Научная статья на тему 'THE EDUCATIONAL VALUE OF THE WORK “QUTADG’U BILIG”'

THE EDUCATIONAL VALUE OF THE WORK “QUTADG’U BILIG” Текст научной статьи по специальности «Науки об образовании»

CC BY
1246
112
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
EDUCATION / UPBRINGING / FAMILY / KNOWLEDGE / ADVICE / PERFECT HUMAN / ENLITENMENT / KINDNESS / LANGUAGE / OFFICIAL / POLITICS / DEBATE
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «THE EDUCATIONAL VALUE OF THE WORK “QUTADG’U BILIG”»

UDK 004.02:004.5:004.9

Kosimova M.B. master student

of Tashkent state university of uzbek language and literature THE EDUCATIONAL VALUE OF THE WORK "QUTADG'U BILIG"

Annotation. This article is about the educational aspect of "Qutadgu bilig" for any reader, because of the need of didactic information for any of us.

Keywords: Education, upbringing, family, knowledge, advice, perfect human, enlitenment, kindness, language, official, politics, debate.

Qosimova M.B.

II bosqich magistranti Alisher Navoiy nomidagi ToshDO'TAU

"QUTADG'U BILIG" ASARINING TA'LIMIY-TARBIYAVIY

AHAMIYATI

Anotatsiya: Ushbu maqola o'quvchilarga, umuman, har bir shaxsga lozim bo'lgan didaktik yo'nalishda yaratilgan "Qutadg'u bilig" asarining tarbiyaviy ahamiyati haqida.

Kalit so'zlar: Ta'lim, tarbiya, oila, ilm, nasihat, komil inson, ma'rifat, ezgulik, til, amaldor, siyosat, munozara.

"Ta'limni tarbiyadan, tarbiyani esa ta'limdan ajratib bo'lmaydi - bu sharqona qarash, sharqona hayot falsafasidir"14. Ta'lim-tarbiya nafaqat ta'lim muassasalarida, balki birinchi galda oilada shakllanib boradi. Xususan, mahallada, do'stlar, qarindoshlar davrasida. Tarbiya borasida maktab va oilani bir-biriga bog'lamasdan o'rganib bo'lmaydi. Ta'lim-tarbiyaga oid yaratilgan asarlarning asosiy o'zagi insoniylik, insonni ulug'lash g'oyasi sanalgan. Bu g'oyani, ya'ni insonparvarlik g'oyasini amalga oshirishning asosiy vositalari sifatida yuksak axloqiy odatlar, insoniy munosabatlar va xislatlarni tarkib toptirishga olib keluvchi ta'lim-tarbiyani amalga oshirish muhim masala qilib qo'yilgan. Ta'limiy-axloqiy asarlarda insonning ma'naviy kamolga yetishida yuksak axloqqa ega bo'lishi ilm-fanni egallashi asosidagina amalga oshishi mumkin, degan g'oya ilgari surilgan.

O'rta asrlarda savod o'rgatish «Qur'on» va «Hadis»larni o'rganish va ulardagi ko'rsatmalarni o'zlashtirib olib bilan birga olib borilgan. Shunga ko'ra, «Qur'on» va «Hadis»lardagi pand-nasihatlar ham olimlar, ham adiblar ijodiga ta'sir etgan. Hadislarning ta'siriga sabab umuminsoniy fazilatlarga alohida urg'u

14 I.A.Karimov. "Yuksak ma'naviyat - yengilmas kuch", T.:2008, 62-b.

berilgan. Ularda ilgari surilgan xislatlari: halollik, saxovat, himmat, mehru-oqibat, ehson, sharm-hayo, ilm izlash, muomala qoidalari, axloq mezonlari va boshqalar o'z ifodasini topgan va sharq adabiyotiga, jumladan, ta'limiy-axloqiy asarlarga ta'sir etmay qolmagan. Bunday asarlar bizga asrlar osha meros bo'lib kelgan.

