Научная статья на тему 'MILLIY YUKSALISH G‘OYASINING JAMIYAT YANGI BOSQICHI TARAQQIYOTI UCHUN IJTIMOIY AHAMIYATI'

MILLIY YUKSALISH G‘OYASINING JAMIYAT YANGI BOSQICHI TARAQQIYOTI UCHUN IJTIMOIY AHAMIYATI Текст научной статьи по специальности «История и археология»

CC BY
1510
194
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
demokratik islohotlar / huquqiy demokratik davlat qurish / erkin fuqarolik jamiyatimustahkamlash / qonun ustuvorligi / barqaror rivojlanish / mustaqillik / erkinlik. / democratic reforms / building a democratic state based on the rule of law / strengthening a free civil society / the rule of law / sustainable development / independence / freedom.

Аннотация научной статьи по истории и археологии, автор научной работы — Norbo‘Tayev Islombek Musurmonovich

Ushbu makolada milliy yuksalish g‘oyasining jamiyat yangi bosqichi taraqqiyoti uchun ijtimoiy ahamiyati va unning rivojlanishiga ta’sir etuvchi omillar, ijtimoiy-psixologik mexanizmlar yoritilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

SOCIAL SIGNIFICANCE OF THE IDEA OF NATIONAL RISE FOR THE DEVELOPMENT OF A NEW LEVEL OF SOCIETY

This article describes the social significance of the idea of national uplift for the development of a new stage of society and the factors influencing its development, socio-psychological mechanisms.

Текст научной работы на тему «MILLIY YUKSALISH G‘OYASINING JAMIYAT YANGI BOSQICHI TARAQQIYOTI UCHUN IJTIMOIY AHAMIYATI»

Scientific Journal Impact Factor

MILLIY YUKSALISH G'OYASINING JAMIYAT YANGI BOSQICHI TARAQQIYOTI UCHUN IJTIMOIY AHAMIYATI

Norbo'tayev Islombek Musurmonovich O'zbekiston Milliy universiteti mustaqil tadqiqotchisi sv997710@gmail.com

Annotatsiya: Ushbu makolada milliy yuksalish g'oyasining jamiyat yangi bosqichi taraqqiyoti uchun ijtimoiy ahamiyati va unning rivojlanishiga ta 'sir etuvchi omillar, ijtimoiy-psixologik mexanizmlaryoritilgan.

Kalit so'zlar: demokratik islohotlar, huquqiy demokratik davlat qurish, erkin fuqarolik jamiyatimustahkamlash, qonun ustuvorligi, barqaror rivojlanish, mustaqillik, erkinlik.

SOCIAL SIGNIFICANCE OF THE IDEA OF NATIONAL RISE FOR THE DEVELOPMENT OF A NEW STAGE OF SOCIETY

Norbutaev Islombek Musurmonovich Independent researcher at the National University of Uzbekistan

sv997710@gmail.com

Annotation: This article describes the social significance of the idea of national uplift for the development of a new stage of society and the factors influencing its development, socio-psychological mechanisms.

Keywords: democratic reforms, building a democratic state based on the rule of law, strengthening a free civil society, the rule of law, sustainable development, independence, freedom.

Mustaqil taraqqiyotimizning keyingi yillari mobaynida respublikamiz Prezidenti Shavkat Mirziyoyev rahbarligida O'zbekiston taraqqiyotining yangi bosqichiga, milliy yuksalish davriga qadam qo'yildi. Bu borada amalga oshirilayotgan keng ko'lamdagi islohotlari tufayli xalqimiz hayotida talaygina o'zgarishlar ko'zga ko'rinmoqda, odamlarning dunyoqarashi, tafakkuri o'sib bormoqda. Demokratik islohotlarni yanada takomillashtirish fuqarolik jamiyatini rivojlantirish bo'yicha bir qator yangicha qadriyat va an'analar shakllanmoqda. Mamlakatimiz mustaqillikka erishgach, bozor iqtisodiyotiga asoslangan huquqiy demokratik davlat qurish, erkin fuqarolik jamiyati mustahkamlash bosh strategik maqsad qilib olindi. Respublikamiz mustaqillika erishgan yillarida ko'pgina samarali ishlar amalga oshirildi. Bularga, milliy davlatchilikka asoslangan davlat qurish,

KIRISH

Scientific Journal Impact Factor

uning suverenitetini mustahkamlash, huquq-tartibotni, xavfsizlik, davlatimiz chegaralari daxlsizligini, qonun ustuvorligini, inson huquq va erkinliklarini, millatlararo totuvlik va diniy bag'rikenglik muhitini yaratish, xalqimizning tinch-osuda hayot kechirishi, fuqarolarimizning bunyodkorlik ishlarini amaliyotga tadbifq qilish kabilar shular jumlasiga kiradi.

