Научная статья на тему 'UYG’ONISH DAVRI ALLOMALARINING PEDAGOGIKA VA TAʼLIMTARBIYAGA OʻZGACHA YONDASHUV ASOSIDAGI QARASHLARI TAHLILI'

UYG’ONISH DAVRI ALLOMALARINING PEDAGOGIKA VA TAʼLIMTARBIYAGA OʻZGACHA YONDASHUV ASOSIDAGI QARASHLARI TAHLILI Текст научной статьи по специальности «Науки о Земле и смежные экологические науки»

CC BY
2263
146
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
odob / axloq / ta’lim / tarbiya / pedagogika / uyg’onish davri / sharq mutafakkirlari / komillik. / morals / ethics / upbringing / education / pedagogy / Renaissance period / Eastern thinkers / perfection.

Аннотация научной статьи по наукам о Земле и смежным экологическим наукам, автор научной работы — M. Jumayeva

Ushbu maqolada Sharq uyg’onish davrida ma’naviy-ma’rifiy va axloqiy masalalar xususida allomalarning pedagogik va taʼlim-tarbiyaga oʻzgacha yondashuv asosidagi qarashlari, hamda ular yozib qoldirgan asarlarning mazmun mohiyati toʼg’risida fikr yuritilgan va ular tahlil qilingan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

ANALYSIS OF THE VIEWS OF SCIENTISTS OF THE RENAISSANCE, BASED ON A UNIQUE APPROACH TO PEDAGOGY AND EDUCATION AND UPBRINGING

This article discusses and analyzes the views of scientists of the period of the Eastern Renaissance on spiritual, educational and moral issues based on a special approach to pedagogy and education and upbringing, as well as the content of their works.

Текст научной работы на тему «UYG’ONISH DAVRI ALLOMALARINING PEDAGOGIKA VA TAʼLIMTARBIYAGA OʻZGACHA YONDASHUV ASOSIDAGI QARASHLARI TAHLILI»

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL VOLUME 1 ISSUE 5 UIF-2022: 8.2 | ISSN: 2181-3337

UYG'ONISH DAVRI ALLOMALARINING PEDAGOGIKA VA TA'LIM- TARBIYAGA O'ZGACHA YONDASHUV ASOSIDAGI QARASHLARI TAHLILI Mukarrama Bekzodovna Jumayeva

Samarqand davlat chet tillar instituti talabasi https://doi.org/10.5281/zenodo.6990805

Annotatsiya. Ushbu maqolada Sharq uyg'onish davrida ma'naviy-ma'rifiy va axloqiy masalalar xususida allomalarning pedagogik va ta'lim-tarbiyaga o'zgacha yondashuv asosidagi qarashlari, hamda ular yozib qoldirgan asarlarning mazmun mohiyati to'g'risida fikr yuritilgan va ular tahlil qilingan.

Kalit so'zlar: odob, axloq, ta'lim, tarbiya, pedagogika, uyg'onish davri, sharq mutafakkirlari, komillik.

АНАЛИЗ ВЗГЛЯДОВ УЧЕНЫХ ЭПОХИ ВОЗРОЖДЕНИЯ, ОСНОВАННЫХ НА УНИКАЛЬНЫЙ ПОДХОД К ПЕДАГОГИКЕ И ОБРАЗОВАНИЮ И

ВОСПИТАНИЮ

Аннотация. В данной статье рассмотрены и проанализированы взгляды ученых периода восточного ренессанса на духовно-воспитательные и нравственные вопросы, основанные на особом подходе к педагогике и образованию и воспитанию, а также содержание написанных ими произведений.

Ключевые слова: нравы, этика, воспитание, обучение, педагогика, период Возрождения, восточные мыслители, совершенство.

ANALYSIS OF THE VIEWS OF SCIENTISTS OF THE RENAISSANCE, BASED ON A UNIQUE APPROACH TO PEDAGOGY AND EDUCATION AND UPBRINGING

Abstract. This article discusses and analyzes the views of scientists of the period of the Eastern Renaissance on spiritual, educational and moral issues based on a special approach to pedagogy and education and upbringing, as well as the content of their works.

Keywords: morals, ethics, upbringing, education, pedagogy, Renaissance period, Eastern thinkers, perfection.

KIRISH

Sharq Uyg'onishi davrida ma'naviy-ma'rifiy sohada asosiy masala inson muammosi bo'lib, insoniylik, insonni ulug'lash g'oyasi ta'lim-tarbiyaga oid asarlarning asosida rivoj topdi. Bunday asarlar islom dinni tasirida yozilgan bo'lib, u pand-nasihat, odob-axloq, yaxshlikka yo'naltiruvchi omillar yuqori o'rinda turgan.

