Научная статья на тему 'JAMIYATNI IJTIMOIY-IQTISODIY RIVOJLANISHIDA KONSTITUTSIYANING O’RNI'

JAMIYATNI IJTIMOIY-IQTISODIY RIVOJLANISHIDA KONSTITUTSIYANING O’RNI Текст научной статьи по специальности «Право»

646
42
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Область наук
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «JAMIYATNI IJTIMOIY-IQTISODIY RIVOJLANISHIDA KONSTITUTSIYANING O’RNI»

Tashkent State Transport University The Constitution of the Republic of Uzbekistan is the Glorification of Human Dignity, the Guarantee of Our Free and Prosperous Life

Volume 3 | TSTU Conference 2 | 2022 O'zbekiston Respublikasi konstitutsiyasi -inson qadrini ulug'lash, erkin va _farovon hayotimiz kafolati

JAMIYATNI IJTIMOIY-IQTISODIY RIVOJLANISHIDA KONSTITUTSIYANING O'RNI

Nilyufar Farmon qizi Maxammadiyeva

MMT-8 guruh talabasi, TDTrU Ilmiy rahbar t.f.d., professor Rashod Adilovich Nosirov

O'zbekiston Respublikasi mustaqillikka erishgandan so'ng, 1992 yil 8- dekabr kuni O'zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining o'n birinchi sessiyasida "O'zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi" qabul qilindi. O'zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi - tenglar ichra teng davlat, mustaqil diyorning mustaqilligini yorqin namoyon etuvchi asosiy hujjatdir, baxtimiz qomusi, xalqimizning or-u nomusi millatning yuz-ko'zi uning obro'- e'tibori, erki, ruhiyati, ijtimoiy-siyosiy tafakkuri mahsulidir. Negaki, uning har bir moddasida, har bir bandida xalqaro huquq me'yorlari ham, milliy bag'rikenglik tamoyili ham aks etib turadi. Erkin va obod jamiyat hamda, huquqiy-demokratik davlat barpo etish g'oyasi qomusimizning asosiy mazmunini tashkil etadi.

O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining maqsadi, prinsiplari, asosiy qoidalari mazmun va mohiyati negizini belgilovchi ulug'vor g'oyalar, uning muqaddimasida to'la bayon etilgan. Jamiyat tarraqiyotini ta'minlovchi asosiy omillardan biri - qonun ustuvorligi hisoblanadi. Chunki, qonunlarga og'ishmay amal qilish, ularda belgilab qo'yilgan talablarni so'zsiz bajarish ijtimoiy hayotdagi barqarorlikni ta'minlaydi. Shu ma'noda asosiy qonunimiz - Konstitutsiyamizning o'rni va ahamiyati beqiyosdir. Asosiy qonundagi insoniy, madaniy ahamiyatga ega bo'lgan siyosiy - huquqiy g'oyalarni ro'yobga chiqarishda har bir inson va fuqaroning faol ishtirok etishi muhimdir.

Binobarin, konstitutsiyamizning 4-moddasida qayd qilinganidek, "O'zbekiston Respublikasining davlat tili o'zbek tilidir" O'zbekiston Respublikasi o'z hududida istiqomat qiluvchi barcha millat va elatlarning tillari, urf-odatlari va an'analari hurmat qilinishini ta'minlaydi, ularning rivojlanishi uchun sharoit yaratadi"

Odatda, har qanday narsaning mohiyati boshqa biror narsa bilan taqqoslaganda bilinadi. Shuning uchun boshqa mamlakatlar konstitutsiyalari bilan solishtirilganda ham o'zbek qomusining naqadar insonparvarlik ruhi bilan yo'g'rilgani ma'lum bo'ladi. Masalan, konstitutsiyamizning 40-moddasida belgilab qo'yilganidek, "Har bir inson malakali tibbiy xizmatdan

December 1

Tashkent State Transport University Volume 3 | TSTU Conference 2 | 2022

The Constitution of the Republic of Uzbekistan O'zbekiston Respublikasi konstitutsiyasi -

is the Glorification of Human Dignity, the inson qadrini ulug'lash, erkin va

foydalanish huquqiga ega". Biz o'zbek xalqining naqadar sog'likka katta e'tibor qaratishi shu moddada o'z aksini topadi.

