Tashkent State Transport University The Constitution of the Republic of Uzbekistan is the Glorification of Human Dignity, the Guarantee of Our Free and Prosperous Life
Volume 3 | TSTU Conference 2 | 2022 O'zbekiston Respublikasi konstitutsiyasi -inson qadrini ulug'lash, erkin va _farovon hayotimiz kafolati
XALQIMIZ SALOMATLIGINI MUSTAHKAMLASH DAVLATIMIZ SIYOSATINING USTUVOR YO'NALISHI
Rashod Odilovich Nosirov
t.f.d., professor, TDTrU
Svetlana Vladimirovna Temirova
katta o'qituvchi TDTrU
Istiqlolning dastlabki yillaridan boshlab axoli salomatligini muxofaza qilish, barkamol avlodni shakllantirish davlatimiz siyosatini muhim yo'nalishlariga aylandi. Zero, Konstitutsiyamizning 40-moddasiga asoslanib amalga oshirilayotgan keng ko'lamli isloxotlar doirasida yaratilgan sog'liqni saklashning noyob milliy modeli yuksak samaralar berayotgani jahon hamjamiyati tomonidan keng etirof etilmoqda.
Dunyoda bugun ko'plab muammolarga duch kelayotgan har qanday mamlakat ijtimoiy barqarorlikka intiladi. O'zbekiston ushbu muammolarni jumladan, sog'likni saklash tizimini tubdan islox etish va uni xalqaro prinsiplar, xususan, birinchi tibbiy sanitariya yordamini ko'rsatish normalariga muvofiqlashtirish hamda aholining tibbiy xizmatlardan teng foydalanishini taminlash orkali samarali xal etmokda.
Xalqimiz salomatligini yanada mustaxkamlash, sog'lom avlodni kamolga yetkazish masalasi davlatimiz siyosatining ustuvor yo'nalishlaridan biridir. Zero, bugun mamlakatimizda zamonaviy tibbiyot muassasalarini barpo etish, ularni eng mukammal tibbiyot uskunalari bilan jihozlash, tibbiy xizmat sifatini oshirishga jiddiy etibor qaratilib kelinmoqda. Bu borada ayniqsa, O'zbekiston birinchi Prezidentning farmoniga muvofiq qabul qilingan va bosqichma-bosqich amalga oshirilgan sog'liqni saqlash tizimini isloh qilishga oid Davlat dasturi alohida ahamiyat kasb etmoqda. Ushbu huquqiy hujjatga ko'ra, joylarda ihtisoslashtirilgan shifo maskanlari faoliyati yo'lga qo'yilib, mazkur muassasalarning jahon andozalari darajasidagi tibbiy asbob-uskunalar bilan jihozlanganligi xastalikka aniq tashxis qo'yish, samarali muolaja usullarini qo'llash imkonini beryapdi.
Xususan, yurtimizda shoshilinch tibbiy yordam ko'rsatishning o'ziga xos tizimi shakllantirilganligi va aholiga tezkor, sifatli tibbiy xizmat ko'rsatilayotganligi buning amaliy tasdig'idir.
1993-yil 23-aprelda qabul qilingan Farmonga binoan tashkil etilgan «Sog'lom avlod uchun» hukumatga karashli bo'lmagan xalqaro xayriya jamg'armasi alohida o'rin tutadi. Jamgarma
December 1
242
Tashkent State Transport University Volume 3 | TSTU Conference 2 | 2022
The Constitution of the Republic of Uzbekistan O'zbekiston Respublikasi konstitutsiyasi -
is the Glorification of Human Dignity, the inson qadrini ulug'lash, erkin va
xotin-qizlar va bolalar salomatligini mustahkamlash, aholiga sanitariya-gigiena qoidalarini yetkazish, sog'lom turmush tarzini targ'ib qilishga salmoqli hissa qo'shmoqda.
