Научная статья на тему 'O‘ZBEKISTONDA MAHALLIY VAKILLIK ORGANLARI TOMONIDAN HOKIM FAOLIYATINI NAZORAT QILISHNING HUQUQIY MEXANIZMI'

O‘ZBEKISTONDA MAHALLIY VAKILLIK ORGANLARI TOMONIDAN HOKIM FAOLIYATINI NAZORAT QILISHNING HUQUQIY MEXANIZMI Текст научной статьи по специальности «Гуманитарные науки»

CC BY
111
17
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
mahalliy boshqaruv / mahalliy davlat hokimiyati / vakillik organlari / hokim / xalq deputatlar kengashi / nazorat qilish

Аннотация научной статьи по Гуманитарные науки, автор научной работы — Parxatov Mardonbek Davronbekovich

O‘zbekiston Respublikasi o‘z mustaqilligini qo‘lga kiritgach, o‘zining davlat organlari va huquq tizimini qayta shakllantirish huquqiga to‘la maqomda ega bo‘ldi. Mustaqil O‘zbekiston davlat organlarining vazifalarini belgilash, ularni mustaqil asosda bajarish va shu yo‘l bilan o‘z faoliyatini yaxshilash uchun jiddiy chora-tadbirlar amalga oshirildi. Buning uchun esa, avvalo, o‘zbek milliy davlatchilik an`analariga murojat qilinib, mahalliy ijroiya hokimiyatining boshlig‘i sifatida hokim lavozimini ta`sis etish maqsadga muvofiq deb topildi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «O‘ZBEKISTONDA MAHALLIY VAKILLIK ORGANLARI TOMONIDAN HOKIM FAOLIYATINI NAZORAT QILISHNING HUQUQIY MEXANIZMI»

>q )> d )> :>

Talqin va tadqiqotlar respublika ilmiy-uslubiy jurnali №10

O'ZBEKISTONDA MAHALLIY VAKILLIK ORGANLARI TOMONIDAN

HOKIM FAOLIYATINI NAZORAT QILISHNING HUQUQIY MEXANIZMI

¿jJ^jJij JU

Parxatov Mardonbek Davronbekovich

J > | > ;

Toshkent viloyati yuridik texnikumi o'qituvchisi https://doi.org/10.5281/zenodo.7296201

' t

1> Tip*

Annotatsiya: O'zbekiston Respublikasi o'z mustaqilligini qo'lga kiritgach, o'zining davlat organlari va huquq tizimini qayta shakllantirish huquqiga to'la maqomda ega bo'ldi. Mustaqil O'zbekiston davlat organlarining vazifalarini belgilash, ularni mustaqil asosda bajarish va shu yo'l bilan o'z faoliyatini yaxshilash uchun jiddiy chora-tadbirlar amalga oshirildi. Buning uchun esa, avvalo, o'zbek milliy davlatchilik ananalariga murojat qilinib, mahalliy ijroiya hokimiyatining boshlig'i sifatida hokim lavozimini tasis etish maqsadga muvofiq deb topildi. Xalq deputatlari mahalliy Kengashi davlat hokimiyatining vakillik organi hisoblanadi. U viloyat, tuman va shaharlarda tashkil etiladi. Viloyat, tuman va shaharlarda shu hududlarning oliy mansabdor shaxsi - hokim vakillik va ijroiya hokimiyatini boshqaradi. Hokimlarning vakillik organlariga rahbarligi vakillik organlarining ishini

»

tashkil qilishga qaratilgan. Mazkur maqolada mahalliy vakillik organlari, ularning vakolatlari, ahamiyati, tashkiliy shakli, faoliyat tamoyillari, shuningdek, ular tomonidan hokim faoliyatini nazorat qilishning mamlakatimizda amalda bo'lgan huquqiy mexanizmlari va ularni takomillashtirish masalalari haqida so'z yuritiladi. Bu ishda kuzatish metodidan foydalanildi. Ushbu maqolada ilgari surilgan takliflarni qonun ijodkorligi jarayonida, shuningdek, mahalliy davlat hokimiyati faoliyatida qo llash mumkin.