Kostitutsiyamizning 41-moddasida quyidagilar keltirilgan: "Har kim bilim olish huquqiga ega. Bepul umumiy ta'lim olish davlat tomonidan kafolatlanadi. Maktab ishlari davlat nazoratidadir" Mazkur moddada belgilab qo'yilgan qoidalarga e'tibor berilsa, quydagilarga amin bo'lamiz. Avvalo, bizda har bir fuqaro bilim olish huquqi bilan kafolatlanmoqda, millatidan qat'iy nazar, barcha fuqarolarga bu borada cheklash yo'q. Davlat tomonidan bepul umumiy ta'lim olish kafolatlanadi. Ayni paytda maktab ishlarining davlat nazoratida ekanligi bosh qomusimizda qat'iy tarzda belgilab qo'yilgan. Davlatimizning ta'lim sohasidagi siyosati Respublikamiz hududida yashayotgan har bir kishining eng asosiy konstitutsiyaviy huquqlaridan biri zamonaviy bilim olish uchun keng imkoniyatlar yaratishga qaratilgandir.

Konstitutsiya bizga faqat huquq va erkinliklar berib qolmasdan, qator burch va ma'suliyatlarini ham zimmamizga yuklaydi. Bu haqida alohida bob (VI bob) ajratilgan bo'lib, u "Fuqarolarning burchlari" deb nomlangan. Mazkur VI bobdagi moddaning har birida fuqarolarning burchlari aniq va ravshan ko'rsatib o'tilgan. Jumladan konstitutsiyamizning 23-moddasida "O'zbekiston Respublikasi o'z hududida ham, uning tashqarisida ham o'z fuqarolarini huquqiy himoya qilish va ularga homiylik ko'rsatishni ta'minlaydi" deyilgan.

Konstitutsiyamizning XIV bobi "Oila" deb nomlanib xalqimiz turmush tarzining o'ziga xosligini aks ettiruvchi oilaga bag'ishlangan 4 moddadan tashkil topgan. Ushbu bobda jamiyatimizning ma'naviy negizlari o'zining aniq ifodasini topgan desak mubolag'a bo'lamaydi. Darhaqiqat, 64-moddada qayt qilinganidek, "Ota - onalar o'z farzandlarini voyaga yetgunlariga qadar boqish va tarbiyalashga majburdirlar. Davlat va jamiyat yetim bolalarni boqish, tarbiyalash va o'qitishni ta'minlaydi, bolalarga bag'ishlangan hayriya faoliyatlarni rag'batlantiradi".

Mamlakatimizda har bir yilning ma'lum bir nomi bilan atalishi an'anaga aylangan. Jumladan, 2015 - yilning "Keksalarni e'zozlash yili", 2016- yilning "Sog'lom ona va bola yili", 2017 - yilning Xalq bilan muloqat va inson manfaatlari yili" deb nomlanishi hamda bu yo'nalishlarda olib borilgan chora tadbirlar negizida ham Asosiy qonunda belgilangan huquqiy asoslar yotadi. Konstitutsiya xalqimizga xos bo'lgan xususiyatlar: mehr-oqibat, odob-axloq, odamiylik, o'zga millatlarga hurmat, aql-zakovatga intilish, iymon va e'tiqod, or-nomus, iffat va hayo kabi ezgu fazilatlarga asoslanadi.

Konstitutsiyada milliy xususiyatlar ham yorqin aks ettirilgan. Bu xususiyatlar: konstitutsiyada mustahkamlangan

December 1

Tashkent State Transport University The Constitution of the Republic of Uzbekistan is the Glorification of Human Dignity, the Guarantee of Our Free and Prosperous Life

Volume 3 | TSTU Conference 2 | 2022 O'zbekiston Respublikasi konstitutsiyasi -inson qadrini ulug'lash, erkin va _farovon hayotimiz kafolati

qoidalarga milliy qonunchilik rivojlanishi uchun zamin yaratilganligi; tarixiy, milliy ana'nalar, urf-odatlar va qadriyatimiz singdirilganligi; madaniy va ma'naviy tarixiy merosni asrash, oila qadriyatlari va milliy, ruhiy, demokratik, tabiat-iqlim, ijtimoiy-iqtisodiy sharoitlar inobatga olinishida namoyon bo'ladi.