Sog'likni saqlash muassasalari moddiy-texnik bazasini mustahkamlash, ularni zamonaviy davolash-tashxis qo'yish asbob-uskunalari, inventar va dori-darmonlar bilan taminlash borasida ham salmoqli ishlar amalga oshirilmoqda. Jamg'arma mamlakatimiz hududlaridagi shifokorlarning xorijiy tibbiyot markazlarida malakasini oshirishga ham ko'maklashmoqda.
«Sog'lom bola yili» Davlat dasturini ishlab chiqishda, birinchi navbatda, onalik va bolalikni muhofaza qilish, oilada sog'lom turmush tarzini ta'minlash, uning iqtisodiy va ma'naviy asoslarini mustahkamlash nazarda tutildi.
2014 yil mamlakatimizda «Sog'lom bola yili» deb e'lon qilindi. Davlat dasturini amalga oshirish doirasida jismonan sog'lom va barkamol avlodni tarbiyalashning me'yoriy-huquqiy bazasini yanada takomillashtirishga qaratilgan 3 ta qonun loyihasi ishlab chiqildi. Shu bilan birga, O'zbekiston Respublikasi Prezidentining «2014-2018 yillar davrida O'zbekistonda aholining reproduktiv salomatligini yanada mustahkamlash, onalar, bolalar va o'spirinlarning sog'lig'ini muhofaza qilish bo'yicha davlat dasturi to'g'risida»gi qarori qabul qilindi, uning ijrosi farzandlarimizni jismonan sog'lom va ma'naviy yetuk shaxs sifatida shakllantirishga xizmat qildi hamda yoshlarga oid davlat siyosatini yangi, yanada yuqori darajaga ko'tardi.
Sog'lom bola, avvalo, sog'lom va do'stona oilaning mevasidir, degan hayot haqiqatidan kelib chiqib, yil davomida oilada sevgi va o'zaro hurmat muhitini shakllantirish, uning iqtisodiy va ma'naviy asoslarini mustahkamlash, yosh oilalarni qo'llab-quvvatlash, onalikni himoya qilish bo'yicha keng ko'lamli ishlar amalga oshirildi, va bolalar uchun zarur shart-sharoitlarni yaratish va ayollarning kundalik uy ishlarini engillashtirish choralari ko'rildi.
«Sog'lom ona - sog'lom bola» loyihasi doirasida 13 million 600 mingdan ziyod ayollar va bolalar tibbiy ko'rikdan o'tkazildi. Natijada, 2 million 800 ming ayol va 2 million 500 ming bola sog'ayib ketdi, bu aholi salomatligi yo'ldagi muhim qadam bo'ldi.
Nogiron bolalar tug'ilishining oldini olish, shuningdek, yangi tug'ilgan chaqaloqlarda va homilador ayollarda tug'ma va boshqa patologiyalarni erta aniqlashda Vazirlar Mahkamasi «Onalar va bolalarni skrining qilish davlat tizimini tashkil etish to'g'risida» maxsus qaror qabul qildi va bu ushbu sohani rivojlantirishga katta hissa qo'shdi. 2009
December 1
Tashkent State Transport University Volume 3 j TSTU Conference 2 j 2G22
The Constitution of the Republic of Uzbekistan O'zbekiston Respublikasi konstitutsiyasi -
is the Glorification of Human Dignity, the inson qadrini ulug'lash, erkin va
yilda «2009-2013 yillarda aholining reproduktiv salomatligini mustahkamlash, sog'lom bolalar tug'ilishi, jismoniy va ma'naviy rivojlangan avlodni tarbiyalash bo'yicha ishlarni yanada kuchaytirish va samaradorligini oshirish bo'yicha chora-tadbirlar dasturi to'g'risida» qaror qabul qilindi. Ushbu hujjatga muvofiq, sog'liqni saqlash tizimini isloh qilish va bu sohada sifatli o'zgarishlarni ta'minlash bo'yicha ishlar davom ettirildi. Yuqumli kasalliklarga qarshi bolalarni emlash darajasi deyarli 100% ni tashkil etdi.