Hozirgi zamon ta'lim-tarbiyasi, istiqlol mafkurasi ana shu merosdan oziqlansa, uning eng yaxshi sahifalarini, qoidalarini qabul qilsa, o'z oldiga qo'ygan maqsad-vazifalari sharaf bilan bajarishi mumkin. Chunki ular odobnomasi, ibratnomasi oilada bolalarni har tomonlama tarbiyalash, kamolga yetkazish, ma'naviyatimizning ustivor iymon- e'tiqodlarimizning butun bo'lishligini, qadrli qadriyatlarimizning qadrlanishi garovidir. Bu borada biz, albatta, madaniy me'rosimizga o'zlarining beqiyos ulushlarini qo'shgan buyuk allomalarimiz Beruniy, Farobiy, Ibn Sino, Mahmud Koshg'ariy va boshqalar ijodini o'rganish,ularning milliy tarbiyamizga urg'u bergan asarlarini o'rganish kelajak avlod uchun katta ma'rifiy-tarbiyaviy ahamiyatga molikdir. Bu silsilada Yusuf Xos Hojibning nomini ham faxr va iftixor bilan tilga olish mumkin. Ularning har biri nafaqat o'zbek milliy ta'lim- tarbiyasiga, jahon sivilizatsiyasining rivojiga tegishli hissasini qo'shgan o'z davrining yetuk mutafakkiri, chuqur bilimli, donishmand kishisi bo'lgan. Jumladan, Yusuf Xos Hojibning "Qutadg'u bilig" asari shu yo'lda yaratilgan durdonalardan biridir. Shoir aytganiday, asar: Boshdan oxirigacha donolar so'zi, Go'yoki tizilgan marjondek o'zi.

Bizning xalqimiz shunday axloqiy-didaktik, adabiy-qomusiy asari borligidan har ancha faxrlansa arziydi. "Qutadg'u bilig" - baxt va saodatga eltuvchi bilim, ta'lim degan ma'noni bildiradi. Demak, asar nomidan ham uning pand-nasixatlari, ta'lim-tarbiyaga oid, har tomonlama komil insonni tarbiyalaydigan yetuk ma'rifiy asar ekanligi yaqqol ko'rinib turibdi. "Qutadg'u bilig" - XI asr so'z san'atining nodir namunasi bo'lib, unda o'z davrining ilg'or ijtimoiy-siyosiy, ma'naviy-axloqiy masalalari badiiy talqin qilingan, turkiy xalqlar tarixi, madaniyati, ilm-fani, urf-odat va an'analari, turmush tarzi, qadriyatlari xususida batafsil ma'lumot berilgan. Asarda ilga ri surilgan axloqiy xislatlarni sanab o'tish olimning ta'lim-tarbiya, axloq masalalarini qay darajada chuqur bilganligi adolat, ishonch, sadoqat, xushmuomalalik, shirin so'zlik, saxovat, mardlik, xurmat va ehtirom, tadbirkorlik, aql-zakovat, xalollik, ezgulik kabi, xislatlar ulug'lanadi. "Qutadg'u bilig"da bosh masalalardan biri komil insonni tarbiyalashdir. Yusuf Xos Hojib bu asari orqali o'z tasavvurida eng komil, jamiyatning o'sha davrdagi talablariga javob bera oladigan insonni qanday ko'rgan bo'lsa, shu asosda o'z prinsiplarini bayon etadi. Mana shunday axloqiy masalalardan biri oila va farzand tarbiyasi masalasidir. Bu umuminsoniy axloqiy normaga Sharq etikasiga ahamiyat berib kelgan. Sharq xalqining ulug' an'anasini, oilaviy hayotini, turmush tarzi va tarbiya usullarini chuqur bilgan shoir mazkur muhim axloqiy muammoni o'ziga xos falsafiy talqin qiladi.

Yusuf Xos Xojibning uqtirishicha, har bir kishi jamiyatga munosib bo'lib kamol topmog'i kerak. Buning uchun, u tug'ilgan kundan boshlab zarur tarbiyani olmog'i lozim. Farzandlar tarbiyasi nihoyatda erta boshlanmog'i shart. Shundagina ularning noo'rin xatti-harakatlariga berilishining oldi olinadi. Yusuf Xos Hojibning mazkur asari insonni har tomonlama kamolga yetkazishning barcha masalalari o'zining badiiy ifodasini topgan yirik ta'limiy-axloqiy dostondir. Olim insonni kamolga yetishi uchun quyidagilarni nazarda tutadi:

1.Aqliy kamolot-bilim va zakovat. O'quvli bo'lish.

