Научная статья на тему 'SAN’AT VA MADANIYAT SOHASIDAGI SIYOSATINING KONSEPTUAL NEGIZLARI VA UNING MAMLAKAT TARAQQIYOTIGA TA’SIRI'

SAN’AT VA MADANIYAT SOHASIDAGI SIYOSATINING KONSEPTUAL NEGIZLARI VA UNING MAMLAKAT TARAQQIYOTIGA TA’SIRI Текст научной статьи по специальности «История и археология»

CC BY
940
93
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Журнал
Oriental Art and Culture
Область наук
Ключевые слова
san’at / madaniyat / siyosat / harakatlar strategiyasi / art / culture / politics / action strategy

Аннотация научной статьи по истории и археологии, автор научной работы — Mo’minjon Komilov

Bugun O’zbekiston Respublikasida jadal taraqqiyotdavri boshlanib jamiyatning har bir sohasida tub islohotlar o’tkazilmoqda. Buning provard natijasida esa inson va uning manfaatlarining ifodasi turibdi. Bu jarayonda esa mamlakatda qabul qilingan Harakatlar strategiyasi muhim dasturilamal bo’lib hizmat qilmoqda. Jamiyat a’zolarining bugungi kunidan rozi bo’lib yashashdek ezgu g’oyani ifodalagan mazkur hujjatni aholining ijtimoiy hayotida o’z ifodasini topishida jamiyat a’zolarning madaniy ehtiyojlarini qondirish bilan harakterlanuvchi ijtimoiy-madaniy faoliyatning ham muhim o’rni bor. Chunki, uzluksiz tizim sifatida e’tirof etilayotgan ijtimoiymadaniy faoliyat Harakatlar strategiyasini o’zidayoq xalq hayotiga kirib borish mexanizmi sifatida ko’rsatib qo’yilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

CONCEPTUAL FUNDAMENTALS OF ART AND CULTURAL POLICY AND ITS IMPACT ON THE DEVELOPMENT OF THE COUNTRY

Today in the Republic of Uzbekistan a period of rapid development has begun, and radical reforms are being carried out in every sphere of society. The result of this provard is the expression of man and his interests. In this process, the Action Strategy adopted in the country serves as an important guideline. Socio-cultural activities aimed at meeting the cultural needs of the members of the society also play an important role in the expression of this document, which embodies the noble idea of living in harmony with the present. This is because the socio-cultural activity, which is recognized as a continuous system, is presented in the Strategy of Action as a mechanism for entering the lives of the people.

Текст научной работы на тему «SAN’AT VA MADANIYAT SOHASIDAGI SIYOSATINING KONSEPTUAL NEGIZLARI VA UNING MAMLAKAT TARAQQIYOTIGA TA’SIRI»

SAN'AT VA MADANIYAT SOHASIDAGI SIYOSATINING KONSEPTUAL

NEGIZLARI VA UNING MAMLAKAT TARAQQIYOTIGA TA'SIRI

Mo'minjon Komilov

O'zbekiston davlat san'at va madaniyat institutining Farg'ona mintaqaviy filiali

Annotatsiya: Bugun O'zbekiston Respublikasida jadal taraqqiyotdavri boshlanib jamiyatning har bir sohasida tub islohotlar o'tkazilmoqda. Buning provard natijasida esa inson va uning manfaatlarining ifodasi turibdi. Bu jarayonda esa mamlakatda qabul qilingan Harakatlar strategiyasi muhim dasturilamal bo'lib hizmat qilmoqda. Jamiyat a'zolarining bugungi kunidan rozi bo'lib yashashdek ezgu g'oyani ifodalagan mazkur hujjatni aholining ijtimoiy hayotida o'z ifodasini topishida jamiyat a'zolarning madaniy ehtiyojlarini qondirish bilan harakterlanuvchi ijtimoiy-madaniy faoliyatning ham muhim o'rni bor. Chunki, uzluksiz tizim sifatida e'tirof etilayotgan ijtimoiy-madaniy faoliyat Harakatlar strategiyasini o'zidayoq xalq hayotiga kirib borish mexanizmi sifatida ko'rsatib qo'yilgan.

Kalit so'zlar: san'at, madaniyat, siyosat, harakatlar strategiyasi

CONCEPTUAL FUNDAMENTALS OF ART AND CULTURAL POLICY

AND ITS IMPACT ON THE DEVELOPMENT OF THE COUNTRY

Mominjon Komilov

Fergana regional branch of Uzbekistan State Institute of Arts and Culture

Abstract: Today in the Republic of Uzbekistan a period of rapid development has begun, and radical reforms are being carried out in every sphere of society. The result of this provard is the expression of man and his interests. In this process, the Action Strategy adopted in the country serves as an important guideline. Socio-cultural activities aimed at meeting the cultural needs of the members of the society also play an important role in the expression of this document, which embodies the noble idea of living in harmony with the present. This is because the socio-cultural activity, which is recognized as a continuous system, is presented in the Strategy of Action as a mechanism for entering the lives of the people.

Keywords: art, culture, politics, action strategy

O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 7 fevraldagi PF-4947-sonli Farmonining 8-ilovasiga ko'ra qabul qilingan 2017-2021 yillarda O'zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo'nalishi bo'yicha Harakatlar strategiyasini «Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yili»da amalga oshirishga oid

davlat dasturining 52-bandida fuqarolarning o'zini o'zi boshqarish organlarida fuqarolar yig'ini raisining o'rinbosari-keksalar va faxriylar ishlari bo'yicha maslahatchilari uchun turkum tadbirlar dasturini amalga oshirish, o'quv-seminarlarini o'tkazish, ularning ish faoliyati samaradorligini ta'minlash maqsadida uslubiy qo'llanmalar ishlab chiqish belgilab qo'yilgan. Bundan ko'zlangan maqsad esa keksa yoshdagi fuqarolarning mamlakat ijtimoiy-siyosiy hayotida keng qamrovli ishtirok etishi uchun zarur shart-sharoitlar yaratish, jamiyat, oilalar va mahallalarda tinchlik va osoyishtalikni ta'minlash, shuningdek yosh avlodni xalqimizning ko'p asrlik an'analarini hurmat qilish ruhida tarbiyalash ishidagi rolini oshirishdir.