Kalit so'zlar: mahalliy boshqaruv, mahalliy davlat hokimiyati, vakillik organlari, hokim, xalq deputatlar kengashi, nazorat qilish

Annotation: After gaining its independence, the Republic of Uzbekistan has the full right to reorganize its state bodies and the legal system. Serious measures have been taken to define the tasks of the independent state bodies of Uzbekistan, to carry them out on an independent basis and thus to improve their activities. To do this, first of all, referring to the traditions of the Uzbek national statehood, it was decided to establish the post of governor as the head of the local executive power. The local Council of People's Deputies is a representative body of state power. It is organized in provinces, districts and cities. In the provinces, districts and cities, the highest

iw-

>*

official of these areas - the governor - heads the representative and executive authorities. The guidance of governors to representative bodies is aimed at organizing the work of representative bodies. This article discusses the local representative bodies, their powers, importance, organizational form, principles of operation, as well * : j*

>q )> q )> :>

Talqin va tadqiqotlar respublika ilmiy-uslubiy jurnali №10

as the legal mechanisms of their control over the activities of the governor in our

_

country and the issues of their improvement. The observation method was used in this study. The suggestions made in this article can be used in the legislative process, as well as in the activities of local government.

Keywords: local government, local government, representative bodies, governor, council of people's deputies, control

Аннотация: После обретения независимости Республика Узбекистан имеет полное право восстановить свои государственные органы и права. Приняты серьезные меры по совершенствованию выполнения функций независимых государственных органов Узбекистана, их закреплению на самостоятельной основе и тем самым росту. С этой целью было установлено, что обеспечить управление исполнительной властью можно, обратившись к традициям узбекской национальной государственности. Полномочия органов государственной власти Совета народных депутатов. Он организован в

провинциях, районах и городах. В губерниях, уездах и городах высшим

>

*

должностным лицом этого управления является губернатор, возглавляющий представительную и исполнительную власти. Управление представительными органами губернаторов Корректировка работы представительных органов. В

этой сфере идет обсуждение представительных органов, статьи права, значение, организационная форма, имеющиеся дела, правовые механизмы содействия контролю государства в их управлении и вопросы их обеспечения. В данном исследовании использовался метод времени. Предложения, выдвинутые в трех статьях, могут быть использованы в законотворческом процессе, в деятельности органов государственной власти.

Ключевые слова: местное самоуправление, местное самоуправление, представительные органы, губернатор, совет народных депутатов, контроль.

Ы* *i>

O'zbekistonda demokratik huquqiy davlat barpo etish jarayonida ko'plab vaafidar Mgflangaa Eng muhim 'vaziialardan biri respublikamizda davlat hokimiyatining vakillik organlarini yangi sharoitlarga mos keladigan tizimini yaratish edi. «O'zbekiston Respublikasining mahalliy hokimiyat idoralarini qayta tashkil etish

^ л.,,.™ mm тЛ /I —„„„л™,- гч-----; ------—

to'g'isida»gi 1992-yil 4-yanvardagi Qonuni respublikada mahalliy hokimiyat

organlarining yangi tizimi vujudga kelishida alohida ahamiyatga ega bo'ldi. Mazkur qonunda ko'rsatilishicha, iqtisodiyotni bozor munosabatlariga o'tkazish sharoitida

j "1 > ^^ "я 1 >

ijroiya hokimiyatini mustahkamlash zarurligi munosabati bilan, O'zbekiston

! K*

Respublikasining viloyatlari, tumanlari va shaharlarida vakillik hokimiyatiga hamda ijroiya - boshqaruv hokimiyatiga boshchilik qiladigan hokimlar lavozimini tasis

>q ] - > >

U>,* ^ «К?*

WiW к/

>q )> q )> :>

Talqin va tadqiqotlar respublika ilmiy-uslubiy jurnali №10

etish zarur deb topildi2. Viloyatlarning hokimlari Respublika Prezidentining

#

joylardagi rasmiy vakillari hisoblanadi hamda tegishli viloyat xalq deputatlari Kengashlariga hisob beradilar. Ular O'zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan tayinlanadi va lavozimidan ozod etiladi hamda xalq deputatlari tegishli viloyat kengashlari tomonidan tasdiqlanadi. Tumanlar va shaharlarning hokimlari esa tegishli viloyat hokimi tomonidan tayinlanadi va lavozimidan ozod qilinadi hamda tegishli xalq deputatlari Kengashi tomonidan tasdiqlanadi. Shaharlardagi tumanlarning

! Ш-

hokimlari tegishli shahar hokimi tomonidan tayinlanadi va lavozimidan ozod qilinadi hamda xalq deputatlari shahar kengashi tomonidan tasdiqlanadi. Tumanlarga bo'ysungan shaharlarning hokimlarini tuman hokimi tayinlaydi va vazifasidan ozod qiladi hamda xalq deputatlari tuman kengashi tomonidan tasdiqlanadi.