Har bir viloyat markazida kattalar va bolalar uchun ko'p tarmoqli tibbiyot markazlari tashkil etildi, har bir tumanda eng zamonaviy tibbiy asbob-uskunalar bilan jihozlangan qishloq vrachlik punktlari faoliyati yo'lga qo'yildi. Bugungi kunda respublikada 3000 ga yaqin qishloq vrachlik punktlari muvaffaqiyatli ishlamoqda.
2016 yil "Sog'lom ona va bola yili" deb e'lon qilindi. Ushbu yilda chekka qishloq joylarida yashovchilar, birinchi navbatda, ayollar va qizlar uchun zarur ijtimoiy, maishiy va tibbiy sharoitlarni yaratish, qishloq aholisini toza ichimlik suvi, tabiiy gaz bilan ta'minlash va xizmatlar sifatini yanada oshirish bo'yicha ishlar izchil davom ettirildi. Bolalar orasida yuqumli kasalliklarning oldini olish maqsadida 2014 yildan beri rotavirusga qarshi emlash milliy emlash taqvimiga kiritilgan bo'lib, unda 300 mingga yaqin bola qatnashgan.
«Sog'lom ona va bola yili» Davlat dasturini amalga oshirish jarayonida ushbu maqsadlar uchun barcha moliyalashtirish manbalaridan 7 trillion 480 milliard so'm va 190 million dollardan ko'proq mablag' sarflangan.
Jamg'arma tomonidan o'sib kelayotgan yosh avlodni sog'lomlashtirish va barkamol tarbiyalashga karatilgan davlat dasturlarini amalga oshirish borasida o'nlab loyihalar hayotga tatbiq etildi. Masalan, Sog'liqni saqlash vazirligi va "O'zbekiston temir yo'llari" aksionerlik kompaniyasi ishtirokida Navoiy, Qashqadaryo, Surxondaryo viloyatlari hamda Qoraqalpog'iston Respublikasiga bir necha marta "Salomatlik" poezdi tashkil etildi. Bu poezdlarning shifokorlar brigadalari tarkibiga mamlakatimiz etakchi klinikalarining tashhis qo'yish va davolash bilan shug'ullanadigan turli soha mutaxassislari kiritilgan bo'lib ular axoliga tibbiy maslahatlar bermokda, davolash va profilaktik yordam ko'rsatmoqda
O'zbekiston xotin-qizlar va bolalarni bepul skrining tekshiruvdan o'tkazish bo'yicha tizim faoliyat ko'rsatayotgan dunyodagi kamsonli va MDXdagi yagona mamlakat ekani takidlanadi. Aholining sog'lig'ini muhofaza qilish va barkamol yosh avlodni tarbiyalash bo'yicha umummilliy dastur mamlakatimizda tibbiyot sohasini chuqur isloh qilish va modernizatsiya qilish bo'yicha keng ko'lamli vazifalarni qo'ydi. Uni amalga oshirish
December 1
Tashkent State Transport University Volume 3 | TSTU Conference 2 | 2022
The Constitution of the Republic of Uzbekistan O'zbekiston Respublikasi konstitutsiyasi -
is the Glorification of Human Dignity, the inson qadrini ulug'lash, erkin va
Guarantee^fOurFe^nmPemPPmueLm
natijasida o'tgan yillar davomida respublikamiz sog'liqni saqlash tizimi rivojlanib, yangilanib borishda davom etmoqda. Bu yo'nalishda amalga oshirilgan ishlar ko'lami shundan dalolat beradi.
Demak, mustaqillik yillarida mamlakatimizda aholiga yuqori malakali bepul shoshilinch tibbiy yordam ko'rsatish bo'yicha tubdan yangi va o'ziga xos, eng yuqori talablar va xalqaro standartlarga javob beradigan shahar va tumanlardagi ixtisoslashtirilgan hududiy kasalxonalar va bo'limlardan tashkil topgan yagona tizim yaratildi. Ularning faoliyatini boshqarish va muvofiqlashtirish uchun Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi tashkil etildi.
