Научная статья на тему '“QUTADG’U BILIG” VA “HAYRAT UL-ABROR” DOSTONLARIDA DIDAKTIK QARASHLAR UYG’UNLIGI'

“QUTADG’U BILIG” VA “HAYRAT UL-ABROR” DOSTONLARIDA DIDAKTIK QARASHLAR UYG’UNLIGI Текст научной статьи по специальности «Языкознание и литературоведение»

CC BY
571
40
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
didaktik adabiyot / adabiy ta’sir / mumtoz adabiyot / an’anaviylik / falsafiy-ta’limiy yo’nalish / an’anaviy voqelik / an’anaviy mavzu / turkona uslub / didactic literature / literary influence / classical literature / traditionalism / philosophical-educational direction / traditional reality / traditional subject / Turko style

Аннотация научной статьи по языкознанию и литературоведению, автор научной работы — Xoldorova, Gulnoza Husniddinovna

Mazkur maqola turkiy mumtoz adabiyot tadqiqiga qaratilgan bo’lib, unda Alisher Navoiy ijodining turkiy ildizlarini tavsiflash maqsad qilib olingan. Muallif Yusuf Xos Hojib va Alisher Navoiy didaktik qarashlarining uyg’unligini qiyosiy metod asosida dalillagan. O’zbek adabiyotidagi birinchi masnaviy usulida yozilgan doston bilan Navoiy “Xamsa”sidagi birinchi doston o’rtasidagi g’oyaviy yaqinlikni isbotlovchi o’rinlar,baytlar talaygina. Musulmon Sharqida ijodkorning salohiyati G’arb adabiyotidagidan farqli ravishda yangi syujet yaratishiga qarab emas, balki an’anaviy voqelik, mavzu, qahramonlar doirasida yangi fikr ayta olish iqtidoriga qarab belgilangan. Aynan mana shu an’anaviylikni Alisher Navoiy ijodiga ham bevosita daxldor. O’zbek mumtoz adabiyoti Alisher Navoiy davrida o’zining eng yuksak bosqichiga ko’tarilgan bo’lsa-da, Alisher Navoiydan avval ham turkiy tilda, turkona uslubda o’lmas asarlar yaratilgan. Bu kabi asarlar, umumturk dunyosidagi mavjud dunyoqarash, albatta, Navoiy asarlarida qaytadan muhtasham bo’y ko’rsatgan.Bu fikrlar maqolada baytlar, baytlardagi o’xshatish va qiyoslashlar asosida dalillangan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

“QUTADG’U BILIG” VA “HAYRAT UL-ABROR” DOSTONLARIDA DIDAKTIK QARASHLAR UYG’UNLIGI

This article is focused on the study of Turkish classical literature, in which the aim is to describe the Turkish roots of Alisher Navoi’s work. The author Yusuf Khos Hajib and Alisher Navoi proved the harmony of didactic views based on the comparative method. There are many places and stanzas that prove the ideological closeness between the epic written in the first masnavi method in Uzbek literature and the first epic in Navoi’s "Khamsa". In the Muslim East, the potential of the creator is determined not by the ability to create a new plot, unlike in Western literature, but by the ability to express new ideas within the framework of traditional reality, themes, and characters. Alisher Navoi’s work is directly related to this tradition. Although Uzbek classic literature reached its highest stage during the time of Alisher Navoi, immortal works were created in the Turkish language and in the Turkish style even before Alisher Navoi. Such works, the existing worldview in the common Turkic world, of course, showed a great height again in the works of Navoi. These ideas are proved in the article based on verses, similes and comparisons.