Bir so'z bilan aytganda harakatlar strategiyasida ko'zda tutilgan maqsadlarga erishishda san'at va madaniyat faoliyatning muhim o'rni bor. Bu o'z navbatida faoliyatning samarali tashkil etilishi nafaqat mamlakat aholini madaniy ehtiyojlarini qondirish, ong - tafakkur darajasini bugungi taraqqiyotga monand oshirish bilan chegaralanib qolmay, ulkan bunyodkor xalqni ozod va obod vatan, erkin va farovon hayot qurishdek ezgu maqsad yo'lida birlashtiradi.

San'at va madaniyat sohasidagi siyosatining konseptual negizlari va uning mamlakat taraqqiyotiga ta 'siri.

O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 24 yilligiga bag'ishlangan tantanali yig'ilishda so'zlagan ma'ruzasida Prezidentimiz Sh.M.Mirziyoev jumladan shunday dedi: "Bugun hayotimizning o'zi Konstitutsiyamizda ifodasini topgan eng oliy maqsad-inson manfaatlarini hartomonlama ta'minlash masalasini dolzarb vazifa qilib qo'ymoqda. Inson manfaatlarini ta'mindash uchun eng avvalo odamlar bilan,xalq bilan muloqot qilish, ularning dardu tashvishlari,orzu niyatlari, hayotiy muammo va ehtiyojlarini yaxshi bilish kerak". O'tgan 2016 yili sentyabr oyida Internet tarmog'ida Respublika Bosh vazirining electron qabulxonasi ish boshlaganidan so'ng nisbatan qisqa muddat ichida respublika aholisidan 218 mingdan ortiq murojaat tushgan. Murojaatlarning ko'pchilik qismi hayotning ijtimoiy-siyosiy va iqtisodiy sohalarida mavjud bo'lgan turli byurokratik to'siqlar, qonunga zid bo'lgan idoraviy o'riqnomalar, tadbirkorlik bo'yicha noqonuniy tekshirishlar, stavkasi optimal bo'lgan bank kreditlari ajratish, huquq va tartibot idoralarining faoliyati haqida,shuningdek, aholining uy-joy qurilishi, kommunal, transport, savdo xizmati, energiya ta'minoti, yo'llarning holatini yaxshilash va boshqalar xususida bo'lgan. Mamlakatimiz Prezidenti o'z so'zida davom etib, xalq bilan muloqot qilib, ularni o'ylantirayotgan muammolar yechimini topish bugungi kun talabi ekanligini ta'kidlab shunday dedi: "Xalq davlat idoralariga emas, davlat idoralari xalqimizga xizmat qilishi kerak va bu haqiqatni avvalo barcha bo'g'imdagi rahbarlar yaxshi tushunib olishi darkor"

Prezidentimizning taklifi bilan 2017 yilni "Xalq bilan muloqot va inson anfaatlari yili" deb e'lon qilinishi, shu bilan davlat Dasturini ishlab chiqilishi, 2017 yildan

boshlab barcha darajadagi hokimlar, prokuratura va ichki ishlar organlari rahbarlarining aholi oldida hisobot berishi tizimini joriy etilishi, har bir tuman va shaharda "Xalq qabulxonalarmi" tashkil etish va ularni to'laqonli faoliyat o'rsatishi, kelgusida mahalliy hokimlarni bevosita xalq tomonidan saylash tizimini yo'lga qo'yilishi jamiyatimizda erkin demokratik fuqarolik jamiyati qurishda oldinga tashlangan keskin qadam desak, mubolag'a bo'lmaydi.

Mamlakatimiz ana shu taraqqiyot yo'lidan rivojlanish jarayonida yildan yilga katta yutuqlarga yarishmoqda. O'zbekiston tanlab olgan taraqqiyot yo'li demokratiya va erkinlikning umume'tirof etilgan tamoyillariga asoslanadi. Bu yo'ldan rivojlanishdan asosiy maqsad esa mamlakatimizda demokratik davlat va fuqarolik jamiyati barpo etishdan iborat.

Ana shunday buyuk maqsadga erishish yo'lida jamiyatimizning ijtimoiy-siyosiy, iqtisodiy va ma'naviy sohalarida tub islohotlar o'tkazilishi jarayoni davom etmoqda. Shu narsani ta'kidalsh kerakki, mamlakatimizda barpo etilayotgan yangi jamiyatning ijtimoiy-siyosiy, iqtisodiy, huquqiy va ma'naviy-axloqiy negizlarini yaratish borasida tub o'zgariShlar amalga oshirilmoqda.

Mustaqil O'zbekistonni rivojlantirishning ma'naviy-axloqiy negizlari haqida birinchi Prezidentimiz Islom Abdug'anievich Karimov quyidagi to'rt asosni alohida ko'rsatib o'tadi:

• Umuminsoniy qadriyatlarga sodiqlik;

• Xalqimizning ma'naviy merosini mustahkamlash va rivojlantirish;

• Insonning o'z imkoniyatlarini erkin namoyon qilish;

• Vatanparvarlik;

Albatta, jamiyat taraqqiyotining ma'naviy-axloqiy negizlari masalasi o'z mazmuni va mohiyatiga ega. Shu narsa ma'lumki ma'naviy-axloqiy ushunchasi eng avvalo ma'naviyat, uning turli shakllarda namoyon bo'lishi va amal qilishi, ma'naviy-mafkuraviy munosabatlar va vazifalar hamda ularni turmushga tadbiq etish bilan bevosita bog'liq bo'lgan ijtimoiy tuzilmalar faoliyatini o'z ichiga oladi.

O'zbekistonda ijtimoiy-iqtisodiy islohotlar istiqlolning dastlabki yillarida ishlab chiqilgan o'zbek modeli asosida amalga oshirmoqda. Bu model boshqa mamlakatda amalga oshirilayotgan modellardan o'zining bir qator jihatlari bilan farq qiladi. Jumladan, islohotlardan o'zbek modelida ma'naviyat va iqtisodning o'zaro bog'liqligi va shu bog'liqlikning iqtisodiy taraqqiyotdagi o'rniga alohida urg'u beriladi.

O'z asarlaridan birida Islom Karimov iqtisodiy munosabatlarni jamiyatning tanasiga, ma'naviyatni esa jamiyatning joniga o'xshatgan edi. Bu qiyos badiiy shaklda bayon qilingan bo'lsa ham, unda ilmiy teranlik va reallik mavjud.

