Научная статья на тему 'KONSTITUTSIYAMIZNING JAMIYAT HAYOTIDAGI AHAMIYATI'

KONSTITUTSIYAMIZNING JAMIYAT HAYOTIDAGI AHAMIYATI Текст научной статьи по специальности «Право»

965
50
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Область наук
Ключевые слова
Konstitutsiyaning ahamiyati / jamiyat / Konstititsiya — oliy yuridik qonun / fuqarolik jamiyati / huquqiy jamiyat / jamoat birlashmalari / normativ qonunlar / jamoat birlashmalari faoliyatida inson huquqlari

Аннотация научной статьи по праву, автор научной работы — Moxir Abdumavlon Oʻgʻli Zokirov, Akbar Maxsud Ogli Muxammedov

Konstitutsiyamiz bilamizki asosyi qonun va unga so'zsiz amal qilish hamda unda belgilangan normalarni har biri jamiyatimiz hayoti uchun juda muhim ekanligini o'zimizning faoliyatimiz davomida ko'rishimiz mumkin. Deyarli har bir davlat o'z konstitutsiyasiga ega va ularni amal qilishi o'z navbatida jamiyat hayotining qay darajada ekanligini va rivojlanishi hamda farovonligi reytingini belgilab beradi. Dastlab konstitutsiyaning ahamiyatini uning qay darajadagi hujjat ekanligini va uning huquqiy maqomi qay darajada ekanligini bilishimiz lozim va shundan so'ng biz har bir amalga oshirayotgan harakatimizni huquqiy natijasi borligini hamda ular uchun rag'batlantirish yoki javobgarlik nafaqat Konstitutsiyada balki boshqa normativ huquqiy hujjatlarimizda aks etganini ko'rishimiz mumkin. Inson borki jamiyat mavjud, demak insonlar o'z huquqlarini amalga oshirish davomida atrofdagi insonlar uchun zarar yoxud xavf tug'dirmagan taqdirda amalga oshirishlari lozim. Bilamizki, jamiyat tushunchasi o'z ma'nosidan ham ko'rinib turibdiki, jamoa, jamoalar birlashmasi yoxud kishilar jamoasi ma'nolarini anglatadi. Shuningdek, jamiyat davlat faoliyati davomida jamoat birlashmalari va jamiyatning tajribaga ega a'zolari fikriga asoslangan holda davlat boshqaruvini tashkil etadi. Ya'ni bilamizni fuqarolik instituti hisoblangan jamoat birlashmalari konstitutsiyamizning uchinchi bo'limida alohida bob shaklida yoritilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «KONSTITUTSIYAMIZNING JAMIYAT HAYOTIDAGI AHAMIYATI»

Tashkent State Transport University The Constitution of the Republic of Uzbekistan is the Glorification of Human Dignity, the Guarantee of Our Free and Prosperous Life

Volume 3 | TSTU Conference 2 | 2022 O'zbekiston Respublikasi konstitutsiyasi -inson qadrini ulug'lash, erkin va _farovon hayotimiz kafolati

KONSTITUTSIYAMIZNING JAMIYAT HAYOTIDAGIAHAMIYATI

Moxir Abdumavlon o'g'li Zokirov Akbar Maxsud o'g'li Muxammedov

Toshkent davlat transport universiteti yurisprudensiya yo'nalishi talabalari

moxir.zokirov@icloud.com akbarmuxammedov 1 @icloud.com

ANNOTATSIYA

Konstitutsiyamiz bilamizki asosyi qonun va unga so'zsiz amal qilish hamda unda belgilangan normalarni har biri jamiyatimiz hayoti uchun juda muhim ekanligini o'zimizning faoliyatimiz davomida ko'rishimiz mumkin. Deyarli har bir davlat o'z konstitutsiyasiga ega va ularni amal qilishi o'z navbatida jamiyat hayotining qay darajada ekanligini va rivojlanishi hamda farovonligi reytingini belgilab beradi. Dastlab konstitutsiyaning ahamiyatini uning qay darajadagi hujjat ekanligini va uning huquqiy maqomi qay darajada ekanligini bilishimiz lozim va shundan so'ng biz har bir amalga oshirayotgan harakatimizni huquqiy natijasi borligini hamda ular uchun rag'batlantirish yoki javobgarlik nafaqat Konstitutsiyada balki boshqa normativ huquqiy hujjatlarimizda aks etganini ko'rishimiz mumkin. Inson borki jamiyat mavjud, demak insonlar o'z huquqlarini amalga oshirish davomida atrofdagi insonlar uchun zarar yoxud xavf tug'dirmagan taqdirda amalga oshirishlari lozim. Bilamizki, jamiyat tushunchasi o'z ma'nosidan ham ko'rinib turibdiki, jamoa, jamoalar birlashmasi yoxud kishilar jamoasi ma'nolarini anglatadi. Shuningdek, jamiyat davlat faoliyati davomida jamoat birlashmalari va jamiyatning tajribaga ega a'zolari fikriga asoslangan holda davlat boshqaruvini tashkil etadi. Ya'ni bilamizni fuqarolik instituti hisoblangan jamoat birlashmalari konstitutsiyamizning uchinchi bo'limida alohida bob shaklida yoritilgan.