Mustaqillik yillarida mamlakatimizda amalga oshirilgan keng ko'lamli islohotlar milliy davlatchiligimiz va uning suverenitetini mustahkamlash, xavfsizlik va huquq-tartibotni, davlatimiz chegaralari daxlsizligini, jamiyatda qonun ustuvorligini, inson huquq va erkinliklarini, millatlararo totuvlik va diniy bag'rikenglik muhitini ta'minlash uchun muhim poydevor bo'ldi, xalqimizning farovon va baxtli hayot kechirishi, fuqarolarimizning bunyodkorlik salohiyatini ro'yobga chiqarishi uchun zarur bulgan shart-sharoitlar va imkoniyatlarni yaratdi.

Bugungi globallashuv sharoitida milliy yuksalish tamoyillari tabiatida ro'y berayotgan o'zgarishlar masalasida xilma-xil intellektual yondashuvlar va baholar shakllangan bo'lib, ularni nafaqat siyosiy yoki huquqiy fanlar doirasida balki ijtimoiy- falsafiy nuqtai nazardan o'rganish hamda mohiyatini anglash muhim ilmiy va metodologik ahamiyatga ega bo'lib bormoqda. Ayniqsa, mamlakatimizning Sharq tamadduniga mansubligini, "davlatning bosh islohotchiligi" tamoyili bozor iqtisodiyoti va demokratik jamiyatga xos rivojlanish davrida muhim axamiyatga ega bo'lganligini e'tiborga oladigan bo'lsak, milliy asosdagi yuksalish jarayonini milliy davlat va millat mavjudligi, uyushqoqligi va tarakkiyotining sharti sifatida qarash muhim ahamiyat kasb etadi.

Avvalo ta'kidlash lozimki, mustaqillik yillarida O'zbekistonda inson huquqlari va erkinliklari ustuvor bo'lgan demokratik davlat qurish va fuqarolik jamiyati asoslarini shakllantirish borasida ulkan yutuqlar qo'lga kiritildi. Mazkur jarayonda insonga oliy qadriyat sifatida munosabatda bo'lish, uning manfaatlarini islohotlarning asosiy mezoni tarzida tushunish muhim ahamiyat kasb etdi. O'zbekiston Respublikasining birinchi Prezidenti I.A.Karimov «Yuksak ma'naviyat — yengilmas kuch» asarida alohida ta'kidlaganidek: «Aslida, har qanday islohotning eng muhim samarasi, avvalo, xalqning ma'naviy-ruhiy qarashlaridagi yangilanish jarayonlari, uning ongu tafakkurining yuksalishi, mamlakatda yuz berayotgan o'zgarishlar uning hayotiga, taqdiriga daxldor bo'lganini chuqur his qilishi va shundan xulosa chiqarishi bilan belgilanadi. Biz amalga oshirayotgan islohotlarimizda ana shunday natijalarga erishish uchun barcha o'zgarish va yangilanishlarning markaziga inson va uning manfaatlarini qo'ydik. Shuning uchun ham, bugungi kunda ana shu jarayonlarning

MATERIAL VA METODLAR

Scientific Journal Impact Factor

mohiyatida islohot - islohot uchun emas, avvalo, inson uchun, uning farovon hayoti uchun xizmat qilishi kerak, degan maqsad mujassam ekanini va uning amaliy ifodasini barcha sohalarda ko'rish, kuzatish qiyin emas».

