Научная статья на тему 'O’ZBEKISTON RESPUBLIKASIDA INSON HUQUQLARI VA DEMOKRATIYA PRINSIPLARI'

O’ZBEKISTON RESPUBLIKASIDA INSON HUQUQLARI VA DEMOKRATIYA PRINSIPLARI Текст научной статьи по специальности «Право»

241
23
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Область наук
Ключевые слова
Konstitutsiya / demokratiya / jamiyat / Inson huquqlari Umumjahon deklaratsiyasi / insonning huquqlari va erkinliklari / ijtimoiy adolat va qonuniylik

Аннотация научной статьи по праву, автор научной работы — Aygul Arazmirat Qizi Durdimatova, Roziya Salimjon Qizi Gulmonbetova, Umurzakova Nargisaxon Muxtarovna

Ushbu maqolada O‟zbekiston Respublikasida demokratiya umuminsoniy prinsiplarga asoslanishi, insonning sha‟ni va qadr-qimmati daxlsizligi, davlat o‟z faoliyatini ijtimoiy adolat va qonuniylik prinsipi asosida faoliyat yuritishi, har bir fuqaroning huquqiy jihatdan tengligi, jamiyatimizda demokratiyaning o‟rni va ahamiyatini ochib berildi

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «O’ZBEKISTON RESPUBLIKASIDA INSON HUQUQLARI VA DEMOKRATIYA PRINSIPLARI»

Tashkent State Transport University The Constitution of the Republic of Uzbekistan is the Glorification of Human Dignity, the Guarantee of Our Free and Prosperous Life

Volume 3 | TSTU Conference 2 | 2022 O'zbekiston Respublikasi konstitutsiyasi -inson qadrini ulug'lash, erkin va _farovon hayotimiz kafolati

O'ZBEKISTON RESPUBLIKASIDA INSON HUQUQLARI VA DEMOKRATIYA PRINSIPLARI

Aygul Arazmirat qizi Durdimatova Roziya Salimjon qizi Gulmonbetova

Toshkent Davlat Agrar Universtiteti "Yurisprudensiya" yo'nalishi 1-kurs talabalari ayguldurdymatova@gmail.com

Umurzakova Nargisaxon Muxtarovna

Ilmiy rahbar, Toshkent davlat agrar universtiteti "Gumanitar fanlar"kafedrasi katta o'qituvchisi nargisau71 @gmail.com

ANNOTATSIYA

Ushbu maqolada O'zbekiston Respublikasida demokratiya umuminsoniy prinsiplarga asoslanishi, insonning sha'ni va qadr-qimmati daxlsizligi, davlat o'z faoliyatini ijtimoiy adolat va qonuniylik prinsipi asosida faoliyat yuritishi, har bir fuqaroning huquqiy jihatdan tengligi, jamiyatimizda demokratiyaning o'rni va ahamiyatini ochib berildi.

Kalit so'zlar. Konstitutsiya, demokratiya, jamiyat, Inson huquqlari Umumjahon deklaratsiyasi, insonning huquqlari va erkinliklari, ijtimoiy adolat va qonuniylik.

'Demokratiya tamoyili nafaqat tenglikruhiyoqolganda, balki u haddan tashqari kuchayib, hamma o'zi hukmdor qilib tanlaganlar bilan teng bo 'lishni

xohlasa ham parchalanadi ".

Fransuz faylasufi Sh.Monteskyo

Konstitusiya -bu davlatning asosiy qonuni. Konstitutsiya - lotincha "tuzilish, tuzik" degan ma'nolarni anglatadi. Konstitutsiya - bu amaldagi barcha qonunlarning asosi hisoblanadi. U davlat tuzilishni, saylov tizimini, fuqarolarning huquq va erkiliklarni, shuningdek, sud tizimini belgilaydi. Konstitutsiya davlatchilikning asosiy belgisidir. Konstitutsiyada bayon etilgan tushunchalar shu qadar ahamiyatliki, hech bir inson ularsiz yashay olmaydi, negaki u insonlarning asosiy muammolarini hal etishga qaratilgan faoliyati bilan ajralmasdir.

Konstitutsiya - erkin va tinch hayotimiz , davlatimizni yanada rivojlantrishning asosiy mustahkam poydevoridir.

December 1

Tashkent State Transport University The Constitution of the Republic of Uzbekistan is the Glorification of Human Dignity, the Guarantee of Our Free and Prosperous Life

Volume 3 | TSTU Conference 2 | 2022 O'zbekiston Respublikasi konstitutsiyasi -inson qadrini ulug'lash, erkin va _farovon hayotimiz kafolati

O'zbekiston respublikasi konstitutsiyasida shaxsning huquqiy maqomiga taalluqli normalar yetarli darajada mavjud. Shaxsning huquqiy maqomining qanday bo'lishiga eng avvalo, Konstitutsiyamizning Il-bobi "Xalq hokimiyatchiligi''ning 13-moddasidagi qoidalar ta'sir etadi. Bu insonlarning huquqiy holatini belgilashda asosiy prinsipdir. Bu moddaga ko'ra O'zbekiston Respublikasida demokratiya umuminsoniy prinsiplarga asoslanadi[1].

