Научная статья на тему 'KONSTITUTSIYA – ERKIN VA FAROVON HAYOTIMIZ, MAMLAKATIMIZNI YANADA TARAQQIY ETTIRISHNING MUSTAHKAM POYDEVORIDIR'

KONSTITUTSIYA – ERKIN VA FAROVON HAYOTIMIZ, MAMLAKATIMIZNI YANADA TARAQQIY ETTIRISHNING MUSTAHKAM POYDEVORIDIR Текст научной статьи по специальности «Право»

181
13
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Область наук
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «KONSTITUTSIYA – ERKIN VA FAROVON HAYOTIMIZ, MAMLAKATIMIZNI YANADA TARAQQIY ETTIRISHNING MUSTAHKAM POYDEVORIDIR»

Tashkent State Transport University The Constitution of the Republic of Uzbekistan is the Glorification of Human Dignity, the Guarantee of Our Free and Prosperous Life

Volume 3 | TSTU Conference 2 | 2022 O'zbekiston Respublikasi konstitutsiyasi -inson qadrini ulug'lash, erkin va _farovon hayotimiz kafolati

KONSTITUTSIYA - ERKIN VA FAROVON HAYOTIMIZ, MAMLAKATIMIZNI YANADA TARAQQIY ETTIRISHNING MUSTAHKAM POYDEVORIDIR

Izzat Dauletnazarovich Beknazarov

Toshkent davlat transport universiteti, Yurisprudentsiya yo'nalishi 2-kurs talabasi

O'zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi xalqimiz siyosiy-huquqiy tafakkurining yuksak namunasidir. U hech kimga qaram bo'lmasdan, erkin va ozod, tinch va osoyishta, farovon yashashning qonuniy kafolati bo'lib kelmoqda. Bozor munosabatlariga asoslangan huquqiy demokratik davlat, kuchli fuqarolik jamiyati barpo etish borasida mustahkam poydevor bo'lib xizmat qilmoqda.

Konstitutsiyamiz asosida mamlakatimizda milliy qonunchilik tizimi, davlat organlari, fuqarolik jamiyati institutlari shakllandi. Bugungi kunda barcha jabhalarda keng ko'lamli islohotlar amalga oshirilmoqda. Ijtimoiy-iqtisodiy, siyosiy va harbiy salohiyatimiz yuksalib, fuqarolarimizning dunyoqarashi tobora o'sib bormoqda. Bularning barchasi, eng avvalo, Bosh qomusimizning hayotbaxsh kuch-qudrati natijasidir.

Asosiy qonunimiz talablarini to'liq amalga oshirish borasida hali oldimizda ulkan vazifalar turganini yaxshi tushunamiz. Ya'ni, xalqimiz hayot darajasi va sifatini yanada yaxshilash, inson huquq va manfaatlarini amalda ta'minlash bo'yicha hali ko'p ish qilishimiz kerak. Eng avvalo, odamlarimiz islohotlar samarasini kelajakda emas, balki bugun o'z hayotida his etishlari zarur. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil 28 yanvardagi PF-60-son "2022-2026 yillarga mo'ljallangan "Yangi O'zbekistonning taraqqiyot strategiyasi to'g'risida"gi kontseptsiyada jamiyat hayotining barcha sohalaridagi tizimli islohotlarning "yo'l xaritasi"ga aylandi. Strategiyada 7 yo'nalish 94 maqsad talqin qilingan. Ushbu kontseptsiyada murakkab jarayonlarni va mamlakatimiz bosib o'tgan taraqqiyot natijalarini chuqur tahlil qilgan holda keyingi yillarda «Inson qadri uchun» tamoyili asosida xalqimizning farovonligini yanada oshirish, iqtisodiyot tarmoqlarini transformatsiya qilish va tadbirkorlikni jadal rivojlantirish, inson huquqlari va manfaatlarini so'zsiz ta'minlash hamda faol fuqarolik jamiyatini shakllantirishga qaratilgan islohotlarning ustuvor yo'nalishlarini belgilash maqsadida: Keng jamoatchilik muhokamasi natijasida «Harakatlar strategiyasidan - Taraqqiyot