Текст научной работы на тему «“QUTADG’U BILIG” VA “HAYRAT UL-ABROR” DOSTONLARIDA DIDAKTIK QARASHLAR UYG’UNLIGI»

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

"QUTADG'U BILIG" VA "HAYRAT UL-ABROR" DOSTONLARIDA DIDAKTIK QARASHLAR UYG'UNLIGI

Gulnoza Xoldorova Husniddinovna,

Farg'ona davlat universiteti tayanch doktoranti gulnozaholdarova7 @gmail .com

ANNOTATSIYA

Mazkur maqola turkiy mumtoz adabiyot tadqiqiga qaratilgan bo'lib, unda Alisher Navoiy ijodining turkiy ildizlarini tavsiflash maqsad qilib olingan. Muallif Yusuf Xos Hojib va Alisher Navoiy didaktik qarashlarining uyg'unligini qiyosiy metod asosida dalillagan. O'zbek adabiyotidagi birinchi masnaviy usulida yozilgan doston bilan Navoiy "Xamsa"sidagi birinchi doston o'rtasidagi g'oyaviy yaqinlikni isbotlovchi o 'rinlar,baytlar talaygina.

Musulmon Sharqida ijodkorning salohiyati G'arb adabiyotidagidan farqli ravishda yangi syujet yaratishiga qarab emas, balki an'anaviy voqelik, mavzu, qahramonlar doirasida yangi fikr ayta olish iqtidoriga qarab belgilangan. Aynan mana shu an'anaviylikni Alisher Navoiy ijodiga ham bevosita daxldor. O'zbek mumtoz adabiyoti Alisher Navoiy davrida o'zining eng yuksak bosqichiga ko 'tarilgan bo 'lsa-da, Alisher Navoiydan avval ham turkiy tilda, turkona uslubda o 'lmas asarlar yaratilgan. Bu kabi asarlar, umumturk dunyosidagi mavjud dunyoqarash, albatta, Navoiy asarlarida qaytadan muhtasham bo'y ko'rsatgan.Bu fikrlar maqolada baytlar, baytlardagi o'xshatish va qiyoslashlar asosida dalillangan.

Kalit so'zlar: didaktik adabiyot, adabiy ta'sir, mumtoz adabiyot, an'anaviylik, falsafiy-ta 'limiy yo 'nalish, an 'anaviy voqelik, an 'anaviy mavzu, turkona uslub

АННОТАЦИЯ

Данная статья посвящена изучению турецкой классической литературы, целью которой является описание тюркских корней творчества Алишера Навои. Автор Юсуф Хос Хаджиб и Алишер Навои доказали гармонию дидактических взглядов на основе сравнительного метода. Много мест и строф, доказывающих идейную близость эпоса, написанного первым методом маснави в узбекской литературе, и первого эпоса в навоийской «Хамсе».

На мусульманском Востоке потенциал творца определяется не умением создать новый сюжет, в отличие от западной литературы, а умением выражать новые идеи в рамках традиционных реалий, тем и персонажей. Творчество Алишера Навои напрямую связано с этой традицией. Хотя узбекская классическая литература достигла своего наивысшего расцвета во времена Алишера Навои, бессмертные произведения были созданы на турецком языке и в турецком стиле еще до Алишера Навои. Подобные произведения,

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

3(6), June, 2023

сложившееся мировоззрение в общетюркском мире, безусловно, снова показали большую высоту в творчестве Навои.Эти идеи доказываются в статье на основе стихов, сравнений и сравнений.

Ключевые слова: дидактическая литература, литературное влияние, классическая литература, традиционализм, философско-просветительское направление, традиционная действительность, традиционный сюжет, тюркский стиль

This article is focused on the study of Turkish classical literature, in which the aim is to describe the Turkish roots of Alisher Navoi 's work. The author Yusuf Khos Hajib and Alisher Navoi proved the harmony of didactic views based on the comparative method. There are many places and stanzas that prove the ideological closeness between the epic written in the first masnavi method in Uzbek literature and the first epic in Navoi's "Khamsa".

In the Muslim East, the potential of the creator is determined not by the ability to create a new plot, unlike in Western literature, but by the ability to express new ideas within the framework of traditional reality, themes, and characters. Alisher Navoi's work is directly related to this tradition. Although Uzbek classic literature reached its highest stage during the time of Alisher Navoi, immortal works were created in the Turkish language and in the Turkish style even before Alisher Navoi. Such works, the existing worldview in the common Turkic world, of course, showed a great height again in the works of Navoi. These ideas are proved in the article based on verses, similes and comparisons.

