Научная статья на тему 'SHARQ VA G‘ARB ALLOMALARINING IJODIDA AXLOQIY TARBIYA TUSHUNCHALARINI SHAKLLANTIRISHNING QIYOSIY TAHLILI'

SHARQ VA G‘ARB ALLOMALARINING IJODIDA AXLOQIY TARBIYA TUSHUNCHALARINI SHAKLLANTIRISHNING QIYOSIY TAHLILI Текст научной статьи по специальности «СМИ (медиа) и массовые коммуникации»

CC BY
9157
471
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
ma’naviy tarbiya ta’lim tarbiya sifati / axloqiy ong / poklik / vatanparvarlik ruhida tarbiyalash / ijtimoiy-axloqiy talab / xulq-atvor / axloqiy tarbiya / axloqiy me’yor. / spiritual education / quality of education / upbringing in the spirit of patriotism / social / and moral requirements / behavior / moral education / moral norms.

Аннотация научной статьи по СМИ (медиа) и массовым коммуникациям, автор научной работы — Ch. Sabirova, X. Nyutonova

Ushbu maqolada talabalarda ma’naviy-axloqiy tarbiyani shakllantirishning ahamiyati va uning pedagogik mazmuni haqida so‘z yuritilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

COMPARATIVE ANALYSIS OF THE FORMATION OF CONCEPTS OF MORAL EDUCATION IN THE WORKS OF EASTERN AND WESTERN SCHOLARS

This article discusses the importance of the formation of spiritual and moral education of students and its pedagogical content.

Текст научной работы на тему «SHARQ VA G‘ARB ALLOMALARINING IJODIDA AXLOQIY TARBIYA TUSHUNCHALARINI SHAKLLANTIRISHNING QIYOSIY TAHLILI»

 2022

UIF-2022: 8.2 SCIENCE AND INNOVATION

ISSN: 2181-3337 INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL №4

SHARQ VA G'ARB ALLOMALARINING IJODIDA AXLOQIY TARBIYA TUSHUNCHALARINI SHAKLLANTIRISHNING QIYOSIY TAHLILI

Sabirova Charos

UrDU Pedagogika kafedrasi p.f.n dots. Nyutonova Xilola

UrDU magistratura bo'limi Pedagogika nazariyasi va tarixi (faoliyat turi bo'yicha) 1-bosqich

magistranti https://doi.org/10.5281/zenodo.6970459

Annotatsiya. Ushbu maqolada talabalarda ma'naviy-axloqiy tarbiyani shakllantirishning ahamiyati va uningpedagogik mazmuni haqida so'z yuritilgan.

Kalit so'zlar: ma'naviy tarbiya ta'lim tarbiya sifati, axloqiy ong, poklik, vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, ijtimoiy-axloqiy talab, xulq-atvor, axloqiy tarbiya, axloqiy me 'yor.

СРАВНИТЕЛЬНЫЙ АНАЛИЗ ФОРМИРОВАНИЯ КОНЦЕПЦИЙ НРАВСТВЕННОГО ВОСПИТАНИЯ В ТРУДАХ ВОСТОЧНЫХ И ЗАПАДНЫХ

УЧЕНЫХ

Аннотация. В статье рассматривается важность формирования духовно-нравственного воспитания студентов и его педагогическое содержание.

Ключевые слова: духовное воспитание, качество образования, воспитание в духе патриотизма, социально-нравственные требования, поведение, нравственное воспитание, нравственные нормы.

COMPARATIVE ANALYSIS OF THE FORMATION OF CONCEPTS OF MORAL EDUCATION IN THE WORKS OF EASTERN AND WESTERN SCHOLARS

Abstract. This article discusses the importance of the formation of spiritual and moral education of students and its pedagogical content.

Keywords: spiritual education, quality of education, upbringing in the spirit of patriotism, social, and moral requirements, behavior, moral education, moral norms.

KIRISH

"Insonlarni yaxshilkg'a chaqiruvchi, yomonlikdan qaytarguvchi bir ilmdur.

Yaxshi xulqlarning yaxshiligini, yomon xulqlarning yomonligini dalil va misollar ila bayon qiladurgan kitobni axloq deyilur".

