Научная статья на тему 'JAMIYAT HAYOTIDA KONSTITUTSIYANING O’RNI'

JAMIYAT HAYOTIDA KONSTITUTSIYANING O’RNI Текст научной статьи по специальности «Право»

615
85
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Область наук
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «JAMIYAT HAYOTIDA KONSTITUTSIYANING O’RNI»

Tashkent State Transport University The Constitution of the Republic of Uzbekistan is the Glorification of Human Dignity, the Guarantee of Our Free and Prosperous Life

Volume 3 | TSTU Conference 2 | 2022 O'zbekiston Respublikasi konstitutsiyasi -inson qadrini ulug'lash, erkin va _farovon hayotimiz kafolati

JAMIYAT HAYOTIDA KONSTITUTSIYANING O'RNI

Rashod Adilovich Nosirov

t.f.d., professor, TDTrU

Svetlana Vladimirovna Temirova

katta o'qituvchi, TDTrU

Mustaqil O'zbekiston Respublikasi o'z taraqqiyot yo'lini belgilab olar ekan, demokratik huquqiy davlat va adolatli fuqarolik jamiyati qurishni o'z oldiga pirovard maqsad qilib qo'ydi. Bu oliy maqsad yo'lida shu kungacha ko'pdan-ko'p ishlar amalga oshirildi. Ma'lumki, demokratik huquqiy davlat va adolatli fuqarolik jamiyatini konstitutsiya va qonun ustunligiga erishmay, ularni ham normativ hujjatlarda, ham amalda ta'minlamay turib qurib bo'lmaydi. Konstitutsiya va qonunlarning ustunligi prinsipi shuni anglatadiki, bunda barcha joriy qonunlar va me'yoriy-huquqiy hujjatlar konstitutsiya asosida va unga muvofiq bo'lishi talab etiladi.

Ulug' bobokalonimiz Amir Temur aytganlaridek: «Qayerda qonun hukmronlik qilsa, shu yerda erkinlik bo'ladi». Demak, qayerda qonun hukmronlik qilsa, o'sha yerda erkinlik, demokratiya bo'ladi. Binobarin, davlatimiz asosiy qonuni xalqimizning milliy o'ziga xosligi, urf-odat va an'analari, o'zbek davlatchiligi rivojidagi tarixiy tajribalarimiz, xalqaro huquqning umume'tirof etilgan qoidalari, rivojlangan demokratik davlatlarning ilg'or tajribalarini hisobga olgan holda ishlab chiqilganligi bilan ajralib turadi.

Mamlakatimizning amaldagi konstitutsiyasi sof demokratik ruhda yaratilgan bo'lib, u milliy huquqiy tizimning poydevoridir. Konstitutsiyani qabul qilish tartibi oddiy, joriy qonunlarni qabul qilishdan farq qiladi. Yangi konstitutsiyalar odatda yangi davlat vujudga kelganda, mamlakat siyosiy tuzumi o'zgarganda, davlatchilik rivojida jiddiy tub o'zgarishlar ro'y berganda qabul qilinadi.

Konstitutsiya davlatning ijtimoiy, iqtisodiy, siyosiy sohalaridagi ustuvor maqsad va vazifalari, jamiyat rivojlanishining strategik yo'nalishlari, boshqaruvning adolatli va demokratik tamoyillari, inson huquq va erkinliklari kafolatlari, ma'naviy qadriyatlarimiz asoslarini mustahkamlab berdi. Konstitutsiyadagi demokratik tamoyillardan biri sifatida mamlakatimida har bir insonning huquq va erkinliklari muqaddas deb e'lon qilinib, davlat himoyasiga olindi. Qolaversa , davlatning

December 1

249

Tashkent State Transport University Volume 3 | TSTU Conference 2 | 2022

The Constitution of the Republic of Uzbekistan O'zbekiston Respublikasi konstitutsiyasi -

is the Glorification of Human Dignity, the inson qadrini ulug'lash, erkin va

bu borada fuqarolarning oldida mas'ul ekanligi, ularning munosib hayot kechirishlari uchun barcha zarur shart-sharoitlarni yaratib bermog'i qat'iy belgilab berildi.