Key words: didactic literature, literary influence, classical literature, traditionalism, philosophical-educational direction, traditional reality, traditional subject, Turko style

O'zbek xalqi azal-azaldan qadimiy va boy madaniyatga ega xalq ekanligini bugun dunyo ilm-fani e'tirof etadi. U jahon ilm-fani, san'ati va adabiyoti taraqqiyotiga ulkan hissa qo'shgan buyuk daholarni tarbiyalagan Ona Zamindir. O'zbek adabiyoti eng qadimgi adabiy yodgorliklardan to bugungacha bo'lgan ulkan davrni bosib o'tdi. Bu jarayonda adabiyotimizda turli adabiy uslublar, ijodiy metodlar bo'y ko'rsatdi. "Kimda kim o'zbek tilining bor latofatini, jozibasi va ta'sir kuchini, cheksiz imkoniyatlarini his qilmoqchi bo'lsa, munis onalarimizning allalarini, ming yillik dostonlarimizni, o'lmas maqomlarini eshitsin, baxshi va hofizlarimizning sehrli qo'shiqlariga quloq tutsin. Ajdodlarimiz, ota-bobolarimiz aynan ona tilimiz orqali o'z

ABSTRACT

KIRISH

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

3(6), June, 2023

so'zini aytib kelganlar. Shu tilda buyuk madaniyat namunalarini, ulkan ilmiy kashfiyotlar, durdonalar yaratganlar.[Mirziyoyev 2019: 3]

Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev mazkur fikrlarida o'zbek tili va adabiyotining naqadar muhtasham hodisa ekanligiga alohida urg'u berganliklari bejiz emas.

MUHOKAMA VA NATIJALAR

M. Belen, E.Braun va boshqalar o'zbek adabiyotini "Eron adabiyotining mevasi"deb qaraydilar. "Eron adabiyoti"ga esa eron xalqi adabiyotidan tashqari, turli xalqlar tomonidan fors-tojik tilida yaratilgan barcha adabiyotlarni kiritib yuboradilar. Ularning da'vo qilishicha, Yaqin va O'rta Sharq adabiyotida muhim rol o'ynagan ulug' o'zbek shoiri va mutafakkiri Navoiy "Eron adabiyotining tarjimoni" emish. O'tmish ayrim rus sharqshunoslari ham ana shunday xatolarga yo'l qo'ygan edilar.[Mallayev 2021:7]

V.Bartold o'zining "Мир-Али-Шири политическая жизнь" ("Mir Ali Sher va siyosiy hayot" ) maqolasida Navoiyning davlat arbobi sifatidagi faoliyatiga ijobiy baho beradi, lekin uning adabiy merosi mohiyatini anglab yetmaydi. Olim mazkur maqolada: "Alisher Navoiy o 'zining devonlarida va boshqa ko 'plab badiiy asarlarida faqatginaforsiy shoirlarning taqlidchisi sifatida namoyon bo'ladi" , - deb yozar ekan, masalaga adabiyotshunos emas, balki tarixchining nigohi bilan yondashadi va har bir detalda aniqlik, mantiq, reallik va konkret voqelikni ko'rmoqchi bo'ladi.

Aslida esa Musulmon Sharqida ijodkorning salohiyati G'arb adabiyotidagidan farqli ravishda yangi syujet yaratishiga qarab emas, balki an'anaviy voqelik, mavzu, qahramonlar doirasida yangi fikr ayta olish iqtidoriga qarab belgilangan. Aynan mana shu an'anaviylikni anglay olmaslik yuqoridagi olimlarning Alisher Navoiy ijodiga noxolis baho berishlariga olib kelgan.[Sirojiddinov 2019:15]