Yangi jamiyat barpo etish bo'yicha islohotlarni amalga oshirish borasida istiqlol yillarida qo'lga kiritilgan natijalarni sarhisob qilishda ham Yurtboshimiz tomonidan asoslab berilganidek, O'zbekistonning mustaqil taraqqiyot yo'lini ikki davrga bo'lib o'rganish mumkin. Ya'ni, milliy davlatchilik asoslarini shakllantirish, taraqqiyot modeli va rivojlanish tamoyillari belgilab olingani bilan bog'liq birinchi galdagi islohot va o'zgarishlarni o'z ichiga olgan dastlabki bosqich - 1991-2000 yillar mamlakatimizda ulkan iz qoldirgan hamda tom ma'noda tarixiy ahamiyatga ega bo'lgan o'tish davridir. 2001 yildan keyingi ikkinchi bosqich - demokratik davlat barpo etish va fuqarolik jamiyatini qurish borasida amalga oshirilayotgan tub o'zgarishlar va ulkan bunyodkorlik ishlarining asosiy mezoniga aylangan, faol o'zgarishlar, hayotning barcha sohalarni izchil isloh qilishni ta'minlashda g'oyat muhim ahamiyat kasb etgan davrdir.

Tarixan qisqa bu davr, bir o'spirin yoshiga teng vaqt davomida xalqimiz uchun iqtisodiy, siyosiy va ma'naviy sohalarda bo'lgani kabi, «Mamlakatimizda demokratik islohotlarni yanada chuqurlashtirish va fuqarolik jamiyatini rivojlantirish Konsepsiyasi» tayanadigan istiqlol yillari mamlakatimiz va xalqimiz uchun har tomonlama rivojlanish va yuksalish davri bo'lganligini bugun hech kim inkor etolmaydi. Mazkur Konsepsiya uchun asos bo'lgan taraqqiyot yo'lining mazmun-mohiyatini o'rganishda, avvalo, quyidagilarga e'tibor qaratish lozim:

Birinchidan, O'zbekistonning mustaqilligi oson va o'z-o'zidan qo'lga kiritilmadi, balki Yurtboshimiz rahnamoligidagi xalqimizning sobitqadam va sermashaqqat faoliyatining natijasi bo'ldi. Shu ma'noda, istiqlol kimningdir in'omi emas, balki ko'plab kurashlar, muntazam hamda samarali faoliyat asosida qo'lga kiritilgan qonuniy natija, xalqimizning ulkan yutug'idir.

Ikkinchidan, bugungi kunda xalqaro hamjamiyatning e'tirofiga ko'ra, O'zbekistonda amalga oshirilayotgan jamiyat hayotini tubdan isloh qilish, jahonda moliyaviy-iqtisodiy inqiroz bo'lib turganiga qaramay iqtisodiy rivojlanish va ijtimoiy hayotni erkinlashtirish, jamiyatni demokratlashtirish va bosqichma-bosqich modernizatsiyalash modeli o'zini to'la oqlamoqda.

Uchinchidan, O'zbekistonda faol demokratik yangilanishlar va mamlakatni modernizatsiya qilish davom etmoqda. Bunda jamiyatimizning barqaror rivojlanishi, ijtimoiy-siyosiy hayotni, davlat va jamiyat qurilishini yanada isloh etish, xususan Konstitutsiyada belgilab berilgan inson manfaatlari, erkinligi va farovonligini to'la

Scientific Journal Impact Factor

ta'minlash, parlamentarizm va ko'ppartiyaviylikning siyosiy hayotda to'laroq joriy etilishi g'oyat muhim rol o'ynamoqda.

To'rtinchidan, mustaqillikning ilk kunlaridan boshlab mamlakatimizda ijtimoiy yo'naltirilgan bozor iqtisodiyotiga asoslangan ochiq demokratik davlat barpo etish va fuqarolik jamiyatini shakllantirishda amalda o'zini to'la oqlagan islohotlarning mashhur besh tamoyili ishlab chiqildi va joriy etildi. Bugungi kunda ijtimoiy hayotdagi o'zgarishlar, shahar va qishloqlarimizning ko'rkamlashuvi, xalqimizning turmush tarzi farovonlashib borishi ushbu tamoyilning naqadar to'g'ri ekanligini isbotlamoqda.