Turli darajadagi sog'liqni saqlash muassasalari tarmog'ini optimallashtirish amalga oshirildi, zamonaviy uskunalar va malakali kadrlar bilan ta'minlangan, ixcham tuman va mintaqaviy ko'p tarmoqli birlashmalar va markazlar, oilaviy poliklinikalar tashkil etildi. Eng ilg'or, eng yangi tibbiy asbob-uskunalar va texnologiyalarni o'zlashtirishga, diagnostika va davolashning samarali usullarini joriy etishga, ushbu sohada xorijiy sheriklar bilan samarali hamkorlikni yanada rivojlantirishga qaratilgan ishlarimizni ham alohida ta'kidlash lozim.
Buning yorqin tasdig'i - O'zbekiston Respublikasi hukumati va Koreya Respublikasining Iqtisodiy hamkorlik jamg'armasi o'rtasida Toshkent shahrida eng yuqori - to'rtinchi darajali ixtisoslashtirilgan ko'p tarmoqli bolalar klinikasini qurish va jihozlash to'g'risida kredit shartnomasi imzolanganligidir. Ushbu noyob tibbiy markazni qurish uchun taxminan 130 million so'm, 600 ming dollar mablag' ajratish rejalashtirilgan bo'lib, uni 2017 yilda foydalanishga topshirildi.
Sog'lom bola yili muammolarini hal qilishda tibbiyot muassasalarining moddiy-texnik bazasi va kadrlar salohiyatini yanada mustahkamlash katta ahamiyatga ega edi. Ushbu maqsadlar uchun 137 tibbiyot muassasalarida, xususan, Andijon, Buxoro, Qashqadaryo, Samarqand, Toshkent viloyatlari ko'p tarmoqli bolalar tibbiyot markazlarida, Andijon shahar tug'ruq majmuasida, Toshkentdagi bolalar sanatoriyasida, Toshkent pediatriya tibbiyot instituti klinikasining bolalar jarrohligi bo'limida qurilish ishlari olib borildi. Deyarli, 410 milliard so'mlik rekonstruksiya va jihozlash ishlari amalga oshirildi.
Mamlakatimiz erishgan bunday tajribalar sog'likni saqlash sohasida amalga oshirilayotgan isloxotlar doimiy va uzluksiz jarayon ekanidan dalolat beradi. Tibbiyot muntazam takomillashib borgani pandemiya vaqtida o'z samarasini berdi.
O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoev 2020 yil 29 dekabrda Oliy Majlisga Murojaatnomasida shunday degan edi - "Barchamiz yaxshi bilamizki, bugungi kunda butun
December 1
Tashkent State Transport University The Constitution of the Republic of Uzbekistan is the Glorification of Human Dignity, the Guarantee of Our Free and Prosperous Life
Volume 3 | TSTU Conference 2 | 2022 O'zbekiston Respublikasi konstitutsiyasi -inson qadrini ulug'lash, erkin va _farovon hayotimiz kafolati
insoniyat koronavirus pandemiyasi degan global ofatni boshidan o'tkazmoqda. Bunday ulkan falokat jahon miqyosida so'nggi yuz yilda ro'y bermagan, desak, ayni haqiqatni aytgan bo'lamiz.
Oxirgi ma'lumotlarga ko'ra, dunyoning 191 mamlakatida 81 million kishi koronavirus bilan kasallangan. Ulardan 1 million 765 ming nafari vafot etgan.
Afsuski, bu ofat butun insoniyat qatori xalqimiz uchun ham kutilmagan tashvish va murakkab muammolarni keltirib chiqardi. Buxoro va Sardobada yuz bergan tabiiy va texnogen ofatlar ham el-yurtimizning irodasini yana bir bor sinovdan o'tkazdi.
