Научная статья на тему 'MUSIQA MADANIYATI DARSLARINI TASHKIL ETISHDA O‘QITUVCHINING PEDAGOGIK MAHORATI'

MUSIQA MADANIYATI DARSLARINI TASHKIL ETISHDA O‘QITUVCHINING PEDAGOGIK MAHORATI Текст научной статьи по специальности «Искусствоведение»

CC BY
1640
139
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Журнал
Scientific progress
Область наук
Ключевые слова
pedagogik mahorat / san’at / musiqa / madaniyat / shaxs / musiqiy savodxonlik / nafosat / badiiy did / milliy g’urur. / pedagogical skills / art / music / culture / personality / musical literacy / sophistication / artistic taste / national pride.

Аннотация научной статьи по искусствоведению, автор научной работы — Dilnavoz O‘ktamovna Muratova

Maqolada musiqa madaniyati fani o‘qituvchisining o‘quv jarayonini barcha bosqichlarida eng qulay va samarali metodlarini tashkil etishi, o‘quvchilarning shaxs kamolotini rivojlantirishga yo‘naltira olishi, ularning dunyoqarashini shakllantirish, hamda yoshlar shaxsini har tomonlama kamol toptirish to‘g‘risida fikr yuritiladi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

TEACHER'S PEDAGOGICAL SKILLS IN ORGANIZING MUSIC CULTURE LESSONS

The article deals with the organization of the most convenient and effective methods of music education teacher at all stages of the educational process, the ability of students to focus on the development of personality, the formation of their worldview, as well as the full development of youth. thought.

Текст научной работы на тему «MUSIQA MADANIYATI DARSLARINI TASHKIL ETISHDA O‘QITUVCHINING PEDAGOGIK MAHORATI»

MUSIQA MADANIYATI DARSLARINI TASHKIL ETISHDA O'QITUVCHINING PEDAGOGIK MAHORATI

Dilnavoz O'ktamovna Muratova

Buxoro davlat universiteti San'atshunoslik fakulteti Musiqa ta'limi yo'nalishi talabasi

muratovadilnavoz@gmail .com

ANNOTATSIYA

Maqolada musiqa madaniyati fani o'qituvchisining o'quv jarayonini barcha bosqichlarida eng qulay va samarali metodlarini tashkil etishi, o'quvchilarning shaxs kamolotini rivojlantirishga yo'naltira olishi, ularning dunyoqarashini shakllantirish, hamda yoshlar shaxsini har tomonlama kamol toptirish to'g'risida fikr yuritiladi.

Kalit so'zlar: pedagogik mahorat, san'at, musiqa, madaniyat, shaxs, musiqiy savodxonlik, nafosat, badiiy did, milliy g'urur.

TEACHER'S PEDAGOGICAL SKILLS IN ORGANIZING MUSIC CULTURE

LESSONS

Dilnavoz Oktamovna Muratova

She is a student of Music Education, Faculty of Art History, Bukhara State University

muratovadilnavoz@gmail .com

ABSTRACT

The article deals with the organization of the most convenient and effective methods of music education teacher at all stages of the educational process, the ability of students to focus on the development of personality, the formation of their worldview, as well as the full development of youth. thought.

Keywords: pedagogical skills, art, music, culture, personality, musical literacy, sophistication, artistic taste, national pride.

KIRISH

Yosh avlodga har tomonlama puxta bilim berish, ularni vatanimizning yetuk kishilari qilib tarbiyalashda maktab muhim rol o'inaydi. Birinchi Prezidentimiz Islom Karimov o'zining "Yuksak ma'naviyat-yengilmas kuch" asarida "...kelajagimiz poydevori bilim dargohlarida yaratiladi, boshqacha qilib aytganda, xalqimizning ertangi kuni qanday bo'lishini farzandlarimizning bugun qanday ta'lim va tarbiya olishiga bog'liq"1 deb ta'kidlagan. Darhaqiqat, musiqa o'qituvchisi o'quvchilarga bilim berish,

1 I. Karimov "Yuksak ma'naviyat-yengilmas kuch" Ma'naviyat nashriyoti Toshkent 2016 61-bet.

uni shaxs sifatida kamol topib voyaga yetishiga xizmat qilishi bilan birga ularni musiqa olamiga olib kiradi, go'zallikka bo'lgan qiziqishini rivojlantiradi. Chunki, musiqa o'z tabiatiga ko'ra, inson hissiyotiga kuchli ta'sir eta olish xususiyati bilan birga o'quvchilarni nafosatga olib kirish va axloqiy, g'oyaviy tarbiyalashning muhim vositasidir.