Kalit so'zlar: Konstitutsiyaning ahamiyati, jamiyat, Konstititsiya — oliy yuridik qonun, fuqarolik jamiyati, huquqiy jamiyat, jamoat birlashmalari, normativ qonunlar, jamoat birlashmalari faoliyatida inson huquqlari.

Kirish

Konstitutsiya lotincha constitutio — „tuzilish", „tuzuk" ma'nolarini anglatadi. Konstitutsiyamiz 1992-yil 8-dekabrda qabul qilingan va Konstititutsiya kuni qilib belgilangan. Konstitutsiyamiz davlatimizni bosh qomusi ekanligini bilamiz. Bugungi kunda

December 1

300

Tashkent State Transport University Volume 3 | TSTU Conference 2 | 2022

The Constitution of the Republic of Uzbekistan O'zbekiston Respublikasi konstitutsiyasi -

is the Glorification of Human Dignity, the inson qadrini ulug'lash, erkin va

bilamizki, jamiyat farovonligi va jamiyat xavfsizligi, jamoat birlashmalari tushunchalari ko'p duch kelmoqdamiz. Bu tushunchalar shuni anglatadiki, jamiyat faoliyatida yuqorida aytilgan belgilar mavjud bo'lsa davlatning ham faoliyatida rivojlanish bo'lishini ko'ramiz. Jamiyatga dastlab har bir allomalar turlicha fikr bildirishgan, masalan: Farobiy fikricha "Eng yaxshi fazilat va oliy darajadagi komillikni kichik birligi shahar hisoblanadigan madaniy jamiyat ichidagina qo'lga kiritish mumkin. Nemis mutaffakiri Gegel bo'yicha jamiyatning mukammal tipi bo'lib, German davri hisoblanadi. Bu davrda ilgari bo'lmagan holat: ilohiy va insoniy tabiatning birlashishi, fuqaro jamiyatining intellektual ilohiy podsholik bilan birlashishi ro'y berdi. Bu birlashishning muhim sababchilaridan biri, barcha insonlar teng, ozod va o'z hayotlarini o'zlari belgilaydilar, kabi ta'limot beruvchi xristianlikdir. Veberning fikricha, Antik jamiyatda hukmronlik va xokimiyat hukmronlar va itoatkorlar o'rtasida muqaddas sanalgan va "azaldan shunday bo'lib kelgan", deb hisoblangan.

Xususan, hozirgi ijtimoiy-siyosiy taraqqiyot industrial jamiyat qadriyatlarining inkor olib kelgani, bu jamiyat hozir inqirozga yuz tutayotgani, insoniyat esa "Industrial jamiyatga nisbatan o'zini o'zi ko'proq o'zgartirish qobiliyati bilan farq qiluvchi", shartli ravishda "Postindustrial jamiyat" (axborotlashgan jamiyat), deb ataladigan ijtimoiy sistemaga qarab rivojlanib bormoqda, deb ko'rsatiladi. Axborotlashgan jamiyat shakli ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish, eng avvalo, axborotni ishlab chiqarish, unga "ishlov berish", saqlash va jamiyat a'zolariga yetkazishga bog'liq bo'ladigan jamiyatdir. Falsafiy va sotsiologik tadqiqotlarda "Axborotlashgan jamiyat" tushunchasi yangi jamiyat sifatida, ya'ni ijtimoiy taraqqiyotning zamonaviy postindustrial jamiyatga o'tilishida va unda faoliyatning oshishi axborotni uzatish va saqlashga bog'liq bo'ladi.