Xalqimizning bukilmas irodasi, fidokorona mehnati va matonati, aholi va davlat organlarining birgalikdagi sa'y-harakatlari tufayli mavjud qiyinchiliklarni mardona engib o'tmoqdamiz". Mamlakatimizda pandemiyaning birinchi kunlaridan boshlab butun boshqaruv tizimi va barcha tibbiyot muassasalari favqulodda ish rejimiga o'tkazildi.
Qisqa muddatda Toshkent shahri va hududlarda barcha sharoitlarga ega bo'lgan qariyb 30 ming o'rinli davolash maskanlari tashkil etildi. Ular zarur dori -darmon, himoya va eng zamonaviy diagnostika vositalari bilan ta'minlandi. Pandemiyaga qarshi kurashish uchun 200 mingdan ziyod tibbiyot xodimi, jumladan, chet ellik 150 nafar yuqori malakali shifokor va mutaxassislar jalb etildi.
Pandemiya oqibatlarini yumshatish va bartaraf etish uchun davlat tomonidan jami 82 trillion so'mlik kompleks chora-tadbirlar amalga oshirildi. Jumladan, Inqirozga qarshi jamg'arma tashkil etilib, koronavirusga qarshi kurashish, aholi va korxonalarni qo'llab-quvvatlash bilan bog'liq tadbirlarga byudjetdan 16 trillion so'mdan ortiq mablag' yo'naltirildi.
O'z paytida ko'rilgan tezkor va tizimli choralarimiz natijasida ushbu xatarli kasallikning keng tarqalishiga yo'l qo'yilmadi. Yurtimizda osoyishta hayot, barqaror iqtisodiy rivojlanish davom etmoqda.
Bunday ofatni oldini olish borasida O'zbekiston hukumati oldida koronavirusga qarshi kurashish ustuvor vazifalardan biri bo'lib qoldi. Bu ish uchun 2021-yilgi davlat byudjetida uch trillion so'm miqdorida zaxira shakllantirildi.
Sanitariya-epidemiologiya xizmatining ish sifatini oshirish va moddiy-texnik bazasini yaxshilash, zamonaviy laboratoriyalar yaratishga 200 million dollar yo'naltirildi. Tibbiyot sohasini raqamlashtirishish ishlari amalga oshirildi. Xususan, masofaviy xizmatlar ro'yxati kengaytirildi, poliklinika va boshqa tashkilotlarda elektron ish yuritish rivojlantirildi.
December 1
Tashkent State Transport University Volume 3 | TSTU Conference 2 | 2022
The Constitution of the Republic of Uzbekistan O'zbekiston Respublikasi konstitutsiyasi -
is the Glorification of Human Dignity, the inson qadrini ulug'lash, erkin va
Bugungi kunda mamlakatda taniqli ilmiy maktablar negizida kardiologiya va kardiojarrohlik, akusherlik va ginekologiya, urologiya, oftalmologiya, pulmonologiya va ftiziatriya, endokrinologiya va boshqa sohalardagi taniqli ilmiy maktablar faoliyat yuritmoqda, bu erda eng yuqori toifadagi professional kadrlar jamlangan. Mijozlarga zamonaviy yuqori texnologik uskunalardan foydalangan holda tibbiy xizmat ko'rsatilmoqda.
REFERENCES
1. O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoevning Oliy Majlisga Murojaatnomasi. "O'zbekiston ovozi", 2020 yil 30 dekabr
2. Sh.Mirziyoev. Buyuk kelajagimizni mard va olijanob xalqimiz bilan quramiz. -T:"O'zbekiston", 2017 y.
3. Sh.Mirziyoev. Milliy tiklanishdan - milliy yuksalish sari. 4-tom.- T: "O'zbekiston", 2020 y.
4. Nosirov, R. A. (2021). EDUCATIONAL PROBLEMS IN THE HISTORY OF CENTRAL ASIA. Innovative Technologica: Methodical Research Journal, 2(04), 8285.
5. Дадашева, А. А. (2022). УЗБЕКИСТОН РЕСПУБЛИКАСИ-КОНСТИТУЦИЯВИЙ ИСЛОХ,ОТЛАР ДАВР ТАЛАБИ. Academic research in educational sciences, 3(10), 288-291.