O'zbek adabiyoti Alisher Navoiy davriga kelib paydo bo'lib qolmagan, albatta. Alisher Navoiydan avval ham turkiy tilda, turkona uslubda o'lmas asarlar yaratilgan. Ana shunday asarlardan biri XI asrda Bolasog'unlik adib Yusuf Xos Hojib tomonidan yaratilgan. "Qutadg'u bilig" hozircha bizgacha yetib kelgan turkiy badiiy adabiyotning eng ko'hna na'munasidir. Asar hijriy 462, ya'ni milodiy 1069-1070-yili Koshg'arda yozib tugallangan. Hajmi 6 ming 409 baytdan iborat. Muallifning o'zi uni bir yarim yil mobaynida bitganini aytadi. Doston yaratilgan XI asr Qoraxoniylar davlatining eng gullagan davri edi. Yuqori Chindan Kaspiy dengiziga qadar bo'lgan juda katta hudud shu saltanat hukmi ostida bo'lgan. Koshg'ar (ikkinchi nomi O'rdukent) shu ulug' saltanatning poytaxti edi. Bolosog'un mamlakatning muhim markazlaridan biri hisoblanardi.

Yusuf Xos Hojib dostonini tugallagach, uni zamon hukmdori Tavg'achxon

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

3(6), June, 2023

Ulug' Bug'ra Qoraxonga taqdim etganligi haqidagi ma'lumotlar ham asarning o'zida aks etgan.

Asar garchi XI asrda yaratilgan bo'lsa-da, u haqida o'zbek adabiyotining keyingi asrlardagi namunalarida hech qanday ma'lumot uchramaydi. Hatto, turkiy tildagi har bir asarga alohida mehr va e'tibor bilan munosabatda bo'lgan buyuk Alisher Navoiy, shuningdek, Zahiriddin Muhammad Bobur ham «Qutadg'u bilig» yoki uning muallifini mutlaqo tilga olmagan. Shundan kelib chiqib, bu bobokalon shoirlarimiz «Qutadg'u bilig» haqida bilgan-bilmagani boisida bir narsa deyish qiyin.

Bunga sabab - asarning bor-yo'g'i uch nusxasigina saqlanib qolganligidadir.

«Qutadg'u bilig» zamon ehtiyoji yanglig' yaratilgan. Ya'ni Qoraxoniylar davlati va bu mamlakat xalqining bir mafkuraviy-axloqiy dasturga katta zarurati bor edi. Shoir ana shu buyuk va sharafli vazifani bajarishni o'z oldiga maqsad qilib qo'ydi. Asarning tub mohiyatida markazlashgan davlatni idora qilish, mustahkamlash, turli xon va beklar o'rtasida birlikka erishish, adolatli va oqilona siyosat yuritish, umrning o'tkinchiligi, ma'naviyat, yashash tartib-qoidalari bilan bog'liq g'oyalar badiiy tarzdagi bir qomusiy dastur sifatida ilgari surilgan. Unda xalqning maqsad-intilishlari, maslak-g'oyalari ifodalangan. Shu ma'noda u Qoraxoniylar davrining mafkuraviy ta'limoti sifatida ham alohida ahamiyatga ega.

"Qutadg'u bilig" aruzning epik tur uchun qabul qilingan eng ohangdori va sharq nazmi aruzida "jangavor o'lchov" nomini kasb etgan mutaqorib bahrida yozilgan. [Yusuf Xos Hojib 1971:13]

Keyinchalik turkiy va forsiy mumtoz adabiyotda shohlar haqidagi asarlar asosan shu vaznda bitilgan. Masalan, Firdavsiyning «Shohnoma»si, «Xamsa» turkumining Iskandar Maqduniy (Makedonskiy) hayoti asosida yaratilgan oxirgi dostonlari, jumladan, Abdurahmon Jomiyning «Iskandar xiradnomasi», Alisher Navoiyning «Saddi Iskandariy» asarlari ham aynan shu vaznda.

Yuqorida ta'kidlaganimizdek, Yusuf Xos Hojibning mazkur asari o'zidan avvalgi xalq ma'naviyatini, madaniyatini aks ettirishi bilan birga, undan keyin yaratilgan asarlar uchun boy manba bo'lgan.