O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining XXI bobida O'zbekiston Respublikasi mahalliy davlat hokimiyati organlari faoliyatining Konstitutsiyaviy asoslari mustahkamlangan. Unda mahalliy davlat hokimiyati vakillik organlarining

-71-mi fiTvilirn In rfi Ki nlommnr x iol/rvl o+l пп +ПАНтго+1П1ПГг nnnl/ll о п nnKiil iln/iirtn-n

tizimi, tuzilish tartibi, ularning vakolatlari, faoliyatining shakllari, qabul iladigan

huquqiy hujjatlari to'g'risidagi Konstitutsiyaviy normalar ko'rsatilgan. Binobarin, Konstitutsiyamizning 99-moddasida shunday deyiladi: "Viloyatlar, tumanlar va shaharlarda (tumanga bo'ysunadigan shaharlardan tashqari) hokimlar boshchilik

»

m?

qiladigan xalq deputatlari Kengashlari hokimiyatning vakillik organlari bo 'lib, ular davlat va fuqarolarning manfaatlarini ko 'zlab o 'z vakolatlariga taalluqli masalalarni hal etadilar"3. Tumanlarga bo'ysunadigan shaharlarda va shahar tarkibiga kiruvchi tumanlarda esa davlat hokimiyati vakillik organlari tashkil etilmaydi. Bu joylarda

faqat ijroiya hokimiyati organlari - hokimlar bo'lishi nazarda tutiladi. Mahalliy

...... ...................................

vakillik organlari hamda ijroiya hokimiyat boshlig'iga hokim rahbarlik kiladi. 1993-yil 2-sentabrda «Mahalliy davlat hokimiyati to'g'risida»gi Qonun qabul qilinib, mahalliy hokimiyat organlari to'g'risdagi Konstitutsiyaviy normalarni aniqlashtirdi va ularni hayotda qo'llash uchun aniq huquqiy normalar bilan mustahkamladi. O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 100-moddasiga muvofiq, mahalliy

Ш.

hokimiyat organlari vakolatiga quyidagilar kiradi:

□ qonuniylikni, huquqiy tartibotni va fuqarolarning xavfsizligini taminlash;

□ hududlarni iqtisodiy, ijtimoiy va madaniy rivojlantirish; mahalliy byudjetni J-jt shakllantirish va uni ijro etish, mahalliy soliqlar, yig'imlarni belgilash, byudjetdan tashqari jamg'armalarni hosil qilish;

□ mahalliy kommunal xo'jalikka rahbarlik qilish;

□ atrof muhitni muhofaza qilish;

□ fuqarolik holati aktlarini qayd etishni taminlash;

2-

«O'zbekiston Respublikasining mahalliy hokimiyat idoralarini qayta tashkil etish to'g'isida»gi 1992-yil 4-yanvardagi

Qonun.

3 O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi. T; 2003

J- 4 - ]J

45

>q )> d )> :>

Talqin va tadqiqotlar respublika ilmiy-uslubiy jurnali №10

□ normativ hujjatlarni qabul qilish hamda O'zbekiston Respublikasi

#

>

qonunlariga zid kelmaydigan boshqa vakolatlarni amalga oishirish.

Hokimlarning asosiy vazifasi esa Konstitutsiya, qonunlar, Oliy Majlisning boshqa hujjatlari, Prezident va Vazirlar Mahkamasining hujjatlari, yuqori turuvchi organlar va tegishli xalq deputatlari Kengashlarining qarorlari ijrosini tashkil etishdir. Shuningdek, hokimlar jamoat tartibiga rioya etilishi va jinoyatchilikka qarshi kurash, fuqarolarning xavfsizligini taminlash, ularning huquqlarini himoya qilish va salomatligini muhofaza qilish chora-tadbirlarini ko'radilar, tabiiy ofatlar,