2.Axloqiy kamolot.

3.Jismoniy kamolot.

Yusuf Xos Hojib insonning kamolga yetishining yo'l-yo'riqlari, usullari, chora-tadbirlarini yuksak badiiy mahorat bilan yoritib beradi. Shuning uchun ham bu asar o'zining ilmiy, ma'rifiy, tarbiyaviy ahamiyati bilan beqiyosdir. Shuning uchun ham Yusuf Xos Hojibning "Qutadg'u bilig" dostoni turkiy xalqlar adabiyoti tarixida muhim o'rin egallagan durdona asarlardan biri deb e'tirof etiladi. Yuqorida zikr etilgan buyuk va suyuk allomalarning merosi ilmiy-nazariy jihatdan o'rganildi. Hayotning mazmuni to'g'ri tushuntirish, farzandlarga to'gri odob-axloqni o'rgatish, ezgu ishlarga odatlantirish qayd etilgan. Asarda barkamol avlod tarbiyasi va turli yomon illatlardan yiroq tutish yoki xoli qilish bo'yicha qator tarbiya metodlari, usul va vositalari mavjud. O'git-nasihat qilish, ibrat-o'rnak ko'rsatish, rag'batlantirish va qoralash kabi metodlarni xalqimiz asrlar davomida qo'llab kelgan bo'lib, uning quyidagi ijobiy shakllari: tushuntirish, o'rgatish, mashq qildirish, yaxshi xislat va ishlarga undash, istak bildirish, maqtash, olqish aytish, duo qilish, alqash, mukofotlash, taqdirlash, ishonch bildirish, oqlash, vasiyat qilish kabi ta'lim metodlari va vositalari yoshlar tarbiyasida muhim o'rin egallaydi.

Yusuf Xos Hojibning "Qutadg'u bilig" asarida inson kamoloti masalasi markaziy masala bo'lib hisoblanadi. Mazkur asarda insonning jamiyat va hayotda tutgan o'rni, burch va vazifalari haqidagi muammolar o'ziga xos tarzda bayon etiladi. "Qutadg'u bilig"ning tadqiqotchilaridan biri B.To'xliyev ta'kidlaganidek, Yusuf Xos Hojib "Komil inson haqida gapirar ekan, kamolotning qator belgilarini ko'rsatib o'tadi. Ularning eng asosiysi alohida shaxsning o'z manfaatlari, shaxsiy istaklari doirasini yorib chiqib, boshqalar g'ami bilan yashashi, ko'pchilik manfaati uchun fidoyi bo'la bilishdir". Haqiqatdan ham asarning har bir bayti insonni tarbiyalashga, uni komillik sari yetaklashga qaratilgan. Bunda o'qituvchi mas'uliyatni his qilgan holda, asarni dars jarayonida o'quvchilarga hayot bilan bog'lab tushuntirsa, dars jarayoni, albatta, qizg'in bo'ladi. Zero, adabiyot hayot darsidir. Undagi keltirilganlarni bolalar hayotining har jabhasi bilan bog'lab o'rgatsak, nur ustiga a'lo nur bo'ladi. Tarbiya oiladan boshlanadi, to'g'ri. Lekin u ta'lim dargohida yana ham pishib, sayqallanib boradi. Bola tarbiyasida ta'lim muhiti salmoqli o'rin tutadi. Yusuf Xos Hojibning asari nafaqat o'sha davr, balki bugungi kun uchun ham chuqur ahamiyat kasb etadi. Asardagi pand-nasihatlar

yillar davomida o'z qadr-qimmatini, ahamiyatini yo'qotmay kelmoqda. Biz insonlarga bunday didaktik masalalarni o'zida mujassam etgan asarlar doimo kerak.

