Научная статья на тему 'O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI KONSTITUTSIYASI JAMIYAT VA DAVLAT HAYOTINI YANGI BOSQICHGA KO‘TARISHNING KAFOLATI'

O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI KONSTITUTSIYASI JAMIYAT VA DAVLAT HAYOTINI YANGI BOSQICHGA KO‘TARISHNING KAFOLATI Текст научной статьи по специальности «Право»

791
47
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Область наук
Ключевые слова
Konstitutsiya / jamiyat / davlat / fuqaro / 21-bob / mahalliy hokimiyat / 99-modda / 101-modda.

Аннотация научной статьи по праву, автор научной работы — Elbek Alimovich Nazarov

Mazkur maqolada jamiyat va davlat hayotini yangi bosqichga ko„tarishda Konstitutsiyaning roli, shuningdek, mazkur jarayonda mahalliy hokimiyat organlarining o„rni Konstitutsiya moddalari asosida tushuntirilgan

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI KONSTITUTSIYASI JAMIYAT VA DAVLAT HAYOTINI YANGI BOSQICHGA KO‘TARISHNING KAFOLATI»

Tashkent State Transport University The Constitution of the Republic of Uzbekistan is the Glorification of Human Dignity, the Guarantee of Our Free and Prosperous Life

Volume 3 | TSTU Conference 2 | 2022 O'zbekiston Respublikasi konstitutsiyasi -inson qadrini ulug'lash, erkin va _farovon hayotimiz kafolati

O'ZBEKISTON RESPUBLIKASI KONSTITUTSIYASI JAMIYAT VA DAVLAT HAYOTINI YANGI BOSQICHGA KO'TARISHNING KAFOLATI

Elbek Alimovich Nazarov

Toshkent Davlat Agrar Universiteti "Gumanitar fanlar" kafedrasi stajyor o'qituvchisi elbek0484@umail .uz

ANNOTATSIYA

Mazkur maqolada jamiyat va davlat hayotini yangi bosqichga ko'tarishda Konstitutsiyaning roli, shuningdek, mazkur jarayonda mahalliy hokimiyat organlarining o'rni Konstitutsiya moddalari asosida tushuntirilgan.

Kalit so'zlar: Konstitutsiya, jamiyat, davlat, fuqaro, 21-bob, mahalliy hokimiyat, 99-modda, 101-modda.

Konstitutsiya - barcha qonunlarning negizi bo'lib, fuqarolarning munosib hayot kechirishlarini ta'minlashga xizmat qiladi. U har bir inson, fuqaroning huquqiy xulq-atvorini belgilab beradi. Uni bilmay turib, huquqiy madaniyatga erishib bo'lmaydi. Shuningdek, har bir mamlakat Konstitutsiyasi zamonga, dunyodagi globallashuv jarayonlariga, aholining talab va istaklari, ehtiyojlarining o'zgarishlariga qarab takomillashtirib boriladi. Statistik ma'lumotlarga ko'ra, so'nggi o'n yilliklarda qaysi mamlakatda konstitutsiyaviy o'zgarishlar amalga oshirilgan bo'lsa, o'sha davlatda qonun ustuvorligi ta'minlangani, jamiyatda jamoat nazorati kuchaygani, ijtimoiy adolat tamoyillari samara bergani, biznes subyektlari uchun iqtisodiy erkinlik sharoitlari kafolatlanganini ko'rish mumkin.

O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi xalqimiz siyosiy-huquqiy tafakkurining yorqin ifodasi sifatida demokratik davlat va kuchli fuqarolik jamiyatini barpo etish, aholining erkin va obod turmushini ta'minlash, mamlakatning xalqaro maydondagi obro'- e'tiborini yuksaltirish hamda barcha sohalarda islohotlarni muvaffaqiyatli amalga oshirishda mustahkam poydevor bo'lib xizmat qilmoqda. Yurtimiz taraqqiyotining yangi bosqichida xalqimizning tinch va farovon hayoti uchun ishonchli kafolat bo'lgan Bosh qomusimizni bugungi davr talablariga mos holda, eng muhimi, fuqarolarimiz xohish-irodasi va fikri hamda mamlakatimizda olib borilayotgan islohotlarning bosh maqsadi bo'lgan "Inson-jamiyat-davlat" tamoyili asosida haqiqiy xalq Konstitutsiyasiga aylantirish ishlari izchil amalga oshirilmoqda.