6. Dadasheva, A. A. (2022). PUBLIC OPINION AND GOVERNMENT EVALUATION IN NEW UZBEKISTAN. The American Journal of Interdisciplinary Innovations Research, 4(01), 16-19.
7. Sanakulov, A., Rakhmonov, D., & Nazarova, N. (2020). Social Service Technologies and Mechanisms of its Implementations. International Journal of Advanced Science and Technology, 29(3), 14192-14198.
8. Носиров, Р. А., & Темирова, С. В. (2021). ИСТОРИЯ РАЗВИТИЯ ТРАНСПОРТНОГО СООБЩЕНИЯ НА ТЕРРИТОРИИ СРЕДНЕЙ АЗИИ. Научный журнал, (1 (56)), 17-19.
9. Самаров, Р., & Фарфиева, К. (2014). Ёшларда жинслараро хулк, мулокот маданиятини шакллантиришнинг ижтимоий-маданий ах,амияти. Современное образование (Узбекистан), (2), 49-52.
10. Носиров, Р. А. (2022). УЗБЕК ХАЛКДНИНГ ЭТНИК ШАКЛЛАНИШИ. Uzbek Scholar Journal, 9, 198-202.
11. Abdinazarovich, R. D., Anarbaevich, P. K., & Ikromovich, T. A. (2022). Scientific Development in New Uzbekistan: Results
December 1
Tashkent State Transport University The Constitution of the Republic of Uzbekistan is the Glorification of Human Dignity, the Guarantee of Our Free and Prosperous Life
Volume 3 | TSTU Conference 2 | 2022 O'zbekiston Respublikasi konstitutsiyasi -inson qadrini ulug'lash, erkin va _farovon hayotimiz kafolati
and Prospects. EUROPEAN JOURNAL OF INNOVATION IN NONFORMAL EDUCATION, 2(1), 76-82.
12. Носиров, Р. А., & Темирова, С. В. (2021). Педагогическое наследие мыслителей Средней Азии. Достижения науки и образования, (2 (74)), 4-5.
13. Назарова, Н. Ж. (2022). ЁШЛАРДАГИ РАВДБАТБАРДОШЛИК СИФАТЛАРИНИ РИВОЖЛАНТИРИШДА ДАМКОРЛИК. Academic research in educational sciences, 3(TSTU Conference 1), 570-575.
14. Насыров, Р. А. (1994). Социальное развитие села Узбекистана (1965-1985
15. Samarov, R. S., & Rakhmonov, D. A. (2016). Social work activity in providing the life of the society (functional-structural analysis). Theoretical & Applied Science,
16. Носиров, Р. А., & Исмаилова, Ш. Б. К. (2022). СТРАТЕГИЧЕСКАЯ ЦЕННОСТЬ ОБРАЗОВАНИЯ ДЛЯ РАЗВИТИЯ НАУКИ И ПОДГОТОВКИ ПЕРСПЕКТИВНОГО КАДРОВОГО ПОТЕНЦИАЛА. Academic research in educational sciences, 3(TSTU Conference 1), 309-311.
17. Рахмонов, Д. А. (2017). THE SOCIAL-CULTURAL PECULIARITIES OF SOCIAL WORK (IN THE MODEL OF SERVICING OLDER PEOPLE). Theoretical & Applied Science, (11), 285-288.
18. Самаров, Р. (2014). ЭРГАШ ГОЗИЕВНИНГ "ПСИХОЛОГИЯ МЕТОДОЛОГИЯСИ" УКУВ КУЛЛАНМАСИ-ФАН СОХДСИ РИВОЖИГА КУШИЛГАН МУЩМ ХИССА (Профессор Эргаш Гозиевнинг "Психология методологияси" укув кулланмасига такриз). Современное образование (Узбекистан), (2), 66-68.
гг.).
(7), 14-16.
December 1