TADQIQOT MATERIALLARI VA METODOLOGIYASI

Sharq Uyg'onish davri falsafasi va pedagogikasida ta'limiy-axloqiy yo'nalish muhim bo'lgan. Axloq masalasi faylasuflarning ham, tarixchi-yu shoir hamda adiblarning ham birdek diqqat markazida bo'ldi. Ta'limiy-axloqiy risolalar paydo bo'lib, axloqning ham nazariy, ham amaliy masalalari tahlil e'tildi. «Qutadg'u bilig», «Qobusnoma», «Hibbat ul-haqoyiq», «Guliston», «Bo'ston», «Axloqi Jalohy»,«Axloqi Nosiriy», «Axloqi Muhsiniy», «Mahbub ul-qulub» kabi Yusuf Xos Hojib, Kaykovus, Ahmad Yugnakiy, Muslihiddin Sa'diy, Nasiriddin Tusiy, Abdurahmon Jomiy, Alisher Navoiy, Jalohddin Davoniy, Husayn Voiz Koshifiyning ta'limiy-axloqiy asarlari yuqorida ta'kidlaganimiz inson shaxsini ma'naviy-axloqiy shakllantirish muammosini hal e'tish sohasida yaratilgan sof pedagogik asarlar sifatida muhim ahamiyatga hisoblandilar. Asarlarda ta'limiy-axloqiy masalalar insonning

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL VOLUME 1 ISSUE 5 UIF-2022: 8.2 | ISSN: 2181-3337

ma'naviy kamolga ye'tishishi yuksak axloqqa ega bolishi, ilm-fanni egallashdagi g'oyalar ilgari surilgan.

Ta'lim - tarbiya, insoniy munosabatlarning falsafiy asoslari tasavvuf ilmida ochib beriladi. Shu jumladan Islom olamining muqaddas kitobi «Qur'oni Karim»da ham komillikning beshta tamoyili komillikka erishish uchun talab etiladi. Bular quyida keltirilgan:

1. Mehnatim muhabbatim.

2. Ma'rifatim sarmoyam.

3. Dinim aqlim.

4. Ilniini qurolim.

5. Sabru qanoat libosim.

IX-XV asrlar Markaziy Osiyo ma'naviy madaniyati rivojida muhim davr hisoblanadi. Shu bois faylasuf, tarixchi, pedagog, matematik olimlar bu davr madaniy-ma'rifiy merosi haqida qator ilmiy tadqiqot ishlari olib borganlar.

Pedagog - olimlarning Sharq mutafakkirlari ijodida ta'lim-tarbiya, shaxs ma'naviy kamoloti masalalariga bag'ishlangan ilmiy tadqiqotlarning pedagogika fani rivojida muhim o'rni bor. Lekin ular allomalar merosida olg'a surilgan ta'lim-tarbiya masalalarini yoritishda milliylik tamoyilidan kelib chiqqan holda yondashmadilar. TADQIQOT NATIJALARI

Sharq mutafakkirlarining ma'naviy madaniyat sohasiga qo'shgan ulushlari nihoyatda boy bo'lib, mazmunan qadriyatlarning barcha yo'nalishlarini qamrab olganligi bilan xarakterlanadi. Ular:

1. aqliy madaniyatni shakllantirish bilan bog'langa qadriyatlar;

2. ma'naviy-ruhiy qadriyatlar;

3. ijtimoiy-siyosiy qadriyatlar;

4. badiiy-nafis qadriyatlar;

5. diniy qadriyatlar tarzida o'z ifodasini topgan.

Forobiy pedagogik qarashlarini, ta'lim-tarbiya haqidagi ta'limotini o'rganishda inson xislatlari to'g'risidagi falsafiy fikrlari nihoyat muhim ahamiyat kasb etadi. Forobiy o'zining falsafiy qarashlarida odamning tuzilishini, ruhiyatini, madaniy va ma'naviy olamini o'rganishga ahamiyat beradi. Uning ta'limotida, inson barcha boshqa jismlarda bo'lmagan qobiliyat va kuchga, ruhiy quvvatga, aql va so'zlash qobiliyatiga egaligi bu kuch uni tabiatdagi boshqa jismlardan ajratib turishi va uning ustidan hokim bo'lish imkoniyatini berganligi namoyon bo'ladi.

Forobiy bu dunyoqarashida narsa-hodisalarni bilish, inson aqlini bilim bilan boyitish uni ilmli, ma'rifatli qilish uchun xizmat qiluvchi ruhiy jarayonlarga alohida e'tibor beradi. U o'zining "Baxt-saodatga erishuv haqida", "Fanlarning tasnifi", "Falsafani o'rganishdan oldin nimani bilish kerakligi to'g'risida", "Ilmlar va san'atlar fazilati" kabi koplab risolalarida insonning ma'naviy rivojlanishi ilm-ma'rifatga bog'liqligini ta'kidlaydi.

Abu Rayhon Beruniy bilim umuminsoniy qadriyatlarni o'rganishning kaliti ekanligini alohida ta'kidlaydi. Ilm-ma'rifatli odam jamiyat taqdiri, insonlar taqdiri uchun kurashuvchan, barcha yomonliklardan uzoqdir. "Ilmning foydasi ochko'zlik bilan oltin-kumush to'plash uchun bo'lmay, balki u orqali inson uchun zarur narsalarga ega bo'lishdir".