Yusuf Xos Hojib ta'lim va tarbiyaning uzviy bog'liq holda bo'lishini tavsiya etadi, o'g'il bolalarning bir necha san'at turini va hunarlarni tugal o'rganmog'i lozimligini ta'kidlaydi, bu -ularning kelajak hayotlari jamiyat rivoji uchun kerak. Yusuf Xos Hojib aqliy tarbiyaning baland mavqe tutishinieslatadi. Adib tarbiyaning barcha turlari o'zaro bilan uyg'un bo'lishini talab etadi. Shundagina insonning aqlan barkamol, jismonan yetuk, axloqiy, ma'naviy boy bo'lishiga ishonadi. Farzandlarga turli bilim va hunarlar o'rgatish, ularni go'zal axloqli qilib voyaga yetkazish ota - onaning burchidir. Yusuf Xos Hojib tarbiyada kattalar namunasi, ajdodlar tarbiyasi alohida ahamiyatga ega ekanini ta'kidlaydi. Asarda ilgari surilgan axloqiy xislatlar mohiyatining to'laqonli ochib berilishi olimning ta'lim-tarbiya, axloq masalalarini qay darajada chuqur bilganligidan dalolat beradi: insoniylik, rostgo'ylik, to'g'rilik, soflik, mehr-muhabbat, vafo, shafqat, muruvvat, insof, adolat, ishonch, sadoqat, xushmuomalalik, shirinso'zlik, saxovat, mardlik, himmatlilik, tavoze, hurmat va ehtirom, tadbirkorlik. Aql zakovat, halollik, ezgulik kabi xislatlar ulug'lanadi, ularga yolg'onchilik, noinsoflik, fisqu fasod, bevafolik, mehrsizlik, dag'allik, qo'pollik, baxillik, nomardlik, quvlik, hurmatsizlik, nodonlik, johillik, haromxo'rlik, ochko'zlik kabi xislatlarni qiyoslab, ezgu xislatlarning yaxshi oqibatlari va salbiy xususiyatlarning yomon oqibatlarini misollar vositasida ishonarli qilib bayon etadi.

Yusuf Xos Hojibning "Qutadg'u bilig" asarida inson kamoloti masalasi markaziy masala bo'lib hisoblanadi. Mazkur asarda insonning jamiyat va hayotda tutgan o'rni, burch va vazifalari haqidagi muammolar o'ziga xos tarzda bayon etiladi. Buyuk mutafakkir Yusuf Xos Hojib "Qutadg'u bilig" kitobining an'anaviy boshlamasidan keyinoq insonning haqiqiy baxti bilimda ekanligini bayon etadi. U ilm, zakovatning ahamiyati haqida fikr yuritish bilan birga unga alohida boblar ham bag'ishlangan. Lekin olim faqat ilm-ma'rifatning ahamiyatini ko'rsatibgina qolmaydi, u bilim va zakovatning amaliyotdagi o'rnini ham yoritadi.

Adib bilimli buyuk, uquvni ulug' deb ta'riflaydi. Chunki zakovatli inson ulug' bo'ladi, bilimli kishi buyuk bo'ladi, deb ilmli kishilarni asl toifadagi kishilarga qo'shadi. Olim ezgu ishlarning barchasi ilm tufayli amalga oshirilishini aytadi. O'sha davrdayoq olim "Bilim hatto osmon sari yo'l ochur" d eb bashorat qiladi. U dunyoda odam paydo bo'libdiki, faqat bilimli kishilargina ezgu ish qilib, adolatli siyosat yurgizib kelgan, ana shu bilim va zakovati tufayli kishilar razolatdan poklanganligini ta'riflaydi. Hatto hukmdorlar ham yurtni, davlatni aql, ilm, zakovat bilan idora etsa, el-yurt farovon bo'ladi, to'q va tinch hayot kechiradi, deydi. U kuch va qurolni aql va bilimdan keyingi ikkinchi o'ringa qo'yadi.

Sechu (ya'ni har yerda ma'lum xudo) insonni yaratti, tanladi,

Unga hunar, bilim va uquv berdi.