ADABIYOTLAR TAHLILI VA METODOLOGIYA

"Musiqa madaniyati" fani dasturida o'quvchiga musiqa ta'limi berish bilan bir qatorda uning ijodkorlik qobiliyatini o'stirish, vokal-xor malakalarini rivojlantirish, musiqani idrok etish, musiqiy savodxonligini boyitish, musiqaga ritmik jo'r bo'lish kabi mahoratlarini oshirish alohida uqtirilgan.

Ma'lumki, musiqa tarbiyasi dastavval umumumta'lim maktablarining musiqa madaniyati darslarida amalga oshiriladi. Bunda asosan o'quvchilarning musiqiy idrok doirasi va qiziqishini oshirish bilan musiqiy badiiy didni shakllantirish vazifasi nazarda tutiladi. Unda musiqaga oid barcha bilimlar, jumladan, xor bo'lib kuylash, musiqa savodi, musiqa tinglash, musiqaga xos harakatlarni bajarish, bolalar cholg'u asboblarida ritmik jo'r bo'lish kabi muhim vazifalarni amalga oshirishni taqazo etadi. Bu vazifalarni muvaffaqiyatli amalga oshirish uchun musiqa madaniyati fani o'qituvchisidan darsni mazmunli, qiziqarli, tushunarli hamda ta'sirchan qilib o'tishi o'quvchilarning musiqiy savodxonligini boyitishda u o'zining musiqiy pedagogik mahoratidan o'rinli foydalanishni taqozo etadi.

Musiqa fani o'qituvchisining pedagogik mahoratiga-o'quv jarayonining barcha shakllarini eng qulay va samarali holatda tashkil etish, o'quvchilarning shaxs kamolotini rivojlantirish maqsadlari tomon yo'naltira olish, o'quvchilarning dunyoqarashini shakllantirish, jamiyat uchun zarur bo'lgan faoliyatga moyillik uyg'ota olish kabi asosiy vazifalar kiradi.

Pedagogik mahorat darajalari keng qamrovli bo'lib, musiqa fani o'qituvchisining ish uslubini davomi hisoblanadi.

MUHOKAMA

O'zbekiston Respublikasida ta'limni demokratlashtirish, individuallashtirish, mintaqaviy xususiyatlarni xisobga olish tamoyillari asosida barcha o'quv predmetlari qatori jumladan, musiqa predmeti bo'yicha ham o'qitish konsepsiyasi ishlab chiqildi. Musiqa madaniyati o'quv predmeti o'quvchilarning ma'naviy, badiiy va axloqiy madaniyatini shakllantirishga, milliy g'urur va vatanparvarlik tarbiyasini amalga oshirishga, ijodiy mahorat, nafosat va badiiy didni o'stirishga, fikr doirasini kengaytirishga, mustaqillik va tashabbuskorlikni tarbiyalashga xizmat qiladi.

Ma'lumki, musiqa san'ati maktabgacha tarbiya muassasalarida, bolalar musiqa va san'at maktablari hamda o'rta umumta'lim maktablarida olib boriladi.

Musiqa madaniyati darsi umumta'lim maktablarida o'qitiladigan adabiyot, tasviriy san'at, jismoniy tarbiya, mehnat va boshqa fanlar bilan uzviy bog'langan holda olib boriladi. O'quv rejada ko'rsatilgan barcha o'quv fanllari qatori musiqiy ta'limda ham DTSning joriy etilishi milliy musiqiy merosimiz manbalaridan to'la qonli foydalanish imkonini beradi. Milliy musiqiy merosimiz san'ati yangi avlodni tarbiyalashda, ularning barkamol bo'lib yetishlarida o'ziga xos va takrorlanmas manba bo'lib xizmat qiladi.

Musiqa madaniyati fani o'qituvchisi darsni qiziqarli, samarali, mazmunli olib borish bilan bir qatorda o'quvchilarni ma'naviy, badiiy va shu bilan birga ahloqiy madaniyatni shakllantirish mahoratiga, shuningdek, milliy g'urur hamda vatanparvarlik tarbiyasini amalga oshirish kabi ijodiy mahoratga ham ega bo'lishi kerak.

NATIJA

Musiqa madaniyati fani o'qituvchisining pedagogik mahoratlarining muhim jihatlaridan biri shundaki, u eng avval, ta'lim-tarbiya sohasida olgan bilimlarini o'quvchilarga mukammal o'rgatishi lozim. Bu albatta musiqiy ta'lim-tarbiya sohasidagi ko'pgina muammolarni hal etishda yaqindan yordam beradi.

Musiqa fani o'qituvchisi o'quv tarbiya ishlarini olib borish bilan birga u o'z fanini yaxshi va chuqur bilishi, o'quvchilarni musiqa san'ati olamiga olib kirishda alohida e'tibor qaratib, ularning dunyoqarashi, fikrlashi, musiqa sohasidagi bilimlar doirasini boyitib borishi ham muhim ahamiyatga egadir. O'qituvchi eng avvalo musiqa inson hissiyotini, ayniqsa, emotsional estetik hissiyotni faol rivojlantira olishini unutmasligi kerak.

