Научная статья на тему 'YUKSAK HUQUQIY MADANIYAT DEMOKRATIK JAMIYAT POYDEVORI'

YUKSAK HUQUQIY MADANIYAT DEMOKRATIK JAMIYAT POYDEVORI Текст научной статьи по специальности «Право»

132
23
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Область наук
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «YUKSAK HUQUQIY MADANIYAT DEMOKRATIK JAMIYAT POYDEVORI»

Tashkent State Transport University The Constitution of the Republic of Uzbekistan is the Glorification of Human Dignity, the Guarantee of Our Free and Prosperous Life

Volume 3 | TSTU Conference 2 | 2022 O'zbekiston Respublikasi konstitutsiyasi -inson qadrini ulug'lash, erkin va _farovon hayotimiz kafolati

YUKSAK HUQUQIY MADANIYAT DEMOKRATIK JAMIYAT

POYDEVORI

Sanjar Mo'min o'g'li Xoliqov

MMT-8 guruh talabasi,TDTrU Ilmiy rahbar t.f.d., professor Rashod Adilovich Nosirov

O'zbekiston demokratik huquqiy davlatni qurish va adolatli fuqarolik jamiyatini shakllantirish yo'lidan dadil borib, jahon hamjamiyatida mustahkam o'rin egallamoqda. Barqarorlik va tartib, millatlararo totuvlik va fuqarolar ahilligi tufayli yosh davlatimiz ishonch va hurmatga sazovor bo'lmoqda.

Mamlakatimizda iqtisodiyot, siyosat, davlat qurilishi, huquqiy tizim va jamiyatni ma'naviy o'zgartirish sohasida keng ko'lamli islohotlar o'tkazilmoqda. O'tkazilayotgan islohotlarning qonuniy zamini yaratildi. Ijtimoiy-siyosiy hayotning huquqiy asoslari izchillik bilan mustahkamlanmoqda va takomillashtirilmoqda.

Vatanimizning rivojlanishi va islohotlarning muvaffaqiyati ko'p jihatdan bugun mamlakatimiz aholisining 64 foizini tashkil qiladigan 30 yoshgacha bo'lgan yoshlarning huquqiy ongi hamda huquqiy madaniyati darajasiga bog'liqdir. Yoshlarning siyosiy faolligi, ularning chinakam fuqaroviy munosabati, demokratik islohotlarga intiluvchanligi belgilangan maqsadlarga tezroq erishishning muhim omilidir. Yuksak huquqiy madaniyat demokratik jamiyat poydevori hamda huquqiy tizim yetukligining ifodasidir. U jamiyatdagi turli xil hayotiy jarayonlarga faol ta'sir ko'rsatuvchi, fuqarolarning, barcha ijtimoiy guruhlarning jipslashuviga ko'maklashuvchi, jamiyatning yaxlitligi hamda batartibligini taminlovchi va mustahkamlovchi omildir. Qonunni hurmat qilish huquqiy jamiyatning, siyosiy va huquqiy tizimlar samarali faoliyat ko'rsatishining asosiy talablaridan biri hisoblanadi.

Huquqiy madaniyat - umumiy madaniyatning ajralmas tarkibiy qismidir. U yoshlar ongida shunday ishonch qaror topishi kerakki, huquqiy bilimlarga ega bo'lgan va ularni amaliyotga tatbiq eta oladigan kishigina madaniyatli va bilimli deb hisoblanishi mumkin.

Mamlakatimizda inson huquqlari va manfaatlarini ta'minlash, ijtimoiy hayotni demokratlashtirish uchun shart- sharoitlar yaratish va huquqiy davlat asoslarini shakllantirish zaruriyatidan kelib chiqqan holda 2000-yilda O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi tomonidan Jamiyatda huquqiy madaniyatni yuksaltirish Milliy dasturi qabul qilingan.

December 1

238

Tashkent State Transport University Volume 3 | TSTU Conference 2 | 2022

The Constitution of the Republic of Uzbekistan O'zbekiston Respublikasi konstitutsiyasi -

is the Glorification of Human Dignity, the inson qadrini ulug'lash, erkin va

Milliy dasturning maqsadi aholining barcha qatlamlari huquqiy savodxonlikka erishishlari, yuksak darajadagi huquqiy ongga ega bo'lishlari hamda huquqiy bilimlarini kundalik hayotda qo'llay olishlari uchun huquqiy madaniyatni shakllantirishning keng qamrovli muntazam tizimini yaratishdir.

Maskur dasturda kiritilgan maqsadga erishishda asosiy vazifalar quyidagilar etib belgilangan:

- huquqiy ta'lim va huquqiy tarbiya tizimini takomillashtirish;

- barcha davlat organlari, mansabdor shaxslar va fuqarolarning qonunga hamda huquqqa hurmat bilan munosabatda bo'lishiga erishish;

- aholining huquqiy savodxonligini oshirish;

- fuqarolarning ijtimoiy-huquqiy faolligini ta'minlash.

Xalqimizni huquqiy madaniyat darajasining oshirishda qonun chiqaruvchi, ijro etuvchi va sud hokimiyati xodimlarining bilimdonligiga ko'p jihatdan bog'liq.

Hozirgi kunda mamlakatimiz yoshlarning huquqiy ongi va huquqiy madaniyatini yuksaltirish borasida "Yoshlar ittifoqi" yoshlar ijtimoiy harakati, kasaba uyushmalari, xotin-qizlar tashkilotlari, siyosiy partiyalar tomonidan tadbirlar, ko'rik-tanlovlar keng ko'lamli targ'ibot-tashviqot ishlari amalga oshirilib kelinmoqda. Bu esa o'z navbatida O'zbekistonning kelajagi bo'lgan barkamol avlodga huquqiy madaniyat va huquqiy ongning o'sishida o'zining ijobiy ta'sirini ko'rsatmoqda.

