Научная статья на тему 'KLASTERLI YONDASHUV ASOSIDA O’QUVCHILARDA BADIIY ESTETIKLIKNI SHAKLLANTIRISH'

KLASTERLI YONDASHUV ASOSIDA O’QUVCHILARDA BADIIY ESTETIKLIKNI SHAKLLANTIRISH Текст научной статьи по специальности «Языкознание и литературоведение»

CC BY
372
53
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
badiiy estetiklik / klaster / estetik did / nafosat / madaniyat / san’at / ijod. / artistic aesthetics / cluster / aesthetic taste / elegance / culture / art / creativity.

Аннотация научной статьи по языкознанию и литературоведению, автор научной работы — Zarnigor Sarvar Qizi Xayrullayeva

Ushbu maqola o’quvchilarda badiiy estetiklikni shakllantirishga bag’ishlangan. Badiiy estetiklikning predmeti, shakllantirish usullari va manbalari o’rganilib, unga klaster usulida yondashilgan. Badiiy estetiklikning klasterli yondashuvi tahlil qilingan hamda badiiy estetiklikni shakllantirish sxemasi yaratilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

FORMATION OF ARTISTIC AESTHETICS IN STUDENTS BASED ON THE CLUSTER APPROACH

This article is devoted to the formation of artistic aesthetics in pupils. The subject, methods of formation and sources of artistic aesthetics were studied and approached to it by the cluster method. The cluster approach of artistic aesthetics has been analyzed and the scheme for the formation of artistic aesthetics has been created. Keywords: artistic aesthetics, cluster, aesthetic taste, elegance, culture, art,

Текст научной работы на тему «KLASTERLI YONDASHUV ASOSIDA O’QUVCHILARDA BADIIY ESTETIKLIKNI SHAKLLANTIRISH»

KLASTERLI YONDASHUV ASOSIDA O'QUVCHILARDA BADIIY ESTETIKLIKNI SHAKLLANTIRISH

Zarnigor Sarvar qizi Xayrullayeva

Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti, magistrant [email protected]

ANNOTATSIYA

Ushbu maqola o'quvchilarda badiiy estetiklikni shakllantirishga bag'ishlangan. Badiiy estetiklikning predmeti, shakllantirish usullari va manbalari o'rganilib, unga klaster usulida yondashilgan. Badiiy estetiklikning klasterli yondashuvi tahlil qilingan hamda badiiy estetiklikni shakllantirish sxemasi yaratilgan.

Kalit so'zlar: badiiy estetiklik, klaster, estetik did, nafosat, madaniyat, san'at,

ijod.

FORMATION OF ARTISTIC AESTHETICS IN STUDENTS BASED ON THE

CLUSTER APPROACH

Zarnigor Sarvar kizi Khayrullaeva

Tashkent State Pedagogical University named after Nizami, master [email protected]

ABSTRACT

This article is devoted to the formation of artistic aesthetics in pupils. The subject, methods of formation and sources of artistic aesthetics were studied and approached to it by the cluster method. The cluster approach of artistic aesthetics has been analyzed and the scheme for the formation of artistic aesthetics has been created.

Keywords: artistic aesthetics, cluster, aesthetic taste, elegance, culture, art, creativity.

KIRISH

Insonning voqelikni idrok etishi, ijodiy faoliyatni amalga oshirishi, shaxs sifatida kamol topishi bevosita uning badiiy estetiklik darajasi bilan bog'liq bo'lib, butun hayoti davomida shakllantirishni, rivojlantirishni talab etadi. Estetik tafakkur shakllanib borgan sari ijtimoiy-ruhiy, mafkuraviy-g'oyaviy, siyosiy va ma'naviy intilishlar ham ortib boradi, hayotga bo'lgan qarashlarni o'zgartiradi. Zamonaviy pedagogikaning oldida turgan asosiy masalalardan biri ham o'quvchilarda badiiy estetiklikni shakllantirish hisoblanadi. Estetik madaniyatni shakllantirish - bu borliqdagi va san'atdagi go'zallikni to'liq idrok etadigan va to'g'ri tushunadigan shaxs qobiliyatlarini rivojlantirishga

yo'naltirilgan jarayon. U o'zida badiiy kechinmalar, qarashlar va e'tiqodlar tizimini aks ettiradi, haqiqiy estetik qadriyatlardan zavqlanishni ta'minlaydi. Shu bilan birga bu orqali o'quvchilarda turmushning hamma tomonlaridagi go'zallik unsurlarini ilg'ab olish, xunuklik, didsizlikka qarshi kurashga harakat qilishni tarbiyalaydi[1]. Hozirgi davr, shart-sharoitlar o'quvchilarda badiiy estetiklikni shakllantirishning yangicha yondashuvini talab qilmoqda. Ushbu masalaga klaster usulida yondashish badiiy estetiklikning shakllanish manbaalarini aniqlash, ularni o'zaro birlashtirish va jarayonni jadallashtirish imkoniyatini yaratadi.