Umuman, Abu Rayhon Beruniy ilm-fanning buyuk homiysi va muxlisi sifatida mamlakatning obodonchiligi ilm-fanning gullashida, odamning baxti esa uning bilim va

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL VOLUME 1 ISSUE 5 UIF-2022: 8.2 | ISSN: 2181-3337

ma'rifatida deb bildi. Yaratgan asarlarida u ta'lim-tarbiyaga doir she'r va hikmatlardan misollar keltirib, ular orqali har bir inson o'z qalbining farmoyishiga ko'ra xayr-ezgulikka intilishi, sun'iy obro', shuhrat qozonish uchun muruvvat va sharofat ko'rsatmasligi kerakligini ta'kidlaydi.

Yusuf Xos Hojibning "Qutadg'u bilig" asarida aqliy, axloqiy, mehnat, jismoniy va nafosat tarbiyasiga doir fikrlari katta tarbiyaviy ahamiyatga egadir. U insonni ulug'laydi. Uning fikricha, insonning ulug'ligi aql-idroki, so'zlash qobiliyati, bilimi, uquvi, hunarga egaligidadir. Adib o'quv va bilimni farqlaydi: o'quv tug'ma ravishda inson ruhiyatida mavjuddir, bilim esa o'qish-o'rganish va mehnat tufayli egallanadi. Agar ularning har ikkisi o'zaro birlashsa, insonning qadri ortadi:

Zakovat qayerda bo'lsa, ulug'lik bo'ladi,

Bilim kimda bo'lsa, buyuklik bo'ladi.

Zakovatli uqadi, bilimli biladi,

Bilimli, zakovatli tilakka yetadi.

Yusuf Xos Hojib ta'lim va tarbiyaning uzviy bog'liq holda bo'lishini tavsiya etadi, o'g'il bolalarning bir necha san'at turlarini va hunarlarni tugal o'rganmog'i lozimligini ta'kidlaydi. Bu, ularning kelajak hayotlari, jamiyat rivoji uchun zarurligini aytadi.

MUHOKAMA

Pedagogikaning fan sifatida shakllanishi yosh avlodni hayotga tayyorlash, ular tarbiyasini samarali amalga oshirish ehtiyojidan kelib chiqadi. Bu ehtiyoj tarbiya borasida orttirilgan tajribalar to'plangandan keyin o'sha tajribalarni umumlashtirish, yoshlar tarbiyasi haqida qonun-qoidalarni ishlab chiqish zaruratini taqozo etadi.

Avvalo pedagogikaning nazariy kurtaklari falsafa negizida paydo bo'ladi. Ta'lim-tarbiya masalalari hamisha mutafakkir, yozuvchi, olimlar xayolini band qilib kelgan. Ular o'zlarini bola tarbiyasi, ularni barkamol inson qilib tarbiyalash haqidagi yorqin mulohazalari bilan pedagogik fikrlar ravnaqiga ulush qo'shganlar. Masalan: Nizomulmulkning «Siyosatnoma», Nosir Xisravning «Saodatnoma», Ahmad Yugnakiyning «Hibatul-Haqoyiq», Alisher Navoiyning «Mahbub - ul qulub», Yusuf Xos Hojibning «Qutadg'u bilig» asarlari bevosita odob, axloqqa daxldordir.

Kaykovusning «Qobusnoma», IV asrda yashab o'tgan hind faylasufi Beydaboning «Kalila va Dimna» asarlari, «Ramayana», «Mahobxorat» dostonlari, Sa'diyning «Guliston» va «Bo'ston», Jomiyning «Bahoriston», Ahmad Donishning «O'g'illarga nasihat», bundan tashqari Qur'oni Karim, Hadisi Sharif, «Chor darvesh», «Ming bir kecha» kitoblari ham qimmatbaqo ma'naviy-madaniy meros bo'lib, Sharqu g'arb xalqlari ming yillar mobaynida bulardan bahramand bo'lganlar va komillik tog'risida uning qirralarini yoritib berganlar.

XULOSA

Xulosa qilib shuni aytish kerakki, bu asarlarda insonparvarlik, halol mehnat, do'stlik, chin muhabbat, sadoqat kabi yuksak axloqiy fazilatlar o'z aksini topgan. Yosh avlodlarda ilmiy dunyoqarashni shakllantirish hamma davrlarda millatning ilg'or kishilari diqqat markazida bo'lib kelgan.

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL VOLUME 1 ISSUE 5 UIF-2022: 8.2 | ISSN: 2181-3337

REFERENCES

1. A.Avloniy. «Turkiy guliston yoxud axloq», «O'qituvchi» nashriyoti., T. 1993 yil.

2. Abu Nasr Forobiy. «Fozil odamlar shahri» «A.Qodiriy» nashriyoti. T. 1993 yil.

3. K.Hashimov, S.Nishonova "Pedagogika tarixi" II qism. Alisher Navoiy nomidagi O'zbekiston Milliy kutubxonasi nashriyoti T. - 2005.

4. www.edu.uz

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.