Madaniyat va san'at sohalarini rivojlantirishga berilayotgan e'tibor tufayli bugungi kunda madaniyat va san'at sohalarini boshqarishga dolzarb masalalardan biri sifatida qaralmoqda. Inson qalbi va ongiga o'zining jozibasi bilan ta'sir etadigan soha

bu albatta san'at sohasidir. San'at insonlarga o'zgacha ilig'lik kashf etadigan ulug' tuyg'u hisoblanadi. Ayniqsa estrada san'atkorlariga bo'layotgan talab bugungi kunda juda kuchayib bormoqda. Bu jarayonlar albatta yoshlarning qalbidan joy olishga urinishi tabiiydir. Globallashuv jarayonida san'at va madaniyat sohalarini to'g'ri tashkil etish va ularni boshqarish muammolari ularni to'g'ri talqinlarda insonlarga yetkazib berish dolzarblik kasb etmoqda. Bugungi kunda rivojlanib borayotgan estrada san'ati haqida birinchi Prezidentimiz Islom Karimov "Biz estrada san'atining bugungi va ertangi rivoji haqida so'z yuritar kanmiz, avvalambor «milliy estrada» degan iboraning ma'no-mazmuniga alohida e'tibor berishimiz, uni har qanday begona ta'sirdan, ayniqsa, «ommaviy madaniyat» ruhidagi oqimlar ta'siridan himoya qilishimiz tabiiy, albatta. Bu haqida gapirganda, bir holatni afsus bilan aytishga to'g'ri keladi. Ayrim yosh ijrochi va ijodiy guruhlarning jamoatchilik e'tiboriga taqdim etayotgan «asar»lari san'atning hech qanday talab va me'zonlariga javob bermaydi. Nafaqat mavzu va musiqa, ijro usullari, balki sahna harakatlarida ham ochiqdan-ochiq ajnabiy «ommaviy madaniyat» o'rinishlariga taqlid qilish, «yulduzlik» kasaliga chalinish holatlari tez-tez uchrab turayotgani chinakkam san'at muhlislarini ranjitmasdan qolmaydi, albatta.

Ayniqsa, bizning milliy an'analarimizga, ahloq-odob qoidalariga mutlaqo to'g'ri kelmaydigan kliplar, turli tillardagi so'zlarni qorishtirib yoki talaffuzni ataylab buzib aytish kabi nomunosib harakatlarni ayrim yosh ijrochilar o'zi uchun qandaydir yangicha uslub deb bilayotgani, menimcha, san'atni, uning mohiyati va ahamiyatini tushunmaslikdan boshqa narsa emas.Madaniy jamoatchiligimiz, avvalambor musiqashunos olimlar, ustoz san'atkorlar, kompozitorlar, yozuvchi va jurnalistlar, ko'p sonli san'at ihlosmandlari bunday masalalar yuzasidan o'z fikriniochiq bildirib borishi, shu tariqa yoshlarimizga to'g'ri tarbiya berishimiz ham qarz, ham farz, deb o'ylayman".

Birinchi Prezidentimiz san'at va madaniyat sohasi xodimlari zimmasigayuklagan ma'suliyati juda o'rinlidir. Chunki bugungi kunda san'at va madaniyat sohasini rivolantirish va uni to'g'ri tashkil etib boshqarib borish juda muhim ahamiyatga egadir. Prezidentimiz Islom Karimov yuqoridagi fikrlarini isboti tariqasida yana estrada san'atining mohiyatiga to'xtaladi. "Nega deganda, agar insonning qulog'i yingil-yelpi, tumtaroq ohanglarga o'rganib qolsa, bora-bora uning badiiy didi, musiqa madaniyati pasayib ketishi, uning ma'naviy olamini sohta tushunchalar egallab olishi ham hech gap emas. Ohir-oqibatda bunday odam «Shoshmaqom» singari milliy me'rosimizning noyob durdonalarini ham, Mosart, Bethoven, Bah va Chaykovskiy kabi dunyo tan olgan buyuk kompozitorlarning asarlarini ham qabul qilishi qiyin bo'ladi"

Bunday holatlarning oldini olish uchun san'atkorlar orasida sog'lom ijodiy muhit tashkil qilish, o'sib kelayotgan yosh avlodning ma'naviy olami va madaniy saviyasini yuksaltirish, yoshlarimizning milliy va jahon musiqa madaniyatining mumtoz asarlari

bilan birga, ularning kayfiyati va intilishlariga mos keladigan zamonaviy estrada san'ati namunalaridan keng bahramand bo'lishi uchun zarur shart-sharoitlar yaratish musiqiy ta'limni yanada rivojlantirish masalalari o'ta muhim ahamiyat kasb etadi.

San'at va madaniyat sohalarini rivojlantirishda ijtimoiy boshqaruv mexanizmalarini tahlil etishdan maqsad talabalarda boshqarish muammolariga qiziqish uyg'otish, amaliy tashkilotchilik faoliyatiga ishtiyoq tug'dirishdir. Chunki hozir boshqarish asoslarini va bozor ko'nikmalarini o'rganayotgan talabalar kelgusida boshqarish tizimining xodimlari, kichik va o'rta, katta jamoalarning rahbarlari, ijtimoiy, tashkiliy-texnik faoliyatning turli sohalarini boshqarish bo'yicha loyihalar, tadbirlar ishlab chiquvchilar bo'lib yetishadilar. Boshqarish tizimini takomillashtirish va san'at sohasida har xil tadbirlar ishlab chiqish ham ularning zimmasiga tushadi.