strategiyasi sari» tamoyiliga asosan ishlab chiqilgan quyidagi

December 1

Tashkent State Transport University Volume 3 | TSTU Conference 2 | 2022

The Constitution of the Republic of Uzbekistan O 'zbekiston Respublikasi konstitutsiyasi -

is the Glorification of Human Dignity, the inson qadrini ulug'lash, erkin va

yettita ustuvor yo'nalishdan iborat 2022-2026 yillarga mo'ljallangan Yangi O'zbekistonning taraqqiyot strategiyasi va uni «Inson qadrini ulug'lash va faol mahalla yili»da amalga oshirishga oid davlat dasturi o'rganilgan. Bu jarayonda inson qadrini yuksaltirish va erkin fuqarolik jamiyatini yanada rivojlantirish orqali xalqparvar davlat barpo etish masalalari asosiy vazifa sifatida ko'rsatilgan.

Strategiyaning 5-punkitida aholi salomatligini ta'minlash bo'yicha belgilangan vazifalar doirasida 2022 yilda: hududlarda birlamchi tibbiy xizmatini «bir qadam» tamoyili asosida yo'lga qo'yib, 105 ta oilaviy shifokor punkti va 31 ta oilaviy poliklinika tashkil etilishi, Sog'liqni saqlash vazirligi, Qoraqalpog'iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari bilan birgalikda hududlarda tegishli qurilish ishlarini 2022 yil yakuniga qadar yakunlash bo'yicha amaliy choralarni ko'rishi, sog'liqni saqlash vazirligi va Moliya vazirligi bilan birgalikda ikki oy muddatda xususiy tibbiyot tashkilotlarida Davlat byudjeti hisobidan imtiyozli toifaga kiruvchi shaxslarni davolashga yo'llashning elektron axborot tizimi orqali ularga bepul tibbiy xizmatlarni ko'rsatish mexanizmi joriy qilinishini ta'minlanishi haqida ma'lumotlar joriy qilingan[1]. Bularning barchasi bayon etilgan quruq va'dalar emas.

Davlat xalq farovonligiga salbiy ta'sirini yumshatish maqsadida har qanday ijtimoiy-iqtisodiy o'zgarishlarni hisobga olib borishga intiladi.

Bozor munosabatlari va iqtisodiyotdagi tarkibiy o'zgarishlar chuqurlasha borishi bilan xalq turmush darajasiga hamisha ham ijobiy ta'sir o'tkazavermaydigan holatlar muqarrar suratda paydo bo'lib borishini O'zbekiston rahbariyati yaxshi tushunadi. Shu munosabat bilan mamlakatimizda kuchli ijtimoiy siyosat olib borilayotgani bejiz emas. Ayni paytda ijtimoiy muhofaza vositalari yanada mustahkamlanmoqda. Bu jarayon jamiyatimizda odamlarning ijtimoiy jihatdan keskin tabaqalanishiga yo'l qo'ymaslikni, ya'ni boy-badavlat odamlar bilan bir qatorda nochor va qashshoq kishilar paydo bo'lishiga yo'l qo'ymaslikni nazarda tutadi.

«Kuchli davlatdan kuchli fuqarolik jamiyati sari» [2] siyosiy qurilish dasturining mohiyatini belgilashi hamda fuqarolik jamiyatining mustahkam asoslarini barpo etish yo'lidagi ishlarimizning mazmunini ifoda etishi darkor. Bizning sharoitimizda shu kabi jihatlarni to'g'ri idrok etish davlat va huquqning mazmun-mohiyatini teranroq anglash imkonini beradi.