Abdulla Avloniy

Sharqning buyuk mutafakkirlari insonni axloqiy kamol toptirish, uni har tomonlama rivojlantirish, ma'naviy va ma'rifiy jihatdankamol topishi jarayonida turli tarixiy bosqichlardan -johillik, nodonlikdan ilmga, yovuzlikdan ezgulikka, vahshiylikdan insoniylikka o'tarkan, jamiyat ham shu tariqa rivojlanadi. Ikki muqobil ibtido - yovuzlik va ezgulik, jaholat va kamolatning o'zaro kurashi inson va jamiyat taraqqiyoti belgilagan, inson aql -zakovat sohibi sifatida o'zini anglashiga olib keladi.

TADQIQOT MATERIALLARI VA METODOLOGIYASI

Axloq muayyan jamiyat va davrda o'zgarishlarga uchrashi, rivojlanishi, so'nishi mumkin. Har bir xalqning yoki millatning o'ziga xos axloqi bilan bir qatorda, umumbashariy axloq me'yorlari jamiyatning umumiy taraqqiyotiga samarali ta' sir ko'rsatadi.

Axloqiy tarbiyaning barcha zamonlar uchun dolzarb bo'lgan yo'li bu - namunaviylik tamoyili. Oilada, avvalo, yuqorida aytilganidek, ota-ona bolaga axloqiy namuna bo'lishi kerak.

2022

UIF-2022: 8.2 SCIENCE AND INNOVATION

ISSN: 2181-3337 INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL №4

Maktabda va oliy o'quv yurtida muallimlarining ta'lim berish usullaridan tortib ularning ko'z ilg'amas xatti-harakatlarigacha o'z shogirdlari tomonidan shaxsiy namuna sifatida qabul qilinishini nazardan qochirmaslik lozim.

Qadimgi Xitoydagi ijtimoiy-falsafiy fikrlar tarixida Konfutsiyning qarashlari ham alohida o'rin tutadi.u qadimgi Xitoydagi ijtimoiy-falsafiy fikrlarning rivojiga katta hissa qo'shgan. Mutafakkirning "Aforizmlar" asari teran falsafiy qarashlarida axloqiy masalalar markaziy o'rin tutadi.Qadimgi ajdodlarning urf-odatlari, meroslari, tariqatiga tayangan Konfutsiy o'tganlarning shuhrati ularning avlodlarini yuksaltiradi, deb jamiyatning haqiqiy negizi, poydevorini yanada mustahkamlash uchun qadimgi urf-odat an'ana milliy marosim va bayramlarimizning, ajdodlarimizning tarixiy xotiralarining tiklanishi borasidagi ma'naviy-ma'rifiy islohotlarimizda ko'rishimiz mumkin.[1]

Suqrot (eramizdan oldingi 469-399-yillar)- qadimgi Yunon faylasufi. Afinaning ijtimoiy hayotida faol ishtirok etgan, yoshlar tarbiyasi bilan shug'ullangan, hurfikrli inson, bo'lgan Suqrotning fikricha, falsafaning markazida axloq masalalari turmog'i lozim. Jamiyatning ravnaqi, tinchlik va osoyishtaligi, faravon hayoti axloq va odobning ahvoliga bog'liq. Bu masalalar Sharq falsafasida ham katta o'rin tutganligi bois xalqimiz, buyuk allomalarimi z Suqrot nomini hurmat bilan tilga olgan, uning axloq-odob haqidagi pand-nasihatlariga amal qilishgan.

TADQIQOT NATIJALARI

Umuman, qadimgi Sharq va G'arb falsafasining ijtimoiy muammolari orasida axloq mavzusi yetakchilik qiladi. O'sha davrda yaratilgan hikmatli so'z, iboralar bugungi kunda ham insonni mulohaza yuritishga majbur qiladi. Sharqda nafaqat din sifatida, balki yaxlit madaniyat, ma'naviyatning shakllanishida ham katta ahamiyatga ega bo'ldi. U madaniyatning ilm-fan, san'at, axloq, siyosat kabi sohalarining rivojiga ham ijobiy ta'sir ko'rsatdi.