December 1

215

Tashkent State Transport University Volume 3 | TSTU Conference 2 | 2022

The Constitution of the Republic of Uzbekistan O'zbekiston Respublikasi konstitutsiyasi -

is the Glorification of Human Dignity, the inson qadrini ulug'lash, erkin va

Hech ikkilanmasdan aytish mumkinki, O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi jamiyat va davlat hayotini yangi bosqichga ko'tarishning kafolati. Zeroki, Konstitutsiyamizning har bir moddasi, bobi va bo'limida davlatimiz uchun eng muhim masalalar mustahkamlab qo'yilgan.

Hozirgi kundagi jamiyatimizning hayot tarzida huquqiy davlat tuzish va uning tuzilish shakllarini fuqarolik jamiyati hayotida o'rin toptirishga asoslanganligi, huquqiy davlat g'oyasini ilgari surishga ahamiyat berib kelinmoqda. Xalqaro huquqiy tajribalarga asoslangan holda huquqiy davlatda davlatning quyidagi prinsiplar asosida faoliyat yurgizishi va amal qilishi shart hisoblanadi: xalq suvereniteti, shaxsning huquq va erkinliklarining hech kim buza olmasligi, shu jumladan, davlat tomonidan ham har qanday hollarda fuqarolarning ma'nfatlariga zid holda ish olib bormaslik, Konstitutsiya va qonunning ustunligi, hokimiyatning bo'linishi tamoyiliga amal qilish, sudlarning mustaqilligi, xalqaro huquq normalarining milliy huquq normalaridan ustun bo'lishi kabi normalarga asoslangan holda bo'lishi barcha qonun, hujjatlarda belgilab qo'yilgan. Bizning huquqiy davlatda eng oliy qadriyat inson hisoblanadi. Davlat faqat huquq normalarini yaratib qolmay, o'zi ham ularga amal qilishi huquqiy davlatning eng muhim xususiyatidir. Huquqiy davlat demokratiyaning ajralmas belgisidir. O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining muqaddimasida O'zbekiston xalqi insonparvar demokratik huquqiy davlat barpo etishni ko'zlab o'zining muxtor vakillari siymosida davlatimizning asosiy qonunini qabul qilishi ta'kidlab o'tilgan. O'zbekistonning mustaqil davlatchiligi davrida konstitutsiya va qonunlarning ustunligi g'oyasi xalq ijtimoiy ongining tarkibiy qismiga aylandi.

Davlat va jamiyat hayotini yangi bosqichga ko'tarishda mahalliy hokimiyat organlarining o'rni beqiyosdir. Shuni inobatga olgan holda O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 5-bo'limi 21-bobi 99-105-moddalarida mahalliy davlat hokimiyati asoslari o'z ifodasini topgan.

Konstitutsiyaga asosan mamlakatimizda mahalliy miqyosda ikki turdagi, ya'ni vakillik davlat hokimiyati va ijro hokimiyati organlari mavjud.

Konstitutsiyaning 99-moddasiga binoan, "Viloyatlar, tumanlar va shaharlarda (tumanga bo'ysunuvchi shaharlardan, shuningdek, shahar tarkibiga kiruvchi tumanlardan tashqari) hokimlar boshchilik qiladigan xalq deputatlari Kengashlari hokimiyatning vakillik organi bo'lib, ular davlat va fuqarolarning manfaatlarini ko'zlab o'z vakolatlariga taalluqli masalalarni hal etadilar". Konstitutsiyaning 102-moddasida "Vakillik va ijro hokimiyatini tegishliligiga qarab hokimlar boshqaradi" degan qoida mahalliy miqyosda vakillik hokimiyati bilan birga ijro hokimiyatini ham o'rnatilganligini

December 1

Tashkent State Transport University Volume 3 | TSTU Conference 2 | 2022

The Constitution of the Republic of Uzbekistan O'zbekiston Respublikasi konstitutsiyasi -

is the Glorification of Human Dignity, the inson qadrini ulug'lash, erkin va

ko'rsatadi. Mazkur modda qoidalari yana qaysi ma'muriy hududlarda hokim qanday tartibda tayinlanishi haqida hamda ijro hokimiyatining tizimi haqida xulosa qilish imkoniyatini tug'diradi. Konstitutsiyaga asosan mahalliy davlat hokimiyati organlari, mustaqil vakillik va ijro hokimiyati organalariga bo'linsada, ularning vazifalari Konstitutsiyada alohida-alohida ko'rsatilmagan. Konstitutsiyada (100-modda) mahalliy hokimiyat organlari ixtiyoriga berilgan vazifalar umumiy tarzda quyidagicha bayon qilingan.