Asosiy qism. Yaponiya Konstitutsiyasi 11-moddasida "Xalq insonning barcha asosiy huquqlaridan moneliksiz foydalanadi. Ushbu Konstitutsiya bilan kafolatlanadigan insonning asosiy huquqlari hozirgi va kelajak avlodlarga buzilmas mangu huquqlar sifatida taqdim etiladi. Xalq insonning barcha asosiy huquqlaridan to'siqsiz foydalanadi", deb qayd etilgan. Konstitutsiyaning 12-moddasida "Ushbu Konstitutsiya bilan kafolatlanadigan erkinliklar va huquqlar xalqning doimiy sa'y-harakatlari bilan qo'llab-quvvatlanib turilishi kerak. Xalq ushbu erkinliklar va huquqlarni har qanday suiste'mol qilishdan tiyilib turishi kerak va ulardan jamiyatning tinch-totuvlik manfaatlarida foydalanish uchun doimiy mas'uldir" deb ko'rsatilgan. Konstitutsiyaning 13-moddasida esa shunday deyiladi: "Barcha odamlar shaxs sifatida

December 1

Tashkent State Transport University The Constitution of the Republic of Uzbekistan is the Glorification of Human Dignity, the Guarantee of Our Free and Prosperous Life

Volume 3 | TSTU Conference 2 | 2022 O'zbekiston Respublikasi konstitutsiyasi -inson qadrini ulug'lash, erkin va _farovon hayotimiz kafolati

hurmat qilinishi kerak. Ularning yashash, erkinlik va baxt-saodatga erishishga intilish huquqi ijtimoiy barqarorlikni buzmasligi uchun qonunchilik sohasi va boshqa davlat ishlarida g'amxo'rlikning oliy yo'nalishi hisoblanadi".

Ushbu moddalar inson huquqlari abadul-abad va buzilmas ekanligini, o'z mohiyati bo'yicha insonning bir-biriga zid bo'lgan asosiy huquqlarini tartibga solish mumkinligini nazarda tutadi. Masalan, boshqa odamlarning sha'ni va qadr-qimmatiga tajovuz qilish uchun jazolash fikr bildirish erkinligini chegaralashi mumkin. Biroq u boshqa odamlarning sha'ni va qadr-qimmatini himoya qilish uchun har qanday holatda zarurdir. Bunday chegaralashlar "jamiyat farovonligi" kontseptsiyasi doirasida tushuntirilishi mumkin. Shunday qilib, "jamiyat farovonligi" kontseptsiyasi doirasida insonning barcha ana shunday huquqlari boshqa odamlar huquqlariga zid kelmasa, ularni chegaralash uchun asos yo'q. Masalan, fikrlash va vijdon erkinligi (19-modda) mutlaq qoida sifatida anglanadi va bu masalada chegaralashlarga yo'l qo'yilmaydi.1

Yuqoridagi fikrlardan ko'rishimiz mumkinki, xorij tajribasi siaftida ko'p davlatlar tomonidan tan olingan yapon konstititutsiyasida jamiyat uchun qanday ahamiyat berilgani hamda uning muhimligi jihatlari keng yoritilib berilgan. Bizning Konstitutsiyamizning 56-moddasidan 62-moddalarigacha jamoat birlashmalari haqida tushunchalar hamda ularning faoliyati haqida batafsil yoritilgan. Shunningdek konstititsiyamizda oila jamiyatning asosiy bo'g'ini ekanligi hamda boshqa konstitutsiyalardan farqli ravishda tegishli normlari mavjud ekanligi o'ziga xos o'zbekona urf-odatlari tarbiya aks etganini ko'rishimiz mumkin.

Xulosa. Xulosa qilib aytadigan bo'lsak, Konstitutsiyada jamiyatning roli haqida keng yoriltilgan bo'lib buni yanada mustahkamlash jarayonida refrendum o'tkazilsihi jarayonida o'zimizning taklif va mulohazalarimizni berishimiz hamda uning rivojiga shu yo'l orqali yoxud o'z faolligimiz orqali hissa qo'shishimiz mumkin.

O'z navbatida shaxslar jamiyat rivoji uchun o'z faolliklari aqliy va foydali jismoniy mehnatlari huquqiy madaniyatlari va burchlarini bajarish orqali jamiyat rivojiga o'z hissalarini qo'shishlari mumkin. Ya'ni o'zlarinimg konstitutsiyaviy huquqlaridan foydalangan holda shaxsiy fikrlarini bildirishlari mumkin hisoblanadi. Hamda jamiyat faoliyatini qay darajada muhimligini anglagan holda uning faoliyatiga befarq bo'lmagan holda jamiyat faoliyatida faol ishtirok etish orqali davlat va

December 1

Tashkent State Transport University The Constitution of the Republic of Uzbekistan is the Glorification of Human Dignity, the Guarantee of Our Free and Prosperous Life

Volume 3 | TSTU Conference 2 | 2022 O'zbekiston Respublikasi konstitutsiyasi -inson qadrini ulug'lash, erkin va _farovon hayotimiz kafolati

barchamizning asosiy vazifalari bo'lgan fuqarolik jamiyati qurish yo'lidagi maqsadlarimizga erishish yo'lida dadil qadamlar tashlagan bo'lamiz.

