiyotning aqlga munosabati va uning birligi haqida fikr yuritadi. "Bizning tabiatimiz shundayki,-deb ta'kidlaydi muallif,- mushohada (sozersaniye) predmetlarning bizga ta'sir ko'rsatuvchi usulini o'z ichiga olgan holdagina his etiladigan bo'lishi mumkin. Hissiy mushohada predmeti haqida fikrlash qobiliyati aqlidir. Aql o'z o'ziga hech narsani
Scientific Journal Impact Factor
mushohada qilolmaydi, hissiyot esa o'z o'ziga hech bir narsani fikrlay olmaydi. Faqat ulaming o'zaro qo'shilishidan bilim yuzaga kelishi mumkin [4,5,12]. I.Kant, garchi hissiyot va aqlning o'zaro birligini ta'kidlasa-da, lekin ulaming gnoseologik funksiyalarini bir-biridan ajratib qaraydi va hissiyotning qoidalari bilan estetika, aqlning tamoyillari bilan esa mantiq fani shug'ullanmog'i kerak, deb hisoblaydi.
Uningcha, empirik-tajriba doirasidagi mazkur fanlar (estetika, mantiq) aprior hissiyot va aqlni tadqiq etolmaydilar. I.Kant ushbu nuqtai nazardan kelib chiqqan holda o'zining "Transendental estetika" va "Transendental mantiq"ini yaratadi. "Transendental estetika"ga ko'ra, makon va zamon-aprior bilim tamoyili sifatidagi hissiy mushohadanig sof shakllaridir. [5,16]
I.Kantning fikricha, "Transendental mantiq" bilishning mazmunini mavhumlashtiradigan, uni (bilishni) faqat tafakkur shakllari tarzida olib qaraydigan umumiy mantiqdan farqli ravishda "bilishning mazmunidan chetga chiqmasdan, uni mavhumlashtirmasdan (ya'ni empirik mazmunga ega bilimni istisno etgan holda-izoh bizniki, M.A) o'rganmog'i kerak". [4,9]
I.Kant o'z davrining mutafakkiri sifatida sof ilmiy tafakkur, ratsionalizm XVIII asrda Yevropa, xususan, Germaniyada keskinlashib borayotgan ijtimoiy ziddiyatlar, boshlanib kelayotgan ma'naviy inqirozga zamin yaratayotganligini teran anglab yetadi va bunday xavfning oldini olish, bartaraf etish uchun yangicha falsafa, dunyoqarash zarur deb biladi. Va u o'zining falsafiy ta'linotini yaratadiki, unda "inson ongining nazariy aqldan yuqori, transendental (aprior) bilish qobiliyati mavjudligi va bu qobiliyat tafakkur bilan emas, balki inson qalbi, e'tiqodi va abadiyat g'oyalari bilan bog'liqligi haqidagi fikrlarni oldinga surgan" [9,15].
I.Kant san'atni ana shunday tafakkur, nazariy aqldan yuqori turuvchi transendental bilimni hosil qiluvchi inson faoliyatining sohasi deb biladi. Uning fikricha, san'at insonning maqsadga muvofiq faoliyatning shunday sohasiki, unda aprior his-tuyg'u va aprior aql, tafakkur o'zaro ichki uyg'un(garmoniya)likda go'zallik va ulug'vorlik mezoni bilan baholaniladigan transendental (ilohiy, intuitiv) bilim hosil qiladi.
Shu ma'noda aytish mumkinki, I.Kant falsafasining negizini Haqiqat, Ezgulik, Go'zallik oliy qadriyatlarining mazmunini o'zida uyg'unlashtirgan (sintezlashtirgan) estetik ong shakli va estetik faoliyat sohasi- san'at tashkil etadi.
I.Kant transendental falsafasining gnoseologik ildizi Sharq falsafasi, aniqrog'i tasavvuf ta'limoti g'oyalari bilan tutashdir. Chunki mazkur ta'limotga binoan, inson Haqiqatni (Xudoni) mutlaq Go'zallik timsoli tarzida eng yuksaK his-tuyg'u,(aprior) ishq orqali bilib oladi va shu tufayli o'z faoliyatini ezgulik maqsadiga yo'naltiradi.