Asarning Vena nusxasi 1439-yili Hirot shahrida arab alifbosi asosida shakllantirilgan sof turkiy yozuv, ya'ni uyg'ur yozuvida ko'chirilgan edi. Asar keyinchalik Venadagi saroy kutubxonasiga olib ketilgan. E'tibor bersak, aynan shu nusxa ko'chirilgan davrda Hirot madaniyati gullab-yashnagan, Navoiy tavalludidan atigi ikki yil oldin, Atoyi, Sakkokiy, Lutfiy kabi so'z san'atkorlari ijod qilayotgan edilar. Tabiiyki, badiiy asarga ulkan talablar qo'yiladigan bu madaniy markazda "Baxtliklanish bilimi"ning ko'chirilishi, bir tomondan ma'naviy ehtiyoj samarasi bo'lsa, ikkinchi tomondan asar badiiy qimmati ifodasi hamdir. Garchi Alisher Navoiy

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

biror bir asarida "Qutadg'u bilig" haqida yozmagan bo'lsa-da, biz Navoiyning didaktik qarashlarida Yusuf Xos Hojib dunyoqarashi bilan mushtarak uyg'unlikni tuyamiz.

Avvalo, har ikki asarning ham aruz vaznida, masnaviy shaklida yozilganligi, hamd, na't, munojot kabi qismlarning mavjudligini kompozitsion uyg'unlik sifatida talqin etish mumkin.

Asarda Yusuf Xos Hojib "Qutadg'u bilig"ni anchayin mashhur bo'lganligi haqida yozadi. Chinliklar uni «Adab ul-muluk» («Podshohlar odobi»), mochinliklar «Amin ul-mamlakat» («Mamlakat omonliklari»), Sharq elining ulug'lari «Ziynat ul-umaro» («Amirlar ziynati»), eronliklar esa «Shohnomayi turkiy» («Turkiy «shohnoma»), turonliklar «Qutadg'u bilig», ba'zilar esa «Pandnomayi muluk» («Podshohlar pand-nomasi») deb atayotgani qayd etiladi.

Bevosita Alisher Navoiyning faxriyasi yodimizga keladi: Olibmen, taxtifarmonimg'a oson, Cherik chekmay Xitodin to Xuroson. Har ikki adib o'z asarlarining Xitoy-u Xuroson o'lkalarida ham mashhur ekanligiga urg'u berishgan.

To 'rumush nang ersa yo'qalg 'u turur, To 'rutug 'li Xaliq na qilsa qilur

ya 'ni "Yaralgan barcha narsalar yo 'q bo 'lar, Yaratgan Xoliq istagancha qilar" misralarida Yusuf Xos Hojibning Yaratgan haqidagi qarashlari aks etgan bo'lsa, Alisher Navoiy "Hayrat ul-abror" dostonining "Avvalg'i munojot" qismida

Avval o "zung, oxiru mobayn o \zung, Borchag^axoliq, borig^a ayn o^zung deya e'tirof etadi. "Yaxshi kishilar hayratlanishi"ning "Uchinchi munojot" qismida ham shu mazmundagi bir necha baytlar uchraydi. Yo q edilar har neki - bor aylading, Fahmu xirad borig^a yor aylading. Alisher Navoiy "Hayrat ul-abror"da salaflari madhini aytar ekan, Abdurahmon Jomiy madhida "Kulgu bila qildi ishorat manga,«Tuxfa» birla berdi bashorat manga", deya Jomiyning Navoiyni "turk tilida yozishiga rag'batlantirishi" haqidagi qaydlarni bitadi.

Forsi oldi chu alargua ado, Turki ila qilsam ani ibtido. Forsi el topti chu xursandliq, Turk dog^i topsa barumandliq.

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

Yusuf Xos Hojibning quyidagi so'zlarida esa adibning badiiy so'z qudratini, ona tilining nozik imkoniyatlarini his eta olganidan darak beradi: "Men turkcha so'zlarni yovvoyi tog' kiyigi deb bildim. Shunga qaramay ularni avaylab-asrab qo 'lga o 'rgatdim ". [Yusuf Xos Hojib 2014:7]

Har ikki adib asarlarida ham turkiy tilda yozishga, turkcha so'zlarga munosabat masalasi uyg'unligini sezish mumkin.