2022 yilning may oyi xalqimiz hayotida o'ziga xos voqelikka ega bo'lgan oy sifatida tarixga muhrlanmoqda. Boisi 17 may kuni mamlakatimiz parlamentida eng ko'p deputatlik o'rniga ega bo'lgan ikki siyosiy partiya - Tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati - O'zbekiston

December 1

Tashkent State Transport University Volume 3 | TSTU Conference 2 | 2022

The Constitution of the Republic of Uzbekistan O 'zbekiston Respublikasi konstitutsiyasi -

is the Glorification of Human Dignity, the inson qadrini ulug'lash, erkin va

Liberal-demokratik partiyasi va "Milliy tiklanish" demokratik partiyasi fraktsiyalari tashabbusi bilan O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga o'zgartish va qo'shimchalar kiritish tashabbusini ilgari surishga qaratilgan qo'shma yig'ilish bo'lib o'tdi. Ushbu masalalarni etiborga olgan holda mahalliy tibbiy huquqdan foydalanish, davlat siyosati darajasiga ko'tarilishi lozimligini bo'yicha qo'yidagi taklif va tavsilarni ham atab o'tish joiz:

1. O'zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasiyning IX bob. Iqtisodiy va ijtimoiy huquqlar, 40-moddasiga qo'shimchalar kiritish zarur. Shunki bu yerda «Har bir inson malakali tibbiy xizmatdan foydalanish huquqiga ega»[3] ekanligidan qo'shimcha qilish va konkretlashtirish kerak.

2. O'zbekiston Respublikasida davlat siyosati «Xalq davlat organlariga emas, davlat organlari xalqqa xizmat qilishi kerak» degan g'oyani amalga oshirishga qaratilganini inobatga olib, kam ta'minlangan, temir daftarda bor, ko'p bolali oilalar yiliga 2 marotaba bepul tibbiy ko'rikdan o'tkazish;

3. Ko'p yillik tajribaga ega bo'lgan pedagog kadrlarni (professor-o'qituchilar, xalq ta'limi a'lochilari, va mahalliy milliy huquqiy madaniyatini yuksaltirish davlat siyosati darajasiga ko'tarilishi, davlat byudjeti tomonidan yiliga 2 marotaba bepul tibbiy ko'rikdan o'tkazishi, shuningdek eng asosiysi yiliga 1 marotaba bepul sanatoriyalarda dam olishi davlat tomonidan taminlash kerak;

4. Jahon sog'liqni saqlash tashkilotining Xalq tabobati sohasidagi 2022-2026 yillarga mo'ljallangan aniq strategiyasini ishlab chiqish kerak. Respublika markazi, Toshkent tibbiyot akademiyasi, O'zbekiston xalq tabobati assotsiatsiyasi va "Tabobat" akademiyasi davlat tomonidan ushbu masalalarni qayta ko'rib chiqishi va kelgusida xalqimizning mahalliy milliy huquqiy madaniyatini yuksaltirish davlat siyosati darajasiga ko'tarilishi lozim.

5. Xalq tabobati akademiyasi ishlarini davlat tomonidan qayta ko'rib chiqish, kerak bo'lsa ularni qo'llab qo'vvatlashga qayta o'qitish, gigena masalalarini ko'rib chiqish zarurShuningdek, Xalq tabobati bilan shug'ullanuvchi shaxslar sertifikat olishlari kerak;

6. Shifokaorla va xalq tabobati o'rtasida raqobat bo'lishi kerak;

7. Xalq tabobati vakillarini ham tibbiy sug'urta ishtirok etishiga nisbatan qonunchilikda hech bir taqiq mavjud emas. Masalan, sinish yoki suyaklar va bo'g'inlar shikastlanishida ular tomonidan ko'rsatiladigan xizmatlarni hech bir tibbiyot muassasasi ko'rsatmaydi. Bunda bemor uzoq vaqt qiynalib yuradi. Tabiblar faoliyatini ham ixtiyoriy tibbiy sug'urta asosida belgilash maqsadga muvofiq bo'lar edi.