Faylasuf olim Abdurahim Erkaev O'zbekistonning rivojlanish yo'li tahlilini berar ekan O'zbekiston mustaqil demokratik taraqqiyotidagi islohotlarning bosqichlarini ikkiga bo'ladi: 1) kichik - joriy bosqichlarga va 2) nisbatan yirik -davriy bosqichlarga. Birinchi Prezidentimiz Islom Karimovning "O'zbekiston iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirish yo'lida" asarida iqtisodiy islohotlar birinchi (1991-1995 yy.) va ikkinchi (1996-2000 yy.) bosqichlari to'g'risidagi fikrlar hamda Oliy Majlisning har bir yangi chaqirig'i birinchi sessiyasida qilgan dasturiy ma'ruzalari amalda kichik - joriy bosqichlarning boshlanishiga to'g'ri keladi. Mustaqilligimizning 16 yilligiga bag'ishlangan ma'ruzasida esa mustaqil demokratik taraqqiyot yo'li ikki davrga bo'lingan. Bu nisbatan yirik - davriy bosqichlardir.

Umuman, Islom Karimov asarlarida jamiyat rivojlanishining davriy bosqichlari quyidagicha asoslab berilgan: 1989-1991 yillar - Mustaqillik arafasi davri; 1991-2000 yillar - O'tish davri bosqichi; 2001-2010 yillar - kuchli davlatdan kuchli fuqarolik jamiyatiga bosqichma-bosqich o'tishda muhim rol o'ynagan faol demokratik yangilanishlar va mamlakatni modernizatsiya qilish davri; 2010 yildan keyingi davr - mamlakatda demokratik islohotlarni chuqurlashtirish va fuqarolik jamiyatini rivojlantirish bosqichi. Bu bosqichlar jamiyat rivojlanishida o'ziga xos ma'no-mazmunga ega va mustaqil taraqqiyot yo'lida amalga oshirilgan muhim o'zgarishlar bilan xarakterlanadi.

Vatanimizning yaqin o'tmishiga nazar solib, ta'kidlash joizki, 1989-1991 yillar ijtimoiy-siyosiy vaziyatni barqarorlashtirish va mustaqillik sari qo'yilgan ilk qadamlar davri bo'ldi. Milliy tariximizning keskin va tahlikali davrida, mamlakatimizda millatlar va fuqarolar o'rtasida ziddiyatlar avj olib, fuqarolik urushi xavfi yuzaga kelgan, iqtisodiyot og'ir ahvolga tushib qolgan, sotsialistik tuzumning umri tugab yangi zamon boshlanayotgan bir paytda olib borilgan boshqaruv va davlat siyosati, keng ko'lamli islohotlar O'zbekistonning, o'zbek xalqining keyingi taqdiri

NATIJA VA TAXLIL

Scientific Journal Impact Factor

va taraqqiyotida hal qiluvchi ahamiyatga ega bo'ldi. Xalqimizning buyuk donishmandlari, rahnomalari va yo'lboshchilarining jasorati tufayli, jamiyatning milliy tiklanish sari intilishi reallikka aylana bordi. Jamiyatning tub o'zgarishida tarixiy shaxslarning ham o'rni va roli katta bo'ladi. Shuning uchun ham"mustaqil O'zbekiston davlatining asoschisi, buyuk davlat va siyosat arbobi, o'zbek xalqining ulug' va ardoqli farzandi, mamlakatimizning Birinchi Prezidenti Islom Abdug'anievich Karimov Vatanimizni mustabid tuzum qaramligidan ozod qilib, halokat yoqasiga kelib qolgan yurtimizni qayta tikladi. Buyuk yo'lboshchimiz g'oyat qaltis va taxlikali bir vaziyatda og'ir qiyinchiliklar va sinovlarg a qaramay, tarixan qisqa davrda O'zbekistonni jadal va barqaror sur'atlar bilan rivojlanayotgan zamonaviy demokratik davlatga aylantirdi".