ADABIYOTLAR TAHLILI VA METODOLOGIYA

G'arbda professorlar V.P. Krutous (hayot falsafasi estetikasi, rus estetikasi, badiiy ijod psixologiyasi), T.V. Kuznetsova (kundalik hayot, san'at va moda estetikasi), A.A. Oganov (rassomlik, ijodkorlik, teatr san'ati nazariyasi muammolari); Dotsentlar A.R. Apresyan (san'at tarixi va nazariyasi, badiiy til muammolari va uning talqinlari, rassom shaxsini idrok etishni belgilovchi omillar), S.A. Dzikevich (estetika, reklama estetikasi, zamonaviy san'at, ekologik estetikaning ontologik va epistemologik muammolari), S.A. Zavadskiy (deviant estetika, zamonaviy san'atning nazariy masalalari), E.A. Kondratyev (talqinning estetik muammolari, san'at sintezi muammolari, kompozitsiya estetikasi), katta o'qituvchi A.G. Rukavishnikov (rus diniy va falsafiy fikri, teologik estetikasi, ikonkalarni tasvirlash tarixi va umuman xristianlik san'ati, shuningdek psixologiya, madaniyatshunoslik va estetikaning o'zaro aloqasi bilan bog'liq ko'plab muammolar) O'zbekistonda M.Nurmatov, M.Abdullayev, T.Mahmudov(estetik qadriyatlar), T.Mahmudov, A.Qurbonmamadov, Umarov, A.Sher, B. Husanov "Estetika nazariyasi va tarixi"ga doir jiddiy izlanishlar olib bormoqda[2].

Estetika nafosat, did, go'zallik, xunuklik, ulug'vorlik, tubanlik, fojiaviylik, kulgililik, mo"jizaviylik, hayolilik singari kategoriyalar bilan ish ko'radi. Ular orasida nafosat tushunchasi alohida o'rin egallaydi. U bir tomondan, estetik anglashning barcha jihatlarini (estetik hissiyot, estetik zavq, estetik did, estetik muhokama va boshqalar), ikkinchi tomondan, estetik xususiyatlarni — amaldagi go'zallik, ulug'vorlik, fojiaviylik, kulgililik va h.k. jihatlarni o'z ichiga oladi. Ana shu keyingi jihati bilan nafosat ba'zan estetikaning predmeti sifatida ham qabul qilinadi.

Estetik tarbiyaning vazifalari:

❖ kishilarda san'at asarlari, badiiy ijod namunalarini nafaqat faol o'zlashtirish balki, ularning estetik mohiyatini anglash va baholash qobiliyatini takomillashtirish;

❖ jamiyat a'zolarining ijodiy imkoniyatlarini namoyon qildirish va ulardan foydalana bilishga ishonch tuyg'usini uyg'otish;

❖ tabiat hamda jamiyat ijtimoiy jarayonlariga sof tuyg'u bilan munosabatda bo'lishga va ularni ravnaq toptirish yo'lida astoydil faoliyat olib borish ko'nikmalarini hosil qilish;

❖ o'tmish ma'naviy merosimizga hurmat hissini uyg'otish, milliy g'urur, milliy iftixor tuyg'ularini shakllantirish uchun zamin yaratish;

❖ ijodning barcha turlarini taraqqiy ettirib jahonga yuz tutish va ularni millat manfaatlari uchun naf keltiradigan tomonlarini targ'ib qilishga undashdir.

"Klaster" bitta sohaga birlashgan va bir-biri bilan uzviy aloqada bo'lgan faoliyatlar tizimini nazarda tutadi [3]. Badiiy estetiklikning shakllanishi ham huddi shunday kontseptual asosga ega jarayon bo'lib, uning shakllari, ko'rinishlari, uslublari va vositalari turlicha bo'lsa-da, maqsad shaxsni barkamol qilishdan iborat. Badiiy estetiklik go'zallik, san'at, ma'naviyat, sport, ulug'vorlik, did, his-tuyg'u va tasavvurni o'zida jamlaydi(1 -rasm).

Bu sohalarda o'z qarashlariga ega bo'lgan shaxs ma'naviy yetuk va barkamollikka erishadi. O'quvchilarning badiiy estetikligini shakllanishi oila, uzluksiz ta'lim, ma'naviy-ma'rifiy ko'ngilochar maskanlar, ommaviy-axborot vositalari, yoshlarning badiiy-ijodiy faoliyati orqali amalga oshadi(2-rasm).

San'at

1-rasm. Badiiy estetika komponentlari

2-rasm. Badiiy estetiklikning shakllanish manzillari

Oila xalqning, jamiyatning hayoti, turmushiga oid urf-odatlarni o'zida sinovdan o'tkazadi. Oila o'z farzandlarini tarbiyalab, ularga umuminsoniy qadriyatlarni singdirish bilan ularga boshlang'ich ijtimoiy yo'nalish beradi[4]. O'z farzandlarini katta oqimga-jamiyatga qo'shish bilan esa oila jamiyat yo'nalishi, iqtisodiyoti, madaniyati va ma'rifatini ham belgilashga o'z ta'sirini ko'rsatadi. Oilada bola odob-axloq, hurmat, mehr-muhabbat, fahm-farosat, ilm-ma'rifatga muhabbat va mehnatsevarlikni ma'lum darajada shakllantiradi.