Bu davrda diniy ilmlar sohalarida mintaqa shuhratini olamga tanitgan imom Buxoriy, imom Termiziy, Nizomulmulk, Dunyoviy ilmlar sohasida esa Forobiy, Beruniy, Ibn Sino, hamda tasavvuf ma'naviy-ma'rifiy ta'limoti sohasida Ahmad Yugnakiy, Yusuf Xos Hojib, Najmiddin Kubro, Bahouddin Naqshband va boshqa buyuk alloma va mutafakkirlarning jamiyat taraqqiyoti rivojida ma'naviyat hodisasining beqiyos o'rni haqidagi qarashlari butun jahon ilmiy va falsafiy tafakkurining ravnaqiga hayotbaxsh hissa qo'shdi.

Abu Nasr Forobiy(873-950) jahon ijtimoiy-falsafiy fikrlari tarixida "Sharq Aristoteli" ("Ikkinchi muallim") degan unvonga sazovor bo'lgan mashhur qomusiy olimdir. Forobiy o'zining ijtimoiy-falsafiy qarashlarida jamiyatning vujudga kelish sabablarini, axloqning shakllanishi, insoniylik, adolatparvarlik, taraqqiyot, buyuk jamiyat, komil inson kabi mavzularni ilmiy-nazariy jihatdan asoslashga harakat qilgan.

Forobiy axloqiy fazilatlar deganda bilimdonlik, donolik, va mulohazali bo'lish, vijdonlilik, kamtarlik, ko'pchilik manfaatini yuqori qo'yish, haqiqat, ma'naviy yuksaklikka intilish, adolatliylik kabi xislatlarni tushunadi. Ammo bu xislatlarning eng muhimi har bir insonning bilimli, ma'rifatli bo'lishidir. Shuning uchun ham Forobiy axloq tushunchasiga aql bilan uzviy bog'liq holda, tafakkurga asoslangan axloq sifatida qaraydi. Bundan biz Forobiyning axloqni xulq me'yorlari ifodasi sifatidagina emas, balki kishilarning aqliy faoliyatining natijasi sifatida ham talqin etilganligini ko'ramiz Shu kabi fikrlarni biz Abu Rayhon Beruniy (973-1048 y.) asarlarida ham uchratishimiz mumkin. Beruniyning ma'naviy-qxloqiy qarashlari bilan bog'liq ta'limotida mehnat, odob-axloq, ta'lim-tarbiya, kasb-hunar, ilm-ma'rifat uzviy mushtaraklikda, bir butunlikda tahlil etilgan.

2022

UIF-2022: 8.2 SCIENCE AND INNOVATION

ISSN: 2181-3337 INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL №4

Beruniyning ma'naviy-axloqiy ta'limotida ikkiyuzlamachilik, yolg'onchilik, tuhmat, qo'pollik, o'g'rilik, bir-birining payiga tushish, xudbinlik, singari yomon xulqlar toifasiga kiritiladi. Rostlik, odillik, adolat, bular Beruniy fikricha, yuksak ma'naviyat, go'zal odob-axloq belgisidir. O'z zararing hisobiga bo'lsa-da, rost gapir, haqiqatdan yuz o'girma, har bir narsaga odilona va xolisona yondash, deb ta'lim beradi va o'zi mazkur g'oya va ta'limotlarga bir umr sodiqlikning ibrat-namunasiga aylanadi.[2]

Beruniyning fikricha, insonparvarlik-kishilarning ma'naviyat darajasi, u o'zida ijobiy axloqiy xislatlarni tarbiyalay olishi bilan ham bog'liq.

"Saxix" yo'nalishining asoschisi eng yetuk va mashhur muhaddis Abu Abdulloh Ismoil al-Buxoriy hadis ilmida "Amir-ul-mo'minin", "Imom al-Muxaddisiyn" (Barcha muxaddislarning peshvosi") degan sharafli nomga sazovor bo'lgan.

Islom dini insonni ma'naviy kamolot sari yetaklovchi ta'limotdir. Shu sababli Qur'oni Karimda ham, hadislarda ham yaxshi xulq-odob qoidalari va ularga kishilarning qat'iy amal qilishlari lozimligi borasidagi qarashlar keng targ'ib etilgan. Imom Ismoil al -Buxoriyning "Al-jome as-saxix" asarining bir jildiga odob-axloq masalalarini yorituvchi hadislar jamlangan bo'lsa, "Al-adab al-mufrad" (Adab durdonalari) nomli asarda ham ijtimoiy turmushda hamda insonlar o'rtasida o'zaro munosabatlarni tashkil etish chog'ida amal qilinishi lozim bo'lgan odob-axloq qoidalari borasida yanada batafsil ma'lumotlar berilgan.