Unga ko'ngil (ya'ni aql) berdi, tilini yo'riq (ravon) qildi, Andisha, xulq hamda go'zal fe'l ato qildi, Bilim berdi, (shu tufayli) inson bu kun ulug'likka erishdi. Uquv berdi, so'ng (shu tufayli berk) tugunlar yozildi. Yusuf Xos Hojib ilmli, ma'rifatli kishilarni qadrlash kerak, chunki ular mash'al kabi yo'lni yoritib, to'g'ri yo'l ko'rsatadi, yaxshi-yomonni farq etishni o'rgatadi, deydi. Shuning uchun olimlarni hurmat etish kerakligini ta'kidlab, ilm ahlini o'ta qadrlasa, ilmsizlarni johil kishilar deb biladi. Alloma inson hayotda qilgan ishi bilan yo yaxshi nom qoldiradi, yo yomon nom oladi, deydi. Barcha ezgulikning boshi til odobi, asar uning foyda va zararlariga bag'ishlanadi deya ta'kidlaydi. Til insonning qadr-qimmatini oshiradi yoki shu til orqali inson yuz tuban ham ketishi mumkin. Kishi ikki narsa bilan hayotda mangu qoladi: biri xushxulqlik bo'lsa, ikkinchisi yaxshi so'z, deydi. Insoniy munosabatlarning eng oliy mezoni sanalgan hurmat va ehtiromni tarkib toptirishning barcha ko'rinishlari asarda o'z ifodasini topgan. Yusuf Xos Hojib jamiyat taqdirini hal etuvchi eng ulug' mansabdorlardan tortib, oila a'zolarigacha bir -biriga bo'lgan muomala-munosabat masalalarini ham hayotiy misollar vositasida yoritadi.

Yusuf Xos Hojibning amaldorlar axloqi haqidagi o'gitlari diqqatga sazovor va bu fikrlar hozirgi davrda ham qimmatli sanaladi. Allomaning beklar, hojiblar, vazirlar, saroyboshilar, elchilar, lashkarboshilar, devonboshilar, xazinadorlar, sarkotiblar kabi ko'plab amaldorlarning hatti-harakatlari, ish yuritishlari, xulq-odobi haqidagi o'gitlari va yo'l-yo'riqlari har bir amaldor uchun dastur sanaladi. (Agar) dunyo beglari ichimlikka (maishatga) berilsa, El va xalqning dardlari (qismati) achchiq bo'ladi. Jahongir kishi aysh-ishratga mahliyo bo'lsa, Elini buzadi (xarob qiladi), o'zi (esa) tilamchi Bo'lib qoladi.

Yusuf Xos Hojib takabburlik, mag'rurlanish, kekkayishga kamtarlik, xushsuxanlik, xushfe'llikni qarshi qo'yadi. Shuningdek, amaldorlarga xoh katta, xoh kichik bo'lsin, baland himmatlilik, muruvvatli bo'lish, samimiylik, xos fazilat ekanligini alohida ta'kidlaydi. Insonning haqiqiy boyligi uning ko'z va ko'ngil to'qligi deb baho beradi. Zero, ochko'zlik, ta'magirlik insonda poraxo'rlik kabi yomon illatning tomir otishiga olib keladi, deydi.

Yusuf Xos Hojib o'z asarida davlat va huquq haqidagi qarashlari bilan ilmfan taraqqiyotiga ham munosib hissa qo'shdi. U o'rta asrlar sharoitida ilm-fan rivoji, insonparvarlik, adolat va haqiqat g'oyalarining tantanasi uchun kurashib, butun insoniyat madaniyatining rivojlanishida muhim rol o'ynadi. Bu haqida H.Boboev va Z.G'ofurovlarning quyidagi fikrlari e'tiborga molikdir: "Yusuf Xos Hojib O'rta Osiyo xalqlari ma'naviyat va ma'rifat haqida ta'limotlarining paydo bo'lishi va rivojlanishi tarixida o'ziga xos mavqega ega bo'lgan buyuk mutafakkirdir. Uning ma'naviyat-ma'rifat, odob-axloq, ta'lim va tarbiya haqida qoldirgan ilmiy-falsafiy merosi va ta'limoti O'zbekiston davlat mustaqilligi

ma'naviy zaminlarini mustahkamlashda, milliy o'zligimizni tanishimizda, istiqlol mafkurasini shakllantirishda muhim ahamiyat kasb etmoqda"15.

Markaziy Osiyo xalqlari tarixida o'chmas iz qoldirgan jamoat va davlat arbobi, mutafakkir Yusuf Xos Hojibning siyosiy- huquqiy qarashlarini o'rganish, uning bugungi kunda ham o'z ahamiyatini yo'qotmagan g'oyalaridan milliy davlatchilikni barpo etish va mustahkamlashda tanqidiy foydalanish, ulardan ulg'ayib kelayotgan yosh avlodni xabardor qilish, o'zlikni anglash davlat siyosati darajasiga ko'tarilgan O'zbekiston Respublikasida alohida ma'naviy - ma'rifiy va amaliy ahamiyat kasb etadi16.