O'zbekistonning yangi tarixiga aloqador bo'lgan mustaqillik arafasidagi yillarning murakkabliklari, mustaqillik uchun shiddatli kurashlar, tinimsiz bahs-munozaralar va achchiq hayotiy tajribalar tahliliga bag'ishlangan 35 ta faktik daliliy materiallarni qamrab oluvchi "O'zbekiston mustaqillikka erishish ostonasida" kitobi g'oyat muhim manba vazifasini bajaradi. Mustaqillikka erishish uchun g'oyat muhim shart-sharoit va omillar bo'lib xizmat qilgan qarorlarni qayd etish zarur. 1989 yil 17 avgustda respublika hukumatining Toshkentda bo'lib o'tgan kengaytirilgan yig'ilishida yurtimizdagi vaziyatni o'nglash va xalqimizning iqtisodiy, moddiy ahvolini yaxshilash zaruratidan kelib chiqib "Qishloqda yashovchi har bir oilani tomorqa bilan ta'minlash, ularga yakka tartibda uy-joy qurish uchun barcha shart-sharoitlarni yaratib berish haqida" qaror qabul qilindi. Ushbu tarixiy hujjatda paxta yakkahokimligini bartaraf etishga qaratilgan dastlabki amaliy qadam bo'lgan qishloqda yashovchi oilalarga 25 sotixdan yer ajratib berish va tomorqa maydonlarini 4.5 baravar ko'paytirish nazarda tutilgan edi. Buning natijasida 1989-1990 yillarda 1.5 milliondan ko'proq oilaga qo'shimcha yer ajratildi, 700 ming oilaga tomorqa yerlari ajratib berildi. Shuningdek, yuz minglab gektar sug'oriladigan yer texnik ekinlar oborotidan chiqarildi, paxta yetishtirish rejasi 700 ming tonnaga kamaytirildi.

Mustaqil demokratik taraqqiyot yo'liga o'tishdagi eng muhim siyosiy qadamlardan biri 1989 yil 21 oktyabrdagi "Davlat tili to'g'risida"gi Qonunning qabul qilinishidir. Tilning davlat tili maqomiga ega bo'lishi shu davlatning siyosiy mustaqilligidan dalolat beruvchi muhim belgilaridan biridir. Respublikada til masalasini hal qilish muhim siyosiy va ma'naviy hodisa sifatida ko'tarib chiqildi, chunki til - millatning qalb toridir. Buyuk ma'rifatparvarlarimiz aytganidek, har qanday millatning dunyoda mavjudligini ko'rsatadigan oynasi - uning tili va

XULOSA

Scientific Journal Impact Factor

adabiyotidir. Bugun jahonda 7000 ga yaqin til va laxja mavjud bo'lsa, ulardan bor -yo'g'i 178 tasi davlat tili maqomiga ega. Ular orasida o'zbek tilining ham borligi millatimiz faxridir. Mustaqillik yillarida o'zbek tilining huquqiy asoslari mustahkamlanib, qo'llanish doirasi kengayib bormoqda. Bugungi kunda milliy tilimiz siyosiy, madaniy, iqtisodiy, ilm-fan, sport, harbiy sohalarda keng qo'llanilmoqda. Zero, vatanparvarlik, o'zlikni anglash, milliy g'urur-iftixor hissining shakllanishi milliy tilimizning mustaqilligi, erkinligi bilan bog'liqdir.

1. Mirziyoyev Sh. "Jonajon O'zbekistonim, mangu bo'l omon!". O'zbekiston Respublikasi mustaqilligining yigirma sakkiz yilligiga bag'ishlangan tantanali marosimdagi nutq. -Xalq so'zi, 2019 yil 9 dekabr

2. Avesto. A.Mahkamov tarjimasi. - Toshkent: Sharq, 2001. - 248 b.

3. Forobiy Abu Nasr. Fozil odamlar shahri. - Toshkent: G'afur G'ulom nomidagi Adabiyot va san'at nashriyoti, 1993. - 160 b. ; Abu Rayhon Beruniy. Tanlangan asarlar, 1-jild. -Toshkent: Fan, 1968. - 486 b.; Ibn Sino. Izb. Filos. Proizvedeniya. -Moskva: Nauka, 1980. - 478 s.; Nizomulmulk. Siyosatnoma yoki siyar ul-muluk. -T.: Adolat, 1997; Temur tuzuklari. -T.: O'zbekiston, 2011.

4. Sobirova Z. Bozor iqtisodiyoti va estetik madaniyat. - Guliston. 1999, №3. 18-19-betlar

REFERENCES

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.