Uzluksiz ta'lim jarayoni shaxsning har tomonlama qaror topishi uchun eng qulay davr sanaladi. Mazkur davrda shaxs fan asoslari hamda kasb-hunar malumotlarini o'zlashtiradi, yuksak ma'naviy-axloqiy sifatlarga ega shaxs va malakali kadr sifatida kamol topib boradi. Unda muayyan dunyoqarash shakllanadi. O'zbekistonda uzluksiz ta'lim jarayoni maktabgacha ta'lim, umumiy o'rta ta'lim, o'rta maxsus, kasb-hunar ta'limi, oliy ta'lim, oliy o'quv yurtidan keyingi ta'lim, kadrlar malakasini oshirish va ularni qayta tayyorlash, maktabdan tashqari ta'limni o'z ichiga oladi[5].

Ma'naviy-ma'rifiy ko'ngilochar maskanlar teatr, muzey, kino, konsert, kutubxona, tarixiy qadamjolar va istirohat bog'lari va boshqalarni o'z ichiga olib, o'quvchilarning dunyoqarashini o'stirib, ma'naviy hordiq chiqarishga ko'maklashadi, fikrlashga undaydi.

Ommaviy axborot vositalar (qisqartmasi: OAV) keng ommaga axborot yetkazuvchi vositalar: internet, radio, televideniya, gazeta, jurnallar va h.k. Hozirgi jadal rivojlanib borayotgan davrda o'quvchilarni so'nggi yangiliklar, ixtirolar, innovatsiyalar, ilm-fan yutuqlaridan boxabar qilib, o'z zamonasi bilan hamnafas bo'lishi imkonini yaratadi.

Yoshlarning badiiy ijodiy faoliyati- bu o'quvchilarning mustaqil izlanish va kashf etish bilan bog'liq bo'lgan jarayon bo'lib, "Yoshlar ittifoqi", "Kamalak" va turli xil ko'rgazmalar, badiiy havaskorlik to'garaklari, yoshlar forumlarini o'z ichiga oladi.

MUHOKAMA

Nazariy adabiyotlarni o'rganish jarayonida badiiy estetiklikni shakllantirishning quyidagi shartlari aniqlandi:

• shaxsning individual xususiyatlarini aniqlash;

• shaxsning dunyoqarashini o'stirish, keng fikrlilikni shakllantirish maqsadida san'atga, badiiy adabiyotga, sportga qiziqish uyg'otish;

• o'quvchilarni tabiatga muhabbat ruhida tarbiyalash;

• o'quvchilarda insonparvarlik, vatanparvarlik, go'zallikni sevish tuyg'ularini shakllantirish;

• o'quvchilarda estetik didni tarkib toptirish va nutq madaniyatini rivojlantirish.

NATIJALAR

G'arb va sharq estetik madaniyati talablarni o'rganib chiqqan holda, umumiy va maxsus badiiy estetika klasteri ishlab chiqildi. O'quvchilarning badiiy estetikliklarini oshirish manzillari aniqlandi. Bular: oila, uzluksiz ta'lim jarayoni, ma'naviy-ma'rifiy ko'ngilochar maskanlar, yoshlarning badiiy ijodiy faoliyati markazlari va ommaviy axborot vositalari.

XULOSA

Xulosa qilib aytganda, o'quvchilarda estetik madaniyatni shakllantirish yordamida dunyoqarashi, iste'dodi, iqtidorini, individual xususiyatlarini hisobga olgan holda o'quvchilarning estetik tafakkurini kengaytirish, badiiy tasavvurini boyitish, didini rivojlantirish orqali go'zallikni yaratish imkoniyatlarini ochishdan iboratdir.

REFERENCES

1. S.M. Abduxamidov. O'quvchilarda badiiy-estetik tafakkurini rivojlantirish - dolzarb pedagogik muammo sifatida. Maktab va hayot. 2020 №2 30-31.

2. Abdulla Sher. O'zME. Toshkent, 2000-2005.

3. Xusanov B. "Estetik tarbiya klasterining ta'limiy asoslari". Science and Education, vol. 1, no. 1, Nov. 2020, pp. 561-566.

4. Rizouddin ibn Faxriddin, Oila, T., 1991.

5. M.A.Masharipova[1], Saidjonov B. S.2, Rahimova D.O. o'zbekistonda uzluksiz ta'lim tizimini rivojlantirishning o'ziga xos xususiyatlari // Mamlakatimiz ta'lim tizimida uzviylik va uzluksizlikni ta'minlashda fan, ta'lim va ishlab chiqarish integratsiyasining roli va ahamiyati // TomKeHT - 2015.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.