Scientific Journal Impact Factor
I.Kantning zamondoshi G.V.Gegelning falsafiy sistemasida ham san'at muhim o'rin egallaydi. Uning ko'p jildlik "Estetika" deb nomlangan fundamental asarida san'atni, o'zining ob'yektiv idealistik qarashidan kelib chiqqan holda, "bilish va ilohiylikni, ruh haqiqatini o'zida mujassamlashtiruvchi eng teran insoniy maqsadlarini ifodalash usullaridan biridir", deb ta'riflaydi. Va yana mazkur ta'rifga aniqlik kiritib ta'kidlaydi: "san'atning haqiqiy predmeti haqiqat ruhidir"[3,17]. Faylasuf san'atning mazkur xususiyatini, predmetini belgilashda undagi his-tuyg'u va tafakkur uyg'unligini muhim tamoyil deb ko'rsatadi.
Gegel hissiyotni ruh, haqiqatni ifodalash vositasi, tashqi shakli deb emas, balki mohiyatni o'zida mujassamlashtiruvchi mazmun sifatida olib qaraydi. "San'at asari sof hissiyot emas,-deb yozadi faylasuf, -balki hissiyotda namoyon bo'ladigan ruhdir" Binobarin, faylasuf fikricha, san'atning maqsadi ruh, haqiqatning mohiyatini ochib berish bo'lmog'i kerak.
Insonning o'z borlig'ini transendental mohiyatini anglashi san'atning ma'naviyat fenomeni maqomining o'zak masalasi bo'lib, bunga u oddiy mantiqiy usul, tamoyillari, empirik darajadagi hissiyot bilan emas, balki yuksak aprior aql va ruh birligidagi intuitiv bilish orqali erishadi va bunda san'at belgilovchi rol o'ynaydi, deb qaraladi. Zotan, falsafaning asliy "hikmat ilmi (ma'naviyat fenomeni-izoh bizniki) sifatidagi mohiyati borliqni intellektual emas, balki intuitiv bilishida, ruhiyatshunosligidadir" [3-9].
Yuqorida ta'kidlab o'tganimizdek, I.Kant va G.B. Gegelning falsafasi ta'sirida keyinchalik Yevropada bir qancha, falsafiy-estetik ta'limotlar va san'atdagi oqimlar yuzaga keladi. Ularning aksariyati bir-biridan, asosan, san'atning mohiyati, vazifasi masalalarini his-tuyg'u va tafakkur nisbati hamda darajalarida (oddiy yoki transendental), shuningdek, uning (san'atning) boshqa ijtimoiy ong shakllari- din, falsafa, fan bilan bo'lgan o'zaro munosabatida talqin etishligi bilan farqlanadi [14-15].
O'tgan asr kommunizm mafkurasi hukmronligi davrida G'arb falsafiy-estetik oqimlari, san'atdagi yo'nalishlariga "burjua reaksion ta'limotlar" degan tamg'a bosilib, asossiz tanqid qilinib kelindi. Ularning insoniyat falsafiy-estetik tafakkuri taraqqiyoti mahsuli o'laroq yuzaga kelgan nazariya, qarashlar ekanligi inkor etildi.
Xulosa qilib aytganda, insonning o'z borlig'ini - transendental mohiyatini
anglashi san'atning ma'naviyat fenomeni sifatidagi maqomining o'zak masalasi
hisoblanadi. Bunga u oddiy mantiqiy usul, tamoyillari, empirik darajadagi hissiyot
bilan emas, balki yuksak aprior aql va ruh birligidagi intuitiv bilish orqali erishiladi
va bunda san'at belgilovchi rol o'ynaydi. Zotan, san'atning ma'naviyat fenomeni
218
XULOSA
Scientific Journal Impact Factor
sifatidagi mohiyati borliqni faqatgina intellektual emas, balki intuitiv bilishida, ruhiyatshunosligidadir. Shunga ko'ra san'atning ma'naviyat mezoni sifatidagi mohiyati uning hus tuygu va tafakkur uyg'unlida namoyon buladi, deb aytish mumkin. San'atning ushbu jihati uning umuminsoniy qadriyat darajasida yarailishi va amal qilishining muhim mezonidir. Shu ma'noda san'at asarlarini yaratishda ijodkor shaxsni ma'naviy borlig'ini va o'zligini shaxs sifatida kamol topishida yuksak umuminsoniy qadriyatlar ruhida tarbiyalash muhim ahamiyatga ega bo'lib ayni payda yaratilgan san'at asarlari inson ma'naviy olamini boyitishga hissa qo'shadi.