Mutafakkir kishilarni o'ylab oila qurishdan boshlab, farzand tarbiya etish, oilaning moddiy ta'minotini yuritishgacha bo'lgan eng ezgu zaruriy vazifalarni birma-bir bayon etadi. Yusuf Xos Hojibning o'zi kishilarga munosabatda o'rtamiyona yo'l tutishni tavsiya etadi. Shunda do'st dushmanga aylanmaydi, ezgu ishlar amalga osha boradi, deb ta'lim beradi.

"Qutadg'u bilig"da yana jumboqlarni yechish usullaridan ham foydalanilgan. Bu uslub o'quvchini asarga qiziqtiradi, uni o'qimishli qiladi. Hozirgi davrda bu muammoli ta'lim deb yuritiladi. Ammo tarbiya va ta'lim merosimizda jumboq-muammoli ta'lim o'ziga xos xususiyatga ega. Masalan, asardagi Kuntug'mish (Elig) bilan Oyto'ldi munozarasini olaylik.

Bu munozarada olim quyidagi fikrni ilgari suradi: Elig Oyto'ldiga o'rin berganda o'tirmagani, "xon yonida menga o'rin yo'q", - degan edi. Yerga koptok qo'ygani va unga o'tirgani bilan Oyto'ldi - davlat koptok kabi barqaror emas, bir joyda turmaydi, degani. Elig boqqanda ko'zini yumib olgani-davlat ham ko'r kishi kabi bo'ladi, kimga ilashsa, unga qattiq yopishib oladi, degan edi. Yuzini yashirgani esa, barcha qilmishlarim - ya'ni davlat jafo, unga ishonma, degani, deb kishi davlat va baxtga quvonib ketmasligi, ulardan quvonib, ortiqcha g'ururlanib ketmay, aksincha, o'zini ehtiyot qilishi, yig'ilgan narsalarni me'yorida sarflashi, bexud bo'lib, ichkilikka berilmasligi, narsalarni sovurmasligi kerak deb ko'rsatadi.

Demak, Yusuf Xos Hojibning mazkur asari insonni har tomonlama kamolga yetkazishda yirik ta'limiy-axloqiy asardir. Shuning uchun ham bu asar o'zining ilmiy, ma'rifiy, tarbiyaviy ahamiyatini shu paytgacha saqlab kelmoqda.

Foydalanilgan adabiyot:

1. I.A.Karimov. "Yuksak ma'naviyat - yengilmas kuch". - T.:2008, 62-b.

2. Ахметова А.К. Педагогические взгляды Юсуфа Хас Хаджиба Баласагунского (по поэме «Кутадгу билиг»): Автореф... канд. пед. наук. - Т, 1990. - 17 с.

3. Тухлиев Б. Юсуф Хос Хожибнинг «KутадFу билиг» асари. - Т.: Узбекистан, 1991.- 68 б.

15 Boboev H., G'ofurov Z. O'zbekistonda siyosiy va ma'naviy-ma'rifiy ta'limotlar taraqqiyoti. - Toshkent: Yangi asr avlodi, 2001, 225-b.

16 Тахиров Курбанбай Хайитбоевич Юсуф Хос Хожибнинг сиёсий-^укукий карашлари.Юридик фанлар номзодлик диссертация - Автореферат, Тошкент - 2011.

4. Абдурахмонова Барнохон Мухаммаджоновна Таълим боскичларида «KутадFу билиг» асарини урганишнинг узига хос хусусиятлари, п,ф,н. илмий даражасини олиш учун дисс. - Т, 2007.

5. Тахиров Курбанбай Хайитбоевич Юсуф Хос Х,ожибнинг сиёсий-хукукий карашлари.Юридик фанлар номзодлик диссертация - Автореферат, Тошкент - 2011.

6. Boboev H., G'ofurov Z. O'zbekistonda siyosiy va ma'naviy-ma'rifiy ta'limotlar taraqqiyoti. - Toshkent.: Yangi asr avlodi, 2001, 225-Ь.

7. library.ziyonet.uz

8. saviya.uz

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.