REFERENCES

1. ДАДАШЕВА, А. (2021). Взаимодействие органов представительной власти на местах и самоуправления граждан в осуществлении действенного общественного контроля. Fuqarolik jamiyati. Гражданское общество, 22(2), 70-

2. Юнусова, Н. Ш., Назарова, Н. Ж., & Жуманиязова, Н. С. (2022). ПЕДАГОГЛАРДА КАСБИЙ КОМПЕТЕНЦИЯНИ ТАКОМИЛЛАШТИРИШ (ОЛИЙ ТАЪЛИМ ТИЗИМИ МИСОЛИДА). Современное образование (Узбекистан), (6 (115)), 9-16.

3. Дадашева, А. А. (2022). ДАВЛАТ ХИЗМАТИНИ ИСЛОХ КИЛИШ ШАРОИТИДА ХОКИМЛАР ФАОЛИЯТИ УСТИДАН ЖАМОАТЧИЛИК НАЗОРАТИНИ АМАЛГА ОШИРИШНИНГ АСОСИЙ ЙУНАЛИШЛАРИ. Academic research in educational sciences, 3(TSTU Conference 1), 117-122.

4. Инагамова, М. М. (2022). ЯНГИ УЗБЕКИСТОННИНГ ТАРАККИЁТ СТРАТЕГИЯДА КОНУН УСТУВОРЛИГИНИ ТАЪМИНЛАШ ВА МАХДЛЛА ИНСТИТУТИ ФАОЛИЯТИНИНГ САМАРАДОРЛИГИНИ ОШИРИШНИНГ ТАШКИЛИЙ-ХУКУКИЙ МАСАЛАЛАРИ (ТАХЛИЛИЙ-СТАТИСТИК МАЪЛУМОТЛАР АСОСИДА). Academic research in educational sciences, 3(10), 315-321.

5. Dadasheva, A. A. (2022). PUBLIC OPINION AND GOVERNMENT EVALUATION IN NEW UZBEKISTAN. The American Journal of Interdisciplinary Innovations Research, 4(01), 16-19.

6. Назарова, Н. Ж., Муратова, Д. А., & Жуманиязова, Н. С. (2022). УЗБЕКИСТОН ТЕМИР ЙУЛ ТРАНСПОРТ ТИЗИМИДА АЁЛЛАРНИНГ УРНИ ВА РОЛИ. Scientific Impulse, 1(3), 331-336.

7. Дадашева, А. А. (2020). МАХДЛЛИЙ ИЖРО ХОКИМИЯТИ ФАОЛИЯТИ УСТИДАН ЖАМОАТЧИЛИК НАЗОРАТИНИ НАТИЖАДОРЛИГИНИ ОШИРИШНИНГ ИЛМИЙ-НАЗАРИЙ ЕЧИМЛАРИ. ЖУРНАЛ ПРАВОВЫХ ИССЛЕДОВАНИЙ, (SPECIAL 2-2).

8. Abdumannapovna, M. D., & Juraevna, N. N. (2022). THE ROLE OF SOCIAL INSTITUTIONS IN THE DEVELOPMENT

74.

December 1

Tashkent State Transport University The Constitution of the Republic of Uzbekistan is the Glorification of Human Dignity, the Guarantee of Our Free and Prosperous Life

Volume 3 | TSTU Conference 2 | 2022 O'zbekiston Respublikasi konstitutsiyasi -inson qadrini ulug'lash, erkin va _farovon hayotimiz kafolati

OF YOUNG PEOPLE. Galaxy International Interdisciplinary Research Journal, 10 (6), 67-70.

9. ^agarneBa, A. A. (2022). Y3EEKHCTOH PECnYE.HKACH-KOHCTm^H^BHH HC.nOX,OT.nAP AABP TA.AEH. Academic research in educational sciences, 3(10), 288-291.

10. Sanakulov, A., Rakhmonov, D., & Nazarova, N. (2020). Social Service Technologies and Mechanisms of its Implementations. International Journal of Advanced Science and Technology, 29(3), 14192-14198.

December 1

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.