Bugungi kunda kishilarimiz, xususan, yoshlarimizni umuminsoniy ma'naviy qadriyatlar asosida o'zligini anglashi, ma'naviy barkamol insonlar sifatida voyaga etkazishda milliy qadriyatlarning umuminsoniy ahamiyatga ega falsafiy-estetik g'oyalar, ta'limot, yo'nalishlar bilan yaqindan tanishib, ular haqida estetik dunyoqarashi va tafakkurga ega bo'lmog'i zarur, yangidan-yangi san'at asarlari yaratuvchisi va ijodkoriga aylanishiga turtki bermoq kerak.
REFERENCES
1. Баумгартен, А. Г. (1964). История эстетики. Памятники мировой эстетической мысли/Баумгартен А. Г. М.: Искусство, 2.
2. Малмберг И. (1995). Мусиканинг ботиний кирралари. CupAU олам. №4, 5-бет.
3. Гегель Г.В. (1977). Философия духа. Том.3. М. "Мысль". стр. 54.
4. Кант И. (1965). Сочинение.в 6 том. Т-5.Москва. стр.94.
5. Кант И. (1999). Критика чистого разума. Перевод с немецкого. Ростов - на Дону, с- 60, 91.
6. Ma'naviyat. Asosiy tushunchalar izohli lug'ati. T., G'afur G'ulom nomidagi nashriyot matbaa uyi, 2010, 300-360-betlar.
7. Olloyorov M. (2003). Estetika. Ma'ruzalar kursi. Samarqand, 86-106.
8. Qahhorova Ш.К. (2009). Глобальная духовность является идеологической основой глобализации. Т. «Тафаккур», с.107.
9. Qahhorova. (2012). Insonparvar dunyoqarash-xaloskor kuch. "Tafakkur" jurnali, l, 1-son, 15-bet.
10. Платон.Федон. Сочинения. (1970). В 3 томах., т-2.М.:Мысль, с.48.
11. Mavlanovna, A. M., & Kurbanovna, M. M. (2021). Socio-philosophical problems of culture and marginal spirituality. Academicia: An International Multidisciplinary Research Journal, 11(3), 2579-2583.
Scientific Journal Impact Factor
12. Mavlanovna, A. M. (2021). Problems of transforming a healthy worldview and creativity into a nationwide movement in society. Asian Journal Of Multidimensional Research, 10(7), 32-36.
13. Mavlanovna, A. M. (2020). Moral Issues Of Upbringing A Person In A Healthy Spirit. The American Journal of Social Science and Education Innovations, 2(09),
14. Аллаярова, М., & Нурматова, У. (2018). Некоторые вопросы формирования эстетического отношения человека к природе. Актуальные научные исследования в современном мире, (3-4), 137-140.
15. Mavlanovna, A. M. (2020). Moral Issues Of Upbringing A Person In A Healthy Spirit. The American Journal of Social Science and Education Innovations, 2(09),
16. Zikirov, M. C., Qosimova, S. F., & Qosimov, L. M. (2021). Direction of modern design activities. Asian Journal of Multidimensional Research (AJMR), 10(2), 11-18.
17. Akmalova, P. D. (2019). The concept of moral personality development in creativity of thinkers of central asia. ACADEMICIA: An International Multidisciplinary Research Journal, 9(1), 135-141.
18. Mavlanovna, A. M. (2020). Symbolism In Art And Metaphorism, Metonymy As A Method Of Aesthetic, Spiritual-Psychological Assimilation Of Existence. Solid State Technology, 63(6), 3431-3437.
354-358.
354-358.