• qonuniylikni,huquqiy tartibotni va fuqarolarning xavfsizligini ta'minlash;

• hududlarni iqtisodiy, ijtimoiy va madaniy rivojlantirish;

• mahalliy byudjetni shakllantirish va uni ijro etish,mahalliy soliqlar, yig'imlarni belgilash, byudjetdan tashqari jamg'armalarni hosil qilish;

• mahalliy kommunal xo'jalikka rahbarlik qilish;

• atrof-muhitni muhofaza qilish;

• fuqarolik holati aktlarini qayd etishni ta'minlash;

• normativ hujjatlarni qabul qilish hamda O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga va O'zbekiston Respublikasi qonunlariga zid kelmaydigan boshqa vakolatlarni amalga oshirish.

Mahalliy davlat hokimiyati organlariga o'z hududida iqtisodiy, ijtimoiy, xo'jalik masalalarida keng doiradagi masalalarni hal qilish vazifasi yuklangan bo'lib, bularga iqtisodiy, ijtimoiy va madaniy rivojlantirish vazifasi kiradi. Rivojlantirish vazifasi shu majmuaga kiruvchi tarmoqlarni boshqarishni ham nazarda tutadi. Mahalliy kengashlar hokimlarini taqdimiga binoan hududlarni rivojlantirish istiqbollarining asosiy yo'nalishlarini belgilaydi. Hududni rivojlantirish dasturlari ishlab chiqilib qabul qilinadi. O'tish davridagi davlatning bosh islohotchilik vazifasi, joylarda mahalliy davlat hokimiyati organlari faoliyati orqali amalga oshiriladi.

O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 101-moddasiga asosan xalq deputatlari Kengashlari va hokimlarning vakolat muddati 5 yil etib belgilangan. 103-moddada esa viloyat, tuman va shahar hokimi tegishli xalq deputatlari Kengashiga viloyat, tuman, shahar ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishining eng muhim va dolzarb masalalari yuzasidan hisobaotlar taqdim etishi, ular bo'yicha xalq deputatlari Kengashi tomonidan tegishli qarorlar qabul qilinishi belgilab qo'yilgan.

Mahalliy hokimiyat organlari o'z hududida hududni iqtisodiy-ijtimoiy va madaniy rivojlantirishga rahbarlik kiladi. Mahalliy Kengashlar hududni rivojlantirishning istiqbolga mo'ljallangan dasturlarini, tuman, shaharning bosh rejasi va uni qurish qoidalarini tasdiqlaydi. Mahalliy Kengashlar va hokimlar O'zbekiston Respublikasi mulki

December 1

Tashkent State Transport University The Constitution of the Republic of Uzbekistan is the Glorification of Human Dignity, the Guarantee of Our Free and Prosperous Life

Volume 3 | TSTU Conference 2 | 2022 O'zbekiston Respublikasi konstitutsiyasi -inson qadrini ulug'lash, erkin va _farovon hayotimiz kafolati

bo'lgan davlat mulki obyektlariga nisbatan ishlab chiqarish va ijtimoiy obyektlarni samarali joylashtirish, tabiiy va mehnat resurslaridan oqilona foydalanish, atrof-muhitni muhofaza qilish, aholini ijtimoiy himoya qilish kabi sohalarda nazoratni amalga oshiradilar. Bundan tashqari, xalq deputatlari viloyat, tuman, shahar Kengashi davlat mulkini chegaralash natijasida o'ziga berilgan yoki qonunlarga muvofik o'zi sotib olgan obyektlarga nisbatan mulkdor vakolatlarini to'liq amalga oshiradi.

Vakillik organlari, hokimlar o'z mulklarini qonunga zid bo'lmagan tartibda vaqtincha foydalanish yoki doimiy egalik qilish uchun boshqa shaxslarga berish huquqiga ega. Mahalliy organlar bu huquqdan o'z hududida ishlab chiqarishni rivojlantirish, aholining turmush farovonligini oshirish maqsadida foydalanadilar.

Viloyat, shahar hokimi korxonalar, muassasalar, tashkilotlar, dehqon xo'jaliklari va fuqarolarga egalik qilish, foydalanish uchun ijaraga yer berishga, bu subyektlarning yerga egalik qilish va yerdan foydalanish huquqini to'xtatib qo'yishga, shuningdek yerlarni olib qo'yishga haqli bo'lib, uning bu xususda qabul qilgan qarorlari tegishli xalq deputatlari Kengashi tomonidan tasdiqlanadi.