Shuning uchun san'at va madaniyat sohasini rivojlartirishga doir yurtimiz mustaqillika erishganimizdan so'ng O'zbekiston Respublikasining bir qator qonunlari, prezident farmonlari va qarorlar ishlab chiqildi. Hususan "Madaniy boyliklarning olib chiqilishi va olib kirilishi", "Madaniy me'ros obyektlarini muhofaza qilish va ulardan foydalanish", "Muzeylar" to'g'risidagi qonunlari qabul qilindi. Shu qatorda san'at va madaniyat sohasini rivojlantirish borasida, Prezident farmonlari ishlab chiqildi. Masalan; "Respublikada musiqiy ta'limni, madaniyat va san'at o'quv yurtlari faoliyatini yaxshilash" to'g'risida, "O'zbekistonda milliy raqs va xoreografiya san'atini rivojlantirish" to'g'risida, "O'zbekiston teatr san'atini rivojlantirish" to'g'risidagi hamda "O'zbekiston Respublikasi madaniyat va sport ishlari vazirligini tashkil etish" to'g'risidagi bir qator farmonlari ishlab chiqildi va ularning ijrosini ta'minlash yuzasidan joylarda qator ishlar amalga oshirilib kelinmoqda. Yuqoridagi barcha shart-sharoitlarni yoshlarning ta'lim tarbiyasiga jiddiy ta'sir etadigan omillardan eng muhim rol o'ynaydigan madaniyat va san'at sohalarini rivojlantirishga Respublikamiz birinchi Prezidenti tomonidan ko'rsatilayotgan e'tibordir.

San'at va madaniyat sohasini rivojlantirish va ularni optimallashtirish bugungi kunda muhim ahamiyat kasb etmoqda. Madaniyat va san'at xodimlarini yetuk kadirlar etib tayyorlash va ular yaratayotgan asrlar shaxs ma'naviyatini yuksaltirishga ulkan hissa qo'shmoqliklari zarur hisoblanadi. Man'aviy boyliklar olimlar, musavvirlar, bastakorlar, shoir va yozuvchilar, nazariyotchilar, xullas, xalq tomonidan yaratiladi. Man'aviy madaniyatni yaratish, o'zlashtirish va rivojlantirish jarayonida jamiyat taraqqiy etadi, mehnat unumdorligi ortadi, ishlab chiqaruvchi kuchlar rivojlanadi, kishilarning man'aviy qiyofasi shakllanadi, estetik zavqi, ijodiy kuchi va qobiliyatlari taraqqiy etadi. Yurtimizda amalga oshirilayotgan islohotlar, barcha o'zgarishlar va yangilanishlarning markaziga inson va uning manfaatlari qo'yilganligi hammamizni quvontiradi. Birinchi Prezidentimiz ta'kidlaganidek, "...bugungi kunda ana shu jarayonlarning mohiyatida islohot-islohot uchun emas, avvalo inson uchun, uning farovon hayoti uchun xizmat qilishi kerak, deganmaqsad mujassam ekanini va uning

amaliy ifodasini barcha sohalarda ko'rish, kuzatish qiyin emas". Insonning farovon hayoti nafaqat uning moddiy boyligi, balki man'aviy madaniyati bilan ham o'lchanadi.

Ma'lumki, madaniy-ma'rifiy faoliyat juda keng jabhali bo'lib, uning eng ishonchli va ommaviy shakli xalq badiiy ijodiyoti bilan bog 'liq edi. Ushbu shakl mustaqillik yillarida ham klub faoliyatining asosiy yo'nalishi bo'lib qoldi. Mamlakatimiz bo'ylab madaniyat ishlari vazirligiga qarashli klub muassasalari qoshidagi badiiy jamoalar sonining muttasil o'sib borganligini ko'rish mumkin. Masalan, agar 1991 yilda bunday dastalar jamoalar va uyushmalar soni 13248 tani tashkil etgan bo'lsa, 1994 yilga kelib ularning soni 13574 taga yetdi.

Bunday ijobiylikning birinchi sababi birinchidan istiqlol tufayli joylarda milliylikning, ayniqsa, madaniyat sohasida milliy hududiy xususiyatlarga e'tiborning kuchayishi jamiyat a'zolarida ijtimoiy madaniy faoliyatining ortib borishi bo'lsa, ikkkinchidan, ushbu jamoalar sonining ortib borishiga ko'p jihatdan o'zbek xalqining ma'naviy-ma'rifiy masalalarga azaldan e'tibor berilishi imkon berdi.

O'zbekiston Respublikasi madaniyat ishlari vazirligi xalq badiiy ijodiyotini tobora takomillashtirish, ularning xalqchilligini ko'tarish borasida talay ishlar amalga oshirildi. Chunonchi vazirlik hay'atining 1992 yil 2 noyabrdagi "Xalq havaskorlik jamoasi", "Namunali jamoa" unvonlarini qayta tasdiqlash to'g'risidagi qarorida bunday jamoalar xalq orasida keng madaniy-ma'rifiy faoliyat olib borayotganligi ta'kidlab o'tildi. Shu yili "xalq havaskorlik jamoalari" va "namunali" unvonlari bo'lgan jamoalar faoliyati qaytadan ko'rib chiqildi. Ular ijodiy sinovlardan o'tkazildi. Bunday sinov "xalq ijodi va madaniy-ma'rifiy ishlar jumxuriyat arkazi" tomonidan amalga oshirildi.

1992 yilda 254 ta havaskorlik halq jamoalari o'rtasida o'tkazilgan ko'rik asosy e'tibor ularning faoliyatidagi milliylikka e'tibor qaratildi. Ko'rikda sahna liboslari, cholg'u asboblari, moddiy texnik jihozlarining salmog'i masalasi hodimlar bilan ta'milanganlik holati bunday jamoalar ijodiy faoliyatini baholashning eng muhim mezonlari sifatida e'tirof etildi. Ijodiy sinov guruhlarining qaroriga asosan mavjud Nizom talablariga javob bera olmaganligi uchun Respublika bo'yicha 16 ta jamoaning "xalq havaskorlik jamoasi" unvoni bekor qilindi. Ayniqsa, Andijon shahrining "Umid", "Do'stlik",Qashqadaryo viloyatining "Feruz" kabi jamoalari faoliyati istiqlol talablariga mos kelmasligi ta'kidlandi.

