Научная статья на тему 'ALISHER NAVOIYNING “XAMSA”SI – IKKINCHI RENESSANS HAYRATNOMASI'

ALISHER NAVOIYNING “XAMSA”SI – IKKINCHI RENESSANS HAYRATNOMASI Текст научной статьи по специальности «История и археология»

CC BY
1027
101
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
”Yangi O`zbekiston” g`oyasi / Sharq Renessansi / Uchinchi Renessans poydevori / badiiy tafakkur / ilmiy fantaziya / “Xamsa” dostonlari / The idea of "New Uzbekistan" / the Eastern Renaissance / the foundations of the Third Renaissance / artistic thinking / scientific fantasy / the epic "Khamsa"

Аннотация научной статьи по истории и археологии, автор научной работы — Omina Shamuradova, Nafisa Rahmanova

Mustaqil O`zbekiston xalqi “Yangi O`zbekiston” g`oyasini amalga oshirishga kirishdi. Bu g`oyaning zamirida Birinchi va Ikkinchi Renessansga asos solgan ajdodlarimizning orzu-niyatlari, XX asr boshida Uchinchi Renessansning tamal toshini qo`yib ketgan jadid bobolarimizning armonlari yotadi. XIV asrning ikkinchi yarmidan XVII asrgacha bo`lgan davr Uyg`onish davri o`zbek adabiyoti deb ataladi. Adabiyotning har tomonlama rivojlanishiga avval Samarqanddagi, so`ngra Hirot va Buxorodagi yuksak ilmiy, madaniy muhit o`z ta’sirini ko`rsatdi. Ikkinchi Renessansning falsafiy, badiiy tafakkur yutuqlari Alisher Navoiy asarlarida o`z ifodasini topdi. A.Navoiy “Farhod va Shirin”, “Sabba’i sayyor”,”Saddi Iskandariy” dostonlarida Sharq Renossansi yutuqlarini batafsil tasvirlar ekan, o`zining ilmiy fantaziyasiga ham suyandi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

ALISHER NAVOI'S "KHAMSA" THE SECOND RENEISSANCE

The people of independent Uzbekistan have begun to implement the idea of "New Uzbekistan". At the heart of this idea are the aspirations of our ancestors, who founded the First and Second Renaissances, and the unfulfilled desires of our modern ancestors, who laid the foundation stone of the Third Renaissance in the early twentieth century. The period from the second half of the 14th century to the 17th century is called Uzbek literature of the Renaissance. The high scientific and cultural environment in Samarkand, then in Herat and Bukhara, influenced the comprehensive development of literature. The achievements of philosophical and artistic thinking of the Second Renaissance are reflected in the works of Alisher Navoi. Navoi based his scientific imagination on the achievements of the Eastern Renaissance in the epics "Farhod and Shirin", "Sabba'i Sayyar", "Saddi Iskandariy".

Текст научной работы на тему «ALISHER NAVOIYNING “XAMSA”SI – IKKINCHI RENESSANS HAYRATNOMASI»

CENTRAL ASIAN ACADEMIC JOURNAL ISSN: 2181-2489

OF SCIENTIFIC RESEARCH VOLUME 2 I ISSUE 1 I 2022

ALISHER NAVOIYNING "XAMSA"SI - IKKINCHI RENESSANS

HAYRATNOMASI

Omina Shamuradova

TVCHDPI Gumanitar fanlar fakulteti O'TA 21/1-guruh talabasi

Ilmiy rahbar: Nafisa Rahmanova

ANNOTATSIYA

Mustaqil Ozbekiston xalqi "Yangi Ozbekiston" g'oyasini amalga oshirishga kirishdi. Bu g'oyaning zamirida Birinchi va Ikkinchi Renessansga asos solgan ajdodlarimizning orzu-niyatlari, XX asr boshida Uchinchi Renessansning tamal toshini qo'yib ketgan jadid bobolarimizning armonlari yotadi. XIV asrning ikkinchi yarmidan XVII asrgacha bolgan davr Uyg'onish davri o'zbek adabiyoti deb ataladi. Adabiyotning har tomonlama rivojlanishiga avval Samarqanddagi, so'ngra Hirot va Buxorodagi yuksak ilmiy, madaniy muhit oz ta'sirini ko'rsatdi. Ikkinchi Renessansning falsafiy, badiiy tafakkur yutuqlari Alisher Navoiy asarlarida oz ifodasini topdi. A.Navoiy "Farhod va Shirin", "Sabba'i sayyor","Saddi Iskandariy" dostonlarida Sharq Renossansi yutuqlarini batafsil tasvirlar ekan, o'zining ilmiy fantaziyasiga ham suyandi.