Ammo, shuni takidlash lozimki bu borada biroz bo'lsada kamchiliklar uchrab turadi. Kundalik hayotimizda yuz berayotgan muammolarning aksariyatini aynan huquqiy madaniyatimizdagi mavjud bo'shliqlar sabab bo'lib kelmoqda.

Ushbu kamchilik va muammolarni bartaraf etishda,mamlakatimiz rahbari juda katta e'tibor berib kelmoqda.

Jumladan;

-huquqiy ta'lim uzluksiz bo'lib, yoshlikdan boshlab berib borish,

-yoshlarning huquqiy tarbiyasi va ta'limini takomillashtirishga ta'lim va tarbiyaning hali foydalanilmagan mexanizmlarini yaratish, ulardan samarali foydalanish, tarbiya va ta'limning yangi shakllari va vositalarini joriy etish;

- yoshlar bilan olib boriladigan huquqiy ishlar saviyasini oshirish hamda huquqni muhofaza qiluvchi organlarning va o'quv yurtlarining kadrlar bilan yetarli ta'minlanishiga erishish;

O'ylaymanki, qo'yilgan masalalar hal etilsa, yoshlarimiz yuksak huquqiy madaniyatli bo'lib, O'zbekistonda demokratik jamiyat poydevorini mustahkam va ishonchli qurishga katta hissa

December 1

Tashkent State Transport University The Constitution of the Republic of Uzbekistan is the Glorification of Human Dignity, the Guarantee of Our Free and Prosperous Life

Volume 3 | TSTU Conference 2 | 2022 O'zbekiston Respublikasi konstitutsiyasi -inson qadrini ulug'lash, erkin va _farovon hayotimiz kafolati

qo'shishadi.

REFERENCES

1. Xalq so'zi gazetasi.

2. Nosirov, R. A. (2021). EDUCATIONAL PROBLEMS IN THE HISTORY OF CENTRAL ASIA. Innovative Technological Methodical Research Journal, 2(04), 8285.

3. Дадашева, А. А. (2022). УЗБЕКИСТОН РЕСПУБЛИКАСИ-КОНСТИТУЦИЯВИЙ ИСЛОХ,ОТЛАР ДАВР ТАЛАБИ. Academic research in educational sciences, 3(10), 288-291.

4. Dadasheva, A. A. (2022). PUBLIC OPINION AND GOVERNMENT EVALUATION IN NEW UZBEKISTAN. The American Journal of Interdisciplinary Innovations Research, 4(01), 16-19.

5. Sanakulov, A., Rakhmonov, D., & Nazarova, N. (2020). Social Service Technologies and Mechanisms of its Implementations. International Journal of Advanced Science and Technology, 29(3), 14192-14198.

6. Носиров, Р. А., & Темирова, С. В. (2021). ИСТОРИЯ РАЗВИТИЯ ТРАНСПОРТНОГО СООБЩЕНИЯ НА ТЕРРИТОРИИ СРЕДНЕЙ АЗИИ. Научный журнал, (1 (56)), 17-19.

7. Самаров, Р., & Фарфиева, К. (2014). Ёшларда жинслараро хулк, мулокот маданиятини шакллантиришнинг ижтимоий-маданий ахамияти. Современное образование (Узбекистан), (2), 49-52.

8. Носиров, Р. А. (2022). УЗБЕК ХАЛКДНИНГ ЭТНИК ШАКЛЛАНИШИ. Uzbek Scholar Journal, 9, 198-202.

9. Abdinazarovich, R. D., Anarbaevich, P. K., & Ikromovich, T. A. (2022). Scientific Development in New Uzbekistan: Results and Prospects. EUROPEAN JOURNAL OF INNOVATION IN NONFORMAL EDUCATION,, 2(1), 76-82.

10. Носиров, Р. А., & Темирова, С. В. (2021). Педагогическое наследие мыслителей Средней Азии. Достижения науки и образования, (2 (74)), 4-5.

11. Назарова, Н. Ж. (2022). ЁШЛАРДАГИ РАКОБАТБАРДОШЛИК СИФАТЛАРИНИ РИВОЖЛАНТИРИШДА ДАМКОРЛИК. Academic research in educational sciences, 3(TSTU Conference 1), 570-575.

12. Насыров, Р. А. (1994). Социальное развитие села Узбекистана (1965-1985

гг.).

December 1

Tashkent State Transport University The Constitution of the Republic of Uzbekistan is the Glorification of Human Dignity, the Guarantee of Our Free and Prosperous Life

Volume 3 | TSTU Conference 2 | 2022 O'zbekiston Respublikasi konstitutsiyasi -inson qadrini ulug'lash, erkin va _farovon hayotimiz kafolati

13. Samarov, R. S., & Rakhmonov, D. A. (2016). Social work activity in providing the life of the society (functional-structural analysis). Theoretical & Applied Science.,

14. Носиров, Р. А., & Исмаилова, Ш. Б. К. (2022). СТРАТЕГИЧЕСКАЯ ЦЕННОСТЬ ОБРАЗОВАНИЯ ДЛЯ РАЗВИТИЯ НАУКИ И ПОДГОТОВКИ ПЕРСПЕКТИВНОГО КАДРОВОГО ПОТЕНЦИАЛА. Academic research in educational sciences, 3(TSTU Conference 1), 309-311.

15. Рахмонов, Д. А. (2017). THE SOCIAL-CULTURAL PECULIARITIES OF SOCIAL WORK (IN THE MODEL OF SERVICING OLDER PEOPLE). Theoretical & Applied Science, (11), 285-288.

(7), 14-16.

December 1

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.