Madaniyat va aholi dam olish markazlari, sport inshootlari faoliyatini yanada yaxshilash va yosh avlodning kun sayin o'sib borayotgan madaniy-ma'rifiy ehtiyojlarini qondirish, ularning bo'sh vaqtini samarali va mazmunli tashkil etish maqsadida O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2013 yil 25 iyundagi "2013-2018 yillarda zamonaviy madaniyat va aholi dam olish markazlarini tashkil etish chora-tadbirlari to'g'risida"gi 178-sonli qarori qabul qilindi. Qarorda 3 tipda

zamonaviy madaniyat va aholi dam olish markazlari tashkil etilishi ko'zda tutilgan, ular:

I tipda - xizmat ko'rsatiladigan aholi soni 40 ming nafardan ortiq bo'lgan va kamida 400 o'rindiqli tomosha zaliga ega bo'lgan holda shaharlarda va tumanning ma'muriy markazlarida;

II tipda - xizmat ko'rsatiladigan aholi soni 20 ming nafardan ortiq bo'lgan va o'rindiqlar soni 250 tani tashkil etadigan tomosha zaliga ega bo'lgan holda shaharlarda va tuman markazlarida;

III tipda - xizmat ko'rsatiladigan aholi soni 7 mingdan ortiq bo'lgan va o'rindiqlar soni 150 tani tashkil etadigan tomosha zaliga ega bo'lgan holda shaharlarda va tuman markazlarida tashkil etilishi mumkin.

Ushbu qaror asosida 2013-2014 o'quv yilidan O'zbekiston davlat san'at va madaniyat institutida "Madaniy dam olish tadbirlari tashkilotchisi" ta'lim yo'nalishini ochish bo'yicha taklif berildi.

Madaniy dam olish insonning bo'sh vaqtdan oqilona foydalangan holda keng dunyoqarashga ega bo'lishda ma'naviy-estetik jihatdan kamol topishida, jismoniy sog'lom bo'lishida muhim omillardan hisoblanadi.

Dam olish madaniyatini yuksaltirishdan asosiy maqsad - kishilarning madaniy hordiq chiqarishlarini ta'minlash bilan birga, ularni har tomonlama yetuk inson bo'lib kamolga yetishishlariga ko'maklashishdan iboratdir.

Islohotlarning asosiy tamoyillardan biri-davlatning bosh islohotchi ekani, jumladan, ma'naviyat bilan iqtisodni bog'lovchi xalqa vazifasini bajaradi. Totalitar iqtisoddan bozor iqtisodiga o'tishda davlatning islohotchilik rolini tan olmaslik totalitar iqtisod o'z-o'zidan bozor iqtisodiga aylanadi, deb xom hayol qilish natijasidir. Rivojlangan bozor iqtisodi o'zini-o'zi boshqarishi mumkin. Lekin buning uchun iqtisodiy taraqqiyotning yuqori darajasidan tashqari, mustahkam huquqiy poydevor, ma'naviy-ahloqiy munosabatlarnnig muayyan darajasi bo'lishi lozim. Bularsiz totalitar iqtisod o'z-o'zidan bozor iqtisodiga aylanib qgolmaydi.

Mabodo, aylangan taqdirda ham bunga juda uzoq muddat kerak bo'ladi. Shu sababli "Oldin odamlarga moddiy boylik berish, so'ngra ma'naviyat to'g'risida o'ylash kerak, deydiganlar haq bo'lmasalar kerak. Ma'naviyat-insonning, xalqning, jamiyatning davlatning kuch-qudratidir. U yo'q joyda hyech qachon baxt saodat bo'lmaydi. Nafaqat ko'hna tarix, bali yangi tarix ham buning ko'plab misollarini beradi.

Ma'naviyatni mustahkamlash uchun mehnat va mablag'ni ayash o'z kelajagiga bolta urish demakdir. Vatan va jahon madaniyatining, adabiyot va san'atning yutuqlari har bir oilaga yetib borishi uchun oilaning moddiy ta'minlanganligidan qat'iy nazar qulay sharoitlar yaratish talab etiladi. Ijodiy xodimlarning ma'naviy kuchiga erkinlik berish, ularga har tomonlama yordam ko'rsatish ham katta ahamiyatga egadir"

Ma'naviyat iqtisodiy jarayonlarni harakatga keltiruvchi, rivojlantiruvchi muhim omillardan hisoblanadi. Ikkinchi tomondan esa, ma'naviyat iqtisodiyot bilan uzviylikda rivojlanadi. Ba'zan u iqtisodiy tushkunlik davrida ham rivojlana olsa-da, uning haqiqiy yuksaklikka ko'tarilishi iqtisodiy o'sish, rivojlanish davrida yuz beradi. Bunga G'arb tarixi ham, Sharq tarixi ham guvohlik beradi. Shunday ekan, "Ajdod larimizning ruhi poklari va urf-odatlari, bizning eng yaxshi an'analarimiz qayta tiklanganda islohotlar muvaffaqiyatga erishadi. o'ta o'qimishli, ruhan bardam va jismonan baquvvat kishilargina istiqlol va taraqqiyot yo'lini bosib o'ta oladi. Sarchashmalari buyuk ajdodlarimizning tafakkurlari va muddaolaridan boshlanadigan xalqimizning ma'naviy qadriyatlari iqtisodiy o'zgartirishlarimizning mustahkam poydevori bo'lib xizmat qiladi".

Ma'naviyat iqtisoddan uzoqlashar yoki uni unutar ekan, asta-sekin inqirozga yuz tutaydi. Iqtisod ham o'z navbatida ma'naviyatga zid yo'lga tushib qolsa, oxir-oqibar bo'hronga uchraydi. Buning sababi shundaki, jamiyat hayoti bir-biri bilan bog'liq ikki qism: iqtisodiy va ma'naviy hayotga bo'linadi. Ularni bir- biriga qarshi qo'yish, bir-biridan ajratish voqyelikka zid bo'lib, oxiri muvaffaqiyatsizlik bilan tugaydigan mashg'ulotdir.

Ma'naviyat va iqtisod qushning ikki qanotiga qiyos qilinmoqda. Qanotlardan biri oldinroq, ikkinchisi keyinroqda bo'lsa, yoki biri uzunroq ikkinchisi qisqaroq bo'lsa, parvoz bir joyda aylanishdan iborat bo'ladi. Shu nuqtai nazardan qarasak, iqtisodiyotimizning barqaror sur'atlar bilan rivojlanayotgani ko'zga tashlanadi. Ma'naviy hayotimizning ba'zi jabhalarida esa, xususan, adabiyot va san'atimizda ba'zi oqsashlar ko'zga tashlanmoqda. Shoirlarimiz va yozuvchilarimiz, teatr san'ati vakillari, rassomlarimiz va haykaltaroshlarimiz hanuzgacha zamonamiz qahramonlarining yorqin obrazlarini yaratganlari yo'q. Ba'zi asarlarda esa tadbirkorlar va savdo xodimlariga mensimay qarash, hatto ularni masxaralash holatlari ko 'zga tashlanmoqda. Sho'rolar tuzumidan qolgan bunday sarqitlardan qanchalik tez qutulsak, taraqqiyotimiz uchun shunchalik yaxshi bo'ladi.