Najmiddin Kubroning maqsadi odamlarni ham jismonan, ham aqlan, ham ruhiy-ma'naviy jihatdan yetuk qilib tarbiyalash bo'lgan. Ta'lim-tarbiya axloqiy poklik, mardlik, hojatbarorlik, g'oyalarini targ'ib etgan. Ilohni sevish bilan yaxshi insonlarni sevishni bir ga olib qaradi, nafsni qattiq nazorat etib, ya'ni qoralab, ulug' taqvo piri degan nom chiqardi. U insonni "Kichik olam" deb, uning kamoloti cheksiz ekanini ta'kidlaydi. Biz bu fikrlarni xulosalab tarbiya axloqiy poklik, mardlik, hojatbarorlik kabi tushunchalarni olishimiz mumkin.

Bahouddin Naqshbandning ta'lim-tarbiya haqidagi fiklari g'oyat qadrlidir. U barkamol insonni tarbiyalash dastlab odobdan boshlanishini ta'kidlab, shunday degan edi: <<Adab xulqni chiroyli qilish, so'z va fe'lni soz qilishdir>>.[3]

MUHOKAMA

Odob saqlash-muhabbat samarasi, yana muhabbat daraxtining urug'i hamdir. Agar odobdan ozgina nuqsonga yo'l qo'yilsa, nimaikiqilsanh ham, beadablik ko'rinadi, degan fiklarni keltirib o'tgan.

Sharq mutafakkirlari axloqni ikkiga ajratishadi. Axloqli, axloqsiz, yaxshi yoki yomon axloqli singari.

Axolqiy munosabatlar - bu jamiyatga, mehnatga, odamlarga va qolaversa, har bir kishining o'ziga munosabatidir.

G'arb mutafakkirlari ham axloqiy tarbiya borasida o'zlarini fiklarining keltirb o'tganlar.

Jumladan, Ushinskiy "Tarbiyaning asosiy vazifasi axloqiy jihatdan ta'sir etishdan iboratdir. Bu aqlni umuman o'stirish, uni bilimlar bilan to'ldirishdan ko'ra muhimdir" deb izohlagan. Axloqiy tarbiya maqsadlari va vositalarini, K.D. Ushinskiy kishi kamolga yetgan bo'lishi, uning jismoniy, aqliy hamda axloqiy jihatdan o'sishi bir-biriga mos bo'lishi kerak, deb hisoblaydi. Shuning uchun u tarbiyani garmonik (har tomondan bir-biriga moslab) o'sgan shaxsning tarkib topishida ma'lum maqsadga qaratilgan ongli jarayon deb ta'riflaydi.

2G22

UIF-2022: 8.2 SCIENCE AND INNOVATION

ISSN: 2181-3337 INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL №4

Ushinskiyning fikricha, axloqiy tarbiya bolada insonparvarlik, vijdonlilik, rostgo'ylik, mehnatsevarlik, intizomlilik va mas'uliyatni sezish, kamtarlik bilan birgalikda o'z qadr-qimmatini bilishni o'stirishi lozim.

Ushinskiy tavsiya etgan axloqiy tarbiya tizimida uning xalqchillikka asoslangan butun pedagogic tizimiga muvofiq vatanparvarlik, vatanga fidokorona muhabbat ruhida tarbiyalash asosiy o'rinni egallaydi. Vatanga muhabbat, - deb yozadi Ushinskiy, - bu insonning eng kuchli tuyg'usidir.[4]

Ushinsiyning fikricha, axloqiy tarbiyaning vositalari quyidagilardan iborat bo'lishi kerak;

> Axloqiy tarbiyada kitob va darslikning o'rni kattadir. O'quvchi bu kitoblarda o'z nutqini o'stirishni, bilimni umumlashtirishni axloqiy tarbiyalarni egallashni tez o'rganadi;