Mahalliy hokimiyat organlari o'z hududida sanoat, qurilish, aloqa vositalari, qishloq xo'jaligi aholiga xizmat ko'rsatish sohalari, ijtimoiy va madaniy sohalarga raxbarlikni amalga oshiradilar. Ushbu organlarning rahbarlarini lavozimga tayinlash, lavozimdan ozod qilish, shu organlarning faoliyatini nazorat qilish, ularning hisobotlarini eshitish mahalliy hokimiyat organlarining vakolatiga kiradi.

Mahalliy hokimiyat organlarining mahalliy byudjetni shakllantirish va uni ijro etish, mahalliy soliqlar, yig'imlarni belgilash, byudjetdan tashqari jamg'armalarni hosil qilish vazifasi hududning iqtisodiy rivojlanishida, fuqarolarning turmush sharoitini yaxshilashda, davlat organlarini saqlab turishda zarur moddiy bazani vujudga keltirishga qaratilgan.

Xulosa o'rnida shuni aytish lozimki, Konstitutsiyada belgilangan ustuvor g'oyalarni ro'yobga chiqarish borasida qabul qilingan qonun hujjatlari davlatimiz mustaqilligi, xalqimizning tinch-osuda hayoti, fuqarolarimizning huquq va erkinliklari kafolati, yurtimizda bozor munosabatlari hamda xususiy mulk ustuvorligiga asoslangan demokratik huquqiy davlat, kuchli fuqarolik jamiyatini barpo etishning mustahkam poydevori bo'lib xizmat qilmoqda. Shunday ekan, jonajon vatanimizning bosh qomusi bo'lgan Konstitutsiyani o'rganish va unga chuqur hurmat bilan qarash har birimizning yuksak fuqarolik burchimizdir.

December 1

Tashkent State Transport University The Constitution of the Republic of Uzbekistan is the Glorification of Human Dignity, the Guarantee of Our Free and Prosperous Life

Volume 3 j TSTU Conference 2 j 2G22 O'zbekiston Respublikasi konstitutsiyasi -inson qadrini ulug'lash, erkin va farovon hayotimiz kafolati

REFERENCES

1. O'zbeksiton Respublikasi Konstitutsiyasi. T.: O'zbekiston 2021

2. Konstitutsiyaviy huquq darslik. Mualliflar jamoasi. T.: TDYU 2005

3. O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi - ta'lim va taraqqiyotning kafolati. Respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi materiallari. Farg'ona-2022.

4. ДАДАШЕВА, А. (2021). Взаимодействие органов представительной власти на местах и самоуправления граждан в осуществлении действенного общественного контроля. Fuqarolik jamiyati. Гражданское общество, 22(2), 70-

5. HHaraMOBa, M. M. (2022). ^HTH y3EEKHCTOHHHHr TAPAKKHÉT CTPATErH^A KOHYH YCTYBOP.HrHHH TALMHHHAm BA MA^A^^A HHCTHTYTH OAO.HATHHHHr CAMAPA^OP.nHrHHH OmHPHmHHHr TAmKH^HH-^YKYKKH MACA.A.APH (TAX;.H.nHH-CTATHCTHK MAL.YMOT.nAP ACOCH^A). Academic research in educational sciences, 3(10), 315-321.

6. ^agarneBa, A. A. (2022). ^AB^AT XH3MATHHH HC.O^ KH^Hm mAPOHTH^A XOKHM.AP OAO^H^TH YCTH^AH ^AMOAT^H^HK HA3OPATHHH AMA.HTA OmHPHmHHHr ACOCHH HYHA.nHm.APH. Academic research in educational sciences, 3(TSTU Conference 1), 117-122.

7. Nazarova, N. J. UDK: 711.6 YOSHLARNING KASBIY RAQOBATBARDOSHLIGINI OSHIRISHDA TA 'LIMNING O 'RNI. ILMIY AXBOROTNOMA, 80.

8. ^agarneBa, A. A. (2020). MAXA..HH H^PO ^OKHMH^TH OAO.H3TH YCTH^AH ^AMOAT^H.HK HA3OPATHHH HATH^A^OP.HrHHH OmHPHmHHHr H.MHH-HA3APHH E^HM^APH. ^YPHA. nPABOBLIX HCC.EAOBAHHH, (SPECIAL 2-2).

9. Nazarova, N. (2021). DEVELOPMENT OF COMMUNICATIVE COMPETENCE THE YOUTH AS A FACTOR OF AFFECTING COMPETITIVENESS (on the example of foreign language teaching). Scienceweb academic papers collection.

10. Jumaniyazova, D. (2022). ISSUES OF PERSONAL SPIRITUALITY FORMATION IN UZBEKISTAN. European International Journal of Multidisciplinary Research and Management Studies, 2(07), 43-46.

74.

December 1

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.