Ko 'dazildi kimdi ko 'dazsa idi, Tilak bo 'ldi, ne'mat to 'lusin yedi. Qayu qul bayatqa inansa turub, Bala, qadg 'u qapg 'in o'zingga to 'di.

ya'ni

Imon kimda bo 'lsa, amon topdi u,

Tilak, orzularga tugal botdi u.

Agar bo 'lsa kimning imoni tugal

Balo-g'amga mahkam eshikyopdi u.

"Baxtga eltuvchi bilim"da qayd etilgan imon haqidagi ushbu fikrlar Navoiyning "Hayrat ul-abror" asarida birinchi murojaat qilingan "Imon" tushunchasi bilan bog'liq fikrlarni yodimizga soladi.

Kimki jahon ahlida inson erur, Bilki nishoni anga imon erur.

"Qutadg'u bilig"ning 31-bobi rahbar ma'naviyati masalasiga bag'ishlangan. «Beklikka loyiq bek qanday bo'lishini aytadi» qismida muallif jamiyatni boshqarish uchun hukmdorga, ya'ni bekka muhtojlik borligidan kelib chiqib, beklikka loyiq shaxsda qanday insoniy fazilatlar shakllangan bo'lishi lozimligi masalasini atroflicha badiiy-axloqiy tadqiq va tahlil qiladi. Bob, odatdagidek, savol-javob tarzida davom etadi. Elig, ya'ni Kuntug'di vaziri bo'lmish O'gdulmishdan beklikka loyiq shaxs qanday fazilatlarga ega bo'lmog'i kerakligi haqida so'raydi: u qanday qilsa, yosh-u qari, bo-yu kambag'al, bilimli-yu bilimsiz - barchaga barobar siyosat yurita oladi, el-yurt orasida nom chiqaradi, xalqi to'q yashaydi, jahonga ovozasi tarqaydi, davlati ziyoda bo'ladi, bu olamdan o'tgach, u dunyoligini ham topadi?..

O'gdulmishning hayotdan kelib chiqqan xulosalari-yu qat'iy amaliy aqidalariga ko'ra, beklik - avvalo, asl odamning ishi. U mohir mergan, botir, baquvvat, aql-zakovatli, bilimli, saxovatli, oliyjanob, ko'p hunar egasi, xushxulq, to'g'riso'z, sabrli, ko'zi to'q, andishali, bir so'zli, ziyrak, hushyor, adolatli, o'tkir zehnli, vafoli, dovyurak... va shu kabi ko'plab xislatlarga ega bo'lishi kerak. «Agar, - deydi O'gdulmish, - arslon itlarga bosh bo'lsa, itlar arslonga aylanadi, lekin it arslonlarga yetakchilik qilsa, arslonlar itlar kabi bo'lib qolishi mumkin».

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

3(6), June, 2023

Qayu beg budunqa to 'ru bermasa Ko 'dazmasa budnin yeguchi yesa (Qaysi bek eliga adolat qilmasa, Xalq molini yeguvchi yeyaversa)

O't idti budunqa buzuldi eli Yiqildi sezigsiz bu beglik uli (Xalqi o 'rtasiga rahna tushiradi, eli buziladi, Shubhasiz, bekningpoydevori yiqiladi).

Bu fikrlar bilan "Hayrat ul-abror" dostonidagi Navoiyning odil shoh haqida qarashlari ifodalangan "Uchinchi maqolot" bilan aloqadorlikni anglamaslik mumkin emas.

Bo Idi raiyat galavu sen shubon, Ul shajari musmiru sen bog^bon. Qo yni shubon asramasa oyu yil, Och bo "rilar tu 'masidur bori bil.

Qilmasa mazlum gunohing bixil, Do "zax arodur vataning muttasil. Afvin aning tutmasang ummid sen, Bilki tomug" o^tidajovidsen.

Himmat haqidagi quyidagi misralar Alisher Navoiyning mashhur fardini yodimizga solishi tabiiy.

Budun bashchi begka bu himmat kerak Bu himmat bila ham muruvvat kerak. (Xalqqa boshchi bo 'lgan bekka himmat kerak, Himmat bilan birga muruvvat kerak).