Ol >

epidemiyalar va boshqa favqulodda hollarda tegishli ishlarni tashkil etadilar. Agar quyi turuvchi hokimlarning qarorlari Konstitutsiya, qonunlar va boshqa yuqori tashkilotlar qarorlariga zid bo'lsa, ularni bekor qiladilar; rahbarlari tegishli xalq deputatlari Kengashlari tomonidan lavozimga tayinlanadigan va lavozimdan ozod etiladigan ijroiya hokimiyati bo'linmalarining ishini nazorat qiladilar; xalq deputatlari Kengashi va hokim qabul qilgan va chiqargan hujjatlarni bajarganliklari uchun mansabdor shaxslarni intizomiy javobgarlikka tortish to'g'risida taqdimnoma

kiritadilar; davlat mukofotlari bilan taqdimlashga doir iltimosnomalarni qarab chiqadilar va ular yuzasidan takliflar kiritadilar, respublika va xorijda viloyat, tuman hamda shaharning rasmiy vakili sifatida ish ko'radilar; aholini qabul qilishni tashkil

»

etadilar, fuqarolarning taklif va shikoyatlarini ko'rib chiqadilar va o'z vakolatiga berilgan boshqa masalalarni hal etadilar4. Xalq deputatlari viloyat, tuman, shahar Kengashining qarorlari Konstitutsiya va qonunlarga, O'zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlariga zid bo'lmaslgi kerak. Aks holda ular O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi tomonidan bekor qilinadi. Hokimlarning O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi, qonunlari, Prezident farmonlari, qarorlari va farmoyishlariga, Vazirlar Mahkamasining qaror va farmoyishlariga, shuningdek, davlat manfaatlariga zid keladigan hujjatlari O'zbekiston Respublikasi Prezidenti yoki Vazirlar Maxkamasi tomonidan to'xtatiladi va bekor qilinadi. Bundan tashqari, hokim qabul qilgan normativ hujjatlar ustidan fuqarolar, jamoat birlashmalari, korxonalar, muassasalar va tashkilotlar sudga shikoyat qilishlari mumkin.

Mahalliy Kengashlarning o'z hududlari doirasida qabul qilgan qarorlari

hokimiyat organining akti bo'lib, ijrosi majburiydir. Qarorlarni Kengash ochiq

ko'pchilik ovoz berish yo'li bilan qabul qiladi. Qaror hokim va kotib tomonidan

imzolanadi. Kengash majlislari borishini o'zida ifodalovchi asosiy hujjat sessiya <r 1 > '•Jb- \

bayonnomasi hisoblanadi. Unda sessiyaning o'tkazilgan vaqti, ishtirok etgan

! И*

deputatlar va taklif etilgan shaxslarning soni, kun tartibi, ma'ruzachilar va qo'shimcha ma'ruzachilar, munozaralarda so'zga chiqqan shaxslar, ularning nutqlarining qisqacha mazmuni ko'rsatiladi. Sessiyada qabul qilingan Kengashning

......' -------s —------- — '.....& & .......&

^-

4 O'zbekiston Respublikasining "Mahalliy davlat hokimiyati organlari to 'g 'risida"gi Qonuni.

J ^ ' J "

: * ^ * n>

WiW к/

>q )> q )> :>

Talqin va tadqiqotlar respublika ilmiy-uslubiy jurnali №10

har qanday qarori bayonnomada o'z ifodasini topishi shart. Bayonnoma hokim va

iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.

#

sessiya kotibi tomonidan imzolanadi. Bayonnomaning bir nusxasi yuqori turuvchi hokimiyatga beriladi.

Xalq deputatlari Kengashi va hokimning topshirig'iga binoan yoki o'z tashabbusi bilan vazifalari doirasidagi masalalar bo'yicha qaror loyihalarini ishlab chiqishda, mahalliy davlat hokimiyatini amalga oshirishda O'zbekiston Respublikasi qonun hujjatlarini tegishli hududda amal qilishni taminlash maqsadida, xalq