December 1

Tashkent State Transport University The Constitution of the Republic of Uzbekistan is the Glorification of Human Dignity, the Guarantee of Our Free and Prosperous Life

Volume 3 | TSTU Conference 2 | 2022 O'zbekiston Respublikasi konstitutsiyasi -inson qadrini ulug'lash, erkin va _farovon hayotimiz kafolati

REFERENCES

1. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining PF-60 sonli 2022-2026 yillarga mo'ljallangan yangi O'zbekistonning taraqqiyot strategiyasi

2. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoni, 07.02.2017 yildagi PF-4947-son

3. O'zbeksiton Respublikasining Qonuni, 29.08.1996 yildagi 265-I-s

4. Узбекистан халк; табобати ассоциацияси Gigiena. N.M.Demidenko. Toshkent 2002.

5. Дадашева, А. А. (2022). ДАВЛАТ ХИЗМАТИНИ ИСЛО^ ^ИЛИШ ШАРОИТИДА Х,ОКИМЛАР ФАОЛИЯТИ УСТИДАН ЖАМОАТЧИЛИК НАЗОРАТИНИ АМАЛГА ОШИРИШНИНГ АСОСИЙ ЙУНАЛИШЛАРИ. Academic research in educational sciences, 5(TSTU Conference 1), 117-122.

6. Инагамова, М. М. (2022). ЯНГИ УЗБЕКИСТОННИНГ ТАРА^^ИЁТ СТРАТЕГИЯДА ^ОНУН УСТУВОРЛИГИНИ ТАЪМИНЛАШ ВА МА^АЛЛА ИНСТИТУТИ ФАОЛИЯТИНИНГ САМАРАДОРЛИГИНИ ОШИРИШНИНГ ТАШКИЛИЙ-^У^УКИЙ МАСАЛАЛАРИ (ТАХ,ЛИЛИЙ-СТАТИСТИК МАЪЛУМОТЛАР АСОСИДА). Academic research in educational sciences, 5(10), 315-321.

7. Dadasheva, A. A. (2022). PUBLIC OPINION AND GOVERNMENT EVALUATION IN NEW UZBEKISTAN. The American Journal of Interdisciplinary Innovations Research, 4(01), 16-19.

8. Дадашева, А. А. (2020). МАХДЛЛИЙ ИЖРО Х,ОКИМИЯТИ ФАОЛИЯТИ УСТИДАН ЖАМОАТЧИЛИК НАЗОРАТИНИ НАТИЖАДОРЛИГИНИ ОШИРИШНИНГ ИЛМИЙ-НАЗАРИЙ ЕЧИМЛАРИ. ЖУРНАЛ ПРАВОВЫХ ИССЛЕДОВАНИЙ, (SPECIAL 2-2).

9. Juraevna, N. N. (2021). Development of Communicative Competence the Youth as a Factor of Affecting Competitiveness (On the Example of Foreign Language Teaching). Pindus Journal of Culture, Literature, and ELT, 9, 73-79.

10. Дадашева, А. А. (2022). УЗБЕКИСТОН РЕСПУБЛИКАСИ-КОНСТИТУЦИЯВИЙ ИСЛОХ,ОТЛАР ДАВР ТАЛАБИ. Academic research in educational sciences, 5(10), 288-291.

11. Назарова, Н. Ж., Муратова, Д. А., & Жуманиязова, Н. С. (2022). УЗБЕКИСТОН ТЕМИР ЙУЛ ТРАНСПОРТ ТИЗИМИДА АЁЛЛАРНИНГ УРНИ ВА РОЛИ. Scientific Impulse, 1(3), 331-336.

12. Юнусова, Н. Ш., & Яхяева, М. (2022). МОЛОДЕЖЬ И ИНФОРМАЦИОННАЯ СРЕДА. Academic research in educational sciences, 3(10), 372-376.

13. Юнусова, Н. Ш., Назарова, Н. Ж., & Жуманиязова, Н. С. (2022). ПЕДАГОГЛАРДА КАСБИЙ КОМПЕТЕНЦИЯНИ ТАКОМИЛЛАШТИРИШ (ОЛИЙ ТАЪЛИМ ТИЗИМИ МИСОЛИДА). Современное образование (Узбекистан), (6 (115)), 9-16.

December 1

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.