Kalit so'zlar: "Yangi Ozbekiston" g'oyasi, Sharq Renessansi, Uchinchi Renessans poydevori, badiiy tafakkur, ilmiy fantaziya, "Xamsa" dostonlari

ALISHER NAVOI'S "KHAMSA" - THE SECOND RENEISSANCE

ABSTRACT

The people of independent Uzbekistan have begun to implement the idea of "New Uzbekistan". At the heart of this idea are the aspirations of our ancestors, who founded the First and Second Renaissances, and the unfulfilled desires of our modern ancestors, who laid the foundation stone of the Third Renaissance in the early twentieth century. The period from the second half of the 14th century to the 17th century is called Uzbek literature of the Renaissance. The high scientific and cultural environment in Samarkand, then in Herat and Bukhara, influenced the comprehensive development of literature. The achievements of philosophical and artistic thinking of the Second Renaissance are reflected in the works of Alisher Navoi. Navoi based his scientific imagination on the achievements of the Eastern Renaissance in the epics "Farhod and Shirin", "Sabba'i Sayyar", "Saddi Iskandariy".

210

UZBEKISTAN | www.caajsr.uz

Keywords: The idea of "New Uzbekistan", the Eastern Renaissance, the foundations of the Third Renaissance, artistic thinking, scientific fantasy, the epic "Khamsa"

Mustaqil O'zbekiston xalqi "Yangi O'zbekiston" g'oyasini amalga oshirishga kirishdi. Bu g'oyaning zamirida Birinchi va Ikkinchi Renessansga asos solgan ajdodlarimizning orzu - niyatlari, XX asr boshida Uchinchi Renessansning tamal toshini qo'yib ketgan jadid bobolarimizning armonlari yotadi. O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Oliy Majlisga murojaatnomasida ta'kidlanganidek,"Biz o'z oldimizga mamlakatimizda Uchinchi Renessans poydevorini barpo etishdek ulug' maqsadni qo'ygan ekanmiz, buning uchun yangi Xorazmiylar, Beruniylar, Ibn Sinolar, Ulug'beklar, Navoiy va Boburlarni tarbiyalab beradigan muhit va sharoitlarni yaratishimiz kerak. Bunda, avvalo, ta'lim va tarbiyani rivojlantirish, sog'lom turmush tarzini qaror toptirish, ilm-fan va innovatsiyalarni taraqqiy ettirish milliy g'oyamizning asosiy ustunlari bo'lib xizmat qilishi lozim"[ 1,2].

O'zbekiston zamini qadimda ikkita buyuk uyg'onish davriga -Birinchi ( IX - XII asrlar) va Ikkinchi (XIV - XV asrlar) Renessansga beshik bo'lgan.

Birinchi Sharq Renessansi haqida ko'plab asarlar yozilgan. Ularda o'sha davrlarda Sharqda Islom ilmlari bilan bir qatorda ijtimoiy, tabiiy fanlar ham rivojlangani qayd etilgan. Bu haqda shveysariyalik mashhur sharqshunos Adam Metsning "Musulmon Renessansi" asaridan ma'lumotlarni olish mumkin. Mazkur asar IX-X asrlarda musulmon sharqida yuz bergan madaniy rivojlanishning tarixiga bag'ishlangan [2,144-145].

Bugun Ikkinchi Renessans asoschilari Amir Temur va Temuriylar sulolasining dunyo sivilizatsiyasi rivojiga, insoniyatning ilmiy, siyosiy-huquqiy, ma'naviy-g'oyaviy, madaniy va tafakkur darajasi keskin ko'tarilishiga qo'shgan hissasi beqiyosligi hech kimda shubha uyg'otmaydi. Jahon hamjamiyati Temuriylar davrini ilm-fan, madaniyat, san'at va adabiyot taraqqiyoti hamda ulu' kashfiyot va ixtirolarda o'z aksini topgan davr, xalqimizni esa shu paytgacha ikki marotaba Renessansga asos solgan el sifatida e'tirof etadi, ya'ni xalqimiz haqli ravishda ikki marta Renessans yarata olgan kam sonli xalqlar sirasiga kiritiladi [3,2].