O'zbekiston Konstitutsiyasining qabul qilinishi davlat tizimini yangilash, uni xalqaro huquqiy talablarga mos tarzda rivojlantirishga ijobiy ta'sir ko'rsatdi. Konstitutsiyaviy normalarni amaliyotda tadbiq etish yuzasidan saylov, siyosiy partiyalar, nodavlat va diniy tashkilotlar faoliyatini takomillashtitishga hamda inson huquqlariga qaratilgan bir qator qonunlar qabul qilindi. Amalga oshirilayotgan islohatlardan ko'zlangan maqsad, xalqimizning milliy o'zligini anglash hamda tarixiy tajribalar asosida demokratik prinsiplarni rivojlantirishdan iboratdir.

Shu bois 1992-yil dekabr oyida qabul qilingan, mamlakatimizning demokratik taraqqiyotini ta'minlash va fuqarolik jamiyatini shakllantirishning asosiy prinsiplarini belgilab bergan konstitutsiyamizning qoida va normalariga tayanish alohida ahamiyat kasb etadi. Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev haqli ravishda ta'kidlaganlaridek: «Yigirma besh yil - tarix uchun bir lahza, xolos. Shu qisqa davrda jonajon O'zbekistonimiz mustaqil va suveren davlat sifatida shakllanib, jahon hamjamiyatidan munosib o'rin egalladi, tom ma'noda ulkan taraqqiyot yo'lini bosib o'tdi. Ana shu mashaqqatli va sharafli yo'lda erishgan barcha yutuqlarimizni eng avvalo Konstitutsiyamiz bilan bog'lashimiz albatta bejiz emas. Nega deganda, Asosiy qonunimiz xalqimiz uzoq yillar orzu qilgan milliy mustaqilligimiz va rivojlanish yo'limiz, inson huquq va erkinliklari kafolatlarini belgilab berdi».

Zero, Bosh Qomusimiz insonlar qonun uchun emas, qonunlar insonlar uchun xizmat qilmog'i lozim degan prinsipni o'zida mujassam etgani, xalqning davlat hokimiyatining birdan-bir manbai sifatida e'tirof etgani uchun ham ulug'vor ahamiyatga egadir.

Shu bilan bir qatorda jamiyatimizda muhim ijtimoiy qatlam sanaluvchi yoshlarda siyosiy-huquqiy ong va madaniyatning shakllanishi ham davlat uchun ham ularning o'zlari uchun birdek foydali ekanligi amalda o'z isbotini topdi. Bugun yangicha fikrlaydigan, o'z mustaqil dunyoqarashiga ega, yon-atrofida sodir bo'layotgan voqealarga daxldorlik hissi bilan yondashuvchi, mustahkam fuqarolik pozitsiyasiga ega yoshlarni tarbiyalash ustuvor vazifa sanaladi.

Mazkur jarayonnni amalga oshirishda asosiy qonun sanalmish konstitutsiyamiz muhim o'rin tutishi shubhasizdir. Sababi, yoshlarning dastavval konstitutsiyamizda belgilangan o'z huquqlari, burchlari va majburiyatlarini chuqur anglab yetishi

December 1

Tashkent State Transport University Volume 3 | TSTU Conference 2 | 2022

The Constitution of the Republic of Uzbekistan O'zbekiston Respublikasi konstitutsiyasi -

is the Glorification of Human Dignity, the inson qadrini ulug'lash, erkin va

birinchi navbatda ularda konstitutsiya va qonunlarga nisbatan hurmat hissini oshirsa, ikkinchidan, shakllangan huquqiy madaniyat va ong kelgusida yoshlarning har qanday ijtimoiy foydali faoliyatida o'zining ijobiy samarasini berishi shubhasizdir.