Muruvvat barcha bermakdir, yemak yo 'q, Futuvvat barcha qilmakdur, demak yo 'q

"Hayrat ul-abror" dostoni aruzning sari' bahrida yozilgan. Hajmi 3988 baytni o'z ichiga olgan 63 bob bo'lib, ularning 21 bobi muqaddima, 20 bobi maqolat, 20 bobi hikoyat va masallar hamda oxirgi ikki bobi xotimadan iborat. Doston o'ziga xos qurilishga ega. U falsafiy-ta'limiy doston bo'lganligi uchun mavzu biror voqeani hikoya qilish asosida emas, balki muallif fikr-mulohazalarining bayoni tarzida yoritiladi. Shuningdek, maqolatlar shu dostongagina xos bo'lib, adibning boshqa asarlarida uchramaydi. Har bir maqolatda insonning kundalik hayoti bilan bog'liq

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

diniy, falsafiy, ijtimoiy-siyosiy, axloqiy biror mavzu bayon etiladi, uning mazmun-mohiyati ochib beriladi. Maqolat so'ngida mavzuni dalillash, uni hayotiy asoslash maqsadida hikoya yoki masal keltiriladi. Mazkur hikoya va masallarning bosh qahramoni asosan tarixiy shaxslar, mashhur din va davlat arboblaridir.

Yusuf Xos Hojib o'z asarida dehqonlar, savdogarlar, chorvadorlar,hunarmand va kosiblar, kambag'al qashshoqlar haqida gapirib, ularning hayot tarzi, mafkuralari, odatlari,axloqlari haqida fikrlar yuritadi.

Bu izohlardan ko'rinib turibdiki, asarlardagi tasvir qamrovi, tadqiq obyekti ham juda bir-biriga yaqin.

"Qutadg'u bilig" baytlariga Boqijon To'xliyev tomonidan qilingan tabdilni keltiramiz.

Otangpandini tut, munosib mudom, Kuning qutli bo 'lar, kelar ehtirom. Otangni, onangni sevintir tugal, Yumushing evazi bo 'lar ezgu nom.

Asarda Elig, ya'ni Kuntug'di Oyto'ldining vafotidan so'ng O'gdulmishni tarbiyasiga olib, unga yo'l-yo'riqlar ko'rsatadi. O'gdulmish ham ota o'gitlariga amal qilib, kundan-kunga ishlari yurishdi.

Alisher Navoiyning "Hayrat ul-abror"ida ham shu mazmundagi baytlar qulog'imiz ostida jaranglayotgandek.

Boshni fido ayla ato qoshig 'a, Jismni qil sadqa ano boshig 'a. Tun-kuningga aylagali nur fosh, Birisin oy angla, birisin quyosh.

O'zbek adabiyotidagi birinchi masnaviy usulida yozilgan doston bilan Navoiy "Xamsa"sidagi birinchi doston o'rtasidagi g'oyaviy yaqinlikni isbotlovchi o'rinlar,baytlar talaygina. Biz ayrimlarining izohiga to'xtaldik, xolos.

Xulosamiz Alisher Navoiy didaktik qarashlari zamirida sharqona pandnoma ruhidagi asarlar mavjudligidir.

Fikrlarimizni umumlashtirgan holda "Qutadg'u bilig" va "Hayrat ul-abror" asarlari o'rtasidagi mushtaraklikni dalillovchi quyidagi jadvalni ilova qilishni lozim deb topdik.

1-jadval

№ Mavzu, masala Yusuf Xos Hojib "Qutadg'u bilig" asarida Alisher Navoiyning "Hayrat ul-abror" asarida

1 Yaratganga munosabat To'rumush nang ersa yo'qalg'u turur, To'rutug'li Xaliq na qilsa qilur Yo q edilar har neki - bor aylading, Fahmu xirad borig'a yor

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

aylading.

2 Turkiy tilga munosabat Men turkcha so'zlarni yovvoyi tog' kiyigi deb bildim. Shunga qaramay ularni avaylab-asrab qo'lga o'rgatdim Forsi oldi chu alarga ado, Turki ila qilsam ani ibtido. Forsi el topti chu xursandliq, Turk dogi topsa barumandliq.