"Temuriylar davri Renessansi", "Temuriylar davri yozma yodgorliklarining O'zbekistonda va xorijda o'rganilishi" kabi ilmiy asarlar, o'z ichiga olti mingga yaqin kitob va maqolalar haqida ma'lumot jamlagan "Amir Temur. Bibliografiya" to'plamining birinchi kitobi chop etilishi mavzuning hamon dolzarbligini ko'rsatadi.

KIRISH

ASOSIY QISM

Birinchi Renessans ma'rifiy xarakterga ega edi. Ma'mun akademiyasida Muhammad Xorazmiy bilan birga Xolid ibn al-Malik al-Marvarrudiy, Al-Abbos ibn Sayd al-Javhariy, Ahmad ibn Abdulloh al-Marvaziy, Ahmad al-Farg'oniy, Abu Fazl al-Hamid ibn Vase' ibn Turk al-Xuttaliy, Abu Yusuf Yoqub ibn Sabboh al-Kindiy va boshqa ko'plab O'rta Osiyolik olimlar ijod qilib, turli fanlar rivojiga katta hissa qo'shdilar. Bag'dod, Damashq rasadxonalarida, Bag'doddagi "Bayt ul-hikma" akademiyasida, Xorazmdagi "Majlisi ulamo" akademiyasida, Marv, Samarqand, Buxoro madrasalarida faoliyat ko'rsatgan mutafakkirlarga quyidagi xislatlar xos edi: insoniyatning o'tmishda erishgan yutuqlarini, jumladan,Yunon, Hind, Xitoy merosini chuqur o'rganish, tarjima qilish, sharhlar yozish, ilmiy ekspeditsiyalar uyushtirish; tabiiy fanlar, panteistik falsafa, islom ilohiyoti taraqqiyoti; ratsionalizm, hurfikrlilik, insonparvarlikni ulug'lash; insonning axloqiy, ma'naviy go'zalligi va kamoloti Allohning yuksak in'omi sifatida talqin etilishi, so'z san'atiga muhabbat, ilmiy asarning badiiy shakliga e'tibor berilishi, qomusiy bilimlarga ega bo'lishlik [3,157 -158].

Ikkinchi Renessans Sohibqiron Amir Temur va temuriylar sulolasi hukmronlik qilgan davrga to'g'ri keldi. Bu davrda Qozizoda Rumiy, Mirzo Ulug'bek, G'iyosiddin Koshiy, Ali Qushchi kabi benazir olimlar; Lutfiy, Jomiy, Navoiy, Bobur kabi alloma shoirlar; Sharafiddin Ali Yazdiy, Mirxond, Xondamir kabi tarixchilar; Kamoliddin Behzod kabi musavvirlar, xattotlar, musiqashunoslar ijod qildilar, asarlari bilan "cherik tortmay" butun dunyoni zabt etdilar.

Poytaxt Samarqand va Hirotda, Shosh, Kesh, Buxoro kabi yirik shaharlarda me'morchilik, qog'oz ishlab chiqarish, to'qimachilik, qurolsozlik, temirchilik, chilangarlik, hunarmandchilikning barcha sohalari gullab - yashnadi. Temuriylar davrida, ayniqsa, ilm - fan, adabiyot, san'at sohalari kamolot bosqichiga ko'tarildi.

Ma'lumki, XIV asrning ikkinchi yarmidan XVII asrgacha bo'lgan davr Uyg^onish davri o'zbek adabiyoti deb ataladi. Adabiyotning har tomonlama rivojlanishiga avval Samarqanddagi, so'ngra Hirot va Buxorodagi yuksak ilmiy, madaniy muhit o'z ta'sirini ko'rsatdi. Husayn Boyqaro davrida Hirot birgina Xurosonning emas, butun turkiy dunyoning muhim madaniy - adabiy markaziga aylandi.

Quyosh tufayli zarra mavjud bolganidek, Haq tufayli xalq mavjud; xalq bor ekan, inson deb atalmish vujud mavjud. O'z zamonasining farzandi bo'lgan Alisher Navoiy Hirot Renesansining barcha yutuqlarini: amaliy san'at, me'morlik, musiqa, ilm - fan sohasidagi yangiliklarni asarlarida aks ettirdi, shuningdek o'zining ilmiy fantaziyalarini ham tasvirladi.