Ma'lumki, iqtisodiyot bilan ma'naviyatning o'zaro aloqadorligi, ularning biri ikkinchisisiz yashay olmasligini chuqur ilmiy dalillar asosida ko'rsatib bergan.

Ya'ni, iqtisodiyot bilan ma'naviyat inson va jamiyat hayotining bir-birini to'ldiradigan, o'zaro ta'sir va aks ta'sir etadigan ikki tomoni, ikki qirrasidir.

Yana bir ta'kidlash joizki, ma'naviyat bilan iqtisodning bir-birini inkor etmaydi, aksincha, bir-birini quvvatlab, o'zaro ta'sirlanib, rivojlanib boradi. Biz iqtisodiy o'nglanish, iqtisodiy tiklanish, iqtisodiy rivojlanishni ma'naviy poklanish, a'nanaviy yuksalish harakatlari bilan tamomila uyg'un bo'lishini istaymiz. Siyosatimizni shunga quramiz va uni to'la tatbiq etamiz. Odamlarimiz omilkor, salohiyatli, oqibatli, halol va ijtimoiy maydonlarda sobit turadigan bo'lsinlar.

Barqaror ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotni innovatsion rivojlanishsiz, keng ko'lamli ilmiy-texnik kooperatsiyasiz va yangi texnologiyalar, ilm-fan va texnika yutuqlarini joriy etmasdan tasavvur qilib bo'lmaydi.Aynan shuning uchun ilm-fan va texnikani yanada rivojlantirish, Islom hamkorlik tashkilotiga a'zo davlatlarning intellektual salohiyatini mustahkamlash tashkilotimiz faoliyatida muhim o'rin egallashi lozim, deb hisoblaymiz.

Odam ana shu ma'naviy-ma'rifiy bilim, ko'nikma, malaka va sifatlarga ega bo'lsagina ijtimoiy taraqqiyotning bugungi kun talablari darajasidagi milliy mentalitetga inson omiliga aylanadi. Befarq, beg'am, loqayd, tepsa-tebranmas odam taraqqiyotning inson omili bo'la olmaydi.

Biz qurayotgan fuqarolik jamiyati, bozor iqtisodiyoti, ma'naviy yangilanish siyosati xalqimizning tashabbuskorligi, ijodkorligini qo'llab-quvvatlash har bir kishining o'z mexnat natijalaridan baxramand bo'lishi, manfaatdorligi, insonning ijtimoiy salohiyatini to'la to'kis ro'yobga chiqarishga barcha imkoniyatlar eshigini ochib beradi.

Inson faqat yeb, ichish, qorin to'yg'azish, boylik orttirish, yaxshi kiyinish tashvishi bilan yashamaydi. Ruhiy qashshoq bo'lgan odam yuksak ma'naviyat sohibi ham bo'lolmaydi. Ma'naviy tuban kimsa to'q, farovon, madaniy turmush kechirish me'yorlarini ham bilmaydi, kelajakni oldindan ko'rolmaydi, undaylarning iymon va e'tiqodi sust, beqaror bo'ladi. Iqtisodiyot va ma'naviyatning birini oldin, ikkinchisini keyinroq emas, balki ularni bir paytning o'zida teng rivojlantirish zarurligini qayta-qayta ta'kidlandi, ana shu nazariy qoida va yo'l-yo'riqlarni amalga oshirishda payti allaqachon yetgan. "Oldin odamlarga moddiy boylik berish, so'ngra ma'naviyat to'g'risida o'ylash kerak, deydiganlar haq bo'lmasalar kerak".

Mamlakatimizda ma'naviyatni rivojlantirish masalalariga davlatning o'zi homiylik qilib, bosh islohotchilik rolini bajarmoqda. Bugungi kunda O'zbekiston Respublikasi Prezident xalq farovonligini oshirishga shuningdek, madaniyat va san'atning turli sohalarini yanada rivojlantirish bo'yicha Prezident farmonlari, Vazirlar Mahkamasining bir qator qonunlari qabul qilinib amaliy ishlarda o'z aksini topmoqda.

Foydalanilgan adabiyotlar

1. O'zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi. -Toshkent: O'zbekiston, 2016.

2. O'zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish to'g'risidagi Harakatlar strategiyasi" O'zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to'plami. -2017 yil.

3. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 1 avgustdagi "Madaniyat va san'at sohasida davlatxususiy sheriklikni rivojlantirish uchun shartsharoitlar yaratish chora-tadbirlari To'g'risida"gi PQ-3892-sonli qarori2017 yil 16 oktyabr, PQ-3325-son.

4. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori O'zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi huzurida madaniyat va san'atni rivojlantirish jamg'armasini tashkil etish to'g'risida, 2018 yil 1 avgust, PQ-3892-son.

5. Karimov I.A. Ozod va obod vatan, erkin va farovon hayot -pirovard maqsadimiz. T,8. -Toshkent: O'zbekiston, 2000.

6. Karimov I.A.Yuksak ma'naviyat-yengilmas kuch.Toshkent:Ma'naviyat,2008.

7. Karimov I.A. Mamlakatimizda demokratik islohotlarni yanada huqurlashtirish va fuqarolik jamiyatini rivojlantirish konsepsiyasi.-Toshkent: O'zbekiston, 2010.

8. Karimov I.A. O'zbekiston mustaqillikka erishish ostonasida.-Toshkent.: O'zbekiston, 2011.

9. Karimov I.A. Vatanimizning bosqichma-bosqich va barqaror rivojlanishini ta'minlash -bizning oliy maqsadimiz. -Toshkent.:O'zbekiston, 2009.

10. Karimov I.A. Asosiy vazifamiz-vatanimiz taraqqiyoti va xalqimiz faravonligini yanada yuksaltirishdir. -Toshkent.: O'zbekiston, 2010.