Musiqa o'qituvchisi musiqa cholg'usida yaxshi chalish malakasiga ega bo'lishi, qo'shiqni chiroyli va yoqimli kuylash ovoziga ega bo'lishi, musiqa asarini notaga qarab yaxshi ijro qilishi, o'quvchilar qobiliyatini, bilim saviyasini, ularning ijrochilik mahoratini bir-biridan ajrata olishi kerak. Musiqa o'qituvchisining musiqa asbobida asarni mohirlik bilan ijro etishi o'quvchilarga juda katta ta'asurot uyg'otadi. Chunki musiqa cholg'u asbobida kuyni jonli ijro etib o'z tarbiyalanuvchilariga musiqani qiziqarliligini va hayotda eng muhimliligini amaliy jihatdan ko'rsatib beradi.

Musiqa o'qituvchisi cholg'u asbobida musiqa asarini mohirlik bilan ijro etishi, qo'shiqni yoqimli kuylashi, dirijorlik hatti-harakatlarini yaxshi bilishi, musiqiy savodxonligini mukammal bilmog'i bilan birga ijod qilish mahoratiga ham ega bo'lishi lozimdir. Chunki, o'qituvchining dars berish mahorati, shaxsiy namunasi va bilim darajasi o'quvchilarning musiqa fanidan olgan bilimlari taqdirini hal qiladi.

XULOSA

Xulosa sifatida shuni aytish mumkinki, musiqa madaniyati darsida o'qituvchining mahorati har tomonlama yuksak darajada bo'lishi o'ta muhim hisoblanadi. Uning asar haqidagi kirish so'zi va dars mavzusini tushuntirib berishi, o'quvchilarni ajoyib va sehrli musiqa san'ati olamiga olib kirib, badiiy hamda ma'naviy dunyoqarashini shakllantiradi.

REFERENCES

1. I. Karimov "Yuksak ma'naviyat-yengilmas kuch" Ma'naviyat nashriyoti Toshkent 2016.

2. Kushaev, I. A. (2020). Musical pedagogical fundamentals of doston art. ACADEMICIA: An International Multidisciplinary Research Journal, 10(10), 10611067.

3. Kushaev, I. A. (2020). MUSIC PEDAGOGICAL DOLLARS OF DOSTON ART. International Engineering Journal For Research & Development, 5(9), 6-6.

4. Kushaev, I. A. (2020). BAKHSHI ART SCHOOLS AND THEIR PERFORMING FEATURES. Scientific reports of Bukhara State University, 3(3), 295-299.

5. Кушаев, И. А., & Ахтамов, И. И. (2020). ПЕДАГОГИЧЕСКИЕ ОСНОВЫ ТРАДИЦИОННОЙ ПРОФЕССИОНАЛЬНОЙ МУЗЫКИ (НА ПРИМЕРЕ ИСКУССТВА ДАСТАНА). Academy, (11 (62)).

6. Каримов, О. И. (2020). Значение специфических особенностей и воспитательных возможностей узбекских народных инструментов. Academy, (3 (54)).

7. Каримов, О. И. (2020). ПРОФЕССИОНАЛЬНЫЕ МУЗЫКАЛЬНЫЕ ВЗГЛЯДЫ БУДУЩЕГО УЧИТЕЛЯ МУЗЫКИ. Вестник науки и образования, (22-2 (100)).

8. Yarashev, J. Т. (2013). "Bukhorcha" and "Mavrigi" song classes-as a national and noetic spiritual values of the Uzbek nation. ТРАДИЦИОННАЯ И СОВРЕМЕННАЯ КУЛЬТУРА: ИСТОРИЯ, АКТУАЛЬНОЕ ПОЛОЖЕНИЕ, ПЕРСПЕКТИВЫ, 114.

9. Yarashev, J. T. (2019). Research on Bukhara music heritage through axiologic features. European Journal of Research and Reflection in Educational Sciences Vol, 7(12).

10. Дустов, С. (2021). ОБРАЗОВАТЕЛЬНОЕ ЗНАЧЕНИЕ НАРОДНЫХ ПЕСЕН. Проблемы науки, 40.

11. Дустов, С. Д. (2020). ВЛИЯНИЕ САМОСТОЯТЕЛЬНОЙ РАБОТЫ НА МУЗЫКАЛЬНО-ЭСТЕТИЧЕСКОЕ ВОСПИТАНИЕ. Academy, (11 (62)).

1. Rakhmatov, N. E. (2020). Problems of Creative Approach in The Pedagogical Activity of Future Music Teachers. The American Journal of Social Science and Education Innovations, 2(09), 659-664.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.