Konstitutsiyamizning 41-moddasida har kim bilim olish huquqiga ega ekani, bepul umumiy ta'lim olish davlat tomonidan kafolatlangani ham yoshlar tarbiyasi va kelajagi uchun g'oyat muhim ahamiyat kasb etadi. Prezidentimizning 2017 -yil 5-iyuldagi "Yoshlarga oid davlat siyosati samaradorligini oshirish va O'zbekiston yoshlar ittifoqi faoliyatini qo'llab-quvvatlash to'g'risida"gi farmoni bu borada muhim huquqiy asos bo'lib xizmat qilmoqda. Davlatimiz rahbari BMT Bosh Assambleyasining 72-sessiyasida tashkilotning Yoshlar huquqlari to'g'risidagi xalqaro konvensiyasini ishlab chiqish taklifini ilgari surgani davlat va jamiyat rivojlanishida yoshlarning o'rni naqadar muhim ekanini anglatadi.

REFERENCES

1. O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi. T.O'zbekiston, 2019.

2. Дадашева, А. А. (2022). УЗБЕКИСТОН РЕСПУБЛИКАСИ-КОНСТИТУЦИЯВИЙ ИСЛОХОТЛАР ДАВР ТАЛАБИ. Academic research in educational sciences, 3(10), 288-291.

3. Носиров, Р. А., Рахимова, М. И., & Темирова, С. В. (2022). Жамиятда ижтимоий онгнинг узгариши-ижгимоий муносабатлар тахлили. инновации в педагогике и психологии, 5(3).

4. Juraevna, N. N. (2021, October). THE ROLE OF COMMUNICATIVE COMPETENCE IN YOUTH SOCIAL ACTIVISM. In Archive of Conferences (pp. 50-51).

5. Носиров, Р. А. (2022). УЗБЕК ХАЛКИНИНГ ЭТНИК ШАКЛЛАНИШИ. Uzbek Scholar Journal, 9, 198-202.

6. Дадашева, А. А. (2022). ДАВЛАТ ХИЗМАТИНИ ИСЛОХ КДЯИШ ШАРОИТИДА ХОКИМЛАР ФАОЛИЯТИ УСТИДАН ЖАМОАТЧИЛИК НАЗОРАТИНИ АМАЛГА ОШИРИШНИНГ АСОСИЙ ЙУНАЛИШЛАРИ. Academic research in educational sciences, 3(TSTU Conference 1), 117-122.

7. Назарова, Н. Ж. (2022). YOSHLARDA RAQOBATBARDOSHLIK SIFATLARINI SHAKLLANTIRISH PARADIGMALARI: SHARQ VA G 'ARB KONTEKSTIDA. Журнал Социальных Исследований, 5(2).

December 1

Tashkent State Transport University The Constitution of the Republic of Uzbekistan is the Glorification of Human Dignity, the Guarantee of Our Free and Prosperous Life

Volume 3 | TSTU Conference 2 | 2022 O'zbekiston Respublikasi konstitutsiyasi -inson qadrini ulug'lash, erkin va _farovon hayotimiz kafolati

8. Носиров, Р. А., & Темирова, С. В. (2021). Педагогическое наследие мыслителей Средней Азии. Достижения науки и образования, (2 (74)), 4-5.

9. Темирова, С. В., & Шарифбаев, Х. У. (2022). ЁШЛАР ТАРБИЯСИ ВА УМУМИНСОНИЙ КАДРИЯТЛАР ТУШУНЧАСИНИНГ МАЗМУН-МОХДЯТИ. Academic research in educational sciences, 3(10), 350-359.

10. Носиров, Р. А., Рахимова, М. И., & Темирова, С. В. (2022). Жамиятда ижтимоий онгнинг узгариши-ижгимоий муносабатлар тахлили. инновации в педагогике и психологии, 5(3).

December 1

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.