! Ш-

deputatlari Kengashi huzurida doimiy komissiyalar faoliyat yuritadi. Bunday doimiy komissyalar mahalliy Kengashlar faoliyatining tashkiliy shakllardan biridir. Ularning faoliyati orqali Kengashning ishida doimiylik vujudga keladi. Bu doimiy komissiyani deputatlarning Kengash ishiga doimiy va faol jalb qilish vositasidir. Doimiy komissiyalarning soni tegishli Kengashlar tomonidan belgilanib, uning sohalaridan kelib chiqadi. Doimiy va muvaqqat komissiyalarning vazifalari: sessiya muhokamasiga kiritiladigan masalalarni dastlabki tarzda qarab chiqish va tayyorlash,

kengash qarorlarini va O'zbekiston Respublikasi qonun hujjatlarini ro'yobga

chiqarish uchun ko'maklashish, vakolatlari doirasida nazorat o'rnatishdir. Komissiyalar to'g'risidagi nizom tegishli xalq deputatlari Kengashi tomonidan tasdiqlanadi.

»

Viloyat, tuman va shahar Kengashlarida tashkil etilgan doimiy komissiyalar o'zlariga tegishli hududda korxona, tashkilot, muassasalarda qonun talablari qanday bajarilayotganligi to'g'risida o'tkazadigan tekshirishlarda hamkorlik qiladilar va o'z ish rejalarini muvofiqlashtiradilar hamda o'z faoliyatlari va ish tajribalari bilan fikr

almashib turadilar.

_ , ............ . ....

Mazkur normalardan kelib chiqib, Xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar

Kengashlari bevosita hokim faoliyatini nazorat qilish, ayrim hollarda cheklab qo'yish mexanizmiga ega. Taassufki, ushbu normalarning ayrim jihatlari ijro qilinish mexanizmida jiddiy kamchiliklar mavjudligini ta'kidlash lozim. Hokim lavozimini egallagan shaxsning Xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar Kengashlari faoliyatiga boshchilik qilishining belgilanishi ham bu kamchiliklarning ildizi vazifasini bajarmoqda desak yanglishmagan bo'lamiz. |Mazkur jihatlarni e'tiborga olgan holda quyidagilarni taklif etamiz: J-jt

□ Xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar Kengashlari raisi lavozimi ta'sis etilishi;

□ mazkur lavozimni egallaydigan shaxs Xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar Kengashlari saylangandan so'ng, dastlabki yig'ilishda Xalq deputatlari

viloyat, tuman va shahar Kengashlari deputatlari orasidan yashirin ovoz berish yo'li bilan saylanishi;

□ viloyat, tuman va shahar hokimlari ham xalq tomonidan bevosita saylab

qo'yilishi;

>q ] q )> >

а j

ы> >>

* : >

й*

>>

#ф> J >j>

ы )> и>

>3»

Ы >

! M

>j*

Ы>

Ы )> Ы*

Ы>

! >5>

Ы )>

• >4>

+И >

Щ

Ш>

! >1

ЭЙ* *ф>

Ы >

i >j>

+H >

л w> -

jW^ У

q ж**

Talqin va tadqiqotlar respublika ilmiy-uslubiy jurnali №10

□ hokim lavozimiga nomzodni Xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar Kengashlarida eng ko'p deputatlik o'rnini egallagan siyosiy partiya yoxud teng miqdorda deputatlik o'rnini egallagan bir nechta siyosiy partiyalar tomonidan kiritilishi mahalliy davlat hokimiyati asoslarini demokratik izga solishda juda katta

»2 j> Ш

muvaffaqiyatli qadam bo'ladi.

Ю>

Foydalanilgan adabiyotlar ro'yxati:

1.O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi. T; 2017.

2. O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga sharhlar. T; 1996.

3. R. Qayumov. O'zbekiston Respublikasining Konstitutsiyaviy huquqi. T; 1998

4. U. Tadjixanov, A. Saidov, X. Odilqoriev. O'zbekiston Respublikasining

\>p

Jj

Konstitutsiyaviy huquqi. T; 2001.

5. O'zbekiston Respublikasining "Mahalliy hokimiyat idoralarini qayta tashkil etish to 'g'isida»gi Qonuni. T; 1992y 4-yanvar.

6. O'zbekiston Respublikasining "Mahalliy davlat hokimiyati organlari to 'g'risida"gi Qonuni T; 1993y 2-sentabr.

Ж

Тп> 1 >

]>ji Ы*

-^fV-liT }»--^SfV-^ï f.—

48

Ы:>

q

Ы >

Ш >

q

Рч >

Ш >

m >

i> *

*Ф>

q

Ц >p

q > >

q щъ q

*4>

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.