XV asrdagi amaliy san'atning rivoji badiiy adabiyotga kuchli ta'sir ko'rsatdi. Bunga misol qilib "Sabb'ai sayyor" dostonidagi zargar Zayd Zahhob hikoyasini

keltirish mumkin. O'z kasbining mohir ustasi bo'lgan zargar shohga yaxshi ko'rinish uchun ajoyib falaksifat taxt yasaydi. Oltin taxtning tasviri o'sha davrdagi amaliy san'at tarqqiyoti darajasini ko'rsatadi. E'tiborlisi shundaki, bu taxtning o'zi yurar zinasi bor edi! Agar shoh bu taxtga chiqadigan bo'lsa, pillapoyalari uning qadam qo'yishi uchun pasayib, bir-biri ustiga yotardi. Shoh sakkiz poyaning hammasini bosib o'tib, taxtga o'tirgach, u zinalar yana baland ko'tarilar edi. Bu -shubhasiz, zamonaviy eskalatorning tasviri. Taxt tasvirida yana bir detal bor: shoh qay tarafga qarab o'tirishni istasa, ozgina ishorat bilan ikki ming botmon oltindan yasalgan og'ir taxt o'sha tarafga qarab aylanadi! XX asr texnikasi yutuqlarini eslatuvchi bu tasvirlar mutafakkir bobomizning chuqur ilmiy fantaziyasi mahsuli edi [4,432-440].

"Saddi Iskandariy " dostonida esa Navoiy bobomiz buyuk ixtirochi, kimyogar olim sifatida namoyon bo'ladi. Iskandarning Kashmirga yurishi voqealarini eslaylik. Kashmirda zolim shoh Mallu hukmronlik qilardi. Iskandar Kashmir chegarasiga qadam qo'yganda osmonga tutashib ketgan tog' ko'rinadi. Bu tog' afsonaviy Qof tog'idek juda baland, toshlari silliq qilib yo'nilgandek yarqiroq edi. Buyuk tog'ning o'rtasida shigof - yoriq bor edi.Yoriq orasidan yo'l o'tgandi . Kashmirliklar dushmanni qaytarish uchun yo'l boshiga - ikki qoya o'rtasiga qal'a qurishgan; qal'aning ichiga ikki ming sehrgar joylashib olgan edi. Agar biror kishi sehrlangan qal'a tomonga qadam qo'ysa, oyoq - qo'li bo'shashib, harakatdan qolar edi. Odamgina emas, ot ham u tomonga yursa, oyog'ida mador qolmasdi. Iskandar askarlari bu yerga yetganda xuddi shunday behol bo'lib, hayratga tushdilar. Voqeadan ogoh bo'lgan Iskandar sehrga qarshi ilmni qurol qiladi:

Safarda unga hamrohlik qilayotgan besh yuzta olim sharoitni o'rganib, unga qalay, simob, mis aralashmasidan katta koptokka o'xshash bir qurol yasab berishdi. To'pning ichini turli dori va moddalar bilan to'latdilar. Bu to'pning piligi havoda yonsa , ichidagi portlovchi moddaga o't tegib, to'p mo'ljallangan yerga tushadi va qattiq portlab yonishidan to'rt narsa hosil bo'ladi: bahaybat sado, o't-alanga, qora tutun, badbo'y hid. Kuchli portlash sadosidan qal'a ichidagi sehrgarlarning asboblari ishdan chiqadi; o't alangasidan qal'aning darvozasi ochiladi; qora tutundan sehrgarlarning yuzi qorayadi; hidi kimning dimog'iga kirsa, jodugarlik ilmini tamoman esdan chiqarib yuboradi. Iskandar qurolni ishlatib Mallu ustidan g'alaba qozonadi. Qal'aga kirmoqchi bo'lganida olimlar u yoqqa borishga ruxsat bermaydilar, chunki to'pdan chiqqan tutun bilan badbo'y hidning ta'siri hali yo'qolmagan, undan shoh va askarlarning salomatligiga putur yetishi mumkin edi.

Qilib hikmat oyinig'a iltijo, Buzoli alar sehrini jobajo.

Kuchli tovushning har qanday to'lqinni sindirishi, temir darvozani parchalashi, odam terisining nurdan kuyib qorayib ketishi, badbo'y hid tufayli inson xotirasining o'chib ketishi Ikkinchi Renessans ixtirolari kolamini ko'rsatadi [4,588-592].