O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining har bir moddasini alohida sharhlash, izohlash, kundalik hayotiy masalalar bo'yicha xulosalar chiqarish mumkin. Bunday maqsad esa Konstitutsiya - Asosiy qonun sifatida jamiyatning har tomonlama kamol topishidagi dasturi amali ekanini anglab yetishdir. Ayniqsa yosh avlod tarbiyasida, huquqiy-demokratik davlat qurilayotgan bir paytda konstitutsiyamizni chuqurroq o'rganish va kundalik faoliyatimizda oqilona qo'llay olish barcha uchun ham qarz, ham farzdir. Shuning uchun har birimiz aql-zakovatimizni va bilim salohiyatimizni Konstitutsiyada mustahkamlangan yuksak g'oyalarni hayotda ro'yobga chiqarishga safarbar etishimiz lozim. Konstitutsiya bizning bosh qonunimizdir.

REFERENCES

1. O'zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi, T: 2019.

2. Носиров, Р. А., & Темирова, С. В. (2021). Педагогическое наследие мыслителей Средней Азии. Достижения науки и образования, (2 (74)), 4-5.

3. Темирова, С. В., & Шарифбаев, Х. У. (2022). ЁШЛАР ТАРБИЯСИ ВА УМУМИНСОНИЙ КАДРИЯТЛАР ТУШУНЧАСИНИНГ МАЗМУН-МОХДЯТИ. Academic research in educational sciences, 3(10), 350-359.

4. Носиров, Р. А., Рахимова, М. И., & Темирова, С. В. (2022). Жамиятда ижтимоий онгнинг узгариши-ижтимоий муносабатлар тахлили. инновации в педагогике и психологии, 5(3).

5. Назарова, Н. Ж., Муратова, Д. А., & Жуманиязова, Н. С. (2022). УЗБЕКИСТОН ТЕМИР ЙУЛ ТРАНСПОРТ ТИЗИМИДА АЁЛЛАРНИНГ УРНИ ВА РОЛИ. Scientific Impulse, 1(3), 331-336.

6. Носиров, Р. А., & Темирова, С. В. (2021). ИСТОРИЯ РАЗВИТИЯ ТРАНСПОРТНОГО СООБЩЕНИЯ НА ТЕРРИТОРИИ СРЕДНЕЙ АЗИИ. Научный журнал, (1 (56)), 17-19.

7. Mustafoev, S. M., & Temirova, S. V. (2022). О^ВЕККТОКБА TRANSPORT SOHASIDAGI ISLOHOTLAR. Academic research in educational sciences, 3(TSTU Conference 1), 566-569.

8. Носиров, Р. А., & Исмаилова, Ш. Б. К. (2022). СТРАТЕГИЧЕСКАЯ ЦЕННОСТЬ ОБРАЗОВАНИЯ ДЛЯ

December 1

227

Tashkent State Transport University The Constitution of the Republic of Uzbekistan is the Glorification of Human Dignity, the Guarantee of Our Free and Prosperous Life

Volume 3 | TSTU Conference 2 | 2022 O'zbekiston Respublikasi konstitutsiyasi -inson qadrini ulug'lash, erkin va _farovon hayotimiz kafolati

РАЗВИТИЯ НАУКИ И ПОДГОТОВКИ ПЕРСПЕКТИВНОГО КАДРОВОГО ПОТЕНЦИАЛА. Academic research in educational sciences, 3(TSTU Conference 1), 309-311.

9. Носиров, Р. А. (2022). УЗБЕК ХАЛ^ИНИНГ ЭТНИК ШАКЛЛАНИШИ. Uzbek Scholar Journal, 9, 198-202.

10. Temirova, S. V. (2022). IMPROVING THE SOCIAL AND PROFESSIONAL STRUCTURE OF YOUNG EMPLOYEES. Academic research in educational sciences, 3(TSTU Conference 1), 920-925.

11. Temirova, S. V. (2021). NEW UZBEKISTAN: FROM NATIONAL RECONSTRUCTION TO NATIONAL GROWTH. Innovative Technologica: Methodical Research Journal, 2(04), 93-96.

December 1

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.