Ushbu modda Inson huquqlari umumjahon deklaratsiyasi bilan uzviy bog'liqdir. Inson huquqlari umumjahon deklaratsiyasida inson huquqlari qonun kuchi bilan himoya etilishi zarur ekanligi, jamiyatning har bir tashkiloti doimo ushbu deklaratsiyani nazarda tutgan holda ma'rifat va ta'lim yo'li bilan inson huquq va erkinliklarining hurmat qilishiga ko'maklashishi aytib o'tilgan.

Inson huquqlari umumjahon deklaratisyasining 30-moddasida "Ushbu deklaratsiyadagi hech bir narsa, biror bir davlat, kishilar guruhi yoki alohida shaxslar mazkur deklaratsiyada bayon etilgan huquq va erkinliklarni yo'q qilishga yo'naltirilgan faoliyat bilan shug'ullanishi yoki harakat qilishi mumkin deb talqin etilmasligi kerak'' deb yozilgan[2].

Shu jumladan O'zbekiston Respublikasi ham ushbu deklaratsiya qoidalariga amal qiladi va mamlakatimizda demokratiya shartlari ham shu deklaratsiyaga asoslangan.Unga ko'ra inson, uning hayoti, erkinligi, sha'ni, qadr-qimmati va boshqa daxlsiz huquqlari oliy qadriyat hisoblanadi. O'zbekiston Respublikasida demokratiya O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi bilan himoyalanadi. O'zbekiston shu kunga qadar demokratiya va inson huquqlari bo'yicha nufuzli tashkilotlarning 80-dan ortiq xalqaro shartnomalarga a'zo bo'lgan.

Inson huquqlari Umumjahon Deklaratsiyasi qoidalari O'zbekiston Konstitutsiyasida, shuningdek, insonning siyosiy, iqtisodiy-ijtimoiy va madaniy huquq, erkinliklari himoyasini ta'minlaydigan milliy qonunchilik me'yorlarida o'z ifodasini topgan. Konstitutsiyaning 14-moddasida "Davlat o'z faoliyatini inson va jamiyat faravonligini ko'zlab, ijtimoiy adolat va qonuniylik prinsiplari asosida amalga oshiradi'' deb qayd etilgan. Shuningdek, bosh qomusning 18-moddasida mamlakatning har bir fuqarosi bir xil huquq va erkinliklarga egaligi, jinsi, irqi, millati, tili, dini, ijtimoiy kelib chiqishi, e'tiqodi, shaxsi va ijtimoiy mavqeidan qat'i nazar, qonun oldida tengligi aytilgan. Bu shaxsning mavqeini, tengligini ta'minlovchi asosiy huquqiy normadir. Bu yerda shaxsning tengligi eng oliy qadriyat hisoblanadi. Har bir kishining qonun oldidagi tengligi adolat prinsipining

o'zagidir.

December 1

Tashkent State Transport University The Constitution of the Republic of Uzbekistan is the Glorification of Human Dignity, the Guarantee of Our Free and Prosperous Life

Volume 3 | TSTU Conference 2 | 2022 O'zbekiston Respublikasi konstitutsiyasi -inson qadrini ulug'lash, erkin va _farovon hayotimiz kafolati

REFERENCES

1. O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi.T O'zbekiston 2021

2. "Inson huquqlari umumjahon deklaratsiyasi". Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh Assambleyasi 217 A (III) ko'rsatmasi 1948 yil 10 dekabr.

3. Dadasheva, A. A. (2022). PUBLIC OPINION AND GOVERNMENT EVALUATION IN NEW UZBEKISTAN. The American Journal of Interdisciplinary Innovations Research, 4(01), 16-19.

4. Ostonov, O. A., Kimsanbaeva, S. B., Abduraimova, M. E., & Umurzakova, N. M. (2022). Using Effective Pedagogical Methods in History Lessons. Journal of Pharmaceutical Negative Results, 1794-1798.

5. Дадашева, А. А. (2022). УЗБЕКИСТОН РЕСПУБЛИКАСИ-КОНСТИТУЦИЯВИЙ ИСЛОХ,ОТЛАР ДАВР ТАЛАБИ. Academic research in educational sciences, 3(10), 288-291.

6. Umurzakova, N. M. (2020). PROBLEMS OF LEGAL AWARENESS AND LEGAL EDUCATION. Theoretical & Applied Science, (6), 278-286.

7. Umurzakova, N. M. (2020). INTERNATIONAL SECURITIES MARKET. Theoretical & Applied Science, (8), 14-18.

8. Юнусова, Н. Ш., Назарова, Н. Ж., & Жуманиязова, Н. С. (2022). ПЕДАГОГЛАРДА КАСБИЙ КОМПЕТЕНЦИЯНИ ТАКОМИЛЛАШТИРИШ (ОЛИЙ ТАЪЛИМ ТИЗИМИ МИСОЛИДА). Современное образование (Узбекистан), (6 (115)), 9-16.

December 1

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.