Yovuz Mallu tilsimlangan qo'rg'onga qochib kirib, xalqdan yel va o'tni yashiradi, mamlakatni olovsiz, shamolsiz qoldiradi. Iskandar Aflotun yordamida xalqqa ularni qaytaradi. Kuchli shamol va olov band qilingan ikkita chohning tasviri o'quvchinig diqqatini tortmay qolmaydi. Zamonaviy neft quvurlarini eslatuvchi bu moslamalar ham buyuk mutaffakkirning xayol mahsuli edi; yer qa'ridagi dahshatli olovni , yer yuzidagi kuchli shamolni bo'ysundirib , ulardan inson manfaati yo'lida oqilona foydalanish orzusi edi [4,595-600]

Bugungi kunda tergov ishlarida aybdorning rost yoki yolg'on gapirayotganini aniqlab beruvchi detector (moslama) yoki haydovchining spirtli ichimlik ichgan -ichmaganini aniqlovchi uskunaning mavjudligini hamma biladi. Qizigi shundaki, bunday moslamalar haqidagi ilk ma'lumotlar "Saddi Iskandariy" dostonida uchraydi.

Chin xoqoni Iskandar sharafiga shohona bazm beradi, turli - tuman sovg'alar, nodir tuhfalar hadya qiladi. Tuhfalardan biri "Oyinayi chin"- haqiqat oynasi edi. Bu oynaning ikkala beti oy va kundek yorug' bo'lib, sira zanglamasdi. Olimlar oynaning ikki betiga ikki xil ko'rsatish qobiliyatini bergan edilar. Masalan, uning bir yuzi rost gapirgan odamning yuzini ko'rsatar, yolgon gapirgan odamnikini ko'rsatmas edi. Ikkinchi yuzining tilsimi shundan iborat ediki, me'yorida may ichuvchining yuzi unda to'g'ri aks etardi, me'yoridan ortiq may ichgan odamning basharasi esa buzilib: uzun, qisqa, yapaloq, katta yoki kichik bo lib ko rinardi. Bu oynadan Iskandar qanday hayratga tushgan bo'lsa, biz ham Navoiy bobomizning tafakkuridan shunday hayratlanaveramiz [4,634-636].

Iskandar chinlik olimlarning mehnatini yuksak taqdirlab, o'zi ham ularni yangi ixtirolari bilan lol qoldirishni istaydi. To'rt yuz olimni ikki guruhga bo'lib, avvalgilardan ham a'loroq mo'jiza yaratishga kirishadi. Birinchi guruhga Aflotun va Suqrot bosh bo'ladi. Ular osmonda qanday jism bo'lsa, barchasini ko'rsatuvchi suturlob (teleskop) yasaydilar. Ikkinchi guruhga Arastu bilan Buqrot bosh bo'ladi. Ular yer kurrasida nimaiki mavjud bo'lsa, hammasini ko'rsatuvchi ko'zgu -jahonnamo oyna yasaydilar. Hikmat ahliga Iskandarning o'zi madad bo'ladi. Kashfiyotlarning biriga to'qqiz qavat osmon joylashtirilgan bo'lsa, ikkinchisiga yetti iqlim sig'dirilgan edi [4,642-644]. Farhod ham shu oyna yordamida avval Suqrot yashaydigan tog'ni, keyin tog ichidagi g'orni topgan edi.

XXI asr o'quvchisi jahonnamo oyna bilan kompyuterdagi Google Maps dasturi o'rtasida o'xshashlik borligini sezmay qolmaydi, albatta. Ha, bizning ajdodlarimiz zamonlar osha fikrlay oladigan darajada dono edilar! Birovkim qilsa olimlarga ta'zim,

Qilur go'yoki payg'ambarga ta'zim.