3 Faxriya Chiniylar "Adab ul-muluk" deb atar, Mochinlar "Anis ul-mamolik" deyar. Olibmen, taxti farmonimg'a oson, Cherik chekmay Xitodin to Xuroson.

4 Imon Imon kimda bo'lsa, amon topdi u, Tilak, orzularga tugal botdi u. Kimki jahon ahlida inson erur, Bilki nishoni anga imon erur.

5 Rahbar ma'naviyati Qur arslan bo'lu bersa itqa bashi, Bu it barcha arslan bo'lur o'z tushi. Qali bo'lsa arslanqa it bashchisi, Bu arslan bo'lur barcha it saqishi Boldi raiyat galavu sen shubon, Ul shajari musmiru sen bog'bon. Qo'yni shubon asramasa oyu yil, Och borilar tu'masidur bori bil.

6 Himmat va muruvvat Budun bashchi begka bu himmat kerak Bu himmat bila ham muruvvat kerak. Muruvvat barcha bermakdir, yemak yo'q, Futuvvat barcha qilmakdur, demak yo'q.

iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.

7 Asarda tasvir qamrovi va tadqiqot obyekti dehqonlar, savdogarlar, chorvadorlar,hunarmand va kosiblar, kambag'al qashshoqlar hikoya va masallarning bosh qahramoni asosan tarixiy shaxslar, mashhur din va davlat arboblaridir

8 Ota-onaga munosabat Otang pandini tut, munosib mudom, Kuning qutli bo'lar, kelar ehtirom. Otangni, onangni sevintir tugal, Yumushing evazi bo'lar ezgu nom. Boshni fido ayla ato qoshig'a, Jismni qil sadqa ano boshig'a. Tun-kuningga aylagali nur fosh, Birisin oy angla, birisin quyosh.

9 Biligsizga yaqma, o'zingni tutun, O'zin tutg'uchi er tirildi qutun Biligsiz kishidin yiraq tur teza Biligsiz so'zi qilqi barcha o'tun Johil agar ulduru, olim budur, Olim emas, o'ziga zolim budur. Ilmni kim vositayi joh etar, O'zini-yu xalqni gumroh etar

REFERENCES

1. O'zbekiston Prezidenti Sh. Mirziyoyevning "2022 - 2026-yillarga mo'ljallangan yangi O'zbekistonning taraqqiyot strategiyasi to'g'risida"gi farmoni // 28.01.22/ PF-60-son

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

3(6), June, 2023

2. Узбекистан Республикаси Президентининг "Буюк шоир ва мутафаккир

Алишер Навоий таваллудининг 580 йиллигини кенг нишонлаш тугрисида"ги Карори // Конун хужжатлари маълумотлари миллий базаси, 20.10.2020. 07/20/4865/1395-сон.

3. Mirziyoyev Sh. "O'zbek tiliga davlat tili maqomi berilganining 30 yilligiga bag'ishlangan marosimdagi nutqi"dan

4. Хдккул И. Навоийга кайтиш. 2- китоб. - Т.: Фан, 2011.

5. Sirojiddinov Sh., Yusupova D., Davlatov O. Navoiyshunoslik/darslik.- Т.: "Tamaddun", 2019.

6. Юсуф хос Х,ожиб. Кутадгу билиг. - Т.: Гафур Гулом номидаги бадиий адабиёт нашриёти , 1971.

7. Маллаев Н.Узбек адабиёти тарихи/[Матн]:Тошкент:Kafolat print company.2021.

8. Мухиддинов, М. К. (2023). СУЗ ГУХАРИ... Oriental renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences, 3(5), 786-793.

9. Алишер Навоий. Хдйратул-аброр. - Тошкент:Гафур Гулом номидаги Адабиёт ва санъат нашриёти,1989.

10. Yusuf Xos Hojib. Qutadg'u bilig.[hozirgi o'zbek tilida bayon qiluvchi To'xliyev B.]:T.:2014.,7-bet

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.