> O'qituvchining shaxsan o'zi namuna bo'lishi kerak;

> E'tiqodga u juda katta e'tibor bergan edi;

> O'quvchilarga mohirlik bilan munosabatda bo'lish (pedagogik odob);

> Ogohlantirish choralari;

> Rag'batlantirish va jazolash;

Suqrotning fikricha, tarbiyadan kutilayotgan maqsad, buyumlar tabiatini o'rganish bo'lmay, balki kishining bilim olishi, axloqni kamol toptirishi kerak. Lekin Suqrotning axloqiy qarashlarida tengsizlikni yaqqol sezish mumkin. Uning fikricha axloq faqat imtiyozli <<mumtoz>>largagina xos, chunki ular haqiqiy axloqning yagona egalari bo'lganliklari uchun hokimiyat ham ularning qo'llarida bo'lmog'I kerak deydi. [5]

Arastu uch xil tarbiya ya'ni: jismoniy, axloqiy va aqliy tarbiya aqidalarini ishlab chiqib, tarbiyaning rivojlanishiga katta hissa qo'shgan. U jismoniy, axloqiy va aqliy tarbiya bir-biri bilan uzviy bog'langan deb hisoblaydi.

Arastu Platondan farq qilib, bola tarbiyasida oila tarbiyadan chetlashtirilmaydi. Axloqiy tarbiya berish asosan oila zimmasida ekanligini uqtiradi. XULOSA

Xulosa qilib shuni aytish joizki, o'z davrida Sharq va G'arb allomalarining axloqiy tarbiya borasidagi fikrlari ma'rifatparvarlarning asarlarida o'z aksini topgan. Muhammad al-Xorazmiy, Abu Nasr Forobiy hamda Abu Rayhon Beruniylar o'qituvchining ma'naviy-axloqiy jihatdan yetuk bo'lishlariga alohida ahamiyat qaratadilar.Ularning fikrlaricha, yaxshi o'qituvchi boshqalardan bir jihati bilan farq qiladi, ya'ni, u o'zi ega bo'lgan bilimlarni yoshlarga beminnat o'rgatadi, har bir ishda ularga namuna bo'la oladi.[6]

G'arb allomalaridan Ushinskiy, Makarenko, Komensiy, Platon, Suqrot, Aristotel kabi g'arb allomalari o'zlarining pedagogik qarashlari bilan o'z ancha ilgarilab ketganlar. Ularning bu qarashlari bir necha asrlardan beri ajdodlarimiz tafakkurini boyitib kelmoq va hozirgi kunda ham ular o'z qiymatini yo'q. Shunga ko'ra, Sharq va G'arb mutaffakkirlarning o'lmas merosi oilada bolalarning ma'naviy- axloqiy tarbyalashning muhim omili bo'lib qoladi. Shunday ekan biz pedagoglar ta'lim jarayonida tarbiyaning ham uzviyligini ta'minlagan holda talaba yoshlarga ma'naviy-axloqiy tarbiya berib borishimiz va ularga to'g'ri yo'lni ko'rsatadi.

REFERENCES

1. A.Malonova, B.Normurodova. "Tarbiyaviy ishlar metodikasi". O'quv qo'llanma. Toshkent, "FAN" 2008 y.

2. Abu Rayhon Beruniy. Hindoston.- T. Fan, 1966, 25 b.

2022

UIF-2022: 8.2 SCIENCE AND INNOVATION

ISSN: 2181-3337 INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL №4

3. Komilov N. Tasavvuf yoki komil inson axloqi. K.1. -T.: Yozuvchi. 1996. Shayx Aziziddin Nasafiy. Komil inson G' N.Komilov tarjimasi. - Turkiston. 2000.y. 1-avgust.

4. Pedagogika T., "O'qituvchi" -1998 .y.

5. Ismoilova Z. Tarbiyaviy shlar metodikasi- T : Istiqlol, 2003.

6. Shodmonova Sh., Tilobova N. "Tarbiyaviy ishlar uslubiyoti" o'quv predmetidan ta'lim texnologiyasi- T.TDIU, 2006.y.

7. Kukushin V.S. Teoriya I metodika vospitatelnoy rabota. -Rostov nqD.: MarT, 2004.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.