"Saddi Iskandariy"ni o'qir ekansiz, ul zotning suvosti kemasi haqidagi chuqur tasavvufiy qarashlariga ham tahsinlar o'qimaslikning iloji yo'q. Iskandar yer yuzini zabt etib boTgach, Bahri Muhitni o'rganishni niyat qiladi. Ikki yil okeanda suzib, girdob - u portanalarni yengib, Bahri Muhitning qoq markaziga yetib keladi. Sandiqqa o'xshash bir shisha yasatib, uning ichiga tushadi. Shishaning og'zini pokak va mum bilan mahkamlaydilar. Iskandar suvosti kemasida yuz kun okeanning tagida turib, u yerdagi hayotni o'rgangan, holsizlangach shishaning arqonini tortib, yuqoridagilarni ogohlantirgan. Navoiy olim sifatida voqeaning bunday rivojiga shubha bildiradi. Uning fikricha, Iskandarning dili suv tagiga tushganda qattiq zahmat chekadi, qiyinchiliklarni yenga olgani uchun poklanadi. Safari oxiriga yetguncha o'zi ham haq yo'liga kiradi -valiylik darajasiga yetadi. Ko'zini payg'ambarlik nuri yoritadi, shuning uchun okean tagidagi ko'zga ko'rinadigan - ko'rinmaydigan barcha jonzotlarni aniq - tiniq ko'radi. Demak, Iskandar uchun suvosti kemasi payg'ambarlik maqomiga erishish uchun bir vosita boTgan.

"Farhod va Shirin", "Sabb'ai sayyor", "Saddi Iskandariy" dostonlarida me'morlik, tasviriy san'at va naqqoshlik sohasida Hirot ustalari qo'lga kiritgan yutuqlar shunday mohirona tasvirlanganki, beixtiyor qo'liga tesha olib toshni saryog'day kesayotgan toshyo'nar ham; to'rt faslning go'zalligini naqshlarda jilolantirgan naqqosh ham; go'zal qizning rasmini tirik insonday qilib toshga, qog'ozga chizgan rassom ham ; Chin oynasiday tiniq g'ishtlardan qurilgan, ayvoniga bulutning soyasi tushmaydigan, posboni Zuhal yulduzi bilan suhbat qiladigan osmono'par binolarning me'mori ham -bu Navoiyning o'zi, degan xulosaga kelasiz. "Farhod va Shirin " dostonidagi taqdir oynasi, murakkab mexanizm bilan ishlovchi temir odamlar ( robotlar), yetti iqlimni ko'rsatuvchi Jamshid jomi - "Jomi getinamoy", Chin o'lkasida qurilgan to'rt faslga monand qasrlar, arman o'lkasida yaxlit katta xarsangtoshning ichini o'yib, naqsh bilan bezatilgan toshqasr; Bahrom uchun qurilgan yetti qasr, " Saddi Iskandariy" dostonidagi ichsa mayi tugamaydigan "Jomi ishratfazoy" kabi mo'jizalarning badiiy talqini hazrat Navoiyning oz davridagi ilm - fan, amaliy san'at, me'morlik sohasidagi ixtirolar va yangiliklar bilan yaxshi tanish bo'lganini ko'rsatadi. Ayrim narsalarning ilmiy talqinida Navoiyning oz davri ilmidan ham ancha ilgarilab ketgani ko'zga tashlanadi.

Xullas, Hirot Renesansi "Xamsa"day buyuk asarning yaratilishiga sabab bo'lgan bo'lsa, hazrat Navoiy o'z davrining ilg'or fikrlarini go'zal asarlari bilan kelajak avlodga yetkazib berdi. Bunday daho ajdodlarimizning merosini chuqur o'rganish, milliy g'ururni tiklash, so'ngan ruhning ko'tarilishi, ma'naviy - ma'rifiy qadriyatlarga bo'lgan hurmat - e'tiborning qaytarilishi, ilm - fan, ta'lim sohasida olib borilayotgan

XULOSA

islohotlar O'zbekistonda Uchinchi Renessans poydevorini yaratish borasidagi sa'y-harakatlar, albatta, yaqin kelajakda kutilgan natijalarni beradi, deyishimizga tola asos boladi.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR (REFERENCES)

1. O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoevning Oliy Majlisga murojaatnomasi. Xalq so'zi. 2020 yil 30 dekabr. №276. 2-bet.

2. Адам Мец. Мусульманский Ренессанс. Изд-во "Наука". Главная редакция Восточной литературы. М., 1966, 144-145-бетлар.

3. Akmal Saidov, Temuriylar Renessansiga yangi chizgilar,"Yangi O'zbekiston" gazetasi, 2021 - yil 8 - aprel.

4. Алишер Навоий. Хамса. Т.:Навруз,2019,712 бет

5. Muhammadjon Qodirov. Uchinchi Renessans haqida ba'zi mulohazalar. Oriental Renaissance: innovative, educational, natural and social sciences VOLUME 1 | ISSUE 2 ISSN 2181-1784 156 w 2021 March ,156-161 - betlar

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.