11. Karimov I.A. Amalga oshirayotgan islohotlarimizni yanada chuqurlashtirish va fuqarolik jamiyati qurish -yorug' kelajagimizning asosiy omilidir.-Toshkent.: O'zbekiston, 2014.

12. Boltaboyeva U., Rakhmonova N., Usmonov S. Characteristics of speech Art: problems and solutions //ACADEMICIA: An International Multidisciplinary Research Journal. - 2020. - T. 10. - №. 4. - C. 559-567.

13. EonTa6oeBa Y. HyTK caHtaraHHHr y3ura xoc xycycutfraapu: MyaMMO Ba eHHMnap //Oriental Art and Culture. - 2020. - №. I (2).

14. YCMOHOB m. CA^HA^A TAffl^H ^HEOArA AKTEPHHHr MYHOCAEATH //Oriental Art and Culture. - 2020. - №. II.

15. Dehqonov R., Tursunova G., Abdunazarov Z. Pedagogical aproaches to the formation of musical literacy of students in the sytem of higher education //ACADEMICIA: An International Multidisciplinary Research Journal. - 2020. - T. 10. - №. 3. - C. 91-95.

16. Tursunova G., Karimov B. PEARLS OF UZBEK NATIONAL DANCE //International Engineering Journal For Research & Development. - 2020. - T. 5. - №. Conference. - C. 4-4.

17. A6gyHasapoB 3. MHT-THH YHHH.TAPHMH3 HmTHPOKH^A Em AKTEP.TAPHH TACABBYPH BA ^H^KATHHH ^APX^Am //Oriental Art and Culture. - 2020. - №. III.

18. A6gyHasapoB 3. THMCO.T.TAP CHHMOCHHH ^PATHm //Oriental Art and Culture. - 2020. - №. III.

19. Yuldasheva S., Madumarova M. TASKS AND CONTENT OF BIBLIOGRAPHIC WORKS //European Journal of Arts. - 2020. - №. 1. - C. 148-152.

20. Юлдашева С. Китоб-кунгил чироги //Oriental Art and Culture. - 2020. -№. I (2).

21. Yunusov G., Juraev I., Ahmedov R. A LOOK AT THE REGIONAL SEASONAL FOLKLORE AND THEIR ORIGIN. THE ROLE AND IMPORTANCE OF FOLKLORE IN THE DEVELOPMENT OF DANCE ART //European Journal of Arts. - 2020. - №. 1. - С. 121-124.

22. Yunusov G. X., Juraev I., Ahmedov R. The European Journal of Arts, Issue 1/2020.

23. Talaboev A., Akbarov T., Haydarov A. The European Journal of Arts, Issue 1/2020.

24. Ахмедов Р. Миллий мусикий ижрочилик санъатига бир назар //Oriental Art and Culture. - 2020. - №. I (2).

25. Haydarov A. QOSHIQLAR ORQALI O'QUVCHILARDA VATANPARVARLIK TUYGUSINI SHAKLLANTIRISH //Oriental Art and Culture. - 2020. - №. IV.

26. Акбаров Т. ФОЛЬКЛОР ВА АНЪАНАВИЙ МУСИКА МАСАЛАЛАРИ //Oriental Art and Culture. - 2020. - №. IV

27. Омоновна Д. С. ТАРИХИЙ КУЛЁЗМА МАНБАЛАРНИ КОНСЕРВАТЦИЯ-РЕСТАВРАЦИЯ КДЛИШ ЖАРАЁНЛАРИ ХУСУСИДА //Oriental Art and Culture. - 2020. - №. V.

28. Угли X. И. Т. ТИЛШУНОСЛИКДА СОЛИК-БОЖХОНА ТЕРМИНОЛОГИЯСИНИНГ ТАДКИКИ //Oriental Art and Culture. - 2020. - №. V.

29. Угли X. И. Т. УЗБЕК СОЛИК ТЕРМИНЛАРИНИНГ АФФИКСАЦИЯ УСУЛИ БИЛАН ЯСАЛИШИ //Oriental Art and Culture. - 2020. - №. V.

30. Мирзаева Н., Аскарова М. ЧУЛПОН ИЖОДИДА МИЛЛИЙ УЙЕОНИШ ХАРАКАТИ //Oriental Art and Culture. - 2020. - №. V.

31. Турсунов Б. ЧОЛЕУ ИЖРОЧИЛИГИ ТАРИХИГА БИР НАЗАР //Oriental Art and Culture. - 2020. - №. V.

32. Shermatova X. MUSIQA NAZARIYASINING O'ZIGA XOS XUSUSIYATLARI //Oriental Art and Culture. - 2020. - №. V.

33. Еофурова Б. АКТЁРНИНГ НУЩИНИ ТАКОМИЛЛАШТИРИШДА ИННОВАЦИОН ТЕХНОЛОГИЯЛАРНИНГ АДАМИЯТИ //Oriental Art and Culture. - 2020. - №. V.

34. Пулатов Р. «МИРЗО УЛУЕБЕК» ТРАГЕДИЯСИНИНГ ЯРАТИЛИШИ ТАРИХИ //Oriental Art and Culture. - 2020. - №. V.

35. Qurbonova M. СНЕТ EL MUSIQASI TARIXIGA BIR NAZAR //Oriental Art and Culture. - 2020. - №. V.

iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.

36. Маматкулов Б. ТЕАТРДА САХНАЛАШТИРУВЧИ РАССОМНИНГ КАСБ СИРЛАРИ //Oriental Art and Culture. - 2020. - №. V.

37. Ismoilova M. CHOLG'U IJROCHILIGIDA NOTAGA QARAB IJRO QILISH //Oriental Art and Culture. - 2020. - №. V.

38. O'Taganov R. J. TA'LIM USLUBINING ASOSIY AFZALLIKLARI //Oriental Art and Culture. - 2020. - №. V.

39. Mamatov J. BARKAMOL AVLODNI TARBIYALASHDA ERTAKLARNING AHAMIVATI //Oriental Art and Culture. - 2020. - №. V.

40. Haydarov A. QOSHIQLAR ORQALI O'QUVCHILARDA VATANPARVARLIK TUYGUSINI SHAKLLANTIRISH //Oriental Art and Culture. - 2020. - №. IV.

41. Акбаров Т. ФОЛЬКЛОР ВА АНЪАНАВИЙ МУСИКА МАСАЛАЛАРИ //Oriental Art and Culture. - 2020. - №. IV.

42. Аскарова М. УЗБЕК АДАБИЙ ТАЩИДИ ТАРАККИЁТИ //Oriental Art and Culture. - 2020. - №. V.

43. Turgunbaev R., Takada H. Co-WEB: A Peer-to-Peer Based, Partially Decentralized Framework for Collaborative Web-Content Publishing //2009 First International Conference on Advances in Future Internet. - IEEE, 2009. - С. 67-72.

44. Парпиев А. ЖАДИДЧИ ОБИДЖОН МАХМУДОВНИНГ ФАОЛИЯТИДАГИ ЯНГИ КИРРАЛАР //Oriental Art and Culture. - 2021. - №. 6.

45. Омоновна X. С. ТАРИХИЙ КУЛЁЗМА МАНБАЛАРНИ КОНСЕРВАТЦИЯ-РЕСТАВРАЦИЯ КДЯИШ ЖАРАЁНЛАРИ ХУСУСИДА //Oriental Art and Culture. - 2020. - №. V.

46. Normatova M., Ikromjon X. "QUTADG'U BILIG" IKKI JAHONNI TUTISHGA OCHUVCHI YO'L //Oriental Art and Culture. - 2021. - №. 6.

47. Рузиева Г., Хабибжонов И. САДР ЗИЁ КУТУБХОНАСИ //Oriental Art and Culture. - 2021. - №. 6.

48. Nurxon I., Habibjonov I. KITOB VA KITOBXONLIK-INSON MANAVIYATINING KOZGUSI //Oriental Art and Culture. - 2021. - №. 6.

49. Oglu H. I. T. Formation of uzbek tax and customs terms (on the example of materials on the history of language) //ACADEMICIA: AN INTERNATIONAL MULTIDISCIPLINARY RESEARCH JOURNAL. - 2020. - Т. 10. - №. 12. - С. 1308-1313.

50. Угли X. И. Т. ТИЛШУНОСЛИКДА СОЛИК-БОЖХОНА ТЕРМИНОЛОГИЯСИНИНГ ТАДКИКИ //Oriental Art and Culture. - 2020. - №. V.

51. Угли X. И. Т. УЗБЕК СОЛИК ТЕРМИНЛАРИНИНГ АФФИКСАЦИЯ УСУЛИ БИЛАН ЯСАЛИШИ //Oriental Art and Culture. - 2020. - №. V.

52. Мирзаева Н. УРТА АСР ШАРК МАДАНИЯТИ ВА ЗАДИРИДДИН МУДАММАД БОБУР //Oriental Art and Culture. - 2021. - №. 6.

53. ЧУЛПОН ИЖОДИДА МИЛЛИЙ УЙЕОНИШ ХАРАКАТИ

54. Shermatova X. MUSIQA NAZARIYASINING O'ZIGA XOS XUSUSIYATLARI //Oriental Art and Culture. - 2020. - №. V.

55. Пулатов Р. «МИРЗО УЛУЕБЕК» ТРАГЕДИЯСИНИНГ ЯРАТИЛИШИ ТАРИХИ //Oriental Art and Culture. - 2020. - №. V.

56. Ismoilova M. CHOLG'U IJROCHILIGIDA NOTAGA QARAB IJRO QILISH //Oriental Art and Culture. - 2020. - №. V.

57. O'Taganov R. J. TA'LIM USLUBINING ASOSIY AFZALLIKLARI //Oriental Art and Culture. - 2020. - №. V.

58. Mamatov J. BARKAMOL AVLODNI TARBIYALASHDA ERTAKLARNING AHAMIVATI //Oriental Art and Culture. - 2020. - №. V.

59. Акбаров Т. ФОЛЬКЛОР ВА АНЪАНАВИЙ МУСЩА МАСАЛАЛАРИ //Oriental Art and Culture. - 2020. - №. IV.

60. Аскарова М. УЗБЕК АДАБИЙ ТАЩИДИ ТАРАККИЁТИ //Oriental Art and Culture. - 2020. - №. V.

61. Еофурова Б. АКТЁРНИНГ НУЩИНИ ТАКОМИЛЛАШТИРИШДА ИННОВАЦИОН ТЕХНОЛОГИЯЛАРНИНГ АДАМИЯТИ //Oriental Art and Culture. - 2020. - №. V.

62. Турсунов Б. ЧОЛЕУ ИЖРОЧИЛИГИ ТАРИХИГА БИР НАЗАР //Oriental Art and Culture. - 2020. - №. V.

63. Тургунбаев Р. Метамаълумот: хусусиятлари, турлари ва стандартлари //Science and Education. - 2021. - Т. 2. - №. 5. - С. 167-175.

64. Yunusov G. et al. A Look At The Folklore of Fergana Valley or History of A Song in The Series of Tanovar //Annals of the Romanian Society for Cell Biology. -2021. - Т. 25. - №. 6. - С. 2225-2232.

65. Yunusov G. X., Juraev I., Ahmedov R. The European Journal of Arts, Issue 1/2020.

66. Talaboev A., Akbarov T., Haydarov A. The European Journal of Arts, Issue 1/2020.

67. Haydarov A., Akbarov T., Abdunazarov Z. High purpose and leading action //ACADEMICIA: AN INTERNATIONAL MULTIDISCIPLINARY RESEARCH JOURNAL. - 2020. - Т. 10. - №. 12. - С. 609-615.

68. Akbarova M., Tursunova G., Abdunazarov Z. Pedagogical aproaches to the formation of musical literacy of students in the sytem of Higher Education //European Journal of Arts. - 2020. - №. 1. - С. 125-128.

69. Tursunova G. BALET RAQS SAN'ATINING O'RNI VA TARIXIY TARAQQIYOTI //Oriental Art and Culture. - 2021. - №. 6.

70. Tursunova G., Karimov B. Factors that should be considered in musical theater actors education //ACADEMICIA: An International Multidisciplinary Research Journal. - 2020. - T. 10. - №. 11. - C. 57-61.

71. Gaffarov S. S., Tursunova G. B. The resettlement policy of imperial russia during the colonial period //ACADEMICIA: An International Multidisciplinary Research Journal. - 2020. - T. 